I – bob fizikadan masalalarni saqlanish qonuni mexanika bo‘limiga tadbiqi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə1/20
tarix19.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#106316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Amirov Sarvar




MUNDARIJA
KIRISH ........................................................................................................3
I – BOB FIZIKADAN MASALALARNI SAQLANISH QONUNI MEXANIKA BO‘LIMIGA TADBIQI
§ 1.1 Mexanikada energiya saqlanish qonuni yordamida masalalar yechish
§1.2 Mexanikada energiya saqlanish qonuni yordamida masalalar yechish
§1.3 Mexanikada inersiya momenti va implus momenti saqlanish qonuni yordamida masalalar yechish
II – BOB MAVZUGA DOIR MASALALAR YECHISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
§ 2.1 Masalalar yechishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ……….33
§ 2.2 Elektrodinamikada saqlanish qonuni bo‘yicha masala namunalari…..
III-BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA NATIJALARI
§ 3.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish bo’yicha bosqichlar va ularning vazifalari………………………………………………………………………...46
§ 3.2. Tajriba-sinov natijalari…………………………………………………..51
XULOSA ........................................................................................................57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.......................................58
IZOHLI LUG’AT.............................................................................................60


KIRISH
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak
ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida
o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh
kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli
bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.
(Sh.M. Mirziyoyev)
Mavzuning dolzarbligi: Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma’no-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, yangi ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o’zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo’lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog’liqligidir; ikkinchidan, ta’lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keying bosqichga uzatadi; uchinchidan, ta’lim inson shaxsining intellektual-ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan harakatlar yig’indisi bo’lib, ma’rifat hamda bilim berishni anglatadi; to’rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo’lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatini, ijodiy kuch quvvatini birlashtirib, am’naviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28- yanvar “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Taraqqiyot strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalishida [2] maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora tadbirlari turadi. Yoshlarining bilim olishlari uchun yaratilayotgan sharoit, katta e’tibor ularga katta mas`uliyat ham yuklaydi. Mamlakatimizda hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdirida odamlar dunyoqarashining o`zgarishida, buyuk davlat barpo etishdek orzuyimizning ro`yobga chiqishida zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatimizning yuksak darajada rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyotini e’tiborga olgan holda, ta’lim sistemasini uzluksiz ravishda takomillashtirishni hamda mutaxassislarning umum ta’lim darajasini keskin oshirishni taqozo etadi. Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, o`qitish metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o`quvchilar bilimining oshirib borilishi – o`qituvchidan o`z bilimini uzluksiz ravishda to`ldirib va yangilab borishni, malaka va metodik mahoratini yuksaltirishni taqozo qiladi.
Ajdodlarimizning asriy orzu armonlari ro`yobga chiqayotgan istiqlol yillarida boshqa sohalar qatori, umummilliy masala bo`lmish ta’lim tizimini isloh qilish, va rivojlantirish, shu jumladan maktab ta’limini taraqqiy ettirish ishlariga ham davlatimiz rahbari doimiy e’tibor va g`amxo`rlik ko`rsatib kelmoqda. Chunki kelajagimiz poydevori maktabda bunyod etiladi. Ulug` vatandoshlarimizdan biri ta’kidlaganidek maktab - taraqqiyotning boshlang`ichi, madaniyat va saodatning kalitidir.
Mamlakatimiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ro‘y berayotgan yangilanish jarayonlari, kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlari asosida rivojlantirish borasidagi islohotlar fizika fanini o‘qitish sifatining oshirilishi, oliy ta’limning o‘quv-laboratoriya jihozlari, o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy adabiyotlari mazmunini yangilanishi, o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarining keng joriy etilishini taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032 son qarorida “....oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish...” kabi ustuvor vazifalar belgilanib, bu borada zamonaviy didaktik talablar asosida umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim tizimida umumiy fizikaga taalluqli bilim va ko‘nikmalarni izchillik prinsipi asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish, yuqorida zikr etilgan ta’lim bosqichlarida umumiy fizikaning molekulyar fizika, kvant fizikasi bo‘limlari mavzularini izchillik prinsipi asosida o‘qitish metodi hamda shu asosda fizika fanini o‘qitish uslubiyoti fani imkoniyatlarini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə