I bob. O’zbekiston respublikasi tijorat banklari faoliyatida kreditlashning nazariy uslubiy asoslari



Yüklə 45,09 Kb.
səhifə1/4
tarix12.04.2022
ölçüsü45,09 Kb.
#85324
  1   2   3   4
Iqtisodiyot nazariyasi’’ kafedrasi


I BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA KREDITLASHNING NAZARIY USLUBIY ASOSLARI

1.1. O`zbekiston Respublikasi bank tizimi shakllanishining nazariy asoslari va evolyusiyasi O`zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyusion, ya’ni tadrijiy yo`lini bosib o`tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to`g`ri keldi. 1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O`zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o`zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o`zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo`la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to`lov tizimini shakllantirish vazifalari qo`yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e’tiboran milliy valyuta — so`mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O`zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o`z faoliyatida to`liq mustaqil bo`lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil eti-lishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to`lov tizimini yaratish bo`yicha faoliyati to`laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash-ga qaratildi. 1995 yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo`lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. SHu bilan bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Banklarning kapital hajmiga jalb etiladigan aholi jamg`armalari miqdorini cheklovchi qoida bekor qilingach, bank muassasalarining imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. Buning samarasi darhol namoyon bo`ldi. Agar 1994 yil boshida aholi jamg`armalarining 98,5 foizi Jamg`arma banki (hozirgi Xalq banki), 1,5 foizi esa boshqa banklar hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, o`sha yil oxirida boshqa tijorat banklarining hissasi ham ko`payib, bu boradagi ko`rsatkich 12,8 foizga yetdi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko`rsatkich 83,2 foizni tashkil etmoqda. 1996 yil. Ushbu yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi. Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlarining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta’kidlash joiz. Mazkur qonunlar, shuningdek, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va aksiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishiga qulay huquqiy sharoit yaratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida ta’sir etgan ikki omilni ajratib ko`rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 1996 yilda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar boshqaruv va bank nazoratining to`la huquqli organi bo`ldi. Ikkinchisi, O`zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini diversifikasiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal tijorat banklarini shakllantirish prinsiplari mustahkamlangan.Bu davrda iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga xizmat ko`rsatuvchi kredit-moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday ixtisoslashuv qishloq xo`jaligi, avtomobil sanoati, aviasozlik kabi xalq xo`jaligining muayyan soha va tarmoqlarini moliyalashtirish zarurati bilan bog`liq edi. Kelgusida ixtisoslashgan banklar o`z operasiyalari va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti ri-vojlanishining yangi darajasi va biznes-muhit talablariga ko`ra kengaytira boradi. Mazkur davrda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank sektorini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida shakllanish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti bilan muvofiqlashtirildi. 1997 yil. Ushbu yilda islohotlarning strategik yo`nalishlaridan biri bank sektorida xususiy kapital oqimini rag`batlantirishdan iborat bo`ldi. Mazkur jarayon 1997 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni e’lon qilinganidan so`ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan kam bo`lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish ko`zda tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan ahamiyatlidir. Ma’lumki, o`sha vaqtgacha respublika hududida amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo`yi olib borilar edi. 1997 yilning mart oyidan yangi dasturiy ta’minot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to`lovlarni respublika tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka joylarda atigi 3 daqiqada amalga oshirish imkonini berdi. Aynan o`sha vaqtda hisob-kitoblar mexanizmi ishlab chiqildi va banklararo elektron to`lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. Banklarga o`sha vaqtdagi noyob imkoniyat — kompyuter va telekommunikasiya uskunalarini xarid qilish va departamentlarni ular bilan jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag`larni o`z faoliyati uchun zarur uskuna-anjomlarni modernizasiya qilishga yo`naltirishi hisobga olinib, qator soliq to`lovlaridan ozod qilindi. SHu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborotning sifat jihatidan yangi iste’molchilari – mahalliy va xorijiy investorlar paydo bo`ldi. 1998 yil. Ushbu yilda respublika banklari Bazel tavsiyalariga muvofiq holda faoliyat ko`rsatish uchun zarur tadbirlar amalga oshirildi. Bank nazorati va xalqaro amaliyoti bo`yicha Bazel qo`mitasining tavsiyalaridan kelib chiqib, tijorat banklari faoliyatini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari doirasida tartibga soluvchi kompleks me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bunda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida ular balansida mavjud muammolarni oldindan aniqlash hamda bank likvidligi pasayishi va kapital tugashi yuzaga kelishidan oldin ogohlantiruv choralarini ko`rish tamoyillaridan foydalanildi. 1999–2000 yillar. Ushbu yillarda valyuta siyosati yanada liberallashtirilgan holda, birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutalar savdosi mexanizmi amalga kiritildi. Mazkur mexanizm vakolatli banklarning xorijiy valyutada talab va taklifdan kelib chiqib, o`z mijozlaridan shartnoma asosida erkin kurs bo`yicha valyutalarni sotib olishini ko`zda tutadi. 2000-2010 yillar. Mazkur davr O`zbekiston bank tizimini mustahkamlashda salmoqli yutuqlarga erishilgani bilan ahamiyatlidir. Aynan shu yillarda zamonaviy infratuzilmaga ega samarali bank tizimini tashkil etish bilan bog`liq ishlar amalga oshirildi. Bank tizimi oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beruvchi strategik vazifalar qo`yildi. Vazifalarning birinchisi banklar moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirishdan iborat bo`lsa, ikkinchisi — O`zbekiston banklarining xalqaro kapital bozorida faolligini ta’minlashdir. Mazkur davrda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz moliya-bank tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash masalalariga yanada ko`proq e’tibor qaratdi. SHu munosabat bilan qator yetakchi banklar (“O`zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki va boshqalar)ning kapitallashuv darajasini oshirish bo`yicha muhim qarorlar qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” ustav fondini ko`paytirish to`g`risida”gi Farmoni mazkur bankni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo`yicha asosiy kredit markazlaridan biriga aylantirgan holda uning faoliyatini sifat jihatidan yanada yaxshiladi. Ushbu davrdagi har bir yil mamlakat bank-moliya tizimining izchil rivojlanishida yangi bosqich sifatida qayd etiladi. 2001 yil. Ushbu yilning 1 iyulidan e’tiboran kichik biznes korxonalari o`zlari ishlab chiqargan eksport tovarlar (ish va xizmatlar)ni bank muassasalari kassalari orqali belgilangan tartibda valyuta ulushini o`z hisobiga o`tkazish yo`li bilan naqd xorijiy valyutada amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Respublikamiz hukumati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirishni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish borasida muhim qadam qo`ydi. Aynan shu yili erkin ayirboshlovchi valyutadagi Birlashgan barqarorlashgan jamg`arma tashkil etildi. Bu o`z navbatida, O`zbekistonda birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirishning muhim vositasi bo`lib xizmat qildi. Bu vaqtda bank tizimi bilan xususiy sektor o`rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada rivojlandi. Mazkur hamkorlik rivojiga turtki bergan muhim omillar sifatida banklar tomonidan xizmat ko`rsatish sifatining tobora yaxshilanishi, banklarda raqobatchilik muhitining yuzaga kelishi, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash bilan bog`liq jarayonlarni ko`rsatish mumkin. Aynan shu davrda banklar kreditlash siyosati kuchayganini, mijozlar so`rovlarini sinchkovlik bilan o`rgana boshlaganini va bank xodimlarida mijozlarning talab-ehtiyojlariga javoban tez harakat qilish qobiliyati shakllanganini yaqqol kuzatish mumkin. 2002 yil aholining banklardagi omonatlarini himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi. O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g`risida”gi Qonuni doirasida Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etildi. Davlat-tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o`z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a’zo bo`ldi. Ishonchlilik, xizmat ko`rsatishning yuqori sifati, barcha mijozlar bilan o`zaro sheriklik munosabatlari O`zbekiston banklari faoliyatida asosiy prinsiplarga aylana bordi. Bank tizimi faoliyatining institusional asoslari takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko`zda tutib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishni oldindan belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank faoliyatini liberallashtirish jarayonining tizimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yotadi. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir. 2003–2004 yillar. Mamlakatimizda liberallashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini rivojlantirish davri. Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni res-publikamizdagi yangilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo`yildi. Uning muvaffaqiyati banklarning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aksiyadorlashtirish va ularning mulkchilik shaklini o`zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqib, o`z rivojlanish konsep-siyasiga rioya etgan holda strategiyasini takomillashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshirish o`z faoliyatini diversifikasiyalash, yangi aksiyadorlarning mablag`larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi. Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operasiyalar bo`yicha so`m konvertasiyasini ta’minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog`liq bo`lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta’sir ko`rsatdi. CHunonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O`zbekiston Respublikasi Xalqaro Valyuta jamg`armasi Bitimining VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operasiyalar bo`yicha konvertasiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bu masala yuzasidan O`zbekistonning tashqi mablag`larni jalb etmay, amalda o`z resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e’tirofga sazovor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertasiyasidan foydalangan mahalliy tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi. Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyatning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyasiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebranishining oldini olish barobarida eksportni rag`batlantirish hamda valyuta resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan edi. O`zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nisbatan dunyo bozorlarida qulay narx kon’yunkturasi, shuningdek, eksportga yo`naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi. Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ishlar davom ettirildi. Uning asosiy yo`nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aksiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga ku-chaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar tomonidan ko`rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat banklarining investision jarayonlardagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo`yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz. 2005–2006 yillar. Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ularning investisiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o`zgarishlarda ishtiroki yanada faollashgan davri. O`sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig`idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, ti-jorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog`liq xarajatlari ham soliq undirish bazasidan chiqarildi. SHu tariqa, asosiy e’tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag`bat uyg`otib, ularning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog`liq ijobiy holatlar ko`paydi. Banklarning depozit bazasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakllana boshladi. E’tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi. SHu o`rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va moliya kapitalini keng jalb qilgan holda qo`shma banklarning tashkil etilishiga ta’sir ko`rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga kelishi natijasida tubdan o`zgardi. Xususiy banklarning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchaytirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo`ldi. Mamlakatimiz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozlari va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko`mak taqdim etgan holda ularning rivojlanishini muntazam rag`batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi. Respublikamizda xususiy banklar rivojlanishini izchil rag`batlantirish raqobatni kuchaytirishga, ko`rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samarali taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o`z navbatida, xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda. 2006–2007 yillar. Ipotekaviy kreditlashning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomonidan darhol ijobiy baholandi. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko`zda tutuvchi ushbu manba O`zbekiston Respublikasi “Iste’mol krediti to`g`risida”gi va “Ipoteka to`g`risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi. O`zbekiston Respublikasining“Iste’mol krediti to`g`risida”gi Qonuni iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste’mol kreditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi. 2006 yilning oktyabr oyida esa O`zbekiston Respublikasi “Ipoteka to`g`risida”gi qonuni kuchga kirdi. Ko`chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o`zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipotekaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko`zlangan asosiy maqsad ko`chmas mulkka garov qo`yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi. Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiyalari naqd pul muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllantirishga va o`z faoliyatida samaradorlikni oshirishga qaratildi. “2005–2007 yillarga mo`ljallangan bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko`rsatkichlarining barqaror o`sishini ta’minlagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo`ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omonatlarini ko`paytirishni rag`batlantirishga ustuvor yo`nalishlar sifatida e’tibor qaratildi. Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati tomonidan o`z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o`z yangi instrumentlarini ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini oldindan belgilab berdi. 2008–2009 yillar. Ushbu yillarda aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun bank chakana mahsulotlarini rivojlantirish bank faoliyatining muhim yo`nalishiga aylandi. Mazkur yo`nalishda banklar o`z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” prinsipidan kelib chiqqan holda olib bordilar. YA’ni, aholiga ko`rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste’mol krediti to`g`risida”gi va “Ipoteka to`g`risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi. O`zbekiston tijorat banklari respublikamizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o`zlari taklif etayotgan xizmatlari to`plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi. 2010 yil. O`zbekiston tijorat banklari, avvalo, ixtisoslashgan kredit institutlari sifatida ko`zga ko`rina boshladi. Bu, bir tomondan xo`jaliklarning vaqtincha bo`sh mablag`larini jalb etishi, boshqa tomondan esa jalb etilgan mablag`lar hisobidan korxonalar, xususiy tadbirkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi. Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so`nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank operasiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi.


Yüklə 45,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə