I-90 guruh talabasi Zoxidov Shokirjon 22-variant



Yüklə 38 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü38 Kb.
#81436
maruza
maruza

I-90 guruh talabasi Zoxidov Shokirjon

22-variant .

1. Iqtisodiy tahlilida iqtisodiy- matematik usullardan

foydalanishning ahamiyati.

Iqtisodiy tahlilda matematik usullarni qo’llash tahlil natijalarini obyektiv baholashda, uning samarasini oshiradi. Uni qo’llash natijasida quyidagi samaralarga erishish mumkin:

1.Tahlilni bajarish muddati tezlashadi.,

2.Natijalarning o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniq hisoblash mumkin bo’ladi;

3.Statistik usullar bilan hisoblab bo’lmaydigan murakkab omillar va ko’p omilli ko’rsatkichlarning ta’sirini to’liq aniqlash imkoniyati tug’iladi.

4.Natijaning o’zgarishiga har bir ta’sir etuvchi omilning miqdor va sifat jihatlarini aniq ko’rsatib berish imkoniyati to’g’iladi.

5.Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish osonlashadi va hakozo.



2. Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.

Ishlab chiqarish samaradorligini hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana qanday omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat.



3. Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqt bilan hisoblanadi. Ijtimoly zaruriy ish

vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida

va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi

darajasi o’rtacha bolgan sharoitda biron bir tovarni ishlab

chiqarish uchun zarur bo’lgan ishvaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.

Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning

ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining itimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:

Talab = taklif bo’lgan holda: narx = qiymat



Talab > taklif bo’lgan holda: narx > qiymat.

Talab & taklif bo’lgan holda: narx < qiymat.
Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə