I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/9
tarix18.05.2018
ölçüsü0,59 Mb.
#44674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5. ALKINLAR (17,18-darslar)

17 va 18-darslarda to‘yinmagan uglevodorodlarning atsetilen qatori vakillari bilan tanishiladi.

Uglerod-uglerod orasidagi uchlamchi bog‘ni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq materiallar o‘quvchilarga beriladi. Uchlamchi bog‘ni hosil bo‘lishi bilan uglerod atomlari (uch bog‘ni hosil qilishda ishtirok etgan uglerod) ga bog‘langan vodorod atomini xossalari haqida tushunchalar bilan tanishtiriladi.

Atsetilen qatori uglevodorodlari bilan tanishishni ham uglevodorodlarning oldingi sinflarini o‘rganishdagi kabi reja asosida tashkil qilinadi.


17-DARS. Atsetilen. Molekulasini tuzilishi. sp-gibridlanish. Gomologik qatori. Izomeriyasi. Nomlanishi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga atsetilen qatori uglevodorodlari, tuzilishi, izomeriyasi, sp-gibridlanishi va nomlanishi haqida ilmiy tushuncha berish. Atsetilen asosida amalga oshiriladigan sintezlar yordamida uglevodorodlarning sinflari asosida genetik bog‘lanishlarni tushuntirish.
Dars rejasi:

  1. Atsetilen va atsetilen qatori uglevodorodlar molekulasining tuzilishi.

  2. sp-gibridlanish va uni gibridlanishning boshqa turlaridan farqi.

  3. Izomeriyasi

a) Zanjirning tarmoqlanishi hisobiga.

b) -bog‘larning siljishi hisobiga izomeriya.



  1. Nomlanishi

Ushbu mavzuni boshlashdan avval organik moddalar formulalarini topishga doir bir necha xil masalalar yechish yo‘li bilan o‘quvchilarni mustaqil ishlash va qilingan ishlar natijasi asosida mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi.




  1. Geliyga nisbatan zichligi 6,5 ga teng bo‘lgan uglevodorodni formulasini toping?

  2. Тarkibida 92,3% uglerod, 7,7% vodorod bo‘lgan uglevodorodni vodorodga nisbatan zichligi 13 ga teng. Shu moddani formulasi topilsin?

  3. 2,6 g organik moddani yonishi natijasida 1,8 g suv va 8,8 g uglerod (IV)-oksid hosil bo‘lgan. Moddani havoga nisbatan zichligi 0,9 ga teng. Ushbu moddani tuzilish formulasini aniqlang?

  4. Bu kabi masalalarni yechish yo‘li bilan noma’lum moddaning formulasini aniqlash malakalari singdiriladi.

  5. Atsetilenni formulasi C2H2 ekan, uni tuzilishi qanday? Savolga o‘quvchilarning izohli javoblarini muhokama qilish maqsadga muvofiq.

Dars reja asosida davom etadi.


Uyga vazifa:

  1. Quyidagi o‘zgarishlar natijasida atsetilen hosil qiling. Zarur reaksiyalar tenglamalarini yozing va reaksiyaning borish sharoitini tushuntiring:

a) etilen  xloretan  etilen

b) metan  xlormetan  etan  etilen  1,2-dixloretan  atsetilen?

c) CaCO3  CaO  CaC2  C2H2


  1. Atsetilen sanoatda ham, laboratoriyada ham kalsiy karbidga suv ta’sir ettirib olinadi. Тarkibida 20% bekorchi jinslar tutgan 20 kg karbiddan n.sh da o‘lchangan qancha hajm atsetilen olish mumkin?

  2. 1 l noma’lum uglevodorodni yondirish uchun 2,5 l kislorod sarflanadi, natijada 2 l karbonat angidrid va 1 l suv bug‘i hosil bo‘lgan. Noma’lum uglevodorodning formulasini aniqlang?


18-DARS. Atsetilenni olinishi. Fizik va kimyoviy xossalari.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga atsetilen va uning gomologlarini olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida ilmiy ma’lumotlar berish.
Dars rejasi:

  1. Atsetilen va uning gomologlarini olinishi.

  2. Atsetilen qatori uglevodorodlarni fizikaviy xossalari.

  3. Kimyoviy xossalari.

  4. Atsetilen asosida olinadigan moddalar va ularni ishlatilishi.

  5. Laboratoriya ishi №2. Atsetilenni olish va xossalarini o‘rganish


Olinishi.

  1. Kalsiy karbidga suv ta’sir ettirib atsetilen olinadi

2C2H22HOHCHCHCa(OH)2




  1. Metanni yuqori temperaturada parchalab olinadi. Metan yuqori temperaturada uglerod bilan vodorodga parchalanib ketadi. Ammo, bu reaksiyada oraliq modda atsetilen hosil bo‘ladi. Reaksiyani ana shu bosqichida to‘xtatilib, atsetilen olinadi:





  1. Digaloid alkanlarni o‘yuvchi kaliyning spirtdagi eritmasi orqali o‘tkazilsa atsetilen qatori uglevodorodlar hosil bo‘ladi:

CH3-CH2-CHCl22KOHCH3-CCH2KCl2H2O

CH3-CHCl-CH2Cl2KOHCH3-CCH2KCl2H2O
Fizik xossalari. Atsetilen xidsiz, havodan yengilroq, suvda kam eriydigan gaz modda bo‘lib, ts-81,8S, tq-83,8S. Atsetilen qatori uglevodorodlarini molekulyar massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ortadi.

Kimyoviy xossalari.
C2H2  Br2  CHBrCHBr  Br2  CHBr2-CHBr2 (sxematik tarzda)

C2H2  H2  CH2CH2  H2  CH3-CH3 (sxematik tarzda)

C2H2  HCl  CH2CHCl  HCl  CH2Cl-CH2Cl (sxematik tarzda)

C2H2  HOH  CH3-CHO

2C2H2  3O2  4CO2  2H2O

C2H2  HCN  CH2CH-CN

C2H2  [Ag(NH3)2]OH  Ag-C  C-Ag  H2O  NH3 (sxematik tarzda)

C2H2  C6H6

C2H2  [KMnO4  H2SO4]  HOOC-COOH (sxematik tarzda)
Ishlatilishi.


sintetik kauchuk

C2H2

sintetik tola

etil spirti

sirka aldegid

polixlorvinil

sirka kislota

bo‘yoqlar

vinilatsetat

laklar

parfyumeriya

metall payvandlash

dori-darmonlar

turli erituvchilar




Uyga vazifa.

  1. C5H8 tarkibli barcha uglevodorodlarni tuzilish formulasini yozing va nomlang.

  2. Atsetilen molekulasidagi vodorod atomlarini metall atomlariga almashtiradi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz? Butin-1 va butin-2 lar ham shunday xossaga egami?

  3. Atsetilen qatori uglevodorodlari ham Kucherov reaksiyasini beradi. Bu reaksiyalarda ham aldegidlar olinadimi? Nima uchun? Butin-1 va butin-2 misolida o‘z fikrlaringizni izohlang.

  4. Propinni trimerlanish reaksiya tenglamasini yozing. Bunda qanday mahsulot hosil bo‘ladi?

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə