I. Fan yuzasidan ma’ruza mashg‘ulotlar 1-Mavzu: O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari Reja



Yüklə 83,75 Kb.
səhifə4/6
tarix03.01.2023
ölçüsü83,75 Kb.
#98138
1   2   3   4   5   6
Maruza matni

Yaponiya MTT lari tarixi
Yaponiyada ilk maktabgacha ta’lim tashkiloti 1876-yilda ochilgan, unga faqatgina o‘ziga to‘q xonadon vakillarining farzandlari borishgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin maktabgacha ta’lim tizizmida katta o‘zgarishlar sodit bo‘ldi. Jumladan 1947-yil sohani tubdan isloh qilishga doir qonun hujjati qabul qilindi. MTT lar tizimida amalga oshirilgan islohotlar samarasida yangiliklar kiritildi, mutaxassislar tomonidan bolalarni tarbiyalashning yangi metodlari yaratildi.
Tarbiyachi bo‘lish osonmi?
Tarbiyachi bo‘lish uchun ikki yoki to‘rt yillik kursda o‘qish, bolalar bilan o‘zaro munosabatlarning sir-asroslarini o‘rganish darkor. Xususan, rasm, teatr, mehnat, origami yasash, jismoniy tarbiya, musiqa, bola psixologiyasi, ovqatlanish qoidalari va ijtimoiy munosabatlat yo ‘nalishlarida bilim olish talab etiladi.
Salomatlik va ovqatlanish.
MTT larda bolalar salomatligini tiklash uchun turli xil sport musobaqalari tashkil etiladi. Unga ota-onalar ham jalb etiladi. Bolalarning ovqatlanish taomnomasida albatta sutli maxsulotlar, sabzavotlar va mevalar bo‘lishi shart. Agar MTT dagi barcha bolalar kuin bo‘yi sayr yoki ekskursiyaga chiqishi kerak bo‘lsa, har bir ona o‘z jigarbandiga “obento”-“maxsus idishda ovqat” ini berib yuborishi shart.
Ota-onalar bilan ishlash.
MTT larda ota-onalar bilan ishlash dasturi mavjud, masalan: otalar bog‘chaga kelib, tarbiyalanuvchilarga o‘z qiyinchiligi , muvaffaqiyati xususida so‘zlasa boshqasida onalar bog‘chada farzandi bilan kun bo‘yi o‘ynaydi, o‘rtoqlari bilan o‘zaro munosabatni kuzatadi.
Oila va tarbiyachi o‘rtasida bolaning kamchiliklarini bartaraf etishi, uning yaxshi inson bo‘lib yetishi uchun e’tirofga loyiq amaliyot yo‘lga qo‘yilgan Ya’ni, uyda farzandi fe’l-atvori haqida yozilgan maktubni ona tarbiyachiga bersa, kechqurun tarbiyachi har bir bolaning qanday ovqatlangani, uxlagani, xatti-harakatlari yozilgan maktubni ota-ona qo‘liga tutqazadi. Mana shu noma orqali tarbiyachi tarbiyalanuvchining shaxs sifatida kamolga yetishi uning tarbiyasida qaysi kamchiliklarni tuzatishi kerakligi haqidagi rejalarni tuzadi.
Bog‘chada nimalar o‘rgatiladi?
Yapon bog‘chalarida asosiy e’tibor- ta’lim berishga emas, tarbiyalashga qaratiladi. Jamoada bolalarga o‘yin orqali o‘zini-o‘zi idora qilish, muammoli vaziyatlardan chiqish ko‘nikmasi shakllantiriladi. O‘zaro raqobatchilik muhitini bartaraf etish bir-biriga yon berish, murosaga kelishga o‘rgatiladi. Oyda bir marta kun bo‘yi MTT tarbiyalanuvchilari hayvonot yoki botanika bog‘iga sayrga chiqishadi. Bundan maqsad bolalarni bardoshli qilib tarbiyalashdir. Asosiy e’tibor esa ijodga yo‘naltiriladi: rasm chizish, applikatsiya, origami. Bu mashg‘ulotlar qo‘l motorikasini rivojlantiradi. Kelgusida ierogliflarni tekis va chiroyli yozishiga zamin yaratadi, mantiqiy fikrlashni oshiradi.

Yüklə 83,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə