KIRISH
Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentabrdagi «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmoni zamiridagi g’oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov birinchi chaqiriq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasidagi nutqida, «Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bilayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq, ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir», — deb ta’kidladi.
Dostları ilə paylaş: |