I. Fan yuzasidan ma’ruza mashg‘ulotlar 1-Mavzu: O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari Reja



Yüklə 83,75 Kb.
səhifə6/6
tarix03.01.2023
ölçüsü83,75 Kb.
#98138
1   2   3   4   5   6
Maruza matni

Nazorat savollar:
Xitoy madaniyati haqida nima bilasiz?
Xitoyda maktabgacha ta’lim tizimi qaysi yoshdan bolalarni qabul qiladi ?
Xitoy madaniyati va ta’limini butun dunyoga namuna bo‘lishi sabablari ?


Mavzu: Janubiy Koreyada maktabgacha ta’lim tizimi va uning faoliyati.
Reja
1.Janubiy Koreya madaniyati
2.Janubiy Koryada bolalarga e’tibor
3.Janubiy Koreada maktabagcha ta’lim
Tayanch so‘z va iboralar: «Orini» — «bolalar»,«chib» — «uy», «Kurib, orinichib»,«Yuchivon»
Janubiy Koreyada bolalar bog‘chasi ikki xil ataladi: «orinichib» va «yuchivon». («Orini» — «bolalar», «chib» — «uy» degani). «Kurib orinichib» davlatga qarashli maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, bolalarni juda erta, hatto bir yoshga yetmasidan qabul qiladi. «Yuchivon» esa xususiy, unga bolani uch-to‘rt yoshdan topshirish mumkin. Ularda ingliz tili chuqur o‘rgatiladi, mashg‘ulotlar doirasi keng.
Ertalab bolalar uyiga yaqin bekatda ota-onalari bilan to‘planadi va ularni avtobusda tarbiyachi olib ketadi. Ko‘p qavatli turarjoylar orasida joylashgan orinichiblarga avtobusning zarurati yo‘q. Asosan, yon-veridagi binoda yashaydi­gan tarbiyalanuvchilar qatnaydi. Orinichibga bolalar ertalab yetti-yetti yarimdan qabul qilinadi. Ota-onaning ikkisi ham ishlasa, farzandini odat bo‘yicha kechki soat to‘rt yarim-beshda emas, soat oltigacha olib ketishi mumkin.
Yuchivon kech soat yetti-sakkizgacha ochiq bo‘ladi. Ishli ayollar ko‘pincha bolalarini taekvondo, musiqa, ingliz tili klublariga beradi. Ular bolalarni bog‘chasidan olib ketib, mashg‘ulotdan so‘ng uylariga keltirib beradi.
«Kurib orinichib» koreyslar uchun yuz foiz bepul. Har bir bolaga davlat g‘amxo‘rlik qiladi. Har oy ma’lum bir summa atrofida, masalan, yaqin dugonam Minkyongning aytishicha, farzandlarining har biri uchun 300 ming von bola puli, ishlamayotgani uchun qo‘shimcha 100 ming von oladi.
Agar bolalarni bog‘chaga joylamoqchi bo‘lsa, bank kartochka ochib beradi va davlat har oylik bola pulini o‘sha kartochkaga tashlaydi. Shu tarzda pul bog‘cha hisobiga o‘tadi. Faqatgina yo‘lkira va boshqa xarajatlar uchun ikki oyda bir marta to‘lanadigan arzimagan to‘lov bundan mustasno. Yuchivon uchun esa mashg‘ulotlar soniga qarab qo‘shimcha pul to‘lanadi.
Chet elliklar bog‘cha puli uchun bir nafar bolaga 220 ming von to‘laydi. Koreys tili va yozuvi, matematika, ingliz tili, musiqa va boshqa mashg‘ulotlar uchun har oy qo‘shimcha to‘lov — 50 ming von.
Koreyada har ikki ko‘chaning birida orinichib uchrashi tabiiy hol. Biroq bo‘sh o‘rin topish qiyin, chunki yoshga qarab limit belgilangan, bir yoshgacha bolalar guruhi ko‘pi bilan besh nafar bola oladi, ikki yoshlilar guruhidagi bolalar o‘n nafardan oshmaydi. Ota-onalar Ta’lim vazirligi sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, navbatga yoziladi va uchtagacha orinichibga so‘rov yuborishi mumkin.
Janubiy Koreyada bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya berishdan tashqari, jamiyatga tayyorlaydigan muhim maskan hisoblanadi. Shu bois, bu yurtga kelgan ilk kunimizdan boshlab to‘rt yashar o‘g‘limni bolalar bog‘chasiga berish haqida o‘ylay boshladim. Internet orqali to‘liq ma’lumot olish va hujjatlarni onlayn yuborish mumkin, biroq bu chet elliklar uchun oson emas. Bir nechta bolalar bog‘chasi bilan bog‘landim. Ba’zilari hozircha o‘rin yo‘q, xabar qilamiz, deyishsa, xususiy bog‘chalar chet ellik bo‘lganim uchun ikki barobar qimmat narx aytdi.
Nihoyat uyimizdan piyoda 10—15 daqiqalik yo‘l, davlatga qarashli “Oksu Hills” nomli “kurib orinichib”da bo‘sh o‘rin borligini ma’lum qilishdi. Shinamgina, bir qavatli, to‘rtta yosh guruhiga ega kichikroq orinichibning o‘yin maydonchasi boshqa kattaroq bolalar bog‘chasidan farqli o‘laroq, hovlida edi. Orinichib ko‘p qavatli binolar o‘rtasida joylashgani uchun bolalar sayrga chiqqanida bemalol kuzatish mumkin. Mudirasi O‘zbekiston haqida iliq fikrlar aytgach, tanishib chiqishim uchun o‘n varaqlik shartnoma qog‘ozini uyga berib yubordi. Qog‘ozda:
—bolaning qaysi mahsulotga allergiyasi bor?
— xarakteri qanaqa?
— soat nechada uyg‘onadi, qachon uyquga yotadi, tushki payt uxlaydimi?
— bog‘chadan kimlar olib ketadi?
— agar hech kim kelmagan taqdirda uyga tarbiyachi olib borib qo‘yishi mumkinmi?
— bolani rasmga olish, rasmini printerdan chiqarish, bog‘cha ichidagi kameraga tushib qolishiga ota-ona qarshi emasmi?
— kutilmagan vaziyatlarda yaqin oradagi shifoxonaga olib borish mumkinmi?
Shuningdek:
— bog‘chaga kelolmagan kuni soat to‘qqizgacha telefon qilib ogohlantirib qo‘yish shart!
— bolaning ko‘zi og‘riganda, isitmasi chiqqanda va boshqa yuqumli kasallikka chalinganida bog‘cha qabul qilmaydi!
— yozgi bir oylik ta’til hamda bolaning bog‘chaga kelmagan kunlari uchun ham to‘lov to‘liq to‘lanadi kabi savol va talablar yozilgandi.
Nihoyat, shartnoma imzolangach, boshlang‘ich to‘lov (50 ming von) hisobidan bog‘cha nomi yozilgan ryukzak hamda kundalik daftar berildi. Daftarga tarbiyachiga biror e’tiroz yoki taklif, bola ichishi zarur bo‘lgan dorilar eslatma tarzida yoziladi. Tarbiyachi ham hafta davomida biror yangilik yoki o‘zgarish bo‘lsa, daftarga qayd etib qo‘yishi mumkin. Har oylik to‘lov oldindan bank orqali to‘lanadi. Bolaning ID kartasi, ya’ni pasporti nusxasi va tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotnomani olib bordim. Tishcho‘t­ka, bolani tush payti dam olishi uchun ko‘rpa-to‘shak berdim. To‘rt-besh yashar bolalar bir guruhda jamlangan, yigirma nafar bolaga ikki tarbiyachi biriktirilgan.
Bino atrofi manzarali daraxtlar bilan o‘ralgan, bolalar bog‘chasiga kirish uchun yosh guruhiga mos eshik yonidagi kerakli tugmacha bosiladi va bola ismi aytiladi. Orinichib atrofidagi kameralar 24 soat ishlaydi. Ichkariga kirgach, o‘ng tomonda kunlik taomnoma, bog‘cha qoidalari, haftalik va oylik rejalar ilib qo‘yilgan. Bolalar oyoq kiyimlarini tashqarida yechib qoldirishadi.
To‘rt-besh yoshli tarbiyalanuvchilar xonasi bilan tanishdim. Xonaning to‘rtta burchagida to‘rt turdagi o‘yinchoqlar yig‘ilgan. Bola qayerni xohlasa, o‘z rasmi tushirilgan kartochkani o‘sha burchak devoridagi doskaga yopishtirgandan so‘ng o‘sha yerda o‘ynashi mumkin. Agar kartochka uchun bo‘sh o‘rin topilmasa, u holda bola boshqa joyda o‘ynashi kerak. O‘g‘limning bu qoidani o‘zlashtirishi qiyin kechdi.
Mutolaa uchun mo‘jaz kitob javoni va stol-stul qo‘yilgan. Bolalar xontaxta atrofida ovqatlanadi, dam olish uchun karovatda emas, yerda yotib mizg‘iydi. Pol issiq. Bolalar shkafi xona ichida.
Uch-to‘rt kun soat 12 da, keyingi kunlari soat 13 da bolamni bog‘chadan oldim, ikki yoshidan boshlab bolalar bog‘chasiga qatnagani sababmi, o‘g‘lim bog‘cha hayotiga tez kirishib ketdi. Avvaliga egilib salomlashish, xayrlashish, keyinroq qo‘l yuvish va hojatxonaga borish uchun, albatta, navbatga turish kerakligini o‘rgandi. O‘rnini o‘zi solib o‘zi yig‘ishtirishga odatlandi. Koreyslar tartibni yaxshi ko‘radi va navbat tushun­chasini bolalar ongiga kichikligidanoq singdiradi.

Biroq o‘g‘lim o‘ta ta’sirchan, ruhiyatida darrov o‘zgarish sezildi. Bolalar bilan ko‘p urishadigan bo‘lib qoldi. Tarbiyachisi ustidan shikoyat qilmas, lekin qilgan yomon ishlarini kulib aytib berardi. O‘g‘limdan jazolagandir, deb so‘radim, uning aytishicha, yomon ish qilganida tarbiyachisi urishmas ekan. Boshqa bir tarbiyachi yoniga o‘tirg‘izib, qo‘liga qog‘oz-qalam berar, birozdan so‘ng nega yomon bola bo‘layotganini so‘rab, bu yaxshi emasligini tushun­tirarkan. Tarbiyaning bu usuli foyda berdi, shu bahona o‘g‘limda rasm chizishga qiziqish uyg‘ondi. Uyda ham qog‘oz topsa, darrov rasm chizadigan bo‘lib qoldi.

O‘g‘lim har kuni uyga koreys tilida ertak kitob ko‘tarib keladi, so‘ng o‘sha ertakni o‘zi aytib beradi. Bilishimcha, katta ekranda ertak asosida multfilm qo‘yib berisharkan. So‘ng tarbiyachi bolalar bilan shu ertak haqida gap­lashadi. Ota-onasi o‘qib berishi uchun uyga kitob berib yuboradi.
Ertalab nonushtadan so‘ng mashg‘ulotlar boshlanadi. Soat taxminan 11 da bolalar tashqariga sayrga chiqishadi, yon-atrofda ikkita o‘yin maydonchasi bor, maydoncha hududida yumshoq asfalt yotqizilgan, bola yiqilganda ham lat yemaydi. Sayrdan kelib ovqatlanishadi, keyin yana mashg‘ulotga kirishadi. Katta guruhda uxlash ixtiyoriy. Kimdir charchagan bo‘lsa, o‘rin solib yotishi mumkin. Uxlashni istamaydiganlar majburlan­maydi. Har kuni tarqatiladigan rasmli, koreyscha yozuvli, matematik misollar aks etgan broshuraga bolalar yozadi, bo‘yaydi, jumboqlarni yechadi. Kech payti uyga ketish oldidan yengil tamaddi qilishadi.
Haftada bir marta ingliz tili o‘qituvchisi ingliz tilidagi ertak kitob tarqatadi va o‘sha ertakning multfilmini qo‘yib beradi. Haftada bir kun jismoniy tarbiya, boshqa kun musiqa darsi.
Bolalar bog‘chasi tog‘ yonbag‘rida joylashgan, har faslda bir necha marta maxsus yo‘lboshlovchi xodim kelib, bolalarni toqqa olib chiqadi. Bahorda mudira nazoratida bog‘cha hovlisiga gul ekishadi, ko‘chat o‘tqaziladi.

Haftada bir marta bolalar avtobusda sayohatga boradi. Ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra, bolalarini bu sayohatga yubormasligi ham mumkin. Yo‘lkira va qo‘shimcha xarajatlar uchun ikki oyda bir 20 ming von atrofida to‘lov qog‘ozi keladi.

Bolalar qariyalar uyiga tez-tez borib turishadi, o‘rgangan qo‘shiqlarini aytib berishadi va bu orqali bolalarda kattalarga nisbatan mehr uyg‘otiladi. Bir gal ichki ishlar idorasiga sayohatga borganida o‘g‘lim tarbiyachisiga “Politsiya xodimlari bolalar va yoshi kattalarga yordam beradigan yaxshi odamlar ekan, men ham katta bo‘lsam, politsiyachi bo‘laman”, debdi. Shuning­dek, hayvonot bog‘i, muzey va turli attraksionlarga ham sayohat uyush­tiriladi.

O‘g‘limga, ayniqsa, chiqindilarni qayta ishlash markaziga sayohat juda yoqdi. U yerdan katta taassurot bilan qaytdi. Plastik, shisha va qog‘ozlarni alohida chiqindi idishlariga solish kerak, ularni qayta ishlab, turli mahsulotlar tayyorlash mumkin, deydi. Bu haqda ancha kungacha gapirib yurdi.

Mudira xonim ota-onalar bilan doimiy muloqotda bo‘lishni xush ko‘radi. Bolalar bog‘chasi faoliyati haqida tinmay so‘rovnoma yuboradi, takliflarimizni yozib oladi. Onalar uchun oshpazlik darslari tashkil etilgan. Istagan kishi qatnashishi mumkin. Bir necha onalar oyda bir marta shu bahona yig‘ilib, mudira bilan birga ovqat tayyorlaymiz, so‘ng birga tushlik qilamiz.
— Bu darslar yaxshi ona bo‘lishim uchun asqotadi, — deydi Yunso ismli qizning onasi. — Shuningdek, bog‘cha hayoti bilan yaqindan tanishish, mudira­ning xonasidagi kuzatuv kame­rasidan qizimning guruhdagi bolalar bilan munosabati, mashg‘ulotlardagi ishtirokini kuzatishim mumkin.
Tarbiyachilarning hammasi yosh, har bir bolani tabassum bilan qabul qilib oladi va shunday kuzatib qo‘yadi. Biroq ba’zida turli gap-so‘zlar urchishi ham rost. Kimchi yemagani uchun uribdi, quloqsizligi uchun jazolabdi kabi mish-mishlar yuradi. 
O‘g‘lim koreys bog‘chasiga borayotganiga yaqinda bir yil to‘ladi, har hafta qog‘oz, plastik va boshqa materiallardan turli buyumlar yasab keladi. Bolamda ijodkorlik ancha rivojlandi.
So‘ngso‘z o‘rnida bog‘chada o‘zim guvoh bo‘lgan voqeani keltirmoqchiman. Bir kuni kechroq boribman. Guruhida ikki bola qolgan ekan. O‘g‘lim kiyina boshladi.
— Yana bir o‘zim qolamanmi? — dedi o‘rtog‘i xo‘rsinib.
— Nega? Men-chi? Kichik guruhlarda ham bolalar bor hali, — dedi tarbiyachi bolaning ko‘nglini ko‘tarib.
— Kichik guruhlarda ham bolalar bor-a? — dedi bolakay ko‘zlari chaqnab.
— Ha, albatta, bor, — dedi tarbiyachi yana xushfe’llik bilan.
Biroq men kichik guruhdagi bolalarni ota-onalari allaqachon olib ketgani, odatda, ular ertaroq jo‘nashini yaxshi bilardim.
Nazorat savollari:
Janubiy Koreada maktabagcha ta’lim va uning olib borilishi
Janubiy Korea davlati madaniyati
Bola tarbiyasida boshqa davlatlardan nimasi bilan farq qiladi?


Yüklə 83,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə