Emotsional-irodaviy
|
Sabr-toqat mexanizmining rivojlanganligi: asabiylikni engish, jahlni tiyish, o’zini
o’zi boshqarish, o’zini o’zi nazorat qilish, empatiya, sevgi, hurmat, qiziiqish, emotsionavl turg`unlik
|
Sabr-toqat mexanizmining rivojlanmaganligi: o’zini
tuta bilmaslik, asabiylik, sovuqlik, befarqlik,
emotsional noturg`unlik, agressivlik, pisand qilmaslik
|
Konativ
|
Assertiv xulq:
Muruvvat, hamkorlik.
Muloqot usullari: yon berish, tushuntirish,
kelishish, hamkorlik, yordam, ogohlantirish
|
Agressiv xulq: impulsivlik, o’zini chetga olish Muloqot usullari: diktatorlik, manipulyatsiya qilish, buyruq berish, ko’rqitish
|
Ma`lumki psixologik-falsafiy nuqtai nazardan tolerantlikni darajalari ko’rsatib ko’rsatiladi. Falsafada tolerantlikning 5 ta darajasi kuzatiladi: taraqqiyot darajasi, davlatlaro, etnik, ijtimoiy va individual.
Taraqqiyot darajasidagi tolerantlik turli madaniy dunyolar o’rtasidagi zulmni (jabr) bo’lmasligini nazarda tutadi.
Xalqaro munosabatlardagi tolerantlik davlatlarning ularni kattaligi, iqtisodiy rivojlangaligi, fuqarolarning etnik yoki diniy qarashlaridan qat`iy nazar hamkorlikda va o’zaro tinch yashashlarini ko’zda tutadi.
Etnik tolerantlik ko’p millatli jamiyatda milliy munosabatlar hamjihatlikda yashashini ta`minlaydi.
Ijtimoiy tolerantlik-turli ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi o’zaro hurmat, jabrsizliklar orqali aniqlanadi hamda jamiyatdagi garmonik munosabatlar sifatida namoyon etadi.
Tolerantlikning individuallik darajasida mas`uliyatli shaxsning xulqida tolerantlik me`yoridir.
A.E.Zimbuli chidamlilikning quyilagi turlarini ajratadi:
kvazichidamlilik- u tashqi ko’rinishdan sabrni namoyon qilsa-da, aslida haqiqiy emas, aldamchi; bunday xulqning motivlari: konformizm, o’zini reklama qilish va boshqalar ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |