I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


ionlashtiruvchi nurlanish -



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

ionlashtiruvchi nurlanish - 
radioaktiv parchalanishda, yadroviy evrilishlarda, 
moddadagi zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil bo‘ladigan hamda 
muhit bilan o‘zaro ta’sir etish chog‘ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan 
nurlanish; 
ionlashtiruvchi 
nurlanish 
manbai 
o‘zidan ionlashtiruvchi nurlanish 
chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda; 
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar 
- ionlashtiruvchi 
nurlanish manbalarini qazib oluvchi, ishlab chiqaruvchi, hosil qiluvchi, qayta 
ishlovchi, ulardan foydalanuvchi, ularni saqlovchi, ularga xizmat ko‘rsatuvchi, ularni 
tashuvchi, zararsizlantiruvchi va ko‘mib tashlovchi yuridik va jismoniy shaxslar; 
kuzatuv zonasi - 
radiatsiyaviy monitoring o‘tkaziladigan sanitariya-muhofaza 
zonasidan tashqaridagi hudud; 
radiatsiyaviy avariya
- uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti-
harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar 
tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko‘proq nurlanish 
olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan 
yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan 
chiqishi; 


20 
radiatsiyaviy xavfsizlik - 
fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi 
nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati; 
sanitariya-muhofaza zonasi - 
ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi 
hudud bo‘lib, u erda fuqarolarning nurlanish darajasi mazkur manbadan normal 
foydalanish sharoitida aholi uchun nurlanish dozasining belgilangan asosiy 
chegarasidan oshishi mumkin; 
tabiiy radiatsiyaviy fon
- kosmik nurlanish orqali hamda erda, suvda, havoda, 
biosferaning boshqa elementlarida, oziq-ovqat mahsulotlarida va inson organizmida 
tabiiy ravishda taqsimlangan tabiiy radionuklidlarning nurlanishi orqali hosil 
bo‘ladigan nurlanish dozasi; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə