I bob. O’smirlarda altruizm va toleriantlik xususiyatlarini psixolog olimlar tomonidan o’rganilishi


Tolerantlikning emotsional komponeneti



Yüklə 52,08 Kb.
səhifə6/13
tarix24.04.2022
ölçüsü52,08 Kb.
#86001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O’SMIRLARDA ALTRUIZM VA TOLERIANTLIK

Tolerantlikning emotsional komponeneti.

Tolerantlikda empatiyaning ahamiyati beqiyos va bu fikrni deyarli barcha tadqiqotchilar ma`qullagan. Tolerantlikning emotsional tashkil etuvchisining ahamiyati shundaki, aynan shu o’lchov kommunikativ jarayonda suhabatdoshlarni o’zaro umumiylikka erishishlari, uzilgan insoniy aloqalarni tiklashlariga imkon beradi. Bundan tashqari empatiya suhbatdoshlar o’rtasidagi kognitiv yoki xulqatvor tizimida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yoki yumshatish imkonini beradi. To’liq empatiya bebaho va bu ma`noda mazmunan tolerantdir. Emotsional komponentning alohida tashkil etuvchisi sifatida emotsional barqarorlikning o’ziga xos ko’rinishi – ―affektiv tolerantlikni‖ aytish mumkin. Uning mazmuni emotsional tolerantlikni, og`riqli hislarni sabr bilan engish va hokazo. Tolerantlikni ushbu ko’rinishining boshqa bir jihati o’zga kishining turli emotsional ko’rinishlariga sabrli munosabatda bo’lish bilan bog`liq. Rivojlangan affektiv tolerantlik insonga shaxsiy emotsional jarayonlari bilan bir qatorda boshqa insonlarning his hayajonlarini yaxshiroq anglashga, asabiylashmay va ulardan yomon ma`no izlamay qabul qilishga yordam beradi.

Tolerantlikning xulq-atvor komponeneti.

Ushbu o’lchov ―tolerantlik aysbergi‖ ning eng ko’zga ko’ringan qismini tashkil etadi va odatda o’ziga e`tiborni jalb qiladi. Xulq-atvor tolerantligiga ko’plab ko’nikma va qobilyatlarni kiritish mumkin, ular orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatamiz:



  1. Tolerant fikr bildirish va o’z nuqtai-nazarini shaxsiy mulohaza sifatida himoya eta olish qobilyati;

  2. Boshqalarning fikrlariga tolerant munosabatda bo’la olish (o’zining shaxsiy fikridan qanchalik farq qilmasin boshqalarning fikri ham yashash huquqiga ega ekanligini tan olish) qobilyati;

  3. Nizoli vaziyatlarda (qarama-qarshi nuqtai-nazar, fikrlar to’qnashuvi Yuz berganda) tolerant bo’la olish qobilyati;

Oxirgisi alohida nafaqat xulq-atvor o’lchamida balki boshqa o’lchamlarda ham e`tiborni talab etadi. Tolerantlikning mazkur jihatarini tadqiq etishda I.B. Gasanovning konflikt va konflik kompetentligi kontseptsiyasi asos bo’lib xizmat qiladi. Kognitiv komponent tolerantlik tamoyillarini qabul qilish, tushunish, fikrlash, interpritatsiyalashni nazarda tutsa, verbal komponent ―ilmiy tashkil etuvchilar‖ bilan chegaralanadi. Bu tolerantlikni eng sodda va yuzaki o’lchamidir. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, tolerantlik ko’p qirrali tushuncha sifatida insonni insonlarga bo’lgan munosabati,xulq-atvor namunalarini o’zlashtirish hamda ularga nisbatan hurmat bilan belgilanadi.

Bundan ko’rinadiki, insonlarda tolerantlikni shakllantirishda insonparvarlik sifatlarini oshishi hamda insoniy munosabatlar tizimida o’ziga xos o’ringa ega bo’lishiga olib keladi.

Ma`lumki, tolerantlik muammosi qator fanlarning o’rganish ob`ekti hisoblanadi. Jumladan, bunday fanlar sirasiga falsafa, etika, siyosatshunoslik, tibbiyot, pedagogika, psixologiya kabi sohalarini kiritishimiz mumkin. ―Tolerantlik‖ atamasini etimologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uni turli tillardan kelib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin. Tolerantlik tushunchasi lotin tilidagi ―tolerantia‖ so’zidan kelib chiqqan, bu tushuncha antik davr faylasuflari o’z faoliyatlarida qo’llash imkoniyatiga ega bo’lganlar. Ammo ko’p vaqtlar mobaynida uning ma`nosi ―azoblanish‖ deb tushunilgan. Larussa fikricha tolerance so’zi birinchi marta 1361 yilda qo’llanilgan. Ingliz etimologiyasida Oksford lug`atida ―tolerantlik‖ tushunchasining qo’llanilishi XV – XVI asrlarga borib taqaladi. XVI tolerantlik chidamlilik ma`nosida qo’llanilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida Germaniyada tolerantlik tushunchasi biror-bir narsaga ruxsat, Niderlandiyada diniy erkinlik masalalarida qo’llanilgan.

Rus tilida tolerantlik tushunchasi F.A.Brokgauz va I.A.Efronning entsiklopedik lug`atida hamda 1909 yilda nashr qilingan boshqa turdagi diniy qarashlarga toqatli bo’lish boraidagi kichik maqolasida keltiriladi. S.I.Ojogovning lug`atida tolerantlik boshqalarning fikri, xarakteriga sabrli bo’lish ma`nolarida keltirilgan. Yuqorida keltirilgan ―tolerantlik‖ va ―chidamlilik‖ o’zaro sinonim tushuncha ekanligini ko’rishimiz mumkin1.

V.Tishkovning ta`kidlashicha, tolerantlik- bu hamma narsani, barchani kechirish emas, balki, intolerantlik shakllarining nisbatan faol harakatidir. G.U.Soldatova tomonidan tolerantlik muammosi atroflicha o’rganilib, chidamlilik va befarqlik o’rtasida o’zaro munosabat mavjud deb ta`kidlaydi. Yu.A.Ishenkoning tadqiqotlariga ko’ra, chidamlilikni muloqotni amaliy me`yorlash sifatida qaraydi. V.O.Tishkovning fikricha tolerantlik shaxsning o’zini o’zi aniqlash bilan bog`liq.

I.B.Guseynovning fikriga ko’ra, milliy sabrsizlikni tahlil qilish orqali tolerantlikni agressivlikning aksi deb e`tirof etadi.

Psixologiya fanida tolerantlik fenomen sifatida o’rganilayotganiga deyarli ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Jumladan, A.V.Petritskiy, A.V.Zimbuli, Yu.A.Ishenko, V.M.Zolotuxin, A.G.Asmolov, G.U.Soldatovalar tomonidan sabr, chidamlilikning asosiy tashkil etuvchisi deb qaraladi. A.A.Rean chidamlilik va tolerantlik tushunchalari o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha yuqoridagi mualliflar keltirgan fikrlariga qarama-qarshi fikrini bayon etadi. U tolerantlik psixofiziologik atama bo’lib, u noxush omillarga javob qaytarishning susayishi deb biladi.

A.A.Rean fikriga ko’ra, ―chidamlilik‖ umumiyroq tushuncha bo’lib, turli xil fikrlarga nisbatan munosabati bilan bog`liq.

–––––––––––

A.V.Petrovskiy va V.V.Yurgun bo’yicha tolerantlikni frustratorlar va stressorlar mavjud bo’lganda psixofiziologik turg`unlik deb qaraladi.

E.V.Magamedovaning fikriga ko’ra, tolerantlikni inson ongining ikki darajasida ratsional-mantiqiy va emotsional-hissiy ko’rib chiqish mumkin.

Rus tadqiqotchilari tolerantlikning bahoviy tabiatini ta`kidlab o’tib, uni insonning axloqiy rivojlanishi bilan munosabatini ko’rsatib o’tishadi. Bundan tashqari bixevioristik yondashuvda ham tolerantlikni alohida tahlil qilib, uni insonning alohida bir xulq-avori sifatida qaraydi.

A.Asmolovning fikricha, bu sifat o’zaro kesishadigan uch ma`no - barqarorlik, sabr-toqat va yo’l qo’yilgan darajadagi og`ishni ifoda etadi.

An`anaviy tarzda psixologik jarayonlarni ta`riflash uchun 3 xil komponentlardan foydalaniladi, ya`ni kognitiv, emotsional va xulq-atvor. Bu sxemani tolerantlikda ham qo’llash imkoni paydo bo’ldi. Tolerantlikning kognitiv komponenti mukammallikni dunyoning turli-tumanligini qabul qilish orqali namoyon bo’ladi. Tolerantlikning emotsional komponenti tolerant munosabatlarning tarkibiy qismi bo’lgan emotsiyani ko’rib chiqadi1. Emotsioanl komponentning alohida tashkil qiluvchisi sifatida G.Kristall tomonidan emotsioanl turg`unlikning asosiy ko’rinishlaridan biri ―affektiv tolerantlik‖ ni ajratilib ko’rsatiladi. Uning asosida emotsional zo’riqishni yenga olish, boshqalarning og`ir kechinmalariga sabrli bo’lish yotadi. Tolerantlikning xulq-atvor komponenti tadqiqotchilarning e`tiborini tortadi. S.L.Bratchenko xulq-atvor tolerantligi tarkibi ichida quyidagilarni ajratib ko’rsatadi:

-o’z fikrida qat`iy tura olish va uni izohlashda tolerantlik qobiliyatiga ega bo’lish; boshqalarning mulohazalariga tolerant munosabatda bo’lishga tayyorlik, kelisha olish ko’nikmasi;

-qiyin vaziyatlarda tolerant xulq-atvor.

––––––

S.L.Bratchenko tolerantlik komponentining shartli verbal ko’rinishini ham ajratishni taklif qiladi.





Yüklə 52,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə