I-bob: muloqot o’smir shaxsi shakanishining muxim ijtimoiy psixologik omili sifatida


I-BOB. MULOQOT O’SMIR SHAXSI SHAKANISHINING MUXIM IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILI SIFATIDA



Yüklə 80,68 Kb.
səhifə2/9
tarix03.04.2023
ölçüsü80,68 Kb.
#104099
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi Muloqot psixologiyasi

I-BOB. MULOQOT O’SMIR SHAXSI SHAKANISHINING MUXIM IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILI SIFATIDA




1.1. Muloqot haqida umumiy tushuncha.

Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug’iladi. Muloqot - odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayirboshlashni o’z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bo’lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir- birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo’lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikda harakat qilish) va pertseptiv (o’zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.


Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o’z “Meni” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, SHaxsning hayot yo’llari avval oilada, bog’cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. SHuning uchun biz doimo muloqotga bo’lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo’lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bo’lib, pedagogik faoliyatda muhim o’rin tutadi.
Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni bajarishga to’g’ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini o’ynasak, kasalxonada bemor, do’konda haridor, oilada rafiq yoki rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz.
O’smirlar ongini va e’tiqodini shaklantirishida milliy g’oyani to’g’ri targ’ib etishda muloqot katta ahamiyatga ega.
Respublikamizda bir necha yillarga mo’ljallangan g’oyalar mavjud. Ular vatanimiz taraqqiyotini ruyobga chiqaruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib kelmoqda. Bu g’oyalar quyidagicha:

      1. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat;

      2. O’zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo etish;

      3. fuqarolar ongini ma’naviyat mash’ali bilan yoritish;

      4. mustaqil fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash;

      5. komil insonni kamol toptirish kabilar.

Vatanimizning milliy g’oyasi barcha millatlar uchun umumiydir. Milliy g’oya fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, baxtli turmush, farovon hayot, o’zaro totuvlik, mustaqillik tuyg’usiga sadoqatliliq, ezgu niyatlari ushalishini kafolatlaydi. Milliy g’oyani bolalarga yoshlikdan singdirish darkor. Bog’cha yoshidagi bolalarga ham faqat quruq yodlatish orqali mashg’ulotlarni o’tkazmasdan, balki trening mashg’ulotlardan, ayniqsa, muomala treningidan ko’proq foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli yoshdagi bolalar bilan muloqot treningini tashkil etish, yoshlar xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Muloqot treningida “Vatan seningcha nima?”, “Ona-zamin degani nima? ”, “Biz nima uchun yashaymiz?” kabi muammoli savollarni o’rtaga tashlab, bolalarga milliy g’oyani, milliy g’ururni singdirish mumkin.
Milliy g’oyani shakllantirish uchun quyidagi usullardan foydalanish ijobiy natija beradi:

  1. Madhiyani maromiga yetkazib ijro etishga e’tibor berish;

  2. Bayrog’imiz oldida unga ta’zim qilishga o’rgatish;

  3. “Biz vatan farzandimiz” mavzusida ko’rik-tanlovlar o’tkazish;

  4. Jamiyatning faol kishilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;

  5. Muzeylarga sayohat uyushtirish kabilar. (G`oziev E. / Muomala psixologiyasi. T.2001. O’zMU.7-b).

O’zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin birmuncha ijobiy o’zgarishlar yuz berdi, ularning bir qismi milliy istiqloldan so’ng amalga oshirildi. Mamlakatimizdagi davlat hujjatlari ona tilida rasmiylashtirilmoqda, yig’ilishdagi ma’ruzalar o’zbek tilida qilinmoqda. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o’zbek tilining mo’saffoligi, aniq va lo’ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muloqotda o’z ifodasini topa olmayapti, natijada uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, avvalo nutq madaniyatini yoshlarda shakllantirishdir. SHuningdek, o’qitish jarayonida bo’lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala sirlarini singdirish, guruh va jamoalarda o’zaro munosabatlarni muloqot orqali yaxshilashdir. Muloqotning nazariy va metodologik muammolarini hal qilish, muloqotni nutq bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlash fanning asosiy maqsadini tashkil qiladi.
Muloqotning asosiy vazifalari quyidagilarda o’z ifodasini topadi:

  1. hamqorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o’zaro ta’sir va muloqot qonuniyatlarini o’rganish;

  2. SHarq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;

  3. talabani faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlab o’tish;

  4. talabalarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish;

  5. shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish;

  6. o’zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.

Biz bo’lajak mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur:

  • muomala madaniyatining nazariy asoslarini;

  • shaxslararo munosabatlar qonuniyatlarini;

  • pedagogik muloqotning qonuniyatlarini;

  • oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo’yiladigan asosiy talablar haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak;

  • shaxsda muloqot shakllanishini o’rganish;

  • muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish;

  • shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish;

  • muloqot sirlarini bilishi va qo’llay olishni;

  • guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o’tkazish;

  • oilada muloqot madaniyati, muloqot sirlaridan bohabar bo’lish;

  • muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil tish yuzasidan ko’nikmalar hosil qilish.




Yüklə 80,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə