I. I. Morgunova gimnastika va uni



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix03.02.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#83419
gimnastika va uni oqitish metodikasi



O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RÒA
MAXSUS ÒA’LIM VAZIRLIGI
O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI MARKAZI
I.I. MORGUNOVA
GIMNASTIKA VA UNI
O‘QITISH  METODIKASI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
3-nashri
Toshkent — «ILM ZIYO» — 2013


2
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
O‘quv  qo‘llanmadagi  materiallarning  berilishi  jismoniy  tarbiya  fanidan
mutaxassislar tayyorlaydigan O‘MKHTM ta’lim standarti va namunaviy o‘quv
dasturiga mos bo‘lib, besh qism va 22 bobdan iborat. Kitobda gimnastika sportining
o‘zbek tilidagi atamalari, uning rivojlanish tarixi, mashqlarni o‘rganish usullari,
Olimpiada  o‘yinlaridagi  o‘rni,  o‘zbekistonlik  gimnastlarning  Xalqaro
musobaqalardagi yutuqlari va shu sport turiga oid uslubiy ma’lumotlar berilgan.
O‘quv  qo‘llanmaning  oxirida  olingan  bilimlarni  sinab  ko‘rish  uchun  nazorat
savollari tavsiya etilgan.
T a q r i z c h i l a r :
M.K. KARIMOV
 — O‘zbekiston davlat jismoniy tar-
biya  institutining  «Gimnastika»  kafedrasi  dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi;
N.N.  MALININA
  —  Nizomiy  nomidagi  Toshkent
davlat pedagogika universiteti «Jismoniy tarbiya uslu-
biyati  va  bolalar  sporti»  kafedrasi  dotsenti,  biologiya
fanlari nomzodi.
ISBN 978-9943-16-029-3
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2010-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2013-y.
UO‘Ê 796.4 (075)
KBK 75.6ya722
M75


3
SO‘ZBOSHI
«Gimnastika  va  uni  o‘qitish  metodikasi»  o‘quv  qo‘llanmasi
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha maxsus tahsil oladigan talabalar
uchun ta’lim standarti va namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq yozildi.
Sportning gimnastika turidagi hozirgi kundagi ilg‘or izlanish va
tajribalarni tatbiq etish hamda umumlashtirish natijasida olingan ilmiy
ma’lumotlar berilmoqda. Ushbu o‘quv qo‘llanma gimnastika sporti
bo‘yicha o‘zbek tilida birinchi o‘quv qo‘llanma bo‘lib, boshqa fanlardan
boblarning tuzilishi va mazmuni bilan ajralib turadi. U besh qismdan
iborat bo‘lib, ular quyidagilardan tarkib topgan:
I. Gimnastika nazariyasi va uslubiyatining umumiy muammolari.
II. Gimnastikaning asosiy vositalari.
III. Gimnastika turlari.
IV. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish  shakllari.
V. Òayyorgarligi turli darajada bo‘lganlar bilan o‘tiladigan mashg‘u-
lotlar  xususiyatlari.
O‘quv qo‘llanmaning gimnastika atamalari bobi dotsent A.Yefe-
menko tomonidan shu sohada olib borilgan izlanishlarga, «O‘zbek
tilining izohli lug‘ati»ga,  «Jismoniy tarbiya va sport lug‘ati»ga hamda
respublikamizda  ko‘pdan buyon  ishlab  kelayotgan  o‘qituvchilar va
murabbiylarning amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llab kelgan atamalarga
tayanib tuzildi. Albatta, ayrim ibora (atama)lar ona tilida oldin qo‘lla-
nilmagani  uchun,  ulardan  foydalanilganda  muallif  sabr-toqatli
bo‘lishni so‘raydi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadagi ma’lumotlardan nafaqat o‘rta maxsus
o‘quv yurtlari, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, balki jismoniy tarbiya
instituti  talabalari,  universitetlardagi  jismoniy  madaniyat  fakul-
tetlarining talabalari, jismoniy tarbiya  o‘qituvchilari va BO‘SM murab-
biylari  foydalanishlari  mumkin.  Shuningdek,  jismoniy  tarbiya
o‘qituvchilarini  tayyorlaydigan  o‘quv  muassasalari  uchun  o‘quv
qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. Muallif ushbu o‘quv qo‘llanmani
tayyorlashda o‘z yordamini ayamagan ustozi dotsent A.N. Normurodovga
o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.
Muallif ushbu o‘quv qo‘llanma xususida gimnastika sporti muta-
xassislari o‘z fikr-mulohazalarini Òoshkent shahri, Chexov ko‘chasi,
12-uy,  ÒoshDSHI  «Jismoniy  tarbiya»  kafedrasiga  bildirishlarini
so‘raydi.


4
I qism

GIMNASÒIKA NAZARIYASI VA
USLUBIYAÒINING UMUMIY MUAMMOLARI
1-bob

SPORÒ ÒURI USLUBIYAÒI
VA MUAMMOLARI
1.1. Gimnastika to‘g‘risida qisqacha ma’lumot
Mamlakatimizda  jismoniy  tarbiya  —  xalqimizni  ko‘tarinki
ruhda, sog‘lom tarbiyalashning tarkibiy qismi bo‘lib, respublikamiz
aholisini  mehnatga,  Vatan  himoyasiga  tayyorlashning,  jismoniy
jihatdan barkamol tarbiyalashning eng oson vositasidir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni, shu
jumladan, gimnastikaning rivojlanish tarixi hamda uning taraqqiyo-
tini tasavvur qilish uchun sobiq Ittifoq davriga ko‘z tashlamasdan
o‘tish mumkin emas.
Òurkiston  hududida  XVII—XIX  asrda  jismoniy  tarbiya  va
sportning,  shu  jumladan,  gimnastikaning  mazkur  mintaqada
rivojlanishi va taraqqiy etishi Rossiyadagi jismoniy tarbiya va sport
tarixiga bevosita bog‘liq bo‘lganini inkor qilib bo‘lmaydi.
Ayni paytda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning vosita-
metodologiyasining yagona tizimi yaratilgan. Mazkur vositalarning
eng ommaviylaridan biri bo‘lgan gimnastika bu tizimda haqli ravishda
muhim o‘rin egalladi. Gimnastika mashg‘ulotlarining  eng muhim
vazifasi yosh avlodni bolalik chog‘idan boshlab, jismoniy va aqliy
jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalash, ulardagi jismoniy va ma’naviy
kuchlarni garmonik tarzda rivojlantirishdan iborat.
«Gimnastika»  yunoncha  «
gimnos
»  so‘zidan  kelib  chiqqan
bo‘lib, «yalang‘och» ma’nosini bildiradi. Shuningdek, yunoncha
gymnotike
  (
gymmazo
  —  murabbiy,  mashq  qildiraman  so‘zidan
olingan) odam salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama
jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlari —  jismoniy sifatlari:
kuchi,  chaqqonligi,  tezkorligi,  chidamliligi  va  boshqa  jismoniy
sifatlarini  tarbiyalash,  takomillashtirish  uchun  ishlatiladigan
maxsus  tanlangan  jismoniy  mashqlar  uslubiyatlar  tarmog‘idir.
Gimnastikaning asosiy vazifalari:
1. Inson organizmining shakl va faoliyatini, jismoniy sifatlarini
har  tomonlama  tarbiyalashga,  takomillashtirishga,  salomatligini


5
mustahkamlashga, umrini uzaytirishga hamda faol yashashga xizmat
qiladi.
2. Muhim hayotiy harakat, ko‘nikma va malakalari (shu jum-
ladan, amaliy va sport ko‘nikmalari)ni shakllantiradi va maxsus
bilimlar  bilan  qurollantiradi.
3. Axloqiy, irodaviy va estetik xislatlarni tarbiyalaydigan, jis-
moniy tarbiya sohasidagi zamonaviy yangi pedagogik texnologiya,
fan yutuqlari asosida yaratilgan gimnastika mamlakatimizda yanada
rivojlantirilib, odamlar hayotiga  keng tatbiq etilmoqda.
Gimnastika o‘quv-pedagogik va ilmiy fan sifatida o‘z ichiga:
• 
gimnastika nazariyasi;
• 
gimnastika tarixi;
• 
gimnastika o‘qitish uslubiyati;
• 
gimnastika ilmiy izlanish va ilmiy-uslubiy ishlarni qamrab oladi.
Bolalar va o‘smirlarni jismonan hamda aqliy barkamol qilib
shakllantirishda gimnastikaning o‘rni  katta. Uning xilma-xil vosita
va usullari boshlang‘ich jismoniy tarbiya vazifalarini bajarishda yuqori
o‘rin tutadi. Bolalar va o‘smirlarda jismoniy, aqliy hamda harakat
sifatlarini tarbiyalash uchun asos yaratilib, organizmni funksional,
jismoniy  mashqlar  vositasi  ta’sirida  tashqi  muhitga  qarshilik
ko‘rsatish  imkoniyatlari  o‘stiriladi.
Gimnastikaning juda katta gigiyenik-sog‘lomlashtirish ahamiyati
bor. Qadimgi zamonning atoqli mutafakkirlaridan Galen, Giðpokrat,
Plutarx, Beruniy, Ibn Sino  gimnastikaning davolash va sog‘lom-
lashtirish vositasi sifatiga yuqori baho berishgan. O‘z o‘rnida rus olimlari
I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, I.N. Mechnikov, P.F. Lesgaftlar jismoniy
mashqlarga, jumladan, gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib,
«bu mashqlarning hayotiy faoliyat hamda ish unumdorligini oshi-
rishini, organizmning kasallikka chidamliligini tarbiyalash va faol dam
olishning eng yaxshi vositasi», deb tan olishgan.
Sportning bu turi bilan hamma — bolalar-u kattalar, keksalar-u
yoshlar,  jismonan  chiniqqanlar,  jismoniy  tayyorgarligi  yuqori
bo‘lganlar-u va endi boshlovchilar, sog‘lom kishilar-u kasallikka
chalinganlar  ham  shug‘ullanishi  mumkin.
Gimnastika  bilan  maktabgacha  tarbiya  muassasalarida,
umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va oliy ta’lim maskan-
larida, ko‘ngilli sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida,
davolash va dam olish uylarida, sanatoriylarda va  harbiy qismlarda
shug‘ullanishadi.  Gimnastikaning  bunchalik  keng  yoyilganligiga
sabab, uning mashqlari hammaga tushunarli va xilma-xilligida hamda


6
jismoniy tarbiya fanining turli maqsad va vazifalarini  bajarish uchun
mashqlar  ko‘lamini  tanlash  imkoniyatining  kattaligidadir.
Uning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati beqiyos. O‘quv yuklamalarining
aniq taqsimlanishi shartliligi bois, talabalar harakatlarining tahlilini
keng qo‘llashda, o‘rganilgan harakat faoliyatlarini xilma-xil bajarishda,
murakkablashtirilishida, harakatlarni cheksiz mukammallashtirishda,
shakl  va  muvofiqlashtirish  jihatidan  turli  bo‘lgan  ko‘p  mashqlarni
o‘rganishda — bularning hammasi shug‘ullanuvchilarga tana a’zolari
imkoniyatini baholash va harakat faoliyatining umumiy qonuniyatlarini
aniqlab olib o‘rganishga imkon yaratadi.
Gimnastika odamni estetik tarbiyalashning samarali vositasi
hisoblanadi.  Mashqlarni  bajarish  va  namoyish  etish  texnikasi
gimnastikaga xos uslub talab qiladigan darajada mukammal bo‘lishi
uchun harakatlar ravon va ifodali bo‘lishi, mashq bajaruvchining
harakatlari tomoshabinga yoqadigan, nafis bo‘lishi kerak. Gimnastika
mashqlari natijasida shug‘ullanuvchining qaddi-qomati kelishgan
bo‘ladi. Gavda tuzilishidagi nuqsonlar bartaraf etiladi. Gavdaning
ayrim  qismlari  rivojlanishida,  umuman,  tana  shakllanishida
mutanosiblikka erishiladi.
Gimnastikaning pedagogik jarayondagi o‘rni yuksakdir. U  bilan
shug‘ullanuvchilar ongli ruhda, faollik va mehnatga ijodiy muno-
sabatda bo‘lishi bilan ajralib turishadi. Mashg‘ulotlarning qat’iy,
bir tartibda olib borilishi, ta’lim jarayoni shug‘ullanuvchilarning
maksimal faolligini tashkil etish ularni intizomli qilib tarbiyalaydi.
Gimnastika aqliy ta’lim bilan jismoniy tarbiya birligining yorqin
namunasidir. Qo‘llaniladigan uslublar sportchilarning intellektual
faoliyati faolligini rag‘batlantirish imkonini beradi. Markaziy asab
tarmoqlarining moyilligini, uning mushak faoliyatining turli holat-
lariga moslasha olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
P.F. Lesgaft gimnastikaning boshlang‘ich va o‘rta ta’lim maktabidagi
ahamiyatining o‘rnini belgilab, bunday degan edi: «Aqliy va jismo-
niy ta’lim o‘zaro shunchalik chambarchas bog‘lanib ketadiki, natijada,
ular maktabning ajralmas maqsad va vazifasini tashkil etadi, chunki
har qanday bir yoqlama tarbiya, ta’lim berishdagi uyg‘unlikni buzadi,
albatta, barkamol inson bo‘lib shakllanish uchun sharoit yaratib
bermaydi».
Jismoniy tarbiya o‘zaro aloqador ikki yo‘nalishda amalga oshiri-
ladi.  Bulardan  biri  umumtayyorlov  yo‘nalishi  bo‘lsa,  ikkinchisi
ixtisoslashgan-amaliy (kasbiy-amaliy, harbiy-amaliy va sport-amaliy)
yo‘nalishdir.  Gimnastikaning  vositalari,  uning  mashg‘ulotlarni


7
tashkil etishdagi uslub va usullari har ikki yo‘nalishda ham keng
qo‘llaniladi. Uning odam organizmiga o‘ta ta’sirchanligi boshlang‘ich
mashg‘ulotlarning  bosqichlarida,  odamning  jismoniy  sifatlarini
har tomonlama va garmonik tarbiyalash poydevori  yaratilayotgan
vaqtda  namoyon  bo‘ladi.  Gimnastikaning  asosiy  faoliyati  uning
ko‘p asrlik taraqqiyot tarixi davomida shakllandi va qaror topdi.
Jismoniy mashg‘ulotlarning ko‘p qirrali mazmuni, aniq maqsad
va  vazifalari  yanada  takomillashdi.  Mashqlarning  xilma-xilligini
hisobga olgan holda uning odam organizmiga ta’sir etishi qat’iy
bir tartibda olib borilsa, ayrim tarmoqlarga tanlab va lokal (alohida
bo‘g‘imlariga)  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bu  esa  gimnastikadan  jismoniy
madaniyatning  ixtisoslashgan-amaliy  shakllarida  foydalanishni
belgilab beradi. Uchuvchilar tarkibi va fazogirlarning jismoniy tayyor-
garlik  ko‘rishi,  gimnastikadan  ayrim  sport  turlarida  (suzuvchi,
bokschi, futbolchining  gimnastik mashqlari) gimnastika mashqla-
rida amaliy faoliyatda foydalanish fikriga misol bo‘lishi mumkin.
Insonning sport  faoliyatida gimnastikaning to‘rt asosiy mustaqil
turi va 25 sog‘lomlashtirish-ko‘makchi turlari bor:
1)  sport  gimnastikasi;
2)  nafis  gimnastika;
3)  trampolin;
4) akrobatika (305-betga qarang).
Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va trampolin Olimpiada
o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan. Akrobatika musobaqalarining eng
yuqori pog‘onasi – Jahon chempionati.
1.2. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari
Gimnastikada mashqlarni qat’iy bir me’yorda bajarish, talabalar
faoliyatini aniq uyushtirish uslubiga xos bo‘lib, uning natijasida yangi-
yangi malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun qulay sharoit yuzaga
kelib, mehnat qobiliyatini oshirish borasida yuqori ko‘tarinki muhit
yaratiladi. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1. Inson organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish
. Insonning
barcha organlari  funksiyalari gimnastika mashqlari yordamida ijobiy
rivojlanadi va takomillashadi. Gimnastika mashg‘ulotlari orqali kishini
umumiy  jismonan  va  aqlan  tarbiyalash  hamda  uning  jismoniy
sifatlarini har tomonlama barkamollikka yetkazishga erishish mumkin.
2. Xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalanish.
 Organizmning
morfologik  funksional  tarmoqlari  va  jismoniy  sifatlari  (kuch,
tezkorlik, egiluvchanlik, chaqqonlik va chidamlilik)ni har tomon-


8
lama  garmonik  tarbiyalash  va  rivojlantirish  jismoniy  mashqlar
yordamida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda, asab tizimining
moslashtirish mexanizmiga ta’sir ko‘rsatilib, uning moyilligi ortishi
bilan sport texnikasining asoslari shakllana boradi.
3. Organizmning kerakli a’zolarini takomillashtirish.
 Òalaba o‘z
oldiga  qo‘ygan  maqsadni  yechishda,  organizm  mushaklarini
tarbiyalash kerak bo‘lgan qismlariga ta’sir qilishda xilma-xil mashqlar
tanlab  bajarish  usullari  aniq  bo‘lishi  natijasida,  mushak-bo‘g‘im
guruhlariga ta’sir etish orqali erishadi. Bu talabalarga  kerakli jismoniy
sifatlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi va jismoniy rivojlanishdagi
kamchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. O‘quv jarayonining qat’iy me’yorda bo‘lishi va jismoniy yukla-
malarni aniq tartibga solish
. Òa’lim berish jarayonini tashkil qilish
turli  uslubiy  usullardan  foydalanish  bilan  bir  qatorda,  ta’lim
berishning o‘ziga xos xususiy maqsad va vazifalarini birin-ketin hal
qilish tamoyiliga bog‘liq. Bu holat jismoniy va boshqa sifatlarning
tobora rivoj topishini ta’minlaydi. Jismoniy yuklamalarning ta’sir-
lanish  sur’ati  va  chegarasini  o‘zgartirish  hamda  mashqlarni  ijro
etish ketma-ketligini yo‘lga qo‘yish, turli qo‘shimcha og‘irlik va
qurilmalardan foydalanish orqali sportchilarni tayyorgarlik daraja-
siga e’tiboran belgilasa bo‘ladi.
5. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda mashqlarni  uzluksiz
murakkablashtirish va ularni uyg‘unlashtirish jarayoni.
Mashg‘ulotlar natijasida talaba ko‘nikma hosil qilgandan so‘ng,
uning murakkab turiga o‘tiladi. Keyinchalik shu mashq va uning
to‘plami ham murakkablashtiriladi, o‘rganilgan mashqlar belgisi
ikkinchisiga qo‘shib bajariladi va ularga yangi yo‘llanma beriladi.
O‘rganilayotgan  o‘quv  mashqlarining  sifati  (miqdor  jihatdan)
yangicha ifodaga ega bo‘ladi hamda sportchi organizmiga ijobiy ta’sir
etib, u kutgan natijaga olib keladi. Bir xil mashqlarning organizmga
turlicha ta’siri natijasida har xil vazifaga erishish uchun ularni uslubiy
jihatdan xilma-xil o‘zgartirish (yo‘naltirilganini chegaralash, mashq
bajarishning o‘yin yoki musobaqa shakllaridan foydalanish) yo‘li
bilan amalga oshirish mumkin.
Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq-
dir. Ularni qo‘llashda mashg‘ulotlar jarayonida beriladigan mashq-
larning talaba organizmiga ko‘rsatadigan ta’sirini to‘g‘ri hisobga olib
yuklama berilsa, talabalarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi,
jismoniy  sifatlarni  barkamol  rivojlantirish  vazifalari,  ta’lim-tarbiya
vazifalari maqsadga javob beradigan darajada yechim topadi.


9
1.3. Gimnastika turlari
Maxsus ishlab chiqilgan harakat shakllari gimnastika vositalari
(mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida insonning hayotiy muhim
harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi.
Ko‘pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati
(yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvoza-
nat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va
shu kabilar)dan olingan.
Jismoniy madaniyat va sport amaliyoti fanining rivoj topishi
bilan  butun  bir  harakatlantiruvchi  faoliyatdan  ajratib  olingan
harakatlardan iborat mashqlar paydo bo‘la boshladi. Bu mashqlar,
asosan, harakat asoslarini o‘rgatish uchun, jismoniy sifatlarni rivoj-
lantirish,  turli  pedagogik  maqsad  va  vazifalarni  yechish  uchun
qo‘llaniladi. Gavdaning ayrim a’zolariga mo‘ljallangan hamda turli
gimnastika jihozlarida bajarilgan mashqlar shular qatoriga kiradi.
Gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanuvchilarning tayyorgar-
ligiga va pedagogik vazifalarni yechish uchun ulardan foydalanishda
orttirilgan tajribalarni nazarda tutib guruhlanadi. Mashqlar an’ana-
viy ravishda quyidagi  gimnastika vositalariga ajratiladi:
1. Saf mashqlari.
2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM).
3. Ko‘makchi mashqlar (ïðèêëàäíûå óïðàæíåíèÿ).
4. Erkin mashqlar.
5. Badiiy gimnastika mashqlari.
6. Akrobatik mashqlar.
7. Sakrashlar.
8. Sport jihozlarida bajariladigan mashqlar.
Ushbu tarzda gimnastika vositalarining guruhlarga taqsimlanishi:
1.  Saf  mashqlari
  –  murakkab  bo‘lmagan  harakatda  shug‘ul-
lanuvchilar uchun mo‘ljallangan mashq bajarish jarayoni. Sanash
va musiqa jo‘rligida yurish, yugurish, qad-qomatni to‘g‘ri tutish, rit-
mik harakatlarga oid ko‘nikma hosil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Saf mashqlari, bir tomondan, jismoniy harakat mashg‘ulotlari
(mashg‘ulotning jamoa shakllari)ni uyushtirish usuli sifatida foyda-
lanilsa, ikkinchi tomondan esa undan inson tana a’zolarini shakl-
lantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-harakat ko‘nikma
va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat
sifatida foydalaniladi.


10
2

Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi 
(umumrivojlantiruvchi)
turlari
.  Bu  mashqlar  tayanch,  sportga  xos  rok-n-roll,  aerobika,
sheyping,  gimnastrada,  gigiyenik,  atletik  va  ritmik  gimnastikani
o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni
har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, bahri dilini
yayratish,  salomatligini  mustahkamlash  va  harakat  faoliyatlarini
tarbiyalash,  takomillashtirish  hamda  gimnastikani  targ‘ibot-
tashviqot qilish  maqsadida qo‘llaniladi. Ular gimnastika jihozlari
vositasida, alohida guruh mashqlar to‘plami shaklida ham bajarilishi
mumkin. Shunday qilib, dastlabki umumrivojlantiruvchi mashqlar
insonga ko‘nikma va malakalarni egallab olish imkonini beradi,
inson shu yo‘sindagi faoliyatida o‘z mushaklarini harakatlantirish
qobiliyatini  takomillashtirish  maqsadida  har  qanday  harakat
murakkabligiga  ega  bo‘lgan  yaxlit  harakatlantiruvchi  faoliyatni
takrorlashda foydalanadi.
3. Ko‘makchi mashqlarga
 quyidagilar kiradi: ish kuni tartibidan
o‘rin  olgan  gimnastika  insonlarni  sog‘lomlashtirish  va  mehnat
unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan, korxonalardagi gim-
nastika  (mehnatda,  mudofaada,  o‘qish-aqliy  mehnat  va  sport
faoliyatida yuqori natijalarga erishishda vosita sifatida qo‘llaniladigan),
maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘llaniladigan kasbiy-
amaliy,  harbiy-amaliy  va  sport-amaliy  gimnastikasi;  davolash-
jismoniy  mashqlarning  asosiy  qismi  bo‘lgan  (turli  kasallikka
chalingan va jarohat olganlarni davolash uchun qo‘llaniladigan,
mehnat  qobiliyati  va  salomatlikni  tiklashga  yordam  beradigan
davolash) gimnastika. Ushbu mashqlar  maxsus jihozlar (arqon,
langarcho‘p,  yakkacho‘p,  gimnastik  o‘rindiqlar,  devorlar)dan
foydalanib  bajariladi.  Uning  yordamchi  mashqlari  bilan  ochiq
gimnastika  maydonchalaridagi  standart-nostandart  jihozlarda
yashash, dam olish, istirohat bog‘lari va shahardan tashqaridagi
hordiq chiqarish maydonlarida shug‘ullanish  mumkin.
4.  Erkin  mashqlar
  sport  gimnastikasining  bir  turi  bo‘lib,
umumrivojlantiruvchi vosita sifatida chidamlilikni tarbiyalash va
rivojlantirish, muvozanatni saqlash uchun foydalanadi. Mashqlar
texnikasini aniq bajarish, musiqa jo‘rligida bajariladigan mashqlarni
estetik  zavq  bilan  bajarishni  ta’minlash  maqsadida  qo‘llaniladi.
Mashg‘ulot  va  sport  kompozitsiya  elementlarini  tarbiyalashda
sportchilarning ijodiy imkoniyatlari ko‘lamini rivojlantiradi.
5.  Badiiy  (nafis)
 
gimnastika 
mashqlari,  asosan,  qizlar  bilan
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi. Ular o‘z vazifasi bilan


11
erkin mashqlarga yaqin turadi, ayrim maxsus mashqlar vositalarsiz
(erkin,  muvozanatni  saqlash,  burilish,  sakrashlar  va  shu  kabi),
vositalar  bilan  (halqa,  koptok,  cho‘qmor,  arg‘imchoq,  lenta  va
shu  kabi)  bajariladigan  mashqlar,  raqs  elementlari  ham  badiiy
gimnastikaga kiradi. Badiiy gimnastikaning turli harakat elementlari
o‘quv va sport mashg‘ulotlari kompozitsiyasiga kiritilgan. Musiqa
jo‘rligida bajariladigan ba’zi mashqlar va ularning to‘plami harakat
egiluvchanligini rivojlantiradi, estetik sifatlarni tarbiyalaydi va ularni
targ‘ibot qilishga xizmat qiladi.
Badiiy gimnastika mashqlari qizlarning kamol topishi uchun
ularning organizmiga, tana tuzilishiga ta’sir ko‘rsatishni inobatga
olgan holda quyidagi guruhlarga taqsimlanadi:
a) jismoniy sifatlar va mushaklarni harakatlantiruvchi qobiliyat-
larni rivojlantiruvchi (safda bajariladigan, umumrivojlantiruvchi,
harakatli o‘yinlar, estafetalar va shu kabi) mashqlardir;
b) zarur hayotiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qara-
tilgan  (amaliy,  tayanmay  bajariladigan  sakrashlar  va  shu  kabi)
mashqlardir;
d)  irodaviy  jismoniy  sifatlarni  shiddatli  rivojlantiradigan  va
takomillashtiradigan (erkin sakrashlar, tayanib sakrashlar, gimnastika
jihozlarida bajariladigan akrobatik, badiiy gimnastika) mashqlardir;
e)  tomosha,  ko‘ngil  ochish  musobaqalari,  bayram  tantana-
larida  sportchilarning  chiqishlari  (ritmik  gimnastika,  aerobika,
sheyping, fitness, gimnastrada)ni o‘z ichiga oladigan mashqlardir.
6.
 
Akrobatik  (tramplin)  mashqlar
  —  jismoniy  sifatlarni
tarbiyalash va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Qomatni  tik  tutish,  turli  harakatlar  bilan  umbaloq  oshish,  fazo
bo‘shlig‘ida qomatni to‘g‘ri tutishga diqqatni qaratadi. Akrobatika
mashqlarini bajarish jarayonida ichki organlar mustahkamlanadi.
Ularning funksional rivojlanishi ta’minlanadi. Akrobatik mashqlarning
doimiy bajarilishi va ularni murakkablashtirib borish, ularning turli
sport  turlarini  (umumiy,  qo‘shimcha,  maxsus  jismoniy  tayyor-
garlik) takomillashtirish uchun qo‘llanishga imkon yaratadi. Akro-
batik mashqlar o‘zining mazmuni va xarakteri bilan boshqa sport
turlaridan ajralib turadi. Sakrash, muvozanat saqlash, yakka bajarila-
digan voltej
1
 elementlari, juftlikda, uchlik, to‘rtlik, erkaklar, erkak
va ayollar bilan bajariladigan mashqlar ham shunga kiradi.
1
 Voltej 
— fazo (havo)da turli mashqlarni birin-ketin almashib bajarish.


12
Guruh bo‘lib bajariladigan oddiy piramidalar ham akrobatik
mashqlarga kiradi.
7. Sakrashlar
 (tayanib va tayanmasdan) umumrivojlantiruvchi
mashqlar  sohasiga  kiruvchi  sakrash,  tashlanish,  qo‘l  va  oyoqlar
bilan depsinish natijasida uchish fazasini hosil qilishdan farqlanadi.
Harakatlarni  bajarishning  aniqligi  (chaqqonlik,  tezkorlik,  kuch)
irodaviy jismoniy sifatlarni rivojlantiradi. Sakrashlar mashg‘ulotlarda
jismoniy tayyorgarlik, malaka va ko‘nikmalarning shakllanishida
(to‘siqlardan sakrab o‘tish, qo‘nish, yuqoriga va yuqoridan pastga
sakrashlar)  qo‘llaniladi. Òayanib sakrashlar sport gimnastikasida
ko‘pkurashning  bir  turi  sifatida  musobaqalar  dasturidan  o‘rin
olgan.
8. Jihozlarda bajariladigan mashqlar
 — o‘zining bajarilishi tayanch
holati,  gavda  harakati  xususiyati,  sport  jihozlari  tuzilishi  bilan
ajralib turadi. Sport gimnastikasida erkaklar (ot, halqa, qo‘shpoya,
yakkacho‘p) va ayollar (turli balandlikdagi qo‘shpoya, xoda)  ko‘p
kurashlarda ishtirok etib, turli jihozlar bilan ta’minlangan. Ushbu
jihozlar  ayrim  mashqlarni  bajarishda  gimnastikaning  sog‘lom-
lashtirish yo‘nalishidagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Dastakli otda ko‘pgina umumrivojlantiruvchi mashqlar (gavdani
ortga  egish,  tashlanishlar)dan  foydalaniladi.  Mashq  bajarishda
jihozlardan  foydalanishda  bunday  yondashish  turli  yoshdagi,
jinsdagi va  tayyorgarligi har xil bo‘lgan shaxslar bilan mashg‘ulotlar
o‘tkazilganda qo‘l keladi.
Sport  jihozlari  vositasida  bajariladigan  mashqlar  shakli,
murakkablik darajasi  bo‘yicha ko‘p qirrali bo‘lib, shug‘ullanuvchilar
organizmiga o‘ziga xos ta’sir etadi. Bundan shu narsa  kelib chiqadiki,
mashg‘ulotlar jarayonida gimnastika sporti jihozlari bajariladigan
mashqlarning harakat-tayanch apparatiga bo‘lgan ta’siri beqiyosdir.
Bu mashqlar qo‘l, yelka-bo‘g‘in mushaklarini rivojlantiradi. Chunki
bir talay mashqlar qo‘llarda tayanib yoki osilgan holatda bajariladi.
Shuning uchun ham gimnastika sporti bilan shug‘ullanadiganlar
o‘z qaddi-qomatining tuzilishi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Hozirgi  paytda  an’anaviy  gimnastika  jihozlaridan  tashqari
ko‘pgina umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun foydalaniladigan
yordamchi trenajorlar, qurilmalar paydo bo‘lmoqda. Bu trenajorlar
ham gimnastika sportini rivojlantirishda mashqlar bajarish sifatini
oshirishda katta foyda beryapti.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan gimnastika turlari mazkur sportning
umumiy  yo‘nalishi  asosini  o‘zida  saqlab  qoladi.  Ammo  nimaga


13
mo‘ljallanganligi, mashqlarning o‘ziga xosligi va uslubiyati bilan
bir-biridan farq qiladi. Gimnastikaning asosiy vositalarini mana
shu tariqa ajratish, gimnastikaning biron turi uchun, turli xildagi
pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun mashqlar tanlashni
osonlashtiradi.
Muhim ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, takomillash-
tirish, mustahkamlash, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘tarish
va mashg‘ulot jarayoniga ishtiyoqni oshirish maqsadida gimnastika
mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi, ular qatorida har xil harakatli o‘yinlar
ham  qo‘llaniladi.  Estafetalar  o‘tkazganda  o‘yinlarning  musoba-
qalashuv belgilariga ko‘proq e’tibor beriladi.
1.4. Gimnastika o‘quv-ilmiy fan sifatida
Gimnastika  mashqlarini o‘rgatish — mashg‘ulotlarda asosiy
o‘rin egallaydi. Ayni bir vaqtda yoshlarda vatanparvarlik hissi, o‘z
faoliyatiga ijodiy yondashish, intizom va axloq kodeksi tamoyillariga
muvofiq xatti-harakat mezonlariga rioya qilish hislari tarbiya topadi.
Sportning bu turi o‘sib kelayotgan avlodga ta’lim va tarbiya berish
tizimidagi pedagogik ilm sohasi, o‘tilishi shart bo‘lgan o‘quv mash-
g‘ulotlari hisoblanadi. O‘zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni
va  jismoniy  kamolotni  garmonik  holda  mujassamlashtiradigan
insonni tarbiyalashda jamiyatga xizmat qilayotgan fandir.
Sportning mustaqil turi va alohida fan sifatida gimnastika jismo-
niy  tarbiyaning  gimnastika  mashqlariga  xos  bo‘lgan  vositalar,
uslublar  va  mashg‘ulotlarni  tashkillashtirish  shakllari  yordamida
insonning jismonan tarbiyalash,  rivojlantirish va kamol topishini
tarbiyalaydi. Bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlari ko‘proq sport fiziolo-
giyasi, metrologiya, anatomiya, sport pedagogikasi, sport psixo-
logiyasi, valeologiya, biomexanika va matematikada olib boriladigan
tadqiqotlar  bilan  aloqadordir.
Gimnastika — o‘quv-pedagogik va ilmiy fan sifatida insonning
ilmiy-amaliy  faoliyatidir.  Uning  nazariyasi,  tarixi,  ta’lim  berish
uslubiyati hamda mashg‘ulotlarni o‘ziga xos tashkillashtirish vositasi
va shakllari bor.
Gimnastika  nazariyasi  jismoniy  tarbiya  fanining  mohiyat-
mazmuniga,  uning  maqsadi,  vazifalariga,  jismoniy  madaniyat
tizimidagi gimnastikaning o‘rni va ahamiyatiga taalluqli muam-
molarni ishlab chiqadi.
Uning  taraqqiyoti  va  rivojlanish  tarixi,  jismoniy  madaniyat
vositalari, uslubiyatlaridan biri sifatida rivojlanishi va qaror topishi


14
jarayonini ochib beradi. Gimnastika vosita va uslubiyatlarni takomil-
lashtirish bilan aloqador masalalarni yoritadi. Undan ta’lim berish
uslubi bo‘limida esa ta’lim va tarbiyaning umumiy asoslari (uning
alohida  turlari  hamda  mashq  guruhlariga  qo‘llash  mumkin)
tayyorgarligi  turli  tabaqali  shug‘ullanuvchilar  bilan  mashg‘ulot
tashkillashtirish  uslublari  qarab  chiqiladi.  Amaliy  mashg‘ulotlar
har tomonlama jismoniy rivojlanish va maxsus jismoniy sifatlarni
takomillashtirishga,  mashqlar  texnikasini  o‘rganishga,  kasbiy-
pedagogik ko‘nikma va malakalarni orttirishga qaratilgan.
Jismoniy  madaniyat  tizimi  insonning  jismoniy  va  ma’naviy
qobiliyatini garmonik rivojlantirishdan iborat oliyjanob  maqsad-
larga  xizmat qiladi. Ilmiy-texnika rivojlanishi davrida moddiy ishlab
chiqarishga ketgan vaqt kamaya borgan sari, inson bo‘sh vaqtini
ijtimoiy faoliyatga, madaniy hordiq chiqarishga, aqliy va jismoniy
o‘sishga, ilmiy-texnika va badiiy ijodiyotga ko‘proq bag‘ishlaydigan
bo‘ladi. Jismoniy madaniyat va sport insonning kundalik turmushiga
mustahkam singib ketmoqda.
Shak-shubha yo‘qki, vaqt o‘tishi bilan jismoniy madaniyat va
sport yanada kengroq taraqqiy etib, jamiyat hayotining ajralmas
qismi  bo‘lib  qoladi.  Insonning  bunday  jismoniy  yangilanish
jarayonida kamol topishida sportning  bu turi bundan keyin ham
oldingi o‘rinlardan birida bo‘ladi.
2-bob.
 ÒARIXIY TAHLIL
  2.1. Gimnastikaning vujudga kelishi
Jismoniy tarbiya fanining vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt
mobaynida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzum
o‘zgarishi  bilan,  inson  haqidagi  fanning  rivojlanishi  bilan,
shuningdek, urush olib borish usullarining o‘zgarishi bilan bog‘liq
bo‘lgan.  Bular  gimnastikaning  mazmunan  o‘zgarishiga,  uning
o‘qitish uslubiyati va hatto, mashqlarni bajarish texnikasining tubdan
o‘zgarishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatgan.
XVIII—XIX asrdagi gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar
Qadimgi Rimda hamda bir qancha G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida
esa o‘rta asrlar davridayoq harbiy-jismoniy tayyorgarlik ko‘rishda
qo‘llanilgan edi. Yog‘och otda, narvon va raqib qal’alariga hujum
qilishni  o‘rgatishda  qo‘llanadigan  boshqa  jihozlardagi  mashqlar
shular  jumlasiga  kiradi.  Akrobatik  mashqlar  va  arqon  ustidagi
mashqlarni  sayyor  yurgan  dorbozlar  namoyish  qilishgan.


15
Uyg‘onish davri gumanistlari yoshlarni har tomonlama tarbiya-
lashga katta ahamiyat bera boshlashdi. Gimnastika mashg‘ulotlarini
ular inson sog‘lig‘ini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivoj-
lantirishda  eng  yaxshi vositasi, deb bilishardi. XVI asrda jismoniy
tarbiyaga  oid  bir  qancha  asarlar  paydo  bo‘ladi.  Bulardan  eng
mashhuri I. Merkurialisning gimnastika san’ati haqidagi asari. Muallif
gimnastikani: harbiy gimnastika, davolash gimnastikasi va atletik
gimnastikadan iborat uch turga ajratdi. Sog‘lomlashtirish gimnas-
tikasini, ya’ni raqibdan ustun chiqish hissi bilan bog‘liq bo‘lmagan
gimnastikani, u asosiy jismoniy tarbiya vositasi, deb hisoblagan.
Ayni vaqtda gimnastikada boshqa yo‘nalish ham rivojlangan
bo‘lib,  uning  asosini  shug‘ullanuvchilarning  chaqqonligi  tashkil
etgan. Fransuz gumanist-yozuvchisi Fransua Rablening (1494—
1553-yillar atrofida) «Gargantyua va Pantagryuel» asarida tarbiya-
lanuvchilar  turli  mashqlar  bilan,  shu  jumladan,  yakkacho‘pda,
yog‘och  otda  mashq  qilishgani,  arqonga  tirmashib  chiqqanligi,
akrobatik mashqlar bajarishgani haqida ma’lumot berilgan. Shu
sababli,  XV  asrdayoq  zodagon  yoshlar  maktablarda  ayrim
gimnastika jihozlari va mashqlaridan foydalanilgan. Ular keyinchalik
sport gimnastikasiga asos bo‘lgan, deb hisoblash o‘rinli.
2.2. Yangi davr gimnastikasi
Y. A. Komenskiyning asarlari va uning didaktik tamoyillari tizimi
XVIII  asr  pedagogika  klassiklari  Jan  Jak  Russo  (1712—1778)  va
ayniqsa, Pestalotssi (1746—1827) dunyoqarashlarining taraqqiyotiga
yordam  berdi.  Bularning  jismoniy  tarbiya  sohasidagi  xizmatlari
shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki
berishdi. Russo jismoniy mashqlar inson tanasini mustahkamlaydi
va toblaydi, kuch va harakat sifatlarining rivojlanishi uchun kerakli
sharoit yaratib beradi, hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni yengish
uchun  tayyorlaydi,  aqliy  va  jismoniy  kamol  topishga  hamda
salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblagan.
Pestalotssi bolalarda mavjud bo‘lgan kuch va jismoniy sifatlarni
mashq orqali rivojlantirishni jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi,
deb bilgan. U fikrlash va harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishni
keyingi  o‘ringa  qo‘yish  muhim,  deb  hisoblagan.  Buning  uchun
bo‘g‘inlardagi eng oddiy harakatlar — eng yaxshi mashqlar bo‘ladi,
chunki  har  qanday  murakkab  harakat  ana  shunday  oddiy
harakatlardan tarkib topadi, deb aytadi. Bo‘g‘in gimnastikasi esa


16
harakatli o‘yinlar va qo‘l mehnati o‘rnini bosib borishi kerak bo‘ladi,
deb ta’kidlaydi. Albatta, bu bilan u bo‘g‘in mashqlarining ahamiyatiga
haddan tashqari yuqori baho berib yuborgan edi, shunga qaramay
u  ishlab  chiqqan  tahliliy  uslub  o‘sha  zamon  gimnastikasi  uchun
muhim  ahamiyat  kasb  etgan  va  keng  qo‘llanilgan.  Pestalotssi  —
gimnastika nazariyasi va uslubiyatining asoschilaridan biri, uning
«bo‘g‘in harakatlari» esa hozirgi erkin mashqlarning namunasidir.
Russo, Pestalotssi va boshqa o‘z zamonasi demokratik peda-
gogika  arboblarining  ilg‘or  g‘oyalari  G‘arbiy  Yevropa  mamla-
katlarining  burjua  ziyolilari  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanar  edi.
Bu sohada amaliy ishlar ilk bor Germaniyada boshlandi. XVIII
asrning 70-yillarida ayrim shaharlarda yangi turdagi maktablar —
filantropinlar  tuzila  boshlandi.  Bu  maktablarda  nemis  milliy
gimnastikasi yuzaga kela boshladi.
Fit  (1763—1836)  va  Guts-Mutslar  (1759—1839)  filantro-
pinlardagi gimnastikaning eng mashhur rahbarlari edi. Ular o‘zlariga
ma’lum  bo‘lgan  jismoniy  mashqlarning  hammasidan  foydala-
nishgan. Fit uch jildli asarida gimnastika haqidagi nazariy va amaliy
ma’lumotlarni bayon qilib bergan. Bu  mashg‘ulotlardan maqsad —
salomatlikni mustahkamlash, kuch va harakat tezligini rivojlan-
tirish, qaddi-qomatning chiroyli bo‘lishiga erishish, aqliy rivojlanish
va ruhiy faoliyatga ko‘maklashishdir, deb hisoblardi. Fit o‘z asarida
bir qancha qimmatli uslubiy ko‘rsatmalar beradiki, ular hanuzgacha
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan (bular mashqlarning ketma-ketligi,
yengil  mashqlardan  asta-sekin  qiyinlariga  o‘ta  borish  haqidagi,
o‘quvchilarning faolligi, mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishi, ularning
shaxsiy  xususiyatlarini  hisobga  olish  va  boshqalar  to‘g‘risidagi
ko‘rsatmalardir).
Guts-Muts  ko‘pgina  gimnastika  mashqlari,  jumladan,  gim-
nastika  jihozlarida  bajariladigan  mashqlar  texnikasini  ishlab
chiqdi.Ushbu  mashqlarda harakat shakliga katta ahamiyat beradi.
Guts-Mutsning «O‘smirlar uchun gimnastika» kitobi bir qancha
mamlakatlarda keng tarqalib, gimnastikaning kasbiy-amaliy va sport
turi sifatida taraqqiy etishiga katta turtki bo‘ldi. Kitobda yakkacho‘p,
qo‘shpoya va halqada bajariladigan ko‘pgina mashqlar tasvirlangan
edi.  Kitobda  mashg‘ulotlar  jarayonida  o‘quvchilarning  o‘zaro
musobaqalashuvi rag‘batlantirilib, mashqlarning ijro etilishi aniq
bo‘lishiga qo‘yiladigan talablarga e’tibor berilgan.
XVIII  asr  oxirlariga  kelib,  hozirgi  zamon  gimnastikasining
nazariy asoslari namoyon bo‘la boshladi.


17
2.3. Milliy gimnastika tizimining yaratilishi
Milliy gimnastika tizimining yaratilishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri
keladi. Bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir
vaqtda  harakat  qilishni,  buyruqlarning  aniq  bajarilishini,  jang
maydonida saflanishlarni talab qilardi. O‘sha davr  pedagoglari va
shifokorlariga gimnastika yoshlarni jismonan tarbiyalashning birdan
bir to‘g‘ri uslubi bo‘lib ko‘rinardi.
XIX asrning birinchi yarmiga kelib, gimnastika taraqqiyotida
uch yo‘nalish ko‘zga tashlana boshladi:
• 
gigiyenik  yo‘nalish
  (gimnastika  odamning  salomatligini
mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisob-
lanardi);
• 
atletik yo‘nalish
 (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jum-
ladan, gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarni qo‘llash yo‘li
bilan insonning harakat sifatini rivojlantirish vositasi, deb hisobla-
nardi);
• 
amaliy  yo‘nalish
  (gimnastika  urushda  uchraydigan  turli
to‘siqlardan oshib o‘tishni askarlarga o‘rgatish vositasi hisoblanardi).
Nemis gimnastika tizimi
 Napoleon qo‘shinlari Prussiyani egallab
turgan davrda tarkib topa boshladi. Bu tizimning asoschisi F. Yan
(1778—1852)  edi.  F.Yan  gimnastikadan  mamlakatni  bosqin-
chilardan ozod qilish maqsadida yoshlarga harbiy tayyorgarlik berish
uchun foydalanishga intildi. Gimnastika jihozlaridagi mashqlar va
harbiy  o‘yinlar  bu  tizimning  asosini  tashkil  qilar,  chunki  ular,
Yanning fikricha, odamning jismoniy kuchini rivojlantirib, iroda-
sini  mustahkamlar  edi.  U  o‘zining  gimnastikasini  «turnkunst»
(epchillik san’ati), shogirdlarini esa «turnerlar» deb atadi. Keyinchalik
nemis gimnastikasi «turnen» nomini oldi.
Yan  Frizen  Eyzelen  bilan  birgalikda  gimnastika  mashqlari
texnikasini ishlab chiqdi. «Nemis gimnastikasi» darsligi nashr etilib,
unda o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan jihozlarda bajariladigan hamma
mashqlarning  tavsifi  berilgan  edi.  Mashqlarni  bajarayotganda
shug‘ullanuvchilardan boshni to‘g‘ri tutish, oyoq uchlari cho‘zilgan
bo‘lishi,  gavdani  harbiycha  to‘g‘ri  tutish,  to‘g‘ri  chiziq  bo‘ylab
harakat qilish talab qilinardi. Mashg‘ulotlarda musobaqa usulidan
foydalanilardi, bu esa shug‘ullanuvchilarning qiziqishini juda ham
oshirar va ular bir xildagi mashqni behisob takrorlashga intilishardi.
U davrda turli harakatlar kombinatsiyalari qo‘llanilmas edi.
A. Shpiss
 (1810—1858) nemislar turnenini maktabda o‘qitishga
moslashtirib, mashg‘ulotlar  jadvalini tuzib chiqdi. U 1840-yilda


18
«Òurnerlik  san’ati  haqida  ta’limot»  nomli  asarini  e’lon  qiladi.
Shpissning gimnastika mashg‘ulotida tartibli mashqlar (saf va qayta
saflanishlar)  bo‘lib,  undan  keyin  gimnastika  jihozlarida  mashq
bajarishga tayyorlovchi erkin mashqlar (Pestalotssi bo‘g‘in gimnas-
tikasidan va Fit gimnastikasidan olingan harakatlar) bajarilar edi.
Shpiss  uzun  yakkacho‘p,  uzun  qo‘shpoyalar,  qator  narvonlar,
qator langarcho‘plar singari guruhiy mashq jihozlarini joriy qildi.
Darsning yakuniy qismida harakatli o‘yinlar o‘tkazilar va guruhlarda
bajariladigan  mashqlar  qo‘llanilar  edi.
Shpiss nemischa turnen tamoyillarini saqlab qolgan holda nemis
burjua milliy gimnastika tizimini  yaratib tugalladi. Shpiss gimnastikasi
buyruqlarni  yaxshi  bajaradigan  va  harbiy  xizmat  uchun  yetarli
jismoniy  tayyorgarligi  bo‘lgan  intizomli  yoshlarni  tarbiyalab,
yetishtirishga yordam beradi. Biroq bu uslub bolalar tashabbusini
bo‘g‘ib qo‘yar, ularning o‘ziga xos shaxsiy  qobiliyatlarining o‘sishiga
xalaqit  berar,  eng  muhimi,  o‘sha  davrdagi  tabiiy  va  pedagogik
fanlardagi  ko‘pgina  ilg‘or  fikrlarga  to‘g‘ri  kelmas  edi.  Ana  shu
kamchiliklar juda ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Bular orasida
eng asosli e’tirozlardan biri P. F. Lesgaftning e’tirozlaridir.
Shved  gimnastika  tizimi
  nemis  gimnastikasi  bilan  oldinma-
ketin  paydo bo‘lgan. Unda gigiyena yo‘nalishi yaxshi ishlab chiqilgan
edi. P. Ling (1776—1839) XIX asrning birinchi yarmida gimnastikani
Daniyada o‘rgana boshladi. Chunki o‘sha davrda gimnastika  G‘arbiy
Yevropadagi ilg‘or mamlakatlardan biri bo‘lgan Daniyada tarqala
boshladi. P. Lingning tashabbusi bilan 1886-yilda  Stokgolmda maxsus
institut ochildi. P. Ling u yerda o‘zining jismoniy tarbiya uslubi va
vositalarini qo‘lladi. U inson badanini mustahkamlaydigan va kamol
toptiradigan mashqlardan foydalanish kerak, deb hisoblardi. Ammo
u gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olmagan edi.
Uning o‘g‘li Y. Ling (1820—1886) otasi boshlagan ishni davom
ettirib, mashg‘ulotlar jadvalini ishlab chiqdi. Mashqlarni jadvalga
solib, maxsus gimnastik jihozlardan foydalanishni va bir qancha
uslubiy qoidalarni ilgari surdi. Bunda mashqlar anatomik belgilariga
qarab, uning tasnifi berildi. Muvozanat, to‘g‘ri yo‘nalish va kuchga
tayanish bunga asos qilib olindi. Gavda a’zolarining aniq bir holatda
bo‘lishiga katta ahamiyat berilgan.
Shved gimnastika darsi qat’iy tartibda birin-ketin keladigan
16 qismdan iborat jadvalga binoan tuzilgan edi. Bu tizim o‘qituv-
chining  tashabbusini  cheklashiga  qaramay,  ko‘plarga  ilmiy
tomondan  asoslangandek  tuyilgani  bois,  shved  gimnastikasining


19
mashhur bo‘lib ketishiga va ko‘pgina mamlakatlarda keng tarqalishiga
sabab bo‘lgan.
Fransuz  gimnastika  tizimi,
  asosan,  harbiy-amaliy  yo‘nalishda
bo‘lib, shved tizimi bilan deyarli bir vaqtda shakllandi. Fransiyada
gimnastika tizimini yaratgan kishi Amoros (1770—1848) bo‘ldi.
U A.V. Suvorovning harbiy-jismoniy tayyorlov tizimi bilan tanish
bo‘lib, bundan o‘z tizimini yaratishda foydalandi. Hayotda va harbiy
sharoitda zarur bo‘lgan ko‘nikmalar orttirishga yordam beradigan
mashqlar  —  to‘siqlar  qo‘yilgan  ochiq  joyda  yurish  va  yugurish,
qurol-yarog‘lar bilan turli holatlardan sakrash, yukni yoki «yara-
dorni»  joydan  joyga  ko‘tarib  o‘tish,  suzish  va  sho‘ng‘ish,  kurash
tushish, uloqtirish, o‘q otish, qilichbozlik va chavandozlik mashqlarini
u eng yaxshi mashqlar, deb hisoblagan. Juda katta tezlik bilan va
kuchni ko‘proq, tejab o‘tilishi lozim bo‘lgan gimnastika asboblari
(narvonlar,  arqonlar,  langarlar,  devorlar)  qo‘llanilar  edi.
Mashg‘ulotlar vaqtida Amoros muayyan jadvalga rioya qilmagan.
U quyidagi umumiy tamoyillarni belgilab olgan edi, xolos. Mashqlar
shug‘ullanuvchilarga tushunarli va mumkin qadar sodda bo‘lishi kerak
bo‘lgan. Ularni birin-ketin yengilidan qiyiniga, soddasidan murak-
kabiga  o‘ta  borgan  holda  bajarish  kerak  bo‘lgan  mashg‘ulotlarda
o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim edi.
Harakatlar tezligi, yo‘nalishi (ko‘lami) va uni o‘zgartirib, aynan bir
mashqning ta’sirini kuchaytirish yoki susaytirish mumkinligi to‘g‘risida
ko‘rsatmalar bo‘lgan. Mashqlar harbiy qo‘shiqlar jo‘rligida ijro etilar,
bu nafas olish bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarning rivojlanishiga yordam
berib, vatanparvarlik hissini uyg‘otar edi. Bu mashg‘ulotlarni musiqa
jo‘rligida o‘tkazishni odat qilishga ilk bor urinish bo‘lgan.
Fransuz  gimnastika  tizimi  mashqlari  ko‘pgina  mamlakat
qo‘shinlarini jismoniy va harbiy tayyorlashda qo‘llanilgan.
Lochinlar  gimnastika  tizimi.
  Ushbu  tizim  Avstriya-Vengriya
tarkibida  bo‘lgan  slavyan  xalqlarining  milliy-ozodlik  kurashiga
aloqador tarzda XIX asr o‘rtalarida yuzaga keldi. Chexiyada «lochinlar
harakati» paydo bo‘lib, lochinlar gimnastika tizimi tuzila boshlandi.
O‘z vatanini Avstriya zulmidan ozod qilishga intilgan, vatanparvarlik
kayfiyatidagi liberal burjuaziya vakili, Praga universitetining estetika
va  san’at  tarixi  professori  M.  Òirsh  (1832—1884)  bu  tizimning
asoschisi bo‘lgan.  Òirsh XIX asrning birinchi yarmidagi gimnastika
tizimlari bilan tanish edi, lekin Chexiyada  xalqni milliy-ozodlik
kurashiga tayyorlash maqsadida ommaviy gimnastika harakatini tashkil
etish uchun ulardan birontasini ham yaroqli, deb hisoblamadi.


20
1
 
Empirizm
 — yunonchadan tarjima qilinganda, falsafiy ta’lim ma’nosini bildiradi
(mashqlarning  nafaqat  kuchni  rivojlantirish,  balki  tarbiyalash  xususiyatlarini
inkor  etish  yoki  tan  olish).
«Lochinlar» gimnastika tizimi mazmun jihatdan nemis gimnas-
tika  tizimiga yaqin, ammo uning o‘ziga xos xususiyatlari bor edi.
Òirsh  mashq  bajaruvchilarning  barcha  holat  va  harakatlarini
tomoshabinlarning    ruhini  ko‘tarish,  quvonch,  estetik  kayfiyat
uyg‘otadigan  shaklda  yaratishga  intilgan. Gimnastika jihozlarida
bajariladigan  mashqlar  jihozlar  bilan  va  jihozlarsiz,  piramidalar,
qilichbozlik,  boks,  jangovar  kurash  belgilari  bo‘lgan  mashqlar
ushbu tizim asosini tashkil qilgan.
«Lochinlar» o‘z mashg‘ulotlarida mashqlarni behisob takrorlash
o‘rniga turli harakat to‘plamlarini kiritishdi. 1862-yildan boshlab
esa gimnastika musobaqalari maxsus ishlab chiqilgan qoidalarga
binoan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Endi erkin  va gimnastika jihozlarida
bajariladigan gimnastika mashqlarida bir belgidan ikkinchisiga o‘tish
mantiqli bo‘lishiga alohida e’tibor beriladigan bo‘ldi. «Lochinlar»
mashqlarni  tashqi  belgilariga  qarab  tasnif  berishgan  va  har  bir
mashqni, bir-ikki so‘z bilan ataladigan qilib, gimnastika mashqlari
atamalarini ishlab chiqishgan. Bu esa mashqlarni bajarishda juda
qulaylik tug‘dirdi.
«Lochinlar» gimnastika darsi uch qismdan iborat bo‘lgan:
• 
birinchi (tayyorlov) qismida tartibli mashqlar, umumiy erkin
mashqlar yoki jihozlar bilan (tayoqcha, gantellar va h.k.) mashq-
lar  bajarilardi;
• 
ikkinchi (asosiy) qismida gimnastika jihozlarida bajariladigan
mashqlar,  sakrashlar,  jangovar  mashqlar  va  h.k.lar  bajarilardi;
• 
uchinchi (yakunlovchi) qismida, odatda, yurish, asta-sekin
yugurish,  harakatli,  sport  o‘yinlari  qo‘llanilardi.
Mashg‘ulotlarning bir xil kiyimlarda, musiqa jo‘rligida o‘tka-
zilishi,  mashqlarning  aniq  bajarilishi,  musobaqalar  va  ommaviy
chiqishlarning uyushtirib turilishi lochinlar gimnastikasining ko‘p
mamlakatlarga tarqalishiga sabab bo‘ldi.  Bu  esa o‘z o‘rnida hozirgi
sport gimnastikasiga asos soldi.
Yuqorida zikr etilgan tizimlarda sinfiy xislat va milliy an’analar
aks  etgan.  Bu  tizimlarning  bir  yoqlama  bo‘lganligi,  ularning
mualliflari  gimnastikaning  tarbiyalovchi  ahamiyatini  yetarlicha
tushunib yetmaganligi va ularning empirizm
1
ga berilib ketganligi,
mazkur tizimlarning salbiy tomoni edi.


21
XIX asr oxirlarida ilmiy asoslangan quyidagi dastlabki tizimlar:
Rossiyada P. F. Lesgaft (1837—1909) tizimi, Fransiyada fiziolog va
pedagog  J. Demeni (1850—1917) tizimi paydo bo‘la boshlaydi.
Birinchi Jahon  urushi yillarida J. Demeni jismoniy tarbiyaga oid
asar e’lon qiladi. O‘z asarida mashqlarning statik emas, balki dinamik
bo‘lishi, to‘la amplitudada bajarilishi, shaklan nafis bo‘lishi kerak,
deb  hisoblagan.  Mashq  bajarish  jarayonida  ishtirok  qilmagan
mushaklar bo‘shashib turishi kerak, deb qayd  qilgan. Bu gimnastika
taraqqiyotida yangi qadam bo‘ldi.
Demeni  taklif  qilgan  mashqlar  gimnastikani  ancha  boyitdi.
Demeni salomatlikni mustahkamlashni,  gavda tuzilishi va harakat-
larning  nafisligiga  erishishni,  kishining  chaqqonligi  va  irodaviy
tuyg‘ularini rivojlantirish — jismoniy tarbiyaning vazifalaridir, deb
hisoblagan. Uning shogirdlaridan biri J. Eber jismoniy tarbiyaning
«tabiiy  uslubi»ni  taklif  qildi.  Bu  taklif  aslida  harbiy-amaliy
gimnastikaning yanada rivojlantirilishi bo‘lgan edi.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida gimnastikaning yangi
turlari paydo bo‘ladi. Jumladan, badiiy va ritmik gimnastikaning
yangi turlari tashkil topadi, tibbiyotning sohalaridan biri bo‘lgan
davolash gimnastikasi, ko‘proq gigiyenik yo‘nalishda bo‘lgan shaxsiy
gimnastika tizimi (Myullerning «Mening  tizimim», Sandovning
gantellar  gimnastikasi,  Porshek,  Anoxinning  shaxsiy  gimnastika
tizimi va h.k.) keng qo‘llaniladi.
2.4. Oktabr inqilobidan oldingi Rossiyada gimnastika
Gimnastika shakllari Rossiya xalqlari turmushida, shu jum-
ladan, Òurkiston xalqlari  hayotida ham uzoq vaqtlardan beri mavjud
bo‘lgan.  Bayram  shodiyonalariga,  qiziqchilarga  akrobatlarning
chiqishlari ham qo‘shilib ketgan. Markaziy Osiyoda dorbozlar o‘z
chiqishlarida gimnastik mashqlardan foydalanib kelishgan. Ko‘pgina
polvonlar kurashga tushish oldidan mushaklarning chigilini yechish
vositasi sifatida yengilroq toshlar bilan bajariladigan mashqlardan
foydalangan. Deyarli barcha millat vakillari ot minish va chavan-
dozlikni yaxshi ko‘rgan.
Mashhur  harbiy  sarkardalar  (Òemur  Malik,  Amir  Òemur,
Bobur) tayyorgarlik darajasini oshirishga intilishgan. Bu gimnastika-
ning taraqqiy etishiga  turtki bo‘ldi. Ulug‘ jahongir  Amir Òemur
o‘z qo‘shinlarini harbiy yurishlarga tayyorlashda to‘siqlarni zabt
etish,  qilichbozlik,  nayzabozlik,  narvonlar  bilan  qal’alarni  zabt


22
etish,  chopib  ketayotgan  ot  ustida  turli  gimnastik  mashqlarni
bajarish majburiy bo‘lgan, shuningdek, suzish va boshqa gimnastik
mashqlarni qo‘llagan. Bu mashqlar navkarlarning jismonan barka-
mol bo‘lishida katta samara bergan.
Rossiya  tarixida  ham  qo‘shinlarning  jismoniy  tayyorgarlik
ko‘rishiga Pyotr I davridayoq asos solingan edi. Pyotr I tashkil etgan
va keyinchalik gvardiyachi polklarga  (Semyonovskiy va Preobra-
jenskiy  polklari)  aylangan  «Yermak»  polklarida  askarlar  to‘siq-
lardan o‘tishga hamda boshqa harbiy ko‘nikma va malakalarni egal-
lab olishga o‘rgatish maqsadida turli jismoniy mashqlar qo‘llanilgan.
Pyotr I ning farmoyishiga ko‘ra, gimnastika harbiy-dengiz o‘quv
maskanlarida joriy qilingan. Atoqli rus sarkardalari A. Rumyansev,
A. Suvorov, admiral F. Ushakov va boshqalar rus qo‘shinlarining
jismoniy  tayyorgarlik  tizimini  takomillashtirishga  ko‘p  e’tibor
berishgan.
A. V. Suvorov (1730—1800) o‘z harbiy-jismoniy tayyorgarlik
tizimini yaratib, unga harbiy-dala gimnastikasi, ertalabki gimnas-
tika,  chiniqish  mashqlarini  asos  qilib  olgan  edi.  Shu  maqsadda
yugurish,  suzish,  to‘siqlardan  o‘tish,  har  xil  buyumlarni  joydan
joyga tashish, nayzabozlik janglari qo‘llanilar edi. A. V. Suvorov
an’analarini M. I. Kutuzov davom ettirdi.
Chor  Rossiyasi  armiyasida  jismoniy  tayyorgarlik  asoslarini
ishlab chiqishda M. I. Dragomirovning (1830—1915) xizmatlari
katta. U qo‘shinlarga ta’lim berishning suvorovcha tizimini  to‘ldirib,
har  xil  qo‘shin  turlari  uchun  jismoniy  tayyorgarlik  vazifalarini
belgilab berdi, qo‘shinda o‘tkaziladigan gimnastika mashg‘ulotlari
uslubiyatini ishlab chiqdi. Quruqlikdagi va dengiz  qo‘shinlari uchun
maxsus jismoniy tayyorgarlik qo‘llanmasini yaratishda P. F. Lesgaft
ham ishtirok etdi. Bu hol qo‘llanmaning ilmiy asoslanishiga va uning
uzoq vaqt o‘zgarmay qolishida ijobiy rol o‘ynadi. Keyinchalik rus
qo‘shinida gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarga ko‘proq
ahamiyat berila boshladi. 1910-yildan boshlab esa gimnastikaning
«lochinlar tizimi» jismoniy tarbiyaga asos qilib olindi.
Davlat to‘ntarilishiga qadar, o‘quv maskanlarida turli tizim-
lardan  olingan gimnastika mashg‘ulotlari  o‘qitilar  edi.
Rossiyada gimnastika taraqqiyotida mashhur anatom va pedagog
olim  P. F. Lesgaft muhim o‘rin egalladi. U 1875-yilda bir qancha
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bo‘lib, shu mamlakatlarda jismoniy
tarbiya qanday yo‘lga qo‘yilganligi bilan tanishdi. 1880-yilda P.F. Les-
gaftning «G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida gimnastika o‘qituvchi-


23
larini tayyorlash» kitobi chop etildi. Unda gimnastika tizimlariga
ta’rif berilgan va bu tizimlarning ilmiy jihatdan asossiz ekanligi
ta’kidlangan edi.
P.F. Lesgaft maktab yoshidagi bolalarga gimnastika negizida
jismoniy ta’lim berish tizimini ishlab chiqdi, bunda u gigiyenik
vazifalarni emas, balki pedagogik vazifalarni nazarda tutdi. P.F. Lesgaft
eng kam kuch sarflab, bolalar va o‘smirlarni mumkin qadar tez
gavdasini boshqarishga o‘rgatish muhim, deb hisoblagan. Buning
uchun ular murabbiyga oddiygina taqlid qilmay, o‘z harakatlarini
anglay bilishlari kerak edi.
P.F. Lesgaft «xususiy usullar»ni, ya’ni harakat san’atini ixtisos
ravishida o‘rgatishga qarshi bo‘lgan. Shunga asosan, u gimnastika
jihozlaridagi  mashqlarni, akrobatik mashqlarni shug‘ullanuvchilarga
«jismoniy tarbiyada  ma’lumot bera olmaydi», deb rad etgan edi.
P.F. Lesgaftning bunday keskin fikr bildirishi ko‘p jihatdan o‘sha
davrdagi  sport  gimnastikasining  mazmuni  va  takomillashmagan
uslublari bilan bog‘liq bo‘lgan.
P. F. Lesgaftning jismoniy tarbiya fani oldidagi xizmati shundaki,
u birinchi bo‘lib bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan
tizimini  ishlab  chiqdi,  bu  esa  sobiq  Ittifoqda  jismoniy  tarbiya
nazariyasi va amaliyotining taraqqiy etishiga ancha ta’sir ko‘rsatdi.
XIX asr oxirida sport gimnastikasining rivoj topishi xalqaro
sport aloqalarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi.
2.5. Sobiq Ittifoqda gimnastikaning taraqqiyoti
1917-yilgi Oktabr to‘ntarishidan keyin mamlakatda gimnas-
tikaning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bunda
mamlakatning  siyosiy,  iqtisodiy  va  sotsial  hayoti  bilan  uzviy
bog‘liq bo‘lgan bir qancha bosqichlari ko‘zga tashlanadi. Shu davrda
o‘rtaga  qo‘yilgan  yangi  vazifalar  gimnastika  mazmunini  ham
belgilab berdi.
Inqilobdan  keyingi  dastlabki  davrda  (o‘tgan  asrning  30-yil-
larigacha  ham)  gimnastikadan  ommani  jismonan  tayyorlash  va
jismoniy rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida foydalanildi. Butun
kuchni, interventlar va oq gvardiyachilar bilan kurashga sarflana-
yotgan yillarda, jismoniy tarbiya, gimnastika sho‘rolar hokimiyatini
o‘rnatish va uni mustahkamlashga qaratilgan edi. Aholini jismonan
tarbiyalashni uyushtirishda 1918-yilda Qizil Armiya uchun zaxiralar
tayyorlash maqsadida tuzilgan «Âñåîáó÷» yetakchi rol o‘ynaydi.


24
Unga o‘sha davrning taniqli davlat va jamoat arbobi N.I. Podvoyskiy
boshchilik qilgan. Qo‘shinga zaxira tayyorlash dasturlarida gimnastika
mashg‘ulotlariga katta ahamiyat berilgan bo‘lib, amaliy gimnastika
ham,  jihozlarda  bajariladigan  mashqlar  va  ularning  to‘plami
qo‘llanilgan edi. Mamlakatning hamma joyida yoshlarning barcha
tabaqalarini birlashtirgan harbiy-sport markazlari barpo etiladi.
1925-yilda  sobiq  RKP(b)  Markaziy  Qo‘mitasi  «Partiyaning
fizkultura sohasidagi vazifalari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
Unda sho‘rolar jismoniy tarbiyasining g‘oyaviy-uslubiy mohiyati
va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati ochib berilib, uning taraqqiyot yo‘llari
ko‘rsatib berilgan edi. Qaror gimnastikaning mamlakatda taraqqiy
etishiga yordam berdi. Gimnastikaning mavjud tizimlari, bu boradagi
ishlarning uslublari va mazmuniga tanqidiy yondashilib, qayta ko‘rib
chiqila boshlandi.
Jismoniy tarbiya 1926—1927-yillardan boshlang‘ich maktab-
larda, 1929-yildan esa  oliy o‘quv maskanlarida o‘quv fani sifatida
kiritildi. Jismoniy tarbiya fanidan yangi dasturlar vujudga keldi,
ularda gimnastika muhim o‘rin egallagan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari ko‘plab yangi vazifalarni hal etishga
qodir bo‘lgan malakali o‘qituvchi-murabbiylarni tayyorlay boshladi.
Bu  mutaxassislar  gimnastika  nazariyasi  va  uslubiyatini  ishlab
chiqishda  yetakchi  rol  o‘ynay  boshladi.  Ilmiy  tadqiqot  ishlarini
yo‘lga qo‘yish, gimnastikaning ilmiy bazasini yaratish, uning tar-
biyaviy ahamiyatini tushunib yetish, darsning namunaviy dasturini
ishlab chiqish va shu kabi vazifalarni bajarishga urinib ko‘rildi. Biroq
mashg‘ulotlar mazmuni birdan o‘zgarmadi. Uzoq vaqt davomida
gimnastika umumiy jismoniy tayyorgarlik xususiyatlarini o‘ziga saqlab
qolgan  edi,  xolos.
1929-yilda  gimnastika  bo‘yicha  Butunittifoq  ilmiy-uslubiy
konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, u vaziyatdan kelib chiqqan tashkiliy-
uslubiy masalalarni hal qildi. Bu konferensiyada gimnastika birinchi
bor  alohida  turlarga  bo‘lindi.  Shu  vaqtdan  boshlab,  ertalabki
gimnastika mashg‘ulotlari radio orqali eshittiriladigan bo‘ldi. O‘sha
yillarda gimnastika sho‘ro xalqini jismonan tarbiyalashning asosiy
mazmunini tashkil etgan edi.
1931-yilda mamlakat yoshlar tashkiloti tashabbusi bilan «Meh-
nat  va  SSSR  mudofaasiga  bo‘l  tayyor!»  jismoniy  mashqlar
to‘plamining joriy etilishi mamlakat harakatida muhim voqea bo‘ldi.
Bu gimnastika taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.


25
ÃÒO («Mehnatga va vatan mudofaasiga bo‘l tayyor!») kompleksi
bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yila borgan sari, umumiy jismoniy tay-
yorgarlik vazifalari umumiy jismoniy tayyorgarlik sho‘balarida va
ÃÒO  mezonlarini  topshirishga  tayyorlov  guruhlarida  hal  qilina
boshlandi,  lekin  gimnastika  (sog‘lomlashtirish  gimnastikasi)
jismoniy  tarbiyaning  asosiy  vositalaridan  biri  bo‘lib  qoldi  va
takomillashdi. U odamlarga salomatlikni mustahkamlashda, hayotiy
zarur harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam berib, mehnat
faoliyati tartibiga yanada kengroq kirib bordi. Ana shunda gimnastika
sport turlarining rivojlanishi uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.
1933-yilda Moskvada gimnastika bo‘yicha xalqaro konferensiya
bo‘lib o‘tdi. Bu konferensiya ayni vaqtda birinchi Butunittifoq kon-
ferensiyasi  edi.  Unda  gimnastika  taraqqiyotining  eng  muhim
masalalari ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Konferensiya sho‘rolar jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning
o‘rni va ahamiyatini belgilab berdi.
Gimnastika  tasnifi  (nisbatan  mustaqil  turlarga  bo‘linishi),
mazmuni, mashg‘ulotlar uslubiyati va uning tashkiliy shakllarini
tasdiqladi,  atamalar  masalasi  va  boshqa  masalalarni  muhokama
qildi. Konferensiya gimnastikaning sport turi sifatida taraqqiy etishiga
yordam bergan muhim voqea bo‘ldi.
1930-yildan  boshlab,  har  yili  Moskva,  Leningradda,  sobiq
ittifoqdosh  respublikalarning  poytaxtlarida  va  boshqa  ko‘pgina
shaharlarda  o‘tkazib  turilgan  ommaviy  gimnastika  chiqishlarini
mamlakat  aholisi  juda  katta  qiziqish  bilan  tomosha  qilishdi.
Moskvadagi  Qizil  Maydonda  Butunittifoq  jismoniy  tarbiya  va
sportchilari  kuni  o‘tkazilganidan  buyon,  chiqishlar  rang-barang
tus oldi va texnik jihatdan ancha takomillashdi. Unutilmas tomosha
bo‘lgan xilma-xil gimnastika mashqlari bu chiqishlarning asosiy
mazmunini tashkil etardi. Ular sho‘rolar gimnastikasini targ‘ibot
va tashviqot qilishning muhim vositasi bo‘ldi hamda ko‘plab yosh-
larni gimnastika bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qildi.
Gimnastika  turi  yagona  dasturining  joriy  etilishi,  kasaba
uyushmalari KSJ (ko‘ngilli sport jamiyatlari)ning tashkil etilishi
va  turli  ko‘lamdagi  ommaviy  musobaqalar,  shu  jumladan,
o‘quvchilar  o‘rtasidagi  bellashuvlarning  muntazam  o‘tkazilib
turilishi, yangi gimnastika atamasining qabul qilinishi va boshqa
ko‘pgina  tadbirlar  sport  gimnastikasining  rivojlanishini  beqiyos
rag‘batlantirdi. Sport  gimnastikasi ommaviy sport turi bo‘lib qoldi.


26
Jismoniy madaniyat harakati oldida turgan yangi vazifalarni hal
qilishda  ÃÒO  to‘plamasi  mezonlarini  topshirish  uchun  amalga
oshiriladigan tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish zarur edi. Ikkinchi
jahon  urushidan  oldingi  yillarda,  hatto  sport  gimnastika  muso-
baqalariga  ham  ÃÒOning  turli  amaliy  mashqlari  qo‘shilar,  bu
sportchilarni jangovar harakatlarga tayyorlashga yordam bergan.
Gimnastikaning taraqqiy topishida jismoniy tarbiya institut-
larining gimnastika kafedralari muhim o‘rin egallagan. Kafedralarda
malakali mutaxassislar tayyorlash bilan birga, katta ilmiy va uslubiy
ishlar olib borildi. Jismoniy  tarbiya institutlaridagi aspiranturalarda
gimnastika bo‘yicha ilmiy-pedagog mutaxassislar tayyorlana bosh-
landi. Dastlabki nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, ilmiy asarlar
kengroq e’lon qilinadigan bo‘ldi. Darslik va uslubiy qo‘llanmalar,
ayrim  masalalarga  doir  qo‘llanmalar,  yagona  tasnifiy  dasturlar,
musobaqa qoidalari nashr etildi. 1937-yildan «Gimnastika» jurnali
nashr etila boshlandi (1940-yilgacha chiqqan).
Sho‘rolar gimnastikasi o‘tgan yillar ish tajribasidan foydalanib
shakllandi. Mamlakatda turli tizimlarning eng maqsadga muvofiq
mashqlari  qo‘llanildi.  Mashg‘ulotlardan  ko‘zda  tutilgan  maqsad
qanday  vositalardan  foydalanilmasin,  bu  vositalar  yordamida
umumjismoniy  (gimnastikaning  sog‘lomlashtiruvchi  turlari),
jangovar (amaliy turlar) va sport (sport turlari) tayyorgarligi masa-
lalari yaxshi hal qilinardi. Ishga ijodiy yondashish gimnastikada
mavjud  bo‘lgan  hamma  qimmatli  tajribalardan  foydalanib,
mamlakat jismoniy madaniyat va sport harakati talablariga mos
bo‘lgan o‘z gimnastika tizimini yaratish imkonini berdi.
1941-yilda  o‘tkazilgan  yoshlarning  ommaviy  Butunittifoq
musobaqalari urushdan oldingi davrdagi muhim tadbirlardan bo‘ldi.
Musobaqalarda  7496000 yigit-qiz ishtirok etdi.
Urush yillari mamlakat aholisi uchun og‘ir davr bo‘ldi. Fashist-
lar  Germaniyasining  mamlakatga  xiyonatkorona  bostirib  kirishi
sobiq Ittifoq xalqlari turmushini o‘zgartirishga, uni Vatan himoyasi
va dushmanni tor-mor qilishiga qaratishga majbur qildi. Jismoniy
tarbiya  va  sport  vositalaridan  qurolli  kuch,  uning  zaxiralarini
tayyorlash  hamda  yarador  jangchilarni  davolab,  safga  qaytarish
uchun foydalanildi. Minglab gimnastika o‘qituvchilari va murab-
biylari urushning birinchi kunlaridayoq Qizil Armiya safiga, qiruv-
chi batalyonlarga, partizan otryadlariga qo‘shildilar, xotin-qizlar
gospitallarda sog‘lomlashtiruvchilar batalyonlarida davolash jismoniy
tarbiya  uslubchilari  sifatida  fidokorona  mehnat  qilishdi.  Urush


27
tajribasi  davolash  gimnastikasining  yarador  jangchilar  jangovar-
ligini tiklovchi juda katta samarali vosita ekanligini shubhasiz isbotlab
berdi.
Bu davrda gimnastika mazmunan o‘zgardi, harbiy qo‘shinga
zaxira tayyorlashga yordam beradigan amaliy mashqlar mashg‘ulot-
larning asosi bo‘lib qoldi, sanoqli gimnastlargina mashg‘ulotlarni
davom ettira olishdi.
1945-yil avgustda Moskvadagi Qizil Maydonda sho‘ro xalq-
larining Ikkinchi Jahon urushida erishgan g‘alabasiga bag‘ishlangan
Butunittifoq  jismoniy  tarbiya  va  sport  xodimlarining  namoyishi
bo‘ldi. Bu namoyishga tayyorgarlik  ko‘rish jarayoni barcha sobiq
Ittifoq  respublikalarida  gimnastika  mashg‘ulotlarini  jonlantirib
yubordi.
Urushdan keyingi davrda tinch bunyodkorlik, mehnat bilan
shug‘ullanishga o‘tish sho‘ro xalqi faoliyatining barcha sohalarini,
shu jumladan, jismoniy tarbiyadagi  faoliyatini faollashtirib yubordi.
Sport inshootlari tiklandi, ommaviy sport ishlari qayta yo‘lga qo‘-
yildi,  turli  musobaqalar  o‘tkazildi.
Markazqo‘mning  1948-yil  27-dekabrdagi  «Mamlakatda
ommaviy jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish va sho‘ro
sportchilari mahoratini oshirish to‘g‘risida»gi  qarori mamlakatda
gimnastika taraqqiyotida katta o‘rin tutdi. Bu qaror chiqqandan so‘ng
sport inshootlari qurila boshlandi, sport jihozlari ko‘paydi, barcha
sport turlarini rivojlantirish uchun qulay  sharoit yaratildi. Gimnas-
tika birinchi galda rivojlanishi kerak bo‘lgan sport turlari qatorida
tilga olindi. Maktablar va boshqa o‘quv maskanlarining dasturlari
takomillashtirila boshlandi, o‘rta va katta yoshdagilar uchun ko‘plab
salomatlik guruhlari tashkil etildi, ishlab chiqarish gimnastikasining
ko‘lami kengaydi, radio-televideniya yordamida ertalabki gigiyenik
gimnastika bilan mustaqil va uyushgan holda shug‘ullanish yanada
jonlandi. Jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlash va ularning mala-
kasini oshirishga jiddiy e’tibor berildi. 1948-yil dekabrda Leningradda
bo‘lib o‘tgan II Butunittifoq konferensiyasi gimnastika taraqqiyotida
katta ahamiyat kasb etdi. Konferensiyada gimnastika sohasidagi ishlar
tajribasi umumlashtirildi, uning vazifalari ta’riflanib, gimnastika-
ning vositalari, turlari va xillari aniqlandi, ularni yanada rivojlan-
tirish  yo‘llari  belgilab  berildi.  Konferensiya  badiiy  gimnastikani
mustaqil sport turi sifatida ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
1966-yilda sobiq Markaziy Qo‘mita va SSSR Vazirlar Kengashi
«Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari


28
to‘g‘risida»  qaror  qabul  qildi.  Bu  qaror  gimnastikaning  yanada
rivoj topishiga  yordam berdi.
1968-yil aprelida Moskvada gimnastika bo‘yicha III  Butunittifoq
konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 20 yil mobaynida bajarilgan ishlar
tahlil qilib chiqilib, gimnastikaning barcha turlarini yanada rivoj-
lantirish  istiqbollari  belgilandi,  gimnastikani  sho‘ro  xalqlarining
mehnat faoliyati tartibiga va turmushiga tatbiq etish rejasi belgilandi.
Aholining  barcha  tabaqalari  bilan  mashg‘ulotlar  o‘tkazish  uchun
yangi  dasturlar  ishlab  chiqish  yuzasidan  qarorlar  qabul  qilindi,
sport gimnastikasi bo‘yicha terma jamoalar uchun zaxira tayyorlash
tartibi ishlab chiqildi. Gimnastika sohasidagi jami mutaxassislarning
bundan keyingi ishlari ana shu vazifalarni yechishga qaratildi.
Mamlakatda  gimnastikaning insonni jismoniy kamol toptirish
borasidagi  yangi  vazifalarni  yanada  aniq  hal  qilishga  yordam
beradigan hamma turlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratildi.
Nazariy  va  uslubiy  masalalarini  ishlab  chiqish  jismoniy  tarbiya
institutlarining gimnastika kafedralarida va yangi tashkil etilgan ilmiy
tekshirish  institutlarida  amalga  oshirildi.  Darsliklar  va    saralash
dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar takomillashtirildi, maxsus tadqi-
qotlar olib borildi hamda dissertatsiyalar himoya qilindi.
Gimnastika taraqqiyotidagi bundan keyingi vazifa  jismoniy
tarbiya tizimida gimnastikaning rolini oshirish, mamlakat aholisini
keng  qatlamlari  gimnastikaning  biron-bir  turi  bilan  muntazam
shug‘ullanishiga erishish va xalqaro maydonda mamlakatning sport
sharafini himoya qilishga qodir yuksak malakali gimnastikachilar
tayyorlab yetishtirishdan iborat edi.
2.6. O‘zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi
Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O‘zbekistonda gimnas-
tikaning davolash, sog‘lomlashtirish, amaliy jismoniy tarbiyaning
yo‘nalishlari  ilmiy  asoslangan  tarixiy  negizlarga  ega.  Qadim
zamonlardan  aholi turli xil jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlarni
katta bayram va to‘ylarda tashkillashtirishgan. Navro‘z, Hosil bayrami
va boshqa tantanalarda otda poyga, yugurish bo‘yicha musobaqalar,
olomon-poygalar,  chovgon  o‘yinlari,  dorbozlar  chiqishlari  kabi
ko‘ngilochar tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib turilgan.
Abu Ali ibn Sino «Òib qonunlari»da jismoniy tarbiyaga katta
e’tibor bergan. O‘z kitobida salomatlikni muhofaza qilish qoidalarini
ko‘rib  chiqar  ekan,  buyuk  mutafakkir  jismoniy  mashqlarni
sog‘lomlashtirish va davolash amaliyotida tutgan o‘rni va ahamiyati


29
haqida mukammal tarzda so‘z yuritadi. Ibn Sino olimlar orasida
birinchi bo‘lib, jismoniy mashqlarning odam organizmiga ijobiy
ta’sirini «Uzluksiz chuqur nafas olish jarayonini keltirib chiqaruv-
chi erkin harakat jismoniy mashq deyiladi», deb ta’riflagan.
Olimlarning  raisi  (Ibn  Sinoni  shunday  deyishgan)  ta’kidla-
shicha, salomatlikni muhofaza qilish tartibida eng asosiysi badan-
tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish, undan so‘ng ovqatlanish va
uyqu tartiblariga rioya qilishdir. Agar odam o‘z vaqtida me’yorida
badantarbiya  mashqlari  bilan  doimo  shug‘ullanib,  kun  tartibiga
rioya  qilsa,  u  hech  qanday  davolash  chorasi  va  dori-darmonga
ehtiyoj sezmaydi. Buyuk olimning yozishicha, jismoniy mashqlar
bilan muntazam shug‘ullanmay qo‘ygan odamning sog‘lig‘i so‘nib,
harakatlanishni to‘xtatish natijasida kuchi susayib boradi. Olimning
fikricha, jismoniy mashqlar mushaklar, bo‘g‘inlar, asab tolalarini
mustahkamlaydi, natijada, insonlar o‘z ishlarini toliqmasdan uzoq
muddatda bajarib, xastalikdan muhofaza etishadi. Ibn Sino jismoniy
mashqlar bilan shug‘ullanganda insonning yoshi va salomatligining
qay darajada ekanligini inobatga olishni ta’kidlaydi.
 «Òib qonunlari»da bolalar, o‘smirlar, keksalar qachon va qay
tarzda  jismoniy  mashqlar  bilan  shug‘ullanishi  haqida  ma’lumot
berib  o‘tiladi.  Ibn  Sino  mashqlarni  boshlash  va  tugatish  vaqti,
uqalash, hammomda va sovuq suvda cho‘milish (chiniqish), tanani
tozalikda  saqlash  va  boshqa  gigiyenik  talablar  haqidagi  fikr-
mulohazalari bugungi kungacha olimlar diqqat markazidadir.
2.7. 1917-yilgacha bo‘lgan davrda gimnastika
 1879-yilda Òoshkentda ochilgan o‘lkada yagona pedagogika bilim
yurti  Òurkiston  o‘lkasidagi  rus  va  rus-tuzem  maktablari  uchun
o‘qituvchilar tayyorlagan. Ular jismoniy tarbiya to‘g‘risida eng oddiy
tasavvurga ega bo‘lishgan. O‘quv rejasida ko‘rsatilgandek, talabalarning
gimnastik mashqlari saflanish, erkin harakatlar, gimnastika o‘yinlari
va gimnastik jihozlarda bajariladigan mashqlardan iborat bo‘lgan.
1880-yilda maxsus ta’lim hay’ati Òurkiston o‘lkasidagi cherkov
qoshidagi to‘rt yillik bilim yurti uchun dastur ishlab chiqdi.Ushbu
dasturga muvofiq rus tili, arifmetika, geografiya, toza yozish va
chevarlikni  o‘rganish  darslari  bilan  bir  qatorda,  gimnastika
mashg‘ulotlaridan dars o‘tish nazarda tutilgan edi. Biroq bu dastur
uch yillik o‘quv jarayoniga mo‘ljallangan dasturga almashtirildi.
Yangi dasturda gimnastikaga o‘rin topilmadi. O‘sha paytda gimnastika


30
boshlang‘ich  bilim  yurtlarida  o‘tilar,  ammo  mutaxassislarning
yetishmasligi, dars o‘tish xonalari va sport jihozlari yo‘qligi sababli
darslar mukammal darajada o‘tilmasdi. Gimnastika mashg‘ulotlari
faqat  Òoshkentdagi  erkaklar  gimnaziyasida  muntazam  ravishda
o‘tkazilardi. Gimnaziyalarda jismoniy tarbiya darslarini zaxiradagi
harbiy zobitlar o‘tishgan.
 1904-yilda Òoshkentda «Gimnastika va jismoniy tarbiya ha-
vaskorlari jamiyati» tuzilib, uning nizomida gimnaziya talabalari
jamiyatga a’zo bo‘lish huquqidan mahrum ekanligi qayd etilgan.
Gimnastika tushunchasiga yugurish, sakrash va irg‘itish mashqlari
kirgan.
Òoshkentda  shved  va  fransuz  gimnastikasi  o‘qituvchilarini
tayyorlash  bo‘yicha  qisqa  muddatli  o‘quv  kurslari  tashkil  etilib,
ularda o‘qish haqi juda baland bo‘lgan. Shu sababli kurs tinglov-
chilari soni 10—15 nafardan iborat bo‘lgan.
1910-yil  26-dekabrdan  1911-yilning  2-yanvarigacha  «Bilim
yurtlar o‘qituvchilarining birinchi Òurkiston qurultoyi»da jismoniy
tarbiya muammolari ko‘rib chiqilib, jismoniy tarbiya bo‘yicha maxsus
sho‘balar  ochilgan,  dastur  mundarijalari,  dars  soatlari,  o‘qitish
uslubiyatlari  bo‘yicha  tavsiyalar  ishlab  chiqildi.  Ushbu  qurultoy
qatnashchilari jismoniy tarbiya darslari erkak va ayollar bilim yurtlari
uchun majburiyligini ta’kidlab o‘tdi.
Òoshkentga 1912-yildan boshlab Peterburg, Moskva, Varshava
shaharlaridan gimnastika sporti bo‘yicha murabbiylar kela boshla-
dilar. Harbiy okrug bosmaxonasining ishchilari gimnastika sho‘basini
tashkil etishdi.
1912-yilda Stokgolm shahrida o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida
ishtirok etish uchun Rossiya terma jamoasining saralash musobaqasi
Òurkiston (Òoshkent)da bo‘lib o‘tgan. Ushbu sana O‘zbekistonda
sport gimnastikasining bunyod etilgan kuni, deb hisoblanadi. Keyin
Qo‘qon, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida gimnastika jamiyatlari
tuzilgan.
1912-yilda toshkentlik gimnastlar Moskvada o‘z mahoratlarini
namoyish  etishgan.  1915-yilda  Òoshkentda  ayollar  gimnastikasi
bo‘yicha  o‘quv  kurslari  ochildi.  Shu  kurslarni  tugatgan  Polina
Garfung O‘zbekistonda gimnastikaning rivojlanishiga katta hissa
qo‘shgan.  Oktabr  inqilobidan  so‘ng  gimnastika  ommaviy  tarzda
rivojlangan. Aholini jismoniy va sport orqali sog‘lomlashtirish  davlat
ishiga  aylangan.  Shu  tarzda  gimnastika  Buxoro,  Kattaqo‘rg‘on,
Namangan, Urganch shaharlariga tarqala boshlagan.


31
2.8. XX asrning birinchi yarmida O‘zbekistonda
gimnastikaning ravnaq topishi
1918-yilda  «Bolalar  sport  klubi»  ochilib,  unda  gimnastika
mashqlari va o‘yinlar o‘tkazilardi. 1919-yil Òoshkentda Òurkiston
Olimpiya  o‘yinlari  o‘tkazildi.  1920-yil  10-oktabrda  O‘rta  Osiyo
o‘yinlari O‘zbekiston gimnastlari yutug‘i bilan yakunlandi. 1921-yilda
Òurkfrontning «Yangi savodxonlik boshqarmasi» qoshida jismoniy
tarbiya  markaziy  sho‘rolari  tashkil  topdi.  Uning  maqsadi  turli
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini birlashtirish va Òurkiston
mehnatkashlarini jismonan tarbiyalashni rejaga muvofiq boshqarish
edi. 1921-yilda 2-O‘rta Osiyo Olimpiada o‘yinlari ochildi, gimnastika
ushbu o‘yindan o‘rin olgan edi.
1920-yilda  Farg‘ona  viloyat  harbiy  qo‘mitasi  qoshidagi
«Âñåîáó÷»  bo‘limi  «Besh  yillik  maktablarning  1  va  2-sinflarida
jismoniy tarbiyadan ta’lim berish bo‘yicha qisqa dastur»ni ishlab
chiqdi. Dasturda gimnastika, yugurish, sakrash o‘yinlari bilan shu-
g‘ullanish ko‘zda tutilgan. Mazkur dastur mundarijasida quyidagilar
bayon  etilgan:  «Gimnastikaning  maqsadi  to‘g‘ri  jismoniy  rivoj-
lanishga  erishish,  inson  organizmi  faoliyatidagi  kamchiliklarni
tuzatish, harakatlarni koordinatsiyalash qobiliyatini yuzaga keltirish,
tartib-intizomni rivojlantirish va asab tizimini mustahkamlash».
Mashg‘ulotlar toza havoda yoki shamollatilgan xonalarda o‘tkazilishi
kerak. Jismoniy tarbiya kengashi qoshidagi ilmiy sho‘ba tomonidan
jismoniy  tarbiya  bilan  shug‘ullanuvchilarni  tekshirish  bo‘yicha
antropometrik  o‘lchov  tashkil  etildi.  Sobiq  Butunrossiya  Markaziy
Ijroqo‘mi Hay’atining 1923-yil 27-iyuldagi qaroriga muvofiq, Òurkiston
Ijroqo‘mi qoshida madaniyat bo‘yicha o‘lka sho‘rolari tuzilib, unga
respublikada jismoniy tarbiya va madaniyat ishlarini boshqarish topshirildi.
1927-yili  Butuno‘zbekiston  spartakiadasi  o‘tkazilib,  uning
dasturidan gimnastika o‘rin oldi. Moskvada 1928-yil o‘tkazilgan
sobiq Butunittifoq spartakiadasida o‘zbekistonlik gimnastlar faxrli
4—5 o‘rinni egallashdi. Òoshkentlik gimnast Mechislav Murashko
esa sobiq Ittifoqning mutlaq chempioni  bo‘lgan.
1929-yili Òoshkentda birinchi marta jismoniy tarbiya to‘garaklari
tashkil topib, unda gimnastika sporti bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan.
Bu davrda gimnastikada to‘rtkurash mavjud bo‘lgan: yakkacho‘p,
halqalar, «eshak» va erkin mashqlarda sportchilar bellashgan.
O‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab, bolalar va o‘smirlar orasida
sport gimnastikasini rivojlantirish bo‘yicha juda katta ishlar olib borildi.


32
Òoshkentdagi  olimlar  uyi  qoshida  ochilgan  bolalar  sho‘basiga
N.V. Kravchenko murabbiylik qilgan.
1934-yilda Òoshkentda bo‘lib o‘tgan 1-O‘rta Osiyo va Qozo-
g‘iston Respublikalari spartakiadasida jamoa birinchiligida birinchi
o‘rinni o‘zbekistonlik gimnastlar qo‘lga kiritishdi. 1935—37-yillarda
«Spartak», «Lokomotiv»,  «Dinamo» ko‘ngilli sport jamiyatlarining
tashkil topishi respublikada gimnastikaning yanada rivojlanishiga
turtki bo‘ldi. Ushbu sport jamiyatlarida gimnastika BO‘SMlar tashkil
etilib, unda 100 dan ortiq yosh sportchilar tahsil olishgan. Ularga
o‘sha davrning yetakchi murabbiylari N. Salnikov, N. Kotin, A. Pe-
tuxovlar saboq berishgan. Ushbu maktablarda saboq olgan sport
ustasi A. Abramyan, mamlakatning mutlaq chempioni G. Kono-
valova, A. Borodin, N. Òarasov va V. Merkulovlar esa o‘z davrining
ilg‘or  sportchilari  edi.
1935-yili Òoshkentda jismoniy tarbiya texnikumi ochilib, unda
Moskva institutining bitiruvchisi Yan Xalilovich Murtazin, Rashid
Hamidov va Umar Asadovlar gimnastikadan saboq berishgan.
1936-yilda texnikum talabalari R. Hamidov va P. Zaviruxa respublika
chempionlari unvoniga sazovor bo‘lishdi.
Shu texnikum bitiruvchilari: dotsent Muhammadali Òojiyev,
G.D. Jorjaladze — O‘zDJÒIda «Gimnastika» kafedrasi mudiri, Karim
Jo‘rayev, Rixsi Olimova-Qoziyeva, A. Yefemenko — ÒoshDU «Jis-
moniy tarbiya» kafedrasi mudiri, 1990—2000-yillarda O‘zbekiston
Respublikasi Gimnastika federatsiyasining raisi,  dotsent Y.A. Is’hoqov
va  boshqalar  O‘zbekiston  Respublikasida  sport  gimnastikasi
rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shishgan.
1936-yilda O‘zbekistonda ilk bor sport  gimnastikasidan bolalar
orasida birinchilik bo‘lib o‘tdi. V. Lebedev va R. Òomilina respublika
chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. Bu hol respublikada gimnas-
tikaning  kelgusida  rivojlanishi  uchun  katta  ahamiyat  kasb  etib,
gimnastika bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari ishtirokchilari va chempion-
larini, sobiq Ittifoq va O‘zbekiston mutlaq chempionlari — G. Sham-
ray, A. Markov, S. Chuksiyeva,  V. Xrimpach, E. Sirkin, V. Bonda-
renko,  R.  Bolshakova  va  P.  Pankratyev  kabi  yuksak  mahoratli
sportchilarning o‘sib chiqishiga sabab bo‘ldi. Leningrad shahrida
1938-yili o‘tkazilgan Butunittifoq musobaqalarida respublikamizning
yosh gimnastlari 5-o‘rinni,1939-yili esa 4-o‘rinni egallashgan.
Ikkinchi Jahon urushidan oldingi yillarda mahalliy millatga
mansub  gimnastlar  bilan  ishlash  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan  edi.


33
1940-yilda respublika terma jamoasi tarkibida 4 nafar o‘zbek yigiti
va 3 nafar qizlar bo‘lgan. Ularni tarbiyalashda Òoshkent shahridagi
90-maktab o‘qituvchisi L.Vapoyevning xizmatlari beqiyosdir. 1943-yil
1-yanvardan, hatto o‘rta maktabning  boshlang‘ich sinflarida harbiy-
jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha darslar joriy qilingan. 1943-yil sentabr
oyida maktabdan tashqari muassasalarni tiklash to‘g‘risida maxsus
qaror  qabul  qilingan.
1944-yilda  118  ta  maktabdan  tashqari  muassasa,  shu  jum-
ladan,16 pionerlar uyi, 11 BSM, 7 bolalar o‘yingohlari va bog‘lari,
markaziy  sayyohlar  stansiyalari  barpo  etilib,  ular  mablag‘  bilan
ta’minlangan. BSMda 2000 dan ortiq maktab o‘quvchilari shug‘ullangan.
2.9. O‘zbekistonlik gimnastlarning salmoqli qadamlari
  Galina  Yakovlevna  Shamray  (Ru-
denko)
  – sobiq Ittifoqda xizmat ko‘rsatgan
sport  ustasi,  gimnastika  sporti  bo‘yicha
birinchi mutlaq jahon chempioni (1954),
gimnastika  xodasida  mashq  bajarishda
mamlakat  chempioni  (1955), 1952-yilgi
Olimpiada o‘yinlarida  terma jamoa a’zosi.
Jamoa  tarkibida  Olimpiada  chempioni,
«Hurmat  belgisi» ordeni sovrindori.
Galina Yakovlevna Shamray  1931-yil
5-oktabrda  Òoshkentda tug‘ilgan. Gimnas-
tika bilan Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng shug‘ullana boshlagan.
Ushbu sport turiga yoshligidan qiziqqan. Sport zaliga opasi olib
kelgan. Birinchi murabbiysi V.V. Vnuchkov. 1949-yilda Galina milliy
terma jamoa tarkibiga tushgan. Galina hayotida eng baxtli hodisa, bu
albatta, 1952-yilda Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tgan XV Olimpiada
o‘yinlaridir. G. Shamray SSSR terma jamoasi tarkibida oltin medal
sohibasi bo‘lgan.
1954-yil Galina uchun omad keltirdi. U Rim shahrida o‘tkazilgan
Jahon  chempionatidan  mutlaq  chempion  va  ikki  oltin  medal
sohibasi bo‘lib qaytdi.
1957-yildan Galina Shamray Moskva shahrida gimnastikadan
murabbiy va hakamlik lavozimini bajargan. Hozirgi kunda u Moskva
shahrida istiqomat qiladi.
Sergey Viktorovich Diomedov 
– xizmat ko‘rsatgan sport ustasi,
sport  gimnastikasi  bo‘yicha  mamlakat  chempioni  (1964—1966,


34
1968—1969, 1970).  Qo‘shpoyada mashq
bajarish bo‘yicha Jahon chempioni (1966),
XVIII va XIX Olimpiada o‘yinlari kumush
medal  sovrindori  (1964,  1968),  mutlaq
Jahon chempioni (1966, 1970).
Sergey Viktorovich Diomedov 1943-yil-
da Òo‘rtko‘lda tug‘ilgan. 1956-yilning sentab-
rida  birinchi marta gimnastika zaliga murabbiy
R.G. Sarkisov guruhiga kelgan, katta akasi
bilan bir guruhda shug‘ullangan. Bir yil o‘t-
masdan  Sergey  sport  mahoratida  akasiga
yetib olib, II razryad mezonini bajargan. Uch yildan so‘ng «Dinamo»
sport jamoasi birinchiligida sport ustasi mezonini bajargan.
1961-yildan  1967-yilgacha  Sergey  Diomedov  O‘zbekiston
harbiylar sport klubi a’zosi, 1968-yildan 1972-yilgacha  MHSK
a’zosi. Sergey Diomedov 1964-yilda mamlakat chempionatida kuchli
gimnastlar o‘rtasida to‘rtinchi o‘rinni egallab,  Òokioda o‘tkazila-
digan XVIII Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sobiq  Ittifoq  terma  jamoasi  jamoalar  bellashuvida  ikkinchi
o‘rinni egalladi.
Sergey  Diomedov  1965-yilda  mamlakat  Qurolli  Kuchlari,
mamlakat, Yevropa va Jahon kubogi g‘olibi. 1965-yili Ittifoq  mutlaq
chempioni, Yevropa birinchiligida bronza medal sovrindori,1966-
yilda esa qo‘shpoyada Jahon chempioni.
Sergey Diomedov 1965-yildan boshlab, Moskva shahrida oldin
xizmat ko‘rsatgan murabbiy Yevgeniy Viktorovich Korolev, keyin-
chalik Vladimir Mixaylovich Smolevskiylar rahbarligida shug‘ul-
langan. Sergey Diomedov XIX Olimpiada o‘yinlari (Mexiko, 1968)
kumush medali sovrindori bo‘lgan.
Sergey  Diomedov  —  1965,1968-yillarda  gimnastika  ko‘p-
kurashida mamlakat mutlaq chempioni, 1968-yilda halqada mashq
bajarishda eng kuchli deb tan olingan. 1964—1966, 1968, 1970-yil-
larda qo‘shpoyada mashq bajarish bo‘yicha mamlakat chempioni.
Qo‘shpoyada S. Diomedov tomonidan 1968-yilda bajarilgan mashq
hanuzgacha «âåðòóøêà Äèîìåäîâà» deb yuritiladi.
Elvira Fuadovna Saadi
 — sport gimnastikasi bo‘yicha mam-
lakatda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1974), Jahon chempioni,
bir  necha  bor  xalqaro  musobaqalar  g‘olibi  va  sovrindori  (1972,
1976), ikki marta  Olimpiada chempioni,  «Xalqlar do‘stligi» ordeni
sohibasi.


35
Elvira Fuadovna Saadi 1952-yil 2-yan-
varda Òoshkent shahrida tug‘ilgan. 12 yoshi-
da  gimnastika  bilan  shug‘ullanadi.
«Dinamo»  jamiyati  murabbiyi  Vladimir
Filiðpovich Aksenov Elvirada  gimnastlarga
xos  egiluvchanlik,  mehnatsevarlik  va
mashq bajarishda o‘ziga xos elementlarni
ko‘ra bildi.
1970-yili Elvira Saadi nomzodi mam-
lakat terma jamoasi ustozlari nazariga tu-
shadi, yana bir yildan so‘ng u mamlakat
chempionatini kumush medal sovrindori
bo‘ldi. Mamlakat kubogida esa Elvira
5-o‘rinni va xodada hamda erkin mashq bajarishda ikkita oltin me-
dalni qo‘lga kiritadi. Va nihoyat, Elvira Saadi 1972-yili Myunxenda
o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun milliy olim-
piada terma jamoaga kirdi. Olimpiada chempioni bo‘ldi.
1974-yili Elvira jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
1976-yil Kanadaning Monreal shahrida ikkinchi marta Olimpiada
chempioni bo‘ldi. 1976-yil sport sohasida katta xizmatlari uchun
Elvira Fuadovna Saadi  «Xalqlar do‘stligi» ordeni bilan mukofotlandi.
Elvira Saadi katta sportni tark etmadi. U mamlakat va Rossiya
terma jamoasining murabbiyi lavozimida ishlab keldi. Hozirgi kunda
E. Saadi Kanada Olimpiada terma jamoasini xalqaro musobaqalarga
tayyorlamoqda.
Oksana Aleksandrovna Chusovitina
  – xizmat ko‘rsatgan sport
ustasi, sport gimnastikasi bo‘yicha turli xalqaro musobaqalar g‘olibi
va sovrindori. «Yaxshi niyat o‘yinlari» musobaqasi g‘olibi. XXV,
XXVI, XXVII Olimpiada o‘yinlari chempioni, XXVIII Olimpiada
o‘yinlari ishtirokchisi. 1993-yilgi Jahon chempionatining bronza
medali sovrindori. «Do‘stlik» ordeni sohibasi,1994-yilda Xirosima
shahrida bo‘lib o‘tgan XII Osiyo o‘yinlari
bronza  medali  sovrindori, O‘zbekistonda
xizmat  ko‘rsatgan sport ustasi.
Oksana  Aleksandrovna  Chusovitina
1975-yil 19-iyunda  tug‘ilgan. Oksana besh
yoshidan  boshlab,  sport  gimnastikasi
sho‘basiga akasi bilan qatnagan.
Ko‘p o‘tmasdan Oksanani murabbiy
Svetlana Mixaylovna Kuznetsova o‘z tar-


36
biyasiga oladi.  G.S. Òitov nomli  Olimpiada zaxiralari tayyorlovchi
maxsus  sport  maktab-internatda  o‘qiydi.  Andrey  Fedorovich
Rodionenko Oksanani o‘z tarbiyasiga olib, uni Moskvaga, o‘quv
mashg‘ulotlariga taklif etadi. 1990-yildan Oksana Chusovitina – sport
gimnastikasi bo‘yicha sobiq Ittifoq terma jamoasining  a’zosi. Oksana
o‘sha yilning yozida terma jamoa tarkibida AQSHning Sietl shahrida
«Yaxshi niyat o‘yinlari» musobaqasida ishtirok etib, jamoa tarkibida
oltin medal sohibasi bo‘ldi. 1989-yil Oksana sport ustasi mezonini
bajaradi. 1990-yilda esa xalqaro toifali sport ustasi unvoniga sazovor
bo‘lgan, 1991-yili SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi.
1992-yili  Parijda  o‘tkazilgan  Jahon  chempionatida  bronza
medaliga erishadi. Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan
XXV  Olimpiada  o‘yinlarida  Oksana  jamoa  tarkibidagi  yana  bir
o‘zbekistonlik gimnast Rozaliya Galiyeva bilan birgalikda MDH
(Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) oltin medal sohibasi bo‘lishdi.
1993-yil Angliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Oksana
Chusovitina tayanib sakrash mashqida 9,710 ball to‘plab, uchinchi
o‘rinni egalladi. Shu yili Ispaniyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada
xodada mashq bajarish  bo‘yicha (9,55 ball) ikkinchi o‘rin, tayanib
sakrashda  (9,95  ball)  ikkinchi  o‘rin,  qo‘shpoyada  (9,65  ball)
ikkinchi o‘rin, erkin mashqlar bajarishda (9,72 ball) ikkinchi o‘rin,
natijada ko‘p kurashda (38,35 ball) ikkinchi o‘rinni egalladi.
Oksana  Chusovitina  besh  Olimpiada  o‘yinlarida  qatnashib,
yuqori  o‘rinlarni  egallagani  uchun  Ginnes  rekordlari  kitobiga
tushgan jahon gimnast ayollari orasida yagona sportchidir.
Rozaliya Ilfatovna Galiyeva
  – xizmat ko‘rsatgan sport ustasi,
sport gimnastikasi bo‘yicha bir necha xalqaro musobaqalar sovrin-
dori,1991-yildagi X sobiq Ittifoq xalqlari spartakiadasida bronza
medali  sovrindori,  1992—1993-yillar
jahon chempionatining chempioni (jamoa
tarkibida), bronza medal sohibasi, XXV
Olimpiada o‘yinlari (1992) chempioni.
Rozaliya Ilfatovna Galiyeva 1977-yil
28-aprelda  Olmaliq  (Òoshkent  viloyati)
shahrida  tug‘ilgan.  Sport  gimnastikasi
sho‘basiga  olti  yoshli  Rozani  otasi  olib
kelgan. Rozaning birinchi murabbiysi Roza
Borisovna Ishkova.
Roza  12  yoshida  sport  gimnastikasi
bo‘yicha milliy terma jamoasi tarkibidan


37
o‘rin olgan. G.S.Òitov nomli Olimpia zaxiralari sport internatida
o‘qigan.
 1991-yili X spartakiadada ishtirok etib, bronza medali sohibasi
bo‘ladi, shu yili xalqaro toifali sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ladi.
Roza 1992-yilgi  XXV Olimpiada o‘yinlarida jamoa tarkibida ishtirok
etib, oltin medalni qo‘lga kiritadi.
1992-yil dekabrda R. Galiyeva Òayvanda jahon gimnastlarining
kuchlilari qatnashgan xalqaro turnirda g‘olib chiqadi, 1993-yilda
Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritadi.
Roza Galiyeva bugun ham sport zalini tark etmagan. O‘zbekis-
tonlik sport gimnastikasi ishqibozlarini o‘zining jozibali chiqish-
lari bilan quvontirmoqda. Roza eng mehnatsevar va texnikali
gimnast.
Anton Viktorovich Fokin —
gimnastika bo‘yicha xalqaro toifali
sport ustasi. 1982-yil 6-noyabrda
Òoshkentda tug‘ilgan. O‘rta mak-
tabning 5-sinfidan Anatoliy Ser-
geyevich Olushev Antonni O‘z-
bekiston  temiryo‘llari  boshqar-
masining gimnastika sporti bo‘yi-
cha  ixtisoslashtirilgan  bolalar
sporti  maktabiga  taklif  qilgan.
Anton sport mahoratini birinchi marta 1998-yili Moskva shahrida
o‘smirlar orasida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqadan boshlagan.
Anton Fokin 7 marta gimnastika ko‘pkurashi bo‘yicha O‘zbe-
kiston  chempioni,  1999,  2000,  2001,  2002,  2003,  2004,  2005-
yillarda Jahon chempionatlari ishtirokchisi. 2007-yili Shtutgartda
bo‘lib o‘tgan chempionatda bronza medali sovrindori. 2008-yili
XXIX  Pekin  Olimpiadasida  qo‘shpoya  bo‘yicha  bronza  medali
sovrindori.
Yekaterina  Xilko  — 
1982-
yil 23-martda Òoshkent shahrida
tug‘ilgan.  Òramplin  bo‘yicha
xalqaro  toifali  sport  ustasi,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
sportchi. Batutda sakrash bo‘yicha
bir necha bor O‘zbekiston chem-
pioni.  Sidneyda  bo‘lib  o‘tgan
XXVII Olimpiadada ishtirok etib,


38
4-o‘rinni  egallagan.  Afinadagi  XXVIII  Olimpiya  o‘yinlari  ish-
tirokchisi (4-o‘rin) va XXIX Pekin (2008-yil) Olimpiada o‘yinlarida
tramplinda sakrashda bronza medali sovrindori. «O‘zbekiston iftixori»
ordeni bilan mukofotlangan.
2.10. Mustaqillikdan keyingi davrda
gimnastikaning  rivojlanishi
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi gimnastlari, murabbiylari
yangi sharoitda katta yutuqlarga erishishmoqda. Sportchilarimiz
xalqaro sport maydonlarida o‘z kuchlarini sinab ko‘rishga puxta
tayyorgarlik  ko‘rishyapti.  Bu  hol  o‘zbek  sportchilariga  Jahon,
Olimpiada o‘yinlariga mustaqil ravishda chiqishga imkon yaratdi.
O‘zbekistonlik  gimnastlar  O.  Chusovitina,  R.  Galiyeva  sport
gimnastikasi bo‘yicha Jahon chempionatlarida ishtirok etib, oltin
medalga sazovor bo‘lishgan. 1996-yilgi Olimpiada o‘yinlarida O. Chu-
sovitina, A. Dzyundzyak, I. Valiyevlar gimnastika ko‘pkurashida
kuchlilar  10  ligi  qatoridan  o‘rin  olishdi.
1993-yilda O‘zbekistonda Sport gimnastikasi federatsiyasi tashkil
topib, uni Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) o‘z tarkibiga qabul
qildi.
1994-yilda Xirosimada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida O. Chusovitina
tayanib sakrash va qo‘shpoyalarda 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
1998-yilda  Bankokda  o‘tkazilgan  musobaqalarda  E.  Gor-
deyeva, A. Dzyundzyak, B. Bayatanova, S. Bahriddinova, O. Chu-
sovitina kabi mahoratli sportchilar ishtirok etishdi. Bugungi kunda
respublikada R.G. Sarkisov, R.S. Sirkin, A. Olushev kabi malakali
sport murabbiylari ishlamoqda.  Olimpiya zaxiralari qatorida ayol-
lar orasida V. Ochilova, N. Almatova, F. Xo‘jayeva, A. Kambekova,
R. Nasibulina, A. Habibrahmonova, erkaklardan A. Markelov,
I. Valiyev, A. Fokin, A. Karimjonov, R. Ailov, K. Hasanov, I. Rah-
matov  kabi  sportchilar  o‘sib  chiqdi.
O‘zbekiston  gimnastika  federatsiyasi  vakillari  FIJ  va  Osiyo
uyushmasi anjumanlarida ishtirok etishadi. Barcha ishlar Madaniyat
va sport ishlari vazirligi, MOQ bilan hamkorlikda olib boriladi.
Muntazam  ravishda  hay’at  yig‘ilishlari  o‘tkazilib,  terma  jamoa
a’zolarini tasdiqlash masalalari, sportchilarning bo‘lib o‘tgan muso-
baqalarda erishgan yutuqlari muhokama etiladi. Yetakchi sport-
chilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishlari uchun mablag‘
ajratadigan  homiylar  bilan  ishlar  olib  boriladi.


39
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi gimnastika federatsiyasi
va ushbu  go‘zal sport turining ravnaq topishiga kuchini  ayamaydigan
insonlar  o‘z hissasini qo‘shib kelishmoqda. Mahoratli gimnastlar
O. Chusovitina, N. Dzyundzyak, ularning izdoshlari mahoratini
oshirishda  xizmat  qilayotgan  S.  Kuznetsova  va  boshqa  taniqli
murabbiylar o‘z ustozlari V. Vnuchkova, G. Petrov, V. Aksenov,
Z. Bondarenko, V. Kurlyand, R. Sarkisovlar qoldirgan merosdan
unumli  foydalanib,  mamlakatimiz  sport  shon-sharafini  xalqaro
musobaqalarda baland ko‘tarishmoqda.
Mamlakat  chempionlari
2.11. Sport gimnastikasi Olimpiada o‘yinlarida
Gimnastika sporti yangi davr Olimpiada o‘yinlarining birinchi
dasturidan o‘rin olgan edi. Biroq uning o‘tkazish shakli hozirgi
kundagi gimnastika sport musobaqalari dasturidan farq qiladi.
1896-yil 
—
Afina (Gretsiya).
 I Olimpiada o‘yinlarida 10 mam-
lakat ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 5 tasi gimnastika musobaqasida
qatnashgan.
Qo‘shpoyada — 3 mamlakatdan 18 ishtirokchi: 1-o‘rinni  A. Flatov
(Germaniya), 2-o‘rinni  J. Sutter (Shvetsiya), 3-o‘rinni X. Vayngyort-
ner  (Germaniya)  egalladi.  Jamoalar  o‘rtasida  2  mamlakatdan
r
a
ll
i
Y
r
a
l
k
a
k
r
E
r
a
ll
o
y
A
0
9
9
1
1
9
9
1
2
9
9
1
3
9
9
1
4
9
9
1
5
9
9
1
6
9
9
1
7
9
9
1
8
9
9
1
9
9
9
1
0
0
0
2
3
0
0
2
4
0
0
2
5
0
0
2
6
0
0
2
7
0
0
2
8
0
0
2
9
0
0
2
0
1
0
2
v
o
m
il
a
G
.
R
y
i
k
s
d
a
y
l
a
Z
.
B
v
o
r
u
d
a
B
.
A
v
o
m
il
a
G
.
R
v
e
y
il
a
d
a
m
a
M
.
h
S
o
k
n
e
h
s
u
y
l
I
.
A
v
e
y
o
b
n
o
b
r
u
Q
.
T
v
e
y
o
b
n
o
b
r
u
Q
.
T
v
e
y
e
l
a
V
.
I
v
e
y
e
l
a
V
.
I
v
e
y
e
l
a
V
.
I
v
e
y
e
l
a
V
.
I
n
i
k
o
F
.
A
n
i
k
o
F
.
A
v
o
t
a
m
h
a
R
.
I
n
i
k
o
F
.
A
v
o
m
i
s
O
.
R
n
i
k
o
F
.
A
n
i
k
o
F
.
A
a
v
o
r
a
d
y
a
H
.
Z
r
e
d
n
i
b
y
A
.
O
a
v
o
k
n
a
P
.
I
a
v
o
k
n
i
N
.
S
k
a
y
z
d
n
u
y
z
D
.
A
a
v
o
n
a
t
a
y
a
B
.
B
k
a
y
z
d
n
u
y
z
D
.
A
a
v
o
n
i
d
d
i
r
h
a
B
.
S
a
v
o
n
i
d
d
i
r
h
a
B
.
S
a
v
e
y
e
d
r
o
G
.
A
a
n
it
i
v
o
s
u
h
C
.
O
a
n
it
i
v
o
s
u
h
C
.
O
a
n
it
i
v
o
s
u
h
C
.
O
a
v
o
t
a
m
l
A
.
N
a
v
o
t
a
m
l
A
.
N
a
v
o
k
n
i
N
.
A
a
n
il
u
il
a
G
.
L
a
n
il
u
il
a
G
.
L
a
n
il
u
il
a
G
.
L


40
67  ishtirokchi  qatnashib,  1-o‘rinni  Germaniya,  2-o‘rinni
Gretsiya—1  jamoasi, 3-o‘rinni Gretsiya—2 jamoasi egalladi.
Yakkacho‘pda — shaxsiy birinchilikda 4 mamlakatdan 15 ish-
tirokchi qatnashib, 1-o‘rinni X. Vayngyortner, 2-o‘rinni  A. Flatov
egalladi.
Jamoalar o‘rtasida mutlaq 1-o‘rinni Germaniya terma jamoasi
egalladi.
Yog‘och otda — besh mamlakatdan 15 ishtirokchi qatnashib,
1- va 2-o‘rinlarni J. Sutter hamda X. Vayngyortner (Germaniya)
egalladi.
Halqada — 3 mamlakatdan 8 ishtirokchi qatnashib, 1-o‘rinni
Mitropulos  (Gretsiya),  2-o‘rinni  X.  Vayngyortner  (Germaniya)
va 3-o‘rinni Persakis (Gretsiya) egalladi.
Òayanib sakrashda — 5 mamlakatdan 15 ishtirokchi qatna-
shib, 1-o‘rinni K. Shuman (Germaniya), 2-o‘rinni J. Sutter (Shve-
tsariya)  egalladi.
Arqonga  tirmashib  chiqishda  4  mamlakatdan  5  ishtirokchi
qatnashib, 1-o‘rinni N. Andriakopulos va 2-o‘rinni Ò. Ksenakis
(Gretsiya) egalladi.
1900-yil 
—
  Parij  (Fransiya). 
II  Olimpiada  o‘yinlaridagi
gimnastika musobaqasida 6 mamlakatdan 866 sportchi ishtirok etgan.
Fransiya MOQ taklifi bilan musobaqa quyidagi dasturda o‘tkazildi.
Shaxsiy birinchilikda — qo‘shpoya, yakkacho‘p, halqa, yog‘och
otda  tayanib  sakrash,  erkin  mashqlar,  yugurib  kelib  uzunlikka
sakrash, turgan joyidan uzunlikka va balandlikka sakrashlar, langar-
cho‘p bilan sakrash, arqonga tirmashib chiqish va 50 kg og‘irlikni
ko‘tarish bo‘yicha: 1-o‘rinni G. Sandra (Fransiya), 2-o‘rinni N. Ba
(Fransiya),  3-o‘rinni  L.  Demane  egalladi.  Bundan  ko‘rinib
turibdiki,  Olimpiada  o‘yinlarida  sportning  bu  turida  fransuzlar
ustunlik qilishgan. Musobaqada gimnastikaga oid turlar ham bo‘lgan.
Ushbu dastur asosan, 1924-yilgacha davom etib kelgan.
1904-yil 
—
Sent Luis
 (AQSH). III Olimpiada o‘yinlarida 13  mam-
lakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan.
Jamoali-uchkurash—uzunlikka sakrash, yadro irg‘itish, 100 yard-
ga yugurish, oltikurash, yakkakurash, qo‘shpoya, tayanib sakrash,
ko‘ndalang turgan yog‘och otdan sakrash, yadro irg‘itish, 100 yardga
yugurish shaxsiy musobaqa dasturiga kirgan.
Dastakli otda — 1-o‘rinni A. Xeyda, 2-o‘rinni J. Eyser, 3-o‘rinni
U. Mers (hammasi AQSH) egallagan.
Halqada — 1-o‘rinni X. Gless, 2-o‘rinni U. Mers, 3-o‘rinni
E. Foyt (hammasi AQSH) egallagan.


41
Qo‘shpoyada  — 1-o‘rinni J. Eyser, 2-o‘rinni A. Xeyda, 3-o‘rinni
J. Dyuxa (hammasi AQSH) egallagan.
Yakkacho‘pda — 1-o‘rinni A. Xeyda, 2-o‘rinni  E. Xennig,
3-o‘rinni J. Eyser (hammasi AQSH) egallagan.
Arqonga tirmashib chiqishda — 1-o‘rinni J. Eyser, 2-o‘rinni
Ch. Kraus, 3-o‘rinni  E. Foyt (AQSH) egallagan.
Òayanib sakrashda — 1-o‘rinni A. Xeyda, 2-o‘rinni J. Eyser,
3-o‘rinni U. Mers (hammasi AQSH) egallagan.
Òo‘qmoqlar bilan mashqda — 1-o‘rinni E. Xennig, 2-o‘rinni
E. Foyt, 3-o‘rinni R. Uilson (hammasi AQSH) egallagan.
 7 ta gimnastika jihozlarida shaxsiy birinchilikda — 1-o‘rinni
A. Xeyda, 2-o‘rinni J. Eyser,  3-o‘rinni U. Mers egallagan.  9 ta
gimnastika jihozlarida shaxsiy birinchilikda —1-o‘rinni A. Shniðler
(Shveysariya),  2-o‘rinni Y. Lenxard (Avstriya), 3-o‘rinni V. Veber
(Germaniya)  egallagan.  Ushbu  ma’lumotdan  ko‘rinib  turibdiki,
Amerika  qit’asida  o‘tkazilgan  Olimpiada  o‘yinlarida  gimnastika
musobaqalari dasturi boshqacha bo‘lgan. Chunki XOQning qaroriga
ko‘ra, musobaqa qabul qiladigan mamlakat sportning uch turiga
o‘z dasturini kiritadi.
1908-yil 
—
 London (Angliya).
 IV Olimpiada o‘yinlarida 12 mam-
lakatdan 97 ishtirokchi qatnashgan.
Shaxsiy birinchilikda — yakkacho‘p, qo‘shpoya, yog‘och ot,
halqa, arqonga tirmashib chiqishda 317 ball bilan 1-o‘rinni A. Bralya
(Italiya), 312 ball bilan 2-o‘rinni S.Òusel (Angliya), 297 ball bilan
3-o‘rinni L. Segyura (Fransiya) egallagan.
1912-yil 
—
 Stokgolm (Shvetsiya).
 V Olimpiada o‘yinlarida
9 mamlakatdan  44 ishtirokchi qatnashgan.
Ko‘pkurash, yakkacho‘p, qo‘shpoya, yog‘och ot, halqada 865
ball bilan 1-o‘rinni A. Bralya (Italiya), 862,5 ball bilan  2-o‘rinni
L. Segyura (Fransiya), 861,5 ball bilan 3-o‘rinni A.Òunezi (Fran-
siya)  egallagan.
Ixtiyoriy,  jihozlar  tartibini  va  mashqlarni  bajarish  tartibini
sportchilarni o‘zi tanlagan. Terma jamoa o‘rtasida 187,25 ball bilan
1-o‘rinni  (Norvegiya),  109,25  ball  bilan  2-o‘rinni  (Finlandiya),
3-o‘rinni 106,25 ball bilan (Daniya) egallagan.
Shvedlar tizimi: 1-o‘rinni Shvetsiya, 2-o‘rinni Daniya, 3-o‘rinni
Norvegiya jamoalari egallagan.
1920-yil 
—
 Antverpen (Belgiya).
 VI Olimpiada o‘yinlarida 5 mam-
lakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan.
Shaxsiy  birinchilikda  yakkacho‘p,  qo‘shpoya,  yog‘och  ot,
halqada 88,35 ball bilan 1-o‘rinni J. Dzampori (Italiya), 87, 62


42
ball bilan 2-o‘rinni M. Òorres (Fransiya), 87,45 ball bilan 3-o‘rinni
J. Guno (Fransiya) egallagan.
Yevropa  tizimi:  1-o‘rinni    Italiya,  2-o‘rinni  Belgiya,  3-o‘rinni
Fransiya egallagan.
Shvedlar tizimi: 1-o‘rinni Shvetsiya, 2-o‘rinni Daniya, 3-o‘rinni
Belgiya terma jamoasi egallagan.
Ixtiyoriy tizim: jihoz va mashqlarni o‘zi tanlaydi.
1-o‘rinni Daniya, 2-o‘rinni Norvegiya terma jamoalari egallagan.
1924-yil 
—
 Parij (Fransiya).
 VII Olimpiada o‘yinlarida 9 mam-
lakatdan 82 ishtirokchi qatnashgan.
Ko‘pkurash  —  yakkacho‘p,  dastakli  ot,  qo‘shpoya,  tayanib
sakrash, ko‘ndalang turgan yog‘och otdan sakrash, halqa, arqonga
tirmashib chiqish mashqlari kirgan. Bundan tashqari, sportchilar
shaxsiy birinchiligida:
Qo‘shpoyada — 1-o‘rinni A.Gyuttinger (Shveysariya), 2-o‘rinni
R. Prajak (Chexoslovakiya), 3-o‘rinni J. Dzampori (Italiya) egallagan.
Yakkacho‘pda — 1-o‘rinni L. Shtukel (Yugoslaviya), 2-o‘rinni
J.Gutveniger (Shveysariya), 3-o‘rinni A. Ijlen (Fransiya) egallagan.
Dastakli ot — 1-o‘rinni Y. Velxelm (Shveysariya), 2-o‘rinni
J.  Gutveniger  (Shveysariya),  3-o‘rinni  A.  Rebete  (Shveysariya)
egallagan.
Halqada — 1-o‘rinni F. Martino (Italiya), 2-o‘rinni R. Prajak
(Chexoslovakiya), 3-o‘rinni L. Vaxa (Chexoslovakiya) egallagan.
Òayanib  sakrash  —  1-o‘rinni  F.  Kris  (AQSH),  2-o‘rinni
Y. Koutni, 3-o‘rinni B. Morjkovskiy (Chexoslovakiya) egallagan.
Ko‘ndalang  yog‘och  otdan  sakrash  —  1-o‘rinni  A.  Segen,
2-o‘rinni F. Ganglof, 3-o‘rinni J.Guno (Fransiya) egallagan.
Arqonga  tirmashib  chiqish  —  1-o‘rinni  Shubchik  (Chexo-
slovakiya), 2-o‘rinni A. Segen (Fransiya), 3-o‘rinni L.Vaxa (Chexo-
slovakiya)  egallagan.
1928-yil 
—
  Amsterdam  (Niderlandiya).
  VIII  Olimpiada
o‘yinlarida 11 mamlakatdan 88 sportchi ishtirok etgan. Xalqaro
gimnastika  federatsiyasining  qaroriga  ko‘ra,  Olimpiada  o‘yinlari
musobaqasi dasturiga o‘zgartirish kiritildi, ya’ni gimnastika klassik
turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazila boshlandi. Shu qarorga asosan,
ilk bor gimnast ayollar jamoa tarkibida ishtirok etgan.
Erkaklar:  ko‘pkurashda,  dastakli  otda,  halqada,  qo‘shpoyada,
yakkacho‘pda va tayanib sakrash mashqlarida shaxsiy o‘rin uchun keskin
kurash  olib  borishdi.  Ayollar  esa  ko‘pkurash  bo‘yicha  jamoa
birinchiligida quyidagi o‘rinlarni egalladilar: 316,75 ochko bilan


43
1-o‘rinni  Niderlandiya,  289  ochko  bilan  2-o‘rinni  Italiya,  258,25
ochko bilan 3-o‘rinni Buyuk Britaniya, 256,5 ochko bilan 4-o‘rinni
Vengriya va 247,5 ochko bilan 5-o‘rinni Fransiya terma jamoalari
egallagan.
1932-yil 
—
 Los-Anjeles (AQSH)
. IX Olimpiada o‘yinlarida
5 mamlakatdan 24 sportchi ishtirok etgan. 1932-yildan boshlab,
bugun bizga ma’lum bo‘lgan sport gimnastika musobaqalari dasturi
bo‘yicha bellashuvlar Olimpiada dasturidan o‘rin oldi. Shu bilan
birga,  badiiy  gimnastika  va  trampolin  ham  Olimpiada  o‘yinlari
dasturiga kiritildi.
3-bob.
 
GIMNASÒIKA AÒAMALARI
3.1. Atamalarning ahamiyati
Bilim sohalarida, turli ishlab chiqarish, harakat faoliyatlarida
buyum, hodisa, tushuncha, jarayonlarni qisqacha ifodalash maq-
sadida  maxsus  atamalardan  foydalaniladi.  Jismoniy  tarbiyada,
jumladan, behad ko‘p mashqlar qo‘llaniladigan gimnastikada atama
juda muhim rol o‘ynaydi. Atamalar mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituv-
chilar  bilan  o‘quvchilarning  o‘zaro  munosabatlarini  yengillash-
tiradi, gimnastikaga oid adabiyot nashr qilishda gimnastika mashqlari
ta’rifini  soddalashtirishda  yordam  beradi.  Gimnastika  atamasi
gimnastikadan boshqa sport turlarida ham keng qo‘llaniladi.
Gimnastika mashqlarining aniq nomini bilmasdan turib, uni
o‘rganish qiyin. Shu sababli ularni o‘rgatish jarayonida atamaning
ahamiyati,  ayniqsa,  kattadir.  Qisqacha  atama  so‘zlar  harakat
ko‘nikmalarini shakllantirishga beqiyos ta’sir ko‘rsatadi. Òadqiqot-
larning tasdiqlashicha, shug‘ullanuvchilar mashqni bajarish uchun
o‘zini o‘zi tayyorlashiga yordam beradi, o‘quv jarayonini esa yanada
ixcham va maqsadga muvofiq olib borishga vosita bo‘ladi.
Gimnastika  atamalari
  —  bu  gimnastika  mashqlari,  umumiy
tushunchalari, gimnastika jihozlari, jihozlarining nomlarini qisqacha
ifoda etish uchun qo‘llaniladigan maxsus nomlar (atamalar) tarkibi,
shuningdek, atamalar shartli (belgilab qo‘yilgan) qisqartirishlarning,
mashqlarni yozish shakllarining tuzilishi hamda ishlatilishi qoida-
laridir.
Atama  leksikaning  bo‘limi  sifatida  shu  fanning  mazmuni,
nazariyasi va amaliyoti bilan yaqindan bog‘liqdir. Gimnastikada
atama deganda, biror harakat  yoki tushunchaning qisqacha shartli


44
nomi tushuniladi. Boshqa sohalardagi kabi, gimnastika atamasi ham
jismoniy tarbiya taraqqiyoti bilan bir qatorda, takomillasha boradi,
chunki amaliyot va fanda qanday yangilik paydo bo‘lsa, u tilda
muqarrar aks etib, uni boyita boradi.
Gimnastika atamalogiyasi sobiq Ittifoqda 1938-yilda joriy etil-
gan bo‘lib, rus adabiy tili lug‘at fondi asosida qurilgan edi. Shu-
ning uchun u gimnastika bilan shug‘ullanuvchilarning turli taba-
qalariga anchagina tushunarli va yaqin, shuningdek, rus tilining
boshqa tillarga to‘g‘ri (mashqlar mazmuniga qarab) tarjima qilish
imkonini beradi. Yangi atamaning afzalligi shundan iborat ediki,
atamalar tuzish va ularni qo‘llashga  yangicha yondashildi. Mual-
liflar  atamalar  tuzish  tizimini  har  bir  harakatning  eng  ifodali
xususiyatlarini ko‘rsatish bilangina cheklanib, ayni vaqtda shu hara-
katni aniq va qisqa ta’riflash imkonini beradigan qilib belgilashdi.
Sobiq sho‘rolar gimnastika tizimining rivojlana borishi, nazariya
va amaliyotda erishilgan yangi-yangi yutuqlari gimnastika atamasini
yanada takomillashtirishni taqozo qildi. Gimnastika bo‘yicha 1957-yil-
da o‘tkazilgan munozara, 1962, 1963-yillardagi Ittifoq konferen-
siyalari ham shu masalaga bag‘ishlangan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari, ayniqsa, Moskva, Leningrad va
Kiyev jismoniy tarbiya  akademiyalari gimnastika kafedralarining
o‘qituvchilari gimnastika atamasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shishdi.
Olib borilgan izlanish va muhokamalar natijasida  1965-yilda sobiq
Ittifoq gimnastika federatsiyasi amaldagi atamalarga so‘nggi o‘zgar-
tirish va qo‘shimchalar kiritdi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada keltirilgan
atamalar baynalmilal tillarda uchraydigan va o‘zbek adabiy tiliga
kirib kelgan atamalar, shu sohaning yirik mutaxassis-olimlari, dotsent
A. Yefemenko tomonidan amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash uchun
tavsiya etilgan atamalarga, H. Rafiyevning «Jismoniy tarbiya va sport
lug‘ati» kitobi hamda «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ga tayanib,
atamalar tarkibiga ayrim yangiliklar kiritishga urinib ko‘rildi.
3.2. Atamalarga qo‘yiladigan talablar
Atamalar o‘z ma’nosining aniqligi va ixtisoslashganligi bilan
odatdagi leksik birliklardan farq qiladi. So‘zlar atamaga aylangach,
zarur bo‘lgan bir ma’noni anglatadi (kirish, engashish, tashlanish,
ko‘prik, pastga tashlanish, osilish, tayanish va h.k.). Bunda atamalar


45
biron tushunchani, harakatni bildiribgina qolmay, balki uni turdosh
tushuncha,  harakatlardan  ajratib,  aniqlab  beradi.
Atamalarga ushbu talablar qo‘yiladi:
Òushunarlilik
. Atama ona tili lug‘at tarkibi va boshqa tillardan
olingan  so‘zlar,  shuningdek,  baynalmilal  atama-so‘zlar  asosida
qurilgan bo‘lib, mazkur xalq tilidagi  so‘z yasash va grammatika
qoidalariga  to‘la  mos  bo‘ladi.  Shundagina  atamalar  tushunarli,
hayotiy va barqaror bo‘ladi. Ona tili mezonlarining buzilishi atama-
larning tushunarli bo‘lmasligiga olib keladi.
Aniqlik
. Atama ta’riflanayotgan harakat (mashq) yoki tushun-
chaning mohiyati haqida ochiq-oydin tasavvur beradigan bo‘lishi
kerak. Atamaning aniqligi mashq haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish
uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, u mashqni tezroq o‘rganib olishda
yordam beradi.
Qisqalik
. Atamalar qisqa, talaffuz etishga qulay bo‘lgani ma’qul.
Mashqlarga nom berish va ularni yozishni yengillashtiradigan qisqar-
tiruv qoidalari ham shunga xizmat qilishi darkor.
3.3. Gimnastika atamalarining qoidalari
3.3.1. Atamalarni yasash usullari
Atamalar  yasashning  eng  ko‘p  tarqalgan  usuli  —  mavjud
so‘zlarga yangi ma’no berish (ularni boshqacha tushunish). Masalan,
ko‘prik, kirish, o‘tish, chiqish kabi so‘zlar gimnastikada ana shun-
day atamalardan hisoblanadi.
Ko‘pincha, atamalar so‘zlarning, masalan, past-baland (qo‘sh-
poyalar), balandlab-uzoqqa (sakrash) singari o‘zaro birikishidan
ham yasaladi.
Osilish, tayanish, tebranish, o‘tirish va shu kabi ayrim so‘zlar
atama sifatida qo‘llaniladi.
Statik  holatlarni  bildiradigan  atamalar,  masalan,  tayanish,
bilaklarga tayanish, tirsakka tayanish; kuraklarda turish, boshda
turish, qo‘llarda turish  kabilarda tayanch nuqtasi hisobga olinadi;
osilish,  burchakli  osilish,  bukilib  osilish,  egilib  osilish  singari
holatlarda esa gavda holati (uning bo‘g‘inlarining bir-biriga nisbatan
qanday turishini) hisobga olib yasaladi.
Òebranish  mashqlarining  atamalari  muayyan  harakatlan-
tiruvchi faoliyat xususiyatlarini hisobga olib yasaladi.


46
1-rasm
.  Òayoq-
cha bilan erkin
turish.
2-rasm
.  Òayoq-
cha boshning
o‘ng tomonida.
3-rasm
.  O‘ng
qo‘l yon to-
monga,  tayoq-
cha yuqoriga
qaratilgan.
4-rasm
.  Òayoq-
chaning o‘ng
uchi  ko‘tarilib,
yelka oldida.
5-rasm
.  Òayoqcha
o‘ng qo‘l yuqoriga
tashqarilatib,
chap qo‘l yonga
pastlatib jihozlar-
dagi holatlar.
6-rasm.
  Osilish (
a
); qo‘llarni
bukib osilish (
b
).
a
b
7-rasm.
 Oldinga
bukilib osilish.
8-rasm.
 Burchakli
osilish.
9-rasm.
 Bukilib
osilish.
10-rasm.
 Ortda
kerishib osilish.
11-rasm.
 Orqa-
dan osilish.


47
12-rasm
.  Gorizontal
osilish  (
a
)  orqada,
(
b
)  oldinda.
a
b
13-rasm.
Cho‘qqayib
osilish.
14-rasm.
 Gim-
nastika devoriga
belni tirab, cho‘q-
qayib osilish.
15-rasm.
 Tur-
gancha bukilib
osilish.
16-rasm.
 Past
poyada yotib
osilish.
17-rasm
. O‘ng
oyoqqa tashqa-
ridan osilish.
18-rasm.
Òurib
osilish.
19-rasm.
 Yotib
osilish.
20-rasm. 
Bu-
kilgan oyoq-
larda osilish.
21-rasm
.
Òayanish.
22-rasm. 
Bilaklarga
tayanish.
23-rasm. 
Qo‘ltiq-
larga tayanish.


48
24-rasm.
 Òirsakka
tayanish.
25-rasm.
 Bukilib
qo‘ltiqlarga
tayanish.
26-rasm
.
Orqadan
tayanish.
27-rasm.
 O‘ng
oyoqqa tayanish.
28-rasm.
 Bur-
chakli tayanish.
29-rasm. 
Oyoq-
larni tashqariga
kerib tayanish.
30-rasm.
 Yonlama
yotib tayanish.
31-rasm
. Qo‘sh-
poyada oyoqlarni
kerib o‘tirish.
32-rasm.
 Chap
sonda o‘tirish.
33-rasm.
 Krest
(xoch).
34-rasm.
 Yelkada
turish.
35-rasm.
 Qo‘l-
larda turish.


49
Masalan, bilaklarga tayanib turib oldinga siltanib ko‘tarilish,
qaddini rostlab siltanib ko‘tarilish, oyoqni juftlab  yoki  bitta  oyoqda
ko‘tarilish va h.k.
Sakrash  va  sakrab  qo‘nish  atamalari  sport  gimnastikasida
gavdaning havodagi holatiga qarab belgilanadi, masalan, oyoqlarni
kerib sakrash, to‘ntarilish; badiiy gimnastikada gavda bilan oyoqlar
holatiga qarab belgilanadi, yopiq sakrash, ochiq sakrash, qadamlab
sakrash,  sapchish,  tayanib  umbaloq  oshish,  tashlanib  sakrash,
siltanib sakrash, chir aylanib sakrash va h.k.
3.3.2. Atamalarni qo‘llash qoidalari
Gimnastika atamasi shug‘ullanuvchilarning malakasi hisobga
olingan holda qo‘llanilishi kerak. Masalan, ishlab chiqarish gimnas-
tikasi, ertalabki gigiyena gimnastikasi va boshqa sog‘lomlashtirish
36-rasm
. Galma-
gal kuchanib
ko‘tarilish.
37-rasm. 
Bir  oyoqni
silkitib  (to‘ntarilib)
ko‘tarilish.
38-rasm.
 Oldinga
siltanib ko‘tarilish.
39-rasm.
 O‘ng
oyoq bilan
ko‘tarilish.
40-rasm.
 Gav-
dani rostlab
ko‘tarilish.
41-rasm.
 Ikki
oyoqda
ko‘tarilish.
42-rasm.
Ko‘krakda
turish.
43-rasm.
Boshda
 turish.


50
gimnastikasi shakllarini o‘tkazishda umumrivojlantiruvchi mashq-
larning  asosiy  atamalaridan  foydalanibgina  qolmay,  ular  xalq
adabiy tilidagi so‘zlar bilan to‘ldirib boriladi.
Gimnastikaning  sport  turlari  bilan  shug‘ullana  boshlaganlar
mashqlarni  o‘rganish  bilan  bir  vaqtda,  atamalarini  ham  bilib
borishlari zarur.
Yaxshi  tayyorgarlik  ko‘rgan  gimnastlar,  akrobatlar,  o‘qituv-
chilar va murabbiylar uchun atama alohida bir maxsus til bo‘lib
qoladi.
Hamma  atamalarni  quyidagicha  guruhlarga  bo‘lib  chiqqan
ma’qul:
1. 
Umumiy atamalar
. Bular mashqlarning alohida guruhlarini,
umumiy tushunchalarini va hokazolarni ta’riflash uchun qo‘llaniladi.
Masalan, saf mashqlari, erkin mashqlar va boshqalar.
2. 
Asosiy  (aniq)  atamalar.
  Bular  mashqlarning  mazmun
belgilarini  aniq  ta’riflash  imkonini  beradi.  Masalan,  ko‘tarilish,
pastga  tashlanish,  aylanish,  burilish,  osilish,  tayanish,  sakrab
qo‘nish, engashish, tashlanish va boshqalar.
3. 
Qo‘shimcha atamalar.
 Bular asosiy atamalarga  aniqlik kiritadi
va harakat yo‘nalishi, bajarish usuli, tayanish sharti va hokazolarni
ko‘rsatib beradi. Masalan, qaddini rostlab, yoysimon to‘ntarilib va
boshqalar.
Mashqning  nomi,  odatda,  uning  mohiyatini  ifoda  etadigan
asosiy atamadan va harakatni, uning izchilligini aniqlab beradigan
qo‘shimcha  atamadan  iborat  bo‘ladi.  Zarurat  bo‘lganda,  ijro
ifodasini ta’kidlaydigan uqtirish so‘zlari ishlatiladi (masalan, qo‘lda
keskin harakat, bo‘shashtirish, osoyishta harakatlantiriladi va h.k.).
3.3.3. Qisqartirish qoidalari
(ayrim ifodalarni tushirib qoldirish)
Bayon qilish qisqaroq bo‘lishi uchun gimnastikada, odatda,
ko‘p  holatlarni,  harakatlar  yoki  ular  mashqlarining  nomlarini
ko‘rsatmaslik  qabul  qilingan.  Masalan,  quyidagi  so‘zlar  tushirib
qoldiriladi:
• 
«oldindan»,  «oldinga»  —harakat  yo‘nalishini  ko‘rsatishda,
agar shu harakat eng qisqa, iloji bor yagona yo‘l bilan (masalan,
oldindan  burilib)  bajariladigan  bo‘lsa;
• 
qo‘llar,  oyoqlar,  oyoq  uchlari,  kaftlar  holatining  qanday-
ligi— agar bu holat belgilangan uslubdagiga mos bo‘lsa;


51
• 
«gavdani» — engashtirganda;
• 
«oyoq» — oldinga, orqaga siltanishda, oyoq uchini qo‘yishda;
• 
«ko‘taring», «tushiring» — qo‘l yoki oyoqlar bilan harakat
bajarganda;
• 
«uzunasiga», «ko‘ndalangiga» — muayyan gimnastika jihoziga
ko‘proq xos bo‘lgan tabiiy holatlarda;
• 
«ustidan  tutish»  —  eng  ko‘p  tarqalgan  bo‘lgani  uchun,
«ichkariga sakrab tushish» (yoki jihoz ichkarisidagi holat);
• 
«sakrab  tushish»  yoki  «sakrash»  —  gimnastika  jihozining
nomidan shunday qilinishi ma’lum bo‘lsa;
• 
«egilib»  —  bunday  holat  ijro  texnikasidan  ma’lum  bo‘lsa.
Masalan,  qo‘shpoyalarda:  oldinga  siltanib  ko‘tarilish  —  orqaga
siltanib sakrab tushish;
• 
«kaftlar  ichkariga  qaragan»  —  qo‘llar  pastga  tushirilgan,
oldinga uzatilgan, orqaga uzatilgan, yuqori  ko‘tarilgan holatda;
• 
«kaftlar pastga qaragan» — qo‘llar ikki yonga yoki chapga
(o‘ngga)  uzatilgan  holatda;
• 
«oldinga  yoysimon» — qo‘llar oldinga harakatlantirib  ko‘tarilsa
yoki tushirilsa.
Dastlabki holat (d.h.) faqat mashqning boshida ko‘rsatiladi.
Oyoq, qo‘llar va gavdaning harakat yo‘li, harakat eng qisqa
yoki odatdagi usulda bajarilmagandagina ko‘rsatiladi.
3.4. Umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar
Dastlabki holatlar
 — mashqlar ijrosi boshlanishidagi turish va
boshqa holatlar.
Òurishlar: 
asosiy  turish  (AÒ)lar  saf  turishiga  mos  keladi.
Òurishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni
keng kerib turish, oyoqlarni ozroq kerib turish, chalishtirib turish
(bunda oyoq kaftlari juftlanadi) va oyoqlar keng, erkin turadi.
Oyoqlar uchida turish  atamasi o‘sha holatga izohdir. Òizzada
turish (shuningdek, o‘tirish, yotish va boshqa holatlardan) so‘ziga
oyoqlarni to‘g‘rilab turishga o‘tish «tik turish» atamasi bilan beriladi.
O‘tirishlar:
 yerda yoki gimnastika jihozlarida o‘tirish holatlari.
O‘tirishning quyidagi turlari bor: o‘tirish, oyoqlarni kerib o‘tirish,
burchaksimon  o‘tirish,  oyoqlarni  kerib  bukib  o‘tirish,  bukilib
o‘tirish, oyoqlarni quchoqlab o‘tirish, tovonlarda yoki o‘ng tovonda
o‘tirish, sonda o‘tirish va shu kabilar.
Cho‘qqayish:
  shug‘ullanuvchining  oyoqlari  bukilgan  holat,
yarimcho‘qqayish, do‘ngsimon  cho‘qqayish, do‘ngsimon yarim-


52
cho‘qqayish,  ortga  engashib  yarimcho‘qqayish,  engashib  yarim-
cho‘qqayish va boshqalar,  bu «suzuvchi starti» deb ham yuritiladi.
Hamla: 
tayanch oyoqni biron tomonga tashlab bukish harakati
yoki  shundan  keyingi  holat,  engashib  hamla,  o‘ngga  tashlanib
engashish, qattiq  hamla,  oyoq yo‘nalishiga qarab qilsa, shunga teskari
hamla (masalan, chap oyoqdan o‘ngga hamla).
Òayanishlar:
  yelkalar  tayanch  nuqtasidan  yuqori  bo‘lgan
holatlar. Òayanishning quyidagi turlari bor: cho‘qqayib tayanish,
o‘ng tizzaga tayanish, o‘ng tizza bilan chap qo‘lga tayanish va chap
tizza bilan o‘ng qo‘lga tayanish, tik bukilib tayanish, bilaklarga
tayanib yotish, orqadan tayanib yotish va boshqalar.
Qo‘l va oyoq harakatlari:
 harakatlar, baravar navbatma-navbat,
ketma-ket,  shuningdek,  o‘ng  qo‘lni    o‘ng  tomonga,  chap  qo‘lni
chap tomonga yo‘naltirish, uning teskarisi, parallel, simmetrik va
nosimmetrik bo‘lishi mumkin. Ular asosiy va oraliq tekislikdagi
qo‘llarni bukmay va bukib bajariladi, qo‘llar bukilganda atamaga
«bukish» so‘zi qo‘shiladi. Masalan, qo‘llarni bukib, orqaga uzatish
va shu kabilar. Oyoqlarni bukishda ham shu atama ishlatiladi.
Masalan, o‘ng oyoqni bukish, o‘ng oyoqni bukib oldinga uzatish,
o‘ng oyoqni bukib orqaga uzatish, o‘ng oyoqni yon tomonga bukish,
o‘ng oyoqni bukib tizzani bir tomonga uzatish.
Qo‘llarning  dastlabki  holati:  qo‘llar  belda,  yelkalarda,  bosh
ortida, ko‘krak oldida, chalishtirilgan holda orqada va boshqalar.
Doira: 
qo‘l,  oyoq,  boshni  aylana  bo‘ylab  harakatlantirish,
shuningdek, oyoqlarni gimnastik vositalar tepasidan aylantirish.
Engashish:
 gavdani bukishni anglatadigan atama. Engashishning
quyidagi turlari bor: to‘la engashish, kerishib engashish, yarim-
engashish, pastlatib oldinga engashish, orqaga engashib yerga yetish,
oyoqlarni keng ochib engashish, quchoqlab engashish.
Muvozanat
 — shug‘ullanuvchining bir oyoqda turgan, shuning-
dek, osilib yoki tayanib turgandagi yotiq  holati. Muvozanatning
quyidagi  turlari  farqlanadi:  o‘ng  oyoqda,  engashib  muvozanat
saqlash, yonlama, ortki, orqaga engashib, frontal, oyoqni ushlab,
oyoqlarni yonga yozgan holda muvozanat saqlash.
Gimnastika  vositalari
  bilan  bajariladigan  mashqlarga  nom
berishda  vositaning  holati,  o‘tiladigan  yo‘l  asosiy  belgi  bo‘lib
hisoblanadi.
Qo‘llarni prujinasimon harakatlantirish
 — barcha bo‘g‘inlarni
baravariga bukib, prujinasimon yaxlit harakat qilish turli yo‘nalish-
larda bajariladi.


53
Òo‘lqinsimon
 — do‘ngsimon yarimcho‘qqayishdan boshlana-
digan, bo‘g‘inlarning ketma-ket biri yoziladigan, ikkinchisi buki-
lishidan  iborat  murakkab  yaxlit  harakat.  Òo‘lqinsimon  harakat-
ning quyidagi turlari bor: oldinga qarab to‘lqinsimon, o‘ng va chap
tomonga to‘lqinsimon harakatlar.
Mashqlarni yozish qoidalari va shakllari
Gimnastika  mashqlarining  qisqa  va  aniq  yozilishi  ularni
tushunishda katta ahamiyatga ega. Belgilangan maqsadga qarab, u
yoki  bu  yozish  shakllari  qo‘llaniladi,  umumlashtiriladi,  aniq
(atamalogik), qisqartirish yoki chizma shakllari yoziladi.
Gimnastika  mashqlari mavjud qoidalar (yuqorida qayd qilingan
va belgilangan shakllar) asosida yozib boriladi.
Yozish qoidalariga quyidagilar kiradi:
 gimnastika mashqlarining
ayrim  guruhlari  uchun  belgilangan  yozish  tartibi,  yozishda
qo‘llaniladigan grammatik tartib va belgilarga rioya qilish. Quyida
mazkur  qoidalarni  ko‘rib  chiqamiz.
Umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  yozish
.  Alohida  harakatni
yozishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1. Harakat boshlanadigan dastlabki holat.
2. Harakat nomi (engashish, burilish, tebranish, cho‘qqayish,
yurish va boshq.).
3. Harakat yo‘nalishi (o‘ngga, orqaga va h.k.).
4. Agar zarur bo‘lsa, oxirgi holati.
Bir vaqtda bajariladigan bir necha harakatni yozayotganda alohida
harakatlarni yozishda ko‘rinadiganlarini yozish qabul qilingan, lekin
oldin,  odatda,  gavda  yoki  oyoqlar  bilan  bajariladigan  asosiy
harakatni, keyin esa boshqalarni yozish kerak bo‘ladi. Masalan, d.h.
(dastlabki  holat)  oyoqlarni  kerib  tik  turib,  qo‘llar  yelkada,  o‘ng
oyoqni bukib chapga engashish, qo‘llarni  yuqori ko‘tarish.
Òurli vaqtda bajariladigan bir necha bir xil harakat (bir marta
bajarilsa ham) ularning bajarilish navbatiga qarab yoziladi. Masalan,
d.h. oyoqlarni kerib tik turish, qo‘llarni yonga cho‘zish.
O‘ng qo‘lni  yoy shaklida pastga yo‘naltirib, chap tomonga burilish,
o‘ng oyoq orqada, oyoq uchida, qo‘llar oldinga, o‘ng tizzaga tayanib
turib, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, boshni orqaga engashtirish.
Agar harakat boshqa harakatlar bilan qo‘shilib kelsa (mashqning
boshidan oxirigacha emas), uni  birgalikda  bajarilgan harakat bilan
birlashtirib yozish kerak. Masalan, d.h. oyoqlarni kerib  tik  turish,


54
qo‘llar  belda,  oldinga  engashib  qo‘llarni  yonga  uzatib  chapga
burilish (burilish engashishning oxirida bajariladi).
Engashish va burilish bir vaqtda bajarilsa, «bilan» bog‘lovchisini
qo‘llash  lozim. Agar  harakat  odatdagi  usulda  bajarilmasa,  uni
yozayotganda tasvirlab berish zarur. Masalan, qo‘llarni oldinga yengil
uzatish,  panjalar  bo‘shashtirilgan.
Erkin mashqlarni yozish
. Erkin mashqlar muayyan izchillikda
yozib boriladi.
1. Mashq nomi (kimlar uchun mo‘ljallangani).
2. Musiqa jo‘rligida. Masalan, Lepin musiqasi, yozishdan oldingi
raqamlar hisobni bildiradi. Uning «Hamma narsani bajara olaman»
degan ashulasi 2/4 o‘lchovda.
3.  Dastlabki holat.
4. Mashqlarning mazmuni musiqa asarining tuzilishiga binoan,
nimchorak  shaklida  yoziladi.  Majburiy  mashqlarni  yozganda
(musobaqa uchun) yozuvdan o‘ng tomonga belgi va birikmalarning
nisbiy murakkabligi ko‘rsatiladi (ballar yoki tabaqa guruhi) sanoq-
lar oralig‘ida bajariladigan harakat belgilanib, u hisoblar o‘rtasiga
yoki birinchi hisobdan oldin qo‘yiladi. Masalan, d.h. qo‘llarni bosh
orqasida tutib, tik turish.
Gimnastika vositasi (tayoqcha) bilan bajariladigan  mashqlar-
dagi asosiy holatlar: tayoqcha pastda, tayoqcha  ko‘krakda, tayoq-
cha oldinda-yuqorida, tayoqcha boshda, bosh ortida, ko‘kraklarda va
boshq.
Òayoqcha bilan bajariladigan mashqlardagi nosimmetrik holatlarni
mana bunday yozish qabul qilingan:  tayoqcha yelka oldida,  tayoqcha
boshning ortida o‘ng va boshqalar, tayoqcha bilan qo‘l to‘g‘ri chiziq
hosil qilib turmasa, unda holatlar: o‘ng qo‘l yon tomonga, tayoqcha
yuqoriga qaratiladi, deb yoziladi. Òayoqcha tutishning  boshqa usullari
qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladi. Masalan,  tayoqcha o‘ng uchi ko‘tarilib,
yelka oldida yoki  tayoqchaning o‘ng uchi ko‘tarilib ko‘krakda tutish.
Arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlardagi
asosiy atamalar
Hakkalash
 — turgan joyida yoki harakatda salgina sakrab qo‘yish;
qo‘shhakkalash
 — ikki marta prujinasimon hakkalash, birinchisi
asosiy,  ikkinchisi  qo‘shimcha.
Sirtmoqli hakkalash
 — o‘ng oyoqdan chap oyoqqa hakkalash,
ikki aylantirib hakkalash, oyoq almashlab hakkalash, arg‘amchini
sherigiga berib hakkalash va boshq.


55
Jihozlarda bajariladigan mashqlar atamalari
Òutish
  —  jihozni  ushlash  usuli.  Òutishning  quyidagi  turlari
bor: ustidan tutish, ostidan tutish, turlicha tutish, teskari tutish,
chalishtirma  tutish,  keng  tutish,  tor  tutish,  jiðs  tutish,  chuqur
tutish, tutish so‘zi qisqartirish qoidasiga binoan tushirib qoldiriladi.
Osilish
 —  jihozda shug‘ullanuvchining yelkasi tutish nuqtasidan
past  bo‘lgan holat. Osilishning quyidagi turlari bor: oddiy osilish,
bunda jihoz tananing bir muayyan qismi ko‘pincha qo‘l bilan tuti-
ladi, 
aralash  osilish
  —  bunda  gavdaning  yana  biron  qismidan
qo‘shimcha tayanish uchun foydalaniladi.
Oddiy osilish:
 osilish, qo‘llarni bukib osilish, bukilib osilish,
kerishib osilish va shu kabilar.
Aralash  osilish:
  cho‘qqayib  osilish,  turgan  holatdan  osilish,
yotib osilish, turib osilish.
Òayanish 
— shug‘ullanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan
yuqori  bo‘lgan holat. Òayanishlar oddiy va aralash bo‘ladi. 
Oddiy
tayanishlar:
 tayanish, bilaklarga tayanish, qo‘llarga tayanish, bukilib
qo‘ltiqlarga tayanish, orqadan tayanish, burchakli tayanish.
Aralash tayanish:
 o‘ng oyoqqa cho‘qqayib tayanib, chap oyoqni
orqaga uzatish yoki orqaga uzatib oyoq uchini qo‘yish, gavdani
bukib qo‘llarga tayanib yotib, chap oyoqni orqaga uzatish va shu
kabilar.
O‘tirish 
—  jihozda o‘tirgan holat. O‘tirishning quyidagi turlari
bor: qo‘shpoyalarda oyoqlarni kerib o‘tirish, sonda o‘tirish va boshq.
Vositalar bilan bajariladigan mashqlarning boshlanishini quyi-
dagi  atamalar  bilan  ta’riflash  mumkin:  sakrab,  yugurib  kelib,
osilib turib, tayanib turib, qo‘llarda tayanib o‘tirish va shu kabilar.
Ko‘tarilish
 — osilib  turishdan tayanishga yoki pastroq tayanish-
dan yuqoriroq tayanishga o‘tish. Ko‘tarilishning quyidagi turlari
bor:  galma-gal  kuch  bilan  ko‘tarilish,  kuchlanib  ko‘tarilish,  bir
oyoqni  siltab  to‘ntarilib  ko‘tarilish,  oyoqda  ko‘tarilish,  har  ikki
oyoqda  ko‘tarilish, gavdani rostlab ko‘tarilish va boshq.
Pastga tashlanish
 — ko‘tarilishga teskari harakat. Asta-sekin
tashlanishning pastga tushishi.
Aylanish 
— gimnastikada tayanishdan boshlab, jihoz o‘qi atro-
fida  aylanma  harakatlanish.  Aylanishning  quyidagi  turlari  bor:
oyoqlarni kerib tayanishdan oldinga aylanish, tayanishdan oldinga
yoki orqaga aylanish, katta aylanish.


56
Burilish 
— gavdaning tik o‘qi atrofida harakatlanishi. Burilishning
quyidagi turlari bor: oldinga siltanib burilish, orqaga siltanib burilish,
oyoqni osmonga ko‘tarib turib burilish va  boshq.
Oyoqni osmonga uzatib turish
 — sportchining tanasining biron
qismiga  tayanib,  oyoqlarini  yuqoriga  uzatgan  tik  holat.  Bunday
turishning quyidagi turlari bor: yelkada, qo‘llarda, bir qo‘lda va
boshq.  Uni  ijro  etish  usullari:  kuchanib,  siltanib,  bukilib,  keri-
shib va shu kabilar.
Òebranish 
— aylanish o‘qiga nisbatan erkin harakatlanish, ijro
usullari:  kuch  bilan,  bukilib,  sakrab  bajarish.  Bir  necha  bor
siltanish — tebranish deyiladi.
Yoysimon tebranish 
— tayanishdan yoysimon harakat qilib osi-
lishga o‘tish.
Uchish 
—  shug‘ullanuvchining asbob bilan birgalikda tebranma
harakat qilishi. Bir necha bor uchish uchib turish deyiladi.
Qo‘l orasidan aylanish
 — muayyan holatdan yelka bo‘g‘inini
buraltirib, gavdaning yotiq o‘qi atrofida aylanish. Bunday aylanish
yo‘nalishiga qarab oldinga va  orqaga  bo‘lishi mumkin. Zarurat bo‘lsa,
qanday  tebranish  yordamida  bajarilishi  ko‘rsatiladi,  siltanish
harakatlarini  belgilash  uchun  quyidagi  atamalar  ishlatiladi:
O‘tkazish
  —  oyoqni  vositalar  ustidan  harakatlantirish.
Aylanish
 — oyoqni yaxlit harakatlantirish, aylanishning quyida-
gi turlari bo‘ladi: o‘ng oyoqda aylanish, o‘ng oyoqdan chapga ayla-
nish, chapdan orqaga aylanish, o‘ngdan orqaga aylanish, burilib
aylanish va boshq. Oyoqlarni bukmay jiðslashtirib bajariladigan
aylanish, ko‘ndalang aylanish, kerishib aylanish va shu kabilar.
Chalishtirish 
— oyoqlarni bir-birining o‘rniga qarama-qarshi
o‘tkazish. Bunday oddiy o‘tkazishni qisqa qilib chalishtirish deyiladi.
Chalishtirishning turlari esa kerakli aniqlik kiritib ataladi. Masalan,
oyoqlarni bukib chalishtirish, teskari chalishtirish, burilib chalish-
tirish va boshq.
Kirish
 — jihoz yonida dastlabki holatda turgan gimnastning
tayanch  qo‘li  atrofida  aylana  yasab  burilib,  dastaklarga  tayanib
qolishini ko‘rsatuvchi atama. Bu mashq bir oyoqda aylana yasab
bajarilishi ham mumkin.
O‘tish
 —  ijrochining jihozlarda qo‘llarni ko‘chirib tutib, o‘ng
yoki chap tomonga siljishi.
Chiqish
 – kirishga teskari harakat qilib, boshqa qismga o‘tish.


57
Uchib  o‘tish
  —  gimnast  qo‘llarini  qo‘yib  yuborib,  jihozning
ikkinchi  tomoniga,  shuningdek,  bir  jihozdan  ikkinchisiga  yoki
qo‘shpoyaning bir yog‘ochidan ikkinchisiga ko‘chishi.
Sakrab  tushish
  —  gimnastika  jihozlarida  osilib  yoki  tayanib
turgan holatdan yerga sakrab tushish. Sakrab tushishning  oldinga
tebranib,  orqaga  tebranib,  oldinga  yoki  orqaga  siltanib  burilib,
yoysimon,  aylanib,  to‘ntarilib,  qo‘llarning  orasidan  salto  kabi
turlari mavjud.
Sakrash 
— oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz qilib,
ma’lum masofadan yoki to‘siqdan o‘tish.
Òayanib sakrash
  —  qo‘llarda  qo‘shimcha  tayanib  bajariladi.
Òayanib  sakrashning  oyoqlarni  bukib  sakrash,  oyoqlarni  kerib
sakrash,  yonlama  sakrash,  burchakli  sakrash,  to‘ntarilib  sakrash
kabi turlari bor.
Silkinish
  –  depsingandan  keyin  oyoqlarni  orqaga  dastlabki
siltash.
Akrobatik mashqlar atamalari
Dumalash 
—  tayanchga  birin-ketin  qo‘l  tekkizib  gavdani
aylantirish. Dumalashning quyidagi turlari bor: oldinga dumalash,
yonga dumalash, aylanma dumalash,  orqaga bukilib dumalash.
G‘ujanak  bo‘lish
  —  gavdaning  buklangan  holati  (tizzalar
yelkalarga tortilgan, iliklarni tutgan qo‘llarning tirsaklari biqinlarga
yopishgan).  G‘ujanak  bo‘lishning  yotib,  o‘tirib  va  cho‘qqayib
bajarish kabi  turlari bor.
Umbaloq oshish
 — gavdaning avval tayanib, ketma-ket bosh
orqali  to‘ntariladigan  aylanma  harakati.  Umbaloq oshishning
oldinga, qo‘llarga va chap oyoqni siltab, qo‘llarni yonga tutgan
holdagi turlari mavjud. 1—2 va bir necha qadam yugurib, umbaloq
oshish  (yon  tomonga).
Jihozlarda  bajariladigan  mashqlarni  yozish. 
Jihozlarda
bajariladigan mashqlarni  yozganda jihozning nomini yozishdan
tashqari quyidagilarni ham ko‘rsatish shart:
1. Dastlabki holat (osilishdan,  tayanishdan,  sakrab,  yugurib
kelish)  yoki  birinchi  elementdan  oldin  bajariladigan  harakat
(tebranish,  chayqalish).
2. Harakat nomi (ko‘tarilish, tashlanish, uchib o‘tish. Aylanish,
yelkadan  aylanish).
3. Bajarish usuli (keskin yozilib, yoysimon oldinga tebranib,
to‘ntarilib).


58
4. Harakat yo‘nalishi (chapga, orqaga).
5. Agar harakatning o‘zidan ko‘rinib turmasa, oxirgi d.h. (osi-
lish,  orqaga tayanish).
Masalan,  past  qo‘shpoyada.  Bilaklarda  tayanib  tebranish  —
orqaga tebranib ko‘tarilish, oldinga tebranib, burchak hosil qilib
sakrab tushish.
Òananing  alohida  a’zolari  bilan  bajariladigan  harakatlarni
yozganda, ularni bir-biridan vergul bilan ajratish kerak. Masalan,
baland-past qo‘shpoyalarning pastki yog‘ochiga yotib osilishdan
chapga  burilib,  chap  songa  o‘tirish,  o‘ng  qo‘l  yonga,  bosh  esa
o‘ngga buriladi va boshq.
Jihozlardagi turli holatlarni tartib bilan yozayotganda asosiy
elementlar (birikmalar) chiziqcha — tire bilan ajratiladi. Masalan,
yakkacho‘pda: gavdani keskin yozib ko‘tarilish — orqaga aylanish,
yoysimon siltanib chapga  orqaga burilib, har xil ushlab osilib qolish
va  boshq.
Majburiy    mashqlarni  (musobaqa  uchun)  yozishda  har  bir
element yoki birikmani yangi qatordan (xatboshidan) yozib bori-
ladi, ularning o‘ng tomonida esa uning nisbiy murakkabligi ko‘r-
satiladi,  masalan,  «ot»da:
— sakrab o‘ng oyoq  bilan aylanish — 2,5 marta;
— chap  oyoq bilan o‘ngga aylanish — 2,5 marta va shu kabilar.
Jihozlarga tegib, siltab o‘tishlarni tasvirlashda «tegib» (tekkizib)
so‘zi, tekkizmay siltab o‘tishda esa «ustidan» so‘zi qo‘shiladi. Masalan,
qo‘shpoyalarda: keskin yozilib ko‘tarilish — orqaga tebranganda o‘ng
oyoq, o‘ng poyaga tekkizib siltab o‘tish — orqaga tebranganda chap
oyoq bilan chap poya ustidan siltab o‘tish va burchak hosil qilib,
ushlab turish va shu kabilar. Ikki yoki undan ortiq qo‘sh elementlarni
«va»  bog‘lovchisi  bilan,  ikki  harakat  birga  bajarilganda  esa  «ib»
qo‘shimchasi  bilan  yoziladi.  Masalan,  yakkacho‘pda:  o‘ng  oyoq
bilan ko‘tarilish va chapdan orqaga burilib, orqaga aylanish — chap
oyoqni siltab o‘tib orqaga tashlanib, bukilib osilish va  orqaga burila-
yotib, gavdani keskin yozib, orqa bilan tayanish holatiga ko‘tarilish.
Fikrni qisqa va ixcham ifodalash maqsadida ayrim aniqlov-
chilarni tushirib qoldirish mumkin. Shuningdek, yaxshiroq tushu-
nishning iloji  bo‘lmasa, yuqorida ko‘rsatilgan izchillikda yozish
shart  emas.  Masalan,  yakkacho‘pda:  yoysimon  tebranib  turib,
orqaga ketgan paytda aylanib sakrab tushish. Shu maqsadda bir
qancha sakrab tushishlar va sakrashlarni bir so‘zli atamalar bilan
ifodalash qulay. Masalan, salto, to‘ntarilish, «uchish» va boshq.


59
Akrobatika  mashqlarini  yozish.
  Akrobatika  mashqlarini  yoz-
ganda,  ayrim  xususiyatlarni  hisobga  olib,  quyida  ko‘rsatilgan
qoidalar  qo‘llaniladi:
1. Òo‘liq  to‘ntarilishga yetmaydigan elementlarni (masalan,
umbaloq  oshishlar)  bajarganda  oxirgi  holatni  ko‘rsatish  kerak.
Masalan,  yotib  tayanish  holatidan  oldinga  umbaloq  oshib,
ko‘krakda tik turish.
2. Ba’zan bir holatdan ikkinchisiga o‘tishni maxsus atama orqali
ifodalash talab etilmaydi. Masalan, o‘ng (chap) oyoqda muvozanat
saqlashdan,  boshda  tik  turish  yoki  qo‘llarda  tik  turishdan  va
boshqalardan.
3. Sportchining u yoki bu belgidan (harakatdan) keyingi holati
navbatdagi  elementning  bajarilish  usulini  belgilaydi.  Masalan,
tizzalarda tik  turishdan oldinga dumalab, bir yelkada tik turish
yoki cho‘qqayib tayanishdan  orqaga dumalab, ko‘krakda tik  turish
va shu kabilar.
4. Oxirgi holat faqat harakat davomida aniq  aytilmasa,  yoziladi.
Akrobatik mashqlar
44-rasm
.
Qo‘llarda turish.
45-rasm
. Oldinga
to‘ntarilish.
46-rasm.
 Orqaga
to‘ntarilish.
 47-rasm.
 Yonga
to‘ntarilish.
48-rasm.
«Ko‘prik».
49-rasm.
 Bir
qo‘lda «ko‘prik».
50-rasm.
 Bir
oyoqda «ko‘prik».
51-rasm. 
Bilak-
larda «ko‘prik».


60
Badiiy gimnastika  mashqlarini yozish
. Badiiy gimnastika mashq-
larini yozganda, erkin mashqlar uchun belgilangan qoidalardan foyda-
laniladi. Undan tashqari, badiiy gimnastikaga oid xususiyatlarni hisobga
olgan holda quyidagilarni: chunonchi, harakat xarakteri, uning ba’zi
nozik jihatlari dinamikasi va ta’sirli tomonlarini ko‘rsatish lozim  bo‘ladi.
Badiiy gimnastika mashqlari
52-rasm.
Òeskari
«ko‘prik».
53-rasm
.
Oyoqlarni
yonga yoyish.
54-rasm.
O‘ng tomonga
yoyish.
55-rasm.
 O‘ng
oyoq, o‘ng qo‘lni
oldinga yoyish.
56-rasm.
 «Yarim-
shpagat» (yarim-
yoyish).
57-rasm.
 Ortga
salto (ortga
umbaloq
oshish).
58-rasm.
 Kerishib
salto (kerishib
umbaloq
oshish).
59-rasm.
 Siltanib
salto (umbaloq
oshish).
60-rasm.
Oyoqlarning
birinchi
holati.
61-rasm.
Oyoqlarning
ikkinchi
holati.
62-rasm.
Oyoqlarning
uchinchi
holati.
63-rasm.
Oyoqlarning
to‘rtinchi
holati.
64-rasm.
Oyoqlarning
beshinchi
holati.


61
 
66-rasm.
 Gavdani
to‘lqinlashti-
rish  harakati.
67-rasm.
 Oyoq uchiga
ko‘tarilishdan
boshlab yurish.
 68-rasm.
 Òashlanib-
tashlanib
yurish.
69-rasm.
 Hakkalab yurish.
70-rasm.
 Lo‘killab yurish.
a
b
d
e
 
65-rasm.
 Qo‘llar holati: 

– tayyorlanish holati — qo‘llar pastga, tirsakdan
kaftgacha oldinga yarim doiraga qaratilgan bosh barmoq kaftning ichida;

– birinchi holat — shuning o‘zi, lekin qo‘llar oldinga; 
d
 – ikkinchi holat —
qo‘llar oldinga, yonga, tirsak va kaft bo‘g‘imlarida oldinga qaratilgan, kaft
oldinga, ichkariga; 
e
 – uchinchi holat — qo‘llar oldinga, yuqoriga, tirsak va
kaft bo‘g‘inlarida yarim doira qilib, kaft ichkariga. Bu mashqlardan hosil
bo‘lganlari pastki qatorda.


62
Umumlashtiruvchi  yozuv: 
bu  usuldan  harakat  aniqligi  talab
etilmaganda,  shuningdek,  darslik  va  boshqa  dasturlarda  faqat
gimnastika  mashqlarining  mazmunini  ifodalash  (sanab  chiqish)
zarur    bo‘lgan  hollardagina  foydalaniladi.  Masalan,  dasturlarda
quyidagilarni ko‘rsatish kifoya, ya’ni tayanish va  orqaga tayanishdan
bir tomonga va qarama-qarshi tomonga tebranib o‘tishlarni (ularning
barcha xillarini ifodalamasdan).
Chizmali tartibda yozib borish
 mustaqil va yordamchi ahamiyatga
ega bo‘lishi mumkin. Chiziq bilan (chiziqchalar) yozish, yarim-
konturli va konturli yozuv qo‘llaniladi. Birinchisi eng qulayidir.
U  ko‘rgazmali  va  tejamli.  Bunday  yozuvning  qulayligi  gimnas-
tikaning kundalik amaliy ishida qo‘l keladi.
Aniq  atamali  yozuv.
  Atama  qoidalariga  amal  qilib,  har  bir
mashqni aniq ifodalashni nazarda tutadi.
Qisqartirilgan yozuv. 
Ma’ruza matnlar tuzayotganda sinov va
boshqa  mashqlarni yozayotganda qo‘llaniladi. Bunday paytlarda
71-rasm
. Shpagatsimon
sakrash.
72-rasm.
 Oyoqni siltab ortga
bukilib sakrash.
73-rasm.
 Òashlanib
sakrash.
74-rasm.
 Yarim-
halqa sakrash,
o‘ng oyoq bilan.
75-rasm.
Halqasimon
sakrash.
76-rasm.
Yopiq
sakrash.
77-rasm.
 Ochiq
sakrash.


63
atamalar  qisqartirilib  yoziladi  (ya’ni  shartli  qisqartmalar  qo‘lla-
niladi). Masalan, 
be
—belgi; 
birik
—birikma; 
ifo
—ifodalash; 
ush
—
ushlab turish; 
yu
/
p
—yuqoridagi poya va boshq.
Mashqlarning soni va hisoblar yaqqol ko‘zga tashlanishi uchun
birinchilarini rim raqami, ikkinchilarini esa arab raqamlari bilan
ifodalash  afzalroq.
Hozirgi vaqtda gimnastikada kino-videodan foydalanilmoqda.
Plyonkaga tasnifiy dastur, Jahon birinchiligi va Olimpiada o‘yinlari
suratga tushirib olinadi. O‘quv-mashg‘ulot jarayonida video yor-
damida yetakchi sportchilarning  mashqlarni bajarish tasviri suratga
olinadi,  so‘ngra  tasvirga  qarab,  uning    bajarilganlik  sifati  tahlil
qilinadi.
Hozir  foydalanilayotgan  gimnastika  atamalarini  u  yoki  bu
mashq xususiyatini yorqin ifodalaydigan aniq qisqa so‘zlar —  ata-
malar bilan boyitish zarur. Bunday oson esda  qoladigan atamalar
yordamida sport ishlarini  yaxshiroq yo‘lga qo‘yish mumkin.
Òurishlar: 
asosiy turish (a.t.)lar saf turishiga mos keladi (78-
a
 rasm).
Òurishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish (78-
b
 rasm),
oyoqlarni keng kerib turish (78-

rasm), o‘ng oyoqni kerib turish
(78-
e
  rasm), chalishtirib turish (78-

rasm), bunda oyoq kaftlari
juftlanadi, o‘ng (chap) oyoqda erkin turish.
Oyoqlar  uchida  turishda  «oyoq  uchida  (uchlarida)»  so‘zlari
qo‘shiladi.  Òizzalarda  turishdan  (shuningdek,  o‘tirish,  yotish  va
boshqa holatlardan) oyoqlarni to‘g‘rilab turishga o‘tish «tik turish»
atamasi bilan belgilanadi.
78-rasm.
a
b
d
e
f
g


64
O‘tirishlar 
— yerda yoki gimnastika jihozlarida o‘tirish holatlari.
O‘tirishning quyidagi turlari bor: o‘tirish  (79-
a
 rasm), oyoqlarni
kerib o‘tirish (79-
b
 rasm), burchakli o‘tirish (79-
d
 rasm), oyoq-
larni kerib burchakli o‘tirish, bukilib o‘tirish (79-
e
 rasm), oyoqlarni
quchoqlab  o‘tirish  (79-

rasm),  tovonlarda  yoki  o‘ng  tovonda
(79-
g
 rasm) o‘tirish, sonda o‘tirish va boshq.
Cho‘qqayish
  —  shug‘ullanuvchining  oyoqlari  bukilgan  holat
(80-
a
  rasm),  yarimcho‘qqayish  (80-
b
  rasm),  do‘ngsimon
cho‘qqayish,  do‘ngsimon  yarimcho‘qqayish  (80-
d
  rasm),  ortga
engashib  yarimcho‘qqayish  (80-

rasm),  engashib  yarim-
cho‘qqayish va bu «suzuvchi starti» deb ham yuritiladi (80-

 rasm),
o‘ng yoki chap oyoqda yarimcho‘qqayish, o‘ng (80-

rasm)  yoki
chap oyoqda cho‘qqayish va boshq.
Òashlanish
  —  tayanch  oyoqni  bir  tomonga  tashlab  bukish
harakati yoki undan keyin hosil bo‘lgan holat (81-
a
 rasm), og‘ir
tashlanish (81-

rasm), o‘ngga tashlanib engashish (81-
d
 rasm),
qattiq  tashlanish  (81-

rasm),  qaysi  oyoq    tomonga  tashlanishi
ko‘rsatilgan tomonning teskari tomoniga tashlanish, masalan, chap
oyoqdan o‘ngga tashlanish (81-

rasm).
b
a
d
e
f
g
79-rasm.
a
b
d
e
f
g
80-rasm.


65
Òayanishlar
  —  yelkalar  tayanch  nuqtasidan  yuqori  bo‘lgan
holatlar. Òayanishning quyidagi turlari bor: cho‘qqayib tayanish
(82-
a
 rasm), o‘ng tizzaga tayanish (82-
b
 rasm), o‘ng tizza bilan chap
qo‘lga tayanish va chap tizza bilan o‘ng  qo‘lga tayanish, tik bukilib
tayanish (82-
d
 rasm), bilaklarga tayanib yotish (82-
e
 rasm), orqa-
dan tayanib yotish (82-
f
 rasm) va h.k.
Qo‘l va oyoq harakatlari
. Qo‘l va oyoq harakatlari bir vaqtda,
galma-gal, ketma-ket, shuningdek, o‘ng qo‘l o‘ng tomonga, chap
qo‘l chap tomonga, buning teskarisi, parallel (ikki qo‘l bir tomonga),
simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi mumkin. Ular asosiy va oraliq
tekisliklarda qo‘llarni bukmay va bukib bajariladi. Qo‘llar bukilganda
atamaga «bukish» so‘zi qo‘shiladi. Masalan, qo‘llarni bukib, orqaga
uzatish (83-
a
 rasm), qo‘llarni bukib, yon tomonlarga uzatish (83-
b
rasm) va h.k. Oyoqlarni bukishda ham shu atama ishlatiladi. Masalan,
o‘ng oyoqni bukish (83-

rasm), o‘ng oyoqni bukib, oldinga  uzatish
a
b
d
e
f
81-rasm.
a
b
d
e
f
82-rasm.
a
b
d
e
f
g
83-rasm.


66
(83-

rasm),  o‘ng  oyoqni   bukib  orqaga  uzatish  (83-
f
 rasm), o‘ng
oyoqni yon tomonga bukish, o‘ng oyoqni bukib tizzani bir tomonga
(o‘ngga,  chapga)  uzatish  (83-
g
  rasm).
Qo‘llarning  dastlabki  holati:
  qo‘llar  belda,  yelkada,  bosh
ortida,  orqada,  ko‘krak  oldida,  chalishtirilgan  (qaysi  biri  ustida
ekani ko‘rsatiladi) va h.k.
Gavdaning  bo‘shliqdagi  holati  qanday  bo‘lmasin,  qo‘l  va
oyoqlarning  harakati  gavdaga  nisbatan  ta’riflanadi.  84-rasmda
qo‘llarning quyidagi harakatlari ko‘rsatilgan: 
a
—o‘ng qo‘lni pastga;
b
—o‘ng qo‘lni pastlatib yon tomonga; 
d
—o‘ng qo‘lni yon tomonga;
e, f
—qo‘l yuqoriga; 
f, g
—qo‘llar  yuqoriga; 
d,i
 —qo‘llar yonga;
h
—chap qo‘lni yuqoriga; 
i
—chap qo‘lni  yon tomonga; 
j
—chap
qo‘lni pastdan yon tomonga;
 k
—chap qo‘lni pastga; 
a, k
—qo‘llar
pastga.
85-rasmda oyoqlar holati ko‘rsatilgan (yon tekislikda): 
a
—ol-
dinga  uchiga; 
b
—pastdan  oldinga; 
d
—oldinga; 
e
—yuqoridan
oldinga; 
f
—orqalatib uchiga; 
g
—pastdan orqaga; 
h,d
—pastga.
86-rasmda harakat yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Old yuzalikda:
a
—pastga; 
b
—yuqoriga; 
d
—ichkariga; 
e, f
— tashqariga. Yon yuza-
likda: 
a
—oldinga; 
b
—pastga; 
d
—yuqoriga; 
e
—oldinga; 
f, g
—orqaga.
Gorizontal  yuzalikda: 
a
—ichkariga; 
b
—tashqariga: 
d
—oldinga;
e
—orqaga; 
f
—oldinga; 
g
—orqaga.
Doira 
 — qo‘l, oyoq, boshni aylana bo‘ylab harakatlantirish,
shuningdek,  oyoqlar  (oyoq)ni  jihozlar  ustidan  aylantirish.
Engashish
 — gavdaning bukishini bildiradigan atama.
84-rasm.
85-rasm.
a
b
d
e
f g
h
i
a
j
k
a
b
d
e
f
g
h


67
Engashishning quyidagi turlari bor: to‘la engashish (87-
a
  rasm),
kerishib  engashish  (87-
b
  rasm),  yarimengashish  (87-
d
  rasm),
pastga oldinga engashish (87-
e
 rasm), orqaga engashib yerga yetish
(87-
f
  rasm),  oyoqlarni  keng  ochib  engashish  (87
-g
  rasm),
quchoqlab  engashish  (87-
h
  rasm).
Muvozanat
  —  shug‘ullanuvchining  bir  oyoqda  turgandagi,
shuningdek,  osilib  yoki  tayanib  turgandagi  gorizontal  holati.
Muvozanatning  quyidagi  turlari  bor:  o‘ng  oyoqda  (88-
a
  rasm),
engashib  muvozanat  saqlash  (88-
b
  rasm),  yonlama  (88-
d
  rasm),
86-rasm.
a
b
d
e
f
a
b
d
e
f
g
a
b
d
e
f
g
g
f
e
d
b
Old yuzalikda
Yon yuzalikda
Gorizontal
yuzalikda
87-rasm.
a
b
d
e
f
g
h
88-rasm.
a
b
d
e
f
g
h


68
ortga — orqaga engashib (88-
e
 rasm), frontal (88-

rasm), oyoqni
ushlab  (88-
g
  rasm),  shpagat  holatida  (88-
h
  rasm)  muvozanat
saqlash.
Gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarga nom berishda
jihozning holati (uning yo‘nalishi) va o‘tadigan yo‘li asosiy belgi
bo‘ladi.
Gimnastika tayoqchasi bilan bajariladigan mashqlardagi asosiy
holatlar: tayoqcha pastda (89-
a
 rasm), tayoqcha ko‘krakda  (89-
b
rasm), tayoqcha oldindan yuqorida  (89-
d
 rasm), tayoqcha bosh
ustida, bosh ortida, ko‘kraklarda va h.k.
Òayoqcha  bilan  bajariladigan  mashqlardagi  nosimmetrik
holatlarni mana bunday ifodalash mumkin: tayoqcha yelka oldida
(89-
e
  rasm),  tayoqcha  boshning  yoki  yelkaning  o‘ng  tomonida
(89-
f
 rasm), tayoqcha bosh ortida va h.k.; tayoqcha bilan qo‘l to‘g‘ri
chiziq  hosil qilib turmasa, unda holatlar  bunday  ataladi: o‘ng
qo‘l yon tomonga, tayoqcha yuqoriga  (89-
g
 rasm). Òayoqchani
ushlashning  boshqa  usullari  qo‘shimcha  ko‘rsatiladi.  Masalan,
tayoqchaning o‘ng uchi ko‘tarilib, yelka oldida yoki tayoqchaning
o‘ng uchi ko‘tarilib, ko‘krakda (89-
h
 rasm).
Arg‘imchoq bilan bajariladigan mashqlardagi
asosiy atamalar
Sakrash 
—  turgan  joyida  yoki  harakatlanib  salgina  sakrab
qo‘yish;  qo‘shaloq  sakrash,  ikki  marta  prujinasimon  sakrash,
birinchisi asosiy, ikkinchisi qo‘shimcha (kichikroq ko‘lamda).
Sirtmoqli  sakrash
  (90-
a
  rasm),  o‘ng  oyoqdan  chap  oyoqqa
sakrash (90-
b
 rasm).
Arg‘imchoqni  ikki  aylantirib  sakrash  (bir  sakrashda  arg‘im-
choqni ikki marta aylantirish), oyoqni almashtirib sakrash (90-
d
rasm), arg‘imchoq bilan sheriklari yordamida sakrashlar va h.k.
89-rasm.
a
b
d
e
f
g
h


69
3.5. Gimnastika jihozlarida bajariladigan
mashqlarning  atamalari
Òutish 
— gimnastika jihozida ushlash usuli. Òutishning quyidagi
turlari bor: ustdan tutish, ostdan tutish, turlicha tutish, teskari tutish,
chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jiðs tutish, chuqur tutish.
Òutish so‘zi qisqartirish qoidasiga binoan, odatda, tushirib qoldiriladi.
Osilish 
— gimnastika jihozida shug‘ullanuvchining yelkalarini tutish
nuqtasidan past bo‘lgan holat. Osilishning quyidagi turlari bor:
• 
oddiy osilishlar — bunda jihozni gavdaning qaysidir bir qismi
bilan  (ko‘pincha,  qo‘l  bilan)  tutiladi;
• 
aralash osilishlar — bunda gavdaning yana biron qismi (oyoq,
oyoqlar va qo‘llar)dan qo‘shimcha tayanish uchun foydalaniladi.
Oddiy  osilish:  qo‘llarni  bukib  osilish,  bukilib  osilish  (91-
a
rasm), kerishib osilish (91-
b
 rasm) va h.k.
Aralash osilish: cho‘qqayib osilish (92-
a
 rasm), turgan holatdan
bukilib osilish (92-
b
 rasm), yotib osilish (92-
d
 rasm), turib osilish
(92-
e
 rasm). Boshqa holatlar aniqlik kiritib bayon qilinadi. Masalan,
bukilgan oyoqlarda osilish (92-
f
 rasm).
a
b
d
90-rasm.
91-rasm.
92-rasm.
a
b
a
b
d
e
f


70
Òayanish 
—  shug‘ullanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan
yuqorida bo‘lgan holat. Òayanishlar oddiy va aralash bo‘ladi.
Oddiy  tayanishlar:  tayanish,  bilaklarga  tayanish,  qo‘llarga
tayanish, bukilib yelkalarga tayanish (93-
a
 rasm),   orqadan  tayanish
(93-
b
 rasm), burchakli tayanish (93-
d
 rasm). Òayanishdagi o‘z-
o‘zidan tushunarli holatlarda «burchak» so‘zining o‘zi kifoya qiladi.
Masalan,  (qo‘shpoyalarda)  orqaga  siltanib  ko‘tarilish-oldinga
siltanib burchak yoki o‘ng oyoqni (o‘ng tomondagi) poya ustidan
o‘tkazib burchak hosil qilish va h.k., oyoqlarni tashqariga kerib
tayanish (93-

rasm) va h.k.
Aralash  tayanishlar:  o‘ng  oyoqda  cho‘qqayib  tayanib,  chap
oyoqni orqaga uzatish yoki orqaga uzatib uchini qo‘yish (94-
a
  rasm),
bukilgan  qo‘llarga  tayanib  yotib,  chap  oyoqni  orqaga  uzatish
(94-
b
 rasm), oyoqlarni kerib turib tayanish (94-
d
 rasm) va h.k.
O‘tirish
 — jihozda o‘tirgan holat. O‘tirishning quyidagi turlari
bor: qo‘shpoyalarda oyoqlarni kerib o‘tirish (94-
e
 rasm), sonda
o‘tirish (94-
f
 rasm) va h.k.
93-rasm.
a
b
d
e
94-rasm.
a
b
d
e
f
Jihozlarda bajariladigan mashqlarning boshlanishini quyidagi
atamalar  bilan  ta’riflash  qabul  qilingan:  sakrab,  yugurib  kelib,
osilib turib, tayanib turib, qo‘llarda tayanib turib va h.k. Ayrim


71
hollarda  ixchamlashtirish  maqsadida  bevosita  boshlang‘ich
harakatning (birinchi belgining) nomi aytiladi. Masalan, tebranib
turish (yakkacho‘pda) va gavdani rostlab ko‘tarish—orqaga aylanish.
Ko‘tarilish 
— osilib turishdan tayanishga yoki pastroq taya-
nishdan  yuqoriroq  tayanishga  o‘tish  (harakatni  boshni  oldinga
qaratgan  holda  bajariladi).  Ko‘tarilishning  quyidagi  turlari  bor:
galma-gal kuchanib ko‘tarilish (95-
a
 rasm), kuchanib ko‘tarilish
(95-
b
 rasm), bir oyoqni silkitib to‘ntarilib ko‘tarilish (95-
d
 rasm),
siltanib to‘ntarilib ko‘tarilish, kuchanib to‘ntarilib ko‘tarilish, o‘ng,
(chap) oyoqda ko‘tarilish, har ikki oyoqda ko‘tarilish (95-
e
 rasm),
gavdani rostlab ko‘tarilish va h.k.
Pastga tashlanish 
— ko‘tarilishga teskari harakat. Asta-sekin
tashlanishni pastga tushish, deb aytish qabul qilingan.
Aylanish
 — gimnastning tayanishdan boshlanib, jihoz (yakka-
cho‘p, xoda va h.k.) sport jihozi o‘qi atrofida aylanma harakatlanishi.
Aylanishning  quyidagi  turlari  bor:  oyoqlarni  kerib  tayanishdan
oldinga (ortga) aylanish, tayanishdan oldinga yoki orqaga aylanish,
katta aylanish.
Burilish 
—  gavdaning  vertikal  o‘q  atrofida  harakatlanishi.
Burilishning quyidagi turlari bor: oldinga siltanib burilish, orqaga
siltanib burilish, oyoqni yuqoriga ko‘tarib burilish va h.k.
Oyoqni  osmonga  qilib  turish
  —  gimnast  gavdasining  biron
qismiga  tayanib,  oyoqlarini  yuqoriga  uzatgan  tik  holat.  Bunday
turishning quyidagi turlari bor: yelkada, qo‘llarda, bir qo‘lda va h.k.
Uni ijro etish usullari: kuchanib, siltanib, bukilib, kerishib va h.k.
95-rasm.
a
b
e
d


72
Òebranish
  —  aylanish  o‘qiga  nisbatan  erkin  harakatlanish.
Bajarish usullari: kuchanib, bukilib, sakrab. Bir necha bor siltanish
tebranish  deyiladi.
Yoysimon  tebranish
  —  tayanishdan  yoysimon  harakat  qilib
osilishga o‘tish.
Uchish 
— bu shug‘ullanuvchining jihoz (odatda, halqa) bilan
birgalikda  bir  marta  tebranma  harakat  qilishidir.  Bir  necha  bor
uchish,  uchib  turish  deyiladi.
Qo‘l orasidan aylanish 
— muayyan holatdan yelka bo‘g‘inini
buraltirib,  gavdaning  gorizontal  o‘q  atrofida  aylanishi.  Bunday
aylanish  yo‘nalishiga qarab, oldinga va orqaga bo‘ladi. Zarurat bo‘lsa,
mashqni qanday tebranish  yordamida bajarilishi ko‘rsatiladi.
Siltanish harakatlari (siltanishlar)ni belgilash uchun quyidagi
atamalar  ishlatiladi:
O‘tkazish
 — oyoq (oyoqlar)ni jihoz tepasidan harakatlantirish.
Doira 
— oyoq (oyoqlar)ni yaxlit (elliðssimon) harakatlantirish.
Doiraning  quyidagi  turlari  bo‘ladi:  o‘ng  oyoqda  doira,  o‘ng
oyoqdan chapga — doira, chapdan orqaga doira, o‘ngdan orqaga
doira,  burilib  doira  va  h.k.  Oyoqlarni  bukmay  jiðslashtirib
bajariladigan doira, ko‘ndalang doira, kerishib doira va h.k.
Chalishtirish 
— oyoqlarni bir-birining o‘rniga qarama-qarshi
o‘tkazish. Bunday o‘tkazishning oddiysini (qaysidir oyoq qarama-
qarshi tomonga o‘tkazilgandan keyin bajariladigani) qisqa bo‘lishi
uchun «chalishtirish» deyiladi. Chalishtirishning turlarini esa kerakli
aniqlik kiritib ataladi. Masalan, oyoqlarni bukib chalishtirish, teskari
chalishtirish, burilib chalishtirish va h.k.
Kirish 
—jihoz  yonida  dastlabki  holatda  turgan  gimnastning
tayanch  qo‘li  atrofida  doira  yasab  burilib,  dastaklarga  tayanib
qolishini ko‘rsatuvchi atama. Bu mashq bir oyoqda doira yasab
bajarilishi ham mumkin (qaysi oyoqda bajarilishi ko‘rsatiladi).
O‘tish 
— gimnastning jihozida (biron elementni bajarayotganda)
qo‘llarini ko‘chirib tutib, o‘ng yoki chap tomonga siljishi.
Chiqish 
— kirishga teskari harakat qilib (yog‘och otning) boshqa
qismiga o‘tish.
Uchib o‘tish 
— gimnastning qo‘llarini qo‘yib yuborib jihozning
bir  tomonidan  ikkinchi  tomoniga  (burchakli,  bukilib,  oyoqlarni
kerib va h.k.), shuningdek, bir jihozdan ikkinchisiga yoki qo‘sh-
poyaning bir yog‘ochidan ikkinchisiga ko‘chishi.
Sakrab qo‘nish
 — jihozda osilib yoki tayanib turgan holatdan
yerga sakrab qo‘nish. Sakrab qo‘nishning quyidagi: oldinga tebranib,


73
orqaga tebranib, oldinga yoki orqaga siltanib burilib, yoysimon,
aylanib, to‘ntarilib, qo‘llarning orasidan, salto va h.k. turlari mavjud.
Shuningdek, (tayanib turishdan va qo‘llarda turishdan) oyoqlarni
bukib, oyoqlarni kerib sakrab tushish.
Sakrash
 — oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz qilib
ma’lum masofadan (balandligiga, uzunasiga) yoki to‘siq (jihoz)dan
o‘tish.
Òayanib sakrash
 — qo‘llarda qo‘shimcha tayanib (turtki berib)
bajariladi. Òayanib sakrashning quyidagi: oyoqlarni bukib sakrash,
oyoqlarni  kerib  sakrash,  yonlama  sakrash,  burchakli  sakrash,
to‘ntarilib sakrash va h.k. turlari bor.
Silkinish
 — depsingandan keyin oyoqlarni orqaga  siltash.
3.6. Akrobatik mashqlarning atamalari
Yumalash
  —  tayanchga  birin-ketin  qo‘l  tekkizib  gavdani
aylantirish  (bosh  orqali  to‘ntarilmay).  Yumalashning:  oldinga
yumalash,  yonga  yumalash,  aylanma  yumalash,  orqaga  bukilib
(turgan  holatdan)  yumalash  singari  turlari  bor.
G‘ujanak  bo‘lish 
—  gavdaning  buklangan  holati  (tizzalar
yelkalarga tortilgan, iliklarni tutgan qo‘llarning tirsaklari biqinlarga
yopishgan).G‘ujanak  bo‘lishning  yotib,  o‘tirib  va  cho‘qqayib
g‘ujanak bo‘lish, shuningdek,  keng g‘ujanak bo‘lish turlari bor.
 Umbaloq oshish
 — gavdaning avval tayanib, ketma-ket bosh
orqali  to‘ntariladigan  aylanma  harakati.  Umbaloq  oshishning
quyidagi: oldinga umbaloq oshish, qo‘llarga tayanguncha uchish
fazasi  bo‘lgan  sakrab  umbaloq  oshish  (96-
a
  rasm),  ucha  turib
umbaloq oshish, burilib boshqa tomonga qarab qoladigan umbaloq
oshish,  orqaga  umbaloq  oshib,  tizzaga  tayanib  qolish  (96-
b
rasm), egilib orqaga umbaloq oshish, kerishib bir yelka tomondan
orqaga umbaloq oshish va h.k. turlari mavjud.
a
b
96-rasm.


74
Òo‘ntarilish
 — gavdaning bitta yoki ikkita fazasi bo‘lgan to‘liq,
aylanib  oladigan  (qo‘llarga  tayanib,  boshga  tayanib  yoki  ham
qo‘llarga, ham boshga tayanib) aylanma harakati. Òo‘ntarilishning
quyidagi: yonga to‘ntarilish, boshda turib to‘ntarilish, to‘ntarilib
bir oyoqda tushish, sakrab to‘ntarilish va shu singari turlari bor.
Orqaga  to‘ntarilish 
—  gavdaning  qo‘llarga    tayanib  orqaga
aylanadigan harakati.  Qo‘llarda,  boshda  turib  qolishgacha  aylanib
bajariladigan va boshqa xillari ham bo‘ladi.
Charxpalak
 — gavdaning uchish fazasisiz (qo‘llarga tayanib)
to‘liq, to‘ntarilib oladigan bir tekis  aylanma  harakati. Ikki oyoqdan
boshlab, yana ikki oyoqqa tushib, shuningdek, bir oyoqdan boshlab
va oyoqlarni almashib bajarilishi mumkin.
Rondat 
—  orqaga  burilib,  har  ikki  oyoqqa  tushadigan
to‘ntarilish.
Kurbet
 — qo‘llarda turib orqaga sakrab oyoqlarda tushish.
Gavdani yozib ko‘tarish
 — bukilib (kuraklarda) qo‘llarga tayanib
yotgan holatdan oyoqlarga sakrab turish. Sakrab o‘tirish, oyoqlarni
kerib  o‘tirish, tizzalarida turish ham bo‘ladi.
Gavdani yozib burilishda
 harakat gavdani yozib ko‘tarilishdan
boshlanib, to‘liq orqaga  burilib  tayanib yotib qolinadi (360° ga
burilish kerak bo‘lsa, u alohida ko‘rsatiladi).
Salto 
— gavdaning havoda erkin aylanishi. Saltoning quyidagi:
oldinga salto, siltanib salto (97 - 
a, b, d, e
 rasm), orqaga salto,
shuningdek, yarim burilib salto, burilib salto va h.k. turlari bor.
Shiddat  bilan  sakrash 
—  siltanuvchi  oyoqda  sal-pal  sakrab-
sakrab qo‘yadi. Bunda ikkinchi oyoq bukib oldinga uzatilgan, qo‘llar
yuqorida bo‘ladi. Sakrashli akrobatikada bog‘lovchi element sifatida
qo‘llaniladi.
«Ko‘prik» — tayanch nuqtasiga orqa o‘girib gavdaning maksimal
darajada egib bukilgan, yoysimon holati. «Ko‘prik»ning quyidagi
97-rasm.
a
b
d
e


75
turlari bor: «ko‘prik» (98-
a
 rasm), bir qo‘lda «ko‘prik» (98-
b
 rasm),
bir oyoqda «ko‘prik» (98-
d
 rasm), bilaklarda «ko‘prik» (98-
e
 rasm),
teskari «ko‘prik», masalan, chap oyog‘-u o‘ng qo‘lda va teskari
«ko‘prik» turish (98-
f
 rasm) va h.k.
Shpagat
 — oyoqlarni nihoyat darajada kerib o‘tirish (har ikki
oyoqni  butun  uzunasi  bo‘ylab  tayanchga  tekkizib  o‘tirish).
Shpagatning  quyidagi  turlari  qayd  etiladi:  shpagat  (99-
a
  rasm),
o‘ng (99-
b
 rasm), chap shpagat (o‘ng, chap deyilganda oldinga
uzatilgan oyoq nazarda tutiladi); o‘ng oyoq, o‘ng qo‘lni yoki chap
oyoq, chap qo‘lni oldinga uzatib (99-
d
 rasm) shpagat, engashma
shpagat va boshqa turlari bor.
Yarimshpagat
  —  shpagatga  o‘xshash,  ammo  oldindagi  oyoq
bukilgan holat (99-
e
 rasm), engashma yarimshpagat (99-
f
 rasm),
orqaga engashma shpagat va h.k.
99-rasm.
a
b
d
e
f
98-rasm.
a
b
d
e
f
Òurish
 — oyoqlarni yuqoriga uzatilgan tik holati. Òurishning
quyidagi: kuraklarda turish, boshda turish, qo‘llarda turish, qo‘llarda
turganda ularning orasi sal ochiq (qo‘llarning orasi yelka kengligining
yarmicha ochilgan bo‘ladi), keng ochiq, jiðs qo‘llarda, bir (o‘ng,
chap) qo‘lda turish mumkin. Òurishga chiqishning usullarini qisqacha
bunday  belgilash  qabul  qilingan:  kuchanib  (qo‘llar  tirsakdan,
oyoqlar  chanoq-son  bo‘g‘inidan  bukiladi);  dumalab  (qo‘llarga
birin-ketin tayanib aylanma harakat qilib); siltanib (o‘ng yoki chap
oyoq  bilan);  bukilib  (qo‘llar  bukilmaydi,  gavda  chanoq-son


76
bo‘g‘indan bukiladi); kerishib (qo‘llar bukilib, gavda egiladi); sakrab
(ikki qo‘lga tushiladi); orqaga to‘ntarilib turish  va h.k. turlari bor.
Ikki kishi va guruhda bajariladigan mashqlarda ham shu atamalar
ishlatiladi, lekin har bir gimnastning dastlabki va pirovard holati
(yuqoridagi akrobat gavdasining qaysi a’zosi bilan pastdagi akrobatga
tayanishi) ko‘rsatiladi. Masalan, songa tayanib chiqish, orqadan
chiqish yoki yotgan sherigining qo‘llarida yelkada turish, pastda-
gining tizzalarida turish va h.k.
Batutda bajariladigan mashqlarda maxsus atamalar qo‘llaniladi:
Sapchitish
 — to‘rning sakrab tushgan akrobatni qaytarishi.
Sakrama harakat
 (sur’at bilan sakrashlar) — akrobat parvozini
oshirish uchun qo‘llaniladi. Qolgan atamalar gimnastika atamasiga
muvofiq tuziladi.
3.7. Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari
Odimlash
 — joydan joyga ko‘chishning xilma-xil turlari. Odim-
lashning  quyidagi:  oddiy  odimlash,  oyoq  uchiga  ko‘tarilishdan
boshlab  odimlash,  oyoqlar  uchida  odimlash,  keskin  odimlash,
tashlanib-tashlanib odimlash, lo‘killab odimlash, almashlab odim-
lash, polka qadami bilan odimlash va h.k. turlari bor.
Yugurish
 — har birida uchish fazasi bo‘lgan odimlash. Yugurish-
dagi atamalar odimlashdagi atamalarga o‘xshash.
Burilish
 — gavdaning tik yoki uzunasiga o‘q atrofidagi aylanma
harakati. Burilishning quyidagi:  oyoqlarni olib-qo‘yib (o‘ng yoki
chap oyoqdan boshlab) burilish, oyoqlar uchida burilish, chalish-
tirma  burilish,  siltanib  burilish,  burama  burilish,  shuningdek,
cho‘qqayib, muvozanat saqlab (biron muvozanat turidagi holatni
saqlab turib) burilish va h.k. turlari bor.
Sakrash 
— oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz etish.
Harakat ko‘lami va gavdaning havodagi holatiga qarab sakrashning
quyidagi: to‘g‘ri sakrash, bukilib sakrash, kerishib sakrash, ochiq
sakrash, yopiq sakrash, odimlab sakrash, sapchib sakrash, charx-
palaksimon  sakrash,  tayanib  sakrash,  tashlanib  sakrash,  yarim-
halqasimon (halqasimon) sakrash va h.k. turlari mavjud.
Qo‘llarni prujinasimon harakatlantirish
 — barcha bo‘g‘inlarni
bir vaqtda bukib prujinasimon yaxlit harakat qilish turli yo‘nalish-
larda bajariladi.
Òo‘lqinsimon 
— do‘ngsimon yarimcho‘qqayishdan boshlana-
digan, bo‘g‘inlarning ketma-ket biri yozilib, biri bukilishidan iborat
murakkab yaxlit harakat. Òo‘lqinsimon harakatning quyidagi turlari


77
bor:  oldinga  qarab  to‘lqinsimon,  o‘ng  tomonga,  chap  tomonga
(yonlama)  to‘lqinsimon  harakatlar.
Qo‘lni to‘lqinlatish
 — qo‘lni (qo‘llarni) bukish (o‘zi tomonga)
va  panjani  osiltirishdan  boshlab,  keyin  yozish  (o‘zidan  nariga)
bilan  bir  vaqtda  panjani  ko‘tarishdan  iborat  to‘lqinsimon  hara-
katlantirish. Panjaning holatini  bunday nomlash qabul qilingan:
odatdagicha (ko‘rsatilmaydi), panja bemalol tutilgan, panja bo‘-
shashtirilgan, panja ko‘tarilgan.
3.8. Mashqlarni yozib borish qoida va usullari
Gimnastika mashqlarini tushunishda ularni qisqa va aniq qilib
yozish muhim ahamiyatga ega. Yozish qo‘yilgan maqsadga qarab
umumlashtirilgan, aniq, qisqartirilgan, jadval tarzida yoki shu usul-
larning birlashmasidan iborat bo‘lishi mumkin.
Gimnastika mashqlari atamasining yozuvi yuqorida bayon etil-
gan qoidalarga asosan hamda belgilangan usullarda bo‘ladi. Yozuv
qoidalariga  quyidagilar  kiradi:  gimnastika  mashqlarining  ayrim
guruhlari uchun belgilangan yozuv tartibi, yozuvda qo‘llaniladigan
grammatik tuzilish va belgilarga rioya qilish. Quyida  shu qoidalarni
ko‘rib chiqamiz.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarning yozilishi.
 Ayrim harakatni
yozishda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1. Harakat boshlanadigan dastlabki holat (d.h.).
2. Harakatning nomi  (egilish, burilish, siltanish, cho‘qqayish,
tashlanish va h.k.).
3. Harakat yo‘nalishi (o‘ng tomonga, orqaga va h.k.).
4. Pirovard holat (zarurat bo‘lsa).
Bir vaqtda bajariladigan bir nechta harakatni yozishda ham
ayrim harakatni yozishda nimalar ko‘rsatilsa, shularni ko‘rsatish
qabul qilingan, lekin bunda oldin asosiy harakat (odatda, gavda
yoki oyoqlar harakati), keyin boshqa harakatlar ko‘rsatiladi. Masa-
lan, d.h. oyoqlar kerilib, qo‘llar yelkada.
1. O‘ng oyoqni bukib, qo‘llar yuqoriga ko‘tarilgan holda chap
tomonga egilish.
2.  D.h.
Bir vaqtda bajariladigan bir nechta harakat (hatto, bir sanoqda
bajariladigani  ham)  qanday  tartibda  bajariladigan  bo‘lsa,  xuddi
shunday ketma-ketlikda yoziladi. Masalan, d.h. qo‘llarni yon tomon-
larga uzatib, oyoqlarni kerib turish:


78
1. Chap tomonga burilib, o‘ng oyoqni yoysimon pastga tushi-
riladi, bunda o‘ng oyoq orqada uchiga qo‘yilgan bo‘ladi, qo‘llar
oldinga uzatiladi.
2. O‘ng tizzada turib, qo‘llarni yuqori ko‘tarib, bosh orqaga egiladi.
Agar harakat boshqa harakat bilan ketma-ket qo‘shib bajarilsa,
elementlarni  bog‘lovchisi  bilan  birlashtirib,  birin-ketin  yoziladi.
Masalan,  d.h.  qo‘llar  belda,  oyoqlar  kerilgan.  Kerishib  oldinga
engashib,  qo‘llarni  yon  tomonlarga  uzatish  va  chapga  burilish.
Bunday yozilganda burilishni engashish oxirida (engashishni maxsus
ta’kidlagandek)  bajariladi.
Agar harakat boshqa harakat bilan bir vaqtda  bajarilsa (hozirgi
misolda  engashish  bilan  burilish  bir  vaqtda  bajarilyapti),  unda
«...turib» so‘zini ishlatish kerak bo‘ladi.
Harakat odatdagi uslubda bajarilmasa, bu hol yozuvda aks etishi
kerak.  Masalan,  qo‘llar  oldinga  ohista  uzatiladi,  panjalar  bo‘sh
qo‘yiladi va h.k.
Erkin mashqlarning yozilishi
. Erkin mashqlar muayyan tartibda
yoziladi:
1. Mashqning nomi (kimga mo‘ljallangani).
2. Jo‘r  bo‘ladigan musiqa. Asarning nomi, uning hajmi ko‘rsa-
tiladi.
3. Dastlabki holat.
4. Mashqning mazmuni  musiqa  asarining tuzilishiga  moslab,
masalan, sakkizliklarga bo‘lib yoziladi. Majburiy mashqni  yozishda
(musobaqalar uchun) gimnastika ko‘rpachasining o‘ng tomonida
elementlar va birlashmalarning nisbiy qiyinligi (ballari yoki qiyinlik
guruhlari)  ko‘rsatiladi.
Gimnastikaga oid jihozlarda bajariladigan mashqlarning yozilishi
.
Gimnastikaga  oid  jihozlardagi  mashqlarni  yozishda  jihozning
nomidan tashqari yana quyidagilarni ko‘rsatish kerak:
1. Dastlabki holat (osilib turib, tayanib turib, sakrab, yugurib
kelib)  yoki  birinchi  elementdan  oldingi  harakat  (qo‘llarga,
bilaklarga tayanib, tebranib turish).
2.  Harakatning  nomi  (ko‘tarilish,  pastga  tashlanish,  uchib
o‘tish, aylanish, qo‘l orasidan o‘tish va h.k.).
3. Bajarish usuli (gavdani yozib, yoysimon, orqaga siltanib,
to‘ntarilib).
4. Yo‘nalish (chapga, orqaga va h.k.).
5. Pirovard holat (osilib qolish, orqaga suyanib qolish) — hara-
katning  o‘zi  pirovard  holatga  olib  kelmasa,  gavdaning  alohida


79
qismlari harakatlarini yozishda ularni bir-biridan vergul bilan  ajratib
qo‘yish  kerak.
Jihozlardagi kombinatsiyalarni satrga ketma-ket yozishda asosiy
elementlar (birlashmalar) bir-biridan tire bilan ajratiladi. Masalan,
yakkacho‘pda tebranib turish — gavdani yozib ko‘tarish — orqaga
aylanish — yoysimon siltanib chap tomondan orqaga aylanib, turlicha
tutib osilib qolish — orqaga siltanib sakrab tushish va h.k.
Majburiy mashqlarni (musobaqalar uchun) yozishda esa har
bir  element  yoki  birlashma  satr  boshidan  yozilib,  uning  o‘ng
tomonida nisbiy qiyinlik ko‘rsatiladi. Masalan, yog‘och otda:
• 
sakrab chap oyoqda o‘ng tomonga doira
— 2,0;
• 
o‘ng oyoqni o‘tkazish
— 0,5;
• 
chap tomonda chalishtirib o‘tkazish
— 3,0 va h.k.
Oyoqlarni jihozga tekkizib o‘tkazishni «bo‘ylab» so‘zini qo‘shib,
tegmay o‘tkazilishini esa «ustidan» so‘zini qo‘shib yoziladi. Masalan,
qo‘shpoyalarda: gavdani yozib ko‘tarilish — orqaga siltanib o‘ng
oyoqni chap yog‘och bo‘ylab o‘tkazish — orqaga siltanib chap
oyoqni  chap  yog‘och  ustidan  o‘tkazish  va  burchak  hosil  qilib
turish.
Ikki  va  undan  ortiq  elementning  ketma-ket  bir-biriga  ulab
bajarilishini  «va»  bog‘lovchisi  bilan,  ikki  harakatning  birgalikda
bajarilishini esa «...turib» so‘zini qo‘shib yoziladi. Masalan, yakka-
cho‘pda: o‘ng oyoqda ko‘tarilish va chap tomondan orqaga burilish
yoki o‘ng oyoqda ko‘tarilib turib, orqaga burilish va h.k.
Qisqaroq yozish va talaffuzni osonlashtirish maqsadida ayrim
iboralarni  tashlab  ketish,  shuningdek,  tushunish  oson  bo‘lsa,
yuqorida ko‘rsatilgan tartibda (ketma-ketlikda) yozishdan voz ke-
chish ham mumkin.
Akrobatika  mashqlarining  yozilishi
.  Akrobatika  mashqlarini
yozishda ba’zi holatlarni hisobga olib, yuqorida ko‘rsatilgan qoidalar
qo‘llaniladi:
1.  Òo‘liq  bajarilishi  shart  bo‘lmagan  elementlar  (masalan,
umbaloq oshishlar)ni bajarishda dastlabki holat ko‘rsatilishi kerak.
2. Goh bir holatdan ikkinchisiga o‘tish maxsus atama qo‘llani-
shini talab qilmaydi. Masalan, o‘ng oyoqdagi muvozanatdan —
boshda turish yoki qo‘llarda turishdan — boshda turish va h.k.
3. Òalabaning biron element (harakat)dan keyingi holati shun-
dan keyingi elementning bajarilish usulini aniqlab berishi hisob-
ga olinadi. Masalan, tizzalarda turishdan dumalab yelkada turish


80
yoki cho‘qqayib tayanishdan orqaga dumalab, kuraklarda turish va
h.k.
4. Pirovard holat harakat ravshan bo‘lmagan taqdirdagina yozi-
ladi.
Badiiy  gimnastika  mashqlarining  yozilishi.
  Badiiy  gimnastika
mashqlarini yozishda erkin mashqlar uchun berilgan qoidalardan
foydalaniladi. Bulardan tashqari, harakatlarning xarakteri, tasviri,
rivoji va ifodaliligi ko‘rsatilishi kerak.
Gimnastika mashqlarining yozilishining asosiy usullari:
1. 
Umumlashtirilgan yozuv
. O‘quv  dasturlari va boshqa dasturlarda
har  bir  harakatning  aniq  bajarilishi  talab  qilinmay,  gimnastika
mashqlarining mazmunini ko‘rsatib (sanab) o‘tish kerak bo‘lganda
mazkur usuldan foydalaniladi. Masalan, tayanishdan va yog‘och
otga  ortdan  suyanishdan  oyoqlarni  chap  yoki  o‘ng  tomonga
o‘tkazish.
2. 
Atamalarni aniq  yozish
 har  bir elementning (mashqning
atamalar qoidalariga   muvofiq ravishda   aniq ifodalanishini  nazarda
tutadi)  bunday yozuvining  namunasi  yuqorida keltirilgan.
3. 
Qisqa yozuv
 konspektlar tuzishda, sinov va imtihonlar uchun
va boshqa mashqlarni yozishda qo‘llaniladi, bunda atamalar qisqartirib
yoziladi (shartli qisqartishlar qo‘llaniladi). Masalan, har.–harakat,
el.–element, birl.–birlashma, bel. –belgilash, t.–tutish, yu./yo. –
yuqori yog‘och, msh. –mashq, d.h. –dastlabki holat, shuningdek,
gimn. –gimnastika, akrob. –akrobatika va h.k.
4. 
Jadvalli yozuv
 (tasvir mustaqil va yordamchi ahamiyatga ega
bo‘lishi mumkin). Bunday yozishning chiziqli (100-
a
 rasm), yarim
konturli (100-
b
 rasm) va konturli (100-
d
 rasm) turlari qo‘llaniladi.
Chiziqli tasvir eng qulay hisoblanadi. U tushunarli va tejamlidir.
Mashqlarni bunday ifodalash usuli, mashqlarning juda tez bajarilishi
tufayli mashg‘ulotlarning kundalik amaliy ishida qo‘llashda afzaldir.
a
b
d
100-rasm.


81
5. Matnli va jadvalli yozuvning bir vaqtda qo‘llanishi amalda
keng tarqalgan qulay usuldir.
r
/
T
.
h
.
D
q
o
n
a
S
)
a
d
a
m
a
t
a
(
fi
s
v
a
T
v
u
z
o
y
il
l
a
v
d
a
J
.
1
h
s
i
r
u
t
b
i
r
e
k
i
n
r
a
l
q
o
y
O
1
3
—
2
a
g
i
r
o
q
u
y
i
n
r
a
ll
‘
o
Q
-
q
o
y
o
p
a
h
c
,
b
i
r
a

o
k
.
h
s
i
y
‘
o
q
a
g
n
i
d
l
o
i
n
-
k
e
t
i
n
r
a
ll
‘
o
q
a
g
r
e
Y
-
u
r
p
a
t
r
a
m
i
k
k
i
,
b
i
z
i
k
h
s
i
h
s
a
g
n
e
n
o
m
i
s
a
n
ij
.
h
.
d
-
0
0
1
(
b
a
g
m
s
a
r
)
g
n
a
r
a
q
Masalan, ko‘rsatib o‘tilgan shakllardan tashqari, hozirgi vaqtda
mashqlarning bajarilishini kino-videosuratlarga olish tobora keng
qo‘llanilmoqda (bunda tasnifiy dastur mashqlari, nazorat uchun
mashqlar suratga olinadi).  Kino-videofilm yordamida hozirgi zamon
gimnastikasida qo‘llaniladigan barcha mashqlarning eng murakkab
texnik bajarilish tomonlarigacha ko‘rsatish imkoniyatini tug‘diradi.
Amaldagi gimnastika atamalari muayyan mashqlar xususiyatini
yaqqol aks ettiruvchi atama-so‘zlar bilan muttasil boyib boryapti.
Biroq atamalar tuzilishining qaror topgan qoidalaridan hech qachon
chetga chiqmaslik kerak, chunki bu holat atamalarning buzilishiga,
qo‘pol so‘zlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
4-bob. 
GIMNASÒIKA MASHQLARINI
O‘RGATISH  USLUBIYATI
4.1. O‘rgatishning maqsadi, vazifasi va bosqichlari
Gimnastika  mashqlarini  o‘rgatishdan  maqsad, har  qanday
pedagogik  jarayon  singari,  harakat  ko‘nikmalarini,  malakalarini
shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun talabalarning o‘qituv-
chilar  rahbarligidagi  rejali  faoliyatini  uyushtirishdir.
Òalabalarning umumiy harakat va sport tayyorgarligi uchun:
• 
ahamiyatli bo‘lgan harakat ko‘nikmalarini shakllantirish;
• 
kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik singari
jismoniy sifatlarni tarbiyalash;
• 
pedagogik-kasbiy ko‘nikmalarni (maxsus ta’lim o‘quv mas-
kanlari  talabalarida)  shakllantirish  lozim.
Gimnastika  mashqlarini  o‘rgatish  jarayonida  hal  etiladigan
alohida vazifalar har bir aniq holda harakat tarkibini, uni bajarish


82
sharoitining xususiyatlarini va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini
baholash asosida belgilanadi.
Gimnastika mashg‘ulotlarida o‘zlashtiriladigan mashqlar xilma-
xil  bo‘lib,  ular  gavdaning  alohida  qismlarini  oddiy  harakatlari,
oddiy turish holatlaridan (asosiy turish, osilish, tayanishdan) to
jismoniy va harakat sifatlarini maksimal ishga solish bilan bog‘liq
bo‘lgan murakkab harakat faoliyatlarigacha (masalan, halqalarda
qo‘llarni ikki yonga uzatib tayanish — chalishtirish, yakkacho‘pdagi
yoki erkin mashqlardagi uch karra salto) harakatlarini o‘z ichiga
oladi. Shuning uchun ba’zi bir mashqlarni o‘rganish oson kechadi.
Bu  mashqlarni  o‘zlashtirib  olish  uchun  ularning  bajarilishini
ko‘rish yoki nomlarini eslab qolishning o‘zigina kifoya bo‘ladi. Boshqa
mashqlarni o‘rganish esa uzoq muddatda shug‘ullanish bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Aniq bir gimnastika mashqini o‘rgatishni shartli sur’atda o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan uch bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich —
harakat haqida umumiy dastlabki tasavvur hosil qilishdan (bosh-
lang‘ich  ma’lumotdan)  iborat  bo‘lib,  bunday  tasavvur  har  bir
harakat  faoliyatini  ongli  o‘zlashtirish  zaminida  yotadi.  Yangi
harakat to‘g‘risidagi (uning shakli, ko‘lami, ta’sir yo‘nalishi, ayrim
holatlari  va  h.k.)  dastlabki  ma’lumotlar  va  talaba  xotirasida
to‘plangan harakat tajribasi natijasida bo‘lajak harakat faoliyatining
dastlabki dasturi tuzilishini ta’minlovchi umumiy bog‘lanishlar
hosil bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich — bevosita harakat texnikasi asoslarini egal-
lash (mashqni juda puxta o‘rganish). Bu bosqichda o‘qituvchi bilan
talabaning birgalikda faol ishlashi natijasi o‘laroq, mashq  haqidagi
tasavvur aniqlanadi, xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi; mashqlarni  nazorat
ostida mustaqil bajarishi ta’minlanadi.
Uchinchi  bosqich  —  harakat  texnikasini  mustahkamlash  va
takomillashtirish. Bu harakatni boshqarish darajasini, albatta, avto-
matlashtirilgan ko‘nikma darajasiga yetkazib, shu tufayli shug‘ulla-
nuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqish-
larda) uzoq vaqt davomida bajara oladi.
Mashqni o‘rgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat
o‘zlashtirib olingan mashq variantlarini bajarishga, oldingi mashqqa
o‘xshash  elementlari  bor,  texnikasi  murakkab  mashqlarni  baja-
rishga, bajarish sharoitini o‘zgartirishga, masalan, boshqa mashqlar
bilan qo‘shib bajarishga qaratilishi mumkin.


83
4.2. Gimnastika mashqlarini o‘zlashtirish shartlari
Birinchi shart
. Gimnastika mashqlarini o‘rgatishni muvaffaqiyatli
tashkil etishning birinchi sharti —talabalarning jismoniy tayyorlik
darajasini  aniqlash.  Bunda  talabaning  imkoniyatlari  quyidagi
ko‘rsatkichlarga e’tiboran baholanadi:
• 
mashqlarni  bajarishni  o‘zlashtirish  tayyorgarligi,  o‘zlash-
tiriladigan mashqlarning hajmi va ifodasi, harakatlarni o‘rganishdagi
ayrim qiyinchiliklar, talabada yangi mashqlardagiga o‘xshash harakat
tajribasining  mavjudligi;
• 
jismoniy tayyorligi (yangi texnik harakatni o‘rganib olishda
hal qiluvchi xislatlarning kamolot darajasi);
• 
ruhiy  xislatlarning  (talabalarning  dadilligi,  qat’iyligi,  uzoq
vaqt davom etadigan asabiy zo‘riqishlarga chidamliligi) qay darajada
rivojlanishi.
Òalabaning mashqlarni o‘rganish qobiliyatini baholash xarak-
teri ayni vaqtda qanday mashq o‘rganayotganiga bog‘liq. Gimnastika
mashqlari esa nihoyatda xilma-xil, shuning uchun yangi harakat
o‘rganilayotgandagi har bir aniq  holatda talabaning imkoniyatlarini
aniqlab olish o‘zgarib turishi mumkin.
Ikkinchi shart
 — o‘rgatish  dasturini harakat tuzilmasini tahlil
qilish va talabaning shaxsiy xususiyatlarini bilish asosida tuzish.
O‘qitish dasturi algoritmik topshiriq, chizmali yoki tarmoqli dastur
tarzida yoziladi. Mashqlarning bajarish texnikasi murakkablasha
borgan sari o‘rgatish dasturining samaradorligi ham orta boradi.
Uchinchi shart 
— mashqlar to‘plamini o‘zlashtirish jarayonini
mohirlik bilan boshqarish. O‘qituvchi buni talaba faoliyatini tahlil
qilish  hamda  unga  aniqlik  kiritadigan  buyruqlar  va  nazorat
topshiriqlarni tanlash asosida amalga oshiradi.
Òo‘rtinchi shart
 — mashqlarni samarali va to‘g‘ri bajarish uchun
tegishli sharoit va o‘quv vositalarining mavjudligi. Bunga quyidagi:
mashg‘ulot o‘tadigan joy (sinf  xonasi, zal, maydonchalar), asosiy
va yordamchi jihozlar, uslubiy o‘quv vositalari (jadvallar, rasmlar,
kino-videolavhalar, odam gavdasining shakllari, ta’lim texnikasi
va uslubiyati uchun tuzilgan uslubiy rejalar), texnikaviy ta’minlash
vositalari,  kino,  foto  va  videoapparatlar,  o‘lchov  qurilmalari  va
goniometr,  dinamometr  va  boshqa  asboblar,  magnitofonlar,
videomagnitofonlar,  diktofonlar  kiradi.


84
4.3. O‘rgatishning didaktik tamoyillari
Gimnastikada  o‘quv  jarayonini  tashkil  etishda  o‘rgatishning
didaktik tamoyillari asosiy faoliyat qo‘llanmasi hisoblanadi.
Onglilik va faollik tamoyili.
 Gimnastika mashqlari sportchilarning
jismoniy harakat  va  irodaviy  xislatlariga katta talablar qo‘yadi. Yangi
mashqlarni  o‘zlashtirish  jarayonidagi  onglilik  va  faollik  tamoyili
talabalardan, eng avvalo, harakatni tushunib o‘rganishni, qo‘yilgan
vazifaga qiziqib va ijodiy yondashishni tarbiyalashni talab etadi.
O‘qish  jarayonida  harakat  ko‘nikmalarini  ongli  o‘rganib
olishlari uchun shug‘ullanuvchilarga quyidagilarni o‘rgatish darkor:
• 
o‘z faoliyatining natijalarini baholash;
• 
turli (og‘zaki, chizma, yozma holda takrorlash) usullardan
foydalanib, harakat texnikasini tasvirlash;
• 
yangi  harakatni  o‘zlashtirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  turli
qiyinchiliklarni  yengish;
• 
kundalik daftar tutish va mashqlarni o‘zlashtirish rejalarini
tuzish;
• 
o‘qituvchiga mashg‘ulotni tashkil etishda va o‘rtoqlariga hara-
katni  o‘rganishda yordam berish.
Ko‘rgazmali bo‘lish tamoyili
. O‘rgatish ko‘rgazmali bo‘lishiga
erishish uchun murabbiy quyidagi bir qancha vosita va usullardan
foydalanadi:
• 
harakatning  mukammal  ijrosini  namoyish  qilish,  kino  va
fotomateriallarni,  rasmlar,  jadvallar  va  namunaviy  modellarni
ko‘rsatish;
• 
ayrim harakat topshiriqlari texnikasining detallarini og‘zaki
tasvirlab berish va boshqa harakatlar bilan taqqoslash;
• 
qo‘shimcha vositalar ishlatish (fazadagi namunalar, harakat-
larga ovoz bilan jo‘r bo‘lib turish, sekin ko‘tarib yuborish va qo‘l
tekkizib qo‘yish);
• 
trenajor qurilmalarda, odam gavdasi namunalarida va h.k.larda
o‘rganilayotgan mashq yoki uning elementlari texnikasini ko‘rsatib
berish;
• 
alohida holatlarni to‘xtatib ko‘rsatish, taqlid qilish,  murabbiy
yordamida bajartirish va boshqa osonlashtirilgan harakatlar natijasida
harakatni alohida, e’tibor bilan his etishni hosil qilish.
Osonlik tamoyillari
 shug‘ullanuvchilarga, ularni kuchiga mos
keladigan  vazifalar  berilishini  talab  qiladi.  Aks  holda  talabalar
mashg‘ulotlarga  qiziqmay  qo‘yadilar.  Biroq  osonlik  tamoyili


85
sportchilarni qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatish zaruratini mutlaq
inkor  etmaydi.
O‘qituvchi talabalarning nimaga qodirligini, ularning aniq bir
mashqlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini uzluksiz chuqur o‘rganib
borishi  kerak.  Masalan,  yakkacho‘pda  katta  aylanishni  bajarish
uchun talabada bir qancha boshqa mashqlarni bajara olishi, qo‘lida
yetarlicha kuch bo‘lishi, dadillik va qat’iyatlilik singari ko‘p jismoniy
sifatlar hosil qilingan bo‘lishi zarurligini bilishi lozim. Òalabada
shunday  xislatlarning  mavjudligi  ana  shu  mashq  u  uchun  oson
ekanligini  ko‘rsatadigan  o‘lchov  bo‘ladi.
Osonlik  tamoyili  didaktikaning  ma’lumdan  noma’lumga,
osondan  qiyinga,  soddadan  murakkabga  qoidalari  bilan  cham-
barchas bog‘liq.
Doimiylik tamoyillari
 quyidagilarni:
• 
harakat jarayonini o‘rganishda muayyan izchillik bo‘lishini;
• 
turli harakat vazifalarini hal qilish qobiliyatini rivojlantirish
uchun  harakat  texnikasini  muntazam  ravishda  takomillashtirib
borish va yangi mashqlar o‘rganishni;
• 
talabalarning  mehnatsevarligi  va  faolligini  so‘ndirmaslik
maqsadida o‘rgatish jarayonida ish bilan dam olishni almashtirib
turishni nazarda tutadi.
4.4. O‘rgatish usullari
O‘rgatish usullari deganda, qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun
kerakli muayyan yo‘llar tanlashni tushunish kerak. Xilma-xil o‘rgatish
usullarini guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh o‘rgatish usullari:
• 
og‘zaki  usul universal  usullardan biri bo‘lib, talabalarga dars
jarayonida yangi mashq bajarishni o‘rgatishni idora  qilish imkonini
beradi. Bunda gimnastika atamalaridan foydalanish alohida ahamiyatga
ega bo‘ladi, chunki atamalar yordamida  o‘qituvchining talabalarga
nutq  orqali ta’sir  etishini aniq va qisqa bo‘lishiga erishish mumkin;
• 
harakat  texnikasi  to‘g‘risidagi  ma’lumotni  bildirish  usulini,
namoyish  qiluvchi  tomonidan  mashqlarni  bajarish,  ko‘rgazmali
qurollar ko‘rsatish, audio va videomateriallar, shartli belgilar berish,
harakatning  ayrim  qismlari,  miqdori  talaba  tomonidan  harakat
texnikasi elementlarini bajarish yo‘li bilan namoyon qilinadi.
Mazkur  o‘rgatish  usullari,  asosan,  mashq  texnikasi  asoslari
to‘g‘risidagi tasavvurni hosil qilish va aniqlashga qaratilgan bo‘lib,
butun mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilishi mumkin.


86
O‘rgatish usullarining ikkinchi guruhi:
• 
yaxlit mashq usullari, u o‘rganilayotgan harakatni bir butun
tarzda bajarishni nazarda tutadi. Bunda mashqlarni bajarish sharoitini
yengillashtirish, yordam ko‘rsatish va straxovka qilishning qo‘shimcha
vositalarini  qo‘llash,  jihozlar  balandligini  pasaytirish,  harakatni
trenajorda bajarish, dastlabki yoki pirovard holatni soddalashtirish
(masalan, past yakkacho‘pda gavdani yozib ko‘tarishni murabbiy
yordamida bajarish) hisobiga bo‘lishi mumkin;
• 
yordamchi mashqlar uslubi (yaxlit mashq usulining o‘xshash
turlaridan biri), u tarkib jihatidan asosiy mashqqa o‘xshash, lekin
ayni  vaqtda  mustaqil  mashq  bo‘lib,  ilgari  o‘rganilgan  harakatni
yaxlit bajarishni nazarda tutadi (masalan, yakkacho‘pda gavdani
yozib ko‘tarish uchun bir oyoqda ko‘tarilib, tayanish yordamchi
mashq bo‘lib xizmat qiladi);
• 
bo‘lingan mashq usuli bu butun harakat texnikasini ayrim
qism va bo‘laklarga ajratib olish hamda ularning har birini o‘zlash-
tirib olgandan keyin uni qayta yaxlit bajarishdan iboratdir. Mashqni
bo‘laklarga bunday sun’iy bo‘lish asosiy faoliyatni o‘rganish sha-
roitini osonlashtirish maqsadida qilinadi;
• 
xususiy harakat vazifalarini  hal qilish usuli  bo‘lingan mashq
usulining varianti bo‘lib, harakat texnikasining muayyan element-
lari bo‘lgan o‘quv vazifalarini tanlash bilan ifodalanadi (masalan,
endi boshlovchi sportchilar oyoqni kerib, tayanib sakrashni o‘r-
ganib olish uchun yerga qo‘nishni, yugurib kelishni, depsinish  va
so‘ng «ko‘prik» tushishni birin-ketin o‘rganishadi).
Mazkur o‘rgatish usullari talabalarga mashq haqida axborot
olish  va  o‘rganilayotgan  harakat  texnikasi  asoslarini  bilib  olish
imkonini beradi. Bundan tashqari, ular harakat tarkibi to‘g‘risidagi
tasavvur paydo bo‘lishiga, shuningdek, ro‘y berishi mumkin bo‘l-
gan xatolarni tuzatishga yordam beradi.
Uchinchi  guruh:  standart  mashq  usuli,  bu  usul  mashg‘ulot
sharoitida  harakat  ko‘nikmasini  mustahkamlash  maqsadida
harakatni mustaqil bajarish bilan ifodalanadi;
• 
o‘zgaruvchan mashq usuli quyidagi qiyinlashtirilgan sharoitlar
bilan  bog‘liq  bo‘ladi:  adashtiruvchi  signallar  (shovqin,  begona
tovushlar va h.k.lar), atrofdagi sharoitning o‘zgarishi  (jihozlarning
odatdagidan boshqacha qo‘yilishi, yoritishni o‘zgartirish va h.k.lar),
ma’lum topshiriqni bajarish haqida kutilmagan ko‘rsatma berilishi,
mashqning  kombinatsiyadagi  joyi  o‘zgarib  qolishi,  mashqni
charchagan yoki  ortiqcha hayajonlanib bajarish;


87
• 
o‘rgatishning o‘yin va musobaqa usuli talabalarning o‘zaro
raqobat qilishini yoki harakatdan muayyan natijaga erishish uchun
mas’uliyat sezishni nazarda tutadi.
Mazkur o‘rgatish usullari harakat ko‘nikmalari barqarorligiga
erishish  imkoniyatini  beradi.
Òo‘rtinchi guruhi yangi harakatni o‘rgatishning to‘g‘ri taktika-
sini va o‘quv jarayonini tashkil qilishning samarali shaklini tanlab
olish  imkoniyatini  beradigan  dasturlash  usullaridan  iboratdir.
Mashqni  o‘rgatish  jarayonini  algoritmlash  dasturlashtirishning
ilg‘or  turlaridan  biridir.
Algoritmik  turdagi  topshiriqlar  o‘quv  materialini  qismlarga
bo‘lishni va ana shu qism vazifalarini shug‘ullanuvchilarga qat’iyan
aniq  tartibda  birin-ketin  o‘rgatishni  nazarda  tutadi.  O‘quv
vazifalarining  birinchi  qismi  o‘rganib  bo‘lingandan  keyingina
ikkinchi  qismiga  o‘tish  huquqi  beriladi.  Òopshiriqlarni  tuzishga
quyidagi  talablar  qo‘yiladi:
• 
topshiriqlar yoki o‘quv materialining qismlari har bir fao-
liyat ifodasini aniq ko‘rsatishi, ularni tanlashda tasodifga yo‘l qo‘y-
masligi  va  u  kimlarga  mo‘ljallangan  bo‘lsa,  shularga  tushunarli
bo‘lishi kerak;
• 
algoritmik  tiðdagi  topshiriqlar  bir  harakat  faoliyati  uchun
ham,  tarkib  jihatidan  o‘xshash  harakatlarni  takrorlash  uchun
ham tuzilishi mumkin;
• 
o‘quv vazifalarining hammasi bir-biri bilan bog‘liq hamda
murakkablashib borishi jihatidan izchil bo‘lishi kerak.
Òopshiriqqa  binoan,  o‘quv  materiali  qismlarini  o‘rganish
tartibi ular orasidagi aloqadorlikka qarab belgilanadi. Algoritmik
turdagi topshiriqning har bir vazifalarining takrorlanishi muayyan
maqsadni hal qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Chunonchi,  o‘rganiladigan  harakat  faoliyatini  muvaffaqiyat
bilan  bajarish  uchun  zarur  jismoniy  sifatlarni  rivojlantiradigan
mashqlar, o‘quv vazifalarining birinchi bor takrorlanishida bo‘lishi
darkor. O‘rganiladigan harakat faoliyati boshlanishi va tugallani-
shidagi dastlabki va pirovard holatlarni o‘zlashtirishga mo‘ljallangan
mashqlarni esa o‘quv vazifalarining ikkinchi marta takrorlanishi
o‘z ichiga olishi lozim.
O‘quv  vazifalarining  birinchi  va  ikkinchi  takrorlanishi  bir
vaqtda yoki boshqa-boshqa vaqtda o‘zlashtirilishi mumkin. O‘quv
vazifalarining uchinchi takrorlanishi asosiy harakatlar bajarilishini
nazarda tutadi. Masalan, qo‘shpoyalarda qo‘llarga tayanib turib,


88
oldinga  siltanib  ko‘tarilishni  o‘zlashtirish  uchun  talaba  siltanib
turishni va oldinga qarab zarur bo‘lgan balandlikka siltanishni bajara
bilishi kerak.
Òo‘rtinchi takrorlashga bajarishni ayrim qismlarga fazo, vaqt,
mushaklarning  zo‘riqish  darajasiga  qarab  baholash  bilan  bog‘liq
bo‘lgan  o‘quv  vazifalari  kiradi.  Differensiatsiyalash  miqdori  va
aniqlik darajasi o‘rganiladigan mashqning murakkabligiga bog‘liq.
O‘quv vazifalarining beshinchi takrori yordamchi mashqlarni
o‘z ichiga oladi. O‘quv vazifalarining takrorlari bajarilgandan keyin,
harakat osonlashtirilgan sharoitda (trenajorda, o‘qituvchi yorda-
mida, texnika vositalaridan foydalanib va h.k.) yaxlit o‘rganiladi.
Har  bir  o‘quv  vazifasini  o‘rganayotganda  topshiriqlar  qanchalik
to‘g‘ri  bajarilayotganini  nazorat  qilish  orqali  o‘quv  jarayonini
faol boshqarish imkoniyati yaratiladi.
Yaxlit  o‘rgatish  usulini  qo‘llashning  iloji  bo‘lmaganda  yoki
samarasi kam bo‘lganda algoritmik turdagi topshiriqdan foydala-
nish kerak. Bu turdagi topshiriqdan, odatda, texnik jihatdan mu-
rakkab mashqlarni o‘rganishda foydalaniladi.
4.5. Mashqlarning bajarilish usullari
Gimnastika mashqlarini o‘rgatishning usullari nihoyatda xilma-
xil. Quyidagilar eng samarali va o‘rgatish tajribasida ko‘p foydala-
niladigan usullar qatoriga kiradi.
Harakat texnikasi haqidagi tasavvurni hosil qiladigan va aniq-
laydigan  usullar:
 a) o‘qituvchi talabalar bilan nutq orqali mashqlarning bajari-
lishini yetkazishi, suhbatlashishi, tushuntirishi, muhokama qilishi
va boshqa shakllarni qo‘llashi kerak. Har bir so‘z aniq va obrazli,
iboralar esa qisqa va tushunarli bo‘lgandagina tarbiyalash ancha
samarali hamda ta’sirli chiqadi, shunday holda o‘qituvchi bevosita
yangi  mashq  o‘rgatish  oldidan  tayyorgarlik  ishini  muvaffaqiyat
bilan o‘tkazishi,  o‘rgatish jarayonini boshqara olishi mumkin;
b) ko‘rgazmali qurollar (chizma va rasmlar, jadvallar, video-
lavhalar, odam gavdasining yumshoq simdan yasalgan   va boshqa
modellari, multiðlikatsion rasmlar va h.k.lar) ko‘rsatish, sportchi
mashqni  bajarib  ko‘rsatishi,  turli  ko‘rgazmalardan  foydalanish
(quyiroqqa qarang) lozim;
d) mashq texnikasi elementlarini chizmada tasviriy ko‘rinishida
nusxalashtirish ketma-ket bajariladigan harakatlarni, sportchi gav-


89
dasi harakatining murabbiy tomonidan ko‘rsatilishi, harakat tex-
nikasini og‘zaki yoki yozma tasvirlab berish, texnika  vositalari   yor-
damida harakatning ayrim parametrlarini qayta tasvirlab  ko‘rsatish,
bu sportchini u uchun yangi bo‘lgan mashqlarni tez o‘zlashtirishga
va o‘rgatishning asosiy vazifasi bo‘lgan harakat ko‘nikmasi shakl-
lanishini hal qilishga yordam beradi.
Ko‘maklashish va ehtiyotkorlik usullari
O‘qituvchining talabaga ko‘maklashishining xilma-xil usullari
bor. Masalan, mashq bajarish paytida nima qilishni aytib turish,
harakat vazifasining natijasi yoki bajarish usuli haqida oldindan
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va h.k.lar.
Ko‘maklashish  va  straxovka  usullarining  maxsus  bir  guruhi
o‘qituvchi  bilan  talabaning  birgalikdagi  faoliyati  bilan  bog‘liq.
Masalan,  talaba  harakat  vazifalarini  amalga  oshirar  ekan,  unga
xatosini tuzatish, texnika elementlarini aniqlash yoki xavfsizlikni
ta’minlash uchun jismoniy ko‘mak zarur bo‘ladi. Shu maqsadda
o‘qituvchi, alohida dastlabki turish holatini qayd etishda, hara-
katlar ketma-ketligini takrorlashda, mashqni yaxlit taqlidan baja-
rishda talabaga yordam beradi. Bunda o‘qituvchi talabaning harakatini
sekinlatib, sun’iy qarshilik hosil qiladi, straxovkani ta’minlab turadi.
O‘rgatish vaqtida bu usullarni qo‘llash samaradorligi ko‘p jihat-
dan o‘qituvchining qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, u ayni shu paytda
zarur bo‘lgan eng yaxshi usulni, talabaning qaysi tomonida turishini
va  mashqlarni  birgalikda  bajarish  uslubini  tanlay  bilishi  kerak.
Shuning uchun o‘qituvchi o‘zining amaliy mehnat faoliyati davomida
hamma usullarni maxsus o‘rganib va takomillashtirib borishi lozim.
Qo‘shimcha belgilar qo‘llash, avvalo, yangi gimnastik mashq-
larni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Bunday belgilar harakat para-
metrlari haqidagi tasavvurni aniqlashtirib beradi, harakat faoliyatini
to‘g‘ri bajarishga, bajarilgan harakat natijalarini aniq baholashga
yordam beradi.
Ko‘rinadigan belgilar sifatida, odatda, quyidagilardan foydala-
niladi: gimnastika  jihozlarining ayrim qismlari, talaba gavdasining
ba’zi qismlari, tabiiy belgi (mashq bajarilayotgan joy yaqinidagi
buyum)lar,  qo‘shimcha  buyum  (to‘plar,  tayoqchalar,  arg‘am-
chi)lar,  shuningdek,  maxsus  chizilgan  (masshtabli  va  oddiy)
belgilar.


90
Akrobatika  yo‘lakchalaridagi  belgilarga  muvofiq,  akrobatika
mashqlarini  bajarish  yuzasidan  yoki  gimnastika  jihozlaridan
sakragandan keyin muayyan chegarada yerga aniq qo‘nish yuzasidan
talabaga berilgan topshiriq bunga misol bo‘la oladi.
Ayrim  tovushlar  (qarsak,  hushtak)  harakatga  jo‘r  bo‘lib  turishi
yoki  sur’at  va  ritmni  belgilab  turishi  mumkin.  Bunday  belgilar
o‘qituvchi yoki o‘rgatishning texnik vositalari orqali berib turiladi.
Òovushli belgilar davom etish vaqti va kuchining o‘zgarib turishi bilan
ko‘rinadigan belgilardan farq qiladi. Bunday holat ulardan foydalanish
imkoniyatini  kengaytiradi,  talabaning  e’tiborini  mashqlarni  imo-
ishoralar almashinishiga muvofiq bajarishga jalb qilish imkonini beradi.
Daktil  imo-ishoralarni  (signal)  mashq  bajarganda  talabaning
ko‘rib turib bajarishi qiyin bo‘lgan hollarda qo‘llasa bo‘ladi. Òalabaning
o‘zi  nimagadir  (gimnastika  jihoziga,  biror-bir  belgiga)  tayanib
mashq  bajarayotganini  his  etishi,  unga  harakatni  faoliyat  natijasi
bilan taqqoslab ko‘rishi va o‘z harakatiga o‘zgartirishlar kiritishiga
hamda mashq o‘rganishni davom ettirishning oqilona usullarini tan-
lashga yordam beradi. O‘qituvchining sun’iy daktil imo-ishoralar
hosil  qilishi  (talaba  gavdasining  ayrim  qismlariga  qo‘l  tekkizib
qo‘yishi) ham talabani mashqlarni to‘g‘ri bajarishga majbur qiladi.
Bu usullar samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq.
Yangi  mashqlarni  o‘rganish  jarayonida  har  xil  qo‘shimcha
belgilarni (oriyentir) birga qo‘shib qo‘llash–o‘rgatish uslubiyatining
talablaridan  biridir.
O‘rgatishda  texnik  vositalardan  foydalanish  mashq  bajarilishi
natijasining sifatiga baho berishdan oldin aniq miqdoriy ma’lumot
olish, bajarilishi kerak bo‘lgan mashqlar dasturiga o‘zgartirish kiri-
tish, shuningdek, mashqlarni bajarish mobaynida qo‘yilgan xatolarni
tuzatib borish imkonini beradi. Quyidagilar texnik vositalarga kiradi:
eng oddiy o‘lchov asboblari (vaqt o‘lchagich, santimetrli lentalar,
burchak o‘lchagichlar); qayd qilish va yozuv apparatlari (diktofon,
videomagnitofon, kino va videokameralar, fotokameralar, dinamo-
graflar), dastur va nazorat-axborot apparatlari.
Harakat  ritmi  (ayrim  harakatlar)ning  muayyan  vaqt  ichidagi
ketma-ketligi yorug‘lik va tovush dasturlarini idrok etish hamda
takrorlash gimnastika mashqlarini o‘rgatishda texnik vositalardan
foydalanishga misol bo‘la oladi. Bunda yangi mashq o‘rgatish oldidan
shu mashq haqida tasavvur hosil qilish uchun ham, yangi mashqni
bajarish jarayonida harakat natijalari haqida tezkor axborot olish
uchun ham foydalaniladi, ushbu holat o‘rgatish jarayonini bosh-
qarishni  osonlashtiradi.


91
 
4.6. Gimnastika mashqlarini o‘rgatishda
harakatning  ketma-ketligi
Gimnastika  mashqlarini  o‘rgatish  jarayoni  o‘qituvchi  bilan
talabaning izchil faoliyatidan iborat bo‘lib, bu faoliyat o‘rgatishning
har bir bosqichidagi vazifalar ifodasi va o‘rganish sharoiti bilan
belgilanadi:
1. O‘rgatishning boshida o‘qituvchi talabaning o‘rganadigan yangi
mashqni o‘zlashtirishga qanchalik tayyor ekanini aniqlab olishi kerak.
Buning uchun o‘qituvchi:
• 
mashqlarni  o‘rganish  jarayonida  talabada  bo‘lgan  barcha
mashqlarni  bajarish  texnikalarini  egallash  tajribasini  va  shaxsiy
xususiyatlarini hisobga oladi;
• 
talabaning  xatti-harakatlarini  kuzatib,  u  bilan  suhbatlashib,
uning ayni vaqtdagi o‘zlashtirish holati va kayfiyatini baholab boradi;
• 
talabani funksional tizimlarining imkoniyat darajasi to‘g‘risida
ma’lumot olish uchun uni tibbiy kuzatishlar natijasiga ega bo‘lishi
shart;
• 
talabaning  jismoniy  tayyorgarlik  sifatlaridan  (chaqqonlik,
egiluvchanlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik) birini baholash uchun
nazorat vazifalar tanlaydi va  yangi bajariladigan mashqlarga o‘xshash
oldingi tanish mashqlarni takrorlash uchun topshiriq beradi.
2. O‘qituvchi talaba to‘g‘risidagi har tomonlama ma’lumotga
tayanib va yangi mashq texnikasiga oid bilimlarga asoslanib reja
tuzadi, o‘rgatish uslubiyati va usullarini  tanlaydi.
3. O‘qituvchi talabani yangi mashq bilan tanishtiradi. O‘qituvchi
bilan talabaning harakat ko‘nikmasini shakllantirish maqsadidagi
bevosita aloqasi ana shundan boshlanadi. Buning uchun o‘qituvchi:
• 
kelgusida o‘rgatiladigan mashqlarning umumiy vazifasini o‘zi
uchun  aniqlaydi;
• 
talaba oldiga qo‘yiladigan vazifa va talablarni rejalashtirib, unga
aniqlik kiritadi;
• 
talaba oldingi mashqlarni bajarish jarayonida o‘zlashtirgan
texnika ichidan yangi harakatga o‘xshashlarini ko‘rsatib beradi;
• 
talabaning zaif va kuchli tomonlarini ko‘rsatib beradi;
• 
yangi mashqlarni o‘zlashtirish rejasini tuzib chiqadi.
4. O‘qituvchi bilan talabaning bundan keyingi vazifalari o‘rgani-
layotgan mashqlar texnikasi asoslari haqida o‘rgatishni ko‘rsatib
berish,  tushuntirish,  modellarda  harakat  tuzilmalarini  ko‘rsatish
va boshqa shunga tegishli usullar yordamida talabada tasavvur hosil
qilishga qaratilgan bo‘ladi.


92
O‘qituvchi  bilan  talabaning  shu  tariqa  yangi  mashqlarni
o‘zlashtirishi harakat topshiriqlarini bundan keyin tez va to‘g‘ri
amalga oshirishga zamin yaratadi.
5.  Shundan  keyin  o‘qituvchi  talabaga  mashqni  quyidagicha
bajarishni taklif etishi kerak:
• 
harakatni  yoki  alohida  mashq  elementlarini  taqlid  qilib
ko‘rsatish;
• 
mashqni  harakatning  ayrim  bo‘laklarini  ajratib  ko‘rsatish
uchun ko‘maklashib turib, past sur’at bilan bajarish;
• 
harakatni maksimal oson sharoitda — trenajorda takrorlash.
Bunday faoliyat ayrim mushak sezgilari bilan (harakat axboroti
yordamida) mashq bajarish texnikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
to‘ldirishga yordam beradi.
6. Òalabaning mashg‘ulot jarayonida mashq bajarishida o‘qi-
tuvchi:
• 
harakatlar  bajarilishini  kuzatib  turishi,  turli  usullardan
foydalanib, talabaga yordamlashib turishi, berilgan topshiriqlarning
bajarilish natijalarini nazorat qilib borishi va zarurat tug‘ilganda
talabalarga berilgan mashqlarni bajarish davomida, uni tuzata borishi
yoki keyingi topshiriqqa oid yo‘l-yo‘riqlar berib borishi kerak.
Bu davrdagi asosiy vazifa mashqlar bajarilayotganda yuz bera-
digan  xatolarni  o‘z  vaqtida  tuzatishdan  iborat.  Xatolarning  yuz
berishiga  quyidagilar  sabab  bo‘lishi  mumkin:  harakat  texnikasi
haqidagi tasavvurning aniq emasligi, talabalarning harakat sezgilari
bilan o‘z harakatlariga bergan subyektiv baholarining mos kelmas-
ligi;  bajarilishi  kerak  bo‘lgan  mashqlarning  murakkabligi  bilan
talaba imkoniyatining mos kelmasligi; o‘zlashtirib bo‘lingan mashq-
larning yangi mashqni bajarishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi; harakat
faoliyati paytida yetarlicha dadillik va qat’iylik ko‘rsatmaslik va h.k.
Asosiy  va  ikkinchi  darajali  xatolarni  tuzatish  uchun  aniq
vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘rgatishdagi xilma-xil usullardan
foydalaniladi. Mashqni mukammal o‘rganishga  qaratilgan faoliyat
asosiy texnik harakatlarni avtomatlashtirilgan darajaga yetkazish,
mashqlarni mustaqil ravishda va texnik jihatdan to‘g‘ri bajarishda
namoyon  bo‘ladi.
7. Mashqlarni bajarish  texnikasini o‘rganish va takomillashtirish
uchun  talaba  o‘qituvchi  rahbarligida  hamda  o‘zlashtirilgan
mashqlarni o‘zi mustaqil bajarishni davom ettiradi.


93
5-bob.
 
MASHG‘ULOÒ  O‘ÒKAZILADIGAN JOYLAR
VA ULARNING JIHOZLANISHI
5.1. Gimnastika zallari
Gimnastika o‘quv-mashg‘ulot darslari, odatda, maxsus jihozlar
bilan jihozlangan gimnastika zallarida yoki ochiq maydonchalar
(gimnastika shaharchalari)da o‘tkaziladi.
Gimnastika mashg‘ulotlarini  zallarda o‘tkazish uchun:
1. Umumta’lim maktablari, maxsus maktab-internatlari, aka-
demik litseylar, kasb-hunar kollejlari va nihoyat, oliy ta’lim muas-
sasalaridagi zallarda gimnastikaga oid jihoz, jihozlar uchun qo‘-
shimcha xonalar, yo‘riqchilar xonalari, yechinib-kiyinadigan xona-
lar (erkak  va  ayollarga), yuvinish xonalari va hojatxonalar bo‘lishi
shart. Ular  mashg‘ulot-darsga qatnashuvchilar uchun qulay joy-
lashgan bo‘lishi kerak.
Kiyinib-yechinish  xonalari  shug‘ullanuvchilarning  kiyimlari
saqlanadigan  ikki  qavatli  javonlar  (0,3x0,50  m)  va  o‘rindiqlar
bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Maktablardagi majlis zallaridan
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
o‘tkazishda foydalanish mumkin.
2. Maxsus ta’lim talabalari uchun:
r
/
T
l
a
Z
m
,i
m
a
h
c

O
a
d
t
y
a
p
r
i
B
a
b
a
l
a
t
a
h
c
e
n
i
h
s
i
n
a
ll
u
‘
g
u
h
s
n
i
k
m
u
m
i
y
‘
o
b
i
n
e
i
g
il
d
n
a
l
a
b
.
1
il
a
z
a
k
it
s
a
n
m
i
g
k
i
h
c
i
K
8
1
9
4
,
5
a
h
c
a
g
a
t
0
4
.
2
a
k
it
s
a
n
m
i
g
k
i
h
c
i
K
il
a
z
t
r
o
p
s
4
2
2
1
0
,
6
a
h
c
a
g
a
t
0
6
3. Klublar uchun 60—65 kishilik kichik (24x12x6) yoki o‘rta
(30x15x6,5) sport-gimnastika zallari mo‘ljallangan bo‘ladi.
Zallardan foydalanishda qo‘yiladigan gigiyena talablari.
 Sport
zali, uning yordamchi xonalari supurish va yuvish uchun qulay
bo‘lishi kerak. Devorlar 1,75 m balandlikkacha to‘g‘ri va tekis bo‘lishi
lozim. Ular ochiq rangli  bo‘yoqda bo‘yaladi yoki ustiga tekis va
yaxlit qoplama qoplanadi.
Shið ham ochiq rangli bo‘yoqda bo‘yaladi. Pol  kemalar palubasi
singari tekis, yoriq joylarisiz qoqilgan bo‘lishi kerak. Isitish asboblari
ham turtib chiqmaydigan qilib, devor sathiga tekislab panjara bilan


94
qoplanadi. Odatda, gimnastika mashg‘uloti o‘tkaziladigan zaldagi
harorat  doimiy  18—20°C  saqlab  turiladi,  havoning  namligi  esa
50—60 % atrofida bo‘ladi.
Mashg‘ulotlar  o‘tkaziladigan  sport  zalida  havoni  bir  soatda
uch marta almashtirishni ta’minlaydigan tabiiy yoki sun’iy (havo
oqimini  kiritib,  so‘rib  chiqaradigani  hamda  isitib  turadigan)
jihozlar o‘rnatilishi  maqsadga muvofiq.
Derazalarning nur tushadigan sathi pol sathidan 1,5 qismidan
kam bo‘lmasligi kerak. Derazalar poldan 1,5 m balandlikda bo‘lishi
darkor. Elektr nuri mayin, yetarli (pol yaqinida 150 luks yoritilgan)
bo‘lishi lozim.
Yechinib-kiyinish xonalari zalning yonginasida bo‘ladi. Hamma
xonalar  muntazam  supurib,  yuvib,  yig‘ishtirilib  turilishi  kerak
(har kuni, har bir mashg‘ulotdan so‘ng ho‘l latta bilan artiladi va
1—2 haftada bir marta yaxshilab umumiy yig‘ishtiriladi).
Gimnastika  zallarining  jihozlari.
  Gimnastika  turlari  bilan
shug‘ullanish uchun zallarda maxsus gimnastika sportiga oid jihozlar
o‘rnatilishi kerak. Jihozlarning soni zalda bir vaqtda nechta sportchi
shug‘ullanishiga qarab belgilanadi.
Bunda  mashg‘ulotning  mazmuni,  shug‘ullanuvchilarning
toifasi,  o‘quv  guruhlari  (ularning  tarkibi,  soni)  hisobga  olinadi.
5.2. Gimnastika jihozlari
Zalda  o‘rnatilgan  gimnastika  devori  umumrivojlantiruvchi
mashqlar bajarish va tirmashib chiqish uchun qo‘llaniladi. Uning
balandligi 320 sm, ustunlarining orasi 100 sm. Gorizontal zina-
poyalar (reykalar) ustunlarga mahkamlangan bo‘ladi  (101-rasm).
Gimnastika  narvoni  tirmashib  chiqish  va  tirmashib  o‘tish
mashqlarini bajarish uchun qo‘llaniladi. Uning bo‘yi 5 m, eni
48 sm, zinapoyalar (reykalar)ning diametri 3,5 sm, zinapoyalar
oralig‘i 25 sm bo‘ladi.
Gimnastika o‘rindig‘i umumrivojlantiruvchi mashqlar, muvo-
zanat  saqlash,  tayanish,  tirmashib  chiqish  va  h.k.  mashqlarni
guruhlarga  bo‘lib  bajarish  uchun,  shuningdek,  shug‘ullanuvchi-
larning  mashqlar  orasida  dam  olishi  uchun  qo‘llaniladi.  Uning
bo‘yi  4  m,  eni  24  sm,  balandligi  30  sm  bo‘ladi.  Uning  pastki
tomonida boshidan oxirigacha eni 5 santimetrli to‘rt qirrali yog‘och
qoqib qo‘yilgan bo‘ladi. Bu esa uni ag‘darib qo‘yib, muvozanat
saqlash mashqlarini bajarishda foydalanish imkonini beradi.


95
101-rasm.
102-rasm.
100
120
Òirmashib  chiqadigan  arqon
  (yoki  langarcho‘pni)  shiðdagi
to‘sinlarga yoki maxsus «tirsaklarga» osib qo‘yiladi. Uning yo‘g‘onligi
qo‘l ushlash uchun qulay, uzunligi esa 4—6 m bo‘lishi kerak. Foyda-
lanish oson bo‘lishi uchun har yarim metr oraliqda rangli tasmalar
(qiytiqlar)  belgilab  qo‘yiladi.
Halqalar,  odatda,  maxsus  «tirsak»larga,  maktab  zallarida
ba’zan shið to‘sinlariga (shiði baland zallarda esa ilgakka) osiladi.
Ularning osilgan joyi poldan 5,5  m baland bo‘ladi. Halqalarning
o‘zi poldan 2,5  m balandlikda, ikki halqa orasidagi masofa esa
50  sm.ni tashkil etadi. Devorga mahkamlanadigan halqalarda maxsus
qulf bo‘lib, ana shu qulf yordamida zanjirni devorga qoqilgan qoziqqa
mahkamlab  qo‘yiladi.
Mashg‘ulotlar oldidan halqalarning poldan qancha balandligini,
ular  orasidagi  masofani  har  ikki  halqaning  baland-pastligini,  shu-
ningdek, tasmalarning mustahkamligini, arqonlar, qayishlar hamda
to‘qalarning, halqalarning sirti qay holatda ekanligini tekshirish kerak.
Oyoq siltash uchun dastakli ot.
 Bo‘yi 160 sm, eni 36 sm, dastak-
lari 40—45 sm oraliqda simmetrik o‘rnatilgan dastaklarning dastakli
ot sathidan balandligi 12 sm, poldan balandligi esa 120 sm bo‘ladi
(102-rasm). Dastakli otning usti charm yoki sun’iy charm bilan
qoplangan  bo‘ladi.
Sakrash uchun dastakli ot
. Uning o‘lchamlari ham yuqoridagi
dastakli  otdagi  singari  bo‘ladi-yu,  faqat  dastaklari  bo‘lmaydi.
Dastakli  ot  uzunasiga  qo‘yilib,  tortqichlar  yordamida  mahkam-
lanadi. U uzoqdagi va yaqindagi qismlarga (o‘rtasidan) bo‘lingan
bo‘ladi. Dastakli otning poldan balandligi 110—150 sm.  Ayollar
uchun bu jihoz 110 sm balandlikda ko‘ndalang qo‘yiladi.


96
«Eshak». 
100  sm.dan  160  sm.gacha  bo‘lgan  balandlikda
ko‘ndalang yoki uzunasiga qo‘yiladi, bo‘yi 60 sm, qalinligi 40 sm.
Uning ustiga charm yoki sun’iy charm qoplangan bo‘ladi, hozirgi
kunda bu gimnastik jihoz qo‘llanilmaydi.
Gimnastikaga oid jihozlarni ikki kishi mashg‘ulot o‘tkazadigan
joyga olib borib qo‘ysa bo‘ladi. Bunda ulardan biri dastakli otning
oldiga, ikkinchisi orqasiga o‘tib, har ikkisi ham oldinga qarab turadi
va jihozning  tanasiga yaqin joydan oyoqlaridan ushlab ko‘tarib,
bir xil qadam bosib yuradilar. Jihozni ko‘tarayotganda yoki yerga
qo‘yayotganda, uni bir tomonga og‘dirib turib, oyoqlarini kerak
belgilarigacha chiqariladi, keyin narigi tomoniga og‘dirib, qolganlari
chiqariladi.  Oyoqlar  rangli  bo‘yoq  bilan  belgilangani  ma’qul.
Mashg‘ulot  oldidan  jihozning  qanchalik  mahkam  turganligi,
qoplamasining butunligi, dastaklarining sirti (kertiklar, magneziya
qotib qolgan joylari va h.k.) tekshirib ko‘riladi.
Qo‘shpoyalar:
  a)  erkaklarning  qo‘shpoyalari  (103-rasm).
Yog‘ochlarning uzunligi 350 sm (tuxumsimon shaklda). Yog‘ochlar
poyaga mahkamlab qo‘yilgan moslamalar, tirgovuchlarga sharnirda
biriktirilgan bo‘ladi. Yog‘ochlar poldan 160—170 sm balandlikda
o‘rnatilib, ular oralig‘i 42—62 sm bo‘ladi;
b) ayollar qo‘shpoyalari yer sahnidan (balandligi har xil) pastki
yog‘ochi 130—150 sm, yuqori yog‘ochi 190—249 sm balandlikda
bo‘ladi. Yog‘ochlar oralig‘i 43—55 sm. Umumta’lim maktablari
o‘quvchilari uchun, ko‘lami katta bo‘lmagan musobaqalarda  eski
ramali qo‘shpoyalardan foydalanish hollari ham uchraydi. Bunday
Yog‘ochlari
Mustahkam-
lagichi
Ustuni
Ramasi
103-rasm.


97
holda qo‘shpoyalarda mashq bajarishda xavf tug‘diradigan bo‘rtib
chiqqan  shikastlangan joylari bo‘lmasligi kerak. Yangi zamonaviy
qo‘shpoyalar  (104-rasm)  qulayroq;
d) past (yordamchi) qo‘shpoyalarning yog‘ochlari yer sahnidan
130—150 sm balandlikda bo‘ladi. Erkaklar qo‘shpoyalarida yog‘och-
larni muayyan balandlikda tutib turadigan moslama  (lo‘kidonlar,
qisqichlar, vint)lar  bo‘ladi. Yog‘ochlarning balandligini, oralig‘ini
o‘zgartirishda oyoq-qo‘l bilan yog‘ochni ushlab, ikkinchisi bilan
prujinani burab chiqariladi yoki mahkamlanadi. Mashg‘ulot oldidan
yog‘ochlar mahkamlagichlarining qanchalik  mustahkamligi, tashqi
sirtlarining tekisligi, shikastlanmaganligini tekshirib ko‘riladi. Ko‘ch-
ma qo‘shpoyalar omborlarda yoki gimnastika jihozlari qo‘yiladigan
maxsus xonalarda saqlanadi. Ularni tashishda maxsus aravachalardan
foydalanish  kerak.
Yakkacho‘p
  (105-rasm)  tortqichlar  yordamida  mustahkam-
langan tik tirgovuchlarga gorizontal mahkamlangan, silliqlangan,
diametri 28 mm temir tayoqdan iborat. Mashg‘ulotni mavzusiga qa-
rab  yakkacho‘pning  balandligini  yer  sahnidan  120  sm.dan
240 sm.gacha o‘rnatsa bo‘ladi. Gimnastika mashg‘ulotlari bilan shug‘ul-
lanishni yaqinda  boshlagan yosh sportchilar, mashg‘ulotlarni devor
yonida o‘rnatiladigan yakkacho‘pda o‘tkazishlarini tavsiya etamiz.
Yakkacho‘pning tirgovuchlari aniq vertikal, temirdan yasalgan
cho‘pi esa gorizontal holatda o‘rnatiladi. Bunda uning hamma mah-
Yuqoridagi  yog‘ochi
Pastki yog‘ochi
104-rasm.


98
kamlagichlari,  ayniqsa,  poldagi  ilgaklar  mahkam  bo‘lishiga
e’tiborni  qaratish  lozim.  Yakkacho‘pni  tez  o‘rnatish  uchun  uni
yerga (polga), tirgovuchlari o‘rnatiladigan joyga to‘g‘rilab  yotqizib
qo‘yiladi.
Òortqichlari bilan troslarini tekshirib ko‘rib, ikki kishi uni tik
holatda ushlab turadi-da, boshqa ikki kishi tortqichlarini mahkam-
laydi. Bir tomonini to‘g‘rilab olgandan so‘ng, tirgovuchlar bilan
yakkacho‘pning aniq turishini e’tibordan chetda qoldirmay, tutash-
tiruvchi mufta yordamida ikkinchi tomonidagi tortqichlarini tortish
mumkin,  jihozning  kerakli  balandligini  tezroq  aniqlash  uchun
tirgovuchlarga  belgilar  (bo‘yoq  bilan)  qo‘yiladi.  Devor  yonidagi
yakkacho‘pni  o‘rnatish  bundan  ham  oson,  devorga  mahkamlab
qo‘yilgan tirgovuchga qarab ikkinchi  (ko‘chma)  tirgovuch holati
belgilanadi va tezgina o‘rnatiladi.
Mashg‘ulot oldidan tirgovuchlar qanchalik to‘g‘ri va mustah-
kam turganligi, troslarning tortilish darajasi, temir tayoqning ustki
tomoni tekshirib ko‘riladi. Òemir tayoqni mashg‘ulot oldidan texnik
soda eritmasi yoki benzinda ho‘llangan latta bilan (moyi ketkiziladi),
mashg‘ulotdan keyin esa jilvir qog‘oz va sochiq bilan artib chiqiladi.
Erkin mashqlar maydonchasi (gilami)ning o‘lchami 12x12 m
bo‘lib, aylanma oq hoshiyasi bo‘ladi. Hoshiya tashqarisida kamida
yana 1 m qo‘shimcha joy qolishi kerak. Elastik to‘shama eng yaxshi
qoplama hisoblanadi.
«Ko‘prik»cha sakrash uchun, xoda va qo‘shpoyalarda mashq
bajarish uchun qo‘llaniladi (106-rasm). Uning balandligi 12 sm,
eni 60 sm, bo‘yi 120 sm. Prujinali ko‘prikcha (tramplin) balandligi
2400
±
2
100
±
10
220 kg
5500
±
20
500
500
4000
±
15
2500
105-rasm.


99
40 sm, bo‘yi 120— 130 sm bo‘ladi. Mashg‘ulotga ko‘prikcha yoki
prujinasimon moslamani, odatda, oldingi chetini gimnastika to‘sha-
giga taqab, polga mahkam turadigan qilib, rezina yo‘lagiga qo‘yiladi.
Gimnastika xodasi muvozanat mashqlari bajarish uchun qo‘lla-
niladi. Uning uzunligi — 5 m, qalinligi (pastdan yuqoriga) 16 sm,
ustki va ostki sathining eni 10 sm. Òashqi sirti tekis va  sirg‘anmaydigan
bo‘lishi shart.
 Xoda pol sahnidan 120 sm balandlikda bo‘ladi. Birinchi mash-
g‘ulotlarda mushaklar chigilini yozish va yangi mashqlarni o‘zlash-
tirishda pastroq — 50 sm balandlikda yoki polga yotqizib qo‘yilgan
xodadan  foydalaniladi.
Mashg‘ulot oldidan  xodaning qanchalik gorizontal va mahkam
o‘rnatilganligini tekshirib ko‘riladi. Uning tashqi sirtiga katta e’tibor
beriladi, magneziya yoki kanifol bilan tozalanadi.
Batut  —  ramaga  rezina  amortizator  bilan  tortib  bog‘langan
yuqoriga sakratuvchi gorizontal to‘r.
Sakrash uchun tirgovuchlar kvadrat taxta kesimlaridan iborat
bo‘ladi. Ularning balandligi 2,5 m. Planka (tizimcha)ning balandligi
tirgovuchlar muftasidagi «panja» (turtib chiqqan joy)lar yordamida
o‘rnatiladi.
Òirgovuchlar (ñòîÿíêè) parallel o‘rnatilgan yog‘ochlar bo‘lib,
pastdagi  tirgovuchlarga  (yoki  har  qaysisi  alohida  tirgovuchga)
yaxshilab qotirilgan bo‘ladi.
Òo‘shaklarning bo‘yi 200 sm, eni 125 sm, qalinligi 60—65 sm
bo‘lib, sportchining yerga kelib qo‘nadigan joyiga ikki qavat qilib
to‘shab qo‘yiladi. Ayrim paytlarda bir qavat qilib ham tashlanadi.
Murakkab mashqlarni o‘rganish paytlarida parolon to‘shaklardan
foydalaniladi.
120
±
5
1200
±
5
600
±
3
106-rasm.


100
Pastlikka sakrash maydonchasi (o‘lcham 45x50 sm) ilgaklar
yordamida gimnastika devorchasiga o‘rnatiladi.
Musobaqa o‘tkazishga mo‘ljallangan gimnastika jihozlarining
shakli,  o‘lchamlari,  egiluvchanligi  va  polga  mahkamlanadigan
joylarining qayerda bo‘lishi musobaqa o‘tkazish qoidalarida belgilab
qo‘yilgan mezonlarga mos bo‘lishi kerak. Umumta’lim maktab-
larida, quyi jamoalarda o‘tkaziladigan ommaviy (saralash toifasiga
ega bo‘lmagan) musobaqalarda eski  jihozlardan foydalanilsa ham
bo‘ladi, lekin ular ishchi holatda bo‘lishi shart.
5.3. Gimnastika jihozlarining to‘plamasi
Bunday jihozlarning tuzilmasi quyidagi talablarga javob bera-
digan bo‘lishi shart:
 a) jihoz qurilmasi guruh bilan mashq qilishga imkon beradigan
bo‘lishi kerak;
b)  o‘lchamlari  shug‘ullanuvchilarning  yoshlari,  tayyorgarlik
toifalariga mos bo‘lishi kerak;
d) jihozlar sodda, ishonchli materialdan  yasalgan, tez o‘rna-
tishga qulay bo‘lishi kerak.
1. Bolalarning universal  gimnastika jihozi. Uning ishlatiladigan
qismi — g‘iloflangan, los arqon.
2. Uzun yoki ko‘p  qurilmali yakkacho‘p. Uni istalgan baland-
likda  o‘rnatsa bo‘ladi. O‘zi tirgovuchlarga o‘rnatib qo‘yilgan bir
qancha temir tayoqlardan iborat bo‘ladi
3. Uzun qo‘shpoyalar (past yoki balandligi har xil). Òirgovuch-
larga o‘rnatilgan bo‘ladi (107-rasm).
107-rasm.


101
4. Uzun gimnastika yog‘och oti. Kigiz  yoki dermantin qop-
langan yog‘och qoplamadan iborat bo‘ladi.
5. Ko‘p qurilmali halqalar moslamasi (108,109-rasm).
6. Òayanib sakrash moslamalari (106-rasm).
5.4. Jihozlar
Gimnastika  tayoqchalari  diametri  25—30  sm  bo‘lib,  undan
mashg‘ulotlarda erkaklar ham (100 sm), ayollar ham (100 sm),
bolalar  ham  (90  sm)  foydalanadilar.
Òo‘ldirma  to‘plar  ichiga,  asosan,  qiðiqlar,  yung  yoki  boshqa
materiallar zichlab tiqilgan charm yoki sun’iy charm qoplamalardan
iborat bo‘lib, uning diametri 31—40 sm, og‘irligi 1—5 kg bo‘ladi.
Arg‘amchi  chizimcha  (los  arqon)dan  yoki  rezinadan  iborat
bo‘lib, 2—3 m va  4—5 m uzunlikda bo‘ladi.
Gantellar shakli ham, og‘irligi ham har xil bo‘lishi mumkin.
Og‘irligi 3—8 kg keladigan dumaloq gantellar bular orasida eng
qulayi hisoblanadi.
108-rasm.
109-rasm.


102
Òo‘qmoqlar butunlay yog‘ochdan yasaladi yoki temir o‘zak-
dan bir uchiga tennis koptokchasi, ikkinchi uchiga esa yog‘och
kallak kiydirib yasaladi. Uning uzunligi 40—52 sm, yog‘ochning
og‘irligi  400—500  g.
Koptokni  nishonga  uloqtirish moslamasining  o‘lchami
100x100 sm bo‘lib, gimnastika devorchasiga ilgaklar bilan qotiriladi.
Nishonning  belgilanishi  taxtadan  yasalgan  moslamaning  markazi
«olma» shaklida belgilanadi, diametri 18 sm, keyingi doiralarining
diametri 40, 60 va 80 sm. Doiralar 1 sm enlikda oq  bo‘yoq bilan
chiziladi.
Xavfsizlik kamari
 (lonja)— qo‘lda ushlab va osib qo‘yib qo‘lla-
niladi. Osib qo‘yiladiganida bitta tros bo‘ladi.
Qoplama
 — jihozlarda (yakkacho‘pda, halqalar va h.k.larda)
mashq bajarganda qo‘l kaftlarini ehtiyotlaydigan maxsus moslama.
Hakamlar ko‘rsatkichi
 — mashq qanday bajarilganiga qo‘yilgan
bahoni ko‘rsatadigan maxsus moslama:
a)  qo‘l  ko‘rsatkich;
b) shtativga o‘rnatilgan baho ko‘rsatadigan qurilma. Umum-
ta’lim maktablarida xuddi shu maqsadda ba’zan o‘quvchilar daftari
qo‘llanilib, uning varaqlariga 0 dan 10 gacha (butun va kasr) sonlar
yozilgan  bo‘ladi.
5.5. Gimnastika maydonchasi
Gimnastika maydonchasi 
— gimnastika mashg‘ulotlari o‘tka-
ziladigan  maxsus  gimnastikaga  oid  jihozlar  bilan  ta’minlangan
joy  va  ko‘kalamzorlashtirilgan  yer  uchastkasi.  Maydonchaning
o‘lchamlari 40x26 m. Maktab yoshidagi bolalar bilan mashg‘ulot
o‘tkaziladigan maydoncha kichikroq (35x25 m) bo‘lishi  mumkin.
Bunday maydonchani maktab hududida, o‘yingohlarda, istirohat
bog‘larida yoki mahalla huzurida shug‘ullanuvchilar o‘z kuchi bilan
jihozlashi mumkin.
Maydonchalarda gimnastika shaharchasi qurishni tavsiya etamiz.
Shaharcha, barcha asosiy jihozlardan, ayniqsa, osib qo‘yiladigan
va uzoq vaqtga mo‘ljallangan — qotirilgan gimnastika mashg‘ulotlari
o‘tkazishga mos yoki yordamchi jihozlardan tashkil topgan bitta
to‘plama qilib birlashtirgan gimnastika moslamalaridan iborat bo‘ladi.
Bir uchi yerga ko‘milgan, balandligi 4,5—6,0 m, yog‘och ustunga
yoki temir tirgovuchlarga mahkamlab qo‘yilgan gorizontal to‘sin-
larga halqalar, xoda, arqonlar, langarcho‘plar, gimnastika devor-
chalari, yakkacho‘plar (past va baland) va h.k. buyumlar o‘rnatiladi.


103
Boshqa (ko‘chma) jihozlar maydonchada yuqoridagi tavsiyalarga
asosan  o‘rnatiladi.
Sakrash uchun va jihozlardan sakrab, yerga tushish uchun o‘l-
chami ko‘pincha 2x3 m bo‘lgan chuqur kovlab, uning ustki qismiga
toza qum aralashtirilgan qiðiq solib qo‘yiladi. Shuningdek, yurish va
yugurish yo‘lakchasi, ko‘chma jihozlar, jihozlar, «zaxira» yog‘ochlar,
ko‘prikchalar va h.k.lar saqlanadigan shiypon yoki xona, musiqa as-
boblari, dam oladigan o‘rindiqlar saqlanadigan shiypon bo‘lishi kerak.
Bolalar  gimnastika  maydonchasida  turli  yoshdagi  bolalarga
mo‘ljallangan jihozlar ko‘proq bo‘lishi, ular ichida tirmashib chiqish
va oshib o‘tish uchun muvozanat saqlash mashqlari, turli o‘yin va
estafetalar uchun kerakli jihozlar ham bo‘lishi lozim.
Gimnastika maydonchasida guruhlar bilan umumrivojlantiruvchi,
erkin  va turli mashqlar bajarishga sharoit bo‘lishi darkor. Maydon-
chaning bu qismini sirti (o‘lchami erkin mashq bajariladigan joydan
kichik  bo‘lmasligi  lozim)  qum-tuproqli  (yoki  yalang  yer)  bo‘lishi
zarur,  chunki  o‘t  o‘stirilgan  joyda  yomg‘ir  va  shudring  tushganda
sirg‘anchiq bo‘lib, gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi.
Gimnastika shaharchasi qayerda (shahar, qishloq, posyolka,
sog‘lomlashtirish-sport inshootida, harbiy qismlar, hordiq chiqa-
rish, davolanish maskanlari va h.k.larda) joylashganligiga qarab,
unda zovur, xandaq buyumlar va shu singari ayrim tabiiy va sun’iy
to‘siqlar bo‘lishi mumkin. Gimnastika maydonchasi tevarak-atrofini
o‘rab  turgan  manzara  tabiat  bilan  hamohang  bo‘lsa,  ko‘kalam-
zorlashtirilsa, shug‘ullanuvchilarning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir etadi,
kayfiyatini ko‘taradi. Maydonchaga yaqin joyda toza suvli cho‘mila-
digan hovuz bo‘lishi zarur. Maydoncha yaqiniga shug‘ullanuvchilar
dam olishi uchun o‘rindiqlar qo‘yiladi. Òoza havoda gimnastika
bilan shug‘ullanishning gigiyenik ahamiyati katta ekanligini hisobga
olib, ta’lim maskanlarida jismoniy tarbiya darslarini,«Alpomish va
Barchinoy»  sog‘liq  darajasini  aniqlash  mezonlarini  topshirishga
tayyorgarlik va boshqa sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini iloji boricha
ochiq maydonchalarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
5.6. Zallar va jihozlardan foydalanish qoidalari
Òalabalar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari kerak:
1. Jihozlarni ehtiyot qilishlari, ularni mashg‘ulotga  tayyorlash
va darsdan keyin yig‘ib qo‘yishlari, polga zarar yetkazmaslik uchun
jihozlarni maxsus aravachalarda tashishlari.


104
2. Magneziyani   ehtiyotlab ishlatishlari, mashg‘ulot tugagandan
so‘ng shug‘ullanuvchilar yakkacho‘pning temir tayog‘ini, qo‘sh-
poyalarning yog‘ochlarini, halqalarni, yog‘och otning tutqichlarini
magneziyadan  tozalab,  sochiq  bilan,  to‘shaklarni esa  ho‘l  latta
bilan artib qo‘yishlari.
3. Jihozlarni maxsus xonalar yoki taxmonlarda (isitish asbob-
laridan  uzoqroqda)  saqlashlari.
4. Zalni har kuni supurib-sidirishlari, pol, devor, deraza tok-
chalarini,  eshik  va  h.k.larni  issiq  suv  bilan  yuvishlari,  yumshoq
jihozlarni (akrobatika poyandozi, erkin mashqlar gilami va h.k.larni)
changyutgich bilan muntazam tozalab turishlari.
5. Mashg‘ulotlar orasidagi tanaffuslarda polni ho‘l latta bilan
artib, zalni shamollatishlari shart.
Zalga kiraverishda quyidagilarga rioya qilinadi:
a) zalda faqat sport kiyimi va maxsus oyoq kiyimida yurish;
b) mashg‘ulot vaqtida o‘qituvchi  (murabbiy) ko‘rsatmalarini
aniq bajarish, o‘rtoqlariga ko‘maklashish;
d) xavfsizlik qoidalarini, o‘zini himoya qilish usullarini bilib olish;
e) zalga kirish va  chiqishda  faqat o‘qituvchidan ruxsat so‘rashni
eslatuvchi yo‘riqnomalarni osib qo‘yish shart.
O‘quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun jihozlarni
xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda joylashtirish kerak. Gimnastika
jihozlarini tashishga ko‘p vaqt sarflamaslik uchun  ularni saqlana-
digan joyga yaqinroq o‘rnatgan ma’qul.  O‘quv bo‘limlari (kichik
guruhlar)ni bir tur mashg‘ulotdan ikkinchisiga eng yaqin yo‘l bilan,
tez o‘ta oladigan, ammo bunda boshqalarga xalaqit bermaydigan
qilib joylashtirish lozim.
6-bob.
  GIMNASÒIKA MASHG‘ULOÒLARIDA
SHIKASÒLANISHNING OLDINI OLISH
6.1. Shikastlanish sabablari
Gimnastika mashg‘ulotlarida mehnat va turmush tajribasida
nihoyatda  kamdan  kam  uchraydigan  xilma-xil  mashqlar  qo‘lla-
niladi.  Ular  murakkab  harakat  faoliyatidan  tashkil  topib,  ularni
bajarish esa o‘ziga xos sharoitlar bilan bog‘liq. Bu sharoitlarni belgi-
laydigan omillardan eng muhimi quyidagilar:
1. Gimnastikaga oid jihozlarda, maxsus tuzilmalarda bajarila-
digan shaklan va mazmunan xilma-xil bo‘lgan ko‘p sonli harakat-
larning mavjudligi.


105
2. Gimnast tanasining fazodagi holati doimo o‘zgarib turadigan
aylanma harakatlarning ko‘pligi.
3. Uchib tushayotganda va yerga qo‘nish chog‘ida harakatlarni
boshqara bilish.
Gimnastika mashg‘ulotlarida shikastlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun
xavfsizlik texnikasiga rioya qilishga qaratilgan  choralar ko‘rilishi kerak.
Quyidagilar  jarohatlanishning  asosiy  sabablari  bo‘lishi
mumkin:
1. Mashg‘ulotni tashkil qilish qoidalari va uning uslubiyatiga
rioya qilmaslik.
2. Jihozlarni o‘z vaqtida tekshirib turmaslik.
3. Sanitariya-gigiyena shartlarini buzish.
4. Shifokor nazorati yo‘qligi yoki muntazam ravishda o‘tkazib
turmaslik.
5. Shug‘ullanuvchilar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni yetarli olib
bormaslik.
6. Shug‘ullanuvchilarning yangi va murakkab mashqlarni baja-
rishga jismonan tayyor emasligi.
Jarohatlanishning oldini olish maqsadida mashg‘ulot va muso-
baqalar o‘tkazishdan oldin quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1)  o‘quv  hujjatlari  (rejalar,  ma’ruza  matnlar)ni  tayyorlab
qo‘yish;
2)  mashg‘ulot  o‘tkaziladigan  joylarning  sanitariya-gigiyena
talablariga qanchalik tayyorligini, sport buyumlari va jihozlarning
buzuq emasligini, shug‘ullanuvchilarning sport kiyimi va poyabzali-
ning gigiyena talablariga qanchalik javob berishini tekshirib ko‘rish;
3) gimnastning sog‘lig‘i yomonlashishi oqibatida yoki biron
boshqa sabablar natijasida sodir bo‘lgan oraliqdagi uzilishdan keyin
mashg‘ulotga, musobaqalarga qatnashishga ijozat berilganligi haqida
shifokorning ruxsatnomasi bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish.
Mashg‘ulot o‘tkazilayotgan vaqtda quyidagi shartlar bajarilishi
kerak:
1) mashg‘ulotlarni tashkillashtirishning barcha qoidalariga rioya
qilish;
2)  mashg‘ulot  oldidan  har  bir  jihozning  mahkamlanadigan
joylari mustahkamligini, gimnastika to‘shaklarining jihozlar oldiga
qanday to‘shalganligini, magneziya va kanifolning sifatini tekshirish;
3)  zamonaviy  o‘rgatish,  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalardan
foydalanish,  pedagog-murabbiyning  talaba-sportchiga  mohirlik
bilan ko‘maklashishi va uni muhofaza qilishi.


106
6.2. Shikastlanishning oldini olish choralari
Yuqorida qayd etilganidek, mashg‘ulotlar yomon tashkil etilishi
talaba-sportchilarning  jarohatlanishiga  asosiy  sabablardan  biri
hisoblanadi. Shu jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga quyidagilarni
tavsiya etamiz:
1. Har bir  mashg‘ulotning  jadvali va rejasiga  qat’iy  rioya qilish.
2. Shug‘ullanuvchilarda ongli ravishda intizomli bo‘lishni tar-
biyalash, ulardan hamma ko‘rsatmalar bajarilishini talab qilish.
3. Har bir shug‘ullanuvchining xatti-harakatini muntazam ra-
vishda  nazorat  qilishni  ta’minlash,  ularga  gimnastika  ko‘p-
kurashining bir turidan ikkinchisiga o‘zbilarmonlik bilan o‘tishga
ruxsat bermaslik.
4. Shug‘ullanuvchilarga  jihozlar, depsinish va  yerga qo‘nish joy-
lari yaxshi ko‘rinib turadigan bo‘lishi kerak. Jihozlarni shug‘ulla-
nuvchilar mashq bajarganlarida bir-biriga tegib ketmaydigan qilib
o‘rnatish.
6.3. Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish
Gimnastika  mashg‘ulotlarida  muhofaza  qilish  va  yordam
ko‘rsatish  gimnastika  mashqlari  texnikasini  o‘rganish  vazifasini
muvaffaqiyatli hal etishga emas, balki talabalarning jarohatlanishi
ro‘y berishiga ham yo‘l qo‘ymaslikka imkon beradi.
Mashq  bajaruvchi  sportchi  mashq  bajarish  jarayonida
muvaffaqiyatsizlikka uchraganda o‘qituvchi yoki uning sherigi unga
o‘z vaqtida yordam berishga tayyor turishini muhofaza qilish, deb
tushunish kerak. Muhofaza qilishdan yordam ko‘rsatishning farqi,
yordam ko‘rsatganda qo‘llab yuborish, turtki berib qo‘yish, sportchi
bajarayotgan mashqlarning ketma-ketligini ta’minlash uni «surib
borish» deb nazarda tutiladi.
Muhofaza  qilish  va  yordam  ko‘rsatish,  ayniqsa,  murakkab
harakatlar bajarilayotganda katta ruhiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Òurli
gimnastika  mashqlari  texnikasini  o‘zlashtirayotganda  murabbiy
tomonidan  amaliy  yordam  ko‘rsatish  shug‘ullanuvchilarda  aniq
harakat tasavvurining shakllanishiga ko‘maklashadi.
Quyidagilar amaliy yordam ko‘rsatishning asosiy turlariga kiradi:
a) mashqlar bajarishda harakatning yo‘nalishi bo‘ylab «surib
borish»;
b) harakatning eng murakkab qismida biroz ko‘mak berish;
d)  shug‘ullanuvchini statik holatda qo‘llab-quvvatlash.


107
«Surib borish» harakatni bir butun holda o‘rganib olishni oson-
lashtiradi.  «Surib  borish»dan  foydalanilganda  o‘qituvchi  talaba-
sportchining faoliyatini buzmaydigan darajada jismoniy kuch sarflab
yordam berishi lozim. Biroz yordamlashib (turtki berib) yuborish
harakatning alohida qismlari bajarilayotganda qo‘llaniladi, xolos.
Shug‘ullanuvchi dastlabki, oraliq va pirovard holatlarda bo‘l-
ganida, ayniqsa, gimnast o‘z kuchini  yetarlicha to‘g‘ri sarflay olmay-
digan vaqtlarda murabbiy uni qo‘llab-quvvatlab turadi. Murabbiy
qo‘llab-quvvatlash paytida gimnastning gavdasi jihozga nisbatan
to‘g‘ri holatda (masalan, osilish, tayanish) bo‘lishiga ko‘maklashadi
yoki kerakli vaqtda sportchiga qo‘llarni almashtirishga imkon yaratib
beradi. Chunonchi, oldinga siltanib turib orqaga aylanishni (qo‘sh-
poyalarda) o‘rganayotganda o‘qituvchi shug‘ullanuvchini oldinga
siltanishning eng yuqori nuqtasida tutib turadi, aylanishdan keyin
unga qo‘llarini yog‘ochlarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘yib olishiga
yordam beradi.
Amaliy yordamning turli xillaridan foydalanish natijasida gim-
nastda  to‘g‘ri  harakat  tasavvurlari  shakllanadi,  bu  tasavvurlar
mashqlarni  mustaqil  bajarish  jarayonida  muhim  rol  o‘ynaydi.
Mashqlarni  bajarish  texnikasi  takomillasha  borgan  sari  talaba-
sportchilarga yordamlashishda sarflanadigan kuch darajasi kamaya
borib, keyinchalik mutlaqo to‘xtatiladi.
Òayanib sakrash, jihozlardan sakrab qo‘nish va boshqa mashq-
larni bajarishda, odatda, shug‘ullanuvchilarning bilagi yoki yelka-
sidan tutib yordam beriladi. Ayrim paytlarda ko‘maklashishda ikki
kishi  qatnashadi.  Baland  jihozlarda  yordam  berib  turish  uchun
maxsus kursilarga, ba’zan esa yog‘och otga, «eshak»ka va h.k.larga
chiqib olinadi.
Gimnastika mashg‘ulotlarida muhofaza kamarlari  (lonjlar),
parolon to‘shalgan chuqurchalar va boshqa texnik vositalar keng
qo‘llaniladi. Murakkab mashqlarni o‘rganishning dastlabki bosqich-
larida ko‘pincha talaba-sportchilarning qo‘llarini jihozlarga maxsus
sirtmoqlar yordamida boylab qo‘yiladi.
Òexnik vositalar yordamida muhofaza qilishga katta ahamiyat
berish bilan birga, bu ishda haddan oshib ketmaslik kerak, chunki
talaba-sportchi murabbiyning yordamisiz bir narsa qilishga o‘zida
bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yadi, ba’zi talabalarda esa haddan
tashqari qo‘rquv paydo bo‘ladi, natijada, ular shikastlanib qolish-
lari ham mumkin. Yordam ko‘rsatish va muhofaza  qilish vositalaridan
zarur  vaqtlarda  mohirona  foydalanish  o‘rgatish  muddatini


108
qisqartiradi va shug‘ullanuvchilarga ruhiy to‘siqlardan o‘tib olishda
(qo‘rquvni  yengishda)  jiddiy  yordam  ko‘rsatadi.
Asabi  mustahkam  bo‘lmagan  talabada  yangi  va  murakkab
mashqlarni bajarish jarayonida qo‘rquv paydo bo‘lish bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha qiyinchiliklarni tezda yengib keta olmaydi. Sport-
chining  bu  salbiy  hissiyotiga  qarshi  mashqlarning  murakkablik
darajasini  asta-sekin  oshirib  borish  yo‘li  bilan  kurashish  kerak
bo‘ladi. Bunga esa o‘rgatilayotgan mashqlar tuzilmasini o‘zgartirish
yo‘li bilan, jihozlar balandligini asta-sekin ko‘tarish, amaliy yor-
dam ko‘rsatish darajasini kamaytirish, masalan, qo‘lda ushlab ishla-
tiladigan kamar yordamida muhofaza qilishda faqat qo‘l bilan muho-
faza qilishga o‘tish yo‘li bilan erishish mumkin.
Mashq  noto‘g‘ri  bajarilsa,  gimnastga  shu  elementni  darhol
takrorlash tavsiya etiladi. Mashqlarning xavfli elementlarini bajarishga
sportchini undash uchun murabbiylar har xil yo‘l tutishadi. Ba’zi
hollarda sportchi qo‘rqadigan hech narsa yo‘qligi va muhofazaning
pishiq ekanligiga ishontirishga harakat qilinadi, ba’zan esa buyruq
beriladi. Ba’zan gimnastikachining asab tizimini tiklash maqsadida,
o‘rgatishni biroz to‘xtatgan ma’qul.
Muhofaza qilish va jismoniy yordam ko‘rsatish bir-biri bilan
bog‘liq.  Mashqlar  mustaqil  bajarilib,  amaliy  yordam  ko‘rsatish
bilan muhofaza qilish minimal darajada bo‘lganida esa o‘z-o‘zini
muhofaza qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.
Òalaba  mashqlarni  mustaqil  bajarar  ekan,  u  o‘zini  o‘zi
muhofaza qilish usullarini bilib olishi zarur.
Òalaba muhofaza vositalari yordamida mashq  qilayotganida
muhofaza qiluvchi shaxs (murabbiy yoki o‘qituvchi) mashq bata-
mom tugagunga qadar, talabaning harakatini diqqat bilan kuzatib
turishi,  ayniqsa,  yerga  qo‘nishini    kuzatishi  zarur,  chunki  biror
muvaffaqiyatsizlik natijasida qulab tushib, shikastlanishi mumkin.
Muhofaza qilish usullari muhofaza qiluvchining va sportchining
shaxsiy  xususiyatlariga  (bo‘yi,  vazni,  jismoniy  kuchi,  harakat
tezligi, kaftlarining o‘lchami va h.k.larga) bog‘liq. Muhofaza qiluvchi
quyidagilarni bajarishi shart:
a) mashqni bajarish texnikasini yaxshi bilishi va sharoitga  qa-
rab, muhofaza qilish hamda yordam ko‘rsatishga qulay joyni tan-
lashi;
b) gimnastning mashq  bajarishiga xalaqit bermay, muhofaza
turlaridan mohirona foydalanish;


109
d) talaba-sportchilarning shaxsiy xususiyatlarini bilishi, jaro-
hatlanishning oldini olish maqsadida shug‘ullanuvchilardan so‘rov
yo‘li bilan o‘rganiladigan mashqlar texnikasi (jihozni qo‘yib chi-
qish, tanani yozish, siltama harakatlar va h.k.lar) haqida talabalar
qanchalik yuqori bilimga ega ekanliklarini aniqlab olgan ma’qul.
Ayniqsa,  charx  aylanishlar  (halqalarda,  yakkacho‘plarda)  bilan
bog‘liq  mashqlarni  bajarish  oldidan  umumiy  va  mushaklarning
chigilini  yozish  maxsus  mashqlarning  yetarlicha  bajarilmasligi
jarohatlanish sabablaridan biri bo‘lishini yoddan chiqarmaslik lozim.
Mashg‘ulotlarda sakrash va baland joylardan sakrab qo‘nish mashq-
lariga ham haddan ortiq berilib ketmaslik kerak.
6.4. Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish
usullariga o‘rgatish
Òalabalar gimnastika mashqlari texnikasini o‘zlashtirib borish
bilan bir vaqtda, o‘qituvchi rahbarligida, o‘rtoqlariga amaliy yordam
ko‘rsatish va muhofaza qilish usullarini ham o‘rganishlari kerak.
O‘qituvchi oldin muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish usullarini,
yangi elementni o‘rgatish jarayonida ko‘rsatgan holda tushuntirib
beradi. Keyin har bir talabaga yordam ko‘rsatish va muhofaza qilishga
ruxsat beriladi. O‘qituvchi esa mashq bajarayotgan talabaning boshqa
tomonida turib, muhofaza qilish bilan bir vaqtda muhofaza qilish
uchun  turgan  talabaning  o‘z  vazifasini  qanday  bajarayotganini
kuzatib boradi.
Òalaba yordam ko‘rsatish va muhofaza qilish usullarini bilib
olganiga ishonch hosil qilgandan so‘ng o‘qituvchi unga o‘z sherik-
larini muhofaza qilishni ishonib topshirishi mumkin, biroq o‘qituv-
chi shogirdining xatoga yo‘l qo‘yganini sezib qolsa, u mashq baja-
ruvchi talabaga yordam qilish uchun tayyor bo‘lishi kerak.
Òalaba-sportchilar  muhofaza  qilish  va  yordam  ko‘rsatish
ko‘nikmalarini  mustahkam  egallab  olganlaridan  keyingina,
o‘qituvchi  ularga  bir-birini  mustaqil  muhofaza  qilishni  ishonib
topshirsa bo‘ladi. O‘qituvchi har gal navbatdagi talabaga muhofaza
qilishga ijozat berish oldidan, undan qanday muhofaza qilmoqchi
ekanini so‘rab ko‘rishi kerak. Òalabalar mashqlarni bajarish jarayo-
nida muhofaza qilishni yaxshi bilishsa ham, o‘qituvchi muhofaza
qiluvchilarni diqqat bilan nazorat qilib turishi kerak. Mashg‘ulot
jarayonida muhofaza qiladigan talaba oldiga qo‘yiladigan talab mashq
bajaruvchi oldiga qo‘yilgan talabdan qattiqroq bo‘ladi, chunki mu-


110
hofaza qiluvchining xatosi uning sherigining shikastlanishiga olib
kelishi  mumkin.
Charchagan yoki mas’uliyatni sezmaydigan talabani muhofaza
qilishga qo‘yish qat’iyan man etiladi.
Òalabalarga muhofaza qilish va yordam ko‘rsatishning barcha
usullarini o‘rgatish shart. Bunda gimnastika mashqlarining har birida
shu  mashqning  o‘ziga  xos  muhofaza  qilish  usullari,  xavfsizlik
choralari mavjudligini yoddan chiqarmaslik kerak.
6.5. Shifokor nazorati va o‘z-o‘zini nazorat qilib,
shikastlanishning oldini olish
  Yuqori  toifali  sportchilarni  tarbiyalashdagi  muvaffaqiyat,
asosan, ularning sog‘lig‘iga bog‘liq. Gimnastlar bir yilda kamida
ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. O‘z-o‘zini nazorat qilish
alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning natijasi gimnastga va uning
tarbiyalaydigan ustoziga sportchining salomatlik darajasini kuzatib
borish imkonini beradi. Òalaba-sportchi  mashg‘ulotlardan so‘ng
o‘zini qanday his etayotgani, kayfiyati, charchash darajasi, vazni,
mashg‘ulotgacha  tinch  holatda,  bevosita  mashg‘ulotdan  oldin,
mashqlar bajarish jarayonida yurak tomirlari urishini, ishtahasining
qanday ekanligini maxsus kundalik daftarda qayd etish kerak.
Mashg‘ulot oldidan o‘qituvchi shogirdlaridan  ularning kayfiyati,
o‘zini  qanday  his  etayotgani,  mashq  bajarishga  ishtiyoqi  bor-
yo‘qligini bilib oladi. Shogirdlar charchaganligidan yoki o‘z sog‘li-
g‘idan shikoyat qilishsa, ustoz shogirdlariga nisbatan kerakli chora-
lar  ko‘rishi  (o‘sha  kunga  belgilangan  rejani  o‘zgartirishi,  yukla-
mani kamaytirishi, murakkab mashqlar bajarishga shoshilmasligi)
lozim.
Qattiq toliqqan talabalarni mashg‘ulot jarayonidan oldin bilib
olish darkor. Quyidagilar charchoqning asosiy belgilariga kiradi:
1)  sportchining  diqqat-e’tibori  susayishi,  mashqlarni  baja-
rishda  lanjlik va loqaydligi;
2)  mashqlarni  bajarish  sifatining  yomonlashishi;
3)  harakatlar  koordinatsiyasining  buzilishi;
4) rangi o‘chishi, oyoq-qo‘lning titrashi va h.k.lar.
Ayrim hollarda talaba-sportchilarni shifokor nazoratidan o‘tib
kelish  uchun  yuborish  zarur.
Qattiq charchashning oldini olish uchun quyidagilarni bajarish
zarur:


111
1. Mashg‘ulotlarda yuklamalarni to‘g‘ri rejalashtirishni tartibga
solib borish.
2. Bir xildagi harakatlari bor, murakkab mashqlarni (aylanish,
umbaloq  oshish,  yumalash,  qattiq  joyga  tushadigan  sakrashlar)
bajarmaslik.
3.  Mashqlarni  bajarishda  yengillashtiradigan  shart-sharoitlar
(yordam ko‘rsatish, muhofaza qilish, texnik vositalar, yordamchi
mashqlar)dan  foydalanish.
4. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalaridan oqilona
foydalanib, jismoniy sifatlarni tartibli ravishda takomillashtirib borish.
7-bob.
 
GIMNASÒIKA MASHG‘ULOÒLARINI
REJALASHÒIRISH VA QAYD EÒISH
7.1. Gimnastikada o‘quv ishini rejalashtirishning
ahamiyati va vazifalari
Rejalashtirish
. Mavjud sharoitda aynan bir xil tayyorgarlikdagi
talabalar  uchun  gimnastikadan  o‘quv  ishi  rejasida  quyidagilar
belgilangan bo‘lishi kerak:
1. Òurli davrlardagi aniq vazifalar (harakat sifatlarini rivojlan-
tirish  darajasi,  harakat  ko‘nikmalarini  o‘rganish  hajmi  va  sifati,
bilim va malakalar hajmi va teranligi). Gimnastikada bir xildagi
mashg‘ulotda talaba erishadigan jismoniy rivojlanish va ayniqsa,
ruhiy-irodaviy o‘sish darajasini aniqlash qiyin ekanini qayd etmoq
kerak. Shu bois bunday vazifalarni uzoq davom etadigan vaqtga
mo‘ljallab  rejalashtirish  darkor.  Harakat  ko‘nikmalarini  egallab
olish holati va sifati masalasiga kelganda esa bir turdagi mashg‘ulotga
mo‘ljallab, aniq vazifalar belgilansa bo‘ladi.
2. Òurli vaqt ichidagi o‘quv materiallarining mazmuni.
3. O‘quv materialining o‘tish tartibi. Bunda bir turdagi mashq-
larni o‘rganish ketma-ketligi, turli mashg‘ulotlarni o‘tishning ketma-
ketligi yoki parallelligi ham belgilanadi.
4. Harakat ko‘nikmalari shakllanishining va jismoniy sifatlar
takomillanishining  turli  bosqichlarida,  mashg‘ulotlar  o‘rtasidagi
va mashqlar takrorlanishi o‘rtasidagi eng maqsadga muvofiq vaqtlar
belgilanadi.
 5. Har bir mashg‘ulot  jarayonida  talabalarning yuksak ish
qobiliyati saqlanishini va kerakli vaqtda yuksak sport tayyorgarligi
bo‘lishini ta’minlaydigan eng qulay usul.


112
Hisobga olish.
 Biroq o‘quv ishlari (yuklamalar, ish tartibi, jad-
val)  qanchalar  yaxshi  rejalashtirilgan  bo‘lsa  ham,  hisobga  olish
bo‘lmasa, bunday ishning samarasi kam bo‘ladi.
Hisobga olishda quyidagilar aniqlanadi:
1. Òalaba-sportchilarning mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabati.
2. Òalaba-sportchilarning jismoniy rivojlanishi va salomatligining
o‘sishi.
3. Sport-texnikaviy tayyorlik darajasi.
4. Mashg‘ulotlar va mustaqil ishlash natijasida talabalar orttirgan
bilimning hajmi va teranligi.
Shunday qilib, hisobga olish, mashg‘ulot o‘tkazishning vosita,
shakl  va  uslublari  qanchalik  to‘g‘ri  tanlanganligini  obyektiv  aks
ettiradi, murabbiy-pedagogning ijodiy tafakkurini rag‘batlantiradi,
hisob-kitob hujjatlarini tahlil qilish — har bir talaba ishini tek-
shirish, eng yaxshi pedagoglarni aniqlashning amaliy shaklidir.
7.2. Rejalashtirish hujjatlari tasnifi
Rejalashtirish  hujjatlari:
a)  o‘quv  rejasi;
b)  o‘quv  dasturi;
d)  ish  rejasi;
e)  ishchi  dastur;
f)  mashg‘ulotlar  matni.
O‘quv rejasi butun o‘quv-mashg‘ulot jarayoni davriga mo‘l-
jallab tuzilib, unda quyidagilar belgilanadi:
a) o‘rganish kerak bo‘lgan mashq turlarining soni va ularning
qancha vaqt o‘tilishi;
b)  nazariy  kurs  mazmuni;
d)  har  bir  mashq  uchun  ajratiladigan  soatning  miqdori;
e) butun o‘rgatish muddatiga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar turi;
f)  sinov  mezonlari,  reyting  ballariga  ajratiladigan  soat;
g)  imtihon;
h)  chamalab  ko‘rish;
i)  musobaqalarning  taxminiy  muddati;
j)  mashg‘ulotlar  jadvali.
O‘quv  dasturi  ham  o‘quv  davriga  mo‘ljallab  tuzilib,  unda
quyidagilar belgilab qo‘yiladi: 
o‘quv materialining mazmuni; sinov
mezonlari
.


113
Ish  rejasi  nisbatan  qisqa  vaqt  (chorak,  semestr,  mashg‘ulot
davri  —  sikl)ga  mo‘ljallab  tuzilib,  unda  quyidagilar  belgilanadi:
rejalashtirilayotgan  vaqt  mobaynida  o‘rganilishi  lozim  bo‘lgan
mashq turlarining soni, har bir mashq (mavzu) turiga ajratiladigan
soat va mashqlarning soni, o‘quv materialini o‘tish ketma-ketligi;
sinov, imtihon, chamalab ko‘rish, musobaqalarning aniq muddati,
mashg‘ulotlardagi mashqlarning turlarini almashinish jadvali.
Ish dasturi reja asosida tuzilib, unda quyidagilar belgilab qo‘-
yiladi: o‘quv materialining ish rejasiga muvofiq mavzularga bo‘-
lingan jadvali; har bir mashq turida ularni o‘rganish ketma-ketligi.
Konspekt  (matn)  —  reja,  oldindan  bir-ikki  mashg‘ulotga
mo‘ljallab  tuzilib,  unda  quyidagilar  belgilab  qo‘yiladi:  mazkur
mashg‘ulotning  aniq vazifalari; mazkur mashg‘ulotdagi hamma
mashqlarning mufassal mazmuni; har bir mashq turiga ajratila-
digan vaqt (daqiqalarda).
O‘quv  rejasi  va  o‘quv  dasturi,  o‘quv-mashg‘ulot  jarayonini
rejalashtirishdagi asosiy dastlabki hujjatlar hisoblanadi. Ish rejasi,
ishchi reja  va mashg‘ulot matn-rejasi ham ana shu hujjatlarga asosan
tuziladi. Shunday qilib, o‘quv rejasi bilan o‘quv dasturi qo‘llanma
hujjatlar bo‘lib, uni odatda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlaydi. Qolgan uch hujjat (ish rejasi,
ish dasturi va mashg‘ulot konspekt-rejasi)ni gimnastika o‘qituv-
chisi tuzadi.
7.3. Rejalashtirish hujjatlarini tuzish
Shug‘ullanuvchilarning  tayyorgarlik  toifasini  inobatga  olib,
o‘quv bazasining holatini va qanday sharoitda o‘tkazilishini inobatga
olib, gimnastika o‘quv-mashg‘ulot jarayoni uchun rejalashtirishning
ishchi hujjatlarini tuzish texnologiyasi (dastlabki mashg‘ulotlarni
tahlil  qilish,  ma’lumotnomalar  tayyorlash,  mashg‘ulotlarni  baja-
rish ketma-ketligi) yagona mantiqiy jadval asosida amalga oshi-
riladi.
Lekin tabiiyki, bu hujjatlarning mazmuni har bir sport tayyor-
garligi toifasi uchun boshqa-boshqa bo‘ladi. Rejalashtirishning ishchi
hujjatlari tayyorlash jarayoni texnologiyasini tushunish oson bo‘li-
shi uchun, umumiy ta’lim maktablaridagi sport gimnastikasining
sho‘basi hujjatlarini qarab chiqamiz.


114
7.3.1. Ish rejasini tuzish
Dastlabki  ma’lumotlar.
  Sport  gimnastikasi  sho‘basi.  O‘quv
bo‘limlari to‘rtga bo‘linadi: 2 tasi o‘smirlar bo‘limi va 2 tasi qiz
bolalar bo‘limi bo‘lib, shug‘ullanuvchilarning hammasi  o‘smirlar
toifa mezonlarini bajargan bo‘lishi lozim. Shug‘ullanuvchilar  9—10
yoshda. Mashg‘ulotning tayyorlov davri 3 oyga yaqin (30 mash-
g‘ulot) davom etadi. Mashg‘ulotlar haftasiga 3 marta 2 soatdan
o‘tkaziladi.
Vazifalar.
 Dastlabki ma’lumotlarning tahlilidan keyin, avvalo,
rejalashtirilayotgan davrdagi o‘quv-mashg‘ulot jarayonining vazifa-
lari aniqlanishi kerak. Ularni bunday ifodalash mumkin:
a) II o‘smirlar toifasining tasnif dasturi va hajmi dasturning
ayrim elementlari va birikmalarini bilib olish;
b) jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini toifa mashqlari
shug‘ullanuvchilar  oldiga  qo‘yadigan  talablardan  biroz  yuqori
darajaga yetkazish;
d) shug‘ullanuvchilarda harakat faoliyatini gimnastika uslubida
belgilab  qo‘yilgan  turli  parametrlarda  bajara  bilish  malakalarini
takomillashtirish;
e) shug‘ullanuvchilarning sport gimnastikasi mashg‘ulotlariga
qiziqishining yanada barqaror bo‘lishiga erishish.
Vositalar.
 Vazifalar belgilab olingandan keyin, ularni amalga
oshirish vositalarini tanlash ham uncha qiyin bo‘lmaydi. Bizning
misolda quyidagilar shunday vositalar jumlasiga kiradi: gimnastika
ko‘pkurashi mashqlari; buyumlarsiz, mayda buyumlar va jihozlar
bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar; joydan joyga
o‘tish turlari: xoreografiya  (moslamalar yonida bajariladigan mashq-
lar); jismoniy va texnik tayyorgarlik, o‘yin va estafetalar; kinofilmlar;
suhbatlar.
Ishchi rejasini tuzish tartibi
1. Mashqlarning alohida turlari, mashg‘ulotning qachon, qa-
yerda  o‘tkazilishini  aniqlash.  Gimnastika  ko‘pkurashi  mashqlari
jismoniy  tayyorgarlik  mashg‘ulotlarining  asosiy  qismida  o‘quv
bo‘limlarida  o‘tkaziladi;  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  mash-
g‘ulotlarini  xoreografiya tayyorlov qismida frontal tarzda; joydan
joyga  o‘tish  turlari,  o‘yin  va  estafetalar  ham  mashg‘ulotning  tay-
yorlov yoki yakunlovchi qismida frontal tarzda o‘tkaziladi.


115
2. Mashg‘ulotning asosiy qismidagi  mashq turlari sonini aniq-
lash. Mashq turlari sonini to‘g‘ri belgilash uchun shug‘ullanuvchilar
tarkibini, mashg‘ulot davrini, mashg‘ulotlar qancha davom etishini
hisobga olish kerak. Bizning misolda mashq turlarining soni jismoniy
tayyorgarlikni ham qo‘shib hisoblaganda to‘rttadan oshmasligi lozim.
Agar turlar  soni kamaytirilsa, ya’ni har bir tur bilan shug‘ullanish
vaqti oshirilsa, unda o‘rgatishning samarasi kamayishi va shug‘ulla-
nuvchilarda bu turlarga  bo‘lgan qiziqishning  yo‘qolish xavfi  tug‘i-
ladi.  Òurlar  soni  ko‘paytirib  yuborilganda  esa  o‘rgatish  mutlaqo
samarasiz bo‘lishi mumkin.
3. Ish rejasi shaklini chizib qo‘yish. Bunda  faqat shu shaklga
rioya qilish shart degan gap emas. Bordi-yu, uni qulay va ko‘r-
gazmali  boshqa  shakli  bilan  almashtirish  mumkin  bo‘lsa,  o‘sha
shakldan foydalansa ham bo‘ladi.
4. Nazariy mashg‘ulotlar vaqti va o‘rnini belgilab, bu ma’lumot-
larni ish rejasiga kiritish. Ikkita shunday mashg‘ulotni  nazarga tutishni
tavsiya etamiz: biri gimnastika va mashg‘ulotlar gigiyenasi haqida
suhbat, ikkinchisi esa «II o‘smirlar toifasi» mashqlari kinofilmini
namoyish  qilish.  Birinchi  mavzudagi  suhbatni  rejalashtirishning
dastlabki davrda o‘tkazish,  kinofilmni  esa  shu  davrning   ikkinchi
yarmida, shug‘ullanuvchilar toifa  mashqlarining elementlari bilan
amalda tanishib olganlaridan keyin namoyish qilish kerak. Suhbatga,
qolaversa, film namoyish qilishga 30 daqiqa vaqt ajratilsa bo‘ladi.
Shuning uchun beshinchi mashg‘ulotda ham, yigirmanchi mash-
g‘ulotda ham to‘plam (kompleks) rejalashtirsa bo‘ladi.
5. Ish rejasidagi gimnastika ko‘pkurashidan tashqari, hamma
tur mashqlarning o‘rni shartli belgilar bilan belgilanadi  (ish dasturi
tuzilgandan  keyin  belgilangan  mavzular  raqami  bilan  almash-
tiriladi).  Har  bir  mashg‘ulotdagi  mazkur  mashqlarning  o‘rnini
belgilashdan oldin quyidagilarni amalga oshirish kerak: birinchidan,
xoreografiya  mashqlari  o‘zining  asosiy  vazifasidan  tashqari,
mushaklar chigilini yozish vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun
xoreografiyani  va  umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  bitta  mash-
g‘ulotga mo‘ljallab rejalashtirmaslik kerak.  Ikkinchidan, yana  shu
sabablarga  ko‘ra,  joydan  joyga  turli  xil  ko‘chishlar  va  estafetali
o‘yinlarni bitta mashg‘ulotda o‘tkazmaslik kerak.
6. Gimnastika ko‘pkurashi mashqlari turlarining jadvalini tuzish.
Mashq turlarini kunlarga bo‘lib almashtirishning eng yaxshi shaklini


116
i
ma
qar
bit
rat
ral
uz
va
M
ral
qh
sa
mi
ga
dir
al
zo
hij
aki
ts
an
mi
G
mil‘
ob
-1m
il‘
ob
-2m
il‘
ob
-3m
il‘
ob
-4
rut
-1r
ut-
2r
ut-
3r
ut-
1r
ut-
2r
ut-
3r
ut-
1r
ut-
2r
ut-
3r
ut-
1r
ut-
2r
ut-
3
111
1
E
hc
YB
hc
YB
E
B
H
hc
YH
hc
YB
22
1
1
1
hc
YB
hc
Y.
k.
h
avH
hc
YA
.k.
h
av
33
1
1
B
hc
YH
hc
YA
B
42
2
1
hc
YH
k
GA
E
E
54
2
1
»a
di
qa
hi
sa
ne
yi
gi
gt
ol

gh
sa
m
av
aki
ts
an
mi

:t
ab
hu
S
65
131
hc
Yk
Gk
GE
B
H
76
3
2
k
GE
E
B
H
hc
Y
83
1
2
E
F
F
H
hc
YB
97
2
2
hc
YB
hc
Yh
c
YA
E
018
4
2
B
hc
YH
A
E
B
.k.
h
av
O‘quv 
maskanida 
gimnastika 
sho‘basi
O‘quv 
yilining 
sentabr—noyabr 
oylaridagi 
mashg‘ulotlarning 
taxminiy 
ish 
rejasi
Mashg‘ulotlar tartib
raqami
Joydan joyga
turli ko‘chish
Umumrivojlan-
tiruvchi mashqlar
Xoreografiya
O‘yin va
 estafetalar
Jismoniy
tayyorgarlik
Izoh:
 
A
 —
 akrobatika; 

— 
qo‘shpoyalar; 
Gk 
— 
gimnastika 
dastakli 
oti; 

— 
tayanib 
sakrash; 

— 
xoda; 
E
—erkin 
mashqlar;

— 
halqalarda; 
Ych 
— 
yakkacho‘p; 

— 
final.


117
tanlashdan  boshlash  kerak.  Quyidagi  shakllar  talabaga  ma’qul
bo‘lishi   mumkin: har ikki mashg‘ulotning birida turlarni batamom
almashtirish, bir turni ikki yoki uch marta takrorlash. Bu shakl-
larning birinchisi ham, ikkinchisi ham, uchinchisi ham muayyan
sharoitda eng yaxshi shakl hisoblanadi. Bizning misolda ikkinchi va
uchinchi shakllar maqsadga muvofiqdir.
Mashg‘ulotning aynan tayyorlov davri uchun jadval tuzayot-
ganda mashq turlarining qanchalik og‘ir-yengilligini inobatga olish
va shunga muvofiq butun rejalashtirilayotgan vaqt  mobaynida bu
mashq turlarining qancha takrorlanishini hisoblab olish zarur.
7.3.2. Ish dasturini tuzish
Ish  dasturida  har  qaysi  mashq  turlari  mavzularga  bo‘linadi.
Mavzudagi material soni bir mashg‘ulotga mo‘ljallangan bo‘lishi
kerak.  Mavzuning  tartib  raqami  mazkur  mashq  turi  materialini
o‘tishdagi  uslubiy  izchillikni  ko‘rsatadi.  Ko‘pgina  gimnastika
mashqlarini  bir  mashg‘ulot  mobaynida  o‘rganib  olish  mumkin
bo‘lmagani uchun har bir  mavzuga yangi mashqlardan tashqari
o‘rganib olish jarayonida o‘zlashtirilmagan mashqlarni ham kiritish
maqsadga   muvofiqdir.
Yangi  mashqlarni  o‘rgatishni  nihoyasiga  yetkazish  uchun,
ularni necha marta takrorlash kerakligini oldindan aniq aytib berishga
murabbiylar  kafolat  berishmaydi.  Shuning  uchun  ish  dasturida
o‘rtacha  statistik  ma’lumotlarga  ko‘ra,  taxminan  rejalashtirilib,
keyinchalik o‘quv-mashg‘ulot jarayonida tuzatishlar kiritib boriladi.
Ish  rejasi  va  o‘quv  dasturi  ishchi  dastur  tuzish  uchun  dastlabki
ma’lumot bo‘ladi.
Ish dasturini tuzish tartibi
Dasturning tasnifi va hajmi uning hamma elementlarini   hamda
bu  elementlarni  o‘rgatishdagi  yordamchi  mashqlarni  ixtiyoriy
tartibda yozib olish.
1. Har bir mavzu nechta mashg‘ulot davomida o‘rganilishini
ko‘rsatib, ularga  tartib raqamlari  qo‘yib, mashqlar qanday ketma-
ketlikda  o‘rganilishini  belgilab  chiqish  kerak.  Gimnastika  ko‘p-
kurashining har bir turidagi mavzular soni shu turdagi ish rejasi
jadvalida ko‘zda tutilgan mashg‘ulotlar  sonidan  kamroq bo‘lishi


118
kerak, chunki ba’zi mavzular boshdan oxirigacha to‘liq takrorla-
nishi mumkin.
2. Ishchi dasturni uzil-kesil yozib chiqish.
3.  Dasturda  kerakli  mashg‘ulotlarning  soni  ko‘rsatilib,  ularni
o‘rganish  tartibi  mavzular  bo‘yicha  ro‘yxat  qilib  berilgan  bo‘lishi
kerak.
Masalan, 
I mavzu.
1. Bir oyoqda depsinib, qo‘llarda turish.
2. Shuning o‘zini qo‘llarni birin-ketin qo‘yib bajarish.
3. G‘ujanak bo‘lib, oldinga va orqaga umbaloq oshish.
4. Bukilib oldinga umbaloq oshish.
7.3.3. Reja matnini tuzish
Reja matnini tuzish uchun ishchi reja va ishchi dastur bo‘lishi
lozim.
Eng avvalo, sarlavhani yozib mashg‘ulot vazifalarini ko‘rsatib
qo‘yish kerak. Òalaba-sportchilarni belgilangan kunda, ular nima
bilan (gimnastika tayoqchasi bilan mashq bajarish, tirmashib chi-
qish,  sakrash,  qo‘shpoyalarda  mashqlar  bajarish)  shug‘ullanish-
laridan xabardor qilib qo‘yish. Shu mashqlarni bajarib, nimalarga
erishish kerakligini esa murabbiy shug‘ullanuvchilarga  mashqlarni
bajarishga kirishganlaridagina aytishi darkor.
Shundan keyin mashq turlari almashinishini (mashg‘ulot tuzil-
masini)  belgilash  kerak. Keyin  mavzu  tartib  raqami  va  vaqtini
qo‘yib chiqib, har bir mashq turini ko‘rsatish, hamma mashqlarni
shug‘ullanuvchilarga taklif etiladigan tartibda batafsil izohlab yozish
lozim.
Ma’ruza  matnlarida  qaysi  bir  mashq  mashg‘ulotning  qaysi
qismida o‘tkazilishini yozish, shuningdek, mushaklar chigilini yozish
mashqlarining sonini ko‘rsatish shart emas.


119
II qism.
 
GIMNASÒIKANING ASOSIY VOSIÒALARI
8-bob. 
SAF MASHQLARI
8.1. Saf mashqlarining tasnifi
Saf mashqlariga
 — saf usullari, saflanish va qayta saflanish, bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chish usullari, orani ochish va yaqinlash-
tirishlar kiradi. Saf mashqlari yordamida jamoa bo‘lib harakat qilish,
ritm  va  shiddat  hissiyotini  tarbiyalash  masalalari  muvaffaqiyatli
bajariladi, intizomlilik va uyushqoqlik ortadi.
Saf  mashqlarining  muhim  ahamiyati  shundan  iboratki,  ular
kishi qaddi-qomatini rostlashga yordam beradi. Bu narsa harbiy-
larning qaddi-qomati to‘g‘ri tuzilishida yorqin ko‘rinib turadi. Òala-
balarni zalda yoki maydonchada tez va maqsadga muvofiq joylash-
tirishga imkon beradigan saf mashqlarisiz gimnastika mashg‘ulot-
larini  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.
Ko‘p  sonli  talabalar  qatnasha  oladigan  saflanish  turlarining
ko‘pligi tufayli saf mashqlari ommaviy gimnastika chiqishlarining
tarkibiy  qismini  tashkil  qiladi.
Safdagi  harakatlar  va  buyruq-
larning  ko‘pgina  qismi  O‘zbe-
kiston  Qurolli  Kuchlari  Usta-
vining saf harakatlari direktiva-
sidan, ozroq qismi esa gimnastika
mashg‘ulotlari  jarayonida  ama-
liyotda qo‘llaniladigan atamalar-
dan  foydalanilgan.
Ushbu  bobda  gimnastika
amaliy  mashg‘ulotlarida  ko‘p-
roq  uchraydigan  va  mashg‘ulot
o‘tishda zarur bo‘lgan saf mashq-
lari yoritilgan. Saf   mashqlaridan
foydalanish qulay bo‘lishi uchun
gimnastika zalida shartli nuqta-
lar  belgilanadi  —  markazi,  o‘r-
talik va burchaklari (110-rasm).
Markaz
Yuqori
o‘rta
Yuqori
chap bur-
chak
Yuqori
o‘ng bur-
chak
Chap o‘rta
O‘rta o‘ng
Pastki
o‘rta
Pastki
chap bur-
chak
Pastki
o‘ng bur-
chak
110-rasm.


120
Ular zalning o‘ng chegara tomoniga nisbatan belgilanadi. Zalning
o‘ng tomoni nisbatan (eshiklar joylashgan) uzun tomonlaridan biri
bo‘lib, unda mashg‘ulot oldidan guruhlar saflanadi (odatda, eshik-
dan kirishga qarama-qarshi tomonda). Agar zalning uzun tomonida
derazalar joylashgan bo‘lsa, guruh derazalarga orqasi bilan saflanadi.
Saf mashqlari quyidagi to‘rt guruhga bo‘linadi:
1. Saf usullari.
2. Saflanish va qayta saflanishlar.
3. Joydan joyga ko‘chish.
4. Orani ochish va jiðslashish.
Saf mashqlarini qo‘llashdagi asosiy tushunchalar 111-rasmda
ko‘rsatilgan.
Saf
 — talabalarning darsda  birgalikda harakatlanishi uchun
belgilangan qoidaga ko‘ra tiziladi.
Qator 
— shug‘ullanuvchilarning bir chiziqda yonma-yon turishi.
Ketma-ket  qator 
—  shug‘ullanuvchilarning  bir-biri  orqasida
tizilishi.
Boshlovchi 
—  ketma-ket qatorda birinchi — boshida turgan
o‘quvchi (talaba).
Oxirgi
 — ketma-ket qator oxirida turgan o‘quvchi (talaba).
Front 
—  shug‘ullanuvchilar safining old tomoni (qatorda).
Ichkari 
— front teskarisi, ya’ni orqa tomoni, 2-, 3-, 4-qatorlar.
Qanot
 — safning chap yoki o‘ng tomoni.
Saf  chuqurligi 
—  ketma-ket  qatordagi  boshlovchidan  oxirgi
o‘quvchi  (talaba)  orasidagi  masofa.
Saf kengligi 
— o‘ng qanotdan chap qanotgacha bo‘lgan masofa
(qatorda).
Masofa
  —  yonma-yon  turgan  shug‘ullanuvchilar  orasidagi
masofa (ketma-ket qatorda).
111-rasm.
Oraliq
Masofa
qator
ketma-ket qator
O‘ng
qanot
Chap
qanot
Boshlovchi
Eng
oxirgi


121
Oraliq 
— front bo‘yicha shug‘ullanuvchilar orasidagi masofa.
Mashg‘ulotda safni o‘qituvchi va talabalar (guruh sardori, o‘quv
bo‘limlarining boshliqlari va navbatchilar) tovush yoki belgilangan
signal bilan beriladigan buyruq, topshiriqlar berish orqali tuzadilar.
Zich saf
 — talabalarning qatorda bir-biridan kaft kengligidagi
(tirsaklar o‘rtasi) oralig‘ida yoki ketma-ketlarda bir-biridan oldinga
uzatilgan qo‘l uzunligidagi masofadan iborat safdir.
Orasi ochiq saf
 — talabalarning qatorda bir qadam oraliqda
yoki o‘qituvchi belgilab bergan oraliqda joylanishidan iborat  safdir.
8.2. Asosiy mashqlar
8.2.1. Saflanish usullari
Saf usullari
 — turgan joyda ijro etiladigan saf harakatlaridan
iborat. Bu mashqlarning ahamiyati, eng avvalo, shundan iboratki,
ular yordamida intizom va uyushqoqlik tarbiyalanadi.
1. «SAFLAN!» Bu buyruqqa  ko‘ra, talabalar safda turadilar.
2. «ÒEKISLAN!» Bu buyruqqa ko‘ra, talabalar bir chiziqqa
tekislanadilar, chapga «tekislan», o‘ngga «tekislan».
3. «ROSÒLAN!» Bu buyruqqa ko‘ra, talabalar safda tik turadilar.
Bu gimnastikada asosiy tik turish holatiga to‘g‘ri keladi.
4. «QAYÒARILSIN!» Ushbu buyruqqa ko‘ra, oldingi holatga
qaytiladi.
5. «ERKIN!» Bu buyruqqa ko‘ra, talabalar turgan joylaridan
jilmasdan,  bir  oyoqni  tizzadan  bo‘shatib,  erkin  turadilar.
6.«O‘NGGA!» (chapga) «ERKIN!» Talaba o‘ng (chap) oyoqni
o‘ng (chap)ga bir qadam qo‘yib, gavda og‘irligini har ikki oyoqqa
taqsimlaydi  va qo‘llarini orqaga tutadi.
7. «GURUH ÒARQAL!» buyrug‘i berilganda, talabalar safdan
chiqib, zalda (maydonda) erkin joylashadilar.
«Guruh, oralarni o‘ngga (chapga, o‘rtaga) ikki yoki uch qa-
damga kengaytiring!». Bu buyruq safdagi talabalarning bir-birlari-
dan oralari ochiq bo‘lgan safga aytiladi.
Guruhni yig‘ish uchun turgan joyda «Guruh, o‘ng (chap, o‘rta)ga
JIÐSLAN!» buyrug‘i beriladi.
8. «GURUH tartib bilan SANA!»,«Bo‘lim, bir va  ikkiga, uchga
(to‘rt, besh va h.k.) SANA!» va boshqalar, hisob o‘ng qanotdan
boshlanadi. O‘z tartib raqamlarini aytayotgan talaba ayni vaqtda
boshini  tez  chap  tomondagi  talabaga  qaratib    buradi  va    keyin
dastlabki holatga qaytadi.


122
9. Òurgan joyda burilishlar (buyruqlar «O‘ng-ga!», «Chap-ga!»,
«Ort-ga!», «Yarim chap-ga!»). Ayrim hollarda buyruqlarni topshi-
riqlar  bilan  almashtirish  mumkin,  biroq  qayd  etilgan  mashqlar
(turgan joyda burilishlardan tashqari) buyruqqa ko‘ra bajarilishi lozim.
 
8.2.2. Saflanish va qayta saflanish
Saflanish
 — talabalarning o‘qituvchi buyrug‘idan so‘ng  biron-
bir  safda  turish  uchun  bajariladigan  harakatdir.  Saflanishlarda,
o‘qituvchi barcha talabalar ko‘ra oladigan joyda turishi shart.
Mashg‘ulot  oldidan  guruh  qoida  bo‘yicha  bir  qator  bo‘lib,
ayrim hollarda esa ikki qatorda saflanadi.
Saflanish uchun: «Bir, ikki, uch qatorga SAF-LAN!» buyrug‘i
beriladi. Buyruq berilishi bilan guruh sardori yoki navbatchi safning
old tomoniga qarab «ROSÒ-LAN!» holatida turadi, guruh uning
chap tomonida saflanadi.
Guruhning mashg‘ulotga tayyorligi to‘g‘risida raport berishdan
oldin  sardor  (navbatchi)  guruh  safini  tekislaydi,  uni  sanatib
chiqadi,  so‘ng  «ROSÒ-LAN!»,  «O‘NG-GA  TEKIS-LAN!»
(«CHAP-GA!»,  «O‘RÒA-GA»)  buyrug‘ini  beradi.
Guruh sardori (navbatchi) o‘qituvchiga 2—3 qadam yetmasdan
(shaxdam qadam bilan) to‘xtaydi va raport beradi: «O‘rtoq  o‘qi-
tuvchi! ... fakultetining ... kurs ... guruhi mashg‘ulot o‘tish uchun saf-
landi. Ro‘yxat bo‘yicha ... kishi, safda ... kishi. Sardor (navbatchi) ...».
Keyin eng qisqa yo‘l bilan o‘qituvchi turgan tekislikka borib, safga
qarab turadi. O‘qituvchi salomlashib, guruh javob qaytargandan
so‘ng  guruh  sardori  (navbatchi)  o‘qituvchining  «ERKIN!»
buyrug‘ini takrorlaydi va safning o‘ng qanotiga turadi.
Saflanish va raport berishni tantanali ruhda o‘tkazish lozim.
Mashg‘ulot boshlanishidan oldin raport berilishiga o‘qituvchining
jiddiy munosabatda bo‘lishi, uning tashqi qiyofasi va qaddi-qomati
bu an’ananing muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatishi lozim.
Ketma-ket qatorga saflanish
 — «Ketma-ket qatorga (bir, ikki,
uch va h.k.) SAF-LAN!» buyrug‘iga binoan bajariladi. Guruh o‘qituv-
chi (navbatchi)ning qo‘li bilan ko‘rsatgan tomonda bajariladi.
Buyruq bo‘yicha qator, ketma-ket, doira va h.k. bo‘lib saflanadi.
Masalan, «Doiraga ... !», «Ikki qatorga ... !».
Bir qatordan ikki qatorga qayta saflanish.
 Dastlab «birinchi» va
«ikkinchiga»  sanab  chiqilgandan  so‘ng,  «Ikki  qatorga  SAF-LAN!»
buyrug‘i beriladi. Bu buyruqqa ko‘ra, ikkinchi raqamdagilar chap oyoqni
bir qadam orqaga qo‘yadilar (hisob «bir»), o‘ng oyoqni juftlamasdan


123
bir qadam o‘ngga qo‘yadilar (hisob «ikki») va safda birinchi turganning
orqasiga o‘tgan holda chap oyoqni juftlaydilar (hisob «uch»).
Bir  qatordan  uch  qatorga  qayta  saflanish.
  Dastlab  sanab
chiqilgandan so‘ng quyidagi buyruq beriladi: «Uch qatorga SAF-
LAN!». Bu buyruqqa ko‘ra, ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar,
birinchi  raqamdagilar  o‘ng  oyoq  bilan  bir  qadam  orqaga,  chap
oyoqni juftlamasdan turib, oldinga bir qadam qo‘yadilar va o‘ng
oyoqni  juftlab,  ikkinchi  raqamdagilarning  orqasiga  o‘tadilar.
Uchinchi raqamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o‘ng
oyoqni  juftlamasdan  yonga  qadam  tashlaydilar  va  chap  oyoqni
juftlab, ikkinchi raqamdagilarning oldiga o‘tib turadilar. Avvalgidek,
saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Bir qatorga SAF-LAN!».
Qayta saflanish, saflanishga teskari tartibda o‘tkaziladi.
Qatordan «qirra bo‘lib» qayta saflanish.
 Guruhda dastlabki sanoq
o‘tkazilgandan keyin buyruq beriladi («6—3 joyida», «6—4—2 joyda»
va h.k.), so‘ng quyidagi buyruq beriladi: «Sanoqlar bilan QADAM
BOS!». Òalabalar sanoq bo‘yicha zarur bo‘lgan qadamni tashlab,
so‘ng oyoqlarini juftlashadi. O‘qituvchi birinchi qator to‘xtagunga
qadar sanab turadi. Sanoq, 6—3-joyida deb sanalganda 7 gacha;
9—6—3-joyida deb sanalganda 10 gacha olib boriladi.
Qayta  saflanish  uchun quyidagi  buyruq  beriladi:  «Joyda
QADAM BOS!», safdan chiqqanlarning hammasi orqaga burilib,
o‘z joylarga qaytadilar, joylariga yetgach, yana orqaga buriladilar.
O‘qituvchi  safning  oxiridagi  talaba  turib,  orqaga  burilgunga
qadar  («bir»,  «ikki»  deb)  sanab  turadi  (112-rasm).
Qator  guruhlarning  qanotini  aylanib  o‘tib,  ketma-ket  qatorga
qayta saflanishi
. Dastlab uchtadan, to‘rttadan va h.k. deb sanal-
gandan keyin quyidagi buyruq beriladi: «Guruh, ketma-ket qatorga
(3—4 va h.k.), oldinga chap (o‘ng) yelka bilan QADAM BOS!».
Bu buyruqqa  ko‘ra, sanab chiqilgan guruhlar front bo‘ylab tekislikni
112-rasm.


124
saqlagan  holda  ketma-ketlik  hosil  bo‘lgunga  qadar,  qanot  bilan
oldinga yuradilar. Ikkinchi buyruq: «Guruh, TO‘XTA!». Yana qayta
saflanish uchun quyidagi buyruqlar beriladi:
1. «ORÒGA!».
2. «O‘ng (chap) yelka bilan oldinga. Bo‘lim bilan bir qatorga
QADAM BOS!».
3. «GURUH ÒO‘XÒA!».
So‘nggi buyruq  talabalar qatordagi o‘z joylariga yetgan vaqtda
beriladi.
Uch «qirra bo‘lib», bir ketma-ket qatordan qayta saflanish.
 Uchgacha
sanab chiqilgandan keyin quyidagi buyruq beriladi: «Birinchi raqam
ikki (uch, to‘rt va h.k.) qadam o‘ngga, uchinchi raqam ikki (uch,
to‘rt va h.k.) qadam chapga QADAM BOS!». Yana avvalgi holatga
qayta saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Joyda QADAM
BOS!». Qayta saflanish juft qadam bilan bajariladi (113-rasm).
Yurib  ketayotganda  bir  ketma-ket  qatordan  ikki,  uch  va  h.k.
ketma-ket qatorlarga
 burilib, qayta saflanish. Guruh, chapga aylanib-
yurib ketayotganida quyidagicha buyruq beriladi: «Bir ketma-ket
qatordan ikkitaga (uch, to‘rt va h.k.) tizilishga QADAM BOS!» (qoida
bo‘yicha, buyruq guruhga zal yoki maydonning yuqori yoki pastida
bo‘lgan chog‘da beriladi). Birinchi ikki talaba (uch, to‘rt va h.k.)
burilgandan  so‘ng,  navbatdagilar  o‘z  saflarining  oxiridagi  tala-
baning  buyrug‘i  bilan,  oldindagilar  burilgan  joydan  buriladilar.
Keyinchalik orani yana qayta ochib o‘tirmaslik uchun shu yerning
o‘zida oraliq va masofa to‘g‘risida ko‘rsatma berish mumkin (114-rasm).
Yana avvalgidek saflanish uchun buyruqlar beriladi:
• 
«O‘NGGA!».
• 
«O‘ng (chap)ga bir ketma-ket qator bo‘lib, bittadan  aylanib
QADAM BOS!».
O‘rgatayotgan paytda, guruhdan bir necha talabani olib, buy-
ruqlar beriladigan joylarda to‘xtatib, qayta saflanishni ko‘rsatish
maqsadga muvofiqdir.
113-rasm.
114-rasm.
115-rasm.


125
Bir  ketma-ket  qatorni  ikki,  to‘rt,  sakkiz  ketma-ket  qatorga
bo‘lish va biriktirish orqali qayta saflanish. Qayta saflanish harakat
davomida bajariladigan buyruqlar:
• 
«Markaz orqali QADAM BOS!» (odatda, bu buyruq  zalning
o‘rtasida beriladi).
• 
«Ketma-ket qator bilan bittadan o‘ngga va chapga aylanib
QADAM BOS!».
Buyruq  ro‘paradan  beriladi.  Bu  buyruq  bo‘yicha  birinchi
raqamdagilar  o‘ngga,  ikkinchi  raqamdagilar  chapga  aylanib
yuradilar.
• 
«Markaz orqali  ketma-ket qator bilan ikkitadan  QADAM
BOS!». Bu buyruq ketma-ket qator zalning qayta saflanish bosh-
langan joyida uchrashgan paytda beriladi.
Bo‘lish va biriktirish davom ettirilganda, to‘rt, sakkiz va h.k.
ketma-ketlikda saflanish mumkin (115-rasm).
Òalabalarni avvalgi holiga qayta saflash, ajratish va qo‘shilish
deyiladi, masalan, ikki ketma-ketdan bir ketma-ketga qayta saflash.
Buyruq: «O‘ngga va chapga aylanib, bittadan  ketma-ketga  QADAM
BOS!».  Bu  buyruq  bo‘yicha  o‘ng  tomondagi  ketma-ket  o‘ngga,
chap tomondagi ketma-ket chapga yuradi. Qarama-qarshi harakatda
o‘rtada ketma-ketlar uchrashib qolganda, quyidagi buyruq beriladi:
«Ketma-ketga bittadan markazdan QADAM BOS!».
8.2.3. Joydan joyga ko‘chishlar
Bu guruhga turli harakatdagi joydan joyga ko‘chish bilan bog‘liq
bo‘lgan  mashqlar  kiradi.
Saf qadam
 — oyoqni poldan 15—20 sm baland ko‘tarib oldinga
qo‘yiladi  (tovonni  gorizontal  tutish  va  polga  tovonning  butun
yuzasini qattiq qo‘yish zarur), qo‘llar oldinga harakatlantirilganda
ularni beldan bir qarich balandga (tanadan har bir qarich uzoq-
likka) ko‘tarib, tirsaklarda bukiladi; qo‘llar orqaga yo‘naltirilganda
ularni to‘ppa-to‘g‘ri tutib yelka bo‘g‘inidan oxirigacha uzatiladi,
panjalar  musht qilib tugiladi. Buyruq «Shaxdam QADAM BOS!».
Saf qadamining quyidagi turlari ham borki, unda qo‘l harakati
katta ko‘lamda bajariladi (oldinga yelka balandligigacha, orqaga
oxirigacha va tanadan chetroqda), oyoqlar bilan harakat xuddi
saf qadamdek bo‘ladi. Saf qadamining bu turi ommaviy gimnastika
chiqishlari va sportchilarning tantanali o‘tishlarida keng qo‘lla-
niladi.


126
Oddiy  qadam  saf  qadamidan  erkinroq  harakat  qilish  bilan
farq qiladi. Buyruqlar:
a) «QADAM BOS!». Har qanday qadam bilan harakat qilishda
(hatto bir qadamga ham) beriladigan buyruq;
b) «Oddiy qadam bilan (yugurib) QADAM BOS!». Yurish-
ning, yugurishning bir turidan boshqa turiga o‘tishda va harakat
chog‘ida bajariladigan mashq tugagandan so‘ng oddiy yurishga o‘tish
uchun  beriladi.  Bajarilishi  kerak  bo‘lgan  buyruq  chap  oyoqqa
mo‘ljallab beriladi.
Òurgan joyda harakatlanish. Buyruqlar:
a) «Joyda (yugurib) QADAM BOS!»;
b) «Yetakchi, JOYIDA!» buyrug‘i yurib (yugurib) borayotgan
guruhni  bir  qadamli  masofaga  yig‘ish  zarur  bo‘lganda  beriladi,
chunki mashq bajarganda, odatda, masofa uzoqlashadi.
Joyda turib harakatlanishdan yurishga o‘tish. Buyruqlar:
a)  «ÒO‘G‘RIGA!». Chap oyoqdan beriladi. O‘ng oyoq bilan
turgan joyda qadam bosib, chap oyoq bilan oldinga harakat bosh-
lanadi;
b) «Ikki (ikki, uch va to‘rt h.k.) qadam oldinga (ortga, yonga)
QADAM BOS!».
Harakatni to‘xtatish uchun «Guruh ÒO‘XÒA!» buyrug‘i (chap
oyoqdan) beriladi. O‘ng oyoq bilan bir qadam bosiladi va chap
oyoqni o‘ngga juftlashtiriladi.
Joydan joyga ko‘chishning ifodasini o‘zgartirish uchun quyidagi
buyruqlar beriladi: «Bir-birining QADAMIGA MOS kelmagan!»,
«Bir-birining QADAMIGA MOS!». Bu buyruqni bergandan keyin,
butun guruh bajargunga qadar sanab borish zarur.
Qadam kengligi va harakat tezligini o‘zgartirish uchun bunday
buyruqlar beriladi: «Shaxdam QADAM bilan»,«Kichik QADAM
bilan!», «Òez, to‘liq QADAM bilan!», «Yarim QADAM bilan!».
Yugurish  harakatidagi  buyruqlar:  «YUGURIB!».  Agar
yurishdan yugurishga o‘tilsa (musiqa bilan), bajariladigan buyruqlar
chap  oyoqdan  beriladi,  o‘ng  oyoq  bilan  qadam  tashlab,  chap
oyoqdan yugurish boshlanadi. Musiqa jo‘rligida yugurishdan yurishga
o‘tishda bajariladigan harakat ham xuddi shunday «QADAM BOS!»
buyrug‘i  beriladi.  Agar  musiqa  jo‘r  bo‘lmasa,  «QADAM  BOS!»
buyrug‘i o‘ng oyoqdan beriladi.
Harakat  chog‘ida  burilish.
  Òurgan  joyda  burilishda  qanday
buyruqlar berilsa (orqaga burilishda beriladigan buyruqlar bundan


127
mustasno),  harakat  chog‘ida  burilishda  ham  shunday  buyruqlar
beriladi.  O‘ngga  burilish  uchun  bajariladigan  buyruq  o‘ng  oyoq
qo‘yilgan paytda beriladi, shundan so‘ng talaba chap oyoqni bir
qadam  oldinga  tashlab,  chap  oyoqning  uchida  buriladi  va  o‘ng
oyoq bilan yangi yo‘nalishda harakat qilishni davom ettiradi.
Chap  tomonga  burilish  uchun  bajariladigan  buyruq  chap
oyoq  qo‘yilgan  paytda  beriladi;  burilish  o‘ng  oyoqning  uchida
amalga oshiriladi.
Orqaga burilish uchun ushbu buyruq beriladi: «ORÒGA!». Ijro
buyrug‘i o‘ng oyoq qo‘yilgan chog‘da beriladi, shundan so‘ng ta-
laba chap oyoq bilan bir qadam oldinga tashlab turib, shu oyoq
uchida buriladi hamda chap oyoq bilan yangi yo‘nalishda harakat
qilishni davom ettiradi. Harakat chog‘ida burilishini (ayniqsa, or-
qaga burilishni) bajarish buyrug‘i berilgandan so‘ng, harakat rit-
mini saqlash uchun sanoq olib borish maqsadga muvofiqdir.
Òalabalar o‘ngga va chapga burilishni yaxshi o‘rganib olganla-
ridan so‘ng, orqaga burilishni o‘rgatish uchun, ularni bo‘limlarga
bo‘lib o‘rgatgan ma’qul.
Qanot  bilan  oldinga  yurib  front  yo‘nalishini  o‘zgartirish.
Buyruqlar:
a) (boshlanishi) «Oldinga o‘ng (chap) yelka bilan QADAM
BOS!»  (harakatlanish  vaqtida  «QADAM»  so‘zi  aytilmaydi).  Bu
buyruq bo‘yicha guruh qatordagi safini buzmasdan, chap qanotdagi
talabaning atrofida yuradi, chap qanotdagi talaba esa turgan joyida
odimlab,  qatordagi  tekislikni  saqlagan  holda  butun  qator  bilan
birgalikda buriladi;
b)  (tugashi)  «ÒO‘G‘RIGA!»  yoki  «JOYDA!»  yoki  guruh
«ÒO‘XÒA!»,  «JOYDA!»  yoki  guruh  «ÒO‘XÒA!».
 
Aylanib yurish.
 Buyruq: «CHAPGA (o‘ngga) aylanib o‘tishga
QADAM BOS!». Agar buyruq talabalar harakat qilayotgan paytda
berilsa, bu holda «QADAM BOS!» ijro buyrug‘i zalning burcha-
gidan berilishi kerak (116-rasm).
Diagonal  bo‘ylab  harakat  qilish.  Buyruq  «Diagonal  bo‘ylab
QADAM BOS!» (117-rasm).
Òeskari  yo‘nalishda  harakatlanish.  Butun  ketma-ket  safning
yetakchisi orqasidan teskari yo‘nalishda harakat qilishdir. Buyruq
«O‘ng (chap)ga qarama-qarshi  QADAM BOS!» (118-rasm).
«Ilonizi» bo‘lib yurish.
 Birin-ketin bajarilgan bir nechta teskari
yo‘nalishlardan  iborat  yurishdir.  Buyruqlar:  «O‘ng  (chap)ga


128
QARAMA-QARSHI QADAM BOS!», «Ilonizi yo‘nalish bo‘yicha
QADAM BOS!» (119-rasm).
Doira yasab yurish. 
Buyruq «Doira bo‘ylab QADAM BOS!».
Ijro buyrug‘i zalning yoki maydonning o‘rtasidan beriladi. Doira-
ning hajmini belgilash uchun oraliq masofa aytiladi.
8.2.4. Orani ochish va yaqinlashish
Orani ochish
 — safdagilar oralig‘i yoki masofasini uzoqlash-
tirish  usullari.
Jiðslashish (yaqinlashtirish)
 — orasi ochilgan safni zichlash-
tirish  usullari:
1.  Orani  ochish.  (Saf  mashqlarining  buyruqlari  O‘zbekiston
Qurolli Kuchlari Ustavi bo‘yicha olingan.) Buyruqlar: «O‘NGGA
(chapga, o‘rtadan) shuncha qadamga ÒARQAL!». Agar bosiladigan
qadamlar soni aytilmasa, oraliq bir qadamga ochiladi.
Orani ochish safdagi yetakchi talabadan tashqari hamma o‘ng
tomonga (chapga, o‘ngga va chapga) burilib, yonida turuvchi bilan
uning orasida talab qilingan masofa hosil bo‘lgunga qadar yuzini
frontga qaratib  yuradi. Buyruq berilgandan so‘ng o‘qituvchi hamma
talabalar safda o‘z joyiga turguniga qadar bir-ikkilab sanoqni olib
boradi. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi:
«CHAPGA (o‘ngga, o‘rtaga) JIÐSLAN!». Hamma harakatlar tes-
kari tartibda bajariladi.
2. Juftlama qadamlar bilan orani ochish front bo‘ylab o‘tkaziladi.
Buyruq  «O‘rtadan  (o‘ngga,  chapga)  ikki  (uch) qadam  bilan
TARQAL!».  Buyruq  berilgandan  so‘ng,  o‘qituvchi  orani  ochish
tugagunga qadar  «bir—ikki» deb sanoqni olib boradi. Orani ochishni
ketma-ketning  chetidagi (yoki ketma-ketda turgan) boshlaydi. Keyin-
chalik navbatma-navbat har ikki sanoqdan so‘ng, qolgan ketma-
116-rasm.
117-rasm.
118-rasm.
119-rasm.


129
ketdagilar orani ochadilar. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi
buyruqlar  beriladi:  «O‘RÒAGA  (chapdan,  o‘ngdan)  qadamlab
JIÐSLAN!», ketma-ketdagilar baravariga yaqinlasha boshlashadi.
O‘qituvchi yaqinlashish tugagunga qadar «bir—ikki» deb sanoqni
olib boradi.
3.  Òopshiriq  bo‘yicha  orani  ochish.  «Bir-biringizdan  ikki
QADAM masofada turing!», «Qo‘llarni yozib ORANI OCHING!»
va h.k.
4. O‘qituvchi ketma-ket qatorda turganlarni zarur bo‘lgan ora-
liqqa qo‘ygan yetakchilarga qarab, orani ochishi mumkin.
8.3. Uslubiy ko‘rsatmalar
1. Buyruqlar, odatda, ogohlantiruvchi va ijro etuvchi buyruqlarga
bo‘linadi: «QADAM BOS!», «ORÒGA!» va h.k. Ijroning o‘zidan
iborat  buyruqlar  ham  bor:  «ÒEKISLAN!»,  «ROSÒLAN!»  va
boshqalar. Biroq, bu buyruqlar berilishdan oldin o‘qituvchi ba’zi
hollarda  talabalarning  diqqatini  ijro  buyrug‘iga  qaratish  uchun
«bo‘lim», «guruh», «diqqat», «ketma-ket» va h.k. so‘zlarini ishlatadi.
Masalan,  «Guruh,  ROSÒLAN!»,  «Ketma-ket  ÒO‘XÒA!»
Ogohlantiruvchi buyruq tushunarli, baland ovoz bilan va tala-
balar qanday harakat qilishlari lozimligini tushunib yetib, shunga
shaylanishlari uchun biroz cho‘zibroq  aytiladi.  Ijro buyrug‘i lahzalik
tanaffusdan keyin qisqa va qat’iy beriladi.
Buyruqlarni berish chog‘ida ovoz hamda ogohlantiruvchi va ijro
buyruqlari o‘rtasidagi uzilish safning katta-kichikligiga mos bo‘lishi
lozim: saf qanchalik katta bo‘lsa, ogohlantiruvchi buyruq  shunchalik
cho‘zib aytiladi, ogohlantiruvchi va ijro buyruqlari orasidagi uzilish
kattaroq bo‘ladi, ijro buyrug‘i balandroq ovoz bilan aytiladi.
Harakatni boshlash uchun xizmat qiladigan ijro buyrug‘i bo‘la-
jak harakatlar ifodasiga mos ravishda talaffuz etilishi kerak. Masalan,
tez sur’atli yugurishdan oldin buyruqni baland ovoz bilan va qisqaroq
berish  zarur  bo‘lsa,  barcha  talabalar  buyruqni  birdaniga  bajara
olmaydigan sekin sur’atli harakatlarni boshlash uchun esa buyruqni
baland ovoz bilan va biroz cho‘zib aytish zarur. Shuni esda tutish
kerakki, buyruq baland ohangda berilishi shart. Òovush kuchini
ham to‘g‘ri o‘zgartirib turish lozim. Buyruq zaruratga mos ravishda
baland yoki past berilishi mumkin. O‘rinsiz past va shuningdek,
juda baland ovoz orqali buyruqlar qo‘llanilmasligi darkor.
O‘qituvchi tik holatda buyruq berishi kerak.


130
2.  Har  bir  ogohlantiruvchi  buyruqda  talabalar  «QOMATNI
ROSÒLA!» holatini qabul qiladilar, shuning uchun bu buyruqni
tez-tez  beravermaslik  kerak  (ayniqsa,  umumrivojlantiruvchi
mashqlarni o‘tayotganda). Agarda «ROSÒLAN!» buyrug‘i berilgan
bo‘lsa, u o‘rinlatib bajarilishi kerak.
3. Ayrim hollarda buyruqlarning o‘rniga topshiriq bermoq maq-
sadga muvofiqdir. Agar talabalar buyruqqa ko‘ra, ma’lum dastlabki
holatda, belgilangan usul bilan baravariga biror harakatni bajarish-
lari kerak bo‘lsa, topshiriq bo‘yicha esa hisobga kirmagan harakatlarni
bir qancha boshqa usullar bilan bajarishga ruxsat etiladi. Masalan,
polda o‘tirgan guruh uchun «CHAP-GA!» buyrug‘ini  berish o‘rniga
«CHAP-GA buriling» deb topshiriq berish ma’qulroq.
4. Qayta saflanish uchun buyruqlar berishda uning qismlari
izchilligiga rioya qilish zarur:
a)  safning  nomi;
b)  harakat  yo‘nalishi;
d) bajarish usuli aytiladi. Masalan, bir ketma-ket qatordan to‘rt
ketma-ketga qayta saflanish uchun buyruq quyidagicha beriladi: «Chap
(o‘ng)ga ketma-ketga to‘rttadan  QADAM BOS!». Yurib ketayotganda,
agar harakat yo‘nalishi o‘zgarmasa, buyruq aytilmaydi. Agar yurib
ketayotgan guruh  uchun  qayta saflanish buyrug‘i  beriladigan  bo‘lsa,
u holda «QADAM BOS!» so‘zi tushirib qoldiriladi.
5.  Orani  ochishda  buyruqning  ayrim  qismlari  quyidagicha
takrorlanadi:
a)  yo‘nalishi;
b)  oraliqning  katta-kichikligi;
d) bajarish usuli aytiladi. Masalan, «Chapga ikki qadam bilan
JIÐSLAN!».
6. Saf mashqlarining turli harakatlarini o‘rgatayotganda ko‘rsatish,
tushuntirish talabalarni oldin guruhchalarga  bo‘lib o‘rgatiladi. Ushbu
harakatlarni  bajarish,  ko‘rsatish,  tushuntirish  usuli  birga  qo‘shib
olib boriladi va keyinchalik bu harakatlar butun guruh bilan bajariladi.
Murakkab saf  mashqlarini bo‘laklarga  bo‘lib o‘rgatish kerak.
Bunda har bir harakatni bajarish uchun alohida buyruq beriladi.
Masalan, bir qatordan ikki qatorga qayta saflanish uchun ikkinchi
tartib raqamlilarga quyidagi buyruqlar beriladi:
a) «Ortga chap oyoq bilan, BIR!».
b) «Yonga o‘ng oyoq bilan, IKKI!».
d)  «Chap  oyoqni  qo‘yib,  UCH!».
Ushbu harakatlarni bo‘laklarga bo‘lib o‘rgatganda talaba o‘z
harakatlarini  ongli ravishda bajarsa, uni uzoq  esda saqlab qoladi.


131
O‘qituvchi esa navbatdagi buyruqni berishdan oldin talabalar yo‘l
qo‘ygan xatolarni ko‘rsatib o‘tadi. Òurgan joyda va yurib ketayotganda
burilishlarni, bir ketma-ketdan yoki qatordan ikki ketma-ket yoki
qatorga qayta saflanish, shaxdam qadam va joydan joyga ko‘chishning
boshqa turlari, juftlama qadam bilan orani ochishni bo‘laklarga
bo‘lib o‘rgatishni tavsiya qilamiz.
7. O‘rgatishni mashg‘ulotga eng zarur bo‘lgan saf mashqlaridan
boshlash  kerak.  Avvalo,  saflanishlar,  saf  usullari,  joydan  joyga
ko‘chish usullari va nihoyat, orani ochish va yaqinlashtirish o‘rga-
niladi. Ayrim saf usullarini  talabalar bilan juft-juft bo‘lib o‘tkazish
mumkin,  bunda  talabaning  biri  buyruq  beradi,  ikkinchisi  uni
bajaradi.
ÒESÒ SAVOLLARI
6
n
a
d
r
o
t
a
q
t
e
k
-
a
m
t
e
k
r
i
B
a
r
r
i
q
a
g
r
o
t
a
q
t
e
k
-
a
m
t
e
k
h
c
u
h
s
i
n
a
lf
a
s
b
il
‘
o
b
»
!r
u
t
b
il
‘
o
b
n
a
d
a
t
h
c
U
«
.
1
m
a
d
a
q
i
k
k
i
r
a
li
g
a
d
m
a
q
a
r
i
h
c
n
i
r
i
B
«
.
2
i
k
k
i
r
a
li
g
a
d
m
a
q
a
r
i
h
c
n
i
h
c
u
,
a
g
g
n
‘
o
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
a
g
p
a
h
c
m
a
d
a
q
r
/
T
i
r
a
l
q
h
s
a
m
f
a
S
g
n
i
z
i
h
c
i
n
i
g
a
t
,
b
a
li
g
l
e
b
i
n
b
o
v
a
j
i
r
‘
g
‘
o
T
1
h
s
i
n
a
lf
a
s
a
g
r
o
t
a
q
r
i
B
»
!
n
a
lf
a
s
a
g
r
o
t
a
q
r
i
B
«
.
1
»
!r
u
t
a
g
r
o
t
a
q
r
i
B
«
.
2
»
!r
u
t
b
il
i
z
it
a
g
r
o
t
a
Q
«
.
3
2
t
e
k
-
a
m
t
e
k
r
i
B
a
g
r
o
t
a
q
h
s
i
n
a
lf
a
s
»
!
n
a
lf
a
s
a
g
r
o
t
a
q
t
e
k
-
a
m
t
e
k
r
i
B
«
.
1
»
!l
‘
o
b
r
o
t
a
q
r
i
B
«
.
2
»
!
g
n
il
i
z
it
a
g
z
i
g
n
a
q
r
o
g
n
i
n
z
i
g
n
i
r
i
b
-
r
i
B
«
.
3
3
a
g
g
n
‘
o
a
d
y
o
j
n
a
g
r
u
T
h
s
il
i
r
u
b
»
!
a
g
g
n
‘
O
«
.
1
»
!l
i
r
u
b
a
g
g
n
‘
O
«
.
2
»
!l
i
r
u
b
a
g
n
o
m
o
t
g
n
‘
O
«
.
3
4
a
g
r
o
t
a
q
i
k
k
i
n
a
d
r
o
t
a
q
r
i
B
h
s
i
n
a
lf
a
s
»
!r
u
t
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
I
«
.
1
»
!
n
a
lf
a
s
a
g
r
o
t
a
q
i
k
k
I
«
.
2
r
a
li
h
c
n
i
r
i
b
r
a
li
g
a
d
m
a
q
a
r
i
h
c
n
i
k
k
I
«
.
3
»
!
n
i
s
r
u
t
a
d
i
s
a
q
r
o
5
a
g
r
o
t
a
q
h
c
u
n
a
d
r
o
t
a
q
r
i
B
h
s
i
n
a
lf
a
s
»
!r
u
t
b
il
‘
o
b
n
a
d
a
t
h
c
U
«
.
1
»
!
n
a
lf
a
s
a
g
r
o
t
a
q
h
c
U
«
.
2
r
a
li
h
c
n
i
h
c
u
,
a
g
a
q
r
o
r
a
li
h
c
n
i
r
i
B
«
.
3
»
!
n
i
s
r
u
t
a
g
n
i
d
l
o
oraliq
oraliq
2
2
2
2
2
2
1
1
1
1
1
1
1
2
2
3
3
3
3


132
7
t
e
k
-
a
m
t
e
k
r
i
b
a
d
t
a
k
a
r
a
H
.
k
.
h
a
v
5
,
4
,
3
n
a
d
r
o
t
a
q
h
s
i
n
a
lf
a
s
a
g
r
o
t
a
q
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
n
a
d
z
a
k
r
a
m
n
a
d
a
t
h
c
U
«
.
1
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
h
c
u
a
g
n
o
m
o
t
p
a
h
C
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
a
g
n
o
m
o
t
p
a
h
c
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
h
c
U
«
.
3
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
8
h
s
i
n
il
‘
o
B
p
a
h
c
a
v
g
n
‘
o
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
n
a
d
a
tt
i
B
«
.
1
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
i
n
a
l
y
a
a
g
n
o
m
o
t
r
o
t
a
q
n
a
d
a
tt
i
b
a
g
n
o
m
o
t
p
a
h
c
a
v
g
n
‘
O
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
,
b
i
n
a
l
y
a
a
g
n
o
m
o
t
r
a
h
,
b
il
‘
o
b
n
a
d
a
tt
i
B
.
3
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
9
h
s
i
r
it
k
i
r
i
b
a
g
r
o
t
a
q
i
k
k
I
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
n
a
d
z
a
k
r
a
m
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
I
«
.
1
p
a
h
c
a
v
g
n
‘
o
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
I
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
a
g
n
o
m
o
t
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
i
n
a
d
z
a
k
r
a
M
«
.
3
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
0
1
n
a
d
r
o
t
a
q
t
e
k
-
a
m
t
e
k
i
k
k
I
-
f
a
s
a
g
r
o
t
a
q
t
e
k
-
a
m
t
e
k
t
r
‘
o
t
h
s
i
n
a
l
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
t
r
‘
o
t
n
a
d
a
t
r
‘
O
«
.
1
»
t
e
k
-
a
m
t
e
k
r
o
t
a
q
t
r
‘
o
t
n
a
d
z
a
k
r
a
M
«
.
2
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
t
r
‘
o
t
a
g
p
a
h
c
a
v
g
n
‘
O
«
.
3
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
1
1
a
m
t
e
k
r
i
b
a
d

g
o
h
c
t
a
k
a
r
a
H
-
a
q
t
e
k
k
i
k
k
i
n
a
d
r
o
t
-
a
m
t
e
t
e
k
h
s
i
n
a
lf
a
s
a
g
r
o
t
a
q
»
!
n
a
lf
a
s
a
g
r
o
t
a
q
i
k
k
I
«
.
1
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
I
«
.
2
r
o
t
a
q
i
k
k
i
r
a
li
g
a
d
m
a
q
a
r
i
h
c
n
i
k
k
I
«
.
3
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
2
1
h
s
i
r
u
y
a
d
i
y
o
j
n
a
g
r
u
T
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
n
a
d
q
o
y
o
p
a
h
C
«
.
1
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
n
a
d
y
o
j
n
a
g
r
u
T
«
.
2
!s
o
b
m
a
d
a
q
n
a
d
s
a
m
n
a
lt
a
k
a
r
a
h
a
g
n
i
d
l
O
«
.
3
3
1
h
s
it
a
t
x
‘
o
t
i
n
t
a
k
a
r
a
H
»
!
a
t
x
‘
o
t
h
u
r
u
G
«
.
1
»
!
a
t
x
‘
o
t
a
d
y
o
j
n
a
g
r
u
t
h
u
r
u
G
«
.
2
»
!
a
lt
f
u
j
i
n
r
a
l
q
o
y
O
«
.
3
4
1
h
s
il
i
r
u
b
a
d
t
a
k
a
r
a
H
»
!l
i
r
u
b
a
g
g
n
‘
O
«
.
1
»
!
a
g
-
g
n
‘
O
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
a
g
n
o
m
o
t
g
n
‘
O
«
.
3
5
1
b
i
n
a
l
y
A
h
s
i
r
u
y
»
!r
u
y
b
i
n
a
l
y
a
a
g
n
o
m
o
t
p
a
h
C
«
.
1
»
!r
u
y
b
i
n
a
l
y
a
i
n
l
a
Z
«
.
2
»
!r
u
y
a
g
n
o
m
o
t
g
n
‘
O
«
.
3
1
2
2
1
2
2
2
2
2
2
2
1
1
1


133
7
1
-
‘
o
y
i
r
a
k
s
e
t
a
d
t
a
k
a
r
a
H
h
s
i
r
u
y
a
d
h
s
il
a
n
m
a
d
a
q
a
d
h
s
il
a
n
‘
o
y
ir
a
k
s
e
t
n
a
d
n
o
m
o
t
p
a
h
C
«
.
1
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
i
n
a
d
n
o
m
o
t
p
a
h
C
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
a
g
n
o
m
o
t
p
a
h
c
a
d
h
s
il
a
n
‘
o
y
i
r
a
k
s
e
T
«
.
3
»
!s
o
b
8
1
-
‘
o
y
i
r
a
k
s
e
t
n
a
d
i
r
a
k
h
c
I
h
s
i
r
u
y
a
d
h
s
il
a
n
m
a
d
a
q
a
d
h
s
il
a
n
‘
o
y
i
r
a
k
s
e
t
n
a
d
i
r
a
k
h
c
I
«
.
1
»
!s
o
b
-
i
r
a
k
h
c
i
,
b
i
n
il
‘
o
b
a
g
n
o
m
o
t
p
a
h
c
a
v
g
n
‘
O
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
a
g
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
i
n
a
d
i
r
a
k
h
c
I
«
.
3
9
1
h
s
i
r
u
y
il
q
o
m
t
r
i
s
q
i
h
c
O
,
b
il
‘
o
b
il
q
o
m
t
r
i
s
q
i
h
c
o
a
g
n
o
m
o
t
g
n
‘
O
«
.
1
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
n
o
m
i
s
y
o
y
a
g
n
o
m
o
t
g
n
‘
O
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
il
q
o
m
t
r
i
s
q
i
p
o
y
a
g
n
o
m
o
t
g
n
‘
O
«
.
3
»
!s
o
b
0
2
h
s
il
a
q
r
a
T
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
n
a
d
a
ti
k
k
i
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
Q
«
.
1
r
o
t
a
q
t
e
k
-
a
m
t
e
k
i
k
k
i
,
a
g
g
n
‘
o
,
a
g
p
a
h
C
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
i
n
a
d
r
o
t
a
q
t
r
‘
o
T
«
.
3
»
!s
o
b
1
2
h
s
il
i
y
u
Q
r
o
t
a
q
t
e
k
-
a
m
t
e
k
r
i
b
a
g
g
n
‘
o
,
a
g
p
a
h
C
«
.
1
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
I
«
.
2
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
i
k
k
i
n
a
d
z
a
k
r
a
M
«
.
3
»
!s
o
b
2
2
i
n
f
a
s
t
e
k
-
a
m
t
e
K
b
i
s
e
k
h
s
it
‘
o
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
a
l
y
‘
o
b
l
a
n
o
g
a
i
D
«
.
1
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
i
h
s
i
s
e
k
n
a
d
z
a
k
r
a
M
«
.
2
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
i
h
s
il
a
h
c
b
a
l
y
‘
o
b
l
a
n
o
g
a
i
D
«
.
3
3
2
li
s
o
h
l
a
r
i
p
S
h
s
il
i
q
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
a
h
c
i
y
‘
o
b
l
a
r
i
p
S
«
.
1
»
!
n
a
lt
a
k
a
r
a
h
b
il
i
q
li
s
o
h
l
a
r
i
p
S
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
b
i
n
a
l
y
A
«
.
3
4
2
li
s
o
h
a
r
i
o
D
h
s
il
i
q
»
!
g
n
il
i
q
li
s
o
h
a
r
i
o
D
«
.
1
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
a
r
i
o
d
p
a
h
C
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
a
r
i
o
D
«
.
3
6
1
-
r
o
t
a
q
r
i
b
n
a
d
r
o
t
a
q
t
r
‘
o
T
h
s
i
n
a
lf
a
s
a
g
-
h
s
o
b
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
r
i
b
n
a
d
n
o
m
o
t
p
a
h
C
«
.
1
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
n
a
d
i
s
a
q
r
o
i
h
c
v
o
l
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
r
i
b
,
b
i
n
a
l
y
a
a
g
n
o
m
o
t
p
a
h
C
«
.
2
»
!s
o
b
m
a
d
a
q
m
a
d
a
q
,
b
il
‘
o
b
r
o
t
a
q
r
i
b
a
g
n
o
m
o
t
p
a
h
C
«
.
3
»
!s
o
b


134
9-bob.
  UMUMRIVOJLANÒIRUVCHI  MASHQLAR
9.1. Mashqlarning tasnifi
Umumrivojlantiruvchi mashqlar deb, turlicha tezlik va ko‘lamda
maksimal hamda o‘rtacha mushak ishlashi orqali tananing ayrim
qismlari  bilan  bajariladigan harakatlar yoki ularning birikmalariga
aytiladi. Bundan maqsad — jismoniy sifatlarni rivojlantirish, qaddi-
qomatni  to‘g‘ri  shakllantirish,  talabalarni  murakkab  harakat
malakalarini egallashga tayyorlashdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar jihozlarsiz va jihozlar (gantellar,
to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar, rezina amortizatorlar, tayoqlar
va h.k.) bilan har xil gimnastika jihozlarida va shuningdek, talabalarning
bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatishlari orqali bajarilishi mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar o‘z tarkibiga ko‘ra, oddiy bo‘-
lib, u bilan barcha yoshdagi bolalar va turli yoshdagi kishilar shu-
g‘ullanishlari mumkin. Ularni o‘rgatish juda oddiydir: mashqni o‘r-
ganib olish uchun, talaba uni bir necha marta takrorlashi kerak, xolos.
Shuni  inobatga  olish  kerakki,  mukammal  o‘zlashtirilgan
mashqlarni  bajargandagina  maksimal  foyda  olish  mumkin.
Mashqlarni o‘rgatish jarayonida esa barcha mushaklarning qisqarish
imkoniyati bir xil jalb qilinadi. Demak, biron-bir jismoniy sifatni
rivojlantirish  uchun  u  yoki  bu  mashqdan  foydalanishdan  oldin
uni yaxshi o‘rganib olishga zaruriyat tug‘iladi.
Umumrivojlantiruvchi  mashqlar  yordamida  tana  a’zolari  va
mushaklarning guruhlariga alohida ta’sir ko‘rsatish ham mumkin.
Bu  xususiyat  talabalar  organizmiga,  ayniqsa,  harakat-tayanch
apparatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish va butun tana mushak-
larini har tomonlama rivojlantirish imkonini beradi.
Umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  bajarayotganda  jismoniy
yuklamani boshqarish oson. Organizmga jismoniy yuklama berish
uchun mashqlar tanlashga va bir mashg‘ulotda ularning soni qancha
bo‘lishiga bog‘liq. Bir xil mashqlar (mushakni ishga solish) berish
darajasi va ishda qatnashadigan mushak guruhlarining soniga ko‘ra,
osonroq, boshqalari murakkab bo‘ladi.
Mashq bajarilganda mushakdan foydalanish darajasiga ko‘ra
o‘zgaradi. Mushak zo‘riqish  berish darajasini quyidagi usullar (ayni
bir  mashqning  davom  etishini)  takrorlash  sonini  ko‘paytirish,
mashqlarni bajarish tezligini o‘zgartirish, og‘irlikni oshirish yoki
o‘zaro  qarshilik  darajasini  ko‘paytirish,  dastlabki  holatni  yoki
bajarish usulini boshqacharoq qilish orqali o‘zgartirish mumkin.


135
Òasnifga anatomik belgi asos qilib olingan. Mashqlar insonning
ayrim tana qismlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab bo‘linadi:
1. Qo‘l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar.
2. Gavda va bo‘yin mushaklari uchun mashqlar.
3. Oyoq mushaklari uchun mashqlar.
4. Butun tana mushaklari uchun mashqlar.
Hamma mashqlarning ta’siri, o‘z navbatida, uslubiy yo‘nalishiga
ko‘ra kuchni, egiluvchanlikni, yakka harakat tezligini, ayrim mushak
guruhlarining taranglashishi va bo‘shashish qobiliyatini tarbiyalovchi
mashqlarga bo‘linadi, to‘rtinchi guruh mashqlariga esa qomatni
to‘g‘ri rivojlantiruvchi va nafas olish mashqlari kiradi.
9.1.1. Qo‘l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar
1. Qo‘lni oldinga, yuqoriga va yon tomonlarga navbatma-navbat
va birin-ketin ko‘tarish; shu mashqning o‘zini gantellar, gimnastika
tayoqchalari, to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar bilan bajarish;
shu mashqni  sherigining qarshiligini, rezina bint, amortizatorlar
yoki  blok  tuzilmali  maxsus  asbobda  osilgan  og‘irlik  qarshiligini
yengish  bilan  bajarish.
2. Qo‘llarni bukish va yozish:
a) tik turganda, o‘tirgan va yotgan holatlarda qo‘llarni tez va
sekin bukish va yozish;
b) gantellar, to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar bilan qo‘l-
larni bukish va yozish  (120-rasm); shu mashqni  sherigi qarshiligini
(121-rasm); rezina amortizatori, blok tuzilmali asbobdagi og‘irlik
qarshiligini yengib bajarish;
120-rasm.
121-rasm.


136
d) yotib tayanish va tayanish; yotib osilish va osilish holatlarida
qo‘llarni bukish va yozish;
e) qo‘llar bilan tirmashib chiqish, kuch bilan ko‘tarilish.
3. Qo‘llar bilan aylanma harakatlar qilish:
a) old yoki yon tekislikda (birin-ketin, birgalikda, navbatma-
navbat);
b)  gantellar,  to‘qmoqlar,  toshlar  yoki  amortizatorlar  bilan
(122-rasm).
4. Òo‘g‘ri qo‘llar bilan siltanish va keskin siltanish harakatlari —
bir qo‘l oldinga, ikkinchisi orqaga; shuning o‘zini gantellar bilan;
shuning o‘zi, lekin  har ikki qo‘l bilan  orqaga va yuqoriga; qo‘llar
ko‘krak oldida  bo‘lgan holatdan (bukilgan qo‘llar  bilan) orqaga
keskin siltanish harakatlari; qo‘llar yuqorida va yon tomonda, bir
qo‘l  yuqorida,  ikkinchisi  pastda  turgan  holatda  keskin  siltanish
harakatlari.
5. Muvozanat saqlab bajariladigan mashqlar:
a) qo‘llarni gantellar, to‘ldirma to‘plar, toshlar bilan amor-
tizator yoki blok moslamali asbobdagi og‘irlik qarshiligini yengib
yon tomonda, oldinda, orqada 10
—
20 sek davomida saqlab turish;
b) 10—20 sek davomida yotib osilish va 30°, 60°, 90° va 150°
bukilgan qo‘llarda osilib turish;
d) 10—20 sek davomida tayanib yotish va 30°, 60°, 90° va 150°
bukilgan qo‘llarda tayanib turish.
6. Qo‘l mushaklari va yelka kuraklari uchun bo‘shashtiruvchi
mashqlar:
a) mushaklarni bo‘shashtirib turib, qo‘llarni erkin siltash;
122-rasm.


137
b)  qo‘llar  yuqoridagi  (mushaklar  zo‘riqib  turgan)  holatidan
barmoq,  bilak  va  butun  qo‘l  mushaklarini  navbatma-navbat
bo‘shashtirib, qo‘llarni pastga tushirish;
d) dastlab qo‘l mushaklari va yelka kuragini holatga keltirib
olgach, oldinga engashib mushaklarni bo‘shashtirish.
9.1.2. Bo‘yin va gavda mushaklari uchun mashqlar
1. Bosh va gavdani (qomatni bukib va to‘g‘ri tutib) orqaga,
yon tomonga engashtirish. Engashtirish tik turgan holatdan boshlab:
qo‘llarni  yuqorida,  yon  tomonda,
bosh orqasida tutib, oyoqlarni kerib
tik turish, polda va gimnastika o‘rin-
dig‘ida o‘tirib, shuning o‘zi, lekin
gimnastika tayoqchasi, gantellar, to‘l-
dirma to‘plar bilan, shtangani yel-
kaga qo‘yib (123-rasm),  sherik va
amortizatorning qarshiligini yengib
(124-rasm)  bajariladi.
Bosh va gavdani o‘ng-chap to-
monga burish.
 Bunda  oyoqlarni kerib
tik turish va oyoqlarni kerib o‘tirish holatlarida bajarish qulay bo‘ladi.
Qo‘llarning  dastlabki  eng  qulay  holati:  gimnastika  tayoqchalari
bilan qo‘llarni yon tomonda yuqorida tutish, shtangani yelkaga,
kuraklarga yoki belga qo‘yib turish qo‘llarning dastlabki qulay  holati
hisoblanadi.
124-rasm.
123-rasm.


138
Bosh va gavda bilan o‘ng hamda chap tomonlarga aylanma
harakatlar  qilish:
a)  oyoqlarni  kerib  tik  turgan  holatda,  qo‘llarni  belda,  bosh
orqasida, yuqorida tutib bajarish;
b)  shuning  o‘zini  gimnastika  o‘rindig‘i  yoki  polda  o‘tirib
bajarish,  oyoq  uchlarini  gimnastika  devoriga  tirab  turiladi  yoki
sherigi ushlab turadi;
d) shtangani yelkaga qo‘yib yo to‘ldirma to‘pni yoki gantellarni
yuqoriga ko‘tarib, butun gavda bilan aylanma harakat qilish.
2. Òayanib yotib va orqada tayanib yotib, tizzalarga tik tayanib
turib, gavdani bukish va to‘g‘rilash (125-rasm):
a)  oyoqlarni  yotgan,  o‘tirgan,  osilish  va  tayanish  holatidan
ko‘tarish;
b) shuning o‘zini oyoqlar bilan to‘ldirma to‘pni ushlab turib
bajarish.
3. Muvozanatda bajariladigan mashqlar:
a) osilish va tayanish holatlaridan oyoqlarni 90—60° ga ko‘tarib,
5—15 daqiqa davomida ushlab turish;
b) osilish va tayanish holatida oyoq bilan yuklarni (to‘ldirma
to‘p,  gantellar,  qum  to‘ldirilgan  qopchalarni)  ushlab  turish;
d) gavdani 10—15 daqiqa davomida to‘g‘ri tutib engashish.
4. Gavda va bo‘yin mushaklarini bo‘shashtiruvchi mashqlar:
a) oyoqlarni yelka kengligida kergan holda tik turib, oldinga
engashib gavda va bo‘yin mushaklarini bo‘shashtirish;
b) oldinga engashgan holatdan gavda va bo‘yin mushaklarini
zo‘riqtirish va uni asta-sekin kamaytirib, butunlay bo‘shashtirish;
d) o‘tirgan, tizzalarda turgan va yotgan holatdan  tana hamda
bo‘yin mushaklarini bo‘shashtirish.
9.1.3. Oyoq mushaklari uchun mashqlar
1. Oyoqlarni ko‘tarish va tushirish:
a) tik turgan, o‘tirgan va yotgan holatdan oyoqlarni oldinga,
orqaga va yon tomonlarga (sekin va tez) ko‘tarish;
125-rasm.


139
b)  shuning  o‘zini  amortizator  qarshiligini  yengib  bajarish
yoki oyoq bilan biror og‘irlikni, masalan, qum to‘ldirilgan qop-
chani ko‘tarish.
2. Oyoqlarni bukish va to‘g‘rilash:
a) tik turgan, o‘tirgan, yotgan holatdan oyoqlarni oldinga, orqaga
va yon tomonga bukish va to‘g‘rilash;
b)  o‘tirgan,  yotgan,  osilgan  va  tayangan  holatda  oyoqlarni
bukish va to‘g‘rilash;
d) shuning o‘zini oyoqlar bilan to‘ldirma to‘pni, qum to‘l-
dirilgan qopchani ko‘tarib turib bajarish;
e)  ikki  va  bir  oyoqda,  qo‘llar  bilan  tayanib,  tayanmasdan
yarimcho‘qqayish va cho‘qqayish  (oyoq uchida va butun tovonda);
f) shuning o‘zini yuklar bilan (shtangani yelkaga qo‘yib) bajarish;
g) oldinga, orqaga, yon tomonga bir oyoqni bukib, keng qadam
tashlash;
h)  shuning  o‘zini  yuklar  (to‘ldirma  to‘plar,  shtanga,  qum
to‘ldirilgan  qopchalar)  bilan  sakrash;  cho‘qqaygan,  bir  oyoqni
bukib keng qadam tashlab turib, oyoqlarni keng kerib turgan holatda
prujinasimon  harakatlar  qilish;
i) ikki oyoqda, so‘ng bir oyoqda turgan joyda hamda oldinga
silkib turib sakrashlar;
j) shuning o‘zini yuklar (to‘ldirma to‘plar, shtanga, toshlar)
bilan bajarish.
3. Òik turgan, o‘tirgan va yotgan holatda tovon va oyoqlar bilan
aylanma harakatlar qilish.
4. 
Òik  turgan,  o‘tirgan,  yotgan  holatda  oyoqlarni  oldinga,
orqaga, yon tomonlarga siltash. Siltashlar tayanchga (gimnastika
devorchasiga,  qandaydir  gimnastika  jihoziga,  stulga)  suyanib  va
suyanmasdan qo‘lda bajariladi.
5. 
Muvozanatda bajariladigan mashqlar:
a) yarim shpagat va shpagatlarda (5,10,15, 20 daqiqa) muallaq
turish;
b) oyoqlarni oldinga, orqaga, yon tomonga, bel balandligida
ko‘targan holatda 5—15 daqiqa ushlab turish, shuning o‘zini yuk
(qum to‘ldirilgan 0,5—2 kg og‘irlikdagi qopcha) bilan bajarish.
6. Oyoq mushaklarini bo‘shashtirish mashqlari:
a) tik turib, o‘tirib yoki yotgan holatda oyoqlarni ko‘tarish,
mushaklarni bo‘shashtirib siltash va yana tushirish;
b) o‘tirgan va yotgan holatda oyoqlarni bo‘shashtirish;
d)  o‘tirgan  va  yotgan  holatda  oyoq  mushaklarini  maksimal
tarang tortib, keyinchalik ularni bo‘shashtirish.


140
9.1.4. Butun tana mushaklari uchun mashqlar
1. Qo‘l harakatlarini gavdaning oldinga (orqaga, yon tomonga)
engashtirish va bir oyoqni oldinga (yon tomonga, orqaga bukib),
keng qadam tashlash bilan bir vaqtda bajarish.
2. Oldinga engashib, cho‘qqayib qo‘llarni oldinga (yuqoriga,
orqaga) uzatish.
3. Qo‘llarni yuqoriga ko‘targan holda oyoqlarni navbatma-navbat
bukib va to‘g‘rilab gavdani aylanma harakatlantirish (gavda o‘ng
tomonga engashganda chap oyoq, chapga engashganda o‘ng oyoq
bukiladi).
4. Òayanib yotish holatida qo‘llarni bukib-yozish bilan bir vaqtda
oyoqlarni ko‘tarish va tushirish.
5. Òana bilan to‘lqinsimon harakatlar (harakat qo‘llardan bosh-
lanadi, keyin gavda va oyoqlar bilan davom ettiriladi) qilish.
6. Chalqancha  yotgan holatdan va orqaga engashib gimnastika
devorchasiga  orqa  bilan  turgan  holatda  sheriklari  yordamida  va
mustaqil «ko‘prikcha» mashqini bajarish.
7.  Gimnastika  devorchasida  orqa  bilan  osilib  turgan  holatda
oyoqlarni ko‘tarib, oyoq uchini unga tekkizish. Shuning o‘zini oyoqlar
bilan yuklar (to‘ldirma to‘p, qum to‘la qopcha) ko‘tarib bajarish.
8. Òik turgancha bukilib orqa tomon bilan osilish holatidan
(gimnastika devorchasida) oyoqlarni bukib va to‘g‘ri tutib, kerilib
osilish holatiga o‘tish; shuning o‘zini oyoqlar bilan yuklar (to‘ldirma
to‘p,  qumli  qopcha)  ko‘tarib  bajarish.
9. Butun tana mushaklarini bo‘shashtirish mashqlari:
a) yotgan holatdan butun tana mushaklarini bo‘shashtirish;
b)  yotgan  holatda  tana  mushaklarini  maksimal  taranglatib,
keyinchalik bo‘shashtirish;
d) bir guruh mushaklarni asta-sekin bo‘shashtira borib, ayni
vaqtda ikkinchilarini taranglatish.
10. Qomatni shakllantiruvchi mashqlar (navbatdagi bo‘limda
yoritilgan).
9.2. Jismoniy tarbiyaning umumrivojlantiruvchi  mashqlari
yordamida yechiladigan ayrim vazifalar
Umumrivojlantiruvchi mashqlarga xos xususiyatlarni va ularning
tasnifini o‘rganib, bu mashqlarning ta’sirini va umumlashtiruvchi
mashqlar  orqali  jismoniy  tarbiyaning  qanday  vazifalari  hal  qili-
nishini aniqlab olmoq zarur.


141
9.2.1. Jismoniy tarbiyalashda vosita sifatida
umumrivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish
Kuchni  umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida tarbiyalash
har xil usullar orqali amalga oshiriladi:
1. 
Òakrorlash  usuli
. Mashqlar odatdagi tezlikda yuklarsiz yoki
gantellar (1—3 kg), to‘ldirma to‘plar (2—3 kg) yoki sherigi (rezinka
amortizator)  qarshiligini  yengish  bilan  asosiy  ish  bajaruvchi
mushaklar yaqqol charchagan holatigacha takrorlanadi. Ana shunday
charchagan holatda mashqni yana 1—2 marta bajarish juda muhimdir.
Chunki ayni shu oxirgi takrorlashlar kuchni rivojlantirish uchun
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Mashqlarni  8—10  martadan  ortiq
takrorlamaslik zarur. Agar mashqni qulay bajarish mumkin bo‘lsa,
uni murakkablashtirmoq zarur. O‘n martadan ortiq bajariladigan
mashqlar kuchni emas, balki tana chidamliligini rivojlantiradi.
Bir  mashqning  o‘zini  ko‘plab  takrorlash  usuli  boshlovchilar
mashg‘ulotida qo‘llaniladi, chunki unda mushaklarni ko‘p ishga
solish talab qilinmaydi, bundan tashqari, mashqning to‘g‘ri ba-
jarilishini kuzatish uchun imkon bo‘ladi.
2. 
O‘ta zo‘r berish usuli
. O‘ta zo‘r berish bilan 3—4 martadan,
ayrim vaqtda esa faqat bir martadan ortiq takrorlab bo‘lmaydigan
murakkab mashqlar bajariladi. Mushaklarning o‘ta zo‘riqishi natija-
sida bosh miyaning katta yarimsharlariga boradigan impulslar oqimi
hosil bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchining kuchi qanchalik katta bo‘lsa, javob
ta’siri ham shunchalik kuchli bo‘ladi, shunga ko‘ra  mushak to‘qima-
sining  funksional  darajasi  ham  yuqori  bo‘ladi.  Bu  usul  dastlab
maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shug‘ullanuvchilarda qo‘llaniladi.
3. 
Izometrik usul
. Izometrik rejimda ishlashda egallangan holatni
5—6 daqiqa davomida ushlab turish lozim bo‘lgan muvozanatli
mashqlarni bajarishda hosil qilinadi.
Izometrik rejimda ishlash, mushaklar zo‘riqayotgan va bo‘sha-
shayotgan vaqtda sodir bo‘ladi. Bunday rejim harakat jarayonida
to‘xtab-to‘xtab ohista bajariladigan kuch mashqlari: tayanish va
osilish holatida 3—4 marta to‘xtab-to‘xtab qo‘llarni bukish va to‘g‘ri-
lash, ayni shu hol boshqa mashqlarni bajarishda ham qo‘llaniladi.
Bu  usul  yaxshi  jismoniy  tayyorlangan  sportchilar  uchun  tavsiya
qilinadi.
4. 
Dinamik  zo‘riqish  usuli
.  Mashqlar  yuklarsiz  yoki  kichik
qarshilik bilan, lekin maksimal tezlikda bajariladi.


142
Dinamik zo‘riqish usuli mashqlarning eng yuqori tezlikda va to‘liq
ko‘lamda bajarilishi hisobiga katta va maksimal mushak zo‘riqishini
talab qiladi. Bu mashqlar talabalarning jismoniy kuch sifatini rivoj-
lantiribgina  qolmay,  balki  tezkorlik  sifati  (tezlik  kuchi)ni  ham
rivojlantiradi. Shuni hisobga olish kerakki, kichik tashqi qarshiliklarni
yengib  mashq  bajarganda,  maksimal  kuch  harakat  tezligiga  ta’sir
qilmaydi. Bu usul yosh  sportchilar uchun maqsadga muvofiq bo‘ladi.
5. 
Aralash  usul
.  Bir  mashqning  o‘zi  muayyan  izchillikda:
dastavval dinamik, keyin izometrik rejim, undan keyin katta mushak
zo‘riqishi bilan va nihoyat ko‘plab takrorlash usuli bilan bajariladi.
Har bir takrorlashdan keyin 1—2 daqiqa tanaffus qilinadi. Hamma
takrorlashlar  3—4  martadan  qaytariladi.
Har xil sur’atda turlicha zo‘riqish va mushaklar ish rejimini
almashtirib  bajariladigan  umumrivojlantiruvchi  mashqlar,  kuch
sifatlarini  rivojlantirish  uchun  juda  samarali  ta’sir  ko‘rsatish
mashqlari bo‘lgan egiluvchanlikning muvaffaqiyatli rivojlanishiga,
bo‘g‘inlarda  faol  harakatchanlikni  talab  qiladigan  harakatlarni
bajarishda  mushaklarni  taranglashish va bo‘shashtirishni to‘g‘ri
taqsimlash  zarur,  bu  esa  miya  katta  yarimsharlari  qobig‘ining
muvofiqlashtirish faoliyatiga bog‘liq.
Faol va sust egiluvchanlik mavjud. Egiluvchanlikni tarbiyalash
uchun turli uslublardan foydalanish zarur:
1. 
Faol harakatlar uslubi
 — mashqlar  qarama-qarshi mushak-
larni  cho‘zish  maqsadida  harakatni  katta  ko‘lamda  bajarishni
ta’minlaydigan mushaklarning faol zo‘riqishi hisobiga bajariladi.
Bunga quyidagi talablar qo‘yiladi:
a) mashqlarni borgan sari katta ko‘lamda bajarish;
b) dastavval, qarama-qarshi mushaklarni taranglatish (mushak-
lar faol taranglashgandan keyin yaxshi bo‘shashadi, demak, yaxshi
cho‘ziladi ham).
2. 
Sust  harakatlar  uslubi
  —  mashqlar  sportchilarni  sheriklari
yordamida  yoki  harakat  ko‘lamini  oshirish  uchun  yuklar  bilan
bajariladi va qo‘llar  bilan oyoqlarni  gavda  (gavdani oyoqlar)ga tortish.
Bunga quyidagi talablar qo‘yiladi:
a) biror mushakning og‘rib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
b)  dastavval,  mushaklarning  faol  harakatlar  bilan  ishlashiga
erishish.
3. 
Statik holatlar uslubi 
10—20 daqiqa davomida  tinch holatda
ushlab  turiladigan  harakatlar  (yotgan,  o‘tirganda  tanani  bukish,
shpagat,  ko‘prik).


143
Aralash uslubida bajariladigan mashqlar bir necha bor qaytarib
bajariladi, avvalo, faol harakatlar, keyin sust harakatlar va ulardan
keyin statik holatlar bajariladi. Eng muhimi, mashqlarning birin-
ketin bajarilishini o‘zgartirmaslikdir. Òananing har bir qismi uchun
harakat soni esa 15—20 tadan oshmasligi kerak.
Shuni yodda saqlash kerakki, ishga yaxshi kirishgan va charcha-
magan  mushaklar  yaxshiroq  cho‘ziladi.
9.2.2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar ayrim mushaklar guruhini
taranglashtirish va bo‘shashtirish vositasi sifatida
Ma’lumki, taranglashish va bo‘shashtirishning birin-ketin baja-
rilishi mushaklarning uzoq vaqt ishga layoqatli bo‘lishini ta’minlaydi
va harakatlarni to‘liq ko‘lamda bajarish imkonini beradi. Undan
tashqari, skelet mushaklarining erkin taranglashish va bo‘shashtirish
harakat malakasini tezroq shakllantirishga yordam beradi hamda
harakatlarni yengil va erkin bajarish imkonini beradi.
Mushaklarni ixtiyoriy taranglashish va bo‘shashtirishga o‘rga-
tishda turli umumrivojlantiruvchi mashqlar qo‘llaniladi: bo‘shash-
tirib  siltash  harakatlari,  silkinishlar,  ayrim  mushak  guruhlarini
(tik  turib,  o‘tirib,  yotganda)  taranglashish  va  bo‘shashtirishni
ketma-ket bajarish, bir mushakni taranglashish bilan bir vaqtda
boshqa mushaklarni bo‘shashtirish, kaft, bilak, yelka, gavda, oyoq
mushaklarini birin-ketin bo‘shashtirish.
9.2.3. Umumrivojlantiruvchi mashqlar qaddi-qomatni
   shakllantirish vositasi sifatida
Qaddi-qomatni shakllantirish va uning nuqsonlarini yo‘qotish
uchun orqa, qorin pressi va yelka kamari mushaklarining statik
kuchini,  shuningdek,  umurtqa  pog‘onasining  harakatchanligiga
ko‘proq  e’tibor  bergan  holda  tananing  barcha  mushaklarini  bir
tekis rivojlantirish zarur. Bu vazifa umumrivojlantiruvchi mashqlar
yordamida muvaffaqiyatli hal etiladi.  Qaddi-qomatni shakllantirish
uchun talabalarni o‘z qomatini rostlay bilishga va uni uzoq vaqt
saqlab turishga o‘rgatish zarur.
Òalabalarni to‘g‘ri qomatga  xos xislatlarni tarbiyalashga o‘rgatish
qaddi-qomatni rostlash mashqlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi:
1. Òo‘g‘ri qomat holatini  tarbiyalash.
Òalabalarga tik turib qomatni qanday qilib to‘g‘ri tutish kerakligi
ko‘rsatiladi. Asosiy diqqatni boshning holatiga qaratish lozim, boshni


144
to‘g‘ri holatda ushlashgina qomatni rostlash imkonini beradi. Doimo
boshni  oldinga  engashtirib  yurish,  odatda,  kurakning  chiqib,
qomatning bukilib qolishiga sabab bo‘ladi.
2. Shu mashqning o‘zini talabalar bir-birlariga yordamlashib
bajarishda ularning biri to‘g‘ri qomat holatini saqlab turadi, ikkin-
chisi esa bu holatning qanchalik to‘g‘ri ekanligini yaxshilab ko‘zdan
kechirib chiqadi.
3. D.h. ensa, kurak, qo‘lni va tovonlarni devorga tekkizgan
holatda orqa bilan turish. Òananing hamma qismlari holatini eslab
qolish. Devordan uzoqlashish va o‘sha holatni saqlab turish.
4. D.h. shuning o‘zi. Òana holatini eslab qolish. Bir qadam oldinga
yurib burilishlar va bosh bilan aylanma harakatlar bajarish. Yana
boshni to‘g‘ri holatda tutib turish hamda bir qadam orqaga  yurish
va  devor oldida turib,  gavda holatini tekshirib ko‘rish.
5. D.h. shuning o‘zi. Devor oldida turib, bosh va tosni uzoqlash-
tirmasdan belni bukish va d.h.ga qaytish.
6. D.h. shuning o‘zi. Bosh, orqa va tosni  devordan uzoq-
lashtirmasdan o‘tirish va turish, oyoqlarni ko‘tarish va bukish.
7. D.h.  shuning o‘zi, holatni eslab qolish. Devordan uzoqlashib
bosh, gavda, oyoqlar bilan  bir  necha harakatlar bajarish;  to‘g‘ri
qomat holatini qabul qilib, uning to‘g‘riligini devor oldida tekshirib
ko‘rish.
8. D.h.  shuning o‘zi, holatni eslab olish. Devordan uzoqlashib,
to‘g‘ri holatni saqlagancha 5—6 daqiqa aylanib yurish; yana devor
oldiga borib holatni tekshirish.
9. Oyna oldida turib, to‘g‘ri qomat holatini qabul qilish. Bosh,
gavda, oyoqlar bilan bir necha harakatlar qilish. Yana to‘g‘ri qomat
holatini qabul qilib, uni oyna oldida tekshirib ko‘rish.
10. Bir-birining to‘g‘ri turishini tekshirish.
11. Bir-biriga orqa o‘girib turib, to‘g‘ri qomat holatini qabul
qilish (orqaga aylanib qarab), bir-birining holatini tekshirish.
12. D.h. gimnastika tayoqchasini orqa umurtqa pog‘onasi bo‘ylab
tik ushlab, tik turish. Belni tayoqcha ensa va umurtqa pog‘onasiga
tegadigan qilib to‘g‘rilash.
13. Chalqancha yotib, devor oldida tik turgan holatga o‘xshagan
holat qabul qilish va qabul  qilingan holatni   saqlagan holda qoringa
ag‘darilib yotish.
14. Qomatini to‘g‘ri rostlagancha tegmaslik sharti bilan «quv-
lashmachoq»  o‘ynash.


145
Qayd qilingan mashqlarni bajarishda talabalar bu mashqlarning
vazifasi nimadan iborat ekanligini, albatta, yaxshi anglab yetish-
lariga erishish kerak. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarayotib,
ayrim mushak guruhlariga alohida ta’sir qilinganda, rivojlanishdan
orqada qolgan mushaklarni mustahkamlash va qomat nuqsonlarini
yo‘qotish  imkoni  yaratiladi.
Òo‘g‘ri qomatni shakllantirish uchun mushaklarning taranglik
darajasini boshqara olish va tik turganda, o‘tirganda va yurganda
gavda  qismlarining  holatini  his  qilish  muhimdir.  Faqat  gavda
qismlarining  o‘zaro  joylanishini  his  qilgandagina  to‘g‘ri  qaddi-
qomatga xos holatni qabul qilishga o‘rganish va mashq qilish orqali,
uni malaka sifatida mustahkamlash mumkin. Òo‘g‘ri qomatni his
qilish mashqlarigina bu vazifani hal qilish imkonini beradi.
Qomatdagi nuqsonlarni faqat umumrivojlantiruvchi mashqlar
yordamida bartaraf etish mumkin.
Qomat bukchaygan bo‘lsa, diqqatni ko‘proq umurtqa pog‘o-
nasining  to‘g‘rilanishiga,  yelka  kamari  mushaklarining  mustah-
kamlanishi va ularning statik kuchini rivojlantirishga qaratib, ko‘proq
umurtqa pog‘onasi yuqori qismining harakatchanligini oshirishga
yordamlashadigan  mashqlarni  bajarish  zarur.
Lordoz (kerilgan) qomatda oldinga engashish mashqlari va qorin
pressi,  umurtqa-bel  mushaklarini  mustahkamlash  uchun  gavda,
tos, son bo‘g‘imida bukish, gavdaning orqa tomonidagi mushaklarini
cho‘zish  (bu  umurtqaning  bel  qismida  bukilishini  kamaytiradi)
mashqlarini tavsiya qilamiz.
9.2.4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatni
shakllantirish vositasi sifatida
Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida o‘z harakatlarini
idora  qila  bilishga  o‘rgatish  mumkin.  Umumrivojlantiruvchi
mashqlarni sekin (har bir harakatni 3—4 sanoqda), tez (har bir
hisobda)  va  maksimal  tezlikda  (shaxsiy  sur’at—signal  bo‘yicha)
bajarish  mumkin.  Shunday  qilib,  shu  mashqlar  yordamida  tez
harakatlarning  sekin  harakatlardan  farqini,  ya’ni  vaqt  birligini
his qilishga o‘rgatish mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni katta, o‘rta va kichik ko‘lamda
bajarish  orqali  harakat  faoliyatini  fazoda  his  qilish  qobiliyatiga
o‘rgatish  mumkin.
Umumrivojlantiruvchi  mashqlarni bajarganda mushak ishga
solish darajasini o‘zgartirish — mashqlarni maksimal yoki minimal,


146
kuch berish, yarimkuch bilan bajarish mumkin. Bunday topshi-
riqlar  shug‘ullanuvchilarga  mushakning  ishlash  darajasini  bilib
olishga imkon beradi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarning harakat vaqtini, ularning
ko‘lamini va mushak ishga solish darajasini farqlash topshiriqlari
bilan bajarish harakatlarni boshqarishni o‘rgatish imkonini beradi.
Bir harakatning o‘zi sekin yoki tez bajarilishi, kichik va katta
ko‘lamda, mushaklarning maksimal va minimal kuch bilan bajari-
lishi juda muhimdir. Qarama-qarshi usulda bajariladigan harakatlar
ularni yaxshiroq farqlash imkonini beradi.
9.2.5. Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida
to‘g‘ri nafas olishga o‘rgatish
Insonning  ichki  organlari  uning  harakatlari  bilan  o‘zaro
aloqadordir. Harakat vaqtida odamning yurak tomiri urishi oshadi,
nafas olishi tezlashadi, bu esa ovqat hazm bo‘lishiga va qon aylanishi
tarmog‘iga ijobiy ta’sir qiladi. Òo‘g‘ri nafas olish qon aylanish va
nafas olish organlarining rivojlanish jarayoni yaxshilanishiga yordam
beradi va tinch holatda mushaklar ish bajargan vaqtda organizmning
hayotiy  faoliyatini  saqlab  turish  uchun  kam  quvvat  sarflanishni
ta’minlaydi.
Òo‘g‘ri nafas olishni o‘rganish uchun nafas olish turlari va nafas
olish qoidasini bilish lozim. Nafas olish uch xil bo‘ladi: ko‘krak
qafasi yoki qovurg‘a  bilan qorin yoki diafragmali hamda aralash
nafas olish. Ko‘krak qafasi bilan nafas olishda, nafas olish ko‘krak
qafasining kengayishi hisobiga, nafas chiqarish esa qovurg‘alar-
ning tushishi va ko‘krak qafasi hajmining torayishi hisobiga sodir
bo‘ladi.
Qorin bilan nafas olishda, nafas olish diafragmasining ko‘ta-
rilishi va tushishi, shunga ko‘ra esa ko‘krak qafasi hajmining yuqoridan
pastga  kengayishi,  nafas  chiqarish  esa  ko‘krak  qafasi  hajmining
torayishi  va  diafragmaning  ko‘tarilishi  hisobiga  sodir  bo‘ladi.
Diafragma ko‘lamining 1 sm.ga oshishi ko‘krak qafasining hajmini
250 sm
3
.ga oshiradi.
Aralash nafas olishda nafas olish va nafas chiqarish ko‘krak
qafasining oldinga, orqaga, yon tomonga va yuqoridan pastga kenga-
yishi  hamda  torayishi  hisobiga  sodir  bo‘ladi.  Bu  esa  chuqur  va
to‘liqroq nafas olishga imkon beradi.


147
Nafas olish qoidasi:
• 
nafas olish va chiqarish burun orqali tovushsiz, bir tekisda,
ortiqcha zo‘riqmasdan sodir bo‘lishi kerak;
• 
nafas chiqarish nafas olishga nisbatan uzoqroq davom etishi
kerak;
• 
nafas olish hisobiga — nafas chiqarish;
• 
3-sanoqda nafas olish, 3-sanoqda—nafas chiqarish;
• 
4-sanoqda nafas olish, 4-sanoqda chiqarish, 6-sanoqqacha
davom etadi.
Mushaklar ish bajarayotganda harakat fazalariga moslab nafas
olinishi kerak: nafas olish — mushaklar kam ishga solinganda va
ko‘krak qafasi kengayganda, nafas chiqarish esa mushaklar ancha
tarang  tortilgan  vaqtda  va  ko‘krak  qafasini  qisadigan  harakat
bajarilayotgan chog‘da sodir bo‘lishi kerak.
Harakat faoliyati davomida u yoki bu mushaklar guruhlarining
ishga tushishi natijasida nafas olishning u yoki bu xili ko‘proq sodir
bo‘lishi mumkin. Faqat qulay sharoitda emas, balki qiyinlashgan
sharoitda ham chuqur nafas olishga o‘rganish kerak, buning uchun
maxsus mashqlar tavsiya qilamiz:
D.h. tik turish. Ko‘krak qafasini tortib cho‘zibroq, 3-sanoqda
nafas chiqarish. Ko‘krak qafasini ko‘tarib va kengaytirib, 2-sanoqda
nafas  olish. Mashqni takrorlab 4 martadan qaytarish, takrorlash
orasida 30 daqiqa dam olish (ko‘krak qafasi), shuning o‘zini o‘tirib va
chalqancha yotib bajarish.
Shuning o‘zi, lekin 5—6-sanoqda nafas chiqarish va 4-sanoqda
nafas olish.
D.h. chalqancha yotib, qo‘llar bosh orqasida yoki pastda, ko‘k-
rak qafasini ichkariga tortib uzoq  vaqt (4—6-sanoqda) nafas chiqa-
rish. Ko‘krak qafasini ko‘tarib, 3—4-sanoqda nafas olish. Shuning o‘zini
o‘tirgan va tik turgan holatda bajarish (ko‘krak qafasi).
D.h. chalqancha yotib, kaftlar qoringa qo‘yiladi. Qorin mushak-
larini taranglashtirib va qorinni ichkariga tortib, 6—8-sanoqda uzoq
nafas chiqarish. Qorinni tarang qilib, 3—4-sanoqda nafas olish.
Barmoqlar bilan yengil bosib, qorinning taranglashishi kuzatiladi
(qorin  pardasi). Shuning o‘zi, lekin nafas chiqarishda kaft bilan
qorinni bosish. Shuning o‘zini o‘tirgan va tik turgan holatda bajarish.
D.h. oyoqlarni kergan holatda tik turib, qo‘llar bosh orqasida.
Qorinni  shishirib,  2-sanoqda  nafas  olish.  Oldinga  engashganda
qorinni ichkariga tortib, 4-sanoqda nafas chiqarish.


148
D.h.chalqancha  yotish.  Qorin  mushaklarini  taranglashtirib,
ko‘krak qafasini ichkariga tortib, qo‘llarni qorin ustida chalishtirib,
yelkalarni  bir-biriga  yaqinlashtirib  uzoq  vaqt  (6-sanoqda)  nafas
chiqarish. Qorinni shishtirib va ko‘krak qafasini kengaytirib, 4-sanoqda
nafas olish, bunda qo‘llar bosh orqasida bo‘ladi. Mashq o‘tirgan
holatiga kelish va d.h.ga qaytish bilan ketma-ket bajariladi. Òo‘rt
marta takrorlangandan keyin ikki marta o‘tirish holatiga o‘tib, d.h.ga
qaytish  (aralash nafas). Shuning o‘zini stulda, o‘rindiqda o‘tirgan
holatda va oyoqlarni kerib, tik turgan holatda bajarish.
Nafas olishni qadamlar bosish bilan moslab, sekin (2—3 min)
yurish: to‘rt qadamda — nafas chiqarish va ikki qadamda nafas
olish (aralash nafas olish).
D.h. chalqancha yotish. Qorinni tarang qilib va ko‘krak qafasini
kengaytirib (2—3 hisobda) nafas olish; oldinga engashib o‘tirgan
holatda 4—6 hisobda nafas chiqarish. Mashq 4—6 marta takrorlanadi
(aralash  nafas).
Òalabalarni turli gimnastika mashqlarini bajarganda nafas olish
ritmini  kuzatishga,  qachon  nafas  olishning  u  yoki  bu  xilidan
foydalanish kerakligini aniqlashga o‘rgatish lozim. O‘rtacha zo‘r
berib ish bajarilganda va unda hamma mushaklar qatnashgan hollarda
aralash  nafas  olishdan  foydalanish  tavsiya  qilinadi.  Agar  qorin
mushaklari taranglashgan bo‘lib, og‘ir ish bajarilsa (burchak hosil
qilib osilish va tayanish), ko‘krak bilan nafas olish, yelka kamari
mushaklari o‘rtacha taranglashganda (gorizontal osilish, tayanish,
qo‘llarda tik turish) esa qorin bilan nafas olish maqsadga muvofiqdir.
9.3. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni qo‘llash uslubiyati
Gimnastika mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlar
takrorlab, maxsus tuzilgan mashqlar to‘plamasi shaklida bajariladi.
Alohida  mashqlar  yoki  ularning  takrorlanishi  jismoniy  sifatlarni
tarbiyalash va rivojlantirish uchun bajariladi. Umumrivojlantiruvchi
mashqlar to‘plami jismoniy tarbiya fanining turli xil vazifalariga
mos qilib tuziladi. Bu mashqlar gigiyenik gimnastika mashg‘ulotlarida
sog‘lomlashtirish maqsadida qo‘llaniladi, gimnastika darslarida esa,
ular shug‘ullanuvchilarni kelgusidagi ishlarga va murakkab mashq-
larni o‘zlashtirishga tayyorlaydi.
Mashqlar to‘plamini tuzishda mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy,
vaqt va shug‘ullanuvchilarning yoshi,  jinsi va jismoniy tayyorgar-
ligini hisobga olish kerak. Dastavval, to‘plamga kiritiladigan mashq-


149
larning (maqsadiga qarab) hajmi va mazmunini, ya’ni zarur bo‘lgan
mashqlarni  tanlab,  ularning  sonini  belgilash  zarur  (to‘plamda
ularning soni 8 tadan 15 tagacha bo‘lishi mumkin).
Mashqlarni tanlaganda mashqlar to‘plamasining vazifasiga mos
kelishini nazarda tutish  kerak. Mashqlarni shunday tanlash kerakki,
avvalo, ular talabalar organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsat-
sin va ularning asosiy jismoniy sifatlari rivojlanishini ta’minlasin.
Mashqlar  talaba qomatining shakllanishi va o‘z harakatlarini bosh-
qara olishini, o‘zlashtirishni ta’minlashi kerak. Mashqlar yetarli
darajada oson bo‘lishi, ya’ni shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va
jismoniy tayyorgarligiga mos kelishi lozim.
Shuni yodda saqlash kerakki, umumrivojlantiruvchi mashqlarni
o‘rgatishda «oddiydan murakkabga» va «osondan mukammalga»
tamoyiliga qat’iy rioya qilish darkor.
Òo‘plamda mashqlarni bajarish navbatini belgilayotganda, quyi-
dagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi:
• 
to‘plamda birinchi to‘g‘ri qomatni his qilish mashqining (bu
ayniqsa,  bolalar  va  o‘spirinlar  uchun  muhimdir)  bo‘lishi;
• 
ikkinchi va uchinchi mashqlar asosiy mushak guruhlari ishtirok
etadigan (oyoqlarni baland ko‘tarib turgan joyida yurish, oldinga
engashib va qo‘l harakatlari bilan cho‘qqayib o‘tirishlar, engashib
bir oyoqni bukib qadam bosish va boshq.) oddiy mashqlar bo‘lishi
kerak.
Bu umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlar organizmning barcha
organ va tizimlari faoliyatini faollashtiradi.
Òo‘plamdagi  navbatdagi  mashqlar  ko‘proq  turli  mushak
guruhlarini harakatga keltiradigan  (qo‘l va yelka kamari uchun,
bel, qorin mushaklari, oyoq) mashqlardan iborat bo‘lishi lozim.
Bunda gavdaning turli qismlari navbatma-navbat ishga kirishishi
kerak. Bu mashqlarning  birinchi takrori quyidagi tartibda bajariladi:
qo‘l va yelka kamari, bel, qorin mushaklari va oyoq mashqlari.
Ikkinchi va uchinchi takrorlashda ham xuddi shu holatda, lekin
murakkab va jadal bajariladi.
Mashqlarning  bunday  takrorlanishi  yuklamani  asta-sekin
oshirish va gavdaning har xil qismlari ishini takrorlash imkonini
beradi.  Bu  esa  mushak  ishlashi  samarasini  oshiradi  va  faoliyat
ko‘rsatayotgan  mushaklarning  faol  dam  olishi  uchun  sharoit
yaratadi. Keyinchalik to‘plamga gavdaning barcha qismlari uchun
mo‘ljallangan 2—3 ta murakkab mashqlar qo‘shiladi.


150
Odatda, kuchni tarbiyalovchi mashqlar, cho‘zilish mashqla-
ridan oldin bajarilishi kerak, chunki mushaklar dastavval qizdiril-
masa, mushak tola va bo‘g‘inlarni ortiqcha cho‘zib yuborib  jaro-
hatlashi mumkin.
Qattiq  ishlashdan  keyin  bo‘shashtirish  mashqlarini  bajarish
maqsadga muvofiqdir.
Òo‘plamning  oxirida  nafas  olishga  o‘rgatadigan  o‘rtacha
jadallikdagi  mashqlar  bajariladi.  Òo‘plam  to‘g‘ri  qomatni  his
qildiradigan  mashqlar  bilan  yakunlanishi  kerak.
Òo‘plamda mashqni 4—8 marta takrorlash, kuchni rivojlan-
tiruvchi  mashqlarni  asosiy  ish  bajaruvchi  mushak  guruhlarida
charchash sezilgunga qadar, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashq-
larni esa yengil og‘riq sezgunga qadar bajarish mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar har xil usullar bilan o‘rgatiladi:
1. 
Ko‘rsatish usuli
. Mashq  sportchilarga qarab turib, xuddi
«oynadagidek»  usulda  ko‘rsatiladi.  Boshlash  uchun  «Dastlabki
holatga (bajarish usuli aytiladi—sakrab, qadamlab) ÒUR!» buyrug‘i
beriladi. Agar biror   talaba xatoga yo‘l qo‘ysa, «Qaranglar, men
qanday bajaraman» ko‘rsatmasi beriladi.
So‘ngra «Mashqni men bilan birga BOSHLA!» buyrug‘i be-
riladi. O‘qituvchi mashqni guruh bilan birgalikda 2—3 marta ba-
jaradi. Agar xatolarga yo‘l qo‘yilsa, «Diqqat bilan menga qarang-
lar  va  qo‘l  harakatiga  (yoki  gavdaning  boshqa  qismiga)  e’tibor
beringlar!» ko‘rsatmasi beriladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni 1—2-sinf o‘quvchilari bilan
o‘tganda jami harakatlar buyruqqa binoan emas, balki topshiriq
bo‘yicha bajariladi. O‘qituvchi: «Mendek dastlabki holatni qabul
qilinglar, diqqat bilan qo‘l, gavda, oyoqlarimga qaranglar. Mashq-
larni men bilan birga BOSHLA!», «Diqqat bilan qarab, mendek
bajaringlar»,  deb  aytadi.
Bu  holda  mashqni  tugallash  uchun  «mashqni  tugating»
topshirig‘i beriladi.
2. 
Òushuntirish usuli
. O‘qituvchi mashq  boshlash uchun kerakli
bo‘lgan  dastlabki  holatni  aytadi  va  birinchi,  ikkinchi  va  h.k.
sanoqlarda nima qilish kerakligini tushuntiradi.
Keyin  u  «Dastlabki  holatni  qabul  QIL!»  buyrug‘ini  beradi.
Bajarilishini tekshiradi va navbatdagi: «Mashqni (qaysi tomonga
bajarilishini aytadi) BOSHLA!» buyrug‘ini beradi va harakat da-
vomida har  bir sanoqda nima qilish kerakligini quyidagicha aytib
turadi: «Qo‘llar yuqoriga, oldinga engash, to‘g‘rila».


151
Kichik  sinflarda  o‘qituvchi  tushuntirishda  atamalar  qo‘lla-
maydi, balki faqatgina nima qilish kerakligini tushuntiradi. Ma-
salan, «Oyoqlarni kerib, qo‘llarni belga qo‘ying. Oldinga engashing
va kaftlarni polga tekkizing, hamma bajarsin! Engash, rostlan, davom
et! Yana bir marta!».
3. 
Bir vaqtda ham ko‘rsatish, ham tushuntirish usuli
. O‘qituvchi
mashqni ko‘rsatayotib, uni qanday bajarish kerakligini tushuntiradi
va eng qiyin joylariga e’tiborni qaratadi. So‘ngra tushuntirish orqali
o‘rgatishda qo‘llaniladigan buyruqlar yordamida topshiriq beradi.
O‘qituvchi  mashqlarning  bajarilishi  davomida  doimo  talabalar
harakatini  to‘g‘rilab  borib,  uning  to‘g‘ri  bajarilish  usulini  aytib
turadi.
4. 
Mashqlarni  qismlarga  ajratib  ko‘rsatish  usuli.
  O‘qituvchi:
«Dastlabki holatni QABUL QIL!» buyrug‘ini beradi (uni ko‘rsatadi
yoki tushuntiradi), keyinchalik esa «Cho‘qqayib tayaning  — BIR!»
buyrug‘ini berib, mashqlarning to‘g‘ri bajarilishini tekshiradi, agar
talabalar xatoga yo‘l qo‘yishsa, uni to‘g‘ri bajarishni talab qiladi.
«Òayanib yot! IKKI!» (to‘g‘ri   bajarish to‘g‘risida yana ko‘rsatma
beradi). «Qo‘llarni bukib — UCH!» va h.k. buyruqlarini beradi. Bu-
tun  mashqni  qismlarga  ajratib,  tuzatishlar  va  aniqliklar  kiritilib
bajarilgandan  so‘ng,  «Mashqlarning  hammasini  to‘liq  BAJAR!»
topshirig‘i beriladi.
Bunday  usulni  qo‘llash  mashg‘ulotlarning  yuqori  saviyada
o‘tishini ta’minlaydi. Òalabalarning  e’tiborini oshiradi, harakatlarni
aniqlashtirib, ularni to‘g‘ri bajarishga imkon yaratadi.
5. 
O‘yin usuli.
 Kichik maktab yoshidagi bolalar  o‘yinlarga  va
fantaziyaga moyil bo‘lishadi. Ular turli harakatlarni o‘yin tarzida
oson tasavvur qila olishadi, shuning uchun ko‘pgina mashqlarni
mazmunan o‘yin singari  o‘tish  mumkin. Mashg‘ulotlarda o‘z ifodasi
va mazmuniga ko‘ra, turli harakatlarni  bajarishni  talab qiladigan:
«Òaqiqlangan harakat», «Òo‘plarni doira bo‘ylab uzatish», «Quvlash-
machoq», «Kun va tun» kabi harakatli o‘yinlar qo‘llaniladi.
Mashqlarni signal bo‘yicha ham bajarish mumkin: o‘qituvchi
qo‘llarini yon tomoniga ko‘taradi (bayroqcha bilan bo‘lsa, yanada
ma’qul). Bu belgi bo‘yicha o‘quvchilar cho‘qqayib tayanishlari
va d.h.ga qaytishlari, qo‘llarni belga qo‘yish, signal bo‘yicha esa
tizzalarda tik turib orqaga engashishlari kerak; qarsak chalib, zalda
erkin yurishga va o‘ynashga ruxsat etiladi, hushtak chalinganda esa
hamma tezda o‘z joyiga turishi kerak. O‘z joyini kimki tezroq egal-
lasa, shu g‘olib chiqadi. 3—4-sinflarda: «Qarmoqcha», «Xo‘rozlar


152
jangi» (o‘g‘il bolalar uchun), «Òo‘p bilan urish», «Doirada yoki chi-
ziqdan bir-birini tortib olish», «Kun va tun» (murakkabroq mashq-
larni kiritib), «Ketma-ketda to‘ldirma to‘plarni uzatish» (turli usul-
larda), o‘quvchilardan biri o‘z jamoasi oldida poldan 10—20 sm
balandlikda o‘tkazadigan gimnastika tayoqchasi ustidan (ketma-
ketda turib) «Sakrab o‘tish» kabi o‘yinlar qo‘llaniladi.
10-bob.
 
AMALIY MASHQLAR
10.1. Mashqlarning ta’rifi
Amaliy mashqlar guruhiga quyidagilar kiradi:
• 
yurish va yugurish;
• 
muvozanat saqlash;
• 
tirmashib chiqish va oshib o‘tish;
• 
buyumlarni uloqtirish va ilib olish;
• 
yuk ko‘tarish va tashish;
• 
o‘rmalab o‘tish, har xil to‘siqlardan o‘tish.
Yuqorida  keltirilgan  mashqlar,  inson  jismoniy  faoliyatining
turli sohalari uchun bevosita amaliy ahamiyatga ega bo‘lishidan
tashqari, jismoniy kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik va
chaqqonlikni tarbiyalash uchun ham  ahamiyatga ega.
Harakat  tuzilmalarining  oddiy  bo‘lganligi  sababli  amaliy
mashqlar shug‘ullanuvchilarning istalgan toifasi uchun ham oson-
dir.  Bu  mashqlarning  ayrimlari  bir  qator  jismoniy  nuqsonlarni
bartaraf etishda yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun
ham boshlang‘ich, o‘rta maktab o‘quvchilari, gimnastika va boshqa
sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yoshlar maktabi jismoniy tar-
biyasi dasturida amaliy mashqlar salmoqli o‘rin egallaganligi taso-
difiy  emas.
Amaliy mashqlar O‘zbekiston Qurolli Kuchlari jangchilarini
jismoniy tayyorlashda eng muhim mashqlar hisoblanadi. Amaliy
mashqlar kasbiy amaliy tayyorgarlikning samarali vositasi sifatida
qo‘llaniladi.
Amaliy  mashqlar  tabiiy  sharoitlardan  foydalanib,  ochiq  joy-
larda  bajarilishi  mumkinligi  bilan  ham  qimmatlidir,  mashg‘ulot
joylarini jihozlash ham oson, ham arzon.  Faol dam olish vaqtida
amaliy mashqlar boshqa vositalar bilan birgalikda eng yuqori malakali
sportchilar  tomonidan  muvaffaqiyatli  qo‘llanilishi  mumkin.
Amaliy mashqlar qo‘yilgan vazifalarga qarab, mashg‘ulotning
barcha qismlarida qo‘llanilishi mumkin, asosiy mashqlarga o‘rgatish


153
esa mashg‘ulotning asosiy qismida amalga oshiriladi. Har qanday
mashg‘ulotning tiklanish jarayoni uchun sharoit yaratish vazifasi
qo‘yilgan darsning yakunlovchi qismini yurish mashqisiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi.
10.1.1. Yurish va yugurish
Yurish
 faqat oyoq mushaklarini ishga solib qolmasdan, u butun
tana mushaklariga ta’sir ko‘rsatadi va yurak-qon tomiri hamda nafas
olish organlari faoliyatini yaxshilaydi.
Kuch berish bilan bo‘shashish almashinib turadigan mushak-
larning bir tekis ishi xotirjam yurganda organizmning asosiy holatga
o‘tishi uchun qulay sharoit yaratadi, shu bilan birga, tez yurganda
jismoniy yuklama sezilarli darajada oshadi.
Har  xil  saflanishlarda  yurish  gigiyenik  samarasidan  tashqari,
jamoa bo‘lib harakatlanish  malakalarini egallashga ham yordam-
lashadi.
Gimnastika  mashg‘ulotlarida  yurishning  quyidagi  mashqlari
qo‘llaniladi:  sayr  qadami  yoki  oddiy  qadam,  oyoqlar  uchida,
tovonlarda, oyoq kaftlarining ichki va tashqi qirrasida yurish, qo‘llar
bilan tizzalarga tayanib yurish, kerishib yurish, «sezilarsiz» yurish,
tizzalarni baland ko‘tarib (oyoqlarni oldinga bukib) yurish, yarim-
cho‘qqayib  va  cho‘qqayib  yurish,  bir  oyoqni  bukkancha  katta-
katta qadam bilan yurish, qadamlarni juftlab va almashlab yurish,
oldinga va yon tomonga oyoqlarni chalishtirib yurish, yurishni sak-
rashlar  bilan  almalashtirib  yurish.
Yugurish
 — yurishga nisbatan ancha harakatli mashqdir. Shu sa-
babli u harakat tayanch apparatiga, yurak-qon tomiri va nafas olish
organlariga yurishga nisbatan katta ta’sir o‘tkazadi. Yugurish, tezlik va
chidamlilikni takomillashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Yugurishning  ifodasi  va  jadalligi  turlicha  bo‘lishi  mumkin,
shuning uchun u gimnastika darsining barcha qismlarida qo‘llaniladi.
Gimnastika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan yugurish mashqlari:
oddiy  yugurish,  tizzalarni  baland  ko‘tarib  yugurish,  oyoqlarni
oldinga, orqaga bukib, oldinga, orqaga va yon tomonga siltab yugu-
rish,  chalkash  qadamlar  bilan  oldinga,  yon  tomonga  yugurish,
qo‘shimcha  harakatlarni  bajarib,  burilishlar,  to‘xtashlar  bilan,
buyumlarni uloqtirish va uni ilib olish uchun yugurish, qayta safla-
nib, turli to‘siqlarni oshib o‘tib, to‘siqlar ustida yugurish, yugurish
va yurishni navbatma-navbat bajarish va h.k.


154
O‘rgatish usullari
. Yurish va yugurishni o‘rgatishning asosiy usuli
yaxlit o‘rgatishdir, ya’ni mashqning qanday bajarilishini ko‘rsatish
va tushuntirishdan so‘ng uni yaxlit bajarish tavsiya qilinadi.
Ayrim  hollarda,  o‘quvchilar  mashqlarni  bajara  olishmasa,
qismlarga ajratish usulini qo‘llash, ya’ni mashqni qismlarga bo‘lib
bajarishi kerak.
Birinchi navbatda, oyoq kaftlarining to‘g‘ri qo‘yilishiga ahamiyat
berish zarur. Oyoq kaftlari yurishda biroz, tashqariga yugurishda esa
to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bosiladi (126-rasm). Oyoqlarni yerda «sudra-
ladigan» qilib ortiqcha bo‘shashtirish va shuningdek, ularni har
doim ortiqcha kuchga solish ham kerak emas.
Gavdaning (tik va yon tomonlariga) kam chayqalishiga erishish
zarur.
Yurishda qo‘llar tirsak bo‘g‘inlarida ham, yelka bo‘g‘inlarida ham
erkin va keng harakatlanishi kerak. Shug‘ullanuvchilarni yurishda va
yugurishda turli uzunlikda qadam tashlashga o‘rgatish zarur. Buning
uchun  polda  yoki  maydonchada  belgilar  qo‘yishdan  foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Yurish yoki yugurishning bir turidan ikkinchi
turiga o‘tish, odatda, harakat chog‘ida amalga oshiriladi.
Fiziologik yuklama yurish va yugurishning tezligini hamda ular-
ning bajarilish davomiyligini o‘zgartirish orqali boshqariladi. Yurish
mashqlarini  o‘tganda,  ayniqsa,  bolalar  guruhlari  bilan  mashg‘ulot
o‘tkazilayotganda asosiy diqqat qomatni to‘g‘ri tutishga qaratilishi zarur.
10.1.2. Muvozanat saqlash mashqlari
Muvozanat saqlashning zarur sharti umumiy og‘irlik marka-
zining tayanch maydoni ustida joylashishidir. Òayanch maydoni
qanchalik  katta  bo‘lsa,  muvozanat  shunchalik  turg‘un  bo‘ladi.
Muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun katta
126-rasm.
Yugurish
Yurish


155
ahamiyatga ega, chunki ularni bajarayotganda bel hamda butun
gavda mushaklarining faoliyati ancha ortadi.
Muvozanat saqlash mashqlari polda yoki balandroq tayanch
joyda (gimnastika o‘rindig‘i, yakka xoda), turgan joyda va harakatda
bajariladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida maxsus muvozanat saqlash
mashqlari ko‘pincha balandroq tayanch joyida bajariladi.
Òurgan joyda bajariladigan mashqlarga: kichik tayanchda oyoq
uchlarida, tovonlarda, bir oyoqda tik turishlar, qo‘l, oyoq, gavda
harakatlari  bilan  bajariladigan  mashqlar  (masalan,  bir  oyoqda),
shuningdek, ikki oyoqda burilishlar, sakrab burilishlar, bir va ikki
oyoqda o‘tirishlar kiradi.
Balandroq tayanch joyda bundan tashqari, pastroq holatdan
balandroq holatga o‘tish va teskarisi — balandroq holatdan pastroq
holatga (shu jumladan, yotish holatiga ham) o‘tish, o‘tirgan holat-
dan siltanib o‘tish mashqlari bajarilishi mumkin.
Harakatda  bajariladigan  mashqlarga  quyidagilar:  yurishning
barcha  turlari  (oddiy  qadam,  juftlama  qadam,  almash  qadam,
yelka bilan oldinga yurish, ko‘zlarni yumib engashib yoki boshni
burib  yurish),  yugurish  va  raqs  qadamlari  bilan  harakat  qilish
kiradi. Ushbu mashqlar guruhining ko‘proq qismini qo‘l va gav-
daning  qo‘shimcha  harakatlari,  to‘xtash,  engashish,  burilish  va
h.k.lar  bilan  yurish  tashkil  qiladi.
Òo‘siqlarni  oshib  o‘tish,  yuklarni  bir  joydan  ikkinchi  joyga
ko‘tarib o‘tish, ikki kishi bo‘lib almashib o‘tish va aralash tayanish-
larda harakat qilish katta amaliy ahamiyatga ega. Xodada muvozanat
saqlash mashqlarini bajarganda arg‘amchilar, tayoqchalar (sakrab
o‘tish yoki ostidan o‘rmalab o‘tish uchun), to‘ldirma to‘plar (ular
ustidan hatlab o‘tish uchun) va h.k.lar to‘siq bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.
Ko‘tarib o‘tish uchun yuk sifatida to‘ldirma to‘plardan foyda-
laniladi.  Yaxshi  tayyorgarlikka  ega  bo‘lgan  guruhlarda  sherigini
ko‘tarib o‘tish mumkin. Balandroq tayanch joyda ikki kishi bo‘lib,
almashib o‘tishning ikki asosiy usuli bor:
1. Sheriklardan biri xodaga ko‘ndalang cho‘qqayib, tayanadi
yoki qoringa yotish holatini qabul qiladi, ikkinchisi esa uning ustidan
hatlab o‘tadi.
2. Xoda ustida sheriklar uchrashganda bir-birining yelkalaridan
ushlashib,  o‘ng  oyoqlari  kaftlarining  ichki    qirralari    bir-biriga
tekkunga  qadar  oldinga  uzatadilar  va  bir-birini  ushlagancha,


156
uzatilgan oyoqda chapga burilishadi. Bu usul murakkab bo‘lib, avval
polda o‘rganishni talab qiladi (127-rasm).
Aralash tayanishlarda harakatlanish mashqlari tizzada tik turib
tayanish, cho‘qqayib tayanish, qo‘llar bilan tayangancha oyoqlarni
kerib  o‘tirish  holatlarida  siljish,  tayanish  holatida  yon  tomonga
siljishdan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘rgatish usuli.
 Muvozanat saqlash mashqlarini o‘rgatishda yaxlit
o‘rgatish  usuli  qo‘llaniladi.  O‘rganiladigan  mashqni  talabalarga
tushuntirish  va ko‘rsatish zarur, so‘ng uni bajarishni talab qilish
mumkin. Balandroq tayanch joydagi mashqlarga o‘tishdan oldin,
dastlab ularni polda o‘rganish zarur.
Muvozanat  saqlash  mashqlarini  tayanch  maydonini  o‘zgar-
tirish bosh va gavda holatlarini (burilish, engashish), qo‘l holatlarini,
harakat  yo‘nalishini  o‘zgartirish,  balandlikni  oshirish,  bajarish
tezligini o‘zgartirish, qo‘shimcha to‘siqlar hosil qilish va h.k.lar
orqali  murakkablashtirish  mumkin.
10.1.3. Òirmashib chiqish mashqlari
Òirmashib  chiqish  mashqlari  chaqqonlik  va  epchillikni,  o‘z
kuchiga ishonchni oshirib, muvofiqlashtirish qobiliyatini takomil-
lashtiradi. Òirmashib chiqish, aralash osilishda va faqat qo‘llarda
osilish holatlarida bajariladi, qo‘llarda osilib chiqayotganda ehtiyot
bo‘lish zarur, chunki unda asosiy og‘irlik qo‘l va yelka bo‘g‘imi
mushaklariga tushadi. Shuni hisobga olgan holda mashg‘ulotlarda
faqat qo‘llarda osilib chiqish mashqlarini aralash osilishda tirmashib
chiqish mashqlari bilan galma-gal bajarish kerak.
127-rasm.


157
Aralash osilish yordamida tirmashib chiqqanda qo‘l va yelka
bo‘g‘imi mushaklariga tushadigan og‘irlik ancha kamayadi, biroq
mashq bajarganda oyoq va gavda mushaklari qatnashgani uchun
nafas olishga yaxshi sharoit yaratiladi.
Aralash  osilish  va  aralash  tayanishda  tirmashib  chiqish.
Gimnastika devoriga tirmashib chiqish mashqlari:
a)  oyoq  va  qo‘llarni  navbatma-navbat  almashtirib  yuqoriga
tirmashib chiqish, pastga tushish va yonbosh tomonlarga yurish;
b) shuning o‘zi, lekin ikki qo‘l bilan baravariga ushlab tirmashib
chiqish;
d) yuqoriga sakrab, pastga va yon tomonlarga sakrash (bu mashq
bajarilganda muhofazaga e’tiborni kuchaytirish zarur);
e) devorga orqa bilan turib tirmashib chiqish.
Arqonga  tirmashib  chiqish
.  Osilgan  arqonda  aralash  osilib
tirmashib  chiqishning  uch  usuli  mavjud:  bukilgan  qo‘llarda
tirmashib chiqish, uch va ikki harakat usulida
tirmashib chiqish. Uch harakat usulida (128-
rasm) tirmashib chiqish xotin-qizlar va o‘rta
maktab  yoshidagi  bolalar  mashg‘ulotlarida
qo‘llaniladi,  chunki  kuch  faqatgina  qo‘l  va
yelka bo‘g‘imi mushaklariga tushmasdan, oyoq
mushaklariga ham tushadi. Arqonning qattiqligi
va  yo‘g‘onligiga  qarab,  arqon  oyoqlar  bilan
bir  oyoqning  taqimi  va  ikkinchi    oyoqning
tovoni bilan yoki «sirtmoq» qilib ushlanadi.
Bunda arqon bir oyoqning soni va boldi-
rining tashqarisidan o‘tadi va oyoq kafti ichki
tomonlari bilan qisib ushlanadi.
Ikki harakat usulida tirmashib chiqish.
 Ikki
harakat  usulida  tirmashib  chiqishning  ikki
turi mavjud. Birinchi turi 129-rasmda ko‘rsa-
tilgan.
Birinchi usul — qo‘llarga tortilib, oyoqlar
tizzada bukiladi va ular bilan arqon qisiladi.
Ikkinchi  usul  —  oyoqlarni  to‘g‘rilab
(depsinib)  qo‘llarni  almashtirib,  arqonning
yuqorisidan ushlanadi, ya’ni to‘g‘ri qo‘llarga
osilish holatiga o‘tiladi.
Òirmashib chiqishning bu usuli harakat
muvofiqligi bo‘yicha uncha murakkab emas,
128-rasm.
129-rasm.


158
biroq unda qo‘l va yelka kamariga kuch ortiqroq tushadi. Yetarli
darajada jismoniy kuchga ega bo‘lgan talabalar, tirmashib chiqishning
bu usulini biroz shug‘ullanganlarida o‘zlashtirib oladilar.
Bu ikki asosiy usuldan tashqari, oyoqlar bilan devorga tayanib
arqonga tirmashib chiqishni, ikki arqonga qo‘llar bilan bir arqonda,
oyoqlar  bilan  ikkinchi  arqonga  tirmashib  chiqish  yoki  bir  qo‘l
bilan bir arqonni, ikkinchisi bilan ikkinchi arqonni ushlab, oyoqlar
bilan esa bir arqonni yoki ikki arqonni birdaniga ushlab tirmashib
chiqishni  qo‘llash  mumkin.
Oddiy osilib tirmashib chiqish.
 Bu mashq gimnastika devoriga
qarab turib, qiyalab qo‘yilgan narvonda, arqon yoki langarcho‘pda
qo‘llarni navbatma-navbat yoki baravariga almashtirib ushlab baja-
riladi.
Òo‘xtab-to‘xtab  tirmashib  chiqish.
  Òo‘xtash  —  bu  tirmashib
chiqish jihozidagi (asosan, tik joylashgan) shunday holatki, bunda
shug‘ullanuvchi ma’lum balandlikda bir qo‘lini yoki ikki qo‘lini
qo‘yib yubora oladi. Langarcho‘p, narvon va arqonda to‘xtash mum-
kin. Osilgan arqonda eng muvofiq to‘xtash chirmashib olishdir.
Òik turganda chirmashish
 (130-rasm). Dastlabki holat: to‘g‘ri
qo‘llarda osilib,  arqon o‘ng tomonda bo‘ladi. Oyoqni oldindan
orqaga qarab doirasimon harakat qildirib (arqon
tomondan), arqon o‘ng oyoqqa o‘rab olinadi va
chap oyoq taqimi bilan pastdan arqonni ilib olib,
oyoqlar  juftlashtiriladi  va  arqon  o‘ng  oyoqda
mahkam qisib olinadi. Keyin arqonni chap qo‘l
ostiga o‘tkazib, qo‘llar yonga ko‘tariladi. Shuning
o‘zini boshqa tomonga bajarish mumkin.
Sondan sirtmoq solish 
 (131—132-rasm). Dast-
labki holat: to‘g‘ri qo‘llarga osilib, arqon oyoqlar
orasida, oyoqlarni oldinga ko‘tarib va ular orasida
arqonni qisib olib bir qo‘lda osilgancha, ikkin-
chisi iyak balandligiga yetganda birlashtiriladi.
Shundan  keyin,  bir  qo‘l  bilan  arqonni  past-
roqdan ushlab olib, uni yuqoriga ko‘tarib qo‘l
bo‘shatiladi. Shunday sirtmoq solishni arqonni ikki oyoq tagidan
o‘tkazib bajarsa ham bo‘ladi (133-rasm).
Sakkiz  raqami  shaklida  arqonni  o‘rash
.  Dastlabki  holat  va
o‘rashning boshlanishi sondan sirtmoq solish kabi bo‘ladi, lekin
sonni o‘rab olgan arqonning bo‘sh uchi oyoqlar orasidan pastga
tushiriladi.  Keyin  qo‘llar  holatini  almashtirib,  arqon  yana
130-rasm.


159
ko‘tariladi, lekin endi boshqa tomondan va yana oyoqlar orasidan
tushiriladi. Natijada ikki oyoqda ham sirtmoq hosil bo‘ladi. Bir qo‘lni
qo‘yib  yuborish  mumkin.
Guruh bo‘lib tirmashib chiqish
. Guruh bo‘lib tirmashib chi-
qish — bu tirmashib chiqishning eng murakkab turi bo‘lib, yaxshi
jismoniy  tayyorgarlikni  va  ishonarli  mustahkam  jihozlarni  talab
qiladi.U osilgan  va qiya gimnastika narvonida, arqonda va langar-
cho‘pda oshib o‘tishlar  bilan   qo‘shib bajariladi.
Narvonda va arqonda sherigini opichib (134-rasm) yoki yelka-
ga  o‘tqazib  (135-rasm)  tirmashib  chiqishni  o‘tkazish  mumkin.
Arqonga tirmashib chiqayotganda sherigi yelkaga o‘tirib olib, oyoq
uchlari bilan orqadan qisib ushlab olishi va sherigiga (u uch harakat
usulida tirmashadi) qo‘llari bilan tortilib yordam ko‘rsatishi kerak
(136-rasm).
131-rasm.
132-rasm.
133-rasm.
134-rasm.
135-rasm.
136-rasm.


160
Oshib o‘tish.
 Oshib o‘tish osilgan holatda, masalan, arqondan
arqonga, narvondan narvonga, tayanish holatidan va osilgan holatdan
tayangan holatga va teskari bajariladi. Masalan, qiya yoki gorizontal
narvonda yuqori qismidan pastki qismiga va teskari: oyoqlar bilan
oldinga, bosh bilan oldinga, to‘ntarilib tayanish holatiga, kuch bilan
ko‘tarilib, tayanish holatidan oldinga tushib va h.k. oshib o‘tiladi.
Mashqlarning  shu  guruhiga  balandligi  1,5—3  m  keladigan
devorga tirmashib chiqish va uning ustidan oshib o‘tishlar ham
kiradi. Bu mashqlar, odatda, ochiq joyda o‘tkaziladi. Gimnastika
zalida devordan oshib o‘tish uchun tayyorgarlik mashqi sifatida
qo‘shpoya,  yakka  xoda  yoki  baland  qilib  o‘rnatilgan  sakrash
buyumlaridan  foydalanish  mumkin.
O‘rgatish usullari
Òirmashib chiqishga o‘rgatishda turli usullar qo‘llaniladi:
1.  Yaxlit  o‘rgatish  usuli  —  oson  mashqlarni  o‘rgatishda
(gimnastika o‘rindig‘i va devorida aralash tayanish va osilish holatida
tirmashib  chiqishlarni  o‘rgatishda)  qo‘llaniladi.
2. Qismlarga ajratib o‘rgatish usuli uch harakat usulida tirmashib
chiqishni o‘rgatishda qo‘llaniladi. Arqonda tirmashib chiqish usul-
larini o‘zlashtirishni osonlashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya
qilish  mumkin:
• 
arqonga to‘g‘ri qo‘llarda osilgan holatdan chayqalish (oyoqlar
bilan depsinib yoki yugurib kelib osilib olinadi);
• 
o‘rindiqda o‘tirib, oyoqlar bilan ushlashni o‘rganish;
• 
to‘g‘ri qo‘llarda osilgan holatda, arqonni oyoqlar bilan ushlab
olish;
• 
oyoqlarni kerib o‘tirib, osilgan holatdan  tortilib va tovonlar
bilan polga tayanib, qo‘llarni bukib, yotib tayanishga o‘tish.
Shu mashqlar o‘zlashtirilgandan keyingina uch harakat  usulida
tirmashib chiqish oson bo‘ladi.
Yordamchi mashqlar usuli
 — tirmashib  chiqish usullarini avval
oson sharoitda, keyin murakkab sharoitda o‘rganishdan iborat. Misol:
oyoqlar bilan gimnastika devoriga tayanib, arqonga tirmashib chiqish
yoki oyoqlar bilan tayanish uchun tugunlari bor  arqonga tirmashib
chiqish, keyin esa  odatdagi  sharoitda tirmashib chiqish.
Algoritmik topshiriqlar berish usuli
 (IV bobga qaralsin). Oddiy
osilishda tirmashib chiqishning nafas olish organlariga katta yuklama
berishini  hisobga  olib,  ayniqsa,  bolalar  mashg‘ulotlarida, bu


161
mashqlarga  o‘ta  ehtiyotlik  bilan  o‘tish  zarur,  aralash  osilish  va
tayanishlarda tirmashib chiqish usullaridan keng foydalanish kerak,
chunki ularni o‘tganda fiziologik yuklamani boshqarish ancha oson
bo‘ladi.  Bu mashqlar juda qiziqarli. Ularni o‘yin va musobaqa shaklida
o‘tish tavsiya etiladi, bu esa talabalarning qiziqishini yanada orttiradi.
Odatda,  tirmashib  chiqish  mashqlari  gimnastika  darsining
asosiy qismida o‘tiladi. Bunda, ayniqsa, tirmashib chiqish mashqlari
juda ham balandlikda bajarilgan vaqtda muhofaza qilish zarur.
Barcha  amaliy  mashqlar  kabi,  tirmashib  chiqish  mashqlari
ham ko‘proq ochiq joylarda o‘tilgani ma’qul.
10.1.4. Uloqtirish va ilib olish mashqlari
Bu  guruhdagi  mashqlar  chaqqonlikni,  tezkorlikni,  egiluv-
chanlik va chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi va oyoq, gavda
va ayniqsa, qo‘l va yelka bo‘g‘imi mushaklarini rivojlantiradi. Bu
mashqlarni bajarganda harakat uyg‘unligi takomillashadi, chunki
buyumlarni muayyan masofaga va ma’lum nishonga otish uchun
mushaklar yuqori darajada sezgir bo‘lishi zarur. Buyumlarni uloq-
tirish harakat uyg‘unligi bo‘yicha, ilib olishga nisbatan birmuncha
oson bo‘ladi, chunki ilib olish harakatida bir qancha vazifalar bir
vaqtda  hal  qilinishi  kerak.  Ilib  olish  vaqtida  uchib  kelayotgan
buyumning yo‘nalishi, tezligi, hajmi aniqlab olinishi zarur. Shunga
ko‘ra, ilib olish usuli belgilanadi. Ilib olishda buyumning og‘irligi
ham aniqlab olinishi kerak, chunki bu bilan organizmning qan-
chalik kuch ishlatishi lozimligi belgilanadi.
Pol yoki devordan qaytib sakraydigan rezina yoki futbol to‘pla-
rini ilib olishda shug‘ullanuvchi yana uning tarangligini ham aniqlab
olishi kerak, chunki uning uchish balandligi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Bu guruhdagi mashqlar maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida keng
qo‘llaniladi. Uloqtirish va ilib olish uchun buyum sifatida katta va
kichik to‘plar, to‘ldirma to‘plar, tayoqchalardan foydalaniladi.
Uloqtirish va ilib olishning asosiy mashqlari: uzoqlikka uloqtirish,
nishonga uloqtirish, yuqoriga otish va ilib olish, oshirib uloqtirish.
Uzoqqa uloqtirish.
 Bu guruhdagi mashqlar yengil atletika mash-
g‘ulotlarida qo‘llaniladi. Gimnastika darslarida bu mashqlar maxsus
o‘rganilmaydi va kam qo‘llaniladi.
Nishonga uloqtirish.
 Zalda uloqtiriladigan buyumlar sifatida kich-
kina  va  katta  to‘plar  hamda  nishon  sifatida  fanerdan  yasalgan
moslamalar yoki devorga chizilgan doiralar, gimnastika halqalari


162
qo‘llaniladi. Ochiq joylarda yoki maydonchada nishonga otishga xos
bo‘lgan  xalq o‘yinlari yaqqol misol bo‘la oladi. Ochiq maydonchada
kichkina toshlar uloqtiriladi, qorbo‘ron o‘ynaladi va h.k.
Irg‘itish va ilib olish
. Bu guruh mashqlariga to‘plarni (to‘ldirma,
futbol) va gimnastika tayoqchasini irg‘itish va ilib olish hamda ikki
va undan ortiq to‘pni yoki qandaydir boshqa buyumni irg‘itish va
ilib olishni  kiritish mumkin.
Katta to‘plarni (shu jumladan, to‘ldirma to‘pni) irg‘itish va ilib
olish  mashqlariga  misol  bo‘ladi:  to‘pni  pastdan  irg‘itish,  bosh
orqasidan irg‘itish, ikki qo‘l bilan ko‘krakdan irg‘itish, shuning o‘zini
bir  qo‘l  bilan  bajarish, to‘pni yelkadan bir qo‘llab va ikki qo‘llab
irg‘itish, yelka orqasidan bir qo‘llab tashlangan to‘pni ikki qo‘llab
ilib olish (137-rasm), to‘pni o‘z oldidan yoki yon tomondan ilib
olish, to‘pni bosh ustidan irg‘itish va ilib olish. Oldinga engashib
to‘pni oyoqlar orasidan irg‘itish va uni aylanib ilib olish, to‘pni
oyoq to‘piqlari bilan qisib olib, yuqoriga irg‘itish (138-rasm) va
uni ilib olish.
137-rasm.
138-rasm.
Gimnastika tayoqchasini irg‘itish va ilib olish — gorizontal, tik
va engashgan holatlarda, irg‘itishdan  uni havoda uzunasiga joy-
lashgan  o‘q  hamda  ko‘ndalang  o‘q  atrofida  aylanadigan  qilib
tashlash va bir qo‘l yoki ikki qo‘l bilan har xil ushlash usullari
yordamida ilib olishdan iboratdir.
Oshirib otish.
 Bu guruhga xos mashqlardan biri katta rezina yoki
to‘ldirma to‘pni bir-biriga oshirib otishdir.
Yuqorida keltirilgan  mashqlardan tashqari bir-biriga oshirib
otadigan  navbatdagi  mashqlar  ham  qo‘llaniladi:  to‘pni  bir  qo‘l
bilan yonboshdan siltab uloqtirish; oyoqlarni kerib oldinga engashib
turib, to‘pni boshdan oshirib orqaga otish; to‘pni oyoqlar bilan


163
oldinga  otish;  o‘tirish  holatidan
orqaga  dumalab,  to‘pni  oyoqlar
bilan  orqaga  otish  (139-rasm)
(oyoqlarni  bukib  bajarish  mum-
kin); shuning o‘zini yotib, gavdani
tez to‘g‘rilab va gavdani ko‘tarib,
to‘pni  oyoqlar  bilan  oldinga-
yuqoriga uloqtirish.
O‘rgatish usuli.
 Uloqtirish va
ilib olish mashqlarini o‘rgatishda yaxlit o‘rgatish usuli va yordamchi
mashqlar  usuli  qo‘llaniladi.  O‘quvchilarni  o‘ng  qo‘l  bilan  ham,
chap qo‘l bilan ham bir xilda uloqtirishga o‘rgatish lozim.
Ilib olish ancha murakkab harakat bo‘lgani uchun, eng avvalo,
to‘pni to‘g‘ri ilib olish texnikasini o‘zlashtirish kerak.
Uloqtirish  va  ilib  olish  mashqlari  quyidagi  usullar  orqali
murakkablashtiriladi:
1)  uloqtiriladigan  buyumlarning  hajmi  va  og‘irligini  o‘zgar-
tirish;
2) bir vaqtda uloqtiriladigan buyumlarning sonini oshirish;
3)  uloqtirish  masofasini  uzaytirish;
4) uloqtirish va ilib olishni qo‘l, oyoq, gavdaning qo‘shimcha
harakatlari (muvozanat saqlash, emaklab o‘tish, yugurish) bilan
birga bajarish;
5) dastlabki holatlarni o‘zgartirish (o‘tirib, yotib, tizzada turib);
6) uloqtirish va ilib olishni qo‘l, oyoq va gavdaning qo‘shimcha
harakatlari (o‘tirish, qarsak chalish, burilish, sakrash va engashish)
bilan birga bajarish;
7) uloqtirish va ilib olishni bir qo‘l bilan bajarish.
10.1.5. Og‘ir yukni ko‘tarish va ko‘tarib yurish
Yukni ko‘tarish va ko‘tarib yurish mashqlari kuchni, chidam-
lilikni,  chaqqonlikni  va  egiluvchanlik  —  jismoniy  sifatlarni  tar-
biyalash va rivojlantirish, shuningdek, mashqlarni bajarish jarayo-
nida kuchni tejashga yordam beradi. Ushbu mashqlar nafas olishga,
yurak-qon tomiri, qon aylanish tarmoqlari organlariga ijobiy ta’sir
etadi, shuning uchun ham bolalar o‘quv guruhlari mashg‘ulotlarida
ulardan juda ehtiyotlik bilan foydalanishi darkor.
Yukni ko‘tarish, ko‘tarib yurish mashqlari estafeta va to‘siqlarni
zabt etish shaklida ko‘p o‘tkaziladi.
139-rasm.


164
Òurli  gimnastika  jihozlarini  ko‘tarish  va  ko‘tarib  yurishda
quyidagilar asosiy mashqlar hisoblanadi:
1. Òo‘ldirma to‘plarni uzatish:
a) sherengada — to‘pni yon tomondan olib sherigiga uzatish;
b) kolonnada — to‘pni bosh ustidan, yon tomonidan va oyoq-
larni kerib tik turgan holatda oyoqlar orasidan uzatish.
2. Òo‘ldirma to‘plarni ko‘tarib yurish:
a) qo‘llarda  oldinda (pastdan ushlanadi);
b)  qo‘ltiq  ostida;
d) bosh ustida (qo‘l bilan va qo‘l yordamisiz).
3. Gimnastika o‘rindiqlarini ko‘tarib yurish:
a) ikki kishi bo‘lib o‘rindiq uchlaridan ko‘tarib yurish;
b)  bir  kishi  o‘rindiqning  o‘rtasidan  ushlab  bosh  ustida  va
qo‘ltiqda ko‘tarib yurish.
4. Gimnastika to‘shaklarini ikki va to‘rt kishi bo‘lib ko‘tarib yurish.
5. Gimnastika «eshagini» ikki kishi bo‘lib (140-rasm) va bir
kishi bo‘lib (141-rasm) ko‘tarib yurish.
Sherikni ko‘tarish va ko‘tarib yurish.
 Bir kishini ikki kishi bo‘lib
ko‘tarib yurish:
1. Qo‘llarga o‘tqazib qo‘yib, ko‘tarib yurish (142-rasm).
2. Qo‘llarga o‘tqazib qo‘yib, belidan ushlagan holda ko‘tarib
yurish  (143-rasm).
140-rasm.
141-rasm.
142-rasm.
143-rasm.
3. Qo‘l va tizza ostidan ko‘tarib yurish (144-rasm).
4. Chalishtirib ushlangan qo‘llarga o‘tkazib qo‘yib ko‘tarib yurish.
Ko‘taruvchilar bir-biriga qarama-qarshi turadilar va har biri o‘zi-
ning o‘ng qo‘li bilan chap qo‘lining bilagidan ushlaydi (145-rasm).
Ko‘tariluvchi o‘rtog‘ining qo‘llariga o‘tiradi va ko‘taruvchilarning
yelkalaridan ushlab oladi.
5.  Oyoqlar  osti  va  beldan  ushlab  ko‘tarib  yurish  mumkin
(146-rasm).


165
So‘ng mazkur beshinchi usulda ko‘rsatilgan talabalar ikki kishi-
dan bo‘lib, bir-biriga qarab turib, qo‘llarida yotgan kishini ko‘tara-
dilar va bir-birlarining qo‘llaridan ushlashib ko‘tarib yuradilar. Bir
kishini ikki kishi va ko‘pchilik bo‘lib, jihozlar (tayoqchalar, kichik
narvon, plash-palatka va h.k.lar) yordamida ko‘tarib o‘tish mumkin.
Bir kishini bir kishi ko‘tarib yurishi:
1. Opichib ko‘tarib yurish (147-rasm).
2. Yelkaga mindirib ko‘tarib yurish (148-rasm).
3. Ikki qo‘l bilan ushlab ko‘tarib yurish (149-rasm).
4. Bir qo‘l bilan ushlab ko‘tarib yurish (151-rasm).
5. Yelkaning bir tomoniga yotqizib ko‘tarib yurish. Ko‘taruvchi
chap qo‘li bilan tik turgan sherigining o‘ng bilagidan ushlab olib,
o‘ng qo‘li bilan uning tizzalari ostidan quchoqlab ushlaydi.  Oldinga
engashtirib, uni qorni bilan siltab, o‘zining o‘ng yelkasiga yotqizadi,
keyin rostlanib, o‘ng qo‘li bilan o‘ng qo‘l bilagidan ushlab, chap
qo‘lini bo‘shatadi (152-rasm).
144-rasm.
145-rasm.
146-rasm.
147-rasm.
148-rasm.
149-rasm.
150-rasm.
151-rasm.
152-rasm.
O‘rgatish usuli. 
Jihozlarni ko‘tarish va ko‘tarib yurish mashq-
larini o‘rgatishda yuklamani juda ehtiyotlik bilan me’yorlab borish
kerak (bunda ko‘tarib yuriladigan jihozlarning og‘irligini oshirish
yoki kamaytirish, joydan joyga ko‘chishning sur’atini yoki maso-


166
fasini  o‘zgartirish,  u  yoki  bu  yordamchi  to‘siqlarni  qo‘llash
mumkin).
Òurli jihozlarni ko‘tarish malakasi ortib borishiga qarab, yukla-
mani asta-sekin oshirib borish mumkin. Buning uchun jihozlarni
ko‘tarib o‘tish masofasini, shu masofaning o‘tish tezligi va yuklama
og‘irligini o‘zgartirish, turli estafetalar o‘tkazish va maxsus topshi-
riqlar  berish  zarur.
Yordamchi yoki tayyorlovchi mashqlar sifatida to‘ldirma to‘plar
bilan bajariladigan mashqlarni tavsiya etish mumkin. Quyi sinflarda
to‘ldirma to‘pni ko‘tarish va ko‘tarib yurish, doirada, sherengada,
kolonnada turli dastlabki holatlardan, ularni o‘quvchilar bir-biriga
uzatish  uchun  foydalanishi  mumkin.  Ko‘tariladigan  buyumlarni
goh o‘ng, goh chap qo‘ltiq (yelka)da navbatma-navbat ko‘tarish,
orqada ko‘tarishni esa oldida ko‘tarish bilan almashtirib bajarish
kerak. Jihozlarni bosh ustida ko‘tarib yurish qomatni shakllantirish
uchun  zarur  vosita  hisoblanadi.  Jihozlarni  yonboshida,  yelkada
ko‘tarish qomatdagi nuqsonlarni tuzatishning asosiy vositasi bo‘lib,
buni bolalik yoshida amalga oshirish juda muhimdir.
10.1.6. Emaklab o‘tish mashqlari
Bu mashqlarning mazmuni — aralash tayanish holatida siljish-
dan iborat. Emaklab o‘tish mashqlari odamning harakat apparatiga,
yurak-qon tomiri va nafas olish tizimlariga katta kuch beradi. Shuning
uchun ular tezkorlik, chaqqonlik, kuch va chidamlilik jismoniy
sifatlarini tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi.
Emaklab o‘tish mashqlari akrobatika yo‘lakchasida yoki erkin
mashqlar gilamida o‘rgatiladi va o‘tiladi.
O‘zlashtirilgan mashqlarni boshqa mashqlar, masalan, sakrash,
oshib o‘tish va h.k.lar bilan birga qo‘shib, to‘siqlardan oshib o‘tish
shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Asosiy mashqlar:
1. Òo‘rt oyoqlab emaklab o‘tish.
2. Yarimcho‘kkalab emaklab o‘tish (153-
a
 rasm).
3. Yonboshlab emaklab o‘tish (153-
b
 rasm).
153-rasm.
a
b


167
4. Sudralib emaklab o‘tish (154-rasm).
5. Sudralib ikki qo‘l va bir oyoq yordamida yoki bir qo‘l va ikki
oyoq  yordamida emaklab o‘tish.
6. Sherik bilan birga emaklab o‘tish (155-rasm).
7. Yuklar bilan emaklab o‘tish.
8. Emaklash usullarini navbatma-navbat ishlatib emaklab o‘tish.
11-bob.
 
GIMNASÒIKA JIHOZLARIDA BAJARILADIGAN
MASHQLAR  (DASÒLABKI  ÒAYYORGARLIK
MASHQLARI)
11.1. Gimnastika texnikasi asoslari
Gimnastika ko‘pkurashi uning jihozlarida bajariladigan har xil
mashqlarning soni nihoyatda ko‘p. Bir qaraganda, bu mashqlarning
har biri boshqalaridan farq qiladigandek, texnikasi, o‘z qonuniyat-
lariga egadek tuyuladi. Masalan, ayollar va erkaklarning yakka-
cho‘pdagi mashq elementlari orasida qanday umumiylik bor?
Keltirilgan misolni sinchiklab o‘rganib, bu umumiylikni topish,
ko‘pkurashning  har  xil  bo‘lgan  turlarida  bajariladigan  alohida
mashqlarning ijro etilish qonuniyatlaridagi ba’zi umumiylikni aniq-
lash mumkin. Bu esa turli-tuman mashqlar texnikasini mashqlar-
ning cheklangan guruh texnikasiga birlashtirishga asos bo‘ladi. Shu-
ning uchun biz gimnastika mashqlari texnikasining umumiy asoslari
to‘g‘risida gapiramiz. Ikki  umumiy bo‘lgan qonuniyatlar guruhini
ko‘rsatib o‘tamiz:
• 
birinchisi
,  anatomik-fiziologik;
• 
ikkinchisi
,
 
fizik (mexanik) qonuniyatlar.
Bu  ikki  guruhni  hisobga  olish, 
birinchidan
,  gimnastika
mashqlarining tasnifini tuzishga; 
ikkinchidan
, har bir mashqning
murakkabligini aniqlashga imkoniyat beradi.
Hamma gimnastika mashqlari ikki guruhga bo‘linadi.
I. Statik kuch ishlatiladigan mashqlar (harakatsiz — turg‘un
holatda).
154-rasm.
155-rasm.


168
II. Siltanish mashqlari (harakatda bajariladigan mashqlar).
Statik kuch ishlatiladigan mashqlar, o‘z navbatida, ikki guruhga
bo‘linadi:
1. 
Xususiy statik mashqlar
 — bu gimnastning jihozda mashq
bajarayotgan vaqtidagi (osilish va tayanishda) tinch turib qolish
holatidir.  Bu  guruhchadagi  mashqlarga  osilish,  tayanish,  ko‘p-
kurashning  hamma  jihozlarida  burchak  yasab  tayanish;  yakka-
cho‘pda, qo‘shpoyada, halqalarda burchak yasab osilish; yakka-
cho‘pda va halqada orqaga gorizontal osilish kiradi.
Bu mashqlarning murakkablik darajasi yuqori. Masalan, osilish
mashqlarini bajaruvchi shug‘ullanishni endigina  boshlagan  va  hatto,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ham bajarishi mumkin, ammo
orqada gorizontal osilishni esa malakali gimnastgina bajara oladi.
Bu mashqlarning murakkabligi ikki omilga binoan aniqlanadi:
a) mushaklarning ishga solish darajasi;
b) turli holatda muvozanat ushlab turishning qiyinligi.
Mushaklarni  kerakligicha  ishlatish  darajasi,  yelka  o‘qiga
tushadigan  og‘irlikka  nisbatan  kuch  vaqti  mexanik  tushunchasi
bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu munosabat shunday ifodalanadiki,
agar  bir  xil  vazndagi  ikki  gimnast  bir  xil  mashq  bajarsa,  unda
mashqni  bajarish baland gimnast uchun qiyinroq bo‘ladi.
Muvozanatni saqlay olish qiyinligi turg‘un va noturg‘un muvo-
zanat mexanik tushunchasi bilan bog‘liq. Bu yerda biz faqat hamma
tayanishlar  noturg‘un  holatlardan  iborat  va  shu  sababli,  ularni
saqlab turish uchun mushaklarga qo‘shimcha kuch ishlatishni talab
qiladi.
Osilish 
— bu turg‘un muvozanat holatdir va ularda muvozanatni
saqlab turish qo‘shimcha kuch ishlatishni talab qilmaydi (156-rasm).
Yuqorida qayd qilinganlarni inobat-
ga olgan holda shunday xulosaga kelish
mumkin  (mashqlarning  murakkabligi
biz  ko‘rib  chiqmagan  omillarga  ham
bog‘liq bo‘lishi mumkin), ya’ni osilish
mashqlari,  asosan,  tayanish  holatida
bajariladigan  mashqlardan  osonroq
bo‘ladi, bu taxminiy xulosa, albatta.
2. 
Kuch ishlatiladigan harakatlar 
—
bu bir statik (turg‘un) holatdan ikkin-
chisiga ohista o‘tishdir.
156-rasm.


169
Bu guruh mashqlariga quyidagilar kiradi: qo‘llarni bukib osilish
holatiga o‘tish (tortilish), qo‘llarni bukib osilishdan osilishga tushish
(tortilishga teskari bo‘lgan harakat), osilishdan kuch bilan bukilib
osilish, orqada osilgancha kuch bilan
bukilib  osilish,  kuch  bilan  tayanish
holatiga chiqish (yakkacho‘pda, qo‘sh-
poyada,  halqada).
Bu  guruhdagi  mashqlarning  qiyin
darajasi to‘g‘risida shuni aytish mum-
kinki, tayanish holatidan osilishga o‘tish
(tushish)  osilish  holatidan  tayanishga
o‘tish (ko‘tarilish)dan osonroq, chunki:
a)  pastga  tushishda  mushaklar
tananing  asta-sekin  va  bir  maromda
tushishini ta’minlaydi, ko‘tarilishda esa
tana og‘irligini yengib, yuqoriga harakat
qilish uchun kuch ishlatishni talab qi-
ladi. Ikkinchi holat fiziologik nuqtayi nazardan murakkabdir;
 b) pastga tushishda muvozanatni ushlab turish sharoiti sodda-
lashadi, ko‘tarilishda esa murakkablashadi. Buning sababi statik
mashqlarni yozishda bayon etilgan (157-rasm).
Òebranish  mashqlari  gimnast  tanasining  to‘liq  doira  (ayla-
nishlar) yoki uning qismlari bo‘ylab (tebranish, ko‘tarilish, sakrab
tushish) harakatlari  bilan ifodalanadi.
Fikrimizni  yaxshiroq  bayon  qilish  uchun  bir  necha  atamali
tushunchalarni qayd qilib o‘tish zarur. Agar gimnast yakkacho‘pda,
halqada osilish holatida yoki qo‘shpoyada tayanish holatida tebransa,
unda u goh ko‘krak bilan oldinga, goh yelka bilan orqaga yo‘naladi.
Ko‘krak bilan oldinga siljish oldinga tebranish, yelka bilan orqaga
siljish esa orqaga tebranish deyiladi.
Òebranish  mashqlarining  tasnifi  ancha  murakkab  va  unga
kiradigan barcha elementlarni bilish umumiy kurs talabalari uchun
zarur  emas.  Shuning  uchun,  tebranishning  uch  asosiy  guruhini
qayd etish bilan cheklanamiz.
1. 
Oldinga tebranib bajariladigan harakatlar
. Bu guruhga keskin
oldinga  siltanib  bajariladigan  mashqlar  kiradi.  Unga  quyidagi
mashqlar misol bo‘ladi: oldinga siltanib orqaga burilish (yakka-
cho‘pda, halqada); oldinga  siltanib qo‘llarni bukib osilish; oldinga
siltanib bukilib va kerilib osilish (halqada); oldinga siltanib sakrab
tushish (yakkacho‘pda, qo‘shpoyada va halqada); oldinga siltanib
ko‘tarilish  (qo‘shpoyada va halqalarda).
157-rasm.


170
Qayd etilgan mashqlardan eng murakkabi oldinga siltanib ko‘ta-
rilishdir.
2. 
Orqaga siltanib bajariladigan harakatlar
. Bu guruhdagi mashq-
larga  keskin  orqaga  siltanib  bajariladigan  mashqlar  kiradi.  Ular
quyidagilardir: orqaga siltanib  orqaga burilish  (yakkacho‘p va hal-
qada); orqaga siltanib qo‘llarni bukib osilish; orqaga siltanib oldinga
yelkadan aylanish (halqada), orqaga siltangancha sakrab tushish
(yakkacho‘pda, qo‘shpoyada va halqada); orqaga siltanib ko‘tarilish
(qo‘shpoyada).
Bulardan qiyini orqaga siltanib ko‘tarilish hisoblanadi.
3. 
Gavdani yozib bajariladigan harakatlar
. Bu guruhga bukilib
osilish (yakkacho‘pda, qo‘shpoyada, halqada) yoki qo‘llarda bukilib
tayanish  holatidan  (qo‘shpoyada)  bajariladigan  mashqlar  kiradi.
Masalan,  tebranib  turib  va  minib  tayanish  holatidan  orqaga
tushishdan keyin bir oyoq bilan ko‘tarilish, tebranishdan yoki  taya-
nish holatidan orqaga tushishdan keyin gavdani yozib ko‘tarilish,
tebranishdan keyin (yakkacho‘pda) yoki turli tayanish holatlaridan
orqaga tushishdan keyin ikki oyoq bilan ko‘tarilish (yakkacho‘pda
va baland-past qo‘shpoyada); qo‘llarda tayanishdan yoki bukilib
tayanishdan gavdani yozib ko‘tarilish  (qo‘shpoyada).
Bu mashqlardan keyingi murakkabi — ikki oyoq bilan ko‘ta-
rilishdir.
Gimnastika umumiy kursida o‘rganiladigan ayrim mashqlarni
qayd  etib  o‘tilgan  tasnif  guruhlarining  birontasiga  ham  kiritib
bo‘lmaydi, chunki biz ongli ravishda bu guruhlar sonini chekladik.
Bu mashqlarning texnikasi va ularni o‘rgatish usuli o‘quv qo‘llan-
maning tegishli o‘rinlarida bayon qilinadi.
Siltanma mashqlar gimnast tanasining to‘liq doira yoki uning
qismlari bo‘ylab siljishidan iborat ekanligi yuqorida ta’kidlab o‘tildi.
Bunday siljishlar zarurligi tufayli «o‘q» tushunchasi bilan bog‘liq.
Gimnast tanasiga nisbatan quyidagi o‘qlar ajratiladi:
a) yuzalik (frontal) o‘qlar frontal yuzalikda joylashgan, ya’ni
har ikki yelka va tos-son bo‘g‘inlaridan  o‘tadigan yuzalikdagi o‘qlar;
b) old-orqa (sagittal) o‘qlar — frontal o‘qqa perpendikular o‘ta-
digan sagittal yuzalikda joylashgan o‘qdir. Sagittal o‘qlar, o‘z nav-
batida, frontal yuzalikka nisbatan perpendikulardir;
d) uzunasiga joylashgan o‘qlar — sagittal yuzalikda joylashgan
bo‘lib,  frontal yuzalikka parallel bo‘ladi.
Har bir guruhda o‘qlar son-sanoqsizdir, ammo bir nuqtadan—
gimnast tanasining umumiy og‘irlik markazidan (UOM) kesisha-


171
digan uchta o‘q mavjud. Ular asosiy markaziy (erkin) o‘qlar (shunga
muvofiq  frontal,  sagittal  va  uzunasiga  joylashgan)  deb  ataladi
(158-rasm). Gimnastika mashqlarining texnikasini o‘rganishda erkin
o‘qlar katta ahamiyatga ega, chunki erkin uchish holatida (tayanch-
siz  holatda)  turg‘un  aylanishlar  faqat  ularning  atrofida  sodir
bo‘lishi mumkin.
O‘qlar real (masalan, yakkacho‘pning temiri) va tasavvurdagi
(halqada ushlash nuqtasini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq) bo‘lishi
mumkin.
11.2. Gimnastika jihozlarida asosiy mashqlarni bajarish
texnikasi va ularni o‘rgatish usullari
11.2.1. Yakkacho‘pda bajariladigan mashqlar
Sport gimnastikasida yakkacho‘p shunday jihozki, unda faqat
tebranish,  siltanish  mashqlari  bajariladi.  Shuning  uchun  gim-
nastning mahorati uning mushak quvvatini kam sarf  qilib, o‘zining
harakat  kuchidan  oqilona  foydalanishdan  iborat  bo‘ladi.  Biroq
panjalarni bukish uchun ancha yuqori bo‘lishi kerak, chunki katta
ko‘lamdagi tebranish mashqlarini bajarishda hosil bo‘ladigan va
gimnastni yakkacho‘pdan uzishga intiladigan markazdan qochuvchi
Y
Z
X

— Bosh markaziy
frontal;
Y
 — Bosh markaziy
tik;
Z
  —  Bosh  markaziy
sagittal.
158-rasm.


172
harakat  kuchi  hosil  bo‘ladi. Yakkacho‘pning  o‘qi  (gorizontal,
dumaloq metall shaklida) gimnast aylanma harakatlar bajaradigan
mavjud (haqiqiy) temirdan iborat. O‘qni ushlashning besh usuli
bor:
a)  ustidan  ushlash:  osilish  holatida  kaftlar  pastga  qaratilgan
bo‘ladi;
b) pastdan ushlash: shu holatda har ikki qo‘l ham oxirigacha
supinatsiya qilingan bo‘lib, kaftlar yuqoriga qaratilgan, katta barmoq
tashqariga qaratilgan bo‘ladi;
d) har xil ushlash: bir qo‘l — yuqoridan, ikkinchisi — pastdan
ushlagan bo‘ladi;
e) teskari ushlash: har ikki qo‘l ham oxirigacha pronatsiya-
langan kaftlar gimnastning o‘ziga qaratilgan, katta barmoqlar tash-
qariga qaratilgan bo‘ladi;
f)  chalishtirib  ushlash:  kaftlarning  ichki  yuzalari  tashqariga
qaratilgan,  bilaklar  kaft-bilak  bo‘g‘ini  oldida  bir-birining  ustiga
chalishtirilgan, kichik barmoqlar bir-biriga tegib turib, katta bar-
moqlar tashqariga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ushlash usullari ushlash kengligi
bilan ham farqlanadi. Ustidan ushlaganda kaftlar orasidagi masofa
yelka kengligidan kichik bo‘ladi. Pastdan ushlaganda — yelkalardan
biroz kengroq; har xil ushlaganda — taxminan yelka kengligida;
teskari ushlashda — ko‘pincha, yelkadan kengroq (ammo shaxsiy
bo‘ladi, chunki avval yelka bo‘g‘inining harakatchanligiga bog‘liq)
bo‘ladi. Ushlashning barcha hollarida katta barmoq qolgan to‘rt
barmoqqa qarama-qarshi joylashadi.
Hozirgi davrda yakkacho‘pda bajariladigan mashqlar kishini
hayratda qoldiradi, chunki ular hech to‘xtamasdan, qaltis vaziyatda
bajariladi.  Bu  hol,  hatto,  sport  gimnastikasini  yaxshi  tushun-
maydigan kishiga ham, yaxshi gimnastga ham xatosiz harakatlar
uyg‘unligini,  dadillikni, o‘z harakatlarini fazo va (tayanch holda)
dastakli otda boshqara olish kabi sifatlarni ko‘ra olish imkoniyatini
beradi. Yakkacho‘pda bajariladigan asosiy mashqlar quyidagilardan
iborat:
— baland yakkacho‘pdagi bu holat beistisno hamma mashqlarni
boshlash uchun dastlabki holatdir. Osilishda tananing to‘g‘ri holati
yetarli ko‘lamda tebranishni boshlash va keyinchalik siltanish uchun,
ayniqsa, muhimdir. Osilish holatida gimnastning tanasi maksimal
to‘g‘rilangan bo‘lishi kerak. Bunga ko‘krak-o‘mrov va yelka bo‘g‘i-
nidan cho‘zilish, shuningdek, bel qismidagi mushaklarni bo‘shash-


173
tirish orqali erishiladi. Òirsak bo‘g‘inlari ham to‘g‘rilangan, lekin
taranglashmagan bo‘lishi zarur. Oyoqlar tos-son va tizza bo‘g‘in-
laridan  to‘g‘rilangan,  oyoq  uchlari  cho‘zilgan  va  juftlashtirilgan
bo‘ladi. Osilish holatiga quyida bayon etiladigan ko‘rsatmalarga rioya
qilgan holda yaxlit o‘rgatish usuli bilan o‘zlashtirish lozim.
Òana pastki qismlarini tarbiyalashda uning to‘g‘ri holati zarur
bo‘lgan mushak guruhlarini tarang tortish orqali erishiladi, bu esa
tebranish davomida ham saqlanadi. Osilish holatida bukilish yoki
yozilish  (kerishish)  taqiqlanadi.  Ko‘pincha,  boshning  noto‘g‘ri
holati:  orqaga  yoki  oldinga  tashlash,  ko‘krakka  engashtirish  bu
xatoliklarga sabab bo‘ladi. Òo‘g‘ri holatda bosh ham to‘g‘ri tutiladi
va u qo‘llar orasida bo‘ladi.
Bukilib-yozilib  tebranish  va  yoy  shaklida  siltanish
  —  yetarli
ko‘lamda tebranishni ta’minlaydigan harakatlardir.
Gimnast osilish holatidan 
qorin pressi
 va son oldi mushaklarini
tarang tortib, oyoqlarini burchak hosil qilgunga qadar ko‘taradi
(gorizontal holatgacha ko‘tarish shart emas, o‘tmas burchak qilib
ko‘tarish ham mumkin). Keyin keskin qisqa harakat bilan oyoqlarini
pastga yo‘naltiradi va bel qismidan kerilgunga qadar orqaga siltaydi.
Bunday harakatlar tananing old yuzaligidagi mushaklarini cho‘zadi
va keyinchalik tos-son, yelka bo‘g‘inidan (bu anatomik jihatdan
yelka bo‘g‘ini uchun yozilish bo‘ladi), shuningdek, umurtqa pog‘o-
nasining bel qismidan tez bukilish uchun yordam beradi.
Yozilish tugashi bilan bukilishni boshlash zarur (sport bilan
shug‘ullanishning birinchi pog‘onasida shug‘ullanuvchilarda eng
ko‘p uchraydigan xato—orqaga siltanganda to‘xtab qolishdir). Bukila
borib, gimnast imkoniyati boricha tezroq oyoqlarini yakkacho‘p
o‘qiga tizzasini (boldir o‘qning o‘rtasidan bo‘lsa, yana ham yaxshi)
yaqinlashtirishga harakat qiladi va tanasi oldinga yo‘nalgunga qadar
oyoqlarni shu holatda ushlab turadi, tos-son va yelka bo‘g‘inida
to‘g‘rilanib, oyoqlarni oldinga va yuqoriga keskin yo‘naltiradi. Bunda
butun tana oldinga tebranishning so‘nggi nuqtasi holatida bo‘lishi
kerak. Kerishishga yo‘l qo‘ymaslikning yaxshi usuli—shug‘ullanuv-
chilarga oyoq uchlariga qarashni tavsiya qilishdir.
Osilish holati harakatida tebranish
 — (159-rasm) birin-ketin
oldinga va orqaga bajariladigan tebranishlardan  iborat. Òo‘g‘ri tebrana
olish baland yakkacho‘pda gimnastika umumiy kursi mashqlarini
muvaffaqiyatli  o‘rganishning  asosidir. Òo‘g‘ri tebranishda quyidagi
holatlar  ketma-ket  bo‘lishi  kerak:


174
a) orqaga tebranishning oxirgi holatida tana to‘la to‘g‘rilangan
yoki  biroz  bukilgan  bo‘ladi.  Nazorat  uchun  eng  yaxshi  usul  —
talaba o‘z oyoq uchlariga qarashini tavsiya qilamiz;
b)  tik  holatda  tananing  to‘g‘rilangan  (osilish  holatidagidek)
holati;
d) oldinga tebranishning oxirgi holatida gavda biroz bukilgan
bo‘ladi (gimnast o‘z oyoq uchlarini ko‘rib turishi kerak).
Orqaga siltanib, sakrab yerga tushish
. Oldinga tebranishning
oxirgi nuqtasidan tik holatga o‘tayotib gimnast oyoqlarini orqaga
yo‘naltiradi va keradi. Ayni vaqtda u to‘g‘ri qo‘llari bilan yakka-
cho‘p o‘qini bosib chiqib, tana-yelka burchagini kamaytiradi. Oxirgi
harakatda u tovon va yelka bo‘g‘ini yo‘nalish tezligini tenglashtiradi,
ya’ni gimnastning gavdasi oldinga harakatlana boshlaydi. Orqaga
tebranishning oxirgi nuqtasida gavdaning kerishgan holatini saqlab,
sportchi yakkacho‘p o‘qini qo‘yib yuboradi, qo‘llarini yuqoriga,
tashqariga ko‘taradi, sakrab qo‘nadi.
Qo‘llarni  qo‘yib  yuborishdan  oldin  boshni  ko‘tarish  va
yakkacho‘p ustida oldinga qarashni tavsiya qilamiz.
Oldinga tebranib sakrab yerga tushish
. Orqaga tebranishning
oxirgi holatidan gimnast oldin «a», so‘ng «b» holatlaridan o‘tadi
va  «d» holatiga yaqinlashadi (osilish holatida tebranishga qaralsin).
So‘nggi holatda sakrab yerga tushishdan oldin tos-son bo‘g‘inidan
bukilish, tebranishdan bir qancha ko‘proq bo‘lishi mumkin. Hara-
katning oldindagi yuqori nuqtasida gavdaning tos-son bo‘g‘inidan
keskin yozilishi orqali to‘liq kerilish zarur va ayni  vaqtda to‘g‘ri
159-rasm.
a
b
d


175
qo‘llarni bosh orqasiga yo‘naltirish kerak. Ushbu harakatlar tugashi
bilanoq,  gimnast  qo‘llarini  qo‘yib  yuboradi  va  uchish  holatida
kerishgancha yerga qo‘nadi.
Òebranishdan  keyin  sakrab  yerga  tushishdan  oldin  quyidagi
mashqlarni bajarish foydalidir: yakkacho‘pdan 1—1,5 m masofada
turgan sakrash «ko‘prikcha»siga osilish va oldinga siltanib yerga
tushish.
Muhofaza  qilish  va  yordam  berish
.  Òebranishlarni  va  qayd
qilingan sakrab yerga tushishlarni o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha mashqlar bajarilganda, ustoz yakkacho‘pning ostida sport-
chidan chap yoki o‘ng tomonda turib tebranish yuzaligiga parallel
holda gimnast bilan birgalikda o‘ng yoki chap tomonga siljiydi.
Murabbiyning bir qo‘li shogirdining ko‘krak tomonida joylashadi,
ikkinchisi orqa tomondan ko‘krakning pastki uchiga teng joylashadi.
Òalaba orqara siltanganda qo‘li ertaroq uzilib ketsa, o‘qituvchi tala-
baning ko‘kragidan ushlab qolishga tayyor turishi kerak. Agar uzi-
lish orqaga siltanganda yuz bersa, ko‘krak ostidan ushlab qolinadi.
Bir oyoqda ko‘tarilish (tebrangandan keyin) oldingi holatning
oxiriga biroz  yetmasdan gimnast tos-son va yelka bo‘g‘inlarida keskin
bukilib, har ikki oyog‘ining tovon-boldir bo‘g‘inini yakkacho‘pga
olib keladi, keyinchalik o‘ng oyog‘ini yakkacho‘p ostidan o‘tkazadi
(o‘ng  oyoq  tizzadan  bukilishi  mumkin).  Bu  harakatlar  bukilib
osilish holatidan orqaga siltanish boshlanishidan oldin tugashi zarur.
Orqaga  siltanish  boshlanishi  bilan  gavdaning  bir  bo‘g‘inidan
bukilish davom  etadi (ya’ni yelka-tana burchagi kamayib boradi),
tos-son bo‘g‘inidan esa to‘g‘rilanish boshlanadi va o‘ng oyoq bilan
minib, tayanish holatida tugallanadi. Shuni ta’kidlash muhimki,
tos-son bo‘g‘inida to‘g‘rilanish davomida chap oyoqning oldingi
yuzasi  yakkacho‘pdan  uzoqlashtirilmaydi,  balki  tegar-tegmas
turishi kerak.
O‘rgatish
  (past  yakkacho‘pda):
a)  oyoqlarni  yozib  bukilib  osilish  (yakkacho‘p  o‘qi  boldir-
tovon bo‘g‘ini to‘g‘risida);
b)  oyoqlarni  yozib  bukib  osilish  holatidan  oyoqlarni  kerib,
kerishib osilish holatigacha keskin to‘g‘rilanish va bukilib osilish
holatiga qaytish;
d)  bukilib  osilish  holatida  majburiy  (ustoz  yordamida)  teb-
ranish;
e) bukilib osilish holatidan orqaga siltanganda oyoqlarni yozib
kerishib osilish — oldinga tebranganda bukilib osilish;


176
f) yordam bilan ikki-uch tebranishdan keyin o‘ng oyoq bilan
tayanishga ko‘tarilish;
g) o‘ng oyoq bilan minib tayanish holatidan orqaga tushib,
oyoqlarni kergan holda osilib qolish;
h) yordam bilan o‘ng oyoqda tayanishdan orqaga qo‘nib, o‘ng
oyoq bilan tayanib ko‘tarilish.
Ko‘tarilishni bir necha bor mustaqil bajargandan so‘ng katta
yakkacho‘pga  o‘tish  mumkin.  Asosiy  e’tiborni  osilish  holatidan
bukilib osilish holatiga o‘tishga qaratish zarur.
Gavdani  yozib  ko‘tarish  (tebranishdan  keyin)  (160-rasm).
Orqaga  tebranishdan  keyin,  tik  holatga  o‘tayotib,  tos-son
bo‘g‘inidan keskin to‘g‘rilanishga, shu bilan birga, qo‘llarni bosh
orqasiga (xuddi oldinga tebranib sakrab yerga tushishdagi kabi, biroq
biroz ilgariroq) uzatish kerak. Òo‘g‘rilangan holatda to‘xtamasdan
tos-son va yelka bo‘g‘inlarida keskin bukilib, boldir o‘rtasini yakka-
cho‘pga olib kelinadi (barcha harakatlar bukilib osilish holatidan
orqaga  tebranish  boshlanishidan  oldin  tugashi  zarur).  Orqaga
tebranish  boshlanishi  bilan  yelka  bo‘g‘inidan  bukilishni  davom
ettirib, tos-son bo‘g‘inidan to‘g‘rilanish kerak. Bu harakatlar nati-
jasida tos yakkacho‘pga yaqinlashadi va uning atrofida butun gavda
aylanishining burchak tezligi oshadi, shuning hisobiga u tayanish
holatiga keladi.
O‘rgatish
 (o‘rta yakkacho‘pda):
a)  burchak  yasab  osilishdan  oyoqlar  bilan  to‘shaklarga  tiralib,
oyoqlarni tizzadan bukkancha boshni orqaga tashlamay kerishish. Òo‘g‘ri
qo‘llarning bosh orqasiga oxirigacha uzatilishiga e’tibor berish zarur.
160-rasm.


177
Keyin  dastlabki  holatga  qaytish.  Bir  yo‘la  bir  necha  marta
takrorlanadi.  Kerishish  tez  bajarilishi  kerak,  toki  uning  oxirida
tovonlar  to‘shakdan  uzilguncha;
b) kerishishdan keyin imkoni boricha tezroq to‘g‘ri oyoqlarni
(boldir o‘rtasini) yakkacho‘pga olib kelish kerak;
d) chap tomonda turgan murabbiy  yoki sherikning yordamida
gavdani yozib ko‘tarilish. Bunda yordam beruvchi chap qo‘li bilan
talabaning oyoqlarini yakkacho‘pga tez olib kelish uchun yordam
beradi va o‘ng qo‘li bilan  talabaning belidan tayanish holatigacha
ko‘taradi.
Baland  yakkacho‘pda:
e) murabbiy osilib turgan gimnastdan chap tomonda va biroz
oldinda turib talabaning chanoq suyaklari qismidan ushlab, uni
muvozanat holatidan orqaga yo‘naltiradi va shu holatda ushlab turadi.
Gimnast tos-son bo‘g‘inidan bukilib, tovonlarini yakkacho‘p o‘qi
tagidagi  to‘shaklarga  yo‘naltiradi  (shu  chiziqda  chiziqcha  yoki
gimnastika tayoqchasi qo‘yilsa, yanada qulay bo‘ladi).
So‘ngra murabbiy qo‘llarini olib, gimnastga oldinga erkin hara-
katlanib muvozanat holatiga, ya’ni osilishning dastlabki holatiga
qaytishga imkon beradi. Gimnast, shu holatdan o‘tayotib tos-son
bo‘g‘inidan keskin yozilishi va qo‘llarini bosh orqasiga yo‘naltirishi
kerak. So‘ngra gimnast va ustoz «b» va «d» moddalarda tavsiya
qilingandek harakat qiladilar;
f)  yakkacho‘pdan  1  m  masofada  turgan  sakrash  «ko‘p-
rikcha»sidan  burchak  hosil  qilib  osilish  holatiga  sakrash  va
yakkacho‘p ostida to‘g‘rilanish. Navbatdagi harakatlar «b» va «d»
moddalarda  bayon  etilganidek bajariladi;
g) o‘rtacha tebranishdan (ko‘lami 90° dan oshiq bo‘lmasin)
orqaga  siltanib  tos-son  bo‘g‘inidan  bukilish,  yakkacho‘p  ostida
to‘g‘rilanib, murabbiy yordamida gavdani yozib ko‘tarilish.
Oldinga aylanish (o‘ng oyoq bilan). 
Gimnastni yakkacho‘pga
minib tayanish holatidan o‘ng oyoqni mumkin qadar balandroq
ko‘tarib kerishadi va tosni oldinga yo‘naltiradi. Bunda chap oyoqning
soni yakkacho‘pga qattiq bosiladi. Shu holatdan oldinga harakat
boshlanadi va tana holati taxminan bosh pastga tushgunga qadar
saqlanadi. Bu holatda oyoqlar orasi qisqartiriladi  va qo‘l kaftlarini
o‘qqa  qo‘yib  aylanish  yakunlanishidan  oldin  aylanish  yo‘nalishi
bo‘yicha buriladi. Aylanish oyoqlarni keng yozish bilan yakunlanadi.
Orqaga aylanish (o‘ng oyoq oldinda) oldinga aylanishga o‘xshab
bajariladi, faqat teskari yo‘nalishda.


178
O‘rgatish
. Har ikki mashq ham yaxlit o‘rgatish usulida tushun-
tiriladi. Oldinga aylanishni o‘rgatishda murabbiy  yon tomonda
(masalan,  chap  tomonda)  va  orqada  turadi.  Orqaga  aylanishni
o‘rgatishda — yon tomonda va oldinda turadi.
Oldinga aylanishda murabbiy chap qo‘lini o‘q ostidan o‘tkazib,
talabaning  bilagidan teskari ushlaydi. Aylanishni boshlash bilan
murabbiy shug‘ullanuvchini chap qo‘li bilan aylantiradi, aylanish
tugashi bilan o‘ng qo‘li bilan belidan ushlaydi.
Orqaga aylanganda murabbiy o‘ng qo‘li bilan bilakdan ushlaydi,
chap qo‘li bilan esa mashq tugatilishidan oldin talabaning  ko‘k-
ragidan  ko‘taradi.
Òayanib orqaga aylanish.
 Gimnast tayanish holatidan qo‘llarni
biroz bukish orqali oldinga engashib, tos-son bo‘g‘inidan bukiladi,
keyin  keskin  to‘g‘rilanib,  qo‘llarini  to‘g‘rilab  yakkacho‘p  ustiga
ko‘tariladi (siltanadi). Òayanish holatiga erkin qaytib, sonlar bilan
yakkacho‘pga tegishi bilan tos-son bo‘g‘inidan biroz bukilib, boshni
orqaga yo‘naltiradi va shu holatni saqlagancha orqaga aylanadi. Butun
aylanish davomida tosni yakkacho‘pga yaqin ushlash juda muhimdir.
Aylanish tugashidan oldin kaft tayanch holatiga buriladi va tos-
son bo‘g‘inidan  juda tez to‘g‘rilanadi.
O‘rgatish
  (past  yakkacho‘pda):
a) tayanish holatidan qo‘llar bilan o‘qdan ushlagancha, orqaga
siltanib sakrab tushish;
b)  orqaga  siltanib,  tos-son  bo‘g‘inidan  biroz  bukilgancha
tayanish holatiga qaytish;
d) murabbiy yordamida aylanish. Murabbiy oldinda va chapda
turadi.
O‘ng  qo‘li  bilan  talabaning  chap  bilagidan  teskari  ushlaydi
(o‘q ostidan), chap qo‘li bilan sondan ushlab, orqaga siltanishga
yordam beradi, gimnast tayanish holatiga qaytgach, qo‘lini ichkariga
burib, shu qo‘li bilan tosni turnikka bosadi, shu bilan aylanishni
tugatishga yordam beradi.
Yoysimon siltanish
 (161-rasm). Òayanish holatidan oyoqlarni
oldinga, yakkacho‘p ostiga yo‘naltirib, tos-son bo‘g‘inidan biroz
bukilish  zarur  va  boshni  ko‘krakka  engashtirib,  tayanib  orqaga
aylanish uchun harakatni boshlash kerak. Orqaga aylanishdan farqli
o‘laroq, bu mashqda, mashq boshlanishidan oyoq uchlarini ko‘rib
turish  lozim.
Bosh  pastki  holatga  kelgandan  keyin  qo‘llar  orqaga,  bosh
orqasiga  ohista  yo‘naltiriladi  va  qomat  biroz  bukilgan  holatda


179
saqlanadi. Keyingi barcha harakatlar «Bukilib yozilib tebranish»
bo‘limida bayon etilganiga mos keladi.
Yoysimon  holatda  sakrab  tushish.
  Bosh  bilan  pastga  turish
holatigacha bo‘lgan harakatlar «Yoysimon siltanish» bo‘limida bayon
etilganiga to‘g‘ri keladi. Ammo yoysimon siltanishdan farqli o‘laroq,
tos-son bo‘g‘inidan oxirigacha to‘g‘rilanib, bosh orqaga engash-
tiriladi va yakkacho‘p qo‘yib  yuboriladi. Yerga tushishgacha bo‘lgan
uchish  holatida  qo‘llar  yuqoriga-tashqariga  ko‘tarilgan  bo‘lib,
qomat kerishgan holda ushlab turiladi.
O‘rgatish
  (past  yakkacho‘pda):
a)  tik  turib  osilish  holatidan  sakrab,  yoysimon  sakrab  tu-
shish (yordam bilan);
b) shuning  o‘zi, lekin yakkacho‘pda parallel holda undan 1 m
uzoqlikda  tortilgan  chizimcha  ustidan  bajarish.  Chizimchaning
balandligi  o‘zgartirib  boriladi:  dastlabki  urinishlarda  chizimcha
yakkacho‘pdan 30 sm pastda  bo‘ladi, navbatdagi urinishlarda esa
undan ham balandroq bo‘lishi mumkin;
d) tayanish holatidan chizimcha ustidan yoysimon sakrab yerga
tushish (yordam bilan).
Qayd etilgan barcha hollarda murabbiy, masalan, talabaning
chap tomonida, uning oldida turib yordam ko‘rsatadi. Murabbiy
o‘ng qo‘lini yakkacho‘p ostidan o‘tkazib talabaning chap bilagidan
teskari  ushlaydi,  chap  qo‘li  ichkariga  maksimal  burilgan  bo‘lib,
tosni yakkacho‘pga bosadi.
Agar yoysimon sakrab yerga tushish to‘liq o‘zlashtirib olingan
bo‘lsa, yoysimon siltanishni o‘rgatish oson bo‘ladi.
161-rasm.


180
11.2.2. Qo‘shpoyada bajariladigan mashqlar
Erkaklar  qo‘shpoyada  ko‘proq  tayanib,  tebranish  mashqlari
bajariladi. Osilish mashqlari yuqori  toifali sportchilar mashg‘ulotida
qo‘llaniladi.
Ko‘pkurashning bu turida yaxshi natijalarga erishishni istagan
gimnast qo‘shpoyada mashq bajarish uchun yakkacho‘pda  mashq
bajarishga nisbatan katta jismoniy kuchga ega bo‘lishi zarur (texnik
tayyorgarligi bir xil darajada bo‘lishidan qat’i nazar).
Qo‘shpoyani ushlash usullari
Osilishda:
a) tashqaridan — kaftning orqa tomoni va katta barmoq das-
taklarning tashqari tomonida joylashadi (masalan, qo‘shpoyaning
uchidan kuch bilan ko‘tarilganda, shuningdek, yuqori toifa mezon-
larda bajariladigan murakkab ko‘tarilishlarda);
b) ichkaridan — kaftlarning tashqari tomoni va katta barmoqlar
qo‘shpoya ichkarisida bir-biriga qaratilgan bo‘ladi.
Òayanishda oddiy ushlash, bu tayanishda bajariladigan mashq-
larda qo‘llaniladi. Gimnastika umumiy kursi dasturi uchun xosdir
(teskari ushlash kaftlardan birining orqa tomoni qo‘shpoya ichka-
risida bir-biriga qaratiladi).
Òayanish  va  osilishni  ketma-ket  bajarilganda  yuqorida  zikr
etilgan ushlash usullari biri ikkinchisiga almashadi.
«Keskin siltanish» deb nomlangan mashqlarning bajarish tex-
nikasi endi qo‘shpoyada qo‘llaniladi. U yakkacho‘pda bajariladigan
mashqlar texnikasiga batamom o‘xshashdir («Òebranish» bo‘limiga
qaralsin).  Qo‘shpoyada  bajariladigan  asosiy  mashqlar  quyida-
gilardir:
Òayanib  turib  tebranish.
  Orqaga  tebranganda  qomat  to‘g‘ri,
ammo biroz bukilgan holda tutiladi. Pastki tik holatda (asosiy kurs
mashqlari  uchun)  qomat  to‘g‘ri,  oldinga  tebranganda  —  to‘g‘ri
yoki ohista bukilgan bo‘ladi, ya’ni orqaga tebranish — tik holat —
oldinga tebranish fazalari xuddi yakkacho‘pdagidek takrorlanadi.
O‘rgatish:
  a)  to‘g‘ri  tebranish  ko‘rsatilgandan  keyin  talabalarga  shu
mashqni bajarish taklif qilinadi, har bir talabaga alohida-alohida
tushuntirib o‘tirmay, umumiy xatolarni ko‘rsatib o‘tish zarur;


181
b) oldinga va orqaga tebranishning to‘g‘ri holatlarini (sport-
chilarni  boldir-tovon  bo‘g‘inidan  ushlab)  bajartirib  ko‘rish;
d) har biriga yana bir bor mashqni bajarish taklif qilib, albatta,
xatolarini tuzatish;
e)  shu  mashqni  navbatdagi  har  bir  mashg‘ulotga  kiritish  va
talabalarning xatolarini tuzatib borish.
Qo‘llarda tayanib turib tebranish
. Pastki tik holatdan orqaga
tebranish, shuningdek, asosiy holatdan oldinga tebranish, umuman,
tebranishlarga o‘xshash bo‘ladi. Òebranish mashqlarini bajarishning
murakkabligi shundan iboratki, bunda, birinchidan, talaba yelkala-
rini  qo‘shpoya  dastaklari  ustida  ko‘tarishi  zarur  (ya’ni  ko‘krak-
o‘mrov bo‘g‘inini «tushib» ketishidan saqlash kerak), ikkinchidan
esa yelka bo‘g‘ini uchun yetarli harakatchanlikni ta’minlashi zarur.
O‘rgatish:
Òayanib tebranishni murabbiy yordamida oldinga va orqaga
bajarib ko‘rish lozim. Òalabalardan oldinga tebrangandek qo‘llarga
tayanishni,  akrobatikada  ko‘kraklarda  tik  turish  holatidan  o‘tib
bajarishni talab qilish zarur.
Oldinga siltanib sakrab tushish (o‘ng tomonga). 
Òayanib orqaga
tebranish holatidan pastga tushishda, tushish tezligini kuch bilan
sekinlatib, gavdani to‘g‘ri tutib vertikal holatga o‘tiladi. Òik holatdan
o‘tgandan keyin, tos-son bo‘g‘inida biroz bukilish kerak. Oldinga
tebranishning oxirgi holatidan oldinroq o‘ng qo‘l bilan qo‘shpoya
dastak otdan itarib yuboriladi, shu zahoti chap qo‘l bilan chap
dastakdan o‘ng tomonga itariladi va shu qo‘lni gavdadan uzoq-
lashtirish kerak bo‘ladi. Bu harakat o‘ng dastak ustidan o‘tishga
imkoniyat beradi. Dastak ustidan o‘tilgandan so‘ng chap qo‘l o‘ng
dastakni ushlaydi (shu paytda tana tayanchsiz holatda bo‘ladi). So‘ngra
sakrab tushiladi. Yerga mustahkam tushish uchun chap qo‘lni o‘ng
dastakdan qo‘yib yubormaslik kerak.
Oldinga siltanib (o‘ng tomonga) orqaga (chapga) burilib sakrab
yerga tushish
. Dastlabki barcha harakatlar bundan oldindagi sakrab
tushish harakatlariga o‘xshash bo‘ladi. O‘ng qo‘l bilan o‘ng dastak-
dan  itarib  yuborish  biroz  oldinroq  bajariladi,  chap  qo‘l  bilan
itarish esa shunday bajarilishi kerakki, u butun tanani uzunasiga
joylashgan o‘qi atrofida chapga aylanishga yordamlashsin. So‘ngra
tayanchsiz holatda uzunasiga joylashgan o‘q atrofida chapga aylanish
sodir bo‘ladi. Uning oxirida (tayanchsiz holat qisqa vaqt davom
etishi uchun imkoniyati boricha vaqtliroq) o‘ng qo‘li bilan o‘ng


182
dastakdan  ushlash  zarur.  O‘sha  dastakdan  ushlagancha  sakrab
tushiladi.
O‘rgatish.
 Oldinga tebranib burilmasdan sakrab tushish, odatda,
yaxlit o‘rgatish usuli bilan o‘rgatiladi va hech qanday yordamchi
mashqlar  talab  qilinmaydi  (agar  tebranish  allaqachon  o‘zlash-
tirilgan bo‘lsa). Oldinga tebranib (o‘ng tomonga) orqaga (chapga)
burilib sakrab tushishni quyidagicha o‘rgatish tavsiya qilinadi:
a)  oldinga  siltanganda  o‘ng  qo‘lni  vaqtliroq  qo‘yib  yuborib
(itarib yuborib) va uni yon tomonga cho‘zib sakrab tushish;
b) shuning o‘zini 90°ga burilib  (qo‘shpoyaga yuz tomon) sakrab
tushish. Chap qo‘l bilan chap dastakdan itarilgandan keyin, chap
qo‘l bilan o‘ng dastakdan ushlab olinadi va birozdan keyin shu
dastaklidan  o‘ng  qo‘l  bilan  ushlab  olinadi.  Dastakdan  ikki  qo‘l
bilan ushlagancha, sakrab tushiladi;
d) shuning o‘zini 180°ga burilib (qo‘shpoyada o‘ng tomonga)
sakrab tushish. O‘ng qo‘l bilan dastakni ushlagan zahotiyoq chap
qo‘lni qo‘yib yuborib, uni tezda chap tomonga uzatish kerak. O‘ng
qo‘l bilan dastakni ushlagancha va chap qo‘lni oldinga — tashqariga
ko‘tarib sakrab tushish zarur.
Òebranishda murabbiy talabadan orqada — o‘ng tomonda turadi.
O‘ng qo‘lni qo‘yib yuborgandan keyin, u gimnastni burilishga yor-
damlashish uchun o‘ng yonboshidan turtib yuboradi, keyin ikki
qo‘l bilan belidan ushlaydi (talabaga yuzi bilan turadi) va to‘g‘ri
yerga tushishga yordamlashadi.
Orqaga  tebranganda  sakrab  tushish  (o‘ng  tomonga).
  Oldinga
tebranishning oxirgi holatidan orqaga yetarli darajada balandroq
tebranish kerak (tebranishning pastligi hech bo‘lmaganda shunday
bo‘lishi kerakki, unda oyoq tovonlari yelka o‘qidan past bo‘lmasligi
lozim; maksimal balandlik esa chegaralanmaydi —  bu qo‘llarda tik
turish holati bo‘lishi ham mumkin). Orqaga tebranishning zarur
bo‘lgan balandligiga erishgandan so‘ng butun tanani o‘ng tomonga
yo‘naltirib, chap qo‘l bilan o‘ng dastakdan ushlash va shu zahoti
o‘ng qo‘lni yon tomonga uzatish va faqat chap qo‘lga tayanish
zarur. Qomatni  kerishgan holatda saqlagancha, chap qo‘l bilan
dastakdan ushlab sakrab yerga tushish lozim.
O‘rgatish.
 Sakrab tushish yaxlit o‘rgatiladi. Qayta takrorlash
jarayonida  talabalar  diqqatini  qo‘l  bilan  tayanish  fazalarini
takrorlash izchilligiga qaratish kerak: ikki yog‘ochda ikki qo‘l bilan
o‘ng dastakda ikki qo‘l bilan (imkoniyati boricha qisqa muddatli)


183
o‘ng dastakda bir qo‘l bilan tayanib turish, o‘ng qo‘lni yon tomonga
uzatish.
Qo‘llarda tayanish holatidan gavdani yozib ko‘tarish
. Orqaga
tebranishning oxirgi holatidan oldinga tebranib kuraklarda tik turishga
o‘xshagan holatdan qo‘llarda bukilib tayanish holatiga kelishi kerak.
Òos-son bo‘g‘inidan keskin rostlanish lozim. Xuddi shunday tezlikda
rostlanishni to‘xtatib (oyoqlarni to‘xtatib) va qo‘llarni to‘g‘rilash
uchun tirsak bo‘g‘inini taranglashtirish zarur. Oyoqlar harakatining
to‘xtalishi gavdaning ko‘tarilishiga yordamlashadi va butun gavdani,
tanani  oyoqlarni  ushlash  nuqtasidan  o‘tadigan  o‘q  atrofida
aylanishga  majbur  qiladi.  Natijada  gimnast  qo‘llarda  tayanish
holatidan uchish holatiga chiqadi.
O‘rgatish.
 Yordamchi mashqlar orqali o‘rgatish tavsiya qilinadi:
a) polda (to‘shakda, gilamda): qo‘llar polda, ko‘kraklarda tik
turish  holatidan  yelkada  yotib  bukilib  tayanish,  so‘ngra  tos-son
bo‘g‘inidan to‘g‘rilanib, keyinchalik oyoqlar harakatini to‘xtatib
o‘tirish holatini qabul qilish;
b) qo‘shpoyada qo‘llarda bukilib tayanish holatidan gavdani
yozib  oyoqlarni  kerib  o‘tirish  holatiga  ko‘tarilish;  navbatdagi
urinishlarda yelkalarning sonlarni dastaklarga tegishidan oldinroq
qo‘shpoya ustida ko‘tarilishiga e’tibor berish lozim;
d)  murabbiy  yordamida  gavdani  yozib  tayanish;  murabbiy
talabaning o‘ng tomonida turadi va uni qo‘shpoya ostidan o‘ng
qo‘li bilan tosi ostidan, chap qo‘li bilan esa, ko‘kraklari ostidan
ushlab turadi. Òayanish holatiga ko‘tarilgandan so‘ng tos ostidan
ushlash  zarur.
Oldinga  tebranganda  ko‘tarilish
  (162-rasm).  Orqaga  tebra-
nishning oxirgi holatini, tik holatini o‘tgandan so‘ng tos-son bo‘g‘i-
nidan  yengil  bukilib,  shu  holatda  tovonlarni  dastaklar  bilan
162-rasm.


184
tenglashtirish kerak. Òos-son bo‘g‘inidan tez to‘g‘rilab, tosni yuqo-
riga yo‘naltirish lozim. So‘ngra shu holatda tez bukilish kerak.  Bu
so‘nggi harakat tananing o‘rta qismlari (son, tos, bel) olgan tez-
lanishini tovonlar va yelkalarga qayta taqsimlashga va tosning biroz
pastga tushishi hisobiga sportchining tayanish holatiga o‘tishiga imkon
beradi.
O‘rgatish. 
Mashq yaxlit usulda o‘rgatiladi:
a)  talabaga  uning  oldida  turib,  boldir-tovon  bo‘g‘inlaridan
qo‘shpoya  tengligida  ushlab  turgan  talaba  yordamida  tos-son
bo‘g‘inidan  to‘g‘rilanish  va  keyinchalik  yana  bukilishni  bajarib
ko‘rishni taklif qilamiz;
b)  talabaning  tos  va  yelkasidan  ushlab  turgan  murabbiy
yordamida oldinga siltanib ko‘targan holda oyoqlarni kerib o‘tirishi;
d) o‘qituvchi yordamida «to‘lig‘icha» ko‘tarilish. O‘qituvchi
o‘ng yoki chap tomonda turadi va talabani tosi hamda yelkalaridan
(shunga muvofiq o‘ng va chap qo‘li bilan) ushlab turadi.
Orqaga tebranganda ko‘tarilish
 (163-rasm). Qo‘llarda bukilib
tayanish  holatidan  tos-son  bo‘g‘inidan  to‘g‘rilanib,  tovonlarni
oldinga-yuqoriga yo‘naltirish kerak. Rostlanish bilan birga qo‘llarni
tirsak  bo‘g‘inida  bukkancha  yelkalarni  qo‘l  ushlagan  joyga
yaqinlashtirish lozim. Òananing tos-son bo‘g‘inidan biroz bukkan
holatini saqlab turib, oldinga faol tebranishni boshlash kerak. Òik
holatda to‘g‘rilanib, undan o‘tgach, kerishish zarur. Oyoq uchlari
qo‘shpoyadan balandroq ko‘tarilgandan keyin qo‘llarni to‘g‘rilashni
boshlash  kerak. Bu  to‘g‘rilanish  harakatining  tezligi  tovonlar
163-rasm.


185
tezligidan oshmasligi va tana qismlarining qo‘shpoya dastaklaridan
ilgarilab  ko‘tarilishini  ta’minlashi  lozim.  Qo‘llarning  oxirigacha
to‘g‘rilanishi tovon harakatining to‘xtashiga to‘g‘ri kelishi kerak.
O‘rgatish.
 O‘ziga xos harakat vazifalarini hal qilish usuli mash-
g‘ulotning ketma-ket bajarilishini tavsiya qiladi:
a) tirsaklarga tayanib, orqaga siltanib ko‘tarilish;
b) qo‘llarga tayanib tebranishdan oldinga siltanib, yelkalarni
qo‘llar ushlagan joyga yaqinlashtirish;  shuning o‘zini qo‘llarda bu-
kilib tayanish holatida bajarish; har ikki mashqni bajarganda ham
qo‘shpoya ustidan qo‘llar sirpanmasligini va ularni tezroq tirsakda
bukish tavsiya  qilinadi;
d) murabbiy yordamida siltanib ko‘tarilish. U yon tomonda
turib,  avval  bir  qo‘li  bilan,  keyinchalik  ikki  qo‘li  bilan  talabani
sonidan  ko‘taradi.
Oyoqlarni kerib o‘tirish holatidan yelkalarda tik turish. Qo‘llarni
sonlarga yaqinroq ushlash, yelkalarni oldinga engashtirish va qo‘llarni
bukib, kuch bilan gavdani qo‘shpoya dastaklaridan ko‘tarish kerak.
Gavda tik holatga kelgandan keyin yelkalarni qo‘shpoya dastaklariga
tushirib,  tirsaklar yon tomonlarga uzatiladi. Òos-son bo‘g‘inidan
to‘g‘rilanib,  oyoqlar  juftlashtiriladi.
O‘rgatish.
 Agar murabbiy talabalardan chap tomonda tursa,
sonlar qo‘shpoya  dastaklaridan yuqori ko‘tarilgan paytda, u o‘ng
qo‘l  bilan  talabaning  qornidan  ko‘tarib  yordamlashishi,  talaba
yelkasi bilan yiqilmasligi uchun  chap qo‘lini beliga qo‘yib, qo‘sh-
poya dastagi ustidan ushlashi zarur.
Burchak hosil qilib, tayanish holatidan yelkalarda tik turish.
 Bu
mashqni  bajarish  oldingi  mashqni  bajarishga  nisbatan  ko‘proq
jismoniy kuch talab qiladi. Barcha qolgan statik hollarda mashqlarni
bajarish bunga o‘xshashdir.
O‘rgatish.
 Mashqlarni o‘rgatishda ehtiyot bilan yordamlashish
oldingi mashqlarni o‘rgatishdek bo‘ladi.
Yelkada tik turish holatidan oldinga umbaloq oshib, oyoqlarni
kerib o‘tirish
. Boshni oldinga engashtirib, oyoqlarni imkon boricha
tezroq ko‘rishga harakat qilib, tos-son bo‘g‘inidan bukish kerak.
Bukilib yelkalarda tik turish holatiga kelib, shu holatda muvozanat
saqlanadi, qo‘llarni tez oldinga almashtirib ushlab, bukilib tayanish
holati saqlanadi. Imkoni boricha, oyoqlarni kengroq kerib, oldinga
dumalab oyoqlarni kerib o‘tiriladi.
O‘rgatish. 
Murabbiy talabaning yon tomonida turib, bir qo‘li
bilan tos ostidan, ikkinchi qo‘li bilan bo‘yin ostidan (qo‘shpoya


186
ostidan) ushlash yordamida bukilib, yelkalarga tayanishga ko‘mak-
lashadi. Qo‘llarni almashtirib ushlab bukilib tayanish, oyoqlarni
kerib o‘tirish holatiga dumalaganda tos va ko‘kraklar ostidan ushlab
turish  mumkin.
Siltanib  yelkada  tik  turish
  (164-rasm).  Bu  mashqni  bajarish
uchun  orqaga  yelkalardan  balandroq  siltana  olish  kerak.  Shu
balandlikda tebrangandan so‘ng, qo‘llarni ohista bukish lozim.
Yelkalar qo‘shpoya balandligi tengligiga yetishi bilanoq tirsak-
larni yon tomonga yozish zarur. Orqaga tebranganda tovonlar yetarli
balandlikka  yetmasdanoq  qo‘llarni  erta  bukib  yuboriladi  —  bu,
ko‘pincha, yo‘l qo‘yiladigan xatodir.
O‘rgatish. 
Murabbiy  talabaning yon tomonida turib, bir qo‘li
bilan son ostidan (qo‘shpoya dastagi ustidan), ikkinchi qo‘li bilan
talabaning orqasidan ushlaydi.
11.2.3. Halqada bajariladigan mashqlar
Halqalar  boshqa  gimnastika  jihozlaridan  farqi  ular  osilgan
bo‘ladi va tebranib turadi. Halqada tebranish mashqlari bajarilganda
gimnastning og‘irlik markazi halqalarning osma nuqtasidan o‘ta-
digan tik yuzalik bo‘yicha siljiydi. Bunda tananing har qanday nuqta-
lari parabolaga o‘xshash egri chiziqlarni hosil qiladi, chunki hara-
katchan halqalar tebranishga teskari yo‘nalishda old-orqa yuzalikda
harakatlanadi.
Og‘irlik  markazining  bunday  harakatlanishi  halqada  mashq
bajarishning yana bir xususiyatidan dalolat beradi. Yuqorigi holatdan
pastki tik holatga tushish (erkin tushish)da og‘irlik markazi pastga
harakatlana borib, pastki vertikaldan o‘tayotganda, amalda juda
tez, harakat yo‘nalishini qarama-qarshi yo‘nalishga o‘zgartiradi.
164-rasm.


187
Bu  hol  yakkacho‘pda  mashqlar  bajarishga  nisbatan  kaft  va
barmoqlarning  qisqartiruvchi  mushaklariga  yuklama  kuchini  bir
necha bor oshiradigan kuchli siltanish sifatida seziladi. Shuning
uchun  halqada  tebranganda  tik  holatdan  uzilib  ketish  ehtimoli
yakkacho‘pga nisbatan bir qancha ko‘proq bo‘ladi.
Kuch  talab  qiladigan  mashqlar  bu  jihozda  yana  ham  katta
jismoniy  kuchni  talab  qiladi,  chunki  UOM  (umumiy  og‘irlik
markazi)ning  vertikaldan  biroz  siljishi  ham  gimnast  harakatiga
noaniqlik kiritadi.
Halqada tebranish mashqlari kamroq kuch ishlatish harakat-
larini aniqroq bajarishni talab qiladi. Bu mashqlarda og‘irlik markazi,
ayniqsa,  tebranishlarning  oxirgi  nuqtalarida  vertikaldan  ko‘proq
siljiydi.  Gimnast  mashq  bajarish  davomida  hech  qachon  oxirgi
holatdan tashqari, muvozanat holatida bo‘lmaydi. Shuning uchun
uning noaniq harakatlari mashqni umuman bajara olmaslikka olib
keladi. Gimnast shunday harakat qilishi kerakki, uning mashqni
bajarishga qaratilgan barcha harakatlari mashq oxirida uni muvozanat
holatiga olib kelsin. Muvozanat holati barcha vaziyatlarda shunday
bo‘lishi kerakki, bunda UOM ham, tayanch nuqtasi ham halqalar
osilgan nuqtadan tushirilgan bir vertikalda joylashsin.
Halqada bajariladigan asosiy mashqlar
Òebranish
. Halqada mashqlar bajarishni o‘rgatish tebranishdan
boshlanadi,  chunki  to‘g‘ri  tebrana  olish  halqada  bajariladigan
ko‘pchilik mashqlarning muhim texnik qismidir. Òebranish bilan
bir  vaqtda  bukilib  osilish,  kerishib  osilish  kabi  holatlar  ham
o‘rgatiladi. Bir darsning o‘zida past halqada tayanish holatida mashq
qilishga  ham  ozroq  vaqt  ajratish  lozim.  Talabalarga  quyidagi
mashqlarni bajarishni tavsiya qilish mumkin:
1. Sakrab chiqib, tayanib oyoqlarni oldinga va orqaga siltash.
2. Sakrab chiqib tayanib, burchak hosil qilish (talabalarning
halqada  burchak  hosil  qilishdan  oldin  boshqa  jihozlarda  bajar-
ganliklari nazarda tutiladi).
3. Òayanish holatida tebranib, oldinga siltanib, orqaga tashlanib,
bukilib osilish.
4. Burchak hosil qilib tayanish holatidan oldinga bukilib osilish
holatiga tushish.
Osilish holatida tebranib oldinga siltanganda, tananing holati
qanday  bo‘lishi  to‘g‘risida  to‘g‘ri  tasavvur  hosil  qildirish  uchun


188
quyidagi usul tavsiya qilinadi:  past halqada osilgan holatda gimnast
biror  tayanch  nuqtasiga,  masalan,  murabbiy  stul  orqasida  shu-
g‘ullanuvchiga yuz tomoni bilan turadi, u murabbiyning yelkasiga
tovonlari bilan tayanadi. Shu holatda gimnastga gavdani tos-son
bo‘g‘inidan biroz bukkan va boshni oldinga engashtirgan holni saqlab,
bir necha marta qo‘llarini orqaga, bosh orqasiga yo‘naltirish tavsiya
qilinadi.  Shundan  keyin  bu  harakatlarni  oldinga  tebranganda
tayanmasdan, baland halqada bajarish taklif etiladi.
Navbatdagi mashg‘ulotlarda tebranish mashqlarini bajarganda,
oldinga tebranganda bukilish, orqaga tebranganda bukilish, oldinga
tebranganda sakrab tushish va orqaga tebranganda sakrab tushish
kabi  mashqlar  bilan  qo‘shib  bajarish  tavsiya  qilinadi.  Ayniqsa,
diqqatni oldinga tebranishda bukilmasdan kerilib osilishni bajara
olishga  qaratish  lozim.  Bu  mashq  nazorat  mashqi  hisoblanib,
talabalarning tebranish mashqlarini yuqori saviyada o‘zlashtirgani
to‘g‘risida ishonch hosil qilishga imkoniyat beradi. Bukilmasdan
kerilib  osilishni  faqat  tebranishdan  keyingina  bajarmasdan,
shuningdek, orqaga tebranganda qo‘llarni to‘g‘rilashdan keyin yoki
qo‘llarni bukib osilishdan oldinga tebrangandan keyin ham bajarish
zarur.
Oldinga yelkadan aylanib bukilib osilish
 (165-rasm). Bu mashqni
quyidagi  yordamchi  mashqlardan  foydalanib  o‘rgatish  tavsiya
etiladi:
165-rasm.


189
1.  Oldinga  engashib,  qo‘llarni  mushtlab  yuqoriga  uzatgan
holatdan kaftlarni katta barmoqlar bilan ichkariga va keyinchalik
pastga  burib  (mushtlarni  pronatsiya  qilib)  qo‘llar  yon  tomonga
uzatiladi va so‘ng boshni oldinga engashtirish bilan birga tos-son
bo‘g‘inida  yanada  ko‘proq  egilib,  qo‘llar  sonlarga  olib  kelinadi.
Qo‘llarni yon tomongacha borishiga e’tibor qaratish zarur. Oldin
bu mashqni  2—3 marta sekinroq bajarish tavsiya qilinadi.
2. Dastlabki holat ilgarigidek, faqat halqalar yelka balandligida
ushlab turiladi. Shu mashqni qo‘llarni yelkadan aylantirib, tik turib
orqada osilish holatida yakunlash.
3. D.h. bir oyoqda muvozanat saqlab, qo‘llar yuqoriga, past
halqalarda qo‘llar bilan ushlab turiladi. Osilgan oyoq bilan siltanib
va tayanch oyoq bilan depsinib, qo‘l va bosh bilan shunga muvofiq
harakatlar bajarib, bukilib osilish holatiga kelish.
Mazkur  mashqlarni  o‘zlashtirgandan  keyin  baland  halqada
murabbiy yordamida yelkadan aylanishni bajarishga o‘tish mumkin.
Dastlabki urinishlarda murabbiy shug‘ullanuvchining yon tomonida
turadi va sonlaridan (boldirdan emas) ko‘tarib yordamlashadi. Shuni
nazarda tutish kerakki, bu urinishlarda son ostidan turtib yuborish
emas, balki gimnastni oyoq harakatlari bo‘yicha aynan ko‘tarish kerak.
Yoysimon sakrab tushish.
 Bunday sakrab tushishni o‘rganish
uchun quyidagi mashqlardan foydalanish zarur. Past halqalarda
bukilib  osilish  holatidan  tos-son  bo‘g‘inidan  yuqoriga  keskin
yozilib, bukilmagan qo‘llar bilan halqalarga bosgancha kuch bilan
qo‘llarni yuqoriga — yon tomonga yo‘naltirish kerak. Bu harakat
shug‘ullanuvchilarda tanaga qanday kuch berish hisobiga yuqoriga
yoysimon harakatlanishi to‘g‘risida tasavvur hosil qildirish uchun
zarurdir. Bu holda qo‘llarni bukish va tortish  xatodir, buning oldini
olish kerak. Bir yo‘la 2—3 urinishdan keyin sakrab tushishni, al-
batta, o‘qituvchining yordami va muhofaza qilishi bilan o‘rtacha
balandlikdagi halqalarda o‘rgatishga o‘tish mumkin. U yon tomonda
turib, gimnastni bir qo‘li bilan belidan ushlaydi va gimnast oldinga
yiqilgudek bo‘lsa, ikkinchi qo‘lini uning ko‘kragidan ushlab qolishga
tayyor  turadi.
Yelkalardan orqaga aylanib sakrab tushish
 (166-rasm). Yelkadan
orqaga  aylanib  sakrab  tushishni  o‘rgatishga  kirishishdan  oldin
shug‘ullanuvchilar gimnastika to‘shaklarida yelkadan orqaga kerilib,
umbaloq  oshishni  bilib  olishlari  lozim.  Bu  akrobatika  elementi
yelkadan aylanib sakrab tushishda gavda va oyoq harakatlari to‘g‘risida
tasavvur  hosil  qiladi.


190
Yelkalardan orqaga aylanib sakrab tushishni o‘rganishdan oldin
quyidagi mashqlarni bajarish zarur:
1.  D.h.  bukilib  tik  turib,  qo‘llar  orqaga,  barmoqlar  musht-
langan, qo‘llarning bosh barmog‘ini tashqariga burib, ularni yon
tomonga va keyinchalik oldinga uzatish. Shuning bilan birga, tos-
son bo‘g‘inidan to‘g‘rilanib, bosh orqaga engashtiriladi (qo‘llarga
qaraladi). Mashq sekin bajariladi.
2. Shuning o‘zini past halqalardan ushlab bajarish.
3. Shuning o‘zini bir oyoqda tik turib, ikkinchisini biroz orqaga
uzatib oyoq uchini polga tekkizgan holda bajarish: erkin turgan
oyoq bilan orqaga kerilib, qo‘llar va bosh bilan muvofiq harakat-
lanib, mashqni qo‘llarni yuqoriga uzatib, oyoq barmoqlarida turib
muvozanat  saqlash («qaldirg‘och») holatida yakunlash.
4.  Past  halqalarda  bukilib  osilish  holatidan  (yordam  bilan)
tos-son bo‘g‘inidan yuqoriga va biroz orqaga keskin yozilib, to‘g‘ri
qo‘llar yon tomonga uzatiladi; halqalarga bosgancha, butun gavdani
yuqori holatga ko‘tarishga harakat qilish kerak. Mashq bir yo‘la
2—3 marta bajariladi.
5. Past halqalarda bukilib osilish holatidan o‘qituvchi yordamida
yelkalardan orqaga aylanishni  bajarish. O‘qituvchi  yon tomonda
turib, bir qo‘li bilan talabaning soni ostidan ushlaydi, ikkinchi qo‘li
bilan esa talabani butun gavdasini yuqoriga ko‘tarish uchun yelka-
laridan  ko‘taradi.
6.  Bukilib  osilish  holatidan  o‘qituvchi  yordamida  sakrab
tushishni yaxlit bajarish. O‘qituvchi talabaning yon tomonida turadi
va 5-bandda ko‘rsatilgandek harakat qiladi, lekin yordam bergandan
keyin talaba halqalarni erta qo‘yib yuborganda yiqilishidan saqlab
qolish uchun bir qo‘lini yelkalardan ko‘krak ostiga o‘tkazadi.
Kuch bilan ko‘tarilish.
 Òalabalar halqalarda tayanish malakasini
o‘zlashtirganidan so‘ng, «chuqur» ushlab kuch bilan ko‘tarilishga
166-rasm.


191
o‘rgatiladi. Bunda gimnastlar yakkacho‘pda, halqada bir necha bor
tortilishni bajara oladigan bo‘lib qoladilar.
Bundan tashqari, talabalarga qo‘l mushaklarining kuchini rivoj-
lantiruvchi  mashqlar  berish  lozim:
1. Polda yotib tayanish holatida qo‘llarni bukish va to‘g‘rilash.
2. Qo‘shpoya va halqalarda tayangan holatda qo‘llarni bukish va
to‘g‘rilash.
Shu mashqlarni o‘zlashtirib olgandan so‘ng halqada kuch bilan
ko‘tarilishni bajarishga kirishish mumkin.
O‘rgatish. 
Ko‘tarilishni past (yelka balandligidagi) halqada baja-
rishdan  boshlash  kerak.  Dastlabki  urinishlar  bukilgan  qo‘llarda
tayanish holatiga chiqishga imkon yaratadigan darajada oyoqlar
bilan ohista depsinib bajariladi. So‘ngra shuning o‘zini oyoqlar bilan
depsinmay bajarish tavsiya etiladi. Navbatdagi urinishlarda halqalar,
talabani polda tik turib, to‘g‘ri qo‘llari bilan «chuqur» ushlash im-
koniyatini beradigan balandlikka ko‘tariladi. Bunda talabani osilish
holatidan  bukilgan  qo‘llarda  tayanishga  ko‘tarilishi  paytida  uni
belidan  ushlab,  yordamlashish zarur  bo‘ladi.  Doimo  qo‘llarning
to‘g‘ri turishi holatiga e’tibor berish lozim.
 11.2.4. Dastakli otda bajariladigan mashqlar
Dastakli ot (siltanish va aylantirishlar uchun) haqqoniy ravish-
da erkaklar gimnastika ko‘pkurashining eng murakkab turlaridan
biri hisoblanadi. Dastakli otda bajariladigan mashqlarning xususiyati
quyidagilardan  iborat:
1) dastakli otda bajariladigan barcha mashqlar tayanib baja-
riladi, bu esa yelka bo‘g‘ini va tananing yuqori qismlaridan katta
kuch sarflashni talab qiladi;
2) dastakli otda bajariladigan mashqlar bir qo‘lda tayanish va
ikki  qo‘lda  tayanish  fazalarining  ketma-ket  almashinishi  bilan
bog‘liq, bunday takrorlanish muvozanat saqlash shartini qiyinlash-
tiradi,  chunki  tananing  doimo  harakatlanib  turadigan  UOMni
goh  katta,  goh  nisbatan  kichik  tayanish  maydoni  ustida  ushlab
turish zarurati tug‘iladi. Bu gimnastika asosiy kursida qo‘llaniladigan
oddiy mashqlarni bajarishda harakatlarni yaxshi muvofiqlashtirishni
talab qiladi;
3) dastakli otda siltanishlarda asosiy harakatlar (asosiy kursda
o‘rganiladigan) frontal yuzalikda sodir bo‘ladi.


192
Dastakli  otda  quyidagi  ushlash  usullaridan  foydalaniladi
(qo‘shpoyada tayanishda ushlash usullariga  o‘xshash):
a)  oddiy  ushlash;
b) bir qo‘l bilan teskari ushlash («Qo‘shpoyada tayanib ushlash
usullari»ga qarang).
Asosiy mashqlar
Òayanish holatidan bir tomonlama ichkariga va orqaga siltanib
o‘tish (o‘ng oyoq bilan o‘ng tomonga)
 (167-rasm). O‘ng tomonga
siltanishda ikkala oyoq oxirgi holatga yetishi  bilanoq, o‘ng oyoq yon
167-rasm.
tomonga  yuqoriga (o‘ng yelka balandlikkacha) yo‘naltiriladi. Bunda
butun gavdani chap tomonga ko‘chirish kerak, toki o‘ng qo‘lni
dastadan qo‘yib yuborish mumkin bo‘lsin. Qo‘lni qo‘yib yuborib,
o‘ng oyoq oldinga dastakli ot ustidan siltanib o‘tiladi va iloji boricha
tezroq  o‘ng  qo‘lni  o‘ng  sondan  oshirib  o‘tib,  yana  qaytib  o‘ng
dastadan ushlash kerak. Ikki qo‘l bilan tayanish fazasida oyoqlar
bilan  chap  tomonga  siltaniladi,  asosiy  diqqat  chap  oyoq  bilan
siltanishga qaratiladi (uni chap tomonga chap yelka balandligigacha
ko‘tarish lozim). Chap oyoqni tushirayotib, u bilan o‘ng tomonga
dastakli ot balandligida siltaniladi va o‘ng qo‘lni qo‘yib yuborib,
o‘ng oyoqni dastakli ot ustidan siltab o‘tib, dastadan qayta ushlanadi.
Shu  holatdan  chap  tomonga  siltanish  boshlanadi  va  shunga
o‘xshagan holda chap oyoq bilan oldinga siltanib o‘tiladi.
O‘rgatish.
 Yaxlit o‘rgatish usuli vositasida olib boriladi. Oldinga
siltanib o‘tishda o‘qituvchiga talabani o‘ng soni ostidan, ikki qo‘l
bilan  tayanib  chap  tomonga  siltanishda  esa  chap  son  ostidan
ko‘tarish tavsiya qilinadi.
Oyoqlarni kerib tayanishdan teskari yo‘nalishda siltanib o‘tish
(o‘ng oyoq bilan chap tomonga siltanib o‘tish). Dastakli otni minib,
tayanishdan chap tomonga siltaniladi (oldingi mashqqa qaralsin)
va  chap  qo‘lni  og‘irlikdan  bo‘shatish  uchun  butun  tana  o‘ng
tomonga yo‘naltiriladi. Chap dastani qo‘yib yuborib, uning ustidan


193
o‘ng oyoq oshirib o‘tiladi va shu zahotiyoq dastadan ushlab olinadi.
Buni iloji boricha tez, toki chap oyoq o‘zining oxirgi holati (yelka
balandligi)dan pastga tushib ketmasdan oldin bajarilsin.
O‘rgatish.
 O‘qituvchi talabaning orqasida turib, uni o‘ng oyog‘i
bilan orqaga siltanish vaqtida chap oyoqni imkoni boricha chap
tomonga  balandroq  ko‘tarishi  uchun  uni  chap  soni  ostidan
ko‘taradi. O‘rgatishni quyidagi tartibda olib borish tavsiya qilinadi:
a) o‘qituvchi yordamida 1—2 marta  chap tomonga siltangandan
keyin,  o‘ng  oyoq  bilan  chap  tomonga  siltanib  o‘tib,  o‘ng  oyoq
bilan orqaga sakrab tushish;
b) shu mashqning o‘zi faqat tayanish holatida;
d) «a» mashqni o‘qituvchi yordamisiz bajarish;
e) siltanib o‘tib  tayanish holatida qolishni mustaqil bajarish.
Òayanish  holatidan  bir  oyoqni  bir  tomonlama  aylantirishlar
(o‘ng oyoqni o‘ng tomonga aylantirish) (168-rasm).  Bu aylantirish
ikki siltanib o‘tishdan: bir oyoqni oldinda tutib tayanishdan bir
tomonlama ichkariga va teskari yo‘nalishda siltanib o‘tishni birgalikda
bajarishdan iborat. Shuning uchun o‘ng tomonga aylantirish, o‘ng
oyoqni ichkariga va shu oyoqni chap tomonga siltab o‘tishni  (qo‘-
shimcha siltanmasdan) bajarish. O‘rgatish yuqorida qayd etilgandek
bo‘ladi:
a) o‘qituvchi yordamida tayanib, o‘ng oyoqni o‘ng tomonga
aylantirib sakrab tushish;
b) «a» mashqining o‘zi, faqat tayanish holatida qolish;
d) «a» mashqining o‘zi, faqat mustaqil bajariladi;
e) o‘ng oyoqni o‘ng tomonga mustaqil aylantirish.
Chapga to‘g‘ri chalishtirish
 (169-rasm). Bu mashq ham chap
va  o‘ng  bilan  bir  vaqtda  bajariladigan  ikki  siltanib  o‘tishning
birikmasidan  iborat:  bir  oyoqni  oldinga  tutib  tayanishdan  chap
168-rasm.


194
tomonga siltanishda o‘ng oyoq bilan chap tomonga siltanib o‘tiladi
va shu bilan bir vaqtda chap oyoq bilan ichkariga siltanib o‘tiladi.
O‘rgatish.
 Zarur siltanib o‘tishlar o‘zlashtirib olingandan so‘ng
yaxlit usul bilan o‘rgatish tavsiya qilinadi. O‘qituvchining yordami
bir  tomonlama  aylantirishni  o‘rgatishdagidek  bo‘ladi,  sakrab
tushishni bajarish bundan mustasnodir.
Bir oyoqni oldinda tutib tayanishdan bir tomonga siltanib o‘tishlar
(o‘ng  oyoq  bilan  oldinga  siltanib  o‘tib,  orqadan  tayanish). 
O‘ng
oyoqni orqada tutib yog‘och otga minib tayanishdan o‘ng tomonga
siltanish lozim. Òana og‘irligini chap qo‘lga o‘tkazib, o‘ng dasta
qo‘yib yuboriladi va o‘ng oyoqni oldinga o‘tkazib, o‘ng qo‘l bilan
shu dastadan qayta ushlab olinadi. O‘ng oyoq bilan oldinga siltanib
o‘tib tosni oldinga yo‘naltirish va o‘ng qo‘l bilan o‘ng dastadan
iloji boricha tez qayta ushlash bilan bir vaqtda bajarilishi muhimdir.
Bu qayta ushlash doimo juda qisqa bo‘lishi lozim.
O‘rgatish. 
Yaxlit usul bilan olib boriladi. O‘qituvchiga orqadan
turib (yog‘och ot orqasidan) qo‘lni qayta ushlash va siltanib o‘tish
vaqtida gimnastni belidan ushlab «kuzatish» tavsiya qilinadi.
Orqaga tayanish holatidan burchak yasab, chapga-orqaga sakrab
tushish
. Odatda, chap oyoqni oldinda tutib tayanish holatidan bir
oyoqni (masalan, o‘ng oyoqni) siltab o‘tishdan keyin bajariladi.
O‘ng oyoqni oldinga siltab o‘tish «Bir oyoqni oldinda tutib tayanish
holatidan bir tomonlama siltanib o‘tishlar» bo‘limida bayon etil-
ganidek bajariladi. O‘ng qo‘lni dastaga qo‘ygandan keyin, o‘ng oyoq
bilan  gorizontal  yuzalikda  o‘ng  tomondan  chapga  siltaniladi,
oyoqlar  imkoni  boricha  erta  jiðslashtiriladi,  gimnast  qo‘li  bilan
yog‘och otning chap dastasidan orqaga bel tomonga itarib yuborib,
muvozanatini yo‘qotadi. Muvozanatning bunday yo‘qotilishi unga
ikki oyog‘ini chap dasta ustidan o‘tkazishga va shuning bilan 90° ga
burilishga imkon beradi. Mashq to‘g‘ri bajarilganda gimnastika jihoziga
169-rasm.


195
o‘ng yon bilan sakrab tushgandan keyin o‘ng dasta gimnastdan
biroz oldinda bo‘ladi.
O‘rgatish
 yaxlit o‘rgatish usuli vositasida olib boriladi, o‘qi-
tuvchi orqadan turib, ikki qo‘li bilan gimnastning belidan ushlab
(ayrim hollarda yelkasidan ham ushlaydi) yordam ko‘rsatishi zarur.
Quyidagi tartibda o‘rgatish tavsiya qilinadi:
a) o‘qituvchi yordamida orqaga tayanish holatidan  burchak
yasab, chapga orqaga sakrab tushish;
b) «a» mashqining o‘zi,  faqat dastlab oyoqlarni o‘ng tomonga
uzatib,  mustaqil  bajariladi;
d) o‘qituvchi yordamida chap oyoqni oldinga uzatib tayanish
holatidan o‘ng oyoqni oldinga siltab o‘tib, burchak hosil qilib chapga
sakrab tushish;
e) «d» mashqini mustaqil bajarish.
11.2.5. Past-baland qo‘shpoyada bajariladigan mashqlar
Sport jihozlarining tuzilishi asosiy va sport gimnastikasining
turli-tuman mashqlarini bajarish imkonini beradi.
Hozirgi  zamon  sport  gimnastikasining  baland-past  qo‘sh-
poyadagi mashqlari, asosan, ayollar uchun tebranish mashqlaridan
tashkil  topgan  dinamik  mashqlar  to‘plamidan  tashkil  topgan
mashqlarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Bu elementlar aylanishlar,
burilishlar,  osilish  holatidan  tayanishga  o‘tish  va  yana  osilishga
qaytishlar hamda qo‘shpoyaning bir yog‘ochidan ikkinchisiga shitob
bilan tasodifiy va murakkab uchib o‘tishlar bilan o‘zaro birikkandir.
Mashqlar  to‘plamlarida  uchraydigan  statik  mashqlar  mustaqil
ahamiyatga ega bo‘lmasdan, birikmalardagi mashqlarning o‘tkinchi
fazasi bo‘lib xizmat qiladi. Mashqlar o‘rgatishning boshlang‘ich
bosqichlarida  statik  elementlar  va  shuningdek, osilish  hamda
tayanishlarda ijro etiladigan eng oddiy tebranish mashqlari baland-
past qo‘shpoya uchun muhim o‘quv materiali hisoblanadi.
Mashqlarning tebranma ifodasi harakatlanish kuchidan to‘g‘ri
foydalanishi, harakatning zarur paytida esa jismoniy kuch ishlatishni
talab qiladi.
Baland-past  qo‘shpoyada  mashq  bajarishni  muvaffaqiyatli
o‘zlashtirishning muhim sharti maxsus jismoniy sifatlarni: egiluv-
chanlik  (yelka, tos-son  bo‘g‘inlari, umurtqa pog‘onasining bel va
ko‘krak qismlari harakatchanligi)ni, yelka va tos-son bo‘g‘inlarini
qoplab olgan mushaklarining tezkorlik kuchini, chidamkorlik va


196
chaqqonlik  jismoniy  sifatlarini  tarbiyalash  va  rivojlantirishdan
iboratdir. Qo‘shpoya yog‘ochlaridan ushlashning quyidagi turlari
mavjud:
a) ustidan ushlash (osilish). Barmoqlarning ichki tomoni orqaga
qaratilib,  bosh  barmoqlar  bir-biriga  qaratilgan  bo‘ladi.  Besh
barmoqning hammasi yog‘och ustini qoplab oladi;
b)  pastdan  ushlash  (osilish).  Barmoqlarning  ichki  tomoni
oldinga  qaratilib, bosh  barmoqlar esa tashqariga qaratiladi. Besh
barmoqning hammasi yog‘ochni talabadan qarama-qarshi tomon-
dan qoplab oladi.
Besh barmoq bilan yog‘ochni pastdan ushlash, shuningdek,
har xil va teskari ushlashlarga ham taalluqlidir. Òayanish holatida
ushlashning hamma xillarida ham har bir qo‘lning to‘rt barmog‘i
ushlashga  taalluqli  tomondan  (odatdagidek),  bosh  barmoq  esa
yog‘ochni qarama-qarshi tomondan qoplab oladi.
Asosiy mashqlar
Bukilib-yozilib tebranish
. Yuqoridagi qo‘shpoya yog‘ochida osilish
holatidan oyoqlar tos-son bo‘g‘inidan bukilib, oldinga ko‘tariladi.
Keyin oyoqlarni pastga va orqaga siltab bel qismidan kerishgancha
tos-son bo‘g‘inidan to‘la rostlanib va ayni vaqtda qo‘llarni bukmasdan
osilib turib, yelkalarni oldinga yo‘naltirish zarur. (Harakatlarning
hammasi  butun  muayyan  bir  tezlikda  to‘xtatilmay,  zarurligicha
takrorlanishi  lozim.)
O‘rgatish:
a) gimnastika devorida burchak yasab va tik turib (kerilib) osilish;
b) past yakkacho‘pda burchak yasab osilish va oyoqlarni orqada
tutib yotib osilish;
d)  yuqoridagi  qo‘shpoya  yog‘ochiga  osilib,  bukilib,  yozilib
tebranish.
Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish.
 O‘qituvchi talabaning
o‘ng tomonida turib chap qo‘li bilan o‘ng qo‘lining yelkaga yaqinroq
joyidan ushlaydi, o‘ng qo‘li bilan esa son ostidan ushlab yordam-
lashadi.
Qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochida osilishdan cho‘qqayib osi-
lishga o‘tish
. Bukilib-yozilib tebranishdan keyin oldinga siltanib,
oyoqlarni tos-son va tizza bo‘g‘inidan bukib, ko‘krakka yaqinroq
ko‘tariladi  va  pastki  yog‘ochga  qo‘yiladi,  qo‘shpoya  yog‘ochini
barmoqlar  bilan  (barmoqlarni  bukib)  tepadan  ushlanadi.


197
Qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochida osilish holatidan oyoqlarni
bukib  siltab  o‘tib,  pastki  qo‘shpoyaning  yog‘ochida  yotib  osilish.
Bukilib-yozilib tebranishdan keyin oldinga siltanib oyoqlarni tos-
son va tizza bo‘g‘inlaridan izchil bukib, oyoqlar ko‘krakka yaqinroq
tortiladi, oyoq uchlari pastki qo‘shpoya yog‘ochi ustidan yuqoriga,
keyin oldinga o‘tkaziladi va oyoqlarni to‘g‘rilab, sonning tagi bilan
pastki yog‘och ustiga qo‘yiladi. Bunda qo‘llar to‘g‘ri tutilishi kerak.
Yotib  osilishning  oxirgi  holatidan  tana  to‘g‘rilangan  va  biroz
kerilgan, bosh ohista orqaga engashtirilgan bo‘lishi lozim.
Qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochida osilish holatidan oyoqlarni
kerib  siltab  o‘tib,  pastki  qo‘shpoyaning  yog‘ochiga  yotib  osilish.
Bukilib-yozilib tebranganda orqaga siltanib yelkalarni oldinga faol
yo‘naltiriladi va tos-son bo‘g‘inidan rostlanadi, so‘ngra oyoqlarni
siltab, pastga va imkoni boricha orqaga yo‘naltiriladi. Oldinga siltanib,
tos-son  bo‘g‘inidan  va  beldan  tez  bukilib,  oyoqlarni  kengroq
yozilgan holda pastki yog‘och ustidan siltab o‘tiladi, oyoqlar bir-
lashtiriladi  va  butun  gavda  bilan  kerilib,  qo‘shpoyaning  pastki
yog‘ochiga yotib osilish holatiga o‘tiladi.
O‘rgatish:
a) gimnastika devori oldida tik turib osilish holatidan cho‘qqayib
osilish, gimnastika devorida oyoqlarni kerib tik turgancha bukilib
osilish;
b)  qo‘shpoyaning  yuqoridagi  yog‘ochiga  osilish  holatidan
cho‘qqayib osilish va pastki  qo‘shpoyaning yog‘ochida oyoqlarni
kerib tik turgancha bukilib osilish;
d)  yuqoridagi  yog‘ochga  osilish  holatidan  oyoqlarni  bukib
siltab o‘tib, qo‘shpoyaning pastki  yog‘ochida yotib osilish;
e)  qo‘shpoyaning  yuqoridagi  yog‘ochiga  osilish  holatidan
oyoqlarni  kerib  siltab o‘tib, pastki yog‘ochda yotib osilish.
Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish. 
O‘qituvchi talabaning
o‘ng tomonida — orqada turadi. Orqaga tebranganda chap qo‘li
bilan talabaning o‘ng qo‘lining yelkaga yaqinroq joyidan ushlaydi,
o‘ng qo‘li bilan esa sonlarining old tomonidan itarib yordamlashadi.
Siltab o‘tishda o‘qituvchi ikki qo‘li bilan sonlardan ushlab ko‘mak-
lashadi.
Qo‘shpoyaning pastki yog‘ochiga chalqancha yotib osilish holatidan
o‘ngga burilib, bir sonda o‘tirib qolish
. Qo‘shpoyaning pastki yog‘ochga
chalqancha  yotib  osilish  holatidan  o‘ng  qo‘lni  chap  qo‘l  ustidan
oshirib teskari ushlash lozim. O‘ng tomonga burila borib va o‘ng qo‘l
bilan  aylanma  harakat  qilib  qo‘shpoyaning  yog‘ochiga  bosiladi,


198
oyoqlarni kerib, o‘ng songa o‘tiriladi. Chap qo‘lni yon tomonga
tushirib borib, chap oyoq orqaga uzoqroq uzatiladi, o‘ng oyoq esa
tizzadan bukiladi. O‘tirishni tugatayotib, kerilishga o‘tish kerak.
O‘ng songa o‘tirish holatidan kerilib sakrab tushish
. O‘ng qo‘l
bilan qo‘shpoyaning pastki yog‘ochidan o‘ng tizza oldidan almash-
tirib ushlanadi. Gavda og‘irligini o‘ng qo‘lga o‘tkaza borib, son bilan
qo‘shpoyaning pastki yog‘ochidan itarib yuboriladi, ayni vaqtda
chap qo‘lni yuqoriga-tashqariga siltash kerak. Òo‘g‘ri tutilgan o‘ng
qo‘lga tayanib, oyoqlar birlashtirilib kerilishi lozim. Bunday sakrab
tushishni o‘ng tomondan orqaga burilib va shuningdek, chap to-
mondan orqaga burilib bajarish mumkin. Birinchi mashqda chap
qo‘l  bilan  pastki  yog‘ochdan  o‘ng  tizza  oldidan  teskari  ushlash
kerak. Gavda og‘irligini shu qo‘lga o‘tkazib, son bilan itarib yubo-
riladi va o‘ng qo‘lni tushirib, o‘ng tomondan orqaga burilib, so‘ngra
oyoqlarni birlashtirib kerilish lozim bo‘ladi. Ikkinchi mashqda chap
qo‘l  bilan  qo‘shpoyaning  pastki  yog‘ochidan  chap  son  oldidan
pastdan ushlash kerak. Òana og‘irligini chap qo‘lga o‘tkaza borib,
son bilan itarib yuborgan holda chap tomondan orqaga burilish va
ohista yerga tushish lozim.
Qo‘shpoyaning pastki yog‘ochiga yotib osilish holatidan o‘ng oyoqni
aylantirib o‘tib, 270°ga burilib, bir sonda o‘tirib qolish.
 Yotib osilish
holatidan o‘ng oyoqni oldinga ko‘tarib va chap tomonga burila borib,
o‘ng  qo‘lni  yuqoridan,  chap  qo‘lning  orqasidan  almashtirib
ushlanadi. Burilishni yana 180°ga davom ettiriladi va gavdaning biroz
kerishgan holatda ushlaganga chap qo‘l bilan itarib yuborib, o‘ng
oyoq qo‘shpoyani yog‘ochi ustidan siltab o‘tiladi. Chap qo‘lni yon
tomonga tushirib, chap oyoq orqaga uzoqroqqa uzatiladi va o‘ng
oyoqni bukkancha, o‘ng songa o‘tiriladi va kerishiladi.
O‘rgatish:
a)  qo‘shpoyaning  pastki  yog‘ochiga  yotib  osilish  holatidan
o‘ng songa o‘tirish;
b) qo‘shpoyaning pastki yog‘ochiga  o‘ng oyoqni qo‘yib, oyoq-
larni  kerib yotib chap qo‘lni qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochi-
ning pastidan ushlab osilish holatidan chap oyoqni siltab o‘tib,
chap tomonga burilib sonda o‘tirib qolish;
d) qo‘shpoyaning pastki  yog‘ochiga yotib osilish holatidan  270°ga
(oyoqlarni juftlashtirib) chapga burilib, o‘ng sonda o‘tirib qolish;
e)  qo‘shpoyaning  pastki  yog‘ochiga  yotib  osilish  holatidan
o‘ng oyoqni aylantirib o‘tib 270°ga burilib, bir sonda o‘tirib qolish.


199
Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish. 
O‘qituvchi talabaning
chap tomonida turib, o‘ng qo‘li bilan, uni belidan ushlab turadi,
chap qo‘li bilan talabaning oyog‘ini «o‘tkazadi». Burilish davomida
o‘qituvchi orqaga-o‘ngga siljib, chap qo‘li bilan talabani belidan,
o‘ng qo‘li bilan esa o‘ng oyog‘idan ushlaydi.
Qo‘shpoyaning  yuqoridagi  yog‘ochidan  ushlab  o‘tirib  osilish
holatidan  yuqoridagi  yog‘ochga  osilish  va  oldinga  siltanib  sakrab
tushish.
 Òalaba yuzini qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochiga qaratgan
holda qo‘shpoyaning  yuqoridagi  yog‘ochidan  ushlab,  pastki
yog‘ochga o‘tirib osilish holatidan to‘g‘ri qo‘llar bilan qo‘shpoya-
ning  yuqoridagi  yog‘ochini  o‘zidan  yuqoriga  itargancha,  pastga-
orqaga  pastki  yog‘och  ostiga  shitob  bilan  yo‘naltiriladi.  Osilish
holatiga o‘tishda oldinga siltanishdan avval oyoqlarni oldinga  yo‘nal-
tirib,  tos-son  bo‘g‘inini  tez  bukish  zarur.  Òik  holatda  tos-son
bo‘g‘inidan tezlik bilan to‘g‘rilanish kerak. Òik holatidan o‘tgandan
keyin tos-son bo‘g‘inidan ketma-ket bukilib va yozilib, siltanish
harakati bilan oyoqlarni oldinga-yuqoriga yo‘naltirish va qo‘llar
bilan qo‘shpoya yog‘ochidan tez itarib yuborib, kerilish zarur.
O‘rgatish:
a)  qo‘shpoyaning  yuqoridagi  yog‘ochida  kerilib  osilish
holatidan oldinga siltanib sakrab tushish;
b) bukilib-yozilib tebranish — oldinga siltanib  sakrab tushish;
d) osilish holatida tebranish — oldinga siltanib sakrab tushish;
e)  qo‘shpoyaning  pastki  yog‘ochida  o‘tirib  yuqoridagi
yog‘ochdan  ushlab  osilish  holatidan  qo‘shpoyaning  yuqoridagi
yog‘ochida osilish va oldinga siltanib sakrab tushish.
Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish.
 O‘qituvchi chap tomon-
dan  qo‘shpoyaning  yuqoridagi  yog‘ochi  ostida  turib,  chap  qo‘li
bilan  talabaning  chap  qo‘lidan,  o‘ng  qo‘li  bilan  belidan  ushlab
turadi va ko‘maklashadi.
Qo‘shpoyaning  pastki  yog‘ochida  cho‘qqayib  osilish  holatidan
qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochiga ko‘tarilib tayanish
 (170-rasm).
Cho‘qqaygan holatidan oyoqlarni dadil to‘g‘rilab, yelka bo‘g‘in-
laridan  to‘lig‘icha  cho‘zilgan  holatni  saqlagancha  gavda  bilan
pastgacha orqaga cho‘zilish kerak.
Oyoqlar to‘g‘rilanishi bilan qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘o-
chiga to‘g‘ri qo‘llar bilan oldinga-pastga keskin bosgancha oyoqlar
bilan depsinib, tayanish holatiga chiqiladi. Barcha harakatlarning
to‘g‘ri  va  izchil  bajarilishi  tepadan  tayanish  holatiga  chiqishni
ta’minlaydi.


200
O‘rgatish:
a) gimnastika devorida cho‘qqayib osilishdan tik turib bukilib
osilish;
b) gimnastika devorida tik turgancha bukilib osilish holatidan
o‘qituvchining yordami bilan to‘g‘ri qo‘llarda gavdani devorga tortish
(yarimbukish);
d) qo‘shpoyaning pastki yog‘ochiga o‘qituvchi yordami bilan
sakrab tayanish;
e) qo‘shpoyaning pastki yog‘ochida cho‘qqayib osilish hola-
tidan qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochiga ko‘tarilib tayanish.
Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish.
 O‘qituvchi qo‘shpoyaning
yuqoridagi yog‘ochi ostida talabadan o‘ng tomonda turib, chap
qo‘li bilan uni tosi ostidan, o‘ng qo‘li bilan son oldidan ushlab
ko‘maklashadi.
Qo‘shpoyaning pastki yog‘ochiga to‘ntarilib chiqib tayanish.
 Òik
turib bukilgan qo‘llarda osilish holatidan bir oyoq orqaga uzatiladi.
Keyin shu oyoq bilan siltanib, ikkinchisi bilan depsinib, qo‘llarni
yoymasdan oyoqlarni qo‘shpoyaning yog‘ochi ustidan yuqoriga-
orqaga  dadil  yo‘naltirib,  sonlarning  ustki  yuzasini  qo‘shpoya
yog‘ochi ustiga qo‘yiladi. Oyoqlarning old yuzasidagi mushaklarni
taranglashtirib, qo‘llarni to‘g‘rilaguncha tos-son bo‘g‘inidan va bel
qismidan  dadil  to‘g‘rilanib  (oyoqlarni  tushirmasdan)  tayanish
holatiga chiqilib, boshni ko‘tarib kerishiladi.
O‘rgatish:
a) qo‘shpoyaning pastki yog‘ochida yoki past yakkacho‘pda
tayanish holatidan gavdani oldinga engashtirish. Keyin to‘g‘rilab,
qo‘llarni to‘g‘rilab tayanish holatiga qaytish;
170-rasm.


201
b) bir oyoq bilan siltanib va ikkinchisi bilan depsinib, oyoqlar
bilan  yuqoridagi  qo‘shpoya  yog‘ochiga  tayanib,  qo‘shpoyaning
pastki  yog‘ochida  kerilib  osilish  va  keyinchalik  bir  oyoq  bilan
siltanib, ikkinchisi bilan depsinib to‘ntarilgan holda chiqib tayanish
(o‘qituvchi yordami bilan);
d) bir oyoq bilan siltanib, ikkinchisi bilan depsinib to‘ntarilib
chiqish.
Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish.
 O‘qituvchi  talabaning
chap tomonida — oldinroq turib, chap qo‘li bilan talabani oyoq-
laridan, o‘ng qo‘li bilan belidan ushlab yordamlashadi va tayanish
holatiga chiqayotganda chap qo‘li bilan yelka ostidan, o‘ng qo‘li
bilan esa pastdan, oyoqlaridan ushlab yordamlashadi.
Qo‘shpoyaning pastki  yog‘ochida cho‘qqayib  osilish holatidan
yuqoridagi  yog‘ochiga ko‘tarilib tayanish
 (171-rasm). O‘ng oyoqda
cho‘qqayib  osilish  holatidan  qo‘llarni  bukib,  chap  oyoq  orqaga
uzatiladi. O‘ng oyoq bilan siltanib va chap oyoq bilan depsinib,
qo‘llarning bukishi davom ettiriladi, oyoqlarni shitob bilan yuqo-
ridagi  qo‘shpoya  yog‘ochi  ustidan  yuqoriga-orqaga  yo‘naltirib
birlashtiriladi.
Òos-son bo‘g‘inidan bukila borib, oyoqlar qo‘shpoya yog‘ochi
ustiga  sonlarning  yuqori  qismi  bilan  qo‘yiladi.  Qolgan  barcha
harakatlar qo‘shpoyaning pastki yog‘ochida to‘ntarilib chiqishdek
bajariladi.
Qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochiga tayanish holatidan oldinga
tushib,  pastki  yog‘ochga  yotib  osilish.
  Qo‘shpoyaning  yuqoridagi
yog‘ochida tayanish holatidan boshni oldinga engashtirib, qo‘llar
171-rasm.


202
bukiladi, so‘ngra gavda oldinga engashtiriladi. Òos-son bo‘g‘inidan
bukila  borib,  oldinga  tushishni  davom  ettirib,  sonlarning  orqa
mushaklarini taranglashtirgan holda oyoqlarni tizzagacha yog‘och-
dan sirpantirib tushirish va kerishish kerak.
Keyin qo‘llarni to‘g‘rilab, gavdani ham to‘g‘rilab, oyoqlarni
tushirib, qo‘shpoyaning pastki yog‘ochiga yotib osilish holatiga kelish
va kerilish lozim.
Qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochiga tayanish holatidan gavdani
orqaga tashlab, oyoqlarni kerib siltab o‘tib, pastki yog‘ochga yotib
osilish.
 Qo‘shpoyaning yuqoridagi yog‘ochiga tayanish holatidan
qo‘llarni to‘g‘ri tutib, tosni qo‘shpoya yog‘ochiga yaqin tutgancha
yelkalar bilan dadil orqaga tusha boshlash kerak. Keyin tos-son
bo‘g‘inidan bukilib, oyoqlarni kerib pastki yog‘och ustidan  oshirib
o‘tiladi,  to‘g‘rilanib  oyoqlar    juftlashtirilgancha  qo‘shpoyaning
pastki yog‘ochiga qo‘yiladi. Yotib osilish holatida kerilib, bosh orqaga
engashtiriladi.
Qo‘shpoyaning  pastki  yog‘ochida  o‘ng  (chap)  oyoqni  oldinda
tutib, oyoqlarni kerib tayanish holatidan chap (o‘ng) oyoqni siltab
o‘tib 90° va 270°ga burilib, sakrab tushish
. O‘ng oyoqni oldinda
tutib oyoqlarni kerib tayanish holatida o‘ng qo‘l pastdan almashtirib
ushlanadi.  Chap  oyoqni  dadilroq  harakatlantirib,  oyoqlar  bilan
chap tomonga siltanib, chap qo‘l bilan itarib yuborish va gavda
og‘irligini o‘ng qo‘lga o‘tkazguncha chap oyoqni qo‘shpoya yog‘ochi
ustidan  siltab  o‘tib,  o‘ng  tomonga  burilish  kerak.  Oyoqlarni
birlashtirib  kerilish  va  chap  qo‘lni  yuqoriga-tashqariga  uzatib,
jihozga o‘ng tomonlama ohista sakrab tushish lozim. Shu sakrab
tushish 270°ga aylanib bajarilganda chap qo‘l bilan itarib yubor-
gandan keyin, shu qo‘l bilan o‘ng qo‘lning o‘ng tomonidan teskari
ushlab  olib  va  o‘ng  qo‘l  bilan  itarib  yuborgan  holda  yana  o‘ng
tomonga 180°ga burilish zarur. Bunda jihozga nisbatan chap tomon
bilan sakrab tushiladi.
Qo‘shpoyaning pastki yog‘ochiga burchak hosil qilib tayanib
o‘tirish holatidan orqaga siltanganda kerilgan holda orqaga burilib,
sakrab tushish. Qo‘shpoyaning pastki yog‘ochiga burchak hosil qilib,
unga ko‘ndalangiga tayanib o‘tirish holatidan yuqoridagi yog‘ochdan
chap qo‘l bilan ushlagancha oyoqlar keriladi. Oldinga engashib,
o‘ng qo‘l bilan old tomondan, oyoqlar orasidan, pastki yog‘och-
dan teskari ushlanadi. Orqaga siltanib, chap oyoq pastki yog‘och
ustidan siltanib o‘tiladi va chap qo‘l yuqoridagi yog‘ochdan itarib,
qo‘yib yuboriladi. Chap tomondan orqaga burilib, oyoqlarni bir-


203
lashtirib  va  chap  qo‘lni  yon  tomonga  uzatib  kerilish  kerak.
Qo‘shpoyaning o‘ng tomonidan sakrab tushiladi.
Qo‘shpoyaning pastki yog‘ochiga sonda o‘tirgan holatdan orqaga
burchak hosil qilib sakrab tushish.
 O‘ng sonda o‘tirish holatidan
oyoqlarni oldinga siltab burchak hosil qilib o‘tiriladi, ayni vaqtda
chap  qo‘l  bilan  qo‘shpoyaning  pastki  yog‘ochidan  talabani  son
ostidan teskari ushlanadi. O‘ng tomondan orqaga burila borib, chap
qo‘l bilan gavdani dadil burib, pastki yog‘och ustidan siltab o‘tiladi.
Chap qo‘lga tayangan holda o‘ng qo‘l bilan yuqoridagi yog‘ochni
itarib  yuborib  batamom  to‘g‘rilanish  va  kerilish  kerak  bo‘ladi.
Shundan  so‘ng  qo‘shpoyaga  nisbatan  chap  tomon  bilan  yarim-
cho‘qqayib, ohista sakrab tushish lozim. Sakrab tushish orqaga burilib
ijro etilganda, oyoqlarni siltab o‘tkazish vaqtida o‘ng qo‘lni pastki
yog‘och ustidan almashtirib ushlab va chap qo‘l bilan itarib, chap
tomondan orqaga burilish  zarur.
Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish. 
O‘qituvchi talabaning
chap tomonida turib chap qo‘li bilan uni tosi ostidan, o‘ng qo‘li
bilan o‘ng yelkadan va burilish davomida har ikki qo‘li bilan gavda
(beli)dan ushlab ko‘maklashadi.
11.2.6. Gimnastika xodasida bajariladigan mashqlar
Xodada bajariladigan mashqlar talabaning muvozanat faoliya-
tiga  samarali  va  har  tomonlama  ta’sir  ko‘rsatadigan  muvozanat
saqlash  mashq turlaridan   biridir. Ular mazmun va shakl jihatidan
turli-tuman bo‘lib, mashq bajarilishining murakkabligi va qiyinligi
jihatidan ham har xildir. Bu esa ularni faqat gimnastlar tayyor-
lashda emas, balki o‘rta  maktablardagi asosiy gimnastika darslarida,
o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida hamda yoshlar jismoniy tarbiyasi tizi-
mining ko‘pgina boshqa tarmoqlarida ham qo‘llash imkonini yara-
tadi.
Xodada o‘tiladigan mashg‘ulotlar talabalarning jismoniy rivoj-
lanishiga  va  jismoniy  sifatlarini  takomillashtirishga  ijobiy  ta’sir
ko‘rsatadi, qomatning shakllanishiga ko‘maklashadi, fazoda mo‘ljal
olish hissini yaxshilaydi, qat’iylik va dadillikni tarbiyalaydi.
Xodada bajariladigan mashqlarning barcha elementlarini kine-
matik shakliga qarab, to‘rt katta guruhga ajratish mumkin: muvozanat
saqlashlar va turli xil tik turishlar, bir va ikki oyoqda (yoki qo‘llarda)
burilishlar, har xil usullar bilan yurishlar va akrobatika mashqlari.
Xodada bajariladigan asosiy mashqlar.


204
Sakrab chiqishlar.
 Xodaning har qanday qismiga turgan joydan,
to‘g‘ridan  yoki  qiyalab  yugurib  kelib,  bir  yoki  ikki  oyoq  bilan
sakrash  ko‘prigidan  depsinib,  qo‘llar  bilan  tayanib  yoki  tayan-
masdan sakrab chiqish mumkin.
Sakrab tayanishlar.
 Òurgan joydan yoki qiyalab yugurib kelib
oyoqlar bilan depsinib tayanish — o‘ng tomondan xodaga tayanib,
chapga  burilgancha  chap  tizzaga  tayanish  (yarimshpagat,  chap
oyoqda cho‘qqayib tayanish) to‘g‘rilanishda qo‘llarni yon tomonga
uzatib, o‘ng oyoqni oldinga tutgancha shu oyoqda tik turish (yoki
o‘ng oyoqni orqaga siltab, cho‘qqayib o‘tirish va tik turish).
Shu mashqning o‘zini o‘ng oyoqni siltab o‘tib va chap tomonga
burilib, oyoqlarning kerib tayanishini almashtirgan holda orqadan qo‘l
bilan ushlab  burchak hosil qilib o‘tirish — o‘ng oyoqni bukib, shu
oyoqda tik turish, chap oyoqni orqaga oyoq uchiga uzatgancha chap
qo‘l yuqoriga, o‘ng qo‘l yon tomonga uzatiladi (yoki oyoqlarni kerib
orqaga siltab yotib tayanish, oyoqlar  bilan depsinib cho‘qqayib o‘tirish).
Muhofaza qilish.
 Sakrab chiqishlarni bajarganda xodaning qarama-
qarshi tomonidan turib, tayanish holatida ikki yelkadan ushlab va
turayotganda yon tomonda — orqadan ushlab yordamlashish zarur.
Sakrab chiqib, cho‘qqayib tayanish
 (172-
rasm). Ikki-uch qadam yugurib kelib, qo‘llar
xodaga qo‘yiladi. Oyoqlar bilan depsinib va yel-
kalarni oldinga yo‘naltirgancha belni ko‘tarib,
oyoqlarni  bukib,  ko‘krakka  yaqinlashtiriladi.
Xodaga  sakrab  chiqib,  yelkani  orqaga  tash-
lamasdan, qo‘llar bilan ushlab turish zarur.
O‘rgatish:
a) polda yotib tayanish holatidan cho‘q-
qayib  tayanish,  shuning  o‘zi,  lekin  qo‘llarni
gimnastika  o‘rindig‘iga  qo‘yib,  uning  ustiga
sakrab chiqish;
b) ko‘prikchadan depsinib, dastali yog‘och
ot ustiga sakrab chiqib, cho‘qqayib tayanish;
d) o‘qituvchi yordamida xoda ustiga cho‘qqayib tayanish holatiga
sakrab chiqish.
Muhofaza  qilish.
  Depsinish  «ko‘prikcha»si  yonida  turib,  bir
qo‘l bilan yelkadan, ikkinchi qo‘l bilan talabaning sonidan ushlab
ko‘maklashiladi.
O‘ng oyoqni oldinda tutgancha oyoqlarni kerib, tayanish holatiga
sakrab  chiqish
.  Òurgan  joydan  yoki  yugurib  kelib  depsingandan
172-rasm.


205
so‘ng, belni ko‘tarib, o‘ng oyoqni bukkancha uni tez oldinga to‘g‘ri-
lash kerak. Keyin uni pastga tushirib kerilish lozim.
O‘rgatish:
a) dastlab yog‘och otga sakrab chiqib, o‘ng oyoqni bukib siltab
o‘tish;
b) xodada  chap  oyoqni  orqaga  uzatgancha  o‘ng  oyoqda
cho‘qqayib tayanish holatiga sakrab chiqish;
d) gimnastika tayog‘i ustidan o‘ng oyoqni bukib o‘tkazish;
e) qo‘shpoyaning pastki yog‘ochidan o‘ng oyoqni bukib, siltab
o‘tkazish;
f)  xodaga sakragancha o‘ng oyoqni siltab o‘tib oyoqlarni kerib
tayanish;
g) shuning o‘zi, lekin o‘ng oyoqni bukib, siltab o‘tkazish.
Muhofaza qilish.
 O‘qituvchi o‘ng qo‘li bilan talabaning  yelka-
sidan va chap qo‘l bilan son ostidan ushlaydi, o‘zi o‘ng tomonda
turishi kerak.
Sakrab chiqib, bir sonda o‘tirish — yugurib kelib, ikki oyoq
bilan «ko‘prikcha»ga sakrab, qo‘llar xodaga qo‘yiladi (barmoqlar
bir-biriga yaqin) va kuchli depsinib, yelkalarni oldinga yo‘naltirib
va xodaga yaqin (o‘ng) oyoqni bukib, bukilish kerak. Songa  o‘tirib
qomat  rostlanadi, qo‘llar  yon tomonga  uzatiladi.
Bir va ikki tizzaga tayanish holatiga sakrab chiqish
 to‘g‘ridan
yugurib kelib, ikki oyoq bilan depsinib bajariladi.
Sakrab cho‘qqayib tayanish
 (173-rasm) ham xodaga to‘g‘ridan
yugurib kelib bajariladi.
O‘rgatish:
a)  qiyalab  yugurib  kelib,  ikki  oyoq  bilan  depsinib,  dastasiz
yog‘och otga son bilan o‘tirish va bir tizzaga  tayanish  holatiga
sakrab chiqish;
b) shuning o‘zini xodada bajarish;
d) dastasiz yog‘och otda cho‘qqayib
o‘tirish holatiga sakrab chiqish;
e) shuning o‘zini xodada bajarish.
Muhofaza qilish.
 Depsinish «ko‘p-
rikcha»si tomonidan turib, bir qo‘l bi-
lan  talabani  yelkasidan,  ikkinchi  qo‘l
bilan bukilgan oyoq sonidan ushlab yor-
dam ko‘rsatiladi.
Sakrab oyoqlarni kerib minib o‘ti-
rish
 — ikki oyoq bilan depsinib, yelka va
173-rasm.


206
ko‘krakni oldinga yo‘naltirib, kerilish lozim. Keyin o‘ng oyoqni
yon tomondan siltab o‘tib, oyoqlarni kerib o‘tirish holati qabul
qilinadi.
O‘rgatish:
a) qo‘llarda xodaga tayanib (uzunasiga), oyoqlar bilan orqaga
siltanib,  kerishib  sakrash;
b) shuning o‘zini oyoqlarni kerib bajarish;
d)  past  qo‘shpoyada  tayanish  holatidan  orqaga  siltanganda
oyoqlarni kerib tebranish;
e) shuning o‘zi, lekin qo‘llar oldinda, oyoqlarni kerib o‘tirish;
f) o‘qituvchining yordami bilan xodaga sakrab chiqib, oyoq-
larni kerib o‘tirish.
Muhofaza qilish
. O‘qituvchi bir tomondan talaba qo‘lining yelka-
sidan va xodadan uzoqda joylashgan oyoqning soni (old tomoni)dan
ushlab yordamlashishi lozim.
Asosiy gimnastika mashg‘ulotlarida va endi boshlovchilarni o‘rgata
boshlaganda bir va ikki oyoq uchida tik  turish, bir va ikki tizzada tik
turish va tayanishlar (174-

rasm), yarimshpagat, tik va qiya holat-
larda ko‘kraklarda tik turish, bir oyoqda tik turib qo‘lning turli holatlari
bilan  muvozanat  saqlash,  shuning  o‘zini  tizzadan  (174-

rasm)
va oyoq uchidan ushlab bajarish kabi eng oddiy mashqlar qo‘lla-
niladi.
Xodada    bajariladigan  har  qanday  mashqning  zaruriy  qismi
burilishdir. Ular bir va ikki oyoqda tik turib, oyoqlarni bukib va
to‘g‘ri tutib, shuningdek, aralash va oddiy tayanishlarda bajariladi.
Ikki  oyoqda  orqaga  burilish
.  Qaddi-qomatni  rostlab,  oyoq
uchlariga tik turiladi, oyoq va gavda mushaklarini tarang holga keltirib
174-rasm.
a
b


207
burilgandan so‘ng, oyoq kafti to‘la bosiladi. Bosh va gavda tik holatda
turishi kerak.
Cho‘qqayib o‘tirgan holatdan orqaga burilish, bajarish texnikasi
yuqorida bayon etilganga o‘xshashdir.
O‘tirib va tik turib, ikki oyoqda orqaga burilish.
 Burilishning
birinchi yarmida o‘tirish va ikkinchi yarmida turish kerak. Dastlabki
ikki  burilish  o‘zlashtirilgandan  keyin  murakkab  mashqlarni
o‘rganishga o‘tish lozim. Chunonchi:
• 
oyoqlarni chalishtirib tik turish holatidan 180°, 270° va 360°ga
burilish;
• 
b
ir oyoqda orqaga burilish bir tomonlama va qarama-qarshi
tomonga bajarilishi mumkin.
Bir tomonlama burilish
 — tayangan oyoq tomoniga bajariladi.
O‘ng oyoqni orqaga uzatib, chap oyoqda tik turish holatidan o‘ng
oyoqni oldinga va biroz chapga siltab, oyoq uchlarini ichkariga va
yelkani chapga burish kerak. Siltash bilan bir vaqtda chap oyoq
uchida turish va qadni rostlab, shu oyoqni tovon bilan ichkariga
burish kerak. Burilishni tugatayotib, butun oyoq kaftiga turiladi va
o‘ng  oyoqni  orqada  siltashda  hosil  bo‘lgan  balandlikda  sakrab
chiqiladi. Burilishda qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi.
O‘rgatish:
a)  qo‘l  bilan  gimnastika  devoridan  ushlagan  holatdan  bir
oyoqni orqaga (oldinga) uzatib, boshqa oyoq uchida muvozanat
saqlash;
b) shuning o‘zini tayanmasdan 5—10 daqiqa davomida bajarish;
d) gimnastika devori poyasini chap qo‘l bilan ushlab, devorga
chap tomonlama tik turgan holatdan o‘ng oyoq bilan oldinga siltanib,
o‘ng oyoq uchini pastdan 3—4 poyaga qo‘yib, devorga yuz o‘girib,
chap oyoq uchida tik turish holatining vertikalligini tekshirish;
e)  shuning  o‘zi,  lekin  qo‘llarni  almashtirib  ushlab,  chap
tomondan orqaga burilish;
f) shuning o‘zi, lekin oyoqni poyaga qo‘ymasdan bajarish;
g) qo‘l bilan tayanmasdan polda orqaga burilish;
h) shuning o‘zini past va odatdagi balandlikdagi xodada bajarish.
Qarama-qarshi  tomonga  burilish
  tayanib  turilgan  oyoqda
qarama-qarshi tomonga bajariladi. O‘ng oyoqni oldinga uzatgancha,
chap oyoqda tik turib, o‘ng oyoqni orqaga siltab burilish. O‘rgatish
oldindagi  mashqqa  o‘xshash  bo‘ladi.  Oyoqlarni  kerib  tik  turish
holatidan 180° va 360° ga burilib, oyoqlarni kerib tik turish.


208
Aralash  tayanish  holatidagi  burilishlar
  —  xodada  gavda
holatlarini o‘zgartirish va tananing pastroq holatidan oyoqlarda tik
turish holatiga o‘tish uchun yordamchi elementlar bo‘lib xizmat
qiladi.
O‘rgatish:
a) tayanish va orqaga tayanish
holatidan  bir  tomonlama  siltab
o‘tib burilgancha oyoqlarni kerib
yoki songa o‘tirish;
b) oyoqlarni kerib o‘tirish ho-
latidan  orqaga  siltanib  burilib,
oyoqlarni  chalishtirish;
d) orqaga tayanish holatidan
270° ga burilib, bir oyoqda cho‘q-
qayib  tayanish  (175-rasm).
Yurish.
 Yurish turlariga: oddiy qadamlab, oyoq ichida va oyoq
uchida; juftlama va ketma-ket qadamlar bilan (oldinga, orqaga,
yon  tomonga);  navbatma-navbat  oyoqni  oldinga  bukib,  shu
vaqtning o‘zida boshni engashtirib yurishlar; shuning o‘zini oyoqni
oldinga baland ko‘tarib bajarish kabilar kiradi.
Yugurish va uning turlari
Raqs qadamlari.
 Ularga polka, vals tarzida qadamlash, raqs
qadami va boshqalar kiradi.
Sakrashlar.
  Sakrashlar turgan joyda va oldinga siljib bajariladi.
Ular  yakka  yoki  navbatma-navbat,  qo‘shib  bajarilishi  mumkin.
Uchish  fazasida  burilib  bajariladigan  sakrashlar  murakkab
sakrashlar hisoblanadi. Sakraganda qo‘llar har xil holatda bo‘lishi
yoki har xil harakat qilishi mumkin.
Sakrab-sakrab qadam bosish 
bir oyoqni orqaga (oldinga) tutib,
ikkinchi tayanch oyoqda bajariladi.
Qadam  bosib  sakrash.
  Chap  oyoq  bilan  qadam  qo‘ygandan
keyin o‘ng oyoq bilan oldinga siltanib, shu oyoqda sakrab yerga
tushish. Biroz cho‘qqayib, oyoq uchidan tovonga tushish.
Ikki oyoq bilan depsinib, oyoqlarni almashtirib sakrash
. Oyoq
uchlarida  tik  turgan  holatdan  biroz  cho‘qqayib,  oyoqlarni
to‘g‘rilagancha va oyoq uchlarini oldinga cho‘zgan holda yuqoriga
sakrash. Sakralganda oyoq holatlari almashtiriladi va ularni tarang
holatga keltirib, yerga biroz bukilib, oyoqlarga tushiladi.
175-rasm.


209
O‘rgatish:
 a) polda va xodada yarimcho‘qqayib (bir oyoq oldinga uza-
tilgan) 5—10 daqiqa davomida muvozanat saqlab turish;
b) polda va xodada ikki oyoqda depsinib, oyoqlar o‘rnini  almash-
tirmasdan sakrash;
d) shuning o‘zini xodada oyoqlar o‘rnini almashtirib sakrash.
Ikki oyoqda depsinib, bir oyoqda sakrash. 
Bu sakrash  oldingi
sakrashga o‘xshash bo‘lib, oldinga sirpanib, bir oyoqqa tushgan
holda bajariladi. Bir oyoqda sakrash, ikkinchisi oldinda bukiladi.
Qadam bosib sakraganda muvozanat saqlanadi.
Sonda o‘tirgan holatdan sakrab
tushish.
 Oldinda va orqada tayanib,
burilib yoki burilmasdan bajariladi.
Kerishib sakrab, yerga tushish.
Uzunasiga va ko‘ndalangiga turgan
holatdan  tez-tez  tashlangan  qa-
damlardan  keyin  (oyoqni  oldinga
siltab past va odatdagi xodada) tiz-
zada  tayanish  holatidan  (erkin
oyoqni orqaga siltab, ikkinchisi bilan
xodadan  depsingancha  ikki  oyoq
birlashtiriladi, bosh va yerga tushish
tomonidagi qo‘lni ko‘tarib, kerishib
yerga tushish); bir oyoqda cho‘qqayib o‘tirgan holatda bajariladi.
Burchak  hosil  qilib  o‘tirish  holatidan  sakrab  yerga  tushish
.
O‘ng oyoqni bukib xodaga qo‘yish bilan bir vaqtda, qo‘llar bilan
orqaga  tayanish  (panjalarni  orqaga  qilib)  holatidan  depsinib  va
oyoqlarni birlashtirgancha orqaga burilib, sakrab yerga tushish
(176-rasm).
12-bob.
 ERKIN MASHQLAR
12.1. Erkin mashqlarning ta’rifi va mazmuni
Erkin mashqlar 
— bu gavda va uning qismlari bilan bajariladigan
turli-tuman  harakatlar  to‘plami.  Sport  gimnastikasidagi  ko‘p-
kurashning bir turi sifatida erkin mashqlar maxsus gilamda bajariladi
hamda akrobatika elementlari va birikmalari, sakrashlar, muvozanat
saqlashlar,  burilishlar,  oyoqlar  bilan  siltanib  tushib  o‘tishlar,
xoreografik shakldagi harakatlarni o‘z ichiga oladi.
176-rasm.


210
Asosiy  gimnastikada  erkin  mashqlar  kombinatsiyalari  shu
turlardagi  oddiy  harakatlardan,  gimnastika  usulining  talablariga
binoan bajariladigan, texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan oddiy
harakatlardan  tuziladi.
Gimnastlarni dastlabki tayyorlash bosqichida erkin mashqlar
sport yoki o‘quv jarayonida bo‘lishi mumkin. Sport mashg‘ulot-
laridagi mashqlar pastki toifali gimnastlar uchun belgilangan qat’iy
tasnifiy dasturlardan iborat. Gimnastika sporti bilan shug‘ullanishni
endi  boshlagan  gimnastlar  gigiyenik  gimnastikaga  yoki  ishlab
chiqarish gimnastikasiga xos bo‘lgan mashqlardan tashkil topgan
va maxsus ishlab chiqilgan kombinatsiyalarni bajarishda ham bel-
lashishlari mumkin. Muayyan kombinatsiyalar yakka yoki guruhlarda
bajarilishi mumkin. Guruhlar bilan bajariladigan erkin mashqlarda
ijro sifati, harakat aniqligi, uyg‘unligigina baholanmasdan, balki
barcha ishtirokchilarning harakati bir-biriga moslashib bajarilishi
ham baholanadi. «Umid nihollari» sport o‘yinlarida umumta’lim
maktablari o‘quvchilarining o‘z kompozitsiyalari bilan chiqishlari
guruh mashqlariga misol bo‘lishi mumkin.
Erkin mashqlar o‘quv kombinatsiyalari
 — bu mashg‘ulotlarda
harakat uyg‘unligini rivojlantirish, navbatdagi murakkabroq mashq-
larni  o‘zlashtirish  uchun  harakat  bazasini  yaratish,  shug‘ulla-
nuvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qo‘llanila-
digan turli murakkablikdagi kichik kombinatsiyalardir.
Har bir mashg‘ulotda o‘qituvchi talabalarga, oddiy harakatlar
to‘plamini yangicha tuzilishda taqdim etishi mumkin. Shug‘ulla-
nuvchilar, odatda, 8, 16 yoki 32 hisobdan tashkil topgan o‘quv
kombinatsiyasini tez eslab qolishlari va uni butunligicha hamda texnik
xatolarsiz bajarishlari kerak. Bir qator shunday mashg‘ulotlar yor-
damida gimnastlar juda ko‘p turli harakatlarni o‘zlashtirib qolmas-
dan, ularni jiðslashtirish usullarini ham o‘rganadilar.
Sport yo‘nalishiga ega bo‘lgan mashg‘ulotlarda o‘quv kombi-
natsiyalari turli tarkibdagi guruhlar elementlaridan tuzilishi kerak.
Bu bo‘lajak erkin dasturlar uchun «jamg‘arma qismlar» bo‘ladi.
Harakat  «maktabi»ni  o‘zlashtirishda  tezkorlik,  chidamlilik,
bo‘g‘inlar harakatchanligini, chaqqonlik va egiluvchanlikni tarbiya-
lashda erkin mashqlarning ahamiyati kattadir. Gimnastlar mashq-
larni jihozlarda bajarishdan ko‘ra, oddiyroq va tabiiyroq sharoitda
harakatning yo‘nalishi va ko‘lami, sur’ati, uyg‘unligi, kuch berish
darajasi, mashqlarni bajarganda gavda va uning qismlari holatining
aniqligi, harakat sofligi, egiluvchanligi va ifodaliligi kabi tushun-
chalar to‘g‘risida tasavvur hosil qilishadi.


211
Erkin mashqlar turli jihozlar: to‘plar, tayoqchalar, arg‘amchi,
yengil gantellar bilan bajariladi. Jihozlar bilan harakat qila bilish
harakat  uyg‘unligini  ham  rivojlantiradi.  Sport  va  o‘quv  kombi-
natsiyalarining musiqa jo‘rligida bajarilishi estetik tarbiyaning ajoyib
vositasidir.  Erkin mashqlarning mazmuni gimnastika mashqlarining
boshqa turlariga nisbatan turli-tumandir. Bu faqat oddiy va murakkab
harakatlarning juda ko‘p bo‘lishiga bog‘liq bo‘lmaydi, balki ularni
amalda bir-biriga qo‘shib bajarish imkoniyati cheksizligiga bog‘liqdir.
Misol uchun, qo‘llar bilan eng oddiy harakatlar bajarish usulining
juda  ko‘p  xillari  mavjud.  Masalan,  qo‘l  qismlarining  harakatda
qatnashish darajasiga qarab: panjalar bilan, bilaklar bilan,  butun
qo‘l bilan; harakat shakliga qarab: ko‘tarish, tushirish, aylanma
harakatlar, bukish, yozish, burilishlar, qarsak chalish, to‘lqinlar,
ushlash, chalishtirishlar; yo‘nalishiga qarab: bir tomonga qaratilgan,
turli  tomonlarga  qaratilgan  harakatlar,  oldinga,  orqaga,  yon
tomonga, oraliq yo‘nalishlarda, simmetrik, asimmetrik harakatlar;
harakatlanish ifodasiga qarab:  bir vaqtda, turli vaqtda (birin-ketin,
navbatma-navbat), bir tekisda (bir xil sur’atda), har xil tezlikda
(tezlashtirib, sekinlashtirib), tez, sekin, ohista-mayin, keskin, kuch
bilan,  bo‘shashtirib  harakatlantirishlar.
Mazkur harakatlarni oyoq, bosh, gavda harakatlari bilan har
xil qilib o‘zgartirib yuborish, shuningdek, bu harakatlarni kombi-
natsiyalashtirish  imkoniyati  katta.
Ertalabki  badantarbiya  va  ishlab  chiqarish  gimnastikasining
umumrivojlantiruvchi  mashqlari  —  engashish,  bir  oyoqni  bukib
shaxdam qadam bosish, o‘tirish, oyoqlar bilan siltanish, sakrash —
harakatni qat’iy uslubda bajarishni talab qilmasligi bilan farq qiladi.
Ularning har biri qisqa yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatish maqsadida bir
necha marta takrorlanadi. Bunday yakka harakatlar oddiy erkin
mashqlar  tarkibiga  ham  kiradi,  biroq  bunda  ularning  chiroyli
bajarilishi va estetik tomonlari hisobga olinadi.
Erkin mashqlarning umumrivojlantiruvchi mashqlar to‘plami-
dan farqi shundaki, ularning barcha harakatlari yaxlit bir kombina-
tsiyaga  birlashtirilib qo‘shib bajariladi va ularning gimnastika usuliga
mos ravishda bajarish sifatiga qarab baholanadi.
12.2. Erkin mashqlar kompozitsiyasi
Kompozitsiya deganda, erkin mashqlarning barcha elementlari
va qismlarining muayyan bir tarzda o‘zaro birikishi, takrorlanishi,
o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, ularni tuzish jarayoni ham tushu


212
GIMNASTIKA  ATAMALARINING  QISQACHA
IZOHLI LUG‘ATI
Sizning  e’tiboringizga  havola  qilinayotgan  lug‘at  gimnastika
atamalarini  qamrab  olgan.  Mazkur  atamalar  jismoniy  tarbiya
o‘qituvchilarining har kungi ish faoliyatida uchraydi. Biroq  yuqori
toifali sportchilar qo‘llaydigan boshqa atamalar ham bor. Ushbu
atamalar tematik tartibda berilmoqda.
Umumiy atamalar
Ýëåìåíò 
—
 Element
 — gimnastikaning qisqa bir mashqi bo‘lib,
bo‘laklarga bo‘linmasligi va o‘zining tugallanganligi bilan ifodalanadi.
Ñîåäèíåíèå 
— 
Birikma
 — ketma-ket va yaxlit ijro etiladigan
elementning yig‘indisi, shu bilan birga elementning birikmalarda
ijrosi, uning alohida bajarilishidan katta farq qiladi.
Êîìáèíàöèÿ
 
— 
Kombinatsiya 
— aniq boshlanishi (jihozga sapchib
chiqish,  sakrab  chiqish)  va  tugallanish  (sakrab  tushish)  elementi
bilan ifodalanadigan elementlar va birikmalarning yig‘indisi.
Ïîçèöèÿ
 
—  
Holatlar 
— gimnastika sportida oyoqlarning besh
xil turishdagi holati qabul qilingan (3-bobdagi 3.4-qarang).
Harakatlarni  ifodalash
Îäíîèìåííûå 
— 
Bir nomli
 
— harakatlar mos keladigan; yo‘na-
lishi tugallanish oxiri bilan o‘ngdan o‘ngga yoki chapdan chapga;
bir xil nomdagi aylanish bilan o‘ngga harakat qilib, o‘ngga aylanish
yoki chapga yurib, chapga aylanish.
Ðàçíîèìåííûå 
— 
Har xil nomli 
— qarama-qarshi harakatlar:
yo‘nalishi bo‘yicha tomonning oxiriga o‘ngdan chapga yoki chapdan
o‘ngga; har xil nomlanuvchi aylanishlar bilan chapga yurib, o‘ngga
burilish yoki o‘ngga yurib, chapga burilish.
Ïîî÷åðåäíûå 
— 
Navbat bilan
 — tananing bir qismi (qo‘l yoki
oyoqni) bilan, keyin ikkinchi qismi bilan bajariladigan harakat.
Ïîñëåäîâàòåëüíûå 
—
 
Ketma-ket
  —  tananing  qismlarini
birinchisidan (yarimi) so‘ng ikkinchi qismiga o‘tib bajariladigan
harakat.
Îäíîâðåìåííûå 
— 
Bir vaqtda
 — tana qismlari bilan (qo‘l, oyoq)


213
bir vaqtda bajariladigan harakat, ular simmetrik, shu bilan birga,
asimmetrik bo‘lishi ham mumkin.
Bog‘lovchilar
Íà 
— 
Da
  —  tayanish  tananing  qaysi  qismida  bajarilishini
ko‘rsatadi, masalan, bosh usti
da
, yelka usti
da
, o‘ng
da
 (oyoqda),
qorin usti
da
. Lekin ular o‘zbek tilida (gimnastikada) ustida yoki
ustiga so‘zisiz ishlatiladi.
È 
— 
Va
— bir paytda bajariladigan elementlar o‘rtasiga ketma-
ket ijro etilishi ko‘rsatilsa, aytiladi.
Elementlar guruhi
Óïîðû  ïðîñòûå
  — 
Oddiy  tayanish
  —  faqat  qo‘llar  bilan
tayanib,  bajarilishni  ifodalaydi.
Óïîðû ñìåøåííûå
 — 
Aralash tayanishlar
 — qo‘shimcha taya-
nishlar bilan bajariladigan (qo‘llardan tashqari), asosan, oyoqlar
bilan,  tananing  faqat  bir  qismi  bilan  ushlab  —  qo‘llar  (qo‘l),
bukilgan oyoqlar, oyoqning uchi bilan bajarilishni ifodalaydi.
Âèñû  ñìåøåííûå
  — 
Aralash  osilishlar
  —  qo‘llar  bilan
ushlamasdan, qo‘shimcha qismlar bilan osilib bajarilishni bildiradi.
Ïðûæêè  ïðîñòûå
  — 
Oson  sakrashlar
  —  oyoqlar  (oyoq)
bilan depsingandan so‘ng, qo‘llar bilan tayanmasdan havoda uchib
bajarilishi.
Ïðûæêè îïîðíûå
 — 
Òayanib sakrashlar
 — jihoz ustida qo‘llar
yoki qo‘l bilan qo‘shimcha tayanib (depsinib) bajarilishi.
I z o h :
  tayanish,  osilish,  sakrashlarni  aniqlashda  asosiy  atamalar
qismiga qarash kerak.
Aniq atamalar
Áåã 
—
 Yugurish*
 — qadam bilan oldinga harakat qilish, har
birida uchish fazasi bor. Badiiy (nafis) gimnastikada yugurishning
quyidagi turlari (bir nomli qadamdan tashqari) bor: odim yumshoq
uchish  fazasisiz  va  elastik;  dumalab  —  tayanishsiz  fazasi  bilan,
elastik;  prujinasimon  —  oyoqlar  bilan  birin-ketin  depsingandan
so‘nggi sapchishlar; uchish fazasida gavda to‘g‘rilanadi, oyoqlar
to‘g‘ri, oyoq uchi cho‘zilgan; o‘tkir — shiddatsiz bajariladi, oyoqning


214
uchi  polga tegmasdan  bo‘sh oyoq qisqa va tez oldinga chiqariladi;
baland — oyoqni oldinga bukkanda sonni siltash harakati va uchish
fazasi.
Âèñ 
—
 
Òirmashish*
  —  jihozda  mashqlar  bajarish  chog‘i
yelkaning qo‘l ushlagan nuqtasidan pastki holati.
Âîëíà 
— 
Òo‘lqinsimon
 — tana qismlarining  yaxlit oldinga va
orqaga pastdan yuqoriga ketma-ket harakati, qo‘l (qo‘llar) bilan
bajarilishi mumkin.
Âñêîê 
— 
Sapchish
 
—  bajarilish holatini ko‘rsatib, sport jihoziga
sakrab chiqish.
Âõîä
 
— 
Kirish 
— tayanishdan (tik turish ham kiradi) ortga
aylanishdan dastakli ot dastagiga tayanib o‘tish.
Âûêðóò
 
— 
Òirmashib  aylanish
  —  oldinga  osilish  holatidan
orqaga yoki oldinga yelka bo‘g‘imlarida aylanib  o‘tishning bajarilishi.
Âûõîä 
— 
Chiqish
 
—  dastakda  tayangan  holatdan  (tik  turib
dastakda tayanishda ham) tanada va dastakka aylanib o‘tish.
Ãðóïïèðîâêà
 
— 
G‘ujanak
 
— gavda bukilgan holatida oyoqlarni
quchoqlab  o‘tirish;  turlari:  o‘tirib  —  G‘.,  yotib  —  G‘.,  yarim
o‘tirib —G‘., keng — G‘.
Äâèæåíèå  ïðóæèííîå
 
—
 
Prujinasimon  tik  tushish-sakrash
harakatlar
  —  D.h.bajariladi,  qo‘llar  yonga;  prujinani  siqqandek
qo‘llar hamma bo‘g‘imlarda qattiq bukiladi; o‘sha qo‘llar to‘g‘-
rilanadi;  yaxlit  prujinasimon  harakat  oyoqlar  va  gavdaning
qo‘shimcha bukib o‘tirishgacha bajarilishi.
Êà÷
 
— 
Òebranish 
— gimnastning jihoz bilan birga tebranishi
(halqa).
Êðóã
 — 
Doira
 — a) qo‘llarni gavda atrofida 360° aylantirish;
b) oyoqlar (oyoq)ni jihozlar ustida  yoki polda doira bo‘ylab 360°
aylantirish.
Êóâûðîê
 
— 
Umbaloq oshish
 
— boshdan to‘ntarilib, tanyangan
holda gavdaning  aylanma harakati.
Êóðáåò 
—
 
Kurbet* 
— qo‘llarda tik turgan holatdan oyoqlarga
sakrab o‘tish.
Max
 
— 
Chayqalish
 
—  gavda yoki qo‘l, oyoqlarni bir yo‘nalishga
tebranish  holati;  siltash  harakatlari  turlari;  ketma-ket,  qarama-
qarshi  yo‘nalishga  bir  necha  tebranishlar;  oyoqlar  (oyoq)  bilan
bir yo‘nalishga tebranib d.h. qaytish; tayangan holdan tebranish
natijasida osilishga yoki past tayangan holga o‘tish; polda yoki jihozlar


215
ustida oyoq yoki oyoqlar bilan tebranish harakati.
Ìîñò
 
— 
Chalqancha tashlash
 
— oyoqlar (oyoq)ga tayanib,
gavdaning orqaga maksimal bukilishi va qo‘llar (qo‘l)ning yuqoriga
cho‘zilish  holati.
Ìîñò*
 —
 
Ko‘prikcha
 — ikki qo‘l va ikki oyoq bilan tayanib
bajariladi.
Íàêëîí
 
— 
Engashish 
— gavdani yoki boshni tik holatga nisbatan
egish; turlari: prujinasimon — oldinga, orqaga va yonlarga bir necha
egilish harakatlarini bajarib, d.h.ga to‘liq qaytmaslik holati; tegib —
qo‘l (qo‘llar) bilan polgacha egilish holati.
Îáîðîò 
— 
Aylanish 
— harakatda, jihozlar o‘qi yoki qo‘l bilan
ushlab turgan joy atrofida tanani to‘liq to‘ntarilib kelib qo‘lgan
tayanish  holati;  katta  «O»  qo‘llarni  gavdadan  yuqoriga,  orqaga
yoki jihozni qo‘llar bilan ushlash joyidan og‘irlik markazidan mak-
simal uzoqlashtirish.
Îïóñêàíèå 
— 
Òushirish 
– kuch bilan sekin tushirish holati.
Ïåðåêàò 
— 
Dumalash 
— 
bosh  ustidan  aylanib  o‘tmasdan
gavdani tayanish bilan doira harakati; ifodalanishga ko‘ra, yon bilan
gavdaning to‘liq aylanishini umbaloq, deb bo‘lmaydi.
Ïåðåâîðîò 
— 
Aylanib tushish
 —
 qo‘llar (qo‘l)ga tayanib, bosh
orqali gavdaning to‘liq to‘ntarilishi: a) akrobatikada sakrab to‘nta-
rilib  tushish  (ikki  oyoq  bilan  depsinib,  uchishning  ikki  fazasi),
shiddat bilan yoki oddiy to‘ntarilib tushish (bir oyoq bilan tebra-
nib,  ikkinchi  oyoq  bilan  depsinib,  uchishning  bir  fazasi),  sekin
to‘ntarilib tushish uchish fazasisiz; b) jihozlarda qo‘lda, boshda,
yelkada tik turish orqali bajariladigan holat.
Ïåðåëåò 
— 
Uchib  o‘tish
  —
  bir  jihozdan  ikkinchi  jihozga
qo‘llarni qo‘yib yuborib (qo‘shpoyaning bir cho‘pidan ikkinchi-
siga) o‘tish.
Ïåðåñêîê
 — 
Sakrab o‘tish
 —
 a) arg‘imchoqda sakrash; b) bir
oyoqdan ikkinchi oyoqqa kichik sakrash.
 Ïåðåõîä 
— 
O‘tish
 —
 qo‘llarda turgan holdan o‘ngga, chapga
yurish yoki tebranish (boshqa elementni).
Ïîâîðîò
 — 
Burilish 
—
 gavdaning o‘z o‘qi atrofida aylanishi;
gavda, bosh aylanishi gavdaning pastki qismlari burilishisiz baja-
rilishi; yarim burilish — saf mashqlarida 45° burilish; qo‘llarda tik
turganda yelkaning oldinga yoki orqaga burilishi.
Ïîäñêîê 
— 
Dikkaklash
 —
 joyda yoki ko‘rsatilgan yo‘nalish


216
bo‘yicha sakrashlar.
Ïîäúåì
 — 
Ko‘tarilish
 —
 osilishdan tayanishga yoki pastroq
tayanishdan  o‘tish.
Ïðèñåä
  — 
Yarim  o‘tirish*
—
  oyoqlar  uchida  turib,  bukilgan
oyoqlarga turish holat; yarim o‘tirish — oyoq kaftida to‘liq tayanib,
oyoqlar yarim bukilgan holat; qo‘llar bilan polga  tayanib o‘tirish.
Ïðûæîê
 — 
Sakrash
 —
 bir yoki ikki oyoq bilan depsingandan
keyingi uchish.
Ðàâíîâåñèå
  — 
Muvozanat  saqlash
  —
  bir  oyoqda  turganda
ikkinchi oyoqni yon (oldin, orqa)ga yo‘naltirish holati.
Ðîíäàò
 — 
Òers sakrash
 —
 qo‘llarga tayanib, oldinga gavdani
to‘ntarish va ortga aylanib, ikki oyoqqa qo‘nish holati.
Ñàëüòî
  — 
Òo‘g‘ri  sakrash
  —
  depsingandan  yoki  qo‘llarni
yerdan uzgandan keyingi gavdaning tayanchsiz to‘ntarilish harakat
holati.
Ñåä
  — 
O‘tirish*
  —
  qo‘shimcha  tayanchsiz  o‘tirish  holati;
tayanib o‘tirish — aralash o‘tirish, o‘tirish holat bilan qo‘llarda taya-
nib,  o‘tirish  biriktiradigan  holat.
Ñêðåùåíèå
  — 
Chalishtirish
  —
  bir  vaqtda  bajariladigan  ikki
bir-biri  bilan  uchrashadigan  chayqalish  turlari:  to‘g‘ri  chalish-
tirish — bir xil nomlanishdagi chayqalishning bajarilishi; teskari
chalishtirish — har xil nomlanishdagi chalishtirishni davom etti-
rishda  bajarilishi;  har  ikki  holda  ham  tayanishdan  (oldindan)
bajariladigan dastlabki chalishtirish tushuniladi.
Ñîñêîê
 — 
Sakrab tushish*
 —
 jihozdan sakrab tushish.
Ñïàä 
— 
Pastlashish 
—
 tayanib o‘tirishdan osilishga yoki pastroq
tayanib o‘tirish.
Ñòîéêà 
— 
Òik turish
 —
 a) turish holati; b) oyoqlarning yuqo-
riga tik holati — tayanishni ko‘rsatib, asosiy holat.
Óïîð
 — 
Òayanish 
—
 qo‘llarga tayanish holati, yelkalar yuqori
yoki tayanish nuqtasi tekisligida bo‘ladi.
Óïîð*
— 
Òayanish*
 
—
 qo‘llarda tayanish holatida gavdaning
yuqoriga tik holati.
Õâàò
 — 
Ushlash 
—
 jihozlarni ushlash usuli, qayta ushlash,
ushlashning o‘zgarishi.
Øïàãàò
  — 
Oyoqlarni  keng  yoyish 
—  oyoqlarni  keng  kerib
o‘tirish holati; o‘ng (chap)ga shpagat qaysi oyoq oldinda ekan-
ligini ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha  atamalar


217
Âïåðåä 
—
 
Oldinga.
Ââåðõ 
— 
Yuqoriga.
Âíèç
 
— 
Pastga 
(d.h. ko‘rsatilmaydi).
Íàçàä
 
— 
Orqaga.
Âïðàâî
 
èëè 
âëåâî
 — 
O‘ngga
 yoki 
chapga.
 ñòîðîíû
 — 
Yonga.
Qo‘llarning yarim doira harakatlari va oraliq
yo‘nalishiga chiqarish holati
(äóãàìè) Âïåðåä
 
— 
Oldinga (yarim doira).
(äóãàìè) Ââåðõó
 
— 
Yuqoriga (yarim doira).
(äóãàìè) Âíèçó
 
— 
Pastga (yarim doira).
(äóãàìè) Íàçàä 
— 
Orqaga (yarim doira).
(äóãàìè) Âïðàâî
 
èëè 
âëåâî
 — 
O‘ngga 
yoki
 chapga (yarim doira).
(äóãàìè) Íàðóæó
 
èëè 
âíóòðü
 — 
Òashqariga
 
yoki
 ichkariga
(
yarim doira
).
Äóãîé
 
— 
Yarim doira bilan
 — qo‘llarning gavda atrofida 90°
dan ko‘proq harakati, lekin 360° kamroq, ko‘rsatilgan yo‘nalishga
boshlanib, oxirgi holatgacha davom etishi; jihozlarda gavda pastga
tushishdan boshlanib, keyin pastki nuqtadan yuqoriga ko‘tarilish.
Âíå
 
— 
Òashqarida
 
— oyoq (oyoqlar)ning, qo‘llar (qo‘l)ning
tashqi tomondagi holati; gimnastning ikki o‘qlik jihozdan (qo‘sh-
poya)  tashqarisidagi  holati.
Âíóòðè
 
— 
Ichkarida
 
—  oyoqlar  (oyoq)ning  tayanishdagi
qo‘llar  orasidagi  holati.
Ïðîäîëüíî
 
—
  Uzunasiga
 
—  yelka  o‘qining  jihozlar  o‘qiga
parallellik holatidagi vaziyat.
Ïîïåðåê
 
— 
Ko‘ndalang
 
—  yelka  o‘qining  jihoz  o‘qiga
perpendikularligi.
Ñòîÿ
 
— 
Òik turish
 — a) gimnastning jihozlarda, yerda yoki
polda oyoqlarga tayanib 45° burchak hosil qilib turish holati, ya’ni
tik yoki unga yaqin; b) oyoqlarning tikkaga yaqin holati (holatlar:
egilib tayanib turish, oyoqlarni kerib tayanib turish).
˱æà
 
— 
Yotib
 
—  gimnastning  gorizontal  yoki  unga  yaqin
bo‘lish  holati.
Ñèäÿ
 
— 
O‘tirib
 
— gimnastning tosda yoki son (sonlar)da taya-
nib,  o‘tirish  holatidan  foydalanishi.
Ñïåðåäè
 
— 
Oldidan
 
— jihozni ushlab yoki tayanib turganda


218
gimnast yuzi yoki gavdaning oldi bilan turish holadi.
Ñçàäè
 
— 
Orqadan
 
— jihozga yoki tayanishga orqa bilan turish
holati.
Áîêîì
 
— 
Yon bilan
  —  jihozga  yoki  tayanishda  ko‘rsatilgan
(o‘ng,  chap)  yon  bilan  turish  holati.
Ïðîãíóâøèñü
 
— 
Orqaga egilib
 
— gavda to‘g‘ri, yelkalar biroz
orqada,  oyoqlar  to‘g‘ri,  bosh  ko‘tarilgan  (agar  texnika  ijrosida
mo‘ljallangan  bo‘lsa,  qayd  etilmaydi).
Ñîãíóâøèñü
 
— 
Oldinga egilish
 — son bo‘g‘imlarida gavda yuqori
darajada egilgan.
Óãëîì
 
—
 
Burchak bilan
 — to‘g‘ri ko‘tarilgan oyoq gavda bilan
to‘g‘ri burchak hosil qiladi.
Âûñîêèì óãëîì
 
— 
Yuqori burchak bilan
 — to‘g‘rilangan oyoq
gavdaga yuqori yaqinlashtirilgan bo‘lib, tikkaga yaqin holati.
Ñ çàõâàòîì
 — 
Ushlab
 
— to‘g‘rilangan oyoq gavdaga maksimal
yaqinlashtirilgan holda oyoqlarni qo‘llar bilan ushlab turish.
Maõîì
 
— 
Chayqaltirib
  —  gimnastning  harakat  inersiyasida
paydo bo‘ladi.
Ñèëîé 
— 
Kuch  bilan
  —  gimnastning  mushaklar  zo‘riqishi
bilan sekin bajariladi.
Ðàçãèáîì
 
— 
Òo‘ntarilish bilan
 — boshdan aylanib o‘tish bilan
bajariladi (orqaga, agar oldinga bo‘lsa, kelishiladi).
Îäíîé, ïðàâîé, ëåâîé
 
— 
Bitta, o‘ng, chap bilan
 — a) oyoqni
kerib,  bitta  (ko‘rsatilgan)  oyoq  oldinga;  b)  oyoqlarni  ko‘tarish
holatida bittasini (yonga, yuqoriga, pastga) kerish.
Íà îäíîé, íà ïðàâîé, íà ëåâîé 
— 
Bittasida, chapda, o‘ngda
 —
a) tayanib bukilgan (ko‘rsatilgan) oyoq; b) tayanishdan ko‘tarilish
holatida ko‘rsatilgan oyoqni bukib bajarish (bir oyoq kerilgan).
Äâóìÿ
 
— 
Ikkalasi  bilan
  —  yakkacho‘pda  ikki  oyoq  bilan
chayqalib ko‘tarilish.
Âðîçü
 
— 
Kerib
  (tik  turganda  oyoqlarni  kerib  turish)  —  tik
turganda oyoqlar bir qadamga yelka kengligida (yonga, oldinga,
orqaga)  qo‘yiladi.
Óçêàÿ
 
— 
Òor
 (oyoqlarni kerib turish) — tik turganda oyoqlar
orasi, yelka kengligiga nisbatan  ikki marta tor qo‘yiladi.
Øèðîêàÿ
 — 
Keng
 (tik turganda oyoqlarni kerib turish) — tik
turganda oyoqlar keng qo‘yiladi.
Saf mashqlari atamalari


219
Ñòðîé 
— 
Saf 
— 
o‘quvchi (talaba)larni birgalikda mashqlar
bajarish  uchun  joylashtirish.
Øåðåíãà
 
– 
Qator
 
—
 
talaba  (o‘quvchi)larning  bir  chiziqda
yonma-yon  joylashishi.
Êîëîííà
 
– 
Ketma-ket qator
 
— talaba (o‘quvchi)larning bir-
birlari orqasida joylashishi.
Íàïðàâëÿþùèé
 
— 
Boshlovchi
 
— ketma-ket qatorda birinchi
turgan talaba (o‘quvchi).
Çàìûêàþùèé
 
– 
Oxirgi 
– safning oxirida turgan talaba (o‘quvchi).
Ôðîíò
 
— 
Front 
—  shug‘ullanuvchilar  safining  old  tomoni
(qatorda)
.
Ôëàíã
 
– 
Qanot
 
— safning chap yoki o‘ng tomoni.
Ãëóáèíà
 
ñòðîÿ
  — 
Safning  chuqurligi
  —  ketma-ket  qatorda
safning  ichkarisidagi  boshlovchi  bilan  oxirgi  o‘quvchi  (talaba)
orasidagi masofa.
Øèðèíà ñòðîÿ
 
– 
Safning kengligi
 – o‘ng qanotda turgan talaba
bilan chap qanotda turgan talaba orasidagi masofa.
Äèñòàíöèÿ
 
– 
Masofa 
–  ketma-ket  qator  safidagi  talabalar
orasidagi masofa.
Èíòåðâàë
 
– 
Oraliq 
– qatordagi talabalar orasidagi masofa.
Ïîñòðîåíèå
 
– 
Saflanish 
–  talabalar  (o‘quvchi)ni  ma’lum
bir joyda tizish (joylashtirish).
Ñòðîåâàÿ ñòîéêà
 èëè 
îñíîâíàÿ ñòîéêà
 
– 
Safdagi holat 
yoki
asosiy holat.
Ñìèðíî
 
— 
Rostlan.
Âîëüíî 
– 
Erkin.
Ðàçîéäèñü
 
– 
Òarqal.
Îòñòàâèòü
 
– 
Qaytarilsin.
Êðóãîì
 
– 
Ortga.
Øàãîì ìàðø
 
– 
Qadam bos.
Ïîëïîâîðîòà íàïða (íàëå)âî
 
–
O‘ng (chap)ga yarim
burilib.
*  Àsosiy  atamalar  nafaqat  qo‘shimcha  elementlar  bilan,  balki  bundan
tashqari o‘zi ham aniq bir atamani ifodalaydi.


220
NAZORAÒ SAVOLLARI
1-bob
1. «Gimnastika» so‘zi nimani ifodalaydi?
2. Gimnastika sportiga qisqacha ma’lumot bera olasizmi?
3. Gimnastika turlari nechtaga bo‘linadi?
4. Sport gimnastikasining nechta turi bor?
5. Gimnastika vositalariga nimalar kiradi?
6. Saf mashqlari deganda nimani tushunasiz?
2-bob
1. «Gimnastika»ning ma’nosi nimani anglatadi?
2. Gimnastika sportining ravnaq topishiga hissa qo‘shgan yangi
davr olim va faylasuflaridan kimlarni bilasiz?
3. Nemis gimnastika tizimi to‘g‘risida nima bilasiz?
4. Shved gimnastika tizimi to‘g‘risida nima bilasiz?
5. Fransuz gimnastika tizimi namoyandalaridan kimlarni bilasiz?
6. Yevropada faoliyat ko‘rsatgan «Lochinlar» gimnastika tizimi
faoliyati to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?
7. O‘zbekiston hududida Oktabr inqilobigacha gimnastika sportining
rivojlanishi to‘g‘risida ma’lumot bera olasizmi?
8. Sobiq sho‘rolar davrida gimnastika qayerlarda qo‘llangan va
kimlar rahbarlik qilishgan?
9. P.F. Lesgaft gimnastikasi tizimi deganda nimani tushunasiz?
10. Gimnastika sportining 1924-yilgacha Olimpiada o‘yinlari dastu-
ridagi o‘rni to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?
11. O‘zbekiston gimnastikasi yulduzlaridan kimlarni bilasiz?
12. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda gimnastika sportining ravnaq
topishiga katta hissa qo‘shgan murabbiylardan kimlarni bilasiz?
13. Mustaqillikdan keyingi davrda O‘zbekistonda gimnastikaning
rivoj topishi to‘g‘risida va o‘zbekistonlik sportchilarning  xalqaro sport
musobaqalarida ishtiroki to‘g‘risida nimalarni bilasiz?


221
3-bob
1. Gimnastika sportida atamalar qanday yaratiladi?
2. Gimnastika atamalarining ahamiyati nimada?
3. Atamalar qaysi tarzda yasaladi?
4. Atamalarni yozishda qanday qoidalar qo‘llaniladi?
5.  Umumrivojlantiruvchi  va  erkin  mashqlar  atamalari  qanday
yoziladi?
6. Gimnastik jihozlarda bajariladigan mashqlarni yozishda qaysi
atamalar  ishlatiladi?
7. Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari qaysi tarkibda yozi-
ladi?
8. Akrobatika mashqlarining atamalarini yozish qoidalarini bila-
sizmi?
4-bob
1. Gimnastik mashqlarni o‘rgatishdan maqsad nima?
2. Mashqlarni o‘zlashtirishda qanday shartlar qo‘yiladi?
3. Mashqlarni o‘zlashtirishda qanday usullar qo‘llaniladi?
4. O‘rgatishda qanday texnik vositalardan foydalanish mumkin?
5. Òalabalarga ko‘maklashish uchun o‘qituvchi qayerda turishi
kerak?
5-bob
1. Mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joylarni tanlashda nimalarga e’tibor
berish  kerak?
2. Gimnastikaning qanday jihoz va vositalari bor?
3. Gimnastik zal va maydonchalar sport turlari maydonlaridan
nima bilan farq qiladi?
4. Gimnastik jihoz, vositalar va zallardan foydalanish shartlarini
bilasizmi?
6-bob
1. Gimnastik mashqlarni bajarganda talabalarning shikastlanishiga
nima sabab bo‘ladi?
2. Shikastlanishlarning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish
kerak?
3. Mashq bajarish jarayonini muhofaza qilishda o‘qituvchi talaba-
ning qaysi tomonida turishi shart?
4. Òibbiy va o‘z-o‘zini nazorat qilish bir-biridan nimasi bilan farq
qiladi?


222
7-bob
1. Qachon va qaysi tartibda mashg‘ulotlar rejalashtiriladi?
2. Rejalashtiriladigan hujjatlarning nomlarini bilasizmi?
3. Ish dasturi kim tomonidan tuziladi?
4. O‘quv maskanlarida o‘quv hujjatlarini kim tuzadi?
8-bob
1. Saf mashqlari darsning qaysi qismida qo‘llaniladi?
2. Saf mashqlarining o‘quv jarayonida tutgan o‘rni.
3. Saflanish mashqlarini bajarganda qanday usullardan foydalanish
mumkin?
4. Saflanishning qanday turlari bo‘ladi?
5. Harakatda safdan safga o‘tish mumkinmi?
6. Qanday ko‘chishlar bo‘ladi?
7. Burilish va orani ochish tartiblarini bilasizmi?
9-bob
1. Umumrivojlantiruvchi mashqlar to‘g‘risida nimalarni bila-
siz?
2. Yuqori tayanch-harakat apparatlarini rivojlantiruvchi URMni
ta’riflab bera olasizmi?
3. Pastki tayanch-harakat apparatlarini rivojlantiruvchi URMni
ta’riflab bera olasizmi?
4.  Qaysi  URMdan  kuch,  tezkorlik  va  egiluvchanlik  jismoniy
sifatlarni tarbiyalashda ko‘proq foydalaniladi?
5. Qaysi URMdan chidamlilik va chaqqonlik jismoniy sifatlarni
tarbiyalashda ko‘proq foydalaniladi?
10-bob
1. Gimnastika sporti amaliy mashqlari necha turga bo‘linadi?
2. Òalabaning yurak-qon tizimiga yurish va yugurish mashqlari
qanday  ta’sir  etadi?
3. Muvozanat saqlash, tirmashib chiqish, oshib o‘tish mashqlari
talabalar organizmiga qanday ta’sir etadi?
4. Uloqtirish, ilib olish va yuk ko‘tarish mashqlari talabalar orga-
nizmiga qanday ta’sir etadi?


223
11-bob
1. Statik kuch deganda nimani tushunasiz va uni tarbiyalashda qaysi
gimnastik jihozlardan foydalanish mumkin?
2. Dinamik kuch (siltanish) deganda nimani tushunasiz va uni
tarbiyalashda qaysi gimnastik jihozlardan foydalanish mumkin?
3. Gimnastika sport jihozlarida bajariladigan mashqlarning asosiy
yoki ko‘makchi mashqlar ekanligini farqlab bera olasizmi?
4. Gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarni qanday usullar
bilan  takomillashtirish  mumkin?
5. Òayanish tushunchasiga talabaning qaysi holati kiradi?
12-bob
1. Erkin mashqlar deganda nimani tushunasiz?
2.  Erkin  mashqlar  ko‘proq  sport  gimnastikasida  yoki  badiiy
gimnastikada  qo‘llaniladimi?
3. Erkin mashqlardan darsning asosiy qismida foydalanish mumkinmi?
4. Badiiy gimnastika uchun erkin mashqlar to‘plamini tuza ola-
sizmi?
13-bob
1. Sakrashlar ta’rif va tasnifini bayon eting.
2. Tayanmay sakrashlar deb nimaga aytiladi?
3. Tayanib sakrashlarni izohlang.
14-bob
1. Akrobatik mashqlarni ta’riflab bera olasizmi?
2. Akrobatik mashqlar necha turga bo‘linadi?
3. Qanday umbaloq oshishlar bo‘ladi?
4. Batutda sakrash gimnastikaning qaysi turiga kiradi?
15-bob
1. Sog‘lomlashtiruvchi gimnastika turini ta’riflab bera olasizmi?
2. Asosiy, yordamchi gimnastika bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
3. Gigiyenik va atletik gimnastika turlari o‘z ichiga qanday mashqlarni
mujassamlashtiradi?
4. Atletik gimnastika turiga qaysi mashqlarni kiritish mumkin?


224
16-bob
1. Gimnastikaning amaliy turlariga nimalar kiradi?
2. Ishlab chiqarish gimnastikasi qayerda va qachon qo‘llaniladi?
3. Kasbiy-amaliy gimnastika deganda nimalarni tushunasiz?
4. Sport-amaliy gimnastikasi harbiy-amaliy gimnastikadan nimasi
bilan farq qiladi?
5. Davolash gimnastikasi qaysi holatlarda qo‘llaniladi?
6. Jismoniy tarbiya daqiqasi jismoniy tarbiya tanaffusidan nimasi
bilan farq qiladi?
7. Kirish gimnastikasini dars jarayonida qo‘llash mumkinmi?
17-bob
1. Gimnastika darsi sport mashg‘ulotlaridan nimasi bilan farq
qiladi?
2. Gimnastika o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablarni bilasizmi?
3. Gimnastika sporti murabbiylariga qo‘yiladigan talablar, o‘qituv-
chilarga nisbatan nimasi bilan farq qiladi?
4. Darsda, mashg‘ulotlarda ishtirok etuvchi talabalarga qo‘yiladigan
talablar  nimadan  iborat?
5. Darslar, mashg‘ulotlar necha qismdan iborat bo‘ladi?
6. Darsning asosiy qismida qanday vazifalar yechiladi?
7. Darsning yakuniy qismidagi vazifalar nimadan iborat?
18-bob
1. Gimnastlar necha yoshgacha musobaqalarga ishtirok eta oladilar?
2. Musobaqalar necha turga bo‘linadi?
3. Musobaqalar nizomi kim tomonidan tuziladi?
4. Musobaqalarning maqsad va vazifalari nimada?
5. O‘zbekiston Respublikasi Gimnastika federatsiyasining (O‘RGF)
maqsad va vazifasi nimadan iborat?
6. Ommaviy chiqishlar musobaqalardan nimasi bilan farq qiladi?
7. Musobaqa hakamlarining tarkibi va vazifalarini bilasizmi?
19-bob
1. Gimnastik chiqishlar qachon va qayerda o‘tkaziladi?
2. Piramidalar va ommaviy saflanishlar qaysi sport vakillari tomo-
nidan bajariladi?
3. Akrobatik chiqishlar gimnastik chiqishlardan farq qiladimi?


225
20-bob
1. Boshlang‘ich maktab va litseylarda o‘tkaziladigan darslar bir-
biridan farq qiladimi?
2. Maktabgacha ta’lim maskanidagi darslar kasb-hunar kollejlarida
o‘tkaziladigan darslardan farq qiladimi?
3. Oliy o‘quv maskanlarida o‘tkaziladigan gimnastika darslari sport
gimnastikasiga kiradimi yoki ommaviy gimnastikagami?
21-bob
1. Xotin-qizlar uchun gimnastika darslarini rejalashtirganda ko‘proq
nimalarga e’tibor berish kerak?
2. Badiiy (nafis) gimnastika sport gimnastikasidan nimasi bilan
farq qiladi?
3. Aerobika sport turiga kiradimi, uning vazifasi nimada?
22-bob
1. Yoshi kattalar uchun gimnastika mashg‘ulotlari rejasini tuzganda
nimalarga e’tiborni qaratish shart?
2. Odamlarni yoshiga e’tiboran nechta tibbiy guruhga taqsimlash
mumkin?
3. Òalabalarni yoki katta yoshdagilarni sog‘lig‘i va jismoniy tay-
yorgarligini e’tiborga olib, qanday gimnastika mashqlarini tavsiya etasiz?
4. Òalabalar o‘quv maskanlari nechta tibbiy guruhga bo‘linadi?


226
FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR
1. 
À. Yefemenko
. Gimnastika. Ò., O‘zDJÒI, 1980.
2. 
Â. Ñìîëåâñêèé
. Ãèìíàñòèêà è ìåòîäèêà ïðåïîäàâàíèÿ. Ì.,
«ÔèÑ»,  1987.
3.
È. Ãóðåâè÷
. Óïðàæíåíèÿ äëÿ ìîäåëèðîâàíèÿ êðóãîâîé òðå-
íèðîâêè. Ìèíñê, «Ïîëûìÿ», 1990.
4. 
Ë. Êóí.
 Âñåîáùàÿ èñòîðèÿ ôèçè÷åñêîé êóëüòóðû è ñïîðòà.
Ì.,  «Ïðîñâåùåíèå»,  1992.
5. 
I. Azimov.
 Sport fiziologiyasi. Ò., O‘zDJÒI, 1993.
6.
 À. Ìàðêîñÿí
. Ôèçèîëîãèÿ. Ì., «Ìåäèöèíà», 1996.
7. 
ß. Âèëêèí
. Îðãàíèçàöèÿ ðàáîòû ôèçè÷åñêîé êóëüòóðû è ñïîðòà.
Ì.,  «ÔèÑ»,  1997.
8. 
Â. Ôèëèí.
 Îñíîâû þíîøåñêîãî ñïîðòà. Ì., «ÔèÑ», 1999.
9.
Â. Ìàñëÿêîâà
.  Ìàññîâàÿ  ôèçè÷åñêàÿ  êóëüòóðà  â  âóçå.  Ì.,
«Âûñøàÿ  øêîëà»,  1999.
10.
Â. Äóáðîâñêèé
. Ëå÷åáíàÿ ôèçè÷åñêàÿ êóëüòóðà. Ì., «Ìåäèöèíà»,
1999.
11. 
Á. Ìèíÿåâ
. Îñíîâû ìåòîäèêè ôèçè÷åñêîãî âîñïèòàíèÿ. Ì.,
«Âûñøàÿ øêîëà», 1999.
12. 
Ì. Êàrimov
. O‘zbekistonda gimnastika. Ò., O‘zDJÒI, 1999.
13. 
Â.Â. Âîðîïàåâ, Ñ.À. Ïóøêèí
. Êðàòêèé êóðñ ãèìíàñòèêè. Ì.,
«Ñîâåòñêèé  ñïîðò»,  2008.
14. 
Ý.È. Ñàêóí
. Ïîñòðîåíèå ó÷åáíîãî ïðîöåññà ïî ôèçè÷åñêîìó
âîñïèòàíèþ ñòóäåíòîâ â âóçå. Ì., «Äàøêîâ è Ê», 2009.
15. 
Ì.Ë. Æóðàâèí, Í.Ê. Ìåíüøèêîâà.
 Ãèìíàñòèêà. Ì., «Àêàäåìèÿ»,
2009.


227
MUNDARIJA
So‘zboshi ............................................................................................. 3
I qism. 
GIMNASTIKA NAZARIYASI VA USLUBIYATINING
UMUMIY  MUAMMOLARI
1-bob. 
Sport turi uslubiyati va muammolari
1.1. Gimnastika to‘g‘risida qisqacha ma’lumot ...................................... 4
1.2. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari............................................ 7
1.3. Gimnastika turlari .......................................................................... 9
1.4. Gimnastika o‘quv-ilmiy fan sifatida ............................................. 13
2-bob

Òarixiy tahlil
2.1. Gimnastikaning vujudga kelishi ................................................... 14
2.2. Yangi davr gimnastikasi ............................................................. 15
2.3. Milliy gimnastika tizimining yaratilishi ....................................... 17
2.4. Oktabr inqilobidan oldingi Rossiyada gimnastika ....................... 21
2.5. Sobiq Ittifoqda gimnastikaning taraqqiyoti .................................. 23
2.6. O‘zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi ........................... 28
2.7. 1917-yilgacha bo‘lgan davrda gimnastika ..................................... 29
2.8. XX asrning birinchi yarmida O‘zbekistonda
gimnastikaning ravnaq topishi ................................................... 31
2.9. O‘zbekistonlik gimnastlarning salmoqli qadamlari ...................... 33
2.10. Mustaqillikdan keyingi davrda gimnastikaning rivojlanishi ....... 38
2.11. Sport gimnastikasi Olimpiada o‘yinlarida .................................. 39
3-bob.
 Gimnastika atamalari
3.1. Atamalarning ahamiyati .............................................................. 43
3.2. Atamalarga  qo‘yiladigan talablar ................................................ 44
3.3. Gimnastika atamalarining qoidalari ............................................. 45
3.3.1. Atamalarni yasash usullari ................................................. 45
3.3.2. Atamalarni qo‘llash qoidalari ............................................ 49
3.3.3. Qisqartirish qoidalari (ayrim ifodalarni
tushirib  qoldirish) ....................................................................... 50
3.4. Umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar ........... 51


228
3.5. Gimnastika jihozlarida bajariladigan
mashqlarning  atamalari .............................................................. 69
3.6. Akrobatik mashqlarning atamalari............................................... 73
3.7. Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari ................................. 76
3.8. Mashqlarni yozib borish qoida va usullari ................................... 77
4-bob.
 
Gimnastika mashqlarini
o‘rgatish uslubiyati
4.1. O‘rgatishning  maqsadi, vazifasi va bosqichlari ........................... 81
4.2. Gimnastika mashqlarini  o‘zlashtirish shartlari ........................... 83
4.3. O‘rgatishning didaktik  tamoyillari .............................................. 84
4.4. O‘rgatish usullari ........................................................................ 85
4.5. Mashqlarning bajarilish usullari.................................................. 88
4.6. Gimnastika mashqlarini o‘rgatishda
harakatning  ketma-ketligi .......................................................... 91
5-bob.
 
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan joylar
 va ularning jihozlanishi
5.1. Gimnastika zallari ........................................................................ 93
5.2. Gimnastika jihozlari..................................................................... 94
5.3. Gimnastika jihozlarining to‘plamasi .......................................... 100
5.4. Jihozlar ...................................................................................... 101
5.5. Gimnastika maydonchasi ........................................................... 102
5.6. Zallar va jihozlardan foydalanish qoidalari .............................. 103
6-bob.
 
Gimnastika mashg‘ulotlarida
shikastlanishning oldini olish
6.1. Shikastlanish sabablari .............................................................. 104
6.2. Shikastlanishning oldini olish choralari ................................... 106
6.3. Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish ........................................ 106
6.4. Muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish usullariga o‘rgatish ......... 109
6.5. Shifokor nazorati va o‘z-o‘zini nazorat qilib,
 shikastlanishning oldini olish ................................................... 110
7-bob.
 
Gimnastika mashg‘ulotlarini
rejalashtirish va qayd etish
7.1. Gimnastikada o‘quv ishini rejalashtirishning
ahamiyati va vazifalari .............................................................. 111
7.2. Rejalashtirish hujjatlari tasnifi .................................................. 112
7.3. Rejalashtirish hujjatlarini tuzish ............................................... 113


229
7.3.1. Ish rejasini tuzish ............................................................ 114
7.3.2. Ish dasturini tuzish .......................................................... 117
7.3.3. Reja matnini  tuzish .......................................................... 118
II qism. 
GIMNASTIKANING ASOSIY VOSITALARI
8-bob. 
Saf mashqlari
8.1. Saf  mashqlarining  tasnifi ......................................................... 119
8.2. Asosiy mashqlar ........................................................................ 121
8.2.1. Saflanish usullari .............................................................. 121
8.2.2. Saflanish va  qayta saflanish .............................................. 122
8.2.3. Joydan joyga  ko‘chishlar .................................................. 125
8.2.4. Orani  ochish va yaqinlashish ........................................... 128
8.3. Uslubiy ko‘rsatmalar ................................................................. 129
9-bob.
 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
9.1. Mashqlarning  tasnifi ................................................................ 134
9.1.1. Qo‘l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar ............ 135
9.1.2. Bo‘yin va gavda mushaklari uchun mashqlar ................... 137
9.1.3. Oyoq mushaklari uchun mashqlar ................................... 138
9.1.4. Butun tana mushaklari uchun mashqlar .......................... 140
9.2. Jismoniy tarbiyaning umumrivojlantiruvchi mashqlari
yordamida yechiladigan ayrim vazifalar.................................... 140
9.2.1. Jismoniy  tarbiyalashda vosita sifatida umumrivojlan-
tiruvchi mashqlardan foydalanish ................................... 141
9.2.2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar ayrim mushaklar
guruhini taranglashtirish va bo‘shashtirish
vositasi  sifatida ................................................................ 143
9.2.3. Umumrivojlantiruvchi mashqlar qaddi-qomatni
shakllantirish  vositasi  sifatida .......................................... 143
9.2.4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatni
shakllantirish  vositasi  sifatida .......................................... 145
9.2.5. Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida
to‘g‘ri nafas olishga o‘rgatish ........................................... 146
9.3. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni qo‘llash uslubiyati ............. 148
10-bob.
 
Amaliy mashqlar
10.1. Mashqlarning ta’rifi ................................................................ 152
10.1.1. Yurish va yugurish .......................................................... 153
10.1.2. Muvozanat saqlash mashqlari ........................................ 154
10.1.3. Òirmashib chiqish mashqlari .......................................... 156


230
10.1.4. Uloqtirish va ilib olish mashqlari ................................... 161
10.1.5. Og‘ir yukni ko‘tarish va ko‘tarib yurish ......................... 163
10.1.6. Emaklab o‘tish mashqlari .............................................. 166
11
-
bob

Gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlar
(dastlabki tayyorgarlik mashqlari)
11.1. Gimnastika texnikasi asoslari ................................................... 167
11.2. Gimnastika jihozlarida asosiy mashqlarni bajarish
texnikasi va ularni o‘rgatish usullari ....................................... 171
11.2.1. Yakkacho‘pda bajariladigan mashqlar ............................. 171
11.2.2. Qo‘shpoyada  bajariladigan mashqlar .............................. 180
11.2.3. Halqada bajariladigan mashqlar ...................................... 186
11.2.4. Dastakli otda bajariladigan mashqlar .............................. 191
11.2.5. Past-baland qo‘shpoyada bajariladigan mashqlar ........... 195
11.2.6. Gimnastika xodasida bajariladigan mashqlar ................... 203
12-bob.
 
Erkin mashqlar
12.1. Erkin mashqlarning ta’rifi va mazmuni ................................... 209
12.2. Erkin mashqlar kompozitsiyasi .............................................. 211
12.3. Erkin mashqlar bajarishni o‘rgatish ....................................... 213
13-bob.
 
Sakrashlar
13.1. Sakrashlar ta’rifi va tasnifi....................................................... 215
13.2. Òayanmay sakrashlar ............................................................... 215
13.3. Òayanib sakrashlar................................................................... 220
14-bob.
 
Akrobatika mashqlari
14.1. Mashqlarning ta’rifi va tasnifi .................................................. 225
14.2. Akrobatika mashqlarini o‘rgatish ............................................. 226
14.3. Batutda bajariladigan eng oddiy mashqlar ............................... 236
III  qism.
 
GIMNASTIKANING TURLARI
15-bob.
 
Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi turlari
15.1. Asosiy gimnastika .................................................................... 238
15.1.1.  Asosiy gimnastika va unga xos xususiyatlar ..................... 238
15.1.2. Mashg‘ulotlarni tashkil qilish usullari............................ 240
15.2. Gigiyenik gimnastika ............................................................... 242


231
15.3. Atletik gimnastika ..................................................................... 245
16-bob. 
Gimnastikaning amaliy turlari
16.1. Amaliy turlar  ta’rifi ............................................................... 247
16.2. Ishlab chiqarish gimnastikasi .................................................. 248
16.3. Kasbiy-amaliy gimnastika ....................................................... 253
16.4. Sport-amaliy gimnastikasi ....................................................... 254
IV qism

MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH
SHAKLLARI
17-bob.
 
Umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim maskanlarida
gimnastika mashg‘ulotlari. Ta’lim maskanlarida
gimnastika darsi
17.1. Darsning asosiy vazifalari........................................................ 257
17.1.1. Darsga qo‘yiladigan umumiy talablar ............................. 257
17.2. Darsning  tuzilishi ................................................................... 259
17.2.1. Dars o‘tishga oid uslubiy ko‘rsatmalar ............................ 259
17.3. Darsning tayyorgarlik qismi ..................................................... 262
17.4. Darsning asosiy qismi ............................................................. 267
17.5. Darsning yakuniy qismi .......................................................... 269
18-bob.
 
Musobaqalar
18.1. Musobaqalarning ahamiyati .................................................... 271
18.2. Musobaqalarning turlari .......................................................... 271
18.3. Musobaqalar dasturi ............................................................... 272
18.4. Musobaqalar nizomi ............................................................... 272
18.5. Musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish .................... 273
18.6. Ommaviy musobaqalarni o‘tkazish ......................................... 277
18.7. Gimnastikada hakamlik qilish .................................................. 278
19-bob.
 
Gimnastika chiqishlari
19.1. Gimnastika chiqishlarining ahamiyati ..................................... 282
19.2. Gimnastika chiqishlarining dasturi .......................................... 283
19.3. Musiqa jo‘rligi .......................................................................... 285
19.4. Chiqishlarni uyushtirish va tayyorlash usuli............................ 286
V qism.
  
ÒAYYORGARLIGI TURLI DARAJADA


BO‘LGANLAR BILAN O‘TILADIGAN
MASHG‘ULOTLAR  XUSUSIYATLARI
20-bob.
 
Maktabda o‘tiladigan asosiy
gimnastika  mashg‘ulotlari
20.1. O‘quvchilarda harakat faoliyatini shakllantirish
va takomillashtirish ................................................................ 288
20.2. Maktab o‘quvchilariga gimnastika mashqlarini
  o‘rgatish  uslubiyati ................................................................. 290
21-bob.
 
Òalaba qizlar bilan gimnastika
mashg‘ulotlarini o‘tish
21.1. Xotin-qizlar organizmining o‘ziga xosligi ............................... 296
21.2. Mashg‘ulotlar usuli ................................................................. 298
22-bob

O‘rta, katta va keksa yoshdagilar bilan
gimnastika mashg‘ulotlari o‘tkazish
22.1. Yosh xususiyatlari ................................................................... 301
22.2. Mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish usuli .................... 302
Gimnastika atamalarining qisqacha izohli lug‘ati .................... 306
Nazorat savollari .................................................................... 314
Foydalanilgan  adabiyotlar ...................................................... 320


ILMIRA  IGOREVNA ÌORGUNOVA
GIMNASTIKA VA UNI
O‘QITISH  METODIKASI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
3-nashri
Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2013
Muharrir 
I. Usmonov
Badiiy  muharrir 
Sh. Odilov
Texnik muharrir 
F. Samadov
Ìusahhih 
T. Mirzayev
Noshirlik litsenziyasi AI ¹ 166, 23.12.2009-yil.
2013-yil 2-oktabrda chop etishga ruxsat berildi. Bichimi 60x90
1
/
16
.
«Òayms» harfida terilib, îfset usulida chop etildi. Bosma tabog‘i 20,5.
Nashr tabog‘i 19,5. 1902  nusxa. Buyurtma ¹
«ILM ZIYO» nashriyot uyi. Òoshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Shartnoma ¹ 26 — 2013.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi.
Òoshkent,  Shayxontohur  ko‘chasi,  86-uy.


Morgunova  I.I.  Gimnastika  va  uni  o‘qitish
metodikasi.
  Kasb-hunar  kollejlari  uchun
o‘quv qo‘llanma (3-nashri). T.: «ILM ZIYO»,
2013. — 328 b.
UO‘Ê 796.4 (075)
KBK 75.6ya722
ISBN 978-9943-16-029-3
M75

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə