Yashirin xavflar aksiomasi (o’z-o’zidan ma’lum haqiqat).
Mutloq xavfsiz bo’lgan ish (faoliyat) bolishi mumkin emas. Demak, har qanday (faoliyat) bo’lmasin - unda yashirin xavf bo’ladi. Bu aksioma HFX da g’oyat katta metodologik ahamiyatga ega.
Xavfsizlikni o’rganish tartibi!
Xavflarni o’rganish tartibi uch xil bo’ladi:
I.Bosqich- - xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi:
1 -qadam xavf manbalarini aniqlash.
2-qadam xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash.
3-qadam tahlilni chegaralash, ya’ni tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
II. Bosqich - xavfli xolatlarning ketma-ketligini aniqlash, xodisa va xavflar "daraxtini" (shajarasini) tuzish.
III. Bosqich – oqibatlarni tahlil qilish.
Misol tariqasida 1 - rasmda kran-balka ilgagidan yukning tushib ketish xodisasi sabablarini aniqlash daraxti shemasi keltirilgan
1 - rasm "Xavflar daraxti" ning shemasi.
Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo’ladi.
Xavfsizlikning sistemasi
- Bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo’llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir.
O’zaro ta’siri bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi - sistema deb ataladi.
Qism - (komponent) - deganda birgina moddiy obyektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik sistemasining misoli tariqasida ko’rinishi mumkin.
Tarkibiga odam ham kiradigan sistema - ergatik sistema deb ataladi.
Ergatik sistemaning misollari "odam-mashina", "odam-mashina-atrof muhit".
Dostları ilə paylaş: |