I. Fan yuzasidan ma’ruza mashg‘ulotlar 1-Mavzu: O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari Reja



Yüklə 83,75 Kb.
səhifə2/6
tarix03.01.2023
ölçüsü83,75 Kb.
#98138
1   2   3   4   5   6
Maruza matni

Nazorat savollari:
Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi maktabgacha ta’lim sohasida qilingan islohotlar.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimida qanday yangicha yondoshuvlar mavjud?
Maktabgacha ta’limga doir farmon, qaror va farmoishlarni soxaga keng tatbiq etish usullari qanday?


2-Mavzu : Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘shma hamkorliklar
Reja
1. Hamkorlikning ta’lim sohasida tutgan o‘rni
2. Maktabgacha ta’limda hamkorlik ishlarining olib borilishi
3. O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vazirligining turli davlatlar bilan qo‘shma hamkorligi
Tayanch so‘z va iboralar : Maktabgacha ta’lim, maktabgacha ta’lim vazirligi, hamkorlik, qo‘shma hamkorlik
Ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasida tubdan qayta kо‘rib chiqish ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash kabi mas’uliyatli vazifalarni hal etishda, albatta, hamkorlik hamfikrlilik talab etiladi. Buni yaxshi anglagan Maktabgacha ta’lim vazirligi vazirlik tashkil qilingandan buyon rivojlangan mamlakatlar bilan ko‘plab qo‘shma hamkorliklar olib bormoqda. Shujumladan bunday hamkorliklar maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishi, ularning ta’lim tarbiyasiga alohida yondasguvlar bilan ish olib bormoqda .
Janubiy Korea
1.Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekistonga tashrif doirasida Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi (KO‘BU) raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chan-Keon boshchiligidagi delegasiya mamlakatimiz maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda maktabgacha ta'lim sohasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bu boradagi o‘zaro almashuvlarni yanada mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari va qo‘shma rejalari ham belgilab olindi.
Kim Chang Keon uchrashuvda ta'lim muassasalari faoliyatini onlayn shaklda muvofiqlashtiruvchi, ta'lim jarayoni va o‘quvchilarning o‘zlashtirish holati haqida barcha zarur ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan EDU LINK axborot tizimi konsepsiyasini taqdim etdi.Tizim, shuningdek, ota-onalar va talabalar uchun yangiliklar va muhim e'lonlarni yuborish imkonini beradi. Mazkur loyiha KO‘BU va Assosiasiyaga a'zo kompaniyalarning bevosita ko‘magi va ishtirokida texnik va tashkiliy masalalarni hal etish orqali bepul amalga oshiriladi.
Agrippina Shin Janubiy Koreya ta'lim tizimining yuksak darajada rivojlanganini ta'kidlab, davlatimiz rahbarining 2017 yilda Koreya Respublikasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilganini ta'kidladi. Shuningdek, u ta'lim sohasidagi ikki tomonlama loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilish va mamlakatlarimiz o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlarini topishda bevosita ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar Janubiy Koreya EDU LINK tizimini O‘zbekistonga beg‘araz taqdim etish loyihasi to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini imzoladi.
Vazir ushbu loyiha nafaqat O‘zbekiston ta'lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga muhim hissa qo‘shishi, balki mamlakatimiz yosh avlod vakillariga ta'lim va axborot tizimlarini rivojlantirish sohasida Janubiy Koreyaning eng ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishishga imkon berishiga ishonch bildirdi.
Xitoy bilan qo‘shma hamkorlik
"Bu yer boshoqli don yetishtirishga qulay bo‘lib, mo‘l-ko‘l gul, meva beradi". Bundan 1300 yil muqaddam Tan sulolasining buyuk alloma-rohibi Syuan Zang sayohatga oid eslatmalarida obod Samarqandning chizmalarini chizgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan men hamkasbim bilan Xitoy-O‘zbekiston hamkorligi rejasini belgilash va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun yana go‘zal Samarqand shahriga tashrif buyuraman.
Xitoy va O‘zbekiston buyuk sivilizatsiyaga ega qadimiy davlatlardir. Buyuk Ipak yo‘li xalqlarimiz o‘rtasidagi 2000 yildan ortiq do‘stona aloqalardan dalolat beradi. G‘arbiy Xan sulolasidan Chjan Tsyan, Tan sulolasidan Syuan Zang, Min sulolasidan Chen Cheng o‘z vaqtida O‘zbekiston hududiga kelib, Toshkent, Samarqand va boshqa mashhur shaharlarda bo‘lib, tarixiy rishtalarning izlarini qoldirgan.
Yuan sulolasi davrida asli buxorolik Seyid Ajal Shamsuddin Xitoyning Yunnan viloyatiga hokim etib tayinlangan. Samarqandlik Vu Chju 14-asr oʻrtalarida Xitoyda Nankin shahrida rasadxona qurilishida qatnashgan. Mamlakatlarimiz xalqlari bugungi kungacha yuqorida sanab o‘tilgan tarixiy shaxslarning Xitoy-O‘zbekiston do‘stligining kashshoflari va elchilari bo‘lganligi haqida yaxshi xotiralar saqlab kelmoqda.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yuragidagi yirik davlat. Mamlakat mustaqillikka erishgan 31 yil ichida davlat taraqqiyoti va milliy tiklanish borasida ulkan natijalarga erishdi.
Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida o‘zbek xalqi yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ulkan kampaniya boshlaganini alohida ta’kidlash joiz. Turli sohalarda olib borilayotgan islohot va taraqqiyot jadal sur’atga kirdi. Mamlakat butunlay yangi qiyofa kasb etdi, munosib turmush sharoiti yaratildi, xalqaro maydondagi mavqei sezilarli darajada mustahkamlandi. Do‘stona qo‘shni va har tomonlama strategik hamkor sifatida muvaffaqiyatlaringizni chin dildan qutlaymiz.
Joriy yil Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. 30 yil davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hurmat, yaxshi qoʻshnichilik va doʻstlik, oʻzaro yordam va manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan koʻp qirrali hamkorlik urugʻdek unib, jadal rivojlanib, oʻzining yuksak samaralarini bera boshladi.
Ikki davlat ishonchli do‘stdir. 2016-yildan buyon Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlar, telefon suhbatlari va xabarlar almashish orqali yaqin aloqalar o‘rnatib kelinmoqda. Bizda yaxshi ish aloqalari va chuqur shaxsiy do‘stlik bor. Davlatlarimiz har tomonlama strategik sheriklik ruhida asosiy manfaatlarga taalluqli masalalar bo‘yicha bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, milliy rivojlanish strategiyasini ilgari surishda bir-biriga yordam beradi, islohotlarni kengaytirish va ochiqlik bo‘yicha bir-birining tajribasini o‘rganadi, iqtisodiyot rivojiga ijobiy energiya olib keladi.
Ikki davlat birgalikda taraqqiyot yo‘lida ishonchli hamkorlardir. Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi va uning iqtisodiyotiga sarmoya kiritishning asosiy manbai hisoblanadi. 2021-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 8 milliard dollardan oshdi, joriy yilning birinchi yarmida esa qariyb 5 milliard dollarni tashkil etdi.Yillik tovar ayirboshlash hajmi 10 milliard dollarni tashkil etish sari izchil rivojlanmoqda – bir kamar, bir yo‘lni birgalikda amalga oshirish doirasida.
Muhim qo‘shma loyihalar tizimli ravishda ilgari surilmoqda. “Xitoy – Markaziy Osiyo” gaz quvurining barcha 4 ta liniyasi Oʻzbekiston hududidan oʻtadi. Qamchiq dovoni orqali Markaziy Osiyodagi eng uzun temir yo‘l tunneli foydalanishga topshirildi.
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yo‘li va Xitoy-Qozog‘iston-O‘zbekiston temir yo‘l tranzitining o‘tkazuvchanlik salohiyati izchil rivojlantirilmoqda. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini amalga oshirishda ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
O‘zbekiston ichki davlatdan mintaqadagi aloqa markaziga aylanmoqda. Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasida yangi energiya manbalari, qishloq xo‘jaligi, moliya va zamonaviy telekommunikatsiyalar sohalarida faol hamkorlik qilinib, bu xalqlarimizga sezilarli foyda keltirmoqda.
Ikki davlat sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirishning munosib namunasini ko‘rsatdi. Birgalikda turli xil qiziqarli tadbirlar, jumladan, san'at festivallari, galakontsertlar, ko‘rgazmalar, seminarlar o‘tkaziladi.
Talabalar almashinuvi, adabiy asarlar tarjimasi va nashri, kinematografiya, teleko‘rsatuvlar tarjimasi va namoyishi, hududlararo aloqalar va kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani xalqlarimizni yaqinlashtirishga samarali xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda Xitoy O‘zbekiston uchun 6500 dan ortiq turli profilli mutaxassislarni tayyorlab berdi, ular bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni isloh qilish va taraqqiy ettirish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda.
Toshkent va Samarqanddagi Konfutsiy institutlaridan sinologlarning butun bir galaktikasi chiqdi, ular xitoy-o‘zbek do‘stligining haqiqiy xabarchilaridir. Turizm sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Go‘zal O‘zbekistonga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lgan xitoylik sayyohlar soni ortib bormoqda.
2013-yilda Samarqandga tashrifim chog‘ida qadimiy Xiva shahrini arxeologik restavratsiya qilish loyihasi boshlangani e’lon qilingan edi. Endilikda bu loyiha allaqachon muvaffaqiyatli yakunlanib, qadimiy Xiva shahriga yangicha ko‘rk bag‘ishladi.
Ikki davlat hamisha aka-ukadek bir-biriga yordam beradi. Xitoy va O‘zbekistonni hayotiy manfaatlar va umumiy kelajak birlashtirib turadi. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama asosda, ham ShHT ham boshqa ko‘p tomonlama platformalar doirasida tashqi aralashuvga birgalikda qarshi turish, “yovuzlikning uch kuchi”, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashinuvini oshirish , umumiy xavfsizlik nomidan kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirishda yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi avj olgan paytdan boshlab ikki davlat hamjihatlik va o‘zaro yordam ruhida epidemiyaga qarshi hamkorlikni faollashtirmoqda. O‘zbekistonda pandemiyaga qarshi kurashda eng ommabop bo‘lgan Xitoy vaksinasining qo‘shma ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi, birgalikda yaratilgan preparat klinik qo‘llash uchun ma’qullanib, odamlar hayoti va salomatligining ishonchli himoyasiga aylandi.
Ikki ming yillik do‘stona almashinuvlar va o‘zaro manfaatli aloqalarning 30 yillik amaliyoti har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash davr tendensiyalari, ikki mamlakat va xalqlarning tub manfaatlariga hamohang ekanini ko‘rsatadi. O‘tmish va kelajak chorrahasida turib, biz Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarining kelajagiga umid va ishonch bilan qaraymiz.
Birinchidan, o‘zaro yordamni oshirish va o‘zaro ishonchni mustahkamlash muhimdir. Strategik ahamiyat va uzoq muddatli manfaatlarni hisobga olgan holda, Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini yangi davrda rivojlantirish rejasini belgilab olish zarur.
Xususan, oliy va yuksak darajadagi aloqalarni faollashtirish, o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, davlat boshqaruvi sohasida tajriba almashishni chuqurlashtirish, asosiy manfaatlarga daxldor masalalarda bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlash. Xitoy O‘zbekistonni o‘zining milliy voqeliklariga mos ravishda rivojlanish yo‘lini tanlashini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi, O‘zbekistonning ichki ishlariga tashqaridan aralashishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi chiqadi.
Ikkinchidan, umumiy taraqqiyot va farovonlik yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish muhimdir. Ikki davlatning milliy rivojlanish strategiyalarini bogʻlash boʻyicha ishlarni jadallashtirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va yirik loyihalar boʻyicha hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini birgalikda ishlab chiqish zarur. Rivojlanishning yangi bosqichida Xitoy yangi rivojlanish me'morchiligini jadal ravishda shakllantirmoqda. O‘zbekistonni jadal sur’atlar bilan olg‘a surilayotgan taraqqiyot “ekspressi” bortida ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.
Biz o‘zbek do‘stlarimiz bilan rivojlanish imkoniyatlarini baham ko‘rishga tayyormiz. Kelgusi yil “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligi nishonlanadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatlarimiz mavjud natijalardan kelib chiqib, yuqori sifatli rivojlanishga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishi, qashshoqlikni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishi, Xitoy va O‘zbekistonning o‘zaro manfaatli hamkorligi ikki mamlakat xalqlariga yanada ko‘proq foyda keltirishi zarur. Xitoy O‘zbekiston bilan Global taraqqiyot tashabbusini faol amalga oshirishga, rivojlanayotgan mamlakatlar umumiy manfaatlarini birgalikda himoya qilishga, universal va muvozanatli rivojlanish, o‘zaro manfaatli hamkorlik va umumiy farovonlik tamoyillariga asoslangan rivojlanish arxitekturasini shakllantirishga tayyor. Uchinchidan, xavf va qiyinchiliklarni yengish uchun xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhimdir.
Mamlakatlarimiz xavfsizlik sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishi, tashqi kuchlarning mintaqa barqarorligiga putur yetkazish urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, rivojlanish uchun qulay tashqi sharoitlar yaratishi zarur.
Afg‘oniston bizning umumiy qo‘shnimiz. Afg‘onistondagi tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik mamlakatlarimiz manfaatlariga mos keladi. Xitoy O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishdagi beqiyos rolini yuqori baholaydi va qo‘llab-quvvatlaydi. Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda Global xavfsizlik tashabbusini amalga oshirishga, yangi tahdid va qiyinchiliklarga qarshi turishga, tinchlik, barqarorlik va xalqaro adolatni himoya qilishga tayyormiz. To‘rtinchidan, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish uchun madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish muhimdir. Odamlarning yaqinlashishi muloqotga asoslanadi. Xitoy-O‘zbekiston do‘stligi rishtalari chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, arxeologiya va hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro madaniyat markazlari tashkil etish va seminarlar ochishni jadallashtirishimiz kerak. “Lu Ban ustaxonasi” ham keng ko‘lamli madaniy-gumanitar almashinuvlarning ajoyib sxemasini shakllantirish, Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish va ikki xalqning ko‘p asrlik do‘stligini avloddan-avlodga yetkazish maqsadida tashkil qilinmoqda.
O‘zbekistonda men ham bo‘lajak Samarqand sammitida ishtirok etaman. Bu yil ShHT Nizomi imzolanganiga 20 yil, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganiga 15 yil to‘ldi.
Tashkilot ularda mustahkamlab qo‘yilgan maqsad va tamoyillarga amal qilgan holda, “Shanxay ruhi”ga muvofiq, ishtirokchi-mamlakatlarning barqarorligi va birgalikda rivojlanishiga ko‘maklashadi, o‘zaro hurmat, tenglik va tenglik bilan ajralib turadigan yangi turdagi xalqaro munosabatlarni barpo etish, adolat, o‘zaro manfaatli hamkorlik namunasini ko‘rsatadi. Bugungi kunda ShHT Yevroosiyoda va butun dunyoda muhim konstruktiv kuchdir.
Noqulay epidemiologik vaziyatga qaramay, O‘zbekiston o‘z raisligi davrida ishtirokchi davlatlar bilan jadal almashinuv va aloqalarni amalga oshirib, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarib, Tashkilotning sog‘lom va barqaror rivojlanish dinamikasini saqlab qolishga hissa qo‘shmoqda. Biz buni juda qadrlaymiz.
Ishonchim komilki, Samarqand sammiti birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yuqori saviyada o‘tadi va mintaqada tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida ShHTning taqdiri mushtarak hamjamiyatini shakllantirishga katta hissa qo‘shadi.
Yurakda intilish bo‘lsa, maqsad sari yo‘l uzoq ko‘rinmaydi. Biz O‘zbekiston tomoni bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon shakllangan ezgu an’anani davom ettirishda hamda yangi tarixiy sharoitda Xitoy va O‘zbekiston taqdirining mushtarak hamjamiyatini yanada shakllantirish yo‘lida milliy taraqqiyot va tiklanishning keng yo‘lidan birgalikda olg‘a borishga tayyormiz.

Saudiya Arabistoni Podshohligining bilan qo‘shma hamkorlik


Joriy yilning 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin hamda Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Yusuf bin Solih Ad-Gahra Al-Otaibiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini hamda keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilibgina qolmay balki joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasining o‘tkazilishi yuzasidan rejalashtirilgan ishlar haqida tanishishdi, mehmonlar o‘z qiziqqan savollariga javob olishdi. Janob Yusuf bin Solih ochilish nutqida, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha o‘zaro manfaatli strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish tarafdori ekanligini, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining strategik rivojlanishining ajralmas qismi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Diplomatik missiya rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahnamoligi va diqqat e’tiborida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy natijalarini ham yuqori baholadi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, 30 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoni Podshohligiga rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha to‘liq sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot va 15 ta hujjat qabul qilinib, umumiy summadagi 12 milliard dollardan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Muzokaralar chog‘ida Saudiya Arabistoni vakillari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasiga bag‘ishlangan xalqaro forum va ko‘rgazma doirasidagi har qanday birgalikdagi sa’y-harakatlarda eng faol ishtirok etib, munosib hissa qo‘shishiga ishontirdi.
Muzokarada A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Rossiya federatsiyasi delegatsiyasi rahbari Janob A. Yefremov uchrashuv ishtirokchilarini qutlar ekan, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universiteti rektorining yangi tayinlangan vazifasini bajaruvchi O‘zbekiston tomoniga rasman tanishtirdi.
Janob V. Rabosh o‘zining kirish nutqida A.I.Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universitetining yaqinda erishgan yutuqlari haqida qisqacha gapirib berdi. A. Gersen Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyatiga O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan bebaho hissasi va A.I Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialini ochishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi.
A. Gersen Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialining yangi jamoasi qo‘llab-quvvatlanishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi alohida ta’kidlandi.
Hozirda Tojikiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi mamlakatlarida shu kabi filiallari ochish to‘g‘risida tegishli mutasaddi idoralar bilan muzokaralar olib borilyatganligini e'tirof etildi. Shu bilan birga, Janob V. Rabosh yangi tashkil etilgan A. I. Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filiali MDX davlatlari ichida yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash markazi sifatida faoliyat yuritishini e'tirof etdi.
Shu bilan birga, Rossiya tomoni “Lukoil Overseas” Rossiya kompaniyasi moliyaviy ko‘magida qurilayotgan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi realibilitatsiya markazi bilan yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog kadrlarining malakasini oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi
Xususan, Sank-Peterburg mutaxassislari Nukus shahridagi Imkon realibitatsion markazi mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha kelishib olindi. Muzokaralar yakunida A.I Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialida ta’lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan loyixalar muhokama qilindi.
Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv 7 yil 2022-iyul kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shinning Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim va Fransiya elchixonasining taʼlim va universitetlarda hamkorlik boʻyicha attashesi Janob Serj Bellini bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar maktabgacha taʼlim sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi. Bushez xonim Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Fransiya Inklyuziv taʼlim Milliy instituti oʻrtasida vazirlik delegatsiyasining Parijga soʻnggi tashrifi chogʻida tuzilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanganini olqishladi.
Uchrashuvda tomonlar inklyuziv taʼlim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, ushbu sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yangi metodikani joriy etish orqali fransuz tilini oʻqitish, shuningdek, fransuzlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, shuningdek Fransiya taʼlim telekanali va “Aqlvoy” telekanali oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, Oʻzbekistonda fransuz modeli asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish imkoniyati toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi oʻrtasida maktabgacha taʼlim sohasida faol muloqotni davom ettirish uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashdilar.
Learning Passport “Bolalik akademiyasi”
Bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. Platforma Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Learning Passport UNICEF va Microsoft hamkorligida yaratilgan boʻlib, moslashuvchan raqamli oʻquv platformasidir. Hozir platforma butun dunyo boʻylab millionlab bolalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda.
Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari; mashgʻulotlar rejalari; qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan taʼminlaydi. Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Respublikasining erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi boʻyicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, bola miyasining 90 foizi 5 yoshga qadar rivojlanadi. Bu davrda ota-onalar va pedagoglar bolaga butun umri davomida taʼlim olishi uchun mustahkam poydevor qoʻyishda yordam berishlari mumkin. Buning uchun tarbiyalovchi va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratishlari, bola bu orqali oʻrganishi, rivojlanishi va yutuqlarga erishisha olishi zarur.
“Ushbu ahamiyatli davr hayotda faqat bir marta keladi, shu bois u maktabgacha yoshdagi millionlab bolalar uchun juda muhimdir. Ular butun umri davomida erishadigan jismoniy va ruhiy natijalar, moliyaviy taʼminlanganlik darajasi aynan shu vaqt ichida koʻrsatiladigan yordamga bogʻliq”, dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin.
Mazkur texnologik innovatsion gʻoya butun mamlakat boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qatʼi nazar, yuqori sifatli oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini beradi.
“Maʼlumotlarga koʻra, aynan erta va maktabgacha yosh davrida sarmoya kiritish foydali. Bolalarni erta yoshidanoq tarbiyalash, himoya qilish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi. Erta taʼlimga kiritilgan sarmoya 16 baravar koʻpayib qaytadi, – dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – Shuning uchun ham UNICEF Oʻzbekistonda Learning Passport “Bolalik akademiyasi” oʻquv platformasini ishga tushirish boʻyicha innovatsion yondashuvni tatbiq qildi. Ushbu platforma 3–6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlariga imkon yaratadi”.
“Bolalik akademiyasi” platformamiz eng avvalo sifatli taʼlim olamidir. Pedagoglar zamonaviy metodikalar asosida tayyorlangan mashgʻulotlardan foydalanishi, oʻz ustida ishlashlari uchun qoʻshimcha mutolaa manbalarini qoʻllashi, ota-onalar esa bola taʼlim tarbiyasi va parvarishi boʻyicha foydali maʼlumotlarni oʻzlari uchun kashf etishlari mumkin”, dedi Shahnoza Mirziyoyeva.
“Bilim Makon” markazi direktori Oyatullo Rahmatullayevga koʻra: “Pedagoglar – bola hayotiga eng koʻp taʼsir koʻrsatadigan shaxslardan biri. Ular malaka oshirish kurslarida oʻqib, yangi bilim va koʻnikmalarni egallashlari va uni oʻz ish faoliyatlarida qoʻllashlari mumkin boʻladi. Tarbiyachilar zamonaviy va ilgʻor taʼlim amaliyotlaridan foydalanganda bolalar jismoniy, hissiy va taʼlimiy jihatdan oʻsishga erishadi. “Bolalik akademiyasi” pedagoglarimizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun katta qulayliklar taqdim etadi”.
Ota-onalar va vasiylar bolalar sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan poydevorni yaratadilar. “Bolalik akademiyasi” uyda taʼlim berish borasida beqiyos koʻmakchidir. U oddiy mashgʻulotlar kutubxonasi va ota-onalar uchun maslahatlar, birgalikda oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Birgalikdagi oʻyinlar ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini rivojlantiradi.
“Bolalik Akademiyasi” bolalar foydalanishi uchun ham qulay. Ular savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi oʻyinlarni oʻynashlari, oʻz ona tillaridagi elektron kitoblarni oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻquv-koʻngilochar videolarni tomosha qilish va yoshga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.
“Bolalik akademiyasi”ni ishga tushirish orqali Oʻzbekiston boʻylab 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.

Yüklə 83,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə