I – bob fizikadan masalalarni saqlanish qonuni mexanika bo‘limiga tadbiqi


§ 2.2 Мasalalar yechishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə7/20
tarix19.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#106316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Amirov Sarvar

§ 2.2 Мasalalar yechishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
Hozirgi davrga kelib fan va texnika ulkan cho’qqilarni zabt etgan. Rivojlangan davrda yashayotganimiz esa hech kimga sir emas. Shunday ekan, olimlar, o’qituvchilar oldida katta muammolar paydo bo’lmoqdaki, ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalar orqali yangicha dars o’tish va ularning metodlarini yaratish shu muammolarining biridir.
Zamonaviy mutaxassis o’z soxasidagi yangiliklarni egallab borishi, istiqboldagi taraqqiyot yo’nalishlari hamda yuzaga keluvchi muammolarni yechish yo’llarini ko’ra bilishi lozim. Bunday talablar darajasidagi mutaxassisni tayyorlash uchun oliy o’quv yurtlarida ta’limni amalga oshirishning samarali shakllari, faol metod hamda zamonaviy vositalar majmuasini ishlab chiqishi va ilmiy-metodik jihatidan asoslashi lozim bo’ladi.
Ma’lumki fizika fanini o’qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala yechish jarayonida o’quvchilarga bilim berish bilan birga ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, nazariy bilimlarini mustahkamlash orqali ularning tajriba – sinov ko’nikmalari oshib boradi.
Fizikadan masalalar yechish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizikaviy hodisalarning tub moxiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qo’llanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko’pgina fizik o’lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsplari bilan tanishadilar va ular bilan ishlash ko’nikma hamda malakalariga ega bo’ladilar. Shuningdek masalalar o’quvchilarda mexnatsevarlik, jur’atlilik, iroda va xarakterni tarbiyalaydi.
Ko’pgina metodik adabiyotlarning taxliliga ko’ra, mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga ososlangan holda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo’yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir.
Fizikadan masalalar ishlash – o’quv ishining zaruriy elementlaridan biridir. Masala ishlash o’quvchi va talabalarda fizik hodisalar orasidagi bog’lanishlarni, qonunlarni chuqur o’zlashtirishga, ularning mantiqiy fikrlashini hamda izlanuvchanlik qobilyatini yanada rivojlantirishga, maqsadga erishish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Olgan nazariy bilimlardan turli vaziyatlarda foydalanishga va nazariya bilan amaliyot orasida bog’lanish o’rnatishga o’rgatadi. Masalalarning turlari va ishlash usullari, ularning mazmuni va didaktik maqsadi bo’yicha turlicha bo’ladi. Ularni quyidagi belgilari bo’yicha sinflarga ajaratish mumkin:

  • masalada ma’lumotlarning berilishi bo’yicha;

  • masalaning mazmuni bo’yicha

  • masalani ishlash yo’li bo’yicha va boshqalar.

O’quvchilar tomonidan masalalarni yechish ko’nikmasini o’zlashtirilishini quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:
1. Masala shartini tahlil qilish ko’nikmasini hosil qilish.
2. Umumiy masala yechish amallarining alohida elementlarini bajara
olish ko’nikmasini hosil qilish.
3. Ma’lum mavzu bo’yicha muayyan masalalarni yechish
ko’nikmasini hosil qilish.
4. Miqdoriy, mantiqiy va eksperimental masalalar yechish
algoritmlarini tuza olish ko’nikmasini hosil qilish.
5. Fizika masalalarini yechish bo’yicha umumiy algoritmlar tuza
olish ko’nikmasini hosil qilish.
Bunday ko’nikmalarni o’quvchi va talabalarda shakllantirisht juda muhim jarayon hisoblanadi.
Fizikaning har qanday mavzusini mukammal o’zlashtirish o’quvchilar uchun birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi. Bu muammoning yechimi esa birinchi navbatda amaliy mashg’ulotlarda ko’rishimiz mumkin. Ayni paytda аtоm va yadro fizikasi texnika va texnologiyalarning rivojlanishidagi muhim yo’nalishlardan biri ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, bu mavzuning o’qitilishi ham muhim masala hisoblanadi. Atоm va yadro fizikasini o’qitishda masala yechish darslaridan foydalanish samarali bo’lib, mavjud masalalar esa ayni paytda juda kam, ko’pchiligi maktab o’quvchilari uchun birmuncha qiyin. Atam va yadrosi fizikasiga juda kam soat ajratilganligini e’tiborga olib shunday masalalar tanlashimiz kerakki, ularni o’quvchilar ham nazariy jihatdan, ham amaliy ( onlayn laboratoriya) jihatdan tahlil etib yechishlari mumkin. Quyida shunday masalalarga namuna beramiz:

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə