I – bob fizikadan masalalarni saqlanish qonuni mexanika bo‘limiga tadbiqi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə8/20
tarix19.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#106316
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Amirov Sarvar

1-masala. Agar kobalt elementining yarim yemirilish davri 71 kun bo`lsa, bir oydan keyin kobaltning radioaktiv yadrolarining necha protsenti qoladi?



Berilgan :
71 kun
T=1oy=30 kun


Yechish :
Radioaktiv yemirilish qonuni :
(1)
Bunda (*)

(*) ni inobatga olib (1) – ifodani: (2)
(3)
Hisoblash :
Yoki foizda : 75 %.
Javob : Bir oydan keyin radioaktiv kobaltning 75 % yadrolari yemirilmasdan qoladi.
Atom va yadro fizikasidan masalalar yechishdan oldin ularga ta’luqli mavzularni juda yaxshi tushunish talab etiladi. Shuning uchun bunday masalalar yechish darslarini tashkil qilishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta axamiya kasb etadi. Masalan:
FIZIK LUG‘AT O‘YINI” texnologiyasi.
O‘qituvchi bitta harfni doskaga yozadi, o‘quvchilar esa, o‘sha harf bilan boshlanadigan fizik termin, fizik kattalik, fizik asboblar, o‘lchov birliklar va hokazolarni daftarlariga o‘zlaricha yozadilar. Keyin qaysi o‘quvchi nechta ibora-termin yozganini aytadi. O‘qituvchi aylanib tekshirib yuradi, kim ko‘p yozgan bo’lsa, u o‘quvchi birinchilikni oladi. Keyin o‘sha o‘quvchining topgan so‘zlari, orqada qolgan o‘quvchilarda bo’lmagan so‘zlari doskaga yoziladi va hamma o‘quvchilar doskadan o‘zlari topa olmagan so‘zlarni ko‘chirib oladilar. Masalan, T harfi tezlik, tovush, tabiat, tormoz, tebranish, temperatura, termodinamika, Tomson, Tesla, termoyadro, tezlatgich, tortilish, tranzistor, transuran, turbulent, tutun, to‘lqin, tekis tezlanuvchan, tekis sekinlanuvchan kabi so‘zlardir.
Masalan “FIZIKA” so‘zidagi harflarga ushbu texnologiyani qo’llaymiz:
“F” – formula, fotometriya, fotometr, Frenel, fokus, faza, fazo, funksiya, foton, Faradey, farada.
“I” – ideal, inertlik, impuls, infratovush, inersiya, intensiv, interferensiya, ion, izotermik, izobarik, izoxorik, izojarayon, izolyatsiya, izolyator, induksiya.
“Z” – z o‘qi, zaryad, zarra, zond, zona, zaryadlangan zarra, zanjir, zichlik, zarg’aldoq, Z – yadrodagi protonlar soni.
“K” – kinatik, kinematika, katod, koeffitsiyent, kondensator, kondensatsiya, kvant, konsentratsiya, konstanta, kontur, kogerent, kritik, korpuskulyar, kapillyar,
“A” – amorf, atom, Avogadro, akustika, alfa, atmosfera, astrofizika, alyuminiy, adiabatik, abadiy, angstrem, ampermetr, absolyut uzayish, anizotrop, aylana, anod va h.k.

«Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman»


Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan so‘zlar yoziladi.
So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilardan mavzu yuqasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman» nomli bandga yozib qo‘yadi.
Ushbu harakat o’quvchilar tomonidan fikrlar to‘la bayon etilgunga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda o’quvchilarning barchasi faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto‘g‘ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday harakat o‘quvchilarning faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi).
Keyingi bosqichda o‘quvchilarga mavzu tushuntiriladi. O‘quvchilarga mavzu tushuntirilgandan so‘ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma'lumotlarni o‘zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O‘quvchilar o‘z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi.
So‘ngi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilaridan yangi mavzu bo‘yicha qanday ma'lumotlarni o‘zlashtirish istagida ekanliklarini so‘raydi va o‘quvchilarni yana o‘ylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so‘raladi. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə