I. Fan yuzasidan ma’ruza mashg‘ulotlar 1-Mavzu: O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari Reja



Yüklə 83,75 Kb.
səhifə1/6
tarix03.01.2023
ölçüsü83,75 Kb.
#98138
  1   2   3   4   5   6
Maruza matni


I. Fan yuzasidan ma’ruza mashg‘ulotlar
1-Mavzu: O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari
Reja:
1.O‘zbekistonda maktabagacha ta’lim
2.Yevro‘pada va O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning rivojlanish bosqichlari
3.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv.
Tayanch so‘z va iboralar : Maktabgacha ta’lim tarixi, konsepsiya, “Frebel tuhfalari”, maktabgacha yosh, bolalar bog‘chasi, taqqoslash, faoliyat, o‘yin, o‘qish, mehnat.
Maktabgacha ta’lim tarixi maktabgacha pedagogika fan sifatida rivojlanish bosqichlari. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrda Shveysarya, Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi keng ommalashdi. Pedagogika tarixida Frebelning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo‘lgani holda maktabgacha pedagogikani mustaqil fan tarmog‘iga ajratilishiga ko‘maklashdi. Ayni paytda u ilk bor «bolalar bog‘chasi» tushunchasini muomalaga kiritdi.
Fridrix Frebel (1782-1852). Fridrix Frebelning pedagogik tizimi
Bolalar bog‘chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib taqaladi, bolalar bog‘chasining asoschisi deb taniqli nemis pedagogi - Fridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning Bad- Blankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini “bolalar bog‘chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy tarzda qabul qilindi. Shunday savol tug‘iladi: Nima sababdan muassasa “bolalar bog‘chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga ko‘ra, F.Frebel bolalarni “Olloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular g‘amxo‘rlik va parvarishga muhtoj o‘simliklar bog‘i hisoblanadi. Yana bir taxmin shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi “Saroy bog‘ida” deb nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni parvarishlash bo‘yicha birinchi muassasa”ni ochgan. Farzandlarini muassasaga olib borar ekan, shaharcha aholisi boqqa ketayapmiz, deb aytgan. Chunki bolalar bog‘chasi o‘zining dizayniga ko‘ra gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog‘ bo‘lgan. Bolalar bog‘chasi tarbiyachilarini nemis pedagogi “bog‘bon qizlar” deb atagan, bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, pedagoglarni bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko‘maklashishga da’vat etgan. Frebelning bolalar bog‘chalari shuningdek, vaqtincha oila o‘rnini bosish va ota-onalarga tarbiya ishlariga yordamlashish uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan o‘ynashi va bog‘bon qizlardan o‘rganishi mumkin bo‘lgan.
Shu tarzda, F.Frebelning katta xizmati bolalar bog‘chasining ochilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim uslubiyotining yaratilishi bo‘ldi. Uning asosini bolalarga bo‘lgan cheksiz mehr tashkil qiladi. Ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini sanab o‘taylik: o‘yin, nutqni rivojlantirish, jamoaviy tarbiya, mehr-muhabbat bilan o‘rab olish, jazolarning yo‘qligi va tarixda qolib ketgan «Frebel tuhfalari».
Bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratar ekan, Frebel o‘yinlarni o‘z uslubiyotining asosi deb bilgan, bular: ijodiy, harakatli, fantaziyali, taqlidli va h.z. o‘yinlar. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan Frebel didaktik o‘yinlar tizimini yaratishga asos solgan. U didaktik o‘yinlar va turli tuman mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqqan. Olim olib borgan ishlar unda shunday e’tiqodni shakllantirdiki, «bolalar o‘yini - bu turmush ko‘zgusi va ichki olamning erkin namoyishi»dir. R. Frebel mayda motorika yordamida bolalar nuqtini rivojlantirishni taklif qilgan. U ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini batafsil ko‘rsatib bergan hamda buyum bilan tanishishni uning nomini atashdan boshlash kerak, degan talabni ilgari surgan.
Nemis pedagogining fikricha, turli materiallar bilan ko‘plab mashqlar bajaruvchi bolalar boshqa bolalardan ancha avval so‘zlay boshlaydi.
Frebel xilma-xil bolalar faoliyati turlari va mashg‘ulotlarni taklif etgan, bular: mozaika, munchoqlar, cho‘plar, qog‘ozlar, bo‘yoqlar bilan ishlash, rasm chizish, qog‘ozdan to‘qish, qog‘ozni qirqish, loydan narsalar yasash. Origamiga katta e’tibor qaratilgan (ya’ni qaychidan foydalanmasdan turib, qog‘ozdan shakllar yasash). Shuningdek, olimning bog‘chasida arqonli o‘yinlar; qum o‘ynash, konstruksiyalar yasash uzviy mashg‘ulotlar hisoblagan. Bular ijodiy qobiliyatni o‘stirish, intellektni shakllantirish, dunyoni abstrakt holda qabul qila olish, noan’anaviy qarorlar qabul qilish layoqatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. O‘yin jarayonida bolalar bilan suhbatlashish ham ko‘zda tutilgan. Suhbat mavzusi Frebelning fikricha, avvaldan tayyorlanib, bolaning faoliyat bilan shug‘ullanish va boshqa bolalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uni tengdoshlari jamoasida tarbiyalash kerak. Ushbu g‘oyani u chuqur pedagogik asos bilan mustahkamladi va uni keng ommalashtirish bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirdi.F.Frebel jamoaviy tarbiyani insoniyat asosi, deb bilgan. Shu sababli u bolani majburiy tartibda jamoaviy faoliyatga jalb qilish, ya’ni uning bolalar bog‘chasiga qatnashi zarur, deb hisoblagan. U bolaning tanasini rivojlantirish zarur, tashqi hissiyot sezgilarini mashq qildirish, ularni odamlar va tabiat bilan tanishtirish kerak, deb hisoblagan. Shu kabi о’yin jarayonida bolani maktabga tayyorlash, bog‘dagi o‘simliklar kabi, ularga rivojlanishida yordamlashish kerak, deb bilgan. Ayni paytda har bir bolaning individualligini yodda tutishga da’vat etgan. Shu sababli bog‘da katta gullar to‘plami bo‘lgan, bolalar gullarni guruh bo‘lib parvarish qilgan, ayni paytda bitta bolaga biriktirilgan o‘simlik ekilgan tuvak ham bo‘lgan.
F.Frebel uslubiyotining g‘oyasi - barcha narsalar bolalarga. Olim bolalarga hayvonlar haqidagi voqealarni aytib bergan, zero bolalar hayvonlarni yaxshi ko‘rishini tushungan. So‘ngra bolalarning gullarga mehri balandligini anglagan. Shu sababli uning tarbiyalanuvchilari gullarni mustaqil parvarishlay boshlagan. Asta-sekin musiqaning bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini sezgan. Shundan kelib chiqib, bolalar ashula ayta boshlagan va «bog‘bon qizlar»ning (ya’ni, tarbiyachilarning) ashulalarini tinglagan.
Frebel jazolarga, bolalarga nisbatan har qanday shafqatsizlik namoyishlariga qarshi bo‘lgan. Fridrix Frebel haqida so‘z ketganda uning «tuhfalarini» alohida eslatish kerak. «Frebel tuhfalari» - bu olim tomonidan ishlab chiqilgan didaktik material bo‘lib, bolani ilk yoshda rivojlanishiga mo‘ljallangan. Bu bolaning turli ko‘nikmalar va layoqatlarini mashq qildiruvchi o‘yinchoqlar tizimidir. Har bir o‘yinchoq bolani rivojlantirishga ko‘maklashadi hamda undan foydalanishda muayyan qoidalarni ko‘zda tutadi. F.Frebel 6 ta nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi:
Birinchi tuhfa bu koptok. Bu birinchi o‘yinchoq, chunki sharning burchaklari yo‘q, bola uchun qulay. Material sifatida ko‘pincha mayda, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptoklar taklif qilingan. Har bir koptokka ip bog‘langan. Bolaga turli rangdagi koptokni ko‘rsatish orqali ona uni ranglami farqlashga o‘rgatgan. Koptoklar turli ranglarga bo‘yalgan - qizil, yashil, sariq, to‘q sariq, oq, ko‘k va binafsha rangli koptoklar bo‘lgan. Shar-koptokni turli tomonga: «yuqoriga-pastga», «chapga-o‘ngga», «oldinga-orqaga» tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani makondagi harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan tanishtirish maqsadida ona sharni kaftiga qo‘yib, so‘ng uni yashirar ekan, «Koptok bor - koptok yo‘q» deb aytadi.
Ikkinchi tuhfa - kichik o‘lchamli: yog‘och kub, shar va silindr bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolarning turli shakllari bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan sharning aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi, kubik esa - barqarorlik ramzi, xilma-xillikda yagonalik ramzi hisoblanadi. Shu narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo unga qaysi tomondan qarayotganingizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha bo‘ladi: qirrasi, tomoni, uchi bilan. Silindr sharning ham, kubning ham xossalarini birlashtiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror, yotqizilganda harakatlanadi.
Uchinchi tuhfa - bu 8 ta kubikka bo‘lingan kub. Ya’ni, kub o‘rtasidan bo‘lingan, har bir qismi esa - to‘rt bo‘lakka. Buning yordamida, Frebelning fikricha, bola butun narsa va uning tarkibiy qismlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Shu tufayli bola o‘z ijodini rivojlantirish, kubiklardan narsalar qurish, ularni turlicha kombinatsiyalarga birlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi tuhfa - bu o‘sha o‘lchamli kub bo‘lib, u 8 ta plitkaga bo‘lingan.
Ya’ni, kubik o‘rtasidan bo‘linadi, har bir qismi esa - to‘rtta cho‘ziq plitkaga bo‘linadi. Har bir plitkaning uzunligi kubik tomoniga teng, qalinligi ushbu tomonning to‘rtdan bir qismiga teng.
Beshinchi tuhfa - bu 27 ta mayda kubiklarga bo‘lingan kub, ulardan to‘qqiztasi yanada mayda bo‘laklarga bo‘lingan.
Oltinchi tuhfa - bu ham 27 ta kubikka bo‘lingan kub bo‘lgan, ularning aksariyati yana qismlarga: plitkalarga, diagonaliga ko‘ra bo‘lingan.
Shu tarzda Frebel bo‘yicha bolalar bog‘chasining maqsadi va tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
faoliyatning 3 ta turiga – o‘yin, o‘quv, mehnatga yo‘naltirilganlik;
bola hissiyotlarini rivojlantirish; bolaning tanasi va ruhini mustahkamlash;
ko‘rgazmali usul yordamida tabiat bilan tanishish va dunyoni anglash;
odamlar bilan muloqot qilish; bolaning tabiiy xislatlarini rivojlantirish;
bolalarga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish.
F.Frebelning ulkan yutuqlari bilan birga, tarixdan ma’lumki, uning pedagogik yondashuvlari K.D.Ushinskiy, E.A.Flyorina, N.Vodovozova kabi olimlar tomonidan tanqid qilingan. Frebel nazariyasida kamchiliklar ham bor, va ular, avvalo, quyidagilar: bolaning bevosita atrofdagi olam bilan tanishuvi «tuhfalar» tizimiga almashtirilgan;
bolaning hayoti didaktik material bilan chegaralanadi;
bolaning hayoti haddan ziyod tartibga solinadi;
bolaning erkin ijodi cheklanadi va h.z. Shunga qaramay, F.Frebel fanga katta hissa qo‘shgan, zero u nazariya va amaliyotni birlashtirdi, uning maqsadi - bolaning ijodiy salohiyatini namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadigan sharoitni ta’minlovchi muhitni yaratish bo‘lgan. Ayni paytda bu bolada noan’anaviy ijodiy fikrlash qobiliyatini, fantaziyani rivojlantiradi, masalalarni hal etishga noan’anaviy yondashuvni shakllantiradi.
Maktabgacha tarbiya g‘oyasini targ‘ib etish va bolalar bog‘chalarini ommalashtirish yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Olim bolalarning yoshlariga mos ravishda ishlash usullarini ishlab chiqish orqali maktabgacha tarbiya amaliyotini jiddiy boyitdi.
Ko‘plab mamlakatlarda bolalar bog‘chalari maktabgacha tarbiya tizimida yetakchi o‘rinni egalladi. F.Frebel maktabgacha tarbiya tarixida birinchi bo‘lib ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning yaxlit, uslubiy ishlab chiqilgan, amaliy qo‘llanmalar bilan boyitilgan tizimini yaratdi.
Maktabgacha ta’lim sohasi vujudga kelishida 1918-yilda Fridrix Frebel kursi qoshida Petrograd Maktabgacha ta’lim institutining tashkil etilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu ta’lim maskanida Maktabgacha ta’lim bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlangan, shu bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. 1919-yilda xaql maorifi kommisariyati tomonidan "Maktabgacha ta’lim" bo‘yicha butun ittifoq anjumani bo‘lib o‘tdi. Bunda ijtimoiy Maktabgacha ta’lim sohasini tashkil etish, bola tarbiyasining nazariy-amaliy masalalari o‘rin oladi.
Maktabgacha ta’limga bag‘ishlangan butunittifoq anjumanlar:
1921 yil - ikkinchi anjuman
1924 yil - uchinchi anjuman
1928 yil – to‘rtinchi anjumanlar bo‘lib o‘tgan.
Bu anjumanlar ijtimoiy Maktabgacha ta’lim muassasalarini kengaytirish, kadrlar tayyorlash, moddiy ta’minot masalalari, shu bilan bir qatorda Maktabgacha ta’lim sohasini ilmiy tadqi­qot ishlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi.
Maktabgacha ta’lim pedagogika sohasi rivojiga pedagog olim va psixologlardan: S.T.Shaskiy, V.N.Shasskaya, L.K.Shleger, Ye.I.Tixeeva, L.I.Chulishskaya, Y.A.Arkin, K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Maktabga­cha pedagogika bo‘yicha dastlabki qo‘llanma "Ilk yosh pedagogikasi va Maktabgacha ta’lim bo‘yicha metodik xatlar” nashr ettirildi.
1930-yillarga kelib, maktabgacha pedagogika sohasi jadallik bilan rivojlandi, shu bilan bir qatorda maktabgacha bo­lalar muassasalari soni ham o‘sib bordi. Maktabgacha pe­dagogika fan sifatida taraqqiy etishida psixolog-olimlardan A.R.Luriya, S.L.Rubenshteyn, B.G.Ananev, pedagog-olimlardan P.N.Gruzdeva, Y.N.Medinskiy l.F.Svadkovskiylarning roli katta bo‘ldi. 1928-yilda xalq maorifi komissarligi tomonidan "Doshkolnoe vospitanie" jurnali nashr etildi. Bu jurnal o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni oladi:
Maktabgacha ta’lim nazariyasi va amaliyoti
Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va jihozlash
Metodik ishlar (kutubxona, bolalar adabiyoti, metodik qo‘llanmalar)
Chet ellarda Maktabgacha ta’lim tizimi
Ilg‘or ish tajribalaridan namunalar
Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun maslahatlardan iborat bo‘lgan.
Maktabgacha pedagogika sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan pedagog-psixolog Pavel Petrovich Blons­kiy (1884-1941):
Maktabgacha ta’limga kirish (1913-y)
Bolalarning yosh xususiyatlari (1934-y), ko‘nikmalari muallifi, asosan bolalikning ilk yosh davr xususiyatlari ustida tadqiqotlar olib borgan olimdir.
Stanislav Teofilovich Shaskiy (1878-1934) pedagog olim, u Maktabgacha ta’limning mazmuni va metodlari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning rahbarligida pedagogik texnikum tashkil etilgan. U tomonidan "Bolalar mehnati va dam olishi” deb nomlangan jamiyat ish olib borgan. Uning "Deti - rabotyagi budushego” (1908) asari bolalar tarbiyasining muhim jihatlarini keng yoritib bergan.
Luiza Karlovna Shleger (1863-1942) - Maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olima. U tomonidan "Materiali dlya besed s malenkimi detmi” “Prakticheskaya rabota v detskom sadu" (1915 g) nomli kitobida bolalarning o‘yin va mehnat faoliyatini tashkil etish masalalari o‘rin egallagan. U Maktab­gacha ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishida faol ishtirok etgan.
Lidiya Ivanovna Chulitskaya (1870-1938) taniqli pedagog- shifokor, ilk yosh davr gigiyenasi bo‘yicha olima. Uning "Gigiena detskogo sada" (1923 g), "Gigiena detskogo vozrasta” (1938 g), "Razvitie dvijeniy u detey na pervom i vtorom godu", "Igri v doshkolnom vozraste” asarlari Maktabgacha ta’lim sohasi rivojida muhim o‘rin tutdi. Shuningdek, u Maktabgacha ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash; bolalar bog‘chalarining sanitariya holatini saqlash masalalarida faol ishtirok etgan.
Yelizaveta Ivanovna Tixeeva (1867-1943) pedagogik faoli­yatini XIX asrning 90-yillarida boshlagan, 1913-1917-yillarda u Sankt-Piterburg jamiyatining Maktabgacha ta’lim bo‘limining rahbari bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 1920-yilda Y.I.Tixeeva - Petrograd maktabgacha pedagogika institutining professori, keyinchalik A.l.Gersen nomli Pedagogika institutida ma’ruzalar o‘qigan. Uning rahbarligida institut qoshida tashkil etilgan bolalar bog‘chasi ilmiy-tadqiqotlar va laboratoriya bazasi bo‘lib hisoblangan. Muassasada - nutq o‘stirish, sensor tarbiya, mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlarni tashkil etish metodikalari bo‘yicha ishlar olib borilgan.
Uning "Detskiy sad” (1928 g), "Razvitie rechi doshkolnika” (1937 g) nomli kitoblari maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Lev Semenovich Vigodskiy (1896-1934) - umumiy va maktabgacha pedagogika va psixologiya sohasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. U psixik jarayonlarning aqliy tarbiya va ta’limga bog‘liqlik masalalari, turli yosh davrlar xususiyatlari ustida ish olib borgan. Uning "Obuchenie v razvitie v doshkolnom vozraste" nomli risolasida bolalar bog‘cha programmasi tuzishda psixologik jarayonlarga ahamiyat qaratilishi ta’lim, bilim berish, o‘qitish masalalari yoritib berilgan.
Anton Semenovich Makarenko - (1888-1939). Taniqli pedagog va yozuvchi bo‘lib o‘z Vatani va chet ellarda o‘zining pe­dagogik asarlari bilan mashhur bo‘lgan. U 1920-yilda "Bolalar koloniyasi” ni tuzdi. Unda voyaga yetmagan va tartibbuzar bo­lalar tarbiya qilindi. 1927-yilga kelib, F.E.Dzerjinskiy nomli bo­lalar kolonnasi tashkil etdi. U Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash (o‘yin, mehnat va boshqa faoliyatlarda) usullarini ko‘rsatib bergan. U ta’limda "Metodika organizatsiya vospitatelnogo protsessa”, "Stil rabot s kollektivom", "Stil vospitaniya”, "Obshie usloviya semeynogo vospitaniya" nom­li risolalari yaratilgan. Olim oilada bola tarbiyasi masalalari bo‘yicha ham tadqiqotlar olib borgan.
O‘tgan asrning 40-60 yillariga kelib, Maktabgacha ta’lim so­hasi jadallik bilan rivojlandi. Maktabgacha ta’lim muassasalariga bo‘lgan talab ortishi munosabati bilan turli (kecha-kunduz) yo‘nalishdagi sanatoriya, bolalar internatlari tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishda 1943-yilda Pedagogika fanlari Akademiyasida Maktabgacha ta’lim sektorining tashkil etilishi katta voqea bo‘ldi. Bu yillarda bolalarning aqliy tarbiyasi muammolari, elementar matematika nazariyasi va metodikasi bo‘yicha tadqiqot olib borgan pedagog A.M.Musina "Maktabgacha pedagogikaning didaktik materiallari” asosini ilmiy jihatdan ishlab chiqqan B.I.Xachapuridze, maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyati bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Y.A.Flerina, bolalar bog‘chasida ta’lim nazariyasini (o‘qitish) ishlab chiqqan pedagog olima A.P.Usova kabi pedagog-olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar Maktabgacha ta’lim sohasi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Yefim Aronovich Arkin (1873-1948) - pedagogika fanlari doktori, shifokor va pedagog olim. U bolalar jismoniy tarbiya­si, bolalar gigiyenasi sohasida ilmiy asarlarni yaratdi. Uning asarlari: "Doshkolniy vozrast” (Maktabgacha yosh)(1948), "Ota-onalar uchun qo‘llanma va ta’lim”. U turli yosh davrning jismoniy va psixik rivojlanishi qonuniyatlarini ishlab chiqqan olimdir.
Yevgeniya Aleksandrovna Flerina (1888-1952) - taniqli oli­ma, pedagogika fanlari doktori, professor, Pedagogika Fan­lar Akademiyasi muxbir a’zosi. U ijtimoiy Maktabgacha ta’lim tashkil etilishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga yetakchilik qilgan. U maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy estetik jihatdan rivojlantirish muammolari ustida ish olib borgan. Uning rahbarligida "Maktabgacha pedagogika” darsligi yaratilgan.
Shuningdek, u maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodikasi ustida tadqiqotlar olib borgan. U "Esteticheskoe vospitanie doshkolnika” va bir qancha qo‘llanmalar muallifidir.
Aleksandra Platonova Usova (1898-1965) - maktabgacha pedagogika sohasida ko‘zga ko‘ringan olima, Pedagogika Fan­lari Akdemiyasi muxbir a’zosi. U 1930-1941-yillar mobaynida A.I.Gertsen nomli Leningrad Davlat Pedagogika institut­ing Maktabgacha ta’lim kafedrasini, 1945-1960 yillar Mak­tabgacha ta’lim sektori va didaktika sektorini boshqargan. U maktabgacha yosh davrining o‘yin, ta’lim, sensor tarbiya, ped­agogik jarayonlarni tashkil etish muammolari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Uning rahbarligida bolalar bog‘chasi programmasi barcha metodikalar bo‘yicha qo‘llanmalar yaratildi. U tomonidan: "Obuchenie v detskom sadu” (M-1970 g), ‘‘Sensornoe vospitanie doshkolnikov” (M 1963 g), "Russkoe narodnoe tvorchestvo v detskom sadu” (M-1972 g) kabi man­balar yaratilgan.
Nina Pavlovna Sakulina (1900-1976) - pedagogika fanlari doktori, tasviriy faoliyat bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan pedagog. U san’at institutidagi maktabgacha sektori bo‘limini boshqargan. A.P.Usova, A.V.Zaporojes kabi olimlar bilan birgalikda maktabgacha yoshda sensor tarbiya tizimini ishlab chiqishda qatnashgan. U tomonidan: "Risovanie v doshkolnom detstve” (1965 g) asari K.D.Ushinskiy mukofotiga sazovor bo‘lgan. U asosiy diqqatini Maktabgacha ta’lim ishlariga, tarbiyachi, metodist, o‘qituvchilarga metodik yordam berishga qaratdi.
Oradan yillar o‘tdi, ko‘p narsalar hozirgi davr qarashlariga mos ravishda qaytadan ko‘rib chiqilmoqda, yangilanmoqda. Rivojlanishning yangi bosqichida, globalizatsiya va axborot oqimini hisobga olgan holda F.Frebelning pedagogik yondashuvlari hamon maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llanilmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan usullar, zamonaviy yondashuvlarga mos holda uslubiy qayta ishlangani holda maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llanilmoqda.
Endi esa xayolan o‘tmish va maktabgacha ta’limning zamo­naviy yondashuvlari o‘rtasida ko‘prik yasaymiz.
Hozirgi bosqichda, maktabgacha yoshdagi bolalarni turli vaziyatlarda harakatlana olishga, kutilmagan muammolarni hal qilishga, nafaqat an’anaviy, balki noan’anaviy ijodiy yYechimlar topa bilishga va ularni hayotga joriy etishga o‘rgatish kerak. Buning yordamida bolalar yangi sharoitlarga moslashish va maktabga tayyorlanish, hayotda yutuqqa erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’limning tahlili shuni ta’kidlash imkonini beradiki, zamonaviy ta’lim kompetentlilik yondashuviga asoslanadi. O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv- ta’lim ishlari «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab­gacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari» va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi» asosida olib borilmoqda.
"Ilk qadam" MTMsining Davlat o‘quv dasturiga muvofiq turli yosh guruhlarida quyidagi rivojlantiruvchi markazlarida ish olib borilishi belgilangan: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabiat» «Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika», «San’at markazi», «Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish». Guruh bolalari o‘z istagiga binoan xohlagan mazkur markazlardan birini tanlab, faoliyat olib borishi mumkin.
Taqqoslash asosida, maktabgacha ta’limning tarixi bilan hozirgi holati o‘rtasida qiziq bir o‘xshashlikni qayd etamiz. E’tibor qiling, aynan F.Frebelning "bolalar bog‘chasi"da ta’limga nisbatan yuqorida tilga olingan yondashuvlarga asos solingan. Xususan, bu jihat bolalar bog‘chasida bolalar faoliyatini tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi. Bunda, masalan, xonaning bir burchagida bolalar guruhi yog‘och kublardan minora yasaydi, boshqa burchagida esa - ikkinchi guruh barmoqlari bilan chizish orqali katta rasmni chizadi. Bunday faoliyat davomida ular quyidagi turdagi masalalarni hal qiladi: "Qanday qilib qursak, minora yiqilmaydi? Minoraga nima bo‘ladi - yiqiladimi yoki turib qoladimi? Yana qanday ranglar qo‘shish mum­kin? Qanday geometrik shakllarni qo‘shish mumkin?” va h.z. Hozirgi bosqichda bularning barchasi jiddiy ravishda boyitilgan va takomillashtirilgan. Ularga mavzuli tamoyil asos qilib olingan. Butun o‘quv yili davomida mavzu belgilangan va har bir oy uchun mavzuning nomi ko‘zda tutilgan. Har bir oyning nomi o‘z nomiga ega mavzuli to‘rtta haftaga bo‘lingan va h.z.
Shunday qilib, bolaning faoliyatida uning xatti-harakatlari rivojlanishining asosi hisoblanadi. Masalan, kubiklardan, geometrik shakllardan uy quradimi, ertak, hikoya to‘qiydimi va h.z. Muhimi, u izlanishda bo‘ladi, o‘ylaydi, individual ravish­da va hamkorlikda qarorlar qabul qiladi. Bu esa bolaga o‘zining ijodiy faolligini namoyish etishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha pedagogika sohasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida ushbu fan­ning metodologik asoslari yaratildi.
Maktab va maktabgacha ta’limning tashkil topishi, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi maktabgacha ta’lim.
haqida qarori qabul qilingan.
4. Maktabgacha ta’limga doir farmon, qaror va farmoishlarni soxaga keng tatbiq etish usullari. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish haqida.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi PQ-4312-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib kontseptsiya 5 bobdan iborat
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontseptsiyasining 5ta bobi quyidagilardan iborat:
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud
Muammolar
3-bob. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor
yo‘nalishlari
4-bob. Kontseptsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
5-bob. Kontseptsiyaning amalga oshirilishini monitoring qilish
Kontseptsiyada 3- bobining 2- paragrafida Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga alohida e’tibor berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy,nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
1) maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
2) maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‘tkazish;
3) maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
4) «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;
5) tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
6) rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
7) maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;
8) mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;
9) bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
10) maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o‘qitish asoslarini joriy etish;
11) bolaning kelgusida o‘zini o‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy- emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
12) maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim xizmatlari turlari:
pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish.

Yüklə 83,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə