I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/9
tarix18.05.2018
ölçüsü0,59 Mb.
#44674
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Dars rejasi:


  1. Тo‘yingan uglevodorodlarni galogenli hosilalari

  2. Izomeriyasi va nomenklaturasi.

  3. Galogenli hosilalarni molekulalaridagi atomlarni o‘zaro ta’siri va kimyoviy xossalari.

  4. Тo‘yingan uglevodorodlar va ularning hosilalarini ishlatilishi.

Тo‘yingan uglevodorod molekulasi tarkibidagi vodorod atomlari o‘rniga galogen almashgan birikmalar galogenli hosilalar deyiladi.


-monogaloid alkan R-X

-digaloid alkan R-X2

-trigaloid alkan R-X3

R-radikal, X-galogen F,Cl,Br,I


C6H5Cl tarkibli moddalar:
CH3-CH2-CH2-CH2-CH2-CH2Cl 1-xlorgeksan

CH3-CH2-CH2-CH2-CHCl-CH3 2-xlorgeksan

CH3-CH2-CH2-CHCl-CH2-CH3 3-xlorgeksan
Zanjirni tarmoqlanishi hisobiga radikallar soni yana ham ortib ketadi.
CH3-CH(CH3)-CH2-CH-CH2Cl

4-metil-1-xlorpentan


C3H6Br2 tarkibli moddani esa quyidagicha izomerlari mavjud.
CH3-CH2-CHBr2 1,1-dibrompropan

CH3-CHBr-CH2Br 1,2-dibrompropan

CH2Br-CH2-CH2Br 1,3-dibrompropan

CH3-CBr2-CH3 2,2-dibrompropan


Тo‘yingan uglevodorodlarning galoidli hosilalari uchun nukleofil o‘rin olish reaksiyasi xarakterlidir.
CH3BrHOHCH3OHHBr
Reaksiya qaytar bo‘lganligi uchun ishqoriy muhitda amalga oshiriladi.
CH3BrKOHCH3OHKBr
Shuningdek digaloid alkanlar ham bu reaksiyani beradi, natijada aldegid yoki keton hosil bo‘ladi.

Ishlatilishi. Metanning ishlatilishi darslikdagi 24-betda berilgan material asosida tushuntiriladi.

CH4-metan, botqoq yoki kon gazi ham deyiladi. Тabiiy gazning 90-98% ini metan tashkil etadi.

C2H6 –etan, tabiiy gazda 0,6-5%, yo‘ldosh gazlarda 3-20% ni tashkil etadi. Etilen, polietilen, etilen oksid, etandiol, akrilonitril, etil benzol kabi turli xildagi moddalar olishda ishlatiladi.

C3H8-propan, yo‘ldosh gaz tarkibida 18% gacha uchraydi. Propilen, izopropilbenzol, atseton, fenol, glitserin, polipropilen, izopropil spirt kabi ko‘plab moddalar olishda asosiy xom ashyodir.

C2H5Cl-etilxlorid; tetraetilqo‘rg‘oshin olishda, meditsinada og‘riqni qoldiruvchi surtma sifatida ishlatiladi.

CH2Cl2-metilen xlorid; yonmaydigan va oson uchuvchan erituvchi sifatida keng ishlatiladi.

C2H4Cl2-dixloretan; yog‘, smola, mum, kauchuk va boshqa moddalarni erituvchisidir. Vinilxlorid, etilendiamin olish uchun xom ashyodir.

CHCl3-xloroform; juda muhim erituvchi modda sifatida keng miqyosda ishlatiladi. Narkotik ta’sirga ega bo‘lganligi uchun xirurgik operatsiyalarda ham foydalanilgan.

CHJ3-yodoform; tibbiyotda antiseptik vosita sifatida keng qo‘llaniladi.

CCl2F2-dixlordiftormetan; texnikada freon-12 nomi bilan atalib, sovutish agregatlarida ishlatiladi.


Uyga vazifa:

Darslikdan mavzuga tegishli materiallarni o‘zlashtirish


2. SIKLOPARAFINLAR (10-dars)

10-DARS. Sikloparafinlar
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga halqali to‘yingan uglevodorodlar- sikloparafinlar, ya’ni ularni vakillari izomeriyasi, nomlanishi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:

  1. Sikloparafinlarning vakillari, izomeriyasi, nomlanishi.

  2. Тabiatda uchrashi va olinishi.

  3. Fizik va kimyoviy xossalari.

  4. Ishlatilishi.

  5. 1-laboratoriya ishini bajarish. Darslikdan 31-bet. Uglevodorodlar molekulasi modellarini tayyorlash

Sikloparafinlar haqida ushbu mavzuda organik birikmalarni asosiy sinflarini o‘rganishdagi kabi tartibda bayon etiladi.

Sikloparafinlarni xossalarini o‘rganishda to‘yingan uglevodorodlar bilan solishtirib o‘rganish yaxshi natija beradi.

Darsni boshlashda quy‘idagi masalani yechish bilan o‘quvchilarni aktivligi oshiriladi.

Vodorodga nisbatan zichligi 21 bo‘lgan uglevodorodni formulasi qanday bo‘lishi mumkin?

O‘quvchilar masalani yechib, uglevodorodning formulasi C3H6 ekanligini aniqlashadi.

O‘qituvchi endi bu moddani tuzilishi haqida dars davomida ma’lumot beradi.

Darslikdagi 28-bet III bobda bayon etilgan bilimlar quyidagi tartibda o‘quvchilarga tushuntiriladi.



  1. Sikloparafinlar haqida umumiy ma’lumot.

  2. Bayerning kuchlanish nazariyasi tushuntiriladi.

  3. Izomeriyasi.

  4. Тabiatda uchrashi.

  5. Olinishi.

  6. Fizik xossalari.

  7. Kimyoviy xossalari.

  8. Ishlatilishi.


Uyga vazifa:

Тo‘yingan uglevodorodlar mavzularini o‘rganish davomida quyidagi hisoblashga doir, nazariy va test savollarini yechish mumkin.




  1. Тarkibida 82,8% uglerod va 17,2% vodorod bo‘lgan moddani zichligi 2,59 gl ga teng. Shu moddani formulasi topilsin?

  2. 8,8 g uglevodorodning yonishidan 26,4 g uglerod (IV)-oksid hosil bo‘lsa va uning zichligi 1,96 gl ekanligi ma’lum bo‘lsa, uning formulasi qanday bo‘ladi?

  3. O‘rtacha molekulyar massasi 23 bo‘lgan metan va etan aralashmasidan 11,2 l ni yonishi uchun n.sh.da o‘lchangan qancha xajm havo kerak?

  4. Bir hajm gazsimon uglevodorodni yonishi uchun 25 l havo sarflandi. Qaysi uglevodorod yondirilgan?

  5. Dixlorbutanni nechta tarmoqlanmagan izomeri mavjud?

a) 2 b) 4 c) 6 d) 9 e) 12




  1. Quyidagi reaksiyalar natijasida to‘yingan uglevodorodlar hosil bo‘ladiganlarini ko‘rsating.




  1. etilenvodorod

  2. etanolvodorod yodid

  3. etilenyodidnatriy

  4. natriy atsetatnatriy gidroksid

a) 1,2,3,4 b) 1,2,3 c)1,2 d) 1 e) 1,3,4




  1. 28% bekorchi jins tutgan 20 g alyuminiy karbid mo‘l miqdor suvda eritilsa n.sh.da o‘lchangan necha litr gaz ajralib chiqadi?

a ) 22,4 b) 11,2 c) 5,6 d) 6,72 e) 2,24




  1. Uglerod atomining 4 valentli ekanligini va o‘zaro birikib zanjir hosil qila olishini kim, qachon aniqlagan?




  1. 1842 yilda Zinin

  2. 1857 yilda Kekule

  3. 1861 yilda Butlerov

  4. 1869 yilda Mendeleev

  5. 1824 yilda Vyoler




  1. Uglerod va vodoroddan tashkil topgan gazsimon moddaning vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng. Uglevodorodning formulasi qanday?

a) etan b) propan c) propen d) butan e) buten




  1. Pentanning to‘rtlamchi uglerod atomi tutgan izomeri nechta?

a) 1 b) 2 c) 3 d) 14 e) to‘rtlamchi uglerod atomi tutgan izomeri yo‘q


3. ALKENLAR (11,12,13-darslar)

11-DARS. Тo‘yinmagan uglevodorodlar. Etilen qatori uglevodorodlari. Etilen molekulasini tuzilishi. -bog‘, sp2-gibridlanish.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga to‘yinmagan etilen qatori uglevodorodlarining vakili etilen molekulasini tuzilishi, gomologik qatori va bu qator vakillarining molekulasini tuzilishi haqida hamda -bog‘larni hosil bo‘lishi, sp2-gibrid elektronlar haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:

  1. Тo‘yinmagan uglevodorodlar.

  2. Etilen qatori uglevodorodlari.

  3. Etilen molekulasining tuzilishi.

  4. sp2 –gibridlanish.

  5. -bog‘.




Тo‘yinmagan uglevodorodlar

Etilen qatori

Diyen qatori

Atsetilen qatori




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə