I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari


-ma'ruza ILMIY TADQIQOT MAVZUCINI ASOSLASH METODOLOGIYASI



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə13/41
tarix24.04.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#106772
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

4-ma'ruza

ILMIY TADQIQOT MAVZUCINI ASOSLASH METODOLOGIYASI


1. Ilmiy yo‘nalish va uning strukturasi
2. Ilmiy muammo,unga qo‘yiladigan uslubiy va me’yoriy talablar
3. Ilmiy tadqiqot mavzusi. Mavzu samaradorligini baxolash
4. Ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy bosqichlari
5. Ilmiy axborot tushunchasi
6. Axbortni izlash va o‘rganish
7. Fakt tushunchasi.Tadqiqotda faktlarni qayta ishlash
8. Ilmiy adabiyot bilan ishlash



1. Ilmiy yo‘nalish va uning strukturasi


Hozirgi zamon fan murakkab tizimlar, unsurlar va ko‘p bosqichli faoliyat turlari kompleksini tashkil qilib, uning yadrosi bo‘lgan ilmiy tadqiqotni o‘zi ham bir qator strukturaviy epistemologik (bilishga doir) birliklarga bo‘linadi. Xususan, ilmiy tadqiqotda yo‘nalish, maqsadli dasturiy izlanish kompleksi, muammo va mavzuni farqlaydilar.
Ilmiy yo‘nalish fannnig ma’lum tarmog‘ida ilmiy jamoa tomonidan olib borilayotgan, biron-bir yirik fundamental yoki nazariy-texnologik muammoni xal etishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot sohasidir. Fanda sohaviy bo‘linish nisbatan mustaqil ilmiy izlanish tarmoqlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Masalan psixologiyada umumiy psixologiya, amaliy psixologiya, muxandislik psixologiyasi, yoshlar psixologiyasi va boshqalar.
Fanning tarmoqlarga bo‘linishi asosida tadqiqot predmeti doirasidagi yangi o‘rganilmagan masalalarni kiritish, olingan natijalarni esa amaliyotga keng tatbiq qilish zaruriyati yotadi. Fan tarmoqlarida kadrlar, ilmiy va texnologik imkoniyatlar birlashtiriladi, yig‘ilgan potensial shaxobchalanib borayotgan ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun taqsimlanadi.
Ilmiy yo‘nalish ilmiy jamoa va ilmiy maktablar faoliyati sohasidir. Bu soha o‘zini ma’lum dasturiy va tematik (bir-biri bilan bog‘langan mavzular «daraxtiga») yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Masalan, matematikada topologik tadqiqotlar yo‘nalishi, fizikada qattiq jismlar strukturasini tadqiq qilish yo‘nalishi, psixologiyada yoshlar psixologiyasini o‘rganish yo‘nalishi, Markaziy Osiyo tarixida Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasini tadqiq qilish yo‘nalishi va boshqalar.
Ilmiy yo‘nalishning strukturaviy birliklari – bu kompleks tadqiqot dasturlari, muammolar, mavzular va masalalardir.
Kompleks tadqiqot dasturi bir maqsad atrofida birlashtirilgan tarmoqlararo nazariy va ilmiy – texnologik tadqiqotlar, tavsiyalar va amaliy choralar tizimidir. Murakkab ijtimoiy va ilmiy muammolarni hal qilish maqsadida turli sohalarda ishlaydigan mutaxassislar ishtirokida kompleks tadqiqot dasturi ishlab chiqiladi, uni amalga oshirishda bir qancha ilmiy muassasalar va jamoalar jalb qilinadi.
Xususan, biron – bir shahardagi ekologik vaziyatni har tomonlama tadqiq qilish va zarur tadbir-choralarni rejalashtirish, shahar transporti va kommunikatsiyasi tizimini takomillashtirish, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejasini ishlab chiqish kabi masalalar va tadbirlar tizimi tarmoqlararo tadqiqot dasturi turkumiga kiradi.

Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə