I bob. O’smirlarda altruizm va toleriantlik xususiyatlarini psixolog olimlar tomonidan o’rganilishi



Yüklə 52,08 Kb.
səhifə9/13
tarix24.04.2022
ölçüsü52,08 Kb.
#86001
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’SMIRLARDA ALTRUIZM VA TOLERIANTLIK

Bob bo’yicha xulosa


pedagog shaxsida negativ ta`sirlarga nisbatan tolerantlikni shakllantirishga qaratilgan muammoni nazariy tahliliga asoslanib quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin:

-sharq allomalari asarlarida insonning o’ziga,o’zgalarga nisbatan bo’lgan munosabati ma`naviy-axloqiy xulq-atvor namunalarining shakllanganligi hamda insoniy munosabatlarni rivojlanish bilan belgilanadi;



II BOB. O’SMIRLARDA ALTRUIZM VA TOLERIANTLIK XUSUSIYATLARINI EKSPEREMENTAL O’RGANISH.


2.1. O’smirlarda altruizm va toleriantlik xususiyatlarini psixologik shakllanishi.

Guruh va jamoalar xususida fikr yuritilganda, ko’pincha uning ―ma`naviy muhit‖, ―psixologik muhit‖ degan iboralar qo’llaniladi. Chunki bu narsa mazkur jamoadagi faoliyatning samaradorligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy psixologik muhit deganda biz o’sha guruhning a`zolari fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalar va o’zaro munosabatlaridan iborat bo’lgan emotsional, intellektual holatni tushunamiz. Shu o’rinda asosiy omil bu, jamoa a`zolarining o’zaro munosabatlaridir. Ma`lumki, o’zaro munosabatlar ish yuzasidan faoliyat maqsadlari va mazmuni bilan hamda bevosita bir-birlarini yoqtirmaslikka asoslangan insoniy emotsional hissiyotlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Kasbiy faoliyatni bajarish jarayonida tabiiy bilimni tipli munosabatlari ustuvor bo’lib, ikkinchilarining xarakteri birinchisidan kelib chiqadi.

V.M.Shepelning ta`kidlashicha, psixologik muhit bu- jamoa a`zolarining o’zaro simpatiyalari, xarakter, qiziqish, moyilliklarini o’zaro mosligi asosida Yuzaga keladigan psixologik aloqalarning emotsional tusidir. Uning fikricha, ijtimoiy psixologik muhit uchta asosiy tarkibiy qismdan: ijtimoiy, axloqiy va psixologik muhitdan iborat bo’ladi. Ijtimoiy muhit tashkilotning umumiy maqsad va vazifalarini anglash bilan aniqlangan. Axloqiy muhit tashkilotni qabul qilgan axloqiy qadriyatlari bilan belgilanadi. Psixologik muhit bu- ishchilar asosida xodimlar o’rtasidagi norasmiy munosabatlardir. Ijobiy psixologik muhitning muhim sharoitlari quyidagilar bilan belgilanadi:


  • ishonch;

  • guruh a`zolarining bir-biriga nisbatan yuqori talablari;

  • to’g`ri ma`noda va ish yuzasidagi tanqidlar

  • butun jamoaga taalluqli bo’lgan masalalarni hal qilishda o’z fikrini erkin bayon eta olish;

  • rahbariyat tomonidan xodimlarga nisbatan bosim o’tkazmaslik;

  • raxbarning jamoa a`zolari,uning vazifalari va bajarayotgan ishlarini holati haqida etarlicha ma`lumotga egaligi;

  • jamoaga taalluqliligidan qoniqqanlik;

  • jamoa a`zolarida frustratsion holatini keltirib chiqaruvchi vaziyayatlarda o’zaro yordam va emotsional moslikning yuqori darajasi;

  • guruhning har bir a`zosi undagi faolliklarini holati uchun mas`uliyatni zimmalariga olishi1.

Ma`lumki, psixologik muhitning muhim sifatlari bilan birga uning asosiy ko’rsatkichlari ham ajratib ko’rsatiladi:

-muassasada xodimlarning mehnat xarakteri va tarkibidan qoniqqanligi;

-hamkasblari bilan o’zaro munosabatlaridan qoniqqanligi;

-boshqaruv uslubidan qoniqqanligi;

-munosabatlarning nizolashuvchanlik darajasidan qoniqqanlik; -shaxsning kasbiy tayyorgarligidan qoniqqanligi.

Pedagogik jamoadagi psixologik muhit eng avvalo o’qituvchilar kayfiyatini aniqlaydi. Ma`lumki, ta`lim jarayonini pedagoglar jamoasini umumiy maqsad asosida birlashtiradi. Agar bu jamoa hamjihat va undagi har bir shaxs maqsadlarning umumiyligi anglasa bu juda ham yaxshidir. Natijada pedagogik jamoadagi nosog`lom ijtimoiy muhit juda ham oson anglanishi mumkin.

Pedagogik jamoadagi o’qituvchilarning o’zaro munosabatlari ular faoliyatining maqsad va tarkibi bilan bevosita ifodalanadi. Jamoada hamkorlikdagi munosabat va muloqot jarayonida aloqalarning bir qancha tizimi

––––––––––

S. Bonderеv S.K., Kolеsov D.V. Tolеrantnost. Vvеdеniе v problеmu. – M.: izdatеlstvo

Moskovskogo psixologo-sotsialnogo instituta; Voronеj: izdatеlstvo NPO «MODEK», 2003. – 240 s.

shakllanadi hamda umumiy tarzda ularni quyidagicha tasavvur qilish mumkin.

O’qituvchilar o’rtasida ularning faoliyatlarini tashkil etish va amalga oshirish yuzasidagi munosabatlarni shartli tarzda rasmiy deb atash mumkin. Ular o’ziga barcha o’qituvchilar u yoki bu tarzda o’zaro bog`liq bo’lgan ish yuzasidan munosabatlar va boshqaruv aloqalarini rahbariyat hamda o’qituvchilar o’rtasida, rahbar-o’qituvchilar va ularning shu sohadagi hamkasblar orasidagi Yuzaga keladigan faoliyatni o’z ichiga oladi.

Bundan tashqari pedagogik jamoadagi munosabatlarning ikki tizimi shakllanadi: Birinchisi, butun pedagogik jamoani o’z ichiga oluvchi shaxslararo axloqiy psixologik munosabatlar tizimi.

Ikkinchisi, alohida o’qituvchilar o’rtasidagi hamkorlikdagi munosabatlarga asoslangan tanlov aloqalari to’g`riligi qayd etiladi. Munosabatlarning ikki tizimi ham o’qituvchilar faoliyatini tarkibi va uni tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi o’zaro munosabatlarning kuchli ta`siri ostida yuzaga keladi.

Pedagogik jamoa faoliyatining samaradorligi asosan ularning qadriyatlar yo’nalganligi tizmiga bog`liq bo’ladi. Bu tizimga guruh a`zolarining o’quvchilarga, tarbiya maqsadlariga o’qituvchilarning ta`sir usullariga, o’quvchilar bilan o’zaro munosabat uslubiga va boshqalarga nisbatan ustanovkalari kiradi. Agar bu jarayonda birlik bo’lmasa, bu holda jamoada o’quv-tarbiya jarayonining samaradoligini pasaytiruvchi, o’qituvchilarni sog`lig`iga ta`sir qiluvchi kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bu jaryonda pedagogik jamoaning psixologik muhiti katta rol o’ynaydi. Bunday muhit qadriyatli yo’nalaganlik birlik va shaxslararo munosabatlarni namoyon bo’lishida eng ahamiyatlilaridan biridir. Unga ko’p miqdorda o’qituvchining o’zining his qilishi, pedagogik faoliyatga o’zini qay darajada bag`ishlashi bilan bog`liqdir. Jamoadagi muhit har bir o’qituvchining ijodkorlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Sog`lom muhit, jamoadagi mehnat, muloqot, optimizm, ishonch, himoyalanganlik hissi, tetiklik va shu kabi emotsional holatlar bilan belgilanadi.

Pedagogik jamoadagi muhit bir qator vaziyatlarga bog`liq bo’ladi. Muhitga pedagogik jamoani boshqarish uslubi, mehnat jamoalari ham ta`sir qiladi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, pedagoglar jamoasidagi ijtimoiy-psixologik muhit insonlarning o’zaro samimiy munosabatlari, bir-birlarini qo’llabquvvatlashlariga bog`liq. Shuningdek, jamoa a`zolari o’rtasidagi o’zaro hurmat, ishonch hissini tarkib topshi bilan izohlanadi.

Mustaqillik, birgalikda mavjud bo’lish ulardan har birining faoliyatiga hech qanday ta`sir etmaydi, bunday hol amalda kamdan-kam uchraydi. Faoliyatga nisbatan o’zaro ta`sir turlarining xilma-xilligi faktiniing o’zi psixik moslik kabi hodisani anglab etishga olib keladi. Bu jamoadagi psixologik muhitga ta`sir etuvchi muhim ichki omillardan biridir.

Psixologik moslik insonlarning o’zaro bir-biriga ta`sir etuvchi shaxslar eng kam ruhiy kuch sarflagan holda eng yuqori natija beradigan samaralilik yig`indisi deb ta`riflanadi.

Jadval natijalariga ko’ra tadqiqotda ishtirok etgan sinaluvchilar guruhida inoqlik

M=23,7 va M=24,6 ni tashkil qiladi. Natijalardan ko’rinadiki, o’qituvchilar guruhida yosh xususiyati va uzluksiz ravishda faoliyat olib borishlarini nuqtai nazaridan o’zaro birlashib ketganliklari ma`lum bo’ldi. Ta`kidlash kerakki, bajaradigan faoliyatlari umumiy asosga ega bo’lganliklari uchun ham jamoaviy munosabatlar qaror topgan deyish mumkin.

Pedagoglar jamoasida aloqaviylik xususiyati M=20,6 va M=22,7 ni tashkil qiladi. Ma`lumki, pedagoglarning asosiy vazifasi yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashdan iborat. Shuningdek, kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan olganda o’zlaridagi mavjud axborot bilan boshqalarni ham qurollantirishlari kerak.

Natijalar tahliliga ko’ra ochiqlik sinaluvchilar guruhida M=16,4 va M=17,6 ni tashkil qiladi. Bu ulardagi kasbiy faoliyat talablaridan kelib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin. Chunki, pedagog qo’l ostida tarbiyalanayotganlarga ochiq, samimiy bo’lishi tabiiy, lekin ular o’rtasida o’zaro to’siqning mavjudligi ham muhim sanaladi.

Tashkilotchilik- birinchidan o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish qobiliyatlari, ikkinchidan, o’z shaxsiy ishini to’g`ri uyushtirish qobiliyatlari. O’z faoliyatini to’g`ri tashkil etish deganda ishni to’g`ri rejalashtira olish, uni nazoart qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtni o’ziga xos tarzda his etish ishni vaqtga qarab to’g`ri taqsimlay olish belgilangan muddatda ulgurish xususiyatlari hosil bo’ladi.

Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollar ko’pincha uchrab turadi, ammo tajribali o’qituvchilar zarurat tug`ilgan hollarda darslarning rejalarini o’zgartira oladilar. Fikrlardan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi shaxsiga xos bo’lgan xususiyatlardan biri tashkilotchilik qobiliyatidir. Pedagoglar jamoasida mazkur shkala bo’yicha ko’rsatkichlar M=21,8 va M=23,9 ni tashkil qiladi.

O’qituvchilar jamoasidagi psixologik iqlimning mazmunliligi ular o’rtasida axborotlar almashinishing tezligi bilan belgilanadi. Ta`kidlash joizki, har bir pedagog kasbiga xos zamonaviy axborotlarga ega bo’lishi kerak. Shuningdek, u axborot jamoa munosabatlari bilan uzviy bog`liq bo’lsa ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shuning uchun muassasa rahbari faoliyati doimiy ravishda xabardor qilib borishi ularni axborotga bo’lgan tanqisligini keltirib chiqaradi. Bu esa jamoada qarama-qarshiliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shu bois, pedagoglar jamoasini axbortga nisbatan ehtiyojini samarali va o’rinli ravishda qondirib borish lozim. Shu nuqtai nazardan olganda pedagoglar jamoasida axborotga egalik yuqori darajada M=21,8 va M=23,9 ni tashkil qilganligini ko’rishimiz mumkin.

Metodika natijalaridan ko’rinadiki, pedagoglar jamoasidagi ijtimoiy-psixologik muhitning samaradorligi guruh a`zolarining o’zaro bir-birlarini tushunishlari, qo’llab-quvvatlashlari bilan bog`liq. Ayniqsa, jamoa manfaatlarini ham shaxs manfaatlarini bilan uyg`unligi psixologik muhitni sog`lomlashtiruvchi mezon ekanligini unutmaslik kerak.

Pedagoglar jamoasidagi negativ ta`sirlardagi asosiy omil bu nizolardir.

Nizo – bu shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi u yoki bu qarorlarni qabul qilishda yuzaga keladigan insonlar orasidagi qarama – qarshiliklardir. Biroq har qanday qarama – qarshilik nizolarni keltirib chiqarmaydi. Insonlar turli qarashlarga ega bo’lishi mumkin, lekin bu ularning hamkorligiga xalal bermaydi. Agar qarama–qarshiliklar shaxs qiziqishlarini, mavqei, axloqiy qadriyatlar bilan bog`liq bo’lsa, nizolarni keltirib chiqaradi. Nizolar jamoada nosog`lom muhitni yuzaga keltirib chiqaradi hamda o’zaro munosabatlarni ―aniqlashtirib olish‖ni talab qiladi. Nizolar o’zning mohiyat mazmuniga ko’ra, destruktiv va konstruktiv turlarda namoyon bo’lishi mumkin.

Nizoning ijobiy tomoni shundaki, u shaxsning o’zini o’zi anglashiga, o’z oldiga qo’ygan maqsadni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Insoniy munosabatlar tizimida nizolarni keltirib chiqaruvchi omillarni 5 guruhga kiritish mumkin ya`ni ular axborotlar, tuzilishlar, qadriyatlar, munosabatlar va hulq-atvorlardir.

Ko’pgina nizolar negizida bir tomon uchun noma`qul bo’lgan axborot tashkil etadi. Bu noto’lik va noaniq faktlar, mish-mishlar bo’lishi mumkin, ma`lumotlarning aniqligiga, axborot manbasini ishonchliligiga shubhalanish, bahs- munozara va boshqalar.

Nizolarning tuzilishli omillari ijtimoiy guruhlarning rasmiy va norasmiy tashkil topgani bilan bog`liq. Bunda shaxsiyat, ijtimoiy mavqei, xukmronlik, turli ijtimoiy norma va standartlar, an`analar xavfsizlik tizimi, rag`bat va jazo, geografik joylashuvni, resurslar taqsimoti, tovarlar, xizmatlari, daromatlarni kiritish mumkin. Qadriyatlar omili-bu biz tan oladigan yoki inkor etadigan tamoyillar. Bu guruhiy yoki shaxsiy e`tiqod ishonch va xulq-atvor tizimi ideologik madaniy, diniy, etnik, siyosiy, kasbiy qadriyatlarni kiritish mumkin.

Munosabatlar omili shaxslararo munosabatlardan qoniqqanlik bilan bog`liq. Bunda munosabatlar asosini, ularning mavjudligi, kuchlar muvozanatini, o’zi va boshqalar uchun ahamiyatini, o’zaro kutishlarni, munosabatlarini davomiyligini, tomonlarning qadriyatlar tizimini muvofiqligini, xulq-atvorni inobatga olish zarur.

Xulq-atvor omili ham qiziqishlar turli bo’lsa, o’z-o’ziga noadekvat baho, xavf tug`ilsa emotsional holatlarni yuzaga kelishiga zamin yaratilsa, agar shaxs xulqatvorida xudbinlik, mas`uliyatsizlik, adolatsizlik kuzatilsa, nizolarni vujudga keltirish mumkin.

Bunday guruhlashtirish nizolarning tabiatini chuqur tushinib etishga va ularni oldini olishga xizmat qiladi.

Ko’lamiga ko’ra nizolar ichki, shaxsiy, shaxslararo, shaxs va guruh orasidagi va gurux, guruhlararo nizolarga bo’linadi.

Ichki shaxsiy niazolar ishlab chiqarish talablari va shaxsning ehtiyojlari yoki qadriyatlarini o’zaro nomuvofiqligi, ish yuklamasining noadekvatligi natijasida kelib chiqadi.

Shaxslararo nizolar resurslar, kapital ishchi kuchining, asbob uskunalar, vakant o’rinning tanqisligi oqibatida kelib chiqadi.

Shaxs va guruh orasidagi nizo alohida shaxs kutishilari, talablari va guruhda qabul qilingan normal va xulq-atvorning nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladi. Ushbu nizo boshqaruv uslubining noadekvatligi, jamoaning to’liq etilmaganligi, rahbar va jamoa orasidagi munosabatlarning yaxshi emasligidan kelib chiqadi.

Guruhlararo nizolar – bu rasmiy guruh jamoasi ichidagi va norasmiy guruh jamoasi ichidagi, qolaversa rasmiy va norasmiy guruh orasidagi nizolardir.

Nizolarning davomiyligiga ko’ra, qisqa vaqtli va uzoq muddatliligiga ajratish mumkin. Birinchisida, tushunmovchiliklar va kamchiliklar tez anglanadi. Ikkinchisida, esa chuqur axloqiy – psihologik jarohatlar bilan bog`liq bo’lib, uzoq vaqt davom etadi. Nizolarning davomiyligi shaxs xarakteriga bog`liq. Uzoq vaqt davom etuvchi nizolar xavfli bo’lib, unda tomonlarning negativ holatlari kuzatiladi.

Nizolarni guruhlashtirishda ularning jamoa hayotidagi ta`sir darajasini inobatga olish zarur. Shu o’rinda jamoa hayotini zaharlovchi nizolarni ham aytib o’tish joiz.

Bunday nizolarda arzimas narsalardan fojialar yasaladi.

Nizolarning jamoani kelgusidagi taraqqiyotiga qarab salbiy oqibatlarga va ijobiy oqibatlarga ega nizolarga ajratish mumkin. Nizodan keyingi holatda negativ emotsiyalar yuzaga keladi. Bu esa nizoning salbiy oqibatidir.

Nizolarni keltirib chiqaruvchi manbalarga ko’ra ob`ektiv shartlanganlikka ajratish mumkin. Murakkab qarama-qarshiliklar vaziyatida ob`ektiv nizolar yuzaga keladi. Noqulay mehnat sharoiti, funktsiyalarning noaniq taqsimoti va mas`uliyatsizlik, sharoitning o’zgarishi, ob`ektiv nizolarni yuzaga keltiradi. Sub`ektiv nizolar shaxsiy xususiyatlarga bog`liq ravishda yuzaga keladi. Bunda shaxsning qiziqishlari, istaklari, intilishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Insonlar nizoli vaziyatlarda o’zlarini turlicha tutadilar: ba`zilar yon bosadi, ba`zilar o’zlarining qarashida qat`iy turib oladilar. Psixologiya fanlari doktori N.Obidov nizoli vaziyatlardagi 3 xil xulq-atvor tipini ajratib ko’rsatadi: ―Amaliyotchi‖ ―Hamsuhbat‖ ―Fikrlovchi‖ xulq-atvor tiplari. Ular nizoli vaziyatlarda turlicha harakat qiladilar.

―Amaliyotchi‖ ―Eng yaxshi himoya - hujum‖ tamoyiligi amal qiladi. Ular uchun eng muhimi harakatdir, mana shu nizolarni uzoq vaqt davom etishiga olib keladi.

Atrofdagilarning fikrini o’zgaruvchanligi turli qaralsa qarshiliklarga olib keladi.

―Rahbar - xodim‖ munosabatlarida biror muammoni hal qilishda nizodan qochib bo’lmaydi ―Amaliyotchi‖ lar juda maydakash bo’lgani uchun munosabatlarda buzilishlar kuzatiladi.

―Hamsuhbatlar‖ uchun ―Yaxshi urushlardan ko’ra yomon dunyo yaxshi‖ degan tamoyilga amal qiladilar. Ular uchun insonlar bilan muloqatda bo’lish birinchi o’rinda turadi. Bunday tipdagi shaxslar o’zgalar fikrini osonlik bilan qabul qiladilar. Shuning uchun ular ko’pincha jamoadagi norasmiy emotsional liderga aylanadilar.

―Fikrlovchilar‖ uchun ―O’zlarini g`olib bo’ldim deb o’ylayversinlar!‖ tamoyili xosdir. ―Fikrlovchi‖lar o’zlari va muhitni anglashga moyil bo’ladilar. Nizoli vaziyatlarda ular o’zlarini haqliklarini va qarama-qarshi tomonni nohaqligini isbotlashda murakkab faktlarni keltiradilar. Nizolashayotgan tomonlarni murakkab vaziyatdan faqatgina uchinchi tomon chiqarib olishi mumkin. ―Fikrlovchi‖ lar doim o’z xulq-atvorini o’ylab amalga oshiradilar.

Nizoli vaziyatlar nafaqat ishlab chiqarish jarayonida balki aksariyat hollarda insoniy munosabatlar tizimida yaqqol ko’zga tashlanadi. Xususan, bu holat uchuvchilar faoliyatida ham o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Aynan uchuvchilar faoliyatidagi nizolar ularning shaxs xususiyatlariga, faoliyatlar tizimiga, insoniy munosabatlariga o’z ta`sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.

Pedagoglar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar va ulardagi nizolarni kelib chiqishini tadqiq maqsadida K.N.Tomasning shaxsning turli vaziyatlarda o’zini ko’pincha qandatsy tutishini aniqlash imkonini beradigan metodikada foydalanildi. Uning yordamida shaxsning hamkorlikka yoki raqobotga moyilligi, murosaga, kompromiss, yon bosishga yo’l berishga tayyorligi, nizolardan qochish yoki ularni keskinlashtirishga intilish kabi sifatlarning namoyon bo’lish darajasini aniqlash mumkin.

Pedagoglar jamoasidagi ko’rsatkichlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, tortishuvlardan qochish 5 yilgacha mehnat faoliyatiga ega bo’lganlardan M=18,7 va 10 yilgacha mehnat faoliyatiga ega bo’lganlarida M=15,6 ni tashkil qilganligini ko’rishimiz mumkin. Natijalarga ko’ra, yosh o’qituvchilarda ko’rsatkichlarning yuqori ekanligi ular uchun faoliyatlarining asosiy ziddiyat qiyinchiliklardan iborat ekanligi bilan belgilanadi. Chunki o’qituvchilar jamoasida ijtimoiy psixologik muhitning sog`lomlilik darajasi ko’p jihatdan ularning shaxslararo munosabatlari tizimi bilan uzviy bog`liq.

Moslashuvchanlik pedagog shaxsi uchun xos xususiyatlardan biri sanaladi. Chunki ularni faoliyatga kirib borishlari bilan belgilanadi. O’z navbatida pedagogik faoliyatga moslashganlik shaxs, xulq-atvor xususiyatlari bilan uzviy bog`liq bo’lishi mumkin. Unga ko’ra sinaluvchilar guruhida moslashuvchanlik sifati M=4,8 va M=16,7 ni tashkil qildi. Bu ularning faoliyatlariga nisbatan ongli yondashishi uning ko’rsatkichlarini birgalikda baham ko’rishi bilan izohlanadi. Metodika natijalaridan ko’rish mumkinki pedagoglar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar shaxsning nizoli xulq-atvor tipi bilan uzviy bog`liq. Xususan, pedagoglarning jamoadagi munosabatlari ularning axloqiy qadriyatli sifatlari bilan belgilanishi ko’rsatiladi.


Yüklə 52,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə