I. Asosiy qism Maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy tarbiyaning ahamiyati


Bolalar bog’chasida ahloqiy tarbiya vositalari



Yüklə 37,11 Kb.
səhifə3/5
tarix18.05.2023
ölçüsü37,11 Kb.
#111009
1   2   3   4   5
Katta gurux bolalariga ahloqiy tarbiya bеrishning shakl va usullari.

Bolalar bog’chasida ahloqiy tarbiya vositalari.
Bolalar bog’chasida ahloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Avvalo bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg’ulotlarda va mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda ta’lim berish; kun davomidagi maishiy faoliyatda; mustaqil badiiy faoliyatda, ko’ngil ochishlarda qatnashtirish orqali bu ish hal etiladi. Har xil bayramlar, san’at vositalari, ijtimoiy hayot voqyealari, bolalar badiiy adabiyoti, musiqa, ashula, tasviriy va amaliy san’at; o’yinchoq va o’yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, oynan jahon va radio, kino va diafilmlar, diapozitivlar va boshqalar bolalarning ahloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Bu hamma vositalardan keng ravishda, ma’lum izchillik va sistemalilik bilan foydalanilgandangina bolalarning ahloqiy tarbiyasiga samarali ta’sir etish mumkin. Masalan, kichik yoshli bolalar ahloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o’yin – mashg’ulotlarda yaxshi o’zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o’zlashtirib olingan ahloqiy tasavvur va tushunchalarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari daslab mashg’ulotlarda, keyinchalik o’yin, mehnat, yaxshi yo’lga qo’yilgan kun tartibidagi ayrim tadbirlarda, sayr va ekskursiyalarda, shuningdek bolalarning mustaqil faoliyatlari orqali amalga oshiriladi.
Bolalar ahloqiy tasavvur va bilimlarni, madaniy xulq malakalarini o’zlashtirib olishlari lozim.shu bilan bir qatorda ularda ahloqiy his –tuyg’ular va shaxsning ahloqiy sifatlarini ham tarbiyalab borish lozim. Bolalar bog’chasi ta’lim –tarbiya dasturida belgilab berilgan ahloqiy tarbiyaning vazifasi va mazmuni ma’lum sistema va izchillik bilan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi zarur. Buning uchun istiqbol rejasi tuziladi. Unda ahloqiy tarbiyaning har bir mavzusi bo’yicha ta’lim –tarbiya ishlarining butun sistemasi va izchilligi, pedagogik jarayonni tashkil etishning har xil shakllari aks ettiriladi.
Axloqiy tarbiya metodlari.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ahloqiy tarbiya berishda har xil yetod va usullarni qo’llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari –bolalarning ahloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishiga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning ahloqiy histuyg’ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir.
Axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo’linadi.
1 guruh –ahloqiy ongni, ya’ni ahloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xohishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.
2 guruh –madaniy xulq –avtor va ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan metodlar.
3 guruh –ahloqiy his –tuyg’ular va munosabatlarni rag’batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar.
Hamma guruh metodlari ahloqiy his –tuyg’ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni ta’minlaydi. Ko’rsatmali og’zaki metodlar, tushuntirishni ko’rsatish bilan qo’ib olib borish, tarbiyachining hikoyasi, o’qib berish, ahloqiy mavzularda suhbatlar o’tkazish (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, o’qilgani bo’yicha) kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar adabiyoti va hayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida olib boriladi.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga ahloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqyealari o’rgatiladi, ularda ahloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga ahloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqyelar o’rgatiladi, ularda ahloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu guruh metodlariga qo’yiladigan asosiy talablar: bolalarning yaxshilik va yomonlik to’g’riisdagi tasavvurlarini e’tiborga olish, ahloqiy xulq –atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o’zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his –tuyg’usiga ehtiyojlik bilan munosabatda bo’lish.
Bolani noo’rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish qat’iyan man etiladi. Hamma metodlardan ma’lum izchillik bilan, kompleks ravishda foydalaniladi. Har bir metod o’ziga xos bo’lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator misollar orqali ko’rib chiqamiz.
Tushuntirish bu ko’pincha bolalarga yangi ahloqiy shuncha, norma, qoida bayon qilib berilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli so’zi va namunasiga asoslanadi. Masalan: Ro’paradan kelayotgan tanish kishiga xushmalalik bilan salom berish uchun biroz to’xtab, u kishining yuziga qarab, kulimsirab “Assalomu alaykum” deyish, keyin yo’lda davom etish kerak. Tushuntirish va ko’rsatish tabiiy bo’lmog’i lozim. Axloqiy mavzulardagi suhbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo’llash mumkin.
Hikoyaning mazmuni yorqin tushunarli bo’lib, bolalarning his-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:
- Bolalarda ijobiy ahloqiy hislarni qo’zg’ata olish, asar –qahramonlariga hamdardlik bildirish – yutug’idan quvonib, muvaffaqiyatsizligiga birgalashib achinish;
- Bolalarga tushunarsiz bo’lgan ayrim ahloq qoidalarining mazmunini ochib berish; - Axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg’ulotlarda sayrlarda, bolalarning hayoti bilan bog’liq bo’lgan joylarda ham foydalanish.
Axloqiy mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar ahloq normalari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda ahloq qoidalari va normalariga nisbatan talab yuzaga keladi. Bolalarning ahloqiy tajribalarini kengaytirib borish, xulqning ahloqiy sabablarini aniqlab berish kerak. Suhbat vaqtida bolalar o’z fikr mulohazalarini aytishlariga keng imkon boriladi. Shunda ular har bir xatti –harakatini ongli ravishda, ahloq normalari va qoidalari doirasida bajarishga urinadilar.
Badiiy adabiyotni o’qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqa va ashula eshitish bolalarda estetik hisni uyg’otadi, shu bilan bir qatorda ahloq qoidalari va normalarini singdirib boradi.
II gurux metodlariga amaliy va o’yin metodlari kiradi: bular o’yin –mashqlar, mashqlar, muammoli vaziyatlar, izlanuvchanlik faolityai, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, sahnalashtirilgan o’yinlar, inspenirovkalardir; bolalarning hamma faoliyatiga rahbarlikni ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin (o’yinning hamma turlari, mehnat, tasviriy faoliyat va shunga o’xshashlar).
Bu hamma metodlar ahloqiy tasavvur va tushunchalarni mustahkamlashga, bolalarda ahloqiy tajribani to’plashga, axlo normalari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishlariga yordam beradi. Mashq (o’yin kichik bog’cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi) – ahloqiy xulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish –foydali odatlarni qaytarish kiradi. Eslatish, o’rgatilgan tajribani yangilash; nazorat –o’rgatilgan odatning to’g’ri va samarali ekanligini tekshirishdir, o’z –o’zini nazorat qilish bolani faollashtiruvchi shaxsiy gigiyena qoidalarini, ovqatlanish madaniyatini, ko’chada, bolalar bog’chasida xulq madaniyatini egallashni mashq qildirish bunga misol bo’la oladi. Muammoli vaziyat o’zining ahamiyati jihatdan mashqqa juda yaqin turadi, ammo uning o’ziga xos tomoni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi.
Dastlab hikoya –vaziyat tugallanmagan hikoya) tavsiya etiladi, masalan, bironta hikoya ma’lum yerida to’xtatiladi. Tarbiyachi bolalarga hikoyadagi qahramonlar xulqini baholashni tavsiya etadi. Bolalarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy, insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. Keyinchalik bolalarga real muammoli vaziyat taklif etiladi: futbol o’yini ketayapti. Bitta komandaning kapitani yaxshi o’yinchi, uning komandasi har doim yutib chiqadi. Mana shunday voqyea sodir bo’ladi: u komandadagi bir o’yinchi koptokni noto’g’ri tepgani uchun uni qattiq uradi. Undan o’yinchi bilan qo’pol munosabatda bo’lgani uchun o’yinchidan kechirim so’rash talab etiladi. U kechirim so’rashdan bosh tortadi, demak, uni o’yindan chetlashtirish kerak.
Katta guruh bolalariga avval tarbiyachining yordamida, keyinchalik esa mustaqil ravishda bu muammoni hal etish tavsiya etiladi. Axloqiy tarbiya berishda uchinchi guruh metodlari ham muhim rol o’ynaydi. Bu guruh metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy ahloqiy sifatlarni mustahkamlash, bola hulqidagi salbiy tomonlarni yo’qotish maqsadida foydalanadi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suhbat shakllari qulay bo’ladi. Tushuntirish bolalarni xulq qoidalari bilan tanishtirishda keng qo’llaniladi va ko’pincha ko’rsatish bilan bog’lab olib boriladi.
Ishontirish tarbiyachining faoliyatida katta yordam beradi (“Kasal bo’lmaslik uchun ovqatlanishdan oldin qo’lni yuvish kerak”, “O’rtog’ini urish yomon”). Rag’batlantirish va jazolash ahloqiy tarbiyaning qo’shimcha metodi bo’lib, u asosiy metodlarga ta’sir etishning o’ziga xos vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladagi ijobiy xulqni qo’llab –quvvatlash, unday xatti –harakatni fallashtirish yoki bo’lmasa bolani yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag’batlantirishdan foydalanadi.
Bolalar bog’chasidagi rag’batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga o’yinda bosh rolni berish va shunga o’xshashlardir. Ammo bolani arzimagan yutug’i uchun ham maqtash kerak emas. Erishilgan natijalardan, yaxshi xulqdan, yaxshi ishdan qoniqish eng katta mukofot bo’lishi kerak. Tanbeh, ma’qullanmaslik, yaxshi ko’rgan o’yinchog’ini bermaslik va boshqalar –jazo shakllari hisoblanadi. Jismoniy jazo qat’iyn man etiladi. Jazoning bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikdir (masalan, bolani jazolash uchun unga hyech narsa bermay stulga o’tkazib qo’yiladi, u shu vaqt ichida bir qancha bolani urishga va o’yinchog’ini tortib olib sindirishga ulgurardi).
Shuning uchun tarbiyachi tarbiyaviy jarayonni jazosiz, yaxshilik bilan, foydali ishlarni tashkil etish bilan olib borishi kerak. Mashg’ulotda har doim I, II va III gurux metodlaridan kompleks ravishda foydalaniladi. Bolalar har qanday vaziyatda ham yaxshi xulq namunaarini ko’rsatishni akllantirib borish zarur. Sekin –asta jamoa hayotida yuzaga kelgan nizolarni avval tarbiyachining yordamida, keyinchalik esa mustaqil ravishda haqgo’ylik bilan bartaraf etishga o’rgatib boriladi. Bola katta bo’lgan sari uning shaxsiga murakkabroq ahloqiy talablar qo’yila boshlanadi.
Axloqiy qoida va normalrni kichkintoylarning odatiga aylantirish ahloqiy tarbiya sistemasida muhim ahamiyat kasb etadi. Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart –sharoitlari quyidagilardan iborat:
1. Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va bolalarning o’zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan qarashga asoslanishi kerak.
2. Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o’zi ijobiy odatlarni egallab borsin, salbiy xususiyatlarni yo’qotishga intilsin.
3. Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zaruryu
4. Bolani tarbiyalash uchun yaxshi hissiy muhit yaratish kerak. Jazolash bilan ham, qo’rqitish bilan ham bolada ijobiy ahloqiy sifatni tarbiyalab bo’lmaydiyu
5. Bolada ahloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga asoslanish kerak.
6. Odatdagi harakatlar ijobiy natija berguncha mashq qildirib boriladi.
7. Bolaga ta’sir etishda uni tarbiyalashda ishtirok etuvchi hamma shaxslar o’rtasida birlik bo’lishi kerak.
8. Ijobiy odatlarni yuzaga keltiruvchi qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish lozim.
Shunday qilib, bolalarning ahloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar rahbarligidagi qizg’in faoliyati tashkil etilishi lozim. Tarbiyachi bola shaxsida ahloqiy his –tuyg’ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo’llaydi, chunki u shunday qilingandagina yaxshi xulq namunalarini o’rgatishi mumkin.

Yüklə 37,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə