Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish davr



Yüklə 330,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix21.06.2022
ölçüsü330,74 Kb.
#89836
1   2   3   4   5
huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyatni-yuksaltirish-davr-talabi

Key words:
State, right, law, legal awareness, legal culture, party, person,
decree, society, democracy, policy, norm
Kirish.
 
Huquqiy madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga,
diniga, ruhiyatiga asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga
yuksak hurmat va e’tibor, sabr-toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg`ularini ongimizga
singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini
mustaqilligimiz yo`lida fidokorona mehnat qilishga yo`naltirilgan huquqiy
madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruriyatdir.Aholining huquqiy madaniyati va
huquqiy ongini yuksaltirish, huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar
tartibotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinlariga chuqur hurmat va ehtiromga
asoslangan munosabatni, odamlarda qonunga itoatkorlik tuyg`usini, qonunlarni bilish
va unga qat’iy amal qilish saodatmandligini qaror toptirish bugungi kunning zaruriy
talabi bo`lib kelmoqda.[1]
Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida,
avvalo, har bir fuqaroning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirib borish
asosiy va muhim vazifa hisoblanadi. Huquqiy davlat qurishning zaruriy sharti - bu
qonunlarning so`zsiz bajarilishidir. Qonunlarning bir xilda va so`zsiz bajarilishi har
bir shaxsning o`z vazifasiga munosabati va zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga
bog`liqdir[2]
Avvalo huquqiy ong va huquqiy madaniyatga olimlar tomonidan berilgan
turlicha ta’riflar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi, jumladan,
professor Islomov huquqiy ongga shunday ta’rif beradi: “Huquqiy ongni mamlakat
fuqarolarining ham amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari,
erkinliklari, majburiyatlariga, ham orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy
hodisalarga munosabatini ifodalovchi huquqiy sezgilar, g`oyalar, baholar, tasavvurlar
tizimi sifatida ta’riflash mumkin”.[3] Professor Dmitrievning ta’rificha: “Huquqiy
ong bu insonlarning va ularning turli birliklarining hamda butun jamiyatning
amaldagi huquq va huquqiy hodisalarga nisbatan qarashlari,g`oyalari, tasavvurlari
yig’indisidir”[4] Huquqiy madaniyatga berilgan ta’riflarga kelsak, U.Tajixanov va
A.Saidovlar o`zlarining Huquqiy madaniyat nazariyasi nomli kitobida huquqiy
madaniyatga shunday ta’rif berishadi: “Huquqiy madaniyat deganda jamiyatda qaror
topgan huquqiy tizimning darajasini, xalqning bu huquq tizimidan xabardorlik
darajasini, fuqarolarning qonunga bo`lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilish
darajasi, huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo`lish, qonunga itoatkorlik
darajasini tushunamiz”[5]
Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo`lsak, qabul qilinayotgan qonunlar,
har qanday normativ-huquqiy hujjatlar, huquq sohasida bo`ladigan o`zgarishlardan
toliq tarzda xabardor bo`lib, o`rganib chiqilishi natijasida huquqiy ong va tushunib
yetib unga amal qilinishi esa huquqiy madaniyatni shakllantiradi. Huquqiy
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
406
http://oac.dsmi-qf.uz


madaniyatning yuksak darajada bo`lishi huquqiy davlatning o`ziga xos xususiyatidir.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim
vazifa sanaladi.
Fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy faolligi ma’rifiy jamiyatda
huquq ustuvorligining, huquqiy davlatning poydevoridir. Fuqarolarning huquqiy
ongini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi
kurashishning zarururiy talabidir. Haqiqattan ham shunday, huquqiy immunitet
shakllangan shaxsga tashqaridan kirib keladigan yot g`oyalar, qarashlar, qonunga
xilof xatti-harakatlar o`z ta’siriga ega bo’lmay qoladi. Ijtimoiylashuv natijasida
shaxslar ezgulik va adolat, inson sha’ni va uning toptalishi hamda erkinlik va qullik
kabi qonuniyatning mavjudligini anglab idrok etishadi. “Nima yaxshi-yu nima
yomonligini” tushunib yetishda esa ularga aynan huquqiy savodxonlik, huquqiy
yetuklik yordam beradi.
Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan so`ng aholining huquqiy ongi
va huquqiy madaniyatini oshirishga katta e’tibor berib kelinmoqda. Jumladan, 1997-
yil 29-avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” qabul qilingan edi. Unda aholi
huquqiy madaniyat darajasining oshirilishi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimyati xodimlarining bilimdonligiga ko`p jihatdan bog`liqligi, huquqiy
madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag`batlantirish, ijtimoiy – huquqiy
tadqiqotlarni tashkil etish[6] norm.uz va boshqa masalalar o`z aksini topgan. Biroq
bugungi kunga kelib zamon o`zgarishi, fuqarolarning fikr yuritish darajasi
o`zgarganligi sababli ushbu milliy dasturni yangilash vazifasi qo`yilmoqda. Bundan
tashqari 2017 –yil 7- fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo`yicha harakatlar strategyasi to`g`risida”gi Prezident farmoni, 2017-yil 7- sentabrda
qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash
to`g`risida”gi qonun, 2018- yil 13- apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga
oshirishda adliya orgnlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora –
tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni, 2019- yil 9- yanvardag “ Jamiyatda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish
to`g`risida”gi Prezident farmoni va boshqa me’yoriy – huquqiy hujjatlarning qabul
qilinganligini ko`rish mumkin.[7]
Aholining qonunlarga huquqiy jarayonlarga ishtirokini va ularning xabardorlik
darajasini aniqlash uchun alohida jamoatchilik fikri so`rovlari ham o`tkazilib turiladi.
Misol tariqasida 2017-yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish Markazi
tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi “ mavzusida
jamoatchilik fikri so`rovi o’tkazilgan edi. O`tkazilgan so`rov ma’lumotlariga ko`ra,
fuqarolarning mutlaq ko’pchiligi, ya’ni 90,5 foizi O`zbekiston Konstitutsiyasini
“mamalakatdagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi bosh hujjat”, deb
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
407
http://oac.dsmi-qf.uz


hisoblaydi, unda suveren davlat va adolatli jamiyatni shakllantirishning fundamental
asoslari, inson huquqlarini himoya qilish va mustahkamlashga, demokratiya va
ijtimoiy adolat ideallariga, fuqarolar osudaligi va millatlararo totuvlikni ta’minlashga
sodiqlik mustahkamlab qo`yilgan. Mutlaq ko`pchilik fuqarolarning – 86,3 foizining
fikricha , asosiy qonun nafaqat davrning zamonaviy talablariga javob beradi, balki
istiqbolga mo’ljallangandir deya fikr bildirishgan. Mazkur so`rovda aholining o`z
fuqarolik huquqlari to`g`risida xabardorlik darajasi aniqlandi. “Siz o`z fuqarolik
huquqlaringizni bilasizmi?”, degan savolga fuqarolarning mutlaq ko`pchiligi – 92,6
foizi tasdiqlovchi ovoz berdi.[8] xuddi shunday ijtimoiy so`rovlar tez-tez o’tkazilib
turilishi aholining fikrini o’rganish va ularda mavjud bo`lgan kamchiliklarni bartaraf
etishga katta yordam beradi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya
maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo`lishi kerak”
nomli ma’ruzasida siyosiy partiyalar,ularning parlamentdagi fraksiyalari va
deputatlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, quyidagi fikrlarni bayon etdi:
“Deputatlarning ish uslubini takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini
oshirish maqsadida siyosiy partiyalar orqali: “Markaz - viloyat - tuman” tartibida
ishlaydigan yangi tizimni joriy etish ayni muddao bo`lar edi”[9],- degan fikrni
bildirganlar, chunki barcha qonunlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi deputatlar
tomonidan amalga oshiriladi. Ular xalqning orasida bo`lib barcha taklif va tavsiyalar,
kamchiliklarni o`rganib chiqib xalq manfaatlaridan, xalq ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda qonunlarni yaratishlari shart va zarur. Bekorga “Markaz-viloyat-tuman”
tartibida ishlaydigan tizim deb aytmaganlar, har qanday siyosatda bo’ladigan
o`zgarish va qo`shimchalar markazdan viloyatga undan tuman va boshqa chekka
hududlargacha yetib borishi xalq xabardor bo`lishi va o`z fikr –mulohazalarini
yetkazishi kerak ekanligini hisobga olib bunday tizim yartish kerakligini aytib
o`tganlar. Mamlakatimizda ijroga yo`naltirilgan har bir qonun, amaldagi huquqiy
hujjatlarga kiritilayotgan o’zgartish va qo’shimchalardan aholini izchil hamda keng
xabardor qilishda jamoatchilik ishtiroki va faolligi muhim. Kommunikatsiya
texnologiyalari, davlat organlari bilan ijtimoiy sherikchilik imkoniyatlaridan samarali
foydalanish lozim.[10]
2019-yilda aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yaxshilash
maqsadida “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini
tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu
farmonda: jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish uchun
qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim
shartlaridan biri hisobanadi, [11] deya ta’kidlab o`tilgangan.
Shu o`rinda aytib o`tish joizki, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
408
http://oac.dsmi-qf.uz


muvofiqlashtiruvchi davlat organi bo`lib hisoblanadi. Hozirda farmonga asosan
shaxsan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligida Advice.uz huquqiy axborot
tizimi faoliyat ko`rsatmoqda, xususan mamalakamiz ko`plab fuqarolari ushbu
tizimdan bir necha bor foydalanib savollariga yetarlicha javob olishmoqda
.
Bundan
tashqari huquqiy targ`ibot-tashviqot olib borish ishlari ham bir muncha yaxshilangan.
Mahallalarda, joylarda malakali huquqshunoslar tomonidan tushuntirish ishlari olib
borilmoqda. Qonun ijodkorligi faoliyatiga aholining keng qatlamini jalb etish
maqsadida “Telegram” messendjeridagi Huuqiy axborot kanalida maxsus
“Qonunchilikka taklif” boti ishga tushirilgan. Mazkur bot orqali fuqarolardan
minglab takliflar kelib tushadi va ko`rib chiqilib inobatga olinadi. Ushbu loyiha
Prezidentimizning “… qonunlarning bevositai jodkori xalq bo`lishi kerak”[12],-
degan so`zlarining amalda tadbiq etilishining ko`rinishidir. Huquqiy targ`ibot -
tashviqot sohsini yaxshilashga munosib hissa qo`shgan davlat organlari va
tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko`rsatgan
xizmatlari uchun “Huquqiy targ`ibot ishlari a’lochisi” ko`krak nishoni ta’sis etildi.
Yana huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib berish hamda aholini qonunga
hurmat ruhida tarbiyalashga doir teleko`rsatuvlar ko`lami kengaytirilmoqda.
O`zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, mansabdor
shaxslar, va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab qiladi. Shuning
uchun huquqiy davlatning muhim belgisi – huuqiy madaniyatdir. Bugungi kunda
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari davlat
siyosatining ustuvor yo`nalishiga aylandi. Mamlakatimizning rivojlanishi va
islohotlarning muvaffaqiyati ko`p jihatdan aholining huquqiy ongi hamda huquqiy
madaniyati darajasiga bog`liqdir. Shaxsning siyosiy – huquqiy faolligi, uning
chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga nisbatan daxldorlik hissi
davlatimiz o`z oldiga qo`ygan buyuk maqsadlarga erishishning muhim omilidir.
Harakatlar strategyasida “aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini
yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy
axborot vositalari bilan o’zaro samarali hukmronligini tashkil etish samarali va
ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan
qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi
bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda fuqarolarning qpnunlarga va normativ –
huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga
egadir. Bunda g`oyat muhim jihat - jamoatchilikka davlat hokimyati va boshqaruv
idoralari faoliyati haqida ma’lumot berish, davlat hokimyati organlari tomonidan
qabul qilinadigan qarorlardan, birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklari,
fuqarolarning qonuniy manfaatlariga doir qarorlardan aholini keng xabardor qilib
borish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bilan bog`liq.[13]
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
409
http://oac.dsmi-qf.uz


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag`ishlangan tantanali
marosimidagi ma’ruzasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati masalasiga
ham alohida to`xtalib o`tdilar,- “Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik,
qanday islohotlar o`tkazmaylik agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va
madaniyati yetarli bo`lmasa kutilgan natijalarga erishish mushkul bo’ladi.
Huquqshunos olimlarning bundan bir necha asr avval “Huquqni anglash mas’uliyat
hissini rivojlantiradi”, deb aytgan hikmatli so`zlari hech qachon o`z dolzarbligini
yo`qotmaydi. Boshqacha aytganda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong
va huquqiy madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va
faoliyat tarziga aylanmog’`i kerak. Biz huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzliksiz davom ettirishimiz zarur. Huquqiy
tarbiyani maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi ilk ko`nikmalar
ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi darkor. Konstitutsiyamiz
har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va
erkinliklarini to`liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog`i lozim. Har
bir soha va yo`nalish, ta’limning barcha bosqichlari uchun huquqiy madaniyatni
yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak. Bunda, avvalambor,
Konstitutsiyani o`rganishga jiddiy yondashish lozim. Umumta’lim maktablari uchun
“Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “ Konstitutsiya asoslari” kabi
darsliklarni yaratish zarur deb hisoblayman. Ushbu fanlardan dars beradigan
o`qituvchilarni tayyorlashda ularning siyosiy, huquqiy va ma’naviy saviyasiga
alohida ahamiyat berish lozim. Shuningdek, hayotdagi adolat tantanasi, qonuniy haq-
huquqlar tiklangani haqida qiziqarli ko`rsatuvlar, seriallar, badiiy filmlar, teatr
asarlari yaratish ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega”, deya ta’kidlab o`tganlar[14].
Va yana “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish
chora-tadbirlari To`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida ham yoshlarda vatanga
sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr – oqibatlilik,
mas’uliyatlilik, bag`rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash,
mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma – bosqich
shakllantirish zarurligi aytib o`tilgan.[15]
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tish uchun keng ko`lamli demokratik
islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqori
huquqiy madaniyatli bo’lsa, huquq normalarini bilsa, qonunlarni, yurdik
adabiyotlarni o`qib ularga amal qilsa huquq buzulishi ham shunchalik kam bo`ladi.
Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o`z
huquqini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik
hayotda qo`llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lgan va
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
410
http://oac.dsmi-qf.uz


huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo`ladigan fuqarolarni
tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimi yaratilmoqda. Tarbiya avvalo, oila
ostonasidan boshlanadi, shunday ekan har-bir ota-onaga katta mas’uliayat
yuklatilgan. “Qush uyasida ko`rganini qiladi “,- degan naql bekorga aytilmagan. Oila
a’zolari kundalik hayotida qonunlarga, belgilangan normalarga qanday amal qilsa,
yosh avlod shunday holatni ko`rib va unga moslashib boradi. Kundalik
siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy hayotda bo`ladigan yangiliklarni ko`rib borish, saylovlarga
to`liq tarzda qatnashish, mahalla yig’inlarida doimiy ishtirok etish shular
jumlasidandir.
Davlat va jamiyatning huquqiy rivojlanganligini belgilaydigan bir qator muhim
omillar bor, biz buning bir necha jihatlarini sanab o`tamiz

Yüklə 330,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə