I bob. O’smirlarda altruizm va toleriantlik xususiyatlarini psixolog olimlar tomonidan o’rganilishi



Yüklə 52,08 Kb.
səhifə12/13
tarix24.04.2022
ölçüsü52,08 Kb.
#86001
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’SMIRLARDA ALTRUIZM VA TOLERIANTLIK

XULOSA VA TAVSIYALAR


Pedagoglar jamoasidagi negativ ta’sirlarga nisbatan tolerantlikni shakllantirishga qaratilgan tadqiqot natijalariga asoslanib quyidagi xulosalarni shakllantirish maqsadga muvofiqdir:

-sharq allomalari asarlarida insonning o’ziga,o’zgalarga nisbatan bo’lgan munosabati ma`naviy-axloqiy xulq-atvor namunalarining shakllanganligi hamda insoniy munosabatlarni rivojlanish bilan belgilanadi;

-shaxsda ijobiy xulq-atvor namunalarini tarki topganligi, o’z manfaatidan o’zgalar manfaatini ustun qo’ymaslik tolerantlikning bir ko’rinishi sifatida talqin qilish mumkin;

-xorij psixologlari tomonidan tolerantlik keng doirada talqin qilinib, ma`lum ma`noda irodaviy sifatlarni tarkib topishi bilan belgilanadi;

-shaxsning o’zga insonlardagi xulq-atvorni qabul qilmaslik, kechirimli bo’lmasligi, befarqlik kabi sifatlarni mavjudligi tolerantlik tushunchasiga nisbatan qarama-qarshi tushuncha ekanligini ko’rishimiz mumkin;

-pedagoglar jamoasidagi negativ ta`sirlarni yuzaga kelishi ijtimoiy-psixologik muhitining sog`lomlilik darajasiga bog`liq bo’ladi;

-pedagoglar jamoasidagi raqobatchilik, yon bosuvchilikning ortib ketishi ularda negativ ta`sirlarni yuzaga keltiruvchi omillardan hisoblanadi;

-pedagog shaxsida samarali muloqot malakalarini shakllanganligi ularda negativ ta`sirlarga nisbatan barqarorlikni ta`minlovchi omillardan sanaladi;

-kommunikativ tolerantlikni rivojlanishi negativ ta`sirlarni kelib chiqishini oldini oluvchi vosita sifatida ko’rsatiladi;

-pedagogik jarayondagi ichki nizolar ahamiyatli darajani kasb etib shaxsning kamolotiga, kasbiy faoliyatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi.

-shaxslararo munosabatlar negizida o’zaro xurmat, samimiylik, o’ziga nisbatan ishonchni tarkib toptirish lozim.

-jamoalardagi shaxslararo munosabatlar rahbar shaxsiga uning ta`sir doirasiga bog`liq bo’ladi.

-pedagogik jamoalarda shaxslararo munosabatlarning nisbiyligi insonlarni birbirlarini tushunishlari va qo’llab-quvatlashi darajalariga bog`liq.

Keltirilgan xulosalarga asoslangan holda quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

-pedagog shaxsida o’ziga nisbatan munosabat hissini tarkib toptirish;

-pedagoglar jamoasida sog`lom psixologik muhitni qaror toptirish;

-pedagoglar jamoasida ishchanlik muhitini yaratish;

-pedagoglar jamoasida sog`lom psixologik muhitni yaratish maqsadida maxsus trening mashg`ulotlari nizolarni oldini olishning sharti sifatida;

-pedagoglar jamoasidagi o’zaro hurmat hissining tarkib topishi ichki nizolarni oldini olishga yordam beradi.




Yüklə 52,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə