I. P. Pavlov kimni "Rus fiziologiyasining otasi "deb atagan?



Yüklə 7,25 Mb.
səhifə3/150
tarix01.09.2023
ölçüsü7,25 Mb.
#121206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
8-sinf Isayeva 1

1-4 mavzular.

1. Aorta tushunchasini fanga kiritgan olim uchun tegishli fikrni toping.


A) Uning asarlari klinik tibbiyotga asos soldi
B) “Inson uchun birinchi baxt sog’lig’i, ikkinchisi go’zallikdir” degan fikrni aytgan
C) Odam organizmining realistik tasvirini yaratib berdi
D) Odam organizmi tuzilishini yorib ko’rish orqali o’rganishni birinchi bo’lib boshlagan

2. Organizmda mavjud bo’shliqlar va ularda joylashgan organlarni juftlab yozing.


a) miya qutisi; b) umrtqa pog’onasi nayi; d) ko’krak qafasi; e) qorin; f) chanoq; g) og’iz; h) burun; j) ko’z kosasi
1) til, tish; 2) bosh miya; 3) kekirdak, o’pka, yurak, halqum; 4) oshqozon, jigar, o’t pufagi, ingichka ichak, yog’on ichak; 5) ko’z; 6) hid bilish; 7) yo’g’on ichak, ayirish va jinsiy organlar; 8) orqa miya
A) a-8; b-2; d-7; e-4; f-3; g-1; h-6; j-5
B) a -2; b-8; d-4; e-7; f-7; g-6; h-6; j-5
C) a-2; b-8; d-3; e-4; f-7; g-1; h-6; j-5
D) a-2; b-8; d-3; e-4; f-4; g-1; h-5; j-6

3. Odam organizmi ichki tuzilishini murdalar yordamida yorib ko’rish orqali o’rganish dastlab qayerda boshlangan?


A) Yunaniston va RimdaB) Markaziy Osiyoda
C) Afrikada qit’asida D) Xitoy va Yaponiyada

4.Qaysi olimning asarlari klinik tibbiyotga asos soldi?


A) Leonardo da Vinchi B) Aristotel
C) Andrez Vezaliy D) Gippokrat

5. “Odam tanasi qismlari” asarining muallifi kim?


A) Gippokrat B) Aristotel
C) Galen D) Abu Ali ibn Sino

6. Odam – ijtimoiy jonzot, o’z aql va idroki bilan hayvonlardan farq qilishi to’g’risidagi fikrni ilgari surgan olim kim?


A) Aristotel B) Galen
C) Abu Rayxon Beruniy D) Mechnikov Ilya Ilich

7. Odam tanasi tuzilishining butun dunyoga mashhur qilgan olim uchun tegishli fikrni ko’rsating.


A) Odam organizmi tuzilishini yorib ko’rish orqali o’rganishni birinchilardan bo’lib boshlagan
B) Odam organizmining realistik tasvirini yaratib bergan
C) “Nerv sistemasi fiziologiyasi” asarining muallifi hisoblanadi
D) “Odam tanasi qismlari” asarida odam organizmini tavsirlab bergan

8.Yadro atrofida qaysi arganoid joylashgan?


A)lizosoma B)goldji majmuasi
C)mitoxodriya D)endoplazmatik to’r

9.Qaysi organoidda organoid joylashgan?


A)lizosoma B)goldji majmuasi
C)mitoxodriya D)endoplazmatik to’r

10. Qaysi asarda barcha organlar rasmlar orqali tasvirlanib, bu borada boshqalar yo’l qo’ygan kamchiliklarni tahlil qilgan?


A) “Odam tanasi qismlari”
B) “Bosh miya reflekslari”
C) “Odam tanasining tuzilishi to’g’risida”
D) “Tib qonunlari”

11. Qaysi olim issiq sharoitda odam va hayvonlar organizmida suv va tuz almashinuvining fiziologik mehanizmini o’rgangan?


A) O’.Aripov B) Y.To’raqulov
C) A.Yunusov D) V.Vohidov

12. Quyidagi ma’lumotlardan nechtasi to’g’ri ma’lumot hisoblanadi?


1) K.Zuparov sog’lom va kasal organizmda sodir bo’ladigan jarayonlar, ularning boshqarilishini o’rgangan; 2) yadro yumaloq shaklda hujayra markazida joylashgan bo’lib, undagi maxsus naychalar moddalarni hujayra ichiga va hujayra tashqarisiga tanlab o’tkazadi; 3) Y.To’raqulov O’zbekistonda ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami maktabining tashkilotchisi; 4) O’Aripov oshqozonosti bezining bir qismini ko’chirib o’tkazish usulini ishlab chiqqan; 5) “Saydana” asarida o’simlik va hayvon maxsulotlari hamda mineral moddalardan tayorlanadigan 880 dan ortiq dori – darmonlar lar to’g’risida ma’lumot berilgan.
A) 2 B) 3 C) 4 D) 4

13. Quyidagi ta’riflar qaysi olimlarga tegishli?


a) Rus fiziologiyasining asoschisi; b) buyuk shifokor, faylasuyuf, shoir, musiqashonos; c) ensiklopedist olim; d) uyg’onish davri atoqli rassomi va matematigi; e) qadimgi Yunon faylasufi va shifokori
1) Leonardo da Vinchi; 2) Galen; 3) I.Sechenov; 4) Beruniy; 5) Aristotel; 6) Ibn Sino; 7) Pavlov
A) a-7; b-6; c-5 B) a-3; c-4; d-1; e-5
C) a-3; b-6; d-1; e-2 D) a-7; b-5; c-6; d-1

14. Qaysi olim o’pka, o’t yo’llari, jigar, oshqozon, yurak, qon tomir, harakat organlari, qorin va ko’krak qafasining keng tarqalgan kasalliklarini tadqiq qilgan?


A) O’.Aripov B) K.Zuparov
C) Y.To’raqulov D) V.Vohidov

15. “Saydana” asarida qanchaga yaqin o’simlik turiga tavsif berilgan?


A) 200 B) 1000 C) 880D) 800

16. Odamning umrini uzaytirish bilan qaysi fan shug’ullanadi?


A) gelmintalogiya B) fiziologiya
C) gigiyena D) gerontologiya

17. Moddalar almashinuvida hosil bo’lgan H2O va CO2 qaysi organlar orqali tashqi muhitga chiqib ketadi?


A) hazm qilish va qon aylanish
B) ayirish va nafas olish
C) qon aylanish va ayirish
D) hazm qilish va nafas olish

18. Hujayraning tinim holatidan faol holatiga o’tishi nima deyiladi?


A) qo’zg’aluvchanlik B) harakatlanish
C) rivojlanish D) oziqlanish

19. To’g’ri fikrni toping.


A) Harakatlanish faqat organizm uchun emas, balki hujayralar, to’qimalar va organlar uchun ham xos bo’ladi
B) Organizm va uning tarkibiy qismlarining o’zgarishi hamda yangi belgilarni hosil qilishi o’sish deyiladi
C) Biosintez va parchalanish hujayralarda boradigan moddalar almashinuvi jarayonlarining ikki tomoni bo’lib, aynan bir vaqtning o’zida sodir bo’lmaydi
D) Rivojlanish – organizmlarning o’ziga o’xshash yangi nasl hosil qilishdan iborat

20. Qaysi javobda g’ovak tolali biriktiruvchi to’qima to’g’ri ko’rsatilgan?


A) chin teri, qon tomirlar devori, paylar
B) teri osti yog’ kletchatkasi, yurak xaltasi
C) qon, limfa
D) suyak, tog’ay

21. Qaysi olim odamning umrini uzaytirishga oid ishlari uchun nobel mukofotiga sazovor bo’lgan?


A) Pavlov B) Mechnikov
C) Sechenov D) Zuparov

22. Quyidagi olimlarni amalga oshirgan ishlari bilan juftlab ko’rsating.


1) surunkali buyrak kasalliklarida bemorga sog’lom buyrakni ko’chirib o’tkazish; 2) organizmning kasallikka chidamliligi hususiyatlarini ochib bergan; 3) shartli reflekslarni tormozlanishi to’g’risidagi ta’limotni yaratgan; 4) O’zbekistonda birinchi bo’lib elekrton mikroskopiya labaratoriyasini tashkil etgan
a) Y.To’raqulov; b) O’.Aripov; c) I.Pavlov; d) K.Zuparov; e) I.Mechnikov
A) 1 – d; 2 – e; 3 – c; 4 – a
B) 1 – a; 2 – d; 3 – c
C) 1 – a; 3 – c; 4 – d
D) 1 – b; 2 – e; 4 – d

23. Odam organizmida mavjud to’qimalar haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) Biriktiruvchi to’qimaga pay, suyak va tog’ay hujayralari xos bo’lib, ular miofibril tolalari hisobiga cho’zilish, tortilish kabi ta’sirlarga chidamli bo’ladi
B) Muskul to’qimasi hujayralari miofibril tolachalari hisobiga qisqarib yoziladi va har doim odam ixtiyoriga bog’liq holda ishlaydi
C) Epiteliy to’qimasi hazm qilish jarayonlarida qatnashadi va tez ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hujayralardan iborat
D) Nerv to’qimasi sezuvchi neyronning aksonlari bosh miya, orqa miyadan chiqib, organ va to’qimalarning sezish va harakatlanish funksiyasini ta’minlaydi

24. Odam va uning fanlari va ular o’rganadigan sohalarni juftlab ko’rsating.


a – anatomiya; b – fiziologiya; d – gigiyena
1) organizmning hayotiy funksiyasi; 2) odam sog’lig’iga mehnat sharoitining ta’siri; 3) odam organizmining tuzilishi
A) a – 1; b – 3; d – 2 B) a – 2; b – 1; d – 3
C) a – 3; b – 1; d – 2D) a – 3; b – 2; d – 1
25. Tibbiyot fanlari rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar va ular xizmatlarini juftlab yozing.
a) Gippokrat; b) Aristotel; d) Galen; e) Vezaliy; f) Leonardo da Vinchi; g) I.Sechenov; h) I.Mechnikov; i) I.Pavlov
1) oliy nerv faoliyati va shartli reflekslarni kashf etdi; 2) odam organizmi tuzilishini rasmlar orqali aniq tasvirlab bergan; 3) odam mijozining to’rt xil tipini tasvirlab bergan; 4) immunitetning fagotsitar nazariyasini yaratgan; 5) fanga aorta tushunchasini kiritgan; 6) hayvonlar ustida tajriba olib borgan; 7) bosh miya reflekslarini kashf etgan; 8) odam tuzilishini yorib ko’rib o’rgangan
A) a – 5; b – 3; d – 4; e – 6; f – 2; g – 7; h – 4; i – 1
B) a – 3; b – 5; d – 6; e – 8; f – 2; g – 7; h – 4; i – 1
C) a – 3; b – 5; d – 8; e – 6; f – 2; g – 1; h – 7; i – 4
D) a – 3; b – 5; d – 6; e – 4; f – 2; g – 1; h – 6; i – 7

26. Hujayra qismlari va ularga xos xususiyatlarni juftlab yozing.


a) hujayra membranasi; b) yadro; d) endoplazmatik to’r; e) Golji majmuasi; f) lizosomalar; g) sitoplazma; h) ribosoma; j) mitoxondriya; i) xromosomalar
1) endoplazmatik to’r membranasida joylashgan; 2) naychalar va kanalchalardan iborat; 3) sitoplazmada joylashgan xaltachalar; 4) hujayra markazida joylashgan; 5) hujayra bo’linishida shakllanadi; 6) sitoplazmani o’rab turadigan ikki qavatli yupqa parda; 7) hujayrani energiya bilan ta’minlaydi; 8) moddalarni to’playdi va tashiydi; 9) quyuq modda
A) a – 6; b – 4; d – 2; e – 8; f – 3; g – 9; h – 1; j – 7; i – 5
B) a – 6; b – 5; d – 2; e – 3; f – 8; g – 9; h – 1; j – 7; i – 4
C) a – 6; b – 4; d – 7; e – 8; f – 9; g – 2; h – 3; j – 1; i – 5
D) a – 6; b – 4; d – 2; e – 3; f – 8; g – 5; h – 1; j – 7; i – 9

27. Hujayra qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing.


a) hujayra membranasi; b) lizosomalar; d) endoplazmatik to’r; e) xromosomalar; f) ribosomalar; g) sitoplazma; h) yadro
1) oziqni parchalab hazm qiladi; 2) moddalarni tashiydi; 3) oqsil sintezlash; 4) moddalarni hujayraga va hujayradan tashqariga o’tkazish; 5) hujayra faoliyatini boshqarish; 6) irsiy axborot saqlaydi; 7) unda organoidlar joylashadi
A) a – 5; b – 4; d – 3; e – 6; f – 1; g – 7; h – 2
B) a – 4; b – 1; d – 2; e – 5; f – 3; g – 7; h – 6
C) a – 4; b – 2; d – 1; e – 5; f – 3; g – 7; h – 6
D) a – 4; b – 1; d – 2; e – 6; f – 3; g – 7; h – 5

28. Quyidagi tushunchalarni ularning ma’nosi bilan birga juftlab yozing.


a) assimilyatsiya; b) dissimilatsiya; d) moddalar almashinuvi; e) qo’zg’aluvchanlik
1) assimilyatsiya va dissimilatsiya reaksiyalarining majmui; 2) biosintez reaksiyalarining majmui; 3) organizmlarning atrof-muhit o’zgarishlaridan ta’sirlanishi; 4) energiya almashinuvi reaksiyalari yig’indisi
A) a – 1; b – 4; d – 2; e – 3
B) a – 4; b – 2; d – 1; e – 3
C) a – 3; b – 1; d – 2; e – 4
D) a – 2; b – 4; d – 1; e – 3

29.Hujayralar oralig'i moddasining holatiga ko'ra to'g'ri juftlashtiring: a-g'ovak tolali, b-tig'iz tolali, s-qattiq, d-suyuq;


1-suyak, 2-qon, 3-qon tomirlari devori, 4-paylar, 5-teriosti yog' kletchatkasi, 6-yurak xaltasi,7-limfa,8-chin teri,9-tog'ay.
A)a-1,2; b-3,4; s-5,6; d-7,8
B)a-5,6; b-8,3,4; s-1,9; d-2,7
C) a-7,2; b-3,4; s-5,6; d-1,8
D) a-6,5; b-3,4; s-1,2; d-7,8,9

30.Hazm suyuqligini qaysi to'qima ishlab chiqaradi?


A)biriktiruvchi
B)tez yemirilishi tufayli yangilanib turuvchi to'qima
C)muskul to'qimasi D)organlarni bog'lab, ular funksiyasini boshqarib turuvchi to'qima

31.Nerv hujayralari va oraliq hujayralardan tashkil topgan to'qima?


A)biriktiruvchi
B)tez yemirilishi tufayli yangilanib turuvchi to'qima
C)muskul to'qimasi D)organlarni bog'lab, ular funksiyasini boshqarib turuvchi to'qima

32.To'g'ri fikrni aniqlang?


A)umurtqa pog'onasi nayida bosh miya joylashgan B)qorin bo'shlig'ida o'pkalar joylashgan
C)muskulli diafragma ko'krak qafasini qorin bo'shlig'iga birlashtirib turadi
D)organlar bir necha xil to'qimalardan tashkil topgan

33.Odamning yugurishida qaysi to'qima juda muhim ishni bajaradi?


A)biriktiruvchi
B)tez yemirilishi tufayli yangilanib turuvchi to'qima
C)muskul to'qimasi D)organlarni bog'lab, ular funksiyasini boshqarib turuvchi to'qima

34. Nima uchun bolalar organizmida keksalarga nisbatan suv ko'p bo'lishini aniqlang?


A)chunki keksalarda moddalar almashinuvi tez
B) chunki keksalarda dissimilyatsiya assimilyatsiyaga nisbatan yuqori
C)chunki bolalarda assimilyatsiya dissimilyatsiyaga nisbatan yuqori
D) chunki bolalarda suvga bo'lgan ehtiyoj kam

35.Organizm va uning tarkibiy qismlari o'lchamining ortishi hujayraning qanday xossasi hisoblanadi?


A)harakatlanish B)rivojlanish C)o'sish D)ayirish

36.Yoppasiga emalash qaysi kasalliklarni tugatilishi va ularni tarqalishini oldini olindi?



A)

O’lat

Chechak

Polimiyelit

Qizamiq

B)

O’lat

Chechak

Sil

Qizamiq

C)

Vabo

Chechak

Miyelit

Qizilcha

D)

Vabo

Chechak

Polimiyelit

Qizamiq


Yüklə 7,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə