I bob. Alisher navoiy lirikasida adolat motivlari



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə3/11
tarix28.06.2022
ölçüsü94,61 Kb.
#90194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA ADOLAT MOTIVLARI

Shaheki, mulkida ehson ila adolati bor.8
Lirik qahramon ma’shuqa bergan jafodan shunchalik azob chekadiki, buni shoir yor zulmi tufayli ko‘ngil uyining buzilganiga qiyoslaydi. Lekin u bir kun kelib bu ko‘ngil uyi obod bo‘lishini biladi. Chunki u ma’shuqaning shunday shohga o‘xshatadiki, uning yurtida ehson va adolat bor. Lirik qahramon ma’shuqaning ehsonidan umid qiladi. Oshiq hech qachon umidsizlanmaydi. Bir kun kelib adolat qiladi, deya orzu qiladi. Keyingi misralardan anglashiladiki, bu g‘azal tasavvufiy mazmunda, ya’ni shoir Haq vaslidan umid qiladi.
Qadah quyoshi bila ravshan ayla xotirni,
Chu anglasangki, falak zulmidin zalolati bor.9
Ya’ni oshiq ishq quyoshdek porlab ko‘ngilni yoritsin, chunki falakning, ya’ni taqdiri azalning zulmi ko‘pdir, quyosh tafti odamni isitgani kabi bu quyosh qadahi ham seni zulm zulmatidan asraydi, deya zorlanadi. E’tibor berilsa, shoir quyosh qadahini adolat qadahi ma’nosida qo‘llaganiga amin bo‘lamiz.
“Navodir ush-shabob” devoninning 373- g‘azalida ham lirik qahramon har qancha azob cheksa-da yor marhamatidan umid qilishdan to‘xtamaydi:
Navoiy bir nafasda hajr zulmidin xalos o‘lg‘ay,
Agar ahvolidin bir nukta so‘rsa xusravi odil.10
Odil shoh, ya’ni ma’shuqa (Alloh)ning oshiq (Navoiy)dan xabar olishi Navoiyning shu paytgacha chekkan hijron azobidan xalos qilardi. Chunki ma’shuqa oshiqning shuncha chekkan alamlarini mukofatlagan, adolat ko‘rsatgan bo‘lardi.
Boshqa g‘azalda ham bu holatni kuzatamiz. Lirik qahramon ilinj bilan yashaydi. Axir shohlikning belgisi adolatidir, deya zorlanadi.
Desamki, ey jamol elining shohi, qilma zulm,
Der, shohliq tariqidadur bu adolatim11.
Shoirning “Yuzingni ko‘rdum, emdi ko‘zlarimni bog‘la…” matlali g‘azalida lirik qahramon yorga qarata “yuzingni ko‘rdim, endi ko‘zlarimni bog‘la, toki boshqa yuzni ko‘rishga moyilligim bo‘lmasin”,-deya o‘tinadi. Chunki u butun umr mashuqaning yuzi ko‘z o‘ngida muhrlanib qolishini istash bilan birga, yorga hiyonat qilmaslikni istaydi. Ma’shuqaga qotil deya murojat qilishining sababi esa u o‘ldiruvchi , azob beruvchidir. Jallod ham bandining ko‘zni o‘limi oldidan bog‘laydi, qolaversa mumtoz adabiyotda yor kipriklarini qoqishi jallod qilichiga ham o‘xshatiladi.
Yuzungni ko‘rdum, emdi ko‘zlarimni bog‘la, ey qotil,
Ki nogah bo‘lmag‘aylar o‘zga yuzni ko‘rgali moyil.12
Keyingi baytlarda oshiq g‘amiga to‘qqiz falak ham hayron qolishi, ohi olamni kuydirishi, bu olovning ko‘ngil shu’lasidan chiqqanligi, tani telbalikdan kulga aylanishi, lekin bundan mashuqa g‘ofil ekanligi tasvirlanib, lirik qahramon ahvoli baytma-bayt kuchaytirilib boradi va oshiq umidi so‘nggi misrada oydinlashadi.
Navoiy qullug‘in faqr ahlining piri qabul etsa,
Erur bir banda ozod aylagan yanglig‘ shahi odil.13
Anglashiladiki, Navoiy agarda ishqini piri komil qabul qilsa, odil shoh asirni ozod qilgandek xursand bo‘ladi. Bu g‘azal tasavufiy bo‘lib, oshiqning ma’shuqaga bo‘lgan ishqi kuylangan. Navoiyning o‘zligidan kechganlar piridan qullug‘ini, ya’ni toat-ibodatini qabul qilishini so‘rash edi. Bu niyati amalga oshsa, undan baxtiyorroq kimsa dunyoda bo‘lmasdi.
“Badoye ul-bidoya” devonining 92- g‘azalini “Shohlarga murojaat”, deya tushunish mumkin.
Ey jahon mulki xiroji sanga bir gavhari toj,
Mulklar shohi qo‘yub dargahinga toju xiroj.
Tuzubon adl, ko‘ngul mulkini obod etting,
Mulk ma’mur bo‘lur, adlg‘a shah bersa rivoj.
Tengriga gavhari zoting edi kulli maqsud,
Sun’ daryosin azal subhi qilurdin mavvoj.
Ehtiyoj aylabon izhor quyosh ra’yingg‘a,
Xalq andoqki quyosh nuriga bo‘lg‘ay muhtoj.
Paykaring tufrog‘ig‘a xayli maloyik homil,
Taxti izzu sharafingg‘a to‘quz aflok davvoj.
Chun chiqib taxti xilofat uza haqdin, bo‘lubon

Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə