I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81


O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY VA 
O'RTA MAXSUS TA’LIM  VAZIRLIGI
I.HAMDAMOV,  Z.BOBOMURADOV,  E.HAMDAMOVA
EKOLOGIYA
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy va  o'rta  maxsus  ta ’lim  vazirligi 
tomonidan  o'quv qo'llanma sifatida  tavsiya  etilgan
TOSHKENT  -   2009


I.Hamdamov,  Z.Bobomuradov,  E.Hamdamova.  Ekologiya.  —  Т.,
«Fan  va texnologiya»,  2009,  176  bet.
Mazkur  o ‘quv  qo‘llanma  qishloq  xo'jaligi  oliy  va  o ‘rta  maxsus  o‘quv 
yurtlarining  5620100  -   agrokimyo  va  agrotuproqshunoslik,  5620200  -  
agronomiya  (dehqonchilik  mahsulotlari  bo'yicha),  5620300  -   o'simliklar 
himoyasi,  5620400  —  q/x  ekinlari  seleksiyasi  va  urug'chiligi,  5620800  — 
o'rm onchilik,  5140900  —  kasbiy  ta ’lim  (5620200  —  agronomiya),  5620500
-   qishloq  xo'jaligi  mahsulotlarini  yetishtirish,  saqlash  va  ularni  dastlabki 
qayta  ishlash  texuologiyasi  mutaxassisliklari  uchun  mo'ljallangan  bo'lib, 
Samarqand  qishloq  xo'jaligi  instituti  professori  I.Hamdamov,  qishloq 
xo'jaligi  fanlari  nomzodlari  Z.Bobomuradov  va  E.Hamdamovalar  to­
monidan  tayyorlangan.  O'quv  qo'llanm a  institutning  meva-sabzavotchilik 
va  uzumchilik  kafedrasi  yig'ilishida,  agronomiya  fakulteti  va  institut  ilmiy 
kengashlarida  muhokama  qilingan  va  chop  etishga tavsiya  etilgan.
Taqrizchilar: 
IZATULLAYEV Z .I  —  Samarqand  davlat
universiteti ekologiya kafedrasining  mudiri, 
biologiya  fanlari  doktori,  professor;
•  XALILOV N.X  —  Samarqand  qishloq 
xo'jaligi  instituti o'simlikshunoslik 
kafedrasining  mudiri,  professor.
ISB N   9 7 8 -9 9 4 3 -1 0 -2 1 5 -6
©   «Fan  va texnologiya»  nashriyoti  2009.


SO‘Z  BOSHI
Ekologiya  —  agronomiya  mutaxassisliklari  talabalariga  o'qitiladigan 
biologik  fanlar  orasida  muhim  nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ega.  U 
agronomlik,  ziroatchilik,  polizchilik,  o‘rmonchilik  va  paxtachilik  fanlaridan 
olingan  bilimlami  nazariy  mustahkamlaydi,  chunki  bo'lajak  agronomlaming 
kasb  faoliyati  asosan  tashqi  muhit  bilan  uzviy  bogiangan.  Ular  doimo  tup­
roq,  suv,  iqlim  va madaniy o'simliklar bilan ish  ko‘radi.  Kishilik jamiyatining 
taqdiri  ko‘p hollarda agronomlaming ish faoliyatiga  ham bog'liq bo'lib  qoldi.
Sog'lom  tabiatni  asrash,  tabiat  in’omlaridan  oqilona  foydalanish  hozirgi 
zamonning  dolzarb  muammolaridan  hisoblanadi.  Shu  sababli  bo'lajak 
agronomlaiga  ekologiya  bilimini  o'rgatish,  ya’ni  tabiiy  manbalardan  oqilona 
foydalanishni  o'rgatish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
0
‘g'itlardan,  suvdan 
foydalanishni,  yeming  sho'rlanislii,  yangi  yerlami  o'zlashtirihshi  va  shu  kabi 
tadbiriy choralarning  foydali  va zararh tomonlarini talabalar e’tiboriga  havola 
etish  zamr.  Bundan  tashqari,  tashqi  muhitning  ifloslanishi,  o'simlik  va  hay­
von  turlarining  yo'qolib  kamayib  ketayotganligi,  ozuqa va  suv  manbalarining 
yetishmashgi,  tuproq  eroziyasi  kabi  muammolami  yoritib  berish  kerak.  Ana 
shunday  noxush  holatlardan  tabiatni  asrash  choralarini  topish  yuzasidan 
izlanislilar oUb borish zamrhgiga e’tibomi jalb etish lozim.
O'zbekiston  tabiati  turli  xil  ekologik  sharoitga  ega  bo'lib,  uni  biz 
e ’zozlashimiz  va  ko'z  qorachig'iday  asrasliimiz  lozim.  Agar  unga  nisbatan 
xo'jasizlik  qilinsa,  bu  qanday  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligi 
Orol dengizi  misolida  yaqqol ko'rinib  turibdi.
Fanni  o'iganish  davrida  talabalar  populatsiya  va  uning  tizimi,  popu­
latsiya  tarkibidagi  turlar  va  ularning  o'zaro  munosabatlari,  ekosistemalar, 
biosfera va ularning komponentlariga zarar keltirmasdan,  oqilona foydalanish 
usullari to'g'risidagi bilimlarga ega bo'ladilar.
Aziz  talaba,  Sizning  e’tiboringizga  havola  etilayotgan  bu  darslik  qish­
loq  xo'jaligi  institutlarida  agronomiya  mutaxassislari  uchun  tuzilgan  na- 
munaviy dastur asosida  yoritilgan.
Mazkur  kursdan  foydalanib,  bilim  olgan  har  bir  talaba  Respublikamiz 
oldida  turgan  ekologiya  fani  bilan  bog'liq  bo'lgan  muammolami  yechishda 
qo'l  keladi degan  umiddamiz.


I  BO ‘LIM
1.  Ekologiyaning predmeti,  maqsadi  va vazifasi.
Autekologiya  va  sinekologiya
Ekologiya  yunoncha  «oikoso  (eykos)  —  yashash joyi,  makon va  «logos»  -  
fan,  so'zidan  olingan  bo'lib,  tirik  organizmlaming  tevarak  atrofdagi  muhit 
bilan  o'zaro  munosabatini  o'rganadigan  biologik  fan  hisoblanadi.  Ekologiya 
muhit  omillarining  o'simlik  va  hayvonlar  organizmiga  ta’sirini,  oiganizm  va 
populatsiyaning  muhit  omillariga  ko'rsatadigan  reaksiyalarini,  populatsiyalar 
soni  va  tizimini  bir  xil  saqlovchi  mexanizmlami  (jarayonlami),  tabiiy  gu- 
ruhlaming  biologik  mahsuldorligini,  biogeotsenozlar  yoki  ekosistemalaming 
harakatlanish  qonuniyatlarini  va  biosferani  o'rganadi.  Tirik  tabiat  qanday 
tuzilgan,  qaysi  qonunlar asosida  mavjud  va  rivojlanadi,  u  inson ta’siriga qan­
day javob beradi,  bulaming  barchasi  ekologiyaning predmetidir.
Inson  borki,  hayot  uchun  kurashadi,  tabiatning  barcha  injiqliklariga 
moslashishga  intiladi,  har bir  kishi  tabiat  in’omlaridan  foydalanadi,  quradi, 
bunyod  etadi.  Odatda,  inson  biror  maqsadni  ko'zlab  tabiatning  muayyan 
bir sohasida  ijobiy yoki  ko'pincha  salbiy ta’sir ko'rsatishi  mumkin.
Kishilar  o'zlari  uchun  turar  joylar  barpo  etar  ekanlar,  buni  atrof- 
muhitning  o'simlik  va  hayvonot  dunyosiga  qandaydir  salbiy  ta ’siri  bo'ladi, 
natijada,  tabiat  kambag'allashib  boradi.  Inson  qurilish  materiallari  sifatida 
tabiiy  o'rm onlarni  keragidan  oitiqcha  kesadi,  demak,  o'simlik  dunyosi 
qisqarib,  u  o 'z  navbatida  atmosfera  havosini  musaffo  bo'lishiga  rahna 
tug'diradi,  tuproq  eroziyaga  uchraydi,  yer  osti  suvlari  kamaya  boradi, 
ko'chkilar  paydo  bo'lib,  sel  natijasida  jarliklar  hosil  bo'lishi  mumkin.  Bu 
lavha  insonning  tabiatga  ko'rsatgan  ta ’siridan  bir  parcha  xolos.  Tabiatga 
nisbatan  ko'r-ko'rona  yondoshish,  uning  ehsonlaridan  ayovsiz  foydalanish 
pirovardida  og'ir asorat  qoldirishi  mumkin.
Bizni  o'rab  turgan  butun  tabiat,  borliq,  ming  yillar  mobaynida  shun­
day  bir  muvozanatga  kelganki,  uning  bir  bo'lagiga  yetkazilgan  ozor  boshqa 
bo'laklariga  ham  salbiy  ta ’sir  ko'rsatmay  qoLmaydi.  Tabiatga  ta ’sir  etishda 
ba’zi  jiddiy  xatolarga  yo'l  qo'yilishi  mumkin  ekanligini  Orol  fojiasi  mi- 
solida  yaqqol  ko'rsatish  mumkin.
Hozirgi  zamon  ekologiyasi  odam  va  biosfera  o'rtasidagi  o'zaro  muno- 
sabat  masalalarini jadal  o'rganmoqda.
Hozirgi  zamon  ekologiyasining  yana  muhim  vazifalaridan  biri,  bu 
biologik  resurslardan  oqilona  foydalanish,  odam  faoliyati  ta ’sirida  tabiat 
o'zgarishlarini  oldindan  ko'ra  bilish,  tabiatda  kechayotgan  jarayonlarni 
boshqarish  yoilarini  o'rganish,  zararkunandalarga  qarshi  kurashning  zarar-


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə