Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish davr


Birinchidan, rivojlangan jamiyat a’zolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy- siyosiy faolligi yuksak bo`lishi kerak



Yüklə 330,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix21.06.2022
ölçüsü330,74 Kb.
#89836
1   2   3   4   5
huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyatni-yuksaltirish-davr-talabi

:
Birinchidan,
rivojlangan jamiyat a’zolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy-
siyosiy faolligi yuksak bo`lishi kerak
;
Ikkinchidan,
 
huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi
baland bo`lishi lozim
;
Uchinchidan,
ularning o`sha jamiyatdagi islohotlarga nisbatan daxldorlik
tuyg`usi bor bo`lishligi talab etiladi[16]
To`g`risini aytganda, huquqiy ong, huquqiy madaniyat haqida gap ketganda
ko`pchiligimizda faqat qonunlarni bilish yoki ulardan boxabarlik darajasi tushuniladi.
Aslida bu juda keng tushuncha bo`lib, yuqorida sanab o`tganimiz davlat va
jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan uchta muhim omilni ham o`z ichiga
oladi. Huquqiy madaniyati yuksak inson qonunlarga itoatkor bo`ladi, hamisha unga
bo`ysunadi va qonunlarga hurmat bilan qaraydi. Bunday insonlar qonunlarda
belgilangan qoidalarga zid xatti-harakat qilmaydi, aksincha boshqalarni ham shunga
da’vat etadi. Ijtimoiy-siyosiy faol fuqaro jamiyatda ro`y berayotgan voqea -
hodisalarga ongli munosabatda bo`lib, islohotlarga daxldorligini sezib, davlat va
jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilib yashaydi. Eng muhimi, u mamlakat
taraqqiyotiga amaliy hissa qo`shishga harakat qiladi. 
Jamiyatda huquqiy madaniyatning shakllanganligi yoshlarning mamlakat
ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o`rni, maqsadlarni boshqarishdagi ishtiroki va
mas’uliyati, yangiliklarga daxldorlik tuyg`usining o`zgarishi jamiyat, huquqiy davlat
ravnaqi uchun qarorlar qabul qilish jarayonida ularning faollik darajasini belgilaydi.
Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda
huquqiy mafkura asosiy hal qiluvchi rol o`ynaydi, chunki huquqiy mafkura
jamiyatdagi huquqiy ustqartmaning mavjudligini, talabga javob berishini, huquqiy
normalarning kishilar o`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib
mustahkamlashga va rivojlantirishga katta yordam beradi.[17]Yuksak huquqiy
madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining
ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko`rsatuvchi,
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
411
http://oac.dsmi-qf.uz


fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko`maklashuvchi,
jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir.
Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali
faoliyat ko`rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Jamiyat va davlat
taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokshilarining
huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab
qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy
faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli
hal etilishini ta’minlaydi.Huquqiy savodxonlikning belgilaridan biri bu - huquqiy
targ`ibotdir. Huquqiy targ`ibot va fuqarolarning huquqiy ongini oshirishning
zamonaviy va ta’sirchan uslublarini joriy qilish, ularga qabul qilinayotgan qonunlar
va boshqa normativ - huquqiy hujjatlar mazmun - mohiyati va ahamiyatini yetkazish,
aholining huquqiy savodxonligini yaxshilash bo`yicha chora tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Huquqiy targ`ibot-tashviqot ishlarida
:
-
Axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlaridagi yuridik
adabiyotlarni huquqshunoslar tomonidan puxta o`rganilib har xil shaklda xalqqa
yetkazish va tushuntirish
;
-
Buyuk fiqhshunos alloma Marg`inoniy nomidagi maxsus huquqiy targ`ibot-
tashviqot markazini tashkil etish.
Xalqni huquq sohasida madaniyatli qilishning yana bir tomoni Oliy Yuridik
ma’lumotli kadrlarni sonini ko`paytirish va sifatini oshirish. Buning uchun Oliy
Yuridik ta’lim beruvchi ta’lim muassasalarini sonini ko`paytirish, yetuk malakali
huquqshunos kadrlarni tayyorlash. Shu o`rinda Abu Nasr Farobiyning fikrlarini esga
olaylik. Mashhur faylasuf har bir mansabdor shaxs qonunlarni chuqur o`rganishi,
ularga rioya qilishda shaxsan namuna bo`lishi, aholi o`rtasida qonunlarni keng targ`ib
qilish , uni takomillashtirish bo`yicha takliflar kirita bilishi, joiz bo`lsa, qonun yoza
olishi shartligini ilgari surgan
Ayni shu mezonlardan kelib chiqib Prezidentimiz 2019- yildagi farmonlarida
fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish- demokratik
huquqiy davlat qurishning garovidir!”,- degan hayotiy g`oyani mustahkamlash,
aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul
qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil
yetkazish tizimini shakllantirish birlamchi vazifalardan etib belgilandi.[18]
Shunday ekan, bugun biz ana shu qoidalarga hammamiz va hamma vaqt ham
rioya etyapmizmi, degan haqli savol tug’iladi. Zero, qonun normalari odamlar ongiga
singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro`yobga chiqadi. Qonun
esa xalqning xohish irodasidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni berib o`tmoqchimiz:
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
412
http://oac.dsmi-qf.uz


Birinchidan,
aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada
yuksaltirish uchun mazkur yo`’nalishdagi davra suhbati hamda o`quv seminarlari
yoki ilmiy-amaliy konferensiyalarni muntazam ravishda o`tkazib borishni yo`lga
qo`yish
;
Ikkinchidan,
umumiy o`rta ta’lim, o`rta-maxsus kasb-hunar ta’limida oily
ta’limda huquq sohasida ko`plab ko`rik tanlovlar yo`lga qo`yilgan. Endilikda
shunday ko`rik tanlovlarni nafaqat ta’lim muassasalarida balki, mahallalar o`rtasida
“Huquqiy madaniyat yetakchisi” nomi ostida tashkil qilish. Mahallalar orasidan
saralanganlarini viloyatlar o`rtasida musobaqa va ko`rik tanlovlarni amalga oshirish
;
Uchinchidan,
jamoat joylarida Konstitutsiya maydonlarini yaratish va uni
Konstitutsiya va qonunlar aks ettirilgan zamonaviy targ`ibot vositalari bilan
ta’minlash, unda aholining huquqiy ongini yaxshilaydigan, huquqiy madaniyatini
oshiradigan lavhalarni keltirish zarur deb hisoblayman
To`rtinchidan,
ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish eng
dolzarb masala hisoblanadi, shu sababli umumta’lim maktablarida boshlang`ich
ta’lim tizimidan boshlab bolalar va o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga
olgan holda, huquqiy ong qonunva huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan
Konstitutsiya va inson huquqlarini o`rganish bo`yicha darslar va darsliklar tashkil
qilish, yoshlarning huquqiy bilim va savodxonlik darajasini yuksaltirib borish
;
Beshinchidan, 
qonunchilikga, huquq normalariga o`zgartirish va qo`shimchalar
kiritib boriladi. Bular eski yilgi huquq darsliklarida mavjud bo`lmaydi, shuning
uchun barcha huquq sohalaridagi darsliklarni to`liq, uzluksiz, o’zgarishlar kiritilgan
holda, ko`p sonli adadda har yil qayta nashr qilish.
Xulosa qilib aytganda, huquqiy ong va huquqiy madaniyat bosqichma- bosqich
shakllanib boradigan jarayon hisoblanadi. Huquqiy madaniyatning yuksalishi esa
qonunga itoat tuyg’usini rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi kunda mazkur masala
davlat siyosati darajasiga ko`tarilmoqda, shu maqsadda fuqarolarning huquqiy ongi,
huquqiy madaniyati, ta’lim-tarbiyasi, huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish,
yoshlarning huquq sohasiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ularni huquqiy jihatdan
yetuk va barkamol avlod etib tarbiyalash asosiy maqsad va muddaolardan biri
hisoblanadi. Jamiyatda o`zhaq-huquqini biladigan va qonun-qoidalarga og`ishmay
amal qiladigan fuqarolar huquqiy davlatning poydevoridir.

Yüklə 330,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə