I bob. Genetika fanining rivojlanish tarixi. 1 Genetika fanining rivojlanish tarixi va genetikasi


Genetika o‘rganadigan irsiyat va o‘zgaruvchanlik



Yüklə 306,68 Kb.
səhifə5/10
tarix22.03.2024
ölçüsü306,68 Kb.
#182767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 GENETIKA FANINING RIVOJLANISH

2.2.Genetika o‘rganadigan irsiyat va o‘zgaruvchanlik
Tirik organizmlarning ikki xususiyatini – irsiyati va o‘zgaruvchanligini genetika fani o‘rganadi. O‘rganish obektiga ko‘ra biologik fanlar jumlasiga kiradi.
Genetika o‘rganadigan irsiyat va o‘zgaruvchanlik yer yuzidagi olam evolyutsiyasini ta’minlovchi muhim 2 ta omil xisoblanadi. Irsiyat barcha organizmlarga xos bo‘lib ularning oila, avlod, tur va turkum navga xos bo‘lgan xususiyatlarni nasldan – naslga o‘tkazadi. Irsiyat tufayli ota-ona organizmlarining belgisi va xususiyatlarining kelgusi avlod uchun turgun saqlanib qolishi irsiyatning bir tomoni, ikkinchi tomoni organizmlarning ontogenezida ma’lum moddalar almashunuvi harakatlarini va rivojlanish tipini ta’minlashdir.
Hujayraning jinsiy va jinssiz ko‘payishi orqali ota-ona belgi va xususiyatlari kelgusi avlodga beriladi.
Jinsiy ko‘payishda erkak (sperma) va urg‘ochi (tuxum) hujayralar o‘zaro qo‘shilib, urug‘lanish natijasida yangi avlod vujudga keladi. Irsiyatning moddiy negizi jinsiy hujayralarda bo‘lib, avlodlar shu orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Jinsiz ko‘payishda ham xuddi shunday bo‘ladi. Har qanday organizmning belgi va xususiyatlari indivudial rivojlanish jarayonida tashqi muxit ta’sirida shakllanadi.
Har bir organizmning rivojlanishi uning irsiyati bilan bog‘langan. Shunday bo‘lmaganida edi bir turdan ikkinchi bir tur vujudga kelmasdi.
Irsiyatning moddiy negizi – har bir hujayraning, qiz hujayraga taqsimlanish xususiyatiga ega bo‘lishidir. Bunda asosiy rolni hujayra yadrosidagi xromosomalar o‘ynaydi.
Xromosoma grekcha so‘z bo‘lib “xromos—bo‘yoq, rang, soma- tana” degan ma’noni bildiradi. Xromosoma o‘z nusxasini hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, hujayra bo‘linganda xromosomaning bu nus’halari uzunasiga ikkiga bo‘linadi.
O‘zgaruvchanlik har bir organizmning ikkinchi xossasi bo‘lib avlodlarning bir yoki bir qancha belgilari bilan o‘z ajdodlaridan farq qilishdir. Bunday qaraganda o‘zgaruvchanlik irsiyatga teskari ko‘rinsada, u ham aslida tirik organizmga xos xususiyatdir. Organizmlar rivojlanish sharoitiga qarab o‘zgaradi.
O‘zgaruvchanlikning o‘zi bir necha xil bo‘ladi. Ota-onada bo‘lmagan va uzoq ajdodlarda bo‘lmagan belgi va xususiyatlarni paydo qiladi. Organizmlarning belgi xususiyatlarining o‘zgarishi tashqi sharoit bilan birga bir qancha genlarning o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgaruvchanlik mutatsiya deyiladi. Mutatsiya tasodif yuzaga keladigan sifat o‘zgarishidir.
Bundan tashqari kombinatsion o‘zgaruvchanlik ham mavjud. Bu odatda chatishtirish yo‘li bilan, har xil genlarning birikishi natijasida hosil bo‘lib organizm belgilarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Misol: Sersut sigirni sergo‘sht buqa bilan chatishtirishda ona va ota belgilarining o‘tishi, ikki xil rangga mansub gulni chatishtirish natijasida boshqa bir xil belgilar olish, tik turadigan bug‘doy navini, ser hosil yotib qolishga moyil nav bilan chatishtirish va xokozo. Bu belgilar keyingi avlodlarga o‘tadi. Individual rivojlanish jarayonida organizmlarning morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi mumkin. Buni ontogenetik yoki fenotipik o‘zgaruvchanlik deyiladi. Bu ham irsiyatga bog‘liq bo‘ladi.
Tashqi sharoit ta’sirida har qanday organizm rivojlanib boradi. Rivojlanish sharoitining farqi genlar ta’sirining yuzaga chiqishini ham o‘zgartiradi. Rivojlanish sharoitining o‘zgarishi natijasida genlar ta’sirining yuzaga chiqishida sodir bo‘ladigan o‘zgaruvchanlik modifikatsion o‘zgaruvchanlik deyiladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikda genlar o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bunday o‘zgarishlar keyingi avlodlarga berilmaydi. Irsiyat tufayli nafaqat avlodlar o‘rtasidagi o‘xshashlik emas, balki o‘zgaruvchanlik ham bir qator bo‘g‘inlarda saqlanib qoladi.Hozirgi zamon genetika fanning asosiy vazifasi irsiy va o‘zgaruvchanlik bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy masalalarni o‘rganish bilan birga qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni ham o‘rganishdir.
Genetika—seleksiya va urug‘chilikning nazariy asosi xisoblanadi.
Seleksiyada tur va navlarni, avlod va ajdodni o‘zaro chatishtirish geografik, sistematik yo‘nalishda bo‘ladi. Umuman bir biridan juda uzoq turlarni chatishtirishda qiyinchilik katta bo‘lib, olingan duragaylar ko‘p hollarda naslsiz bo‘lib chiqadi. Har tomonlama va puxta-pishiq mutantlar seleksiyaning oltin fondi hisoblanadi.
Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarning hujayralarida bo‘lib elementar zarrachalar- nukleotidlardan tuzilgan. Nuklein kislota degani lotincha «nukleuc», ya’ni yadro demakdir. Birinchi marta yadrodan topilgan. Nuklein kislotalar 2 xil bo‘ladi:
DNK — yadrodagi xromosomalar tarkibida
RNK - yadroda ham sitoplazmada ham uchraydi.
Umuman nuklein kislotalar hujayrada oqsillar sintezlanishini amalga oshiradi. DNK—organizmdagi belgi va xususiyatlarni keyingi avlodga beradi. DNK biologik polimer bo‘lib molekulyar og‘irligi 5-7, ba’zan 10-16 mln.ga teng bo‘ladi. U o‘zaro bog‘langan juda ko‘p nukleotidlardan tashkil topgan bo‘lib, 2 ta spiral shakldagi zanjirdan iborat. Nukleotidlar - A- adenin, G- guanin, S- sitozin, T- timin. Bo‘lar bosh harflar bilan: A, G, S, T belgilanadi.
RNK – 1909 yilda Levin tomonidan kashf etilgan. U ham DNK ga o‘xshaydi, lekin bir zanjirdan iborat. RNK 3 xil: i-RNK, t-RNK, r-RNK bo‘ladi (i-informatsion, t-transport, r-ribosoma).
i-RNK – irsiy axborotlarni yadrodan sitoplazmaga yetkazadi;
t-RNK - aminokislotalarni oqsil sintezi joyiga (ribosomaga) yetkazadi;
r-RNK – hujayra ribosomasi tarkibiga kiradi.
Oqsillar va aminokislotalar – oqsillar biologik polimerlar bo‘lib, ularning monomeri - aminokislotalardir. Hozircha 20 ta aminokislota aniqlangan. Sintezlanuvchi oqsildagi aminokislotalarning joylashishini belgilovchi DNK dagi azotli asoslarning joylashish ketma-ketligi genetik kod deyiladi.
Tirik organizmlarning ikki xususiyatini – irsiyati va o‘zgaruvchanligini genetika fani o‘rganadi. O‘rganish obektiga ko‘ra biologik fanlar jumlasiga kiradi.
Genetika o‘rganadigan irsiyat va o‘zgaruvchanlik yer yuzidagi olam evolyutsiyasini ta’minlovchi muhim 2 ta omil xisoblanadi. Irsiyat barcha organizmlarga xos bo‘lib ularning oila, avlod, tur va turkum navga xos bo‘lgan xususiyatlarni nasldan – naslga o‘tkazadi. Irsiyat tufayli ota-ona organizmlarining belgisi va xususiyatlarining kelgusi avlod uchun turgun saqlanib qolishi irsiyatning bir tomoni, ikkinchi tomoni organizmlarning ontogenezida ma’lum moddalar almashunuvi harakatlarini va rivojlanish tipini ta’minlashdir.
Hujayraning jinsiy va jinssiz ko‘payishi orqali ota-ona belgi va xususiyatlari kelgusi avlodga beriladi.
Jinsiy ko‘payishda erkak (sperma) va urg‘ochi (tuxum) hujayralar o‘zaro qo‘shilib, urug‘lanish natijasida yangi avlod vujudga keladi. Irsiyatning moddiy negizi jinsiy hujayralarda bo‘lib, avlodlar shu orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Jinsiz ko‘payishda ham xuddi shunday bo‘ladi. Har qanday organizmning belgi va xususiyatlari indivudial rivojlanish jarayonida tashqi muxit ta’sirida shakllanadi.
Har bir organizmning rivojlanishi uning irsiyati bilan bog‘langan. Shunday bo‘lmaganida edi bir turdan ikkinchi bir tur vujudga kelmasdi.
Irsiyatning moddiy negizi – har bir hujayraning, qiz hujayraga taqsimlanish xususiyatiga ega bo‘lishidir. Bunda asosiy rolni hujayra yadrosidagi xromosomalar o‘ynaydi.
Xromosoma grekcha so‘z bo‘lib “xromos—bo‘yoq, rang, soma- tana” degan ma’noni bildiradi. Xromosoma o‘z nusxasini hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, hujayra bo‘linganda xromosomaning bu nus’halari uzunasiga ikkiga bo‘linadi.
O‘zgaruvchanlik har bir organizmning ikkinchi xossasi bo‘lib avlodlarning bir yoki bir qancha belgilari bilan o‘z ajdodlaridan farq qilishdir. Bunday qaraganda o‘zgaruvchanlik irsiyatga teskari ko‘rinsada, u ham aslida tirik organizmga xos xususiyatdir. Organizmlar rivojlanish sharoitiga qarab o‘zgaradi.
O‘zgaruvchanlikning o‘zi bir necha xil bo‘ladi. Ota-onada bo‘lmagan va uzoq ajdodlarda bo‘lmagan belgi va xususiyatlarni paydo qiladi. Organizmlarning belgi xususiyatlarining o‘zgarishi tashqi sharoit bilan birga bir qancha genlarning o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgaruvchanlik mutatsiya deyiladi. Mutatsiya tasodif yuzaga keladigan sifat o‘zgarishidir.
Bundan tashqari kombinatsion o‘zgaruvchanlik ham mavjud. Bu odatda chatishtirish yo‘li bilan, har xil genlarning birikishi natijasida hosil bo‘lib organizm belgilarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Misol: Sersut sigirni sergo‘sht buqa bilan chatishtirishda ona va ota belgilarining o‘tishi, ikki xil rangga mansub gulni chatishtirish natijasida boshqa bir xil belgilar olish, tik turadigan bug‘doy navini, ser hosil yotib qolishga moyil nav bilan chatishtirish va xokozo. Bu belgilar keyingi avlodlarga o‘tadi. Individual rivojlanish jarayonida organizmlarning morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi mumkin. Buni ontogenetik yoki fenotipik o‘zgaruvchanlik deyiladi. Bu ham irsiyatga bog‘liq bo‘ladi.

Tashqi sharoit ta’sirida har qanday organizm rivojlanib boradi. Rivojlanish sharoitining farqi genlar ta’sirining yuzaga chiqishini ham o‘zgartiradi. Rivojlanish sharoitining o‘zgarishi natijasida genlar ta’sirining yuzaga chiqishida sodir bo‘ladigan o‘zgaruvchanlik modifikatsion o‘zgaruvchanlik deyiladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikda genlar o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bunday o‘zgarishlar keyingi avlodlarga berilmaydi. Irsiyat tufayli nafaqat avlodlar o‘rtasidagi o‘xshashlik emas, balki o‘zgaruvchanlik ham bir qator bo‘g‘inlarda saqlanib qoladi.


Har qanday organizmning o‘sish va rivojlanishi, ko‘payishi hujayralarning bo‘linishi bilan bog‘liq. Hujayralar asosan 2 xil : mitoz, ya’ni kariokinez va meyoz yo‘li bilan bo‘linadi.

Yüklə 306,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə