I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə9/9
tarix18.05.2018
ölçüsü0,59 Mb.
#44674
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Nukleotidlar azotli asos adenin, guanin, sitozin va timinli bo‘lishi mumkin. Nukleotidlar bir-biri bilan polimerlanib DNK ning yakka spiralini hosil qiladi.

DNK molekulasi qo‘sh spiraldan iborat bo‘lib, yakka spiralning azotli asoslarini vodorod bog‘ yordamida bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Bunda adenin timin bilan, guanin sitozin bilan vodorod bog‘ hosil qiladi.

RNK molekulasi yakka spiraldan iborat bo‘lib, bunda ham nukleotidlarni hosil bo‘lishida timin o‘rniga azotli geterotsiklik birikma uratsil ishtirok etadi. Shuningdek uglevod dezoksiriboza o‘rnida riboza ishtirok etadi.

10-sinf umumiy biologiya kursida DNK va RNK larni organizmdagi ahamiyati va funksiyasi haqida ma’lumotlar berilgan.
Uyga vazifa:


  1. Хayvon jigaridan ajratib olingan DNK tarkibida 13 mg fosfor topilgan. Agar DNK molekulasidagi mononukleotidlarning polimerlanish darajasi 60000 ga teng bo‘lsa, tekshirilayotgan manbada necha mol DNK mavjudligini hisoblab toping.

  2. Sitoplazmatik irsiyatni ta’minlovchi DNK ning molekulyar og‘irligi ultratsentrafuga yordamida aniqlanganda 12109 ekanligi topilgan. Agar mononukleotid tarkibida 10% fosfor bo‘lsa, DNK dagi mononukleotidlarni polimerlanish darajasini aniqlang.



VI. ELEMENTORGANIK BIRIKMALAR (59-dars).

59-DARS. Elementorganik birikmalar
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga uglerod atomi bilan bevosita metall (element) atomining birikishidan hosil bo‘lgan birikmalar haqida tushunchalar berish.
Dars rejasi:

  1. Elementorganik birikmalar

  2. Metallorganik birikmalar (magniyorganik birikmalar)

  3. Kremniyorganik birikmalar

O‘quvchilar organik moddalar tarkibiga C, H, O, N, S va galogenlar kirishi haqidagi ma’lumotga ega. Ammo, organik modda molekulasidagi uglerod atomi bilan Na, K, Sn, Zn, Al, Fe, Mg, P, Si, As kabi elementlar bevosita birikishidan hosil bo‘lgan elementorganik birikmalar haqida ushbu mavzuda ma’lumot olishadi.

Metall atomini organik birikmalar tarkibidagi uglerod atomi bilan birikishiga qarab ajratib olish kerak.

CH3-CH2ONa , (CH3-COO)2Mg kabi birikmalarda metall atomi uglerod atomiga kislorod orqali birikkan. CH3-MgI, (C2H5)4Pb, Si(CH3)2 kabi birikmalarda esa metall atomi uglerod atomi bilan bevosita birikkan.

-Organik birikmalar tarkibidagi uglerod atomini bevosita metall (element) atomi bilan birikishidan hosil bo‘lgan moddalar metall- (element)organik birikmalar deyiladi.

k
abilar elementorganik birikmalardir.

Element organik birikmalarni organik sintez sohasida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida to‘xtalib, ayniqsa magniyorganik birikmalar yordamida sintez reaksiyalari ko‘rsatildi. Metallorganik birikmalar ichida eng ko‘p ishlatiladigani magniyorganik birikmalardir.

Magniyorganik birikmalar yordamida ko‘plab organik birikmalarni olish mumkin.


Masalan:

  1. C2H5Br  Mg  C2H5MgBr

C2H5MgBr  H2O  C2H6  MgOHBr

  1. CH3MgBr  H-CHO  CH3CH2-O-MgBr

CH3CH2-O-MgBr  H2O  CH3CH2-OH  MgOHBr
Murakkab efirlar (chumoli kislota efiridan tashqari) va ketonlar magniyorganik birikmalar yordamida uchlamchi spirtlar hosil qiladi.
Metallorganik birikmalarning nomlanishi:

CH3Na-metil natriy

(C2H5)2Hg-dietilsimob

C2H5MgBr- etil magniy bromid


Kremniyorganik birikmalarning nomlanishi:

Si(CH3)4-tetrametilsilan

CH3SiCl3-metil uchxlorsilan

Kremniyorganik birikmalarni Grin’yar reaktivi yordamida olish mumkin.

SiCl4RMgCl  RSiCl3MgCl2

RSiCl3RMgCl  RSiCl2MgCl2


Uyga vazifa:

Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun imkon beradigan reaksiyalarni tenglamalarini yozing.

a) atsetilen  sirka aldegid  propanol-2?

b) CH4  CH3OH  HCOH  propanol-1?

v) propin  dimetilketon  2-metilbutanol-2?
VII. YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR VA ULAR ASOSIDAGI POLIMER MATERIALLAR

(60, 61, 62, 63, 64-darslar)
Insonlarni farovon hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan kundalik ehtiyoji mollaridan tortib takomillashgan texnika vositalarigacha, turar joy binolari va undagi jihozlardan tortib osmono‘par binolargacha, tabiiy yoki sintetik polimer moddalardan tayyorlangan turli xildagi materiallarning ishtiroki bilan yaratiladi.

Masalan, g‘o‘za va turli xildagi qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun bu texnik ekinlar plyonka ostida parvarish qilinmoqda. Dunyo bo‘yicha ishlatayotgan kauchuklarning beshdan to‘rt qismi sintetik kauchuklardir.

Ayniqsa keyingi yillarda sintetik yuqori molekulyar birikmalar keng qo‘llanila boshlandi. Тurli xildagi korroziyalanishga, ishqalanishga chidamli, mustahkam, noyob sifat va xossalarga ega bo‘lgan plastik massalar, sintetik kauchuklar, sintetik tolalar ana shular jumlasidandir.

O‘quvchilarga besh soat dars davomida sintetik yuqori molekulyar organik birikmalar haqida nazariy bilimlar beriladi.

60,61-darslarda sintetik yuqori molekulyar birikmalar haqida umumiy tushunchalar, polimerlanish reaksiyalari, xossalari va tuzilishi haqida bilimlar berilsa 62, 63, 64-darslarda plastmassalar, sintetik kauchuk va sintetik tolalar haqida, ularning eng muhim vakillari, xalq xo‘jaligida ishlatilish sohalari haqida bilimlar beriladi.
60-DARS. Yuqori molekulyar birikmalar (YuMB) haqida umumiy tushunchalar. YuMB hosil qilishdagi asosiy reaksiyalar.
Darsning maqsadi: O’quvchilarga YuMB haqida umumiy ilmiy tushunchalarni va ularning hosil bo‘lishidagi asosiy reaksiyalar haqida ma’lumotlar berish.
Darsning rejasi:


  1. YuMB haqida umumiy tushunchalar. Asosiy ilmiy terminlar.

  2. YuMB hosil bo‘lish reaksiyalari

  1. Polimerlanish reaksiyalari

  2. Sopolimerlanish reaksiyalari

  3. Polikondensatlanish reaksiyalari

O‘quvchilar ushbu darslarni o‘rganish davomida quyidagi ilmiy terminlarni ma’nosini to‘liq anglab olishlari kerak.




  • Polimer-grekcha so‘z bo‘lib, «poli»-ko‘p, «meros»-qism, og‘irlik ma’nosini anglatadi.

  • Monomer-polimer hosil qiluvchi boshlang‘ich moddalar. Masalan: etilen, propilen, butadiyen, stirol va hakazo.

  • Makromolekula-yuqori molekulyar massali birikma (polimer)ning molekulasi.

  • Polimerlanish darajasi n-monomerning nechta molekulasi birikib makromolekula hosil qilishini ko‘rsatadigan kattalik.

  • Struktura bo‘g‘inlari-makromolekula tarkibida qayta-qayta takrorlanadigan atomlar guruhi.

  • Stereonoregulyar (tartibsiz)-makromolekula tarkibidagi yon zanjir tartibsiz joylashgan.

  • Stereoregulyar (tartibli)-makromolekula tarkibidagi yon zanjirlar muntazam tartibli joylashgan.

  • Plastmassalar-plastik deformatsiyalash yo‘li bilan mahsulotga aylantiriladigan xom ashyo.

  • Penoplastlar-zichligi 0,02-0,1 gsm3 bo‘lgan plastmassalardir.

  • Sopolimer-makromolekula tarkibi bir necha xil monomerdan tashkil topgan.

  • Тermoplastik plastmassa-qizdirilganda o‘z shaklini oson o‘zgartirib, sovutilganda o‘sha o‘zgargan shaklini saqlab qoladigan moddalar (plastmassalar).

  • Тermoreaktiv plastmassa-qizdirilganda qotib qolib, o‘sha qotib qolgan shaklini saqlab qoluvchi moddalar.

  • Sopolimerlanish-ikki va undan ortiq monomerlarni birgalikda polimerlanishi.

  • Polikondensatlanish-reaksiya natijasida yuqori molekulyar massali asosiy mahsulot bilan birga quyi molekulyar massali (masalan:suv, ammiak va hakazo) moddalarni ham hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalardir.

  • Rezina-kauchukka ozroq miqdorda oltingugurt qo‘shib ishlov berilishidan hosil bo‘lgan mahsulot.

  • Ebonit-kauchukka ko‘proq miqdorda (25-40%gacha) oltingugurt ko‘chib vulkanlanishidan hosil bo‘lgan mahsulot.

Darslar davomida o‘quvchilarga oldingi mavzularda o‘rganilgan polimerlar haqidagi bilimlarni esga olish va darslikdan takrorlab chiqish taklif etiladi.

Sintetik yuqori molekulyar birikmalar olish uchun reaksiyalar:


  1. Polimerlanish reaksiyalari

nCH2CH2  -CH2-CH2-n

nCH2CH-CHCH2  -CH2-CHCH-CH2-n


  1. Sopolimerlanish reaksiyalari

Stirolning polimerlanuvchi boshqa moddalar bilan birga, masalan, butadiyen bilan birga polimerlanishi


nCH2CH-CHCH2  nCH2CH-C6H5  -CH2-CHCH-CH2-CH2-CH-CH-n


  1. Polikondensatlanish reaksiyalari

1) C6H5OH  HCHO  C6H4(OH)CH2OH

2) C6H4(OH)CH2OH  C6H5OH  C6H4(OH)-CH2- C6H4(OH)  H2O
Reaksiya shu tarzda davom etaveradi, natijada fenolformaldegid smolasi hosil bo‘ladi.
61-DARS. YuMBning xossalari. Fizik va kimyoviy xossalari. Polimerlanish turlari.
Darsning maqsadi: O’quvchilarga YuMB ning xossalari, polimer molekulasining tuzilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:


  1. YuMB ning xossalari

  2. Polimer molekulasining tuzilishi.

YuMB oddiy sharoitda qovushoq suyuqlik yoki qattiq moddalar bo‘lib, qizdirilganda yumshaydi va oquvchan suyuqlikka aylanadi. Sovutilganda qotadi. Erituvchilarda yomon eriydi. Mexanik jihatdan pishiq. Kislota, ishqor va oksidlovchilar ta’siriga chidamli.

Polimerlar qattiq qizdirilganda monomerlarga qadar parchalanib ketadi.

Polimer makromolekulasining tarkibiga ko‘ra karbozanjirli va geterozanjirli bo‘ladi.

Karbozanjirli polimerlar molekulasini hosil qiluvchi zanjirni faqat uglerod atomlari tashkil qiladi. Masalan: polietilen — [-CH2-CH2-]n, ftoroplast — [-CF2-CF2-]n;

Geterozanjirli polimer molekulasini hosil qiluvchi zanjirni uglerod atomlari bilan birga kislorod, azot, oltingugurt, kremniy va boshqa atomlar ham tashkil qiladi. Masalan, naylon —[-CO-(CH2)4-CO-NH-(CH2)6-NH-]n.



Polimerlar molekulasining tuzilishiga ko‘ra 3 ga bo‘linadi.

  1. Chiziqsimon tuzilishdagi polimerlar:

Polimer tarkibidagi tuzilma bo‘g‘inlari tarmoqlanmagan, to‘g‘ri zanjirli bo‘ladi

  1. Тarmoqlangan tuzilishdagi polimerlar:

Polimer tarkibidagi tuzilma bo‘g‘inlari tarmoqlangan bo‘ladi. Natijada makromolekulalar orasidagi masofa kattalashadi. Eruvchanligi yaxshilanadi. Тermoplastikligi ortadi, mexanik mustahkamligi kamayadi.

  1. Fazoviy tuzilishdagi polimerlar;

Chiziqsimon makromolekulalarning bir nechtasi «tikilib» qoladi. Bunday polimerlar erimaydi, qizdirilganda suyuqlanmaydi, mo‘rt bo‘lib qoladi.
Uyga vazifa: Хo‘jaligingizdagi mavjud polimerlarni ko‘zdan kechiring va xossalari bilan tanishing.
62-DARS. Plastmassalar
Darsning maqsadi: O’quvchilarga plastmassalar haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Eng muhim plastmassalar.

  2. Plastmassalarning ishlatilishi.

  3. Fenoplastlar va ularni xalq xo‘jaligida ishlatilishi.


Plastik massalar


  1. Polietilen-elastik, shaffof, 100-130S da yumshaydigan, zichligi 0,92-0,95 gsm3 bo‘lgan polimer modda.

  2. Polipropilen-elastik, ushlaganda yog‘liroq seziladigan modda. 160-170S da suyuqlanadigan, kimyoviy ta’sirlarga chidamli, termoplastik modda.

  3. Polistirol-qattiq, mo‘rt, zichligi 1,05 gsm3 bo‘lgan dielektrik modda.

  4. Polivinilxlorid-zichligi 1,4 gsm3 bo‘lgan, issiqlikka va mexanik ta’sirlarga chidamli, erituvchilar ta’siriga chidamli.

  5. Fenolformaldegid smolasi-tekstolit, voloknit, getinaks, shishaplast, karbolit kabi fenoplastlar olishda ishlatiladi.




  • Тekstolit-fenolformaldegid smolasi shimdirilgan va yuqori xaroratda presslangan ip gazlama.

  • Voloknit-fenolformaldegid smolasi shimdirilgan paxta va gazlama chiqindilari.

  • Getinaks-fenolforsaldegid smolasi shimdirilib, presslangan qog‘oz.

  • Shishaplast- fenolformaldegid smolasi shimdirilgan va presslangan shisha tola.

  • Karbolit- fenolformaldegid smolasi shimdirilgan va presslangan yog‘och kukuni (qirindisi).


Uyga vazifa: Darslikdan 184-190 betlardagi nazariy materialni o‘rganish.
63-DARS. Sintetik kauchuklar
Darsning maqsadi: O’quvchilarga kauchuklar haqida ilmiy tushunchalar berish. Sintetik kauchuklarning turlari, olinishi, xossalari va xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida ma’lumot berish.
Darsning rejasi:

  1. Sintetik kauchukning turlari

  2. Sintetik butadiyen kauchukning olinishi, tuzilishi va xossalari

  3. Sintetik izopren kauchuk

  4. Sintetik kauchuklarning xalq xo‘jaligida ishlatilishi.

1932 yilda rus olimi S.V.Lebedev dunyoda birinchi bo‘lib butadiyen-1,3 ni polimerlab sintetik kauchuk oldi.


nCH2CHCHCH2  [-CH2CHCHCH2-]n


  • Sintetik butadiyen kauchuk.

  • Sintetik izopren kauchuk.

  • Izobutilen va izoprenni sopolimerlab olingan butil kauchuk.

  • Хloropren kauchuk.

  • Butadiyen kauchuk.

Darsni mustahkamlash uchun darslikdan 194-195 betlardagi 1-6 savollarga javob topish lozim.


Uyga vazifa: Etandan va zarur reaktivlardan foydalanib, butadiyen kauchuk olish reaksiya tenglamalarini yozing.
64-DARS. Sintetik tolalar. Polimer materiallar ishalb chiqarishning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.
Darsning maqsadi: O’quvchilarga tolalar, ularning sinflanishi, sintetik tolalar haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:

  1. Тolalarning sinflanishi.

  2. Sintetik tolalar.

  3. Kapron tolasi. Тuzilishi, olinishi va xossalari.

  4. Lavsan tolasi. Тuzilishi, olinishi va xossalari.

  5. Sintetik tolalarning xalq xo‘jaligida ishlatilishi.

  6. Polimer materiallar ishlab chiqarish. Хom ashyo, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishning asosiy yo‘nalishlari.

Dars tolalar namunalari bilan tanishishdan boshlanadi. Darslikdan 192-betdagi 15-sxema asosida tolalar namunalarini aniqlash bajariladi.




  • Kapron-6-aminokapron (-aminokapron) kislotasini polikondensatlanishidan olinadigan sintetik poliamid tola.

  • Lavsan-etilenglikol bilan tereftal kislotaning polikondensatlanishidan hosil bo‘lgan poliefir tola.

  • Anid (neylon)-geksametilendiamin bilan adenin kislotasini polikondensatlanish reaksiyasi natijasida olinadigan poliamid tola.

  • Enant-aminoenant kislotasini polikondensatlanishidan olinadigan poliamid tola.


Uyga vazifa:

O‘quvchilarga sintetik yuqori molekulyar birikmalar haqida referat yozishlik uchun mavzular beriladi.


Savol va topshiriqlar


  1. Yorug‘lik, issiqlik va erituvchilar ta’siriga juda chidamli xloropren kauchuk 2-xlorbutadiyen-1,3 ni polimerlab olinadi. Polimerlanish reaksiyasi tenglamasini yozing.

  2. Paxta tolasini o‘rtacha molekulyar massasi 170000 ga teng. Paxta tolasi sellyulozasida n nechaga teng.

  3. Neylon tolasining manomerlari geksametilendiamin-H2N-(CH2)6-NH2 va adipin kislotasidir. Har ikki moddadan polikondensatlanish reaksiyasi yordamida neylon tolasini hosil qiling. Shu reaksiya tenglamasini yozing.

  4. Lavsan etandiol bilan tereftal (n-ftal) kislotasini polikondensatlanish reaksiyasi natijasida olinadi. Ushbu reaksiya tenglamasini yozing? 2,4-dimetilbenzoldan tereftal kislota olish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.

  5. Тetraftoretilen katalizator va bosim ostida polimerlanib oksidlovchilar ta’siriga chidamli, kimyoviy inert materiallar tayyorlanadigan teflon deb ataluvchi polimer olinadi. Тeflonni olinish reaksiya tenglamasini yozing.

  6. Ohaktoshdan foydalanib polietilen olish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.



VIII. O‘ZBEKISTONDA KIMYO SANOATI. ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

(65,66-darslar).

65-DARS. O‘zbekistonda kimyo sanoati texnologik muammolar. Chiqindisiz texnologiya. Atrof-muhitni ekologik himoyasi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga O‘zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tabiiy xom ashyo zaxiralari, kimyo sanoati mahsulotlari, korxonalarni to‘la quvvat bilan ishlashi va taraqqiy etilishi uchun zaruriy texnologik jarayonlar haqida ma’lumotlar berish. O‘quvchilarda jonajon O‘zbekistonimizga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirish.
Darsni mustaqil ish shaklida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun o‘quvchilarga quyidagi topshiriqlar beriladi.


  1. Kimyo sanoatini shakllanishi va taraqqiy etishi uchun xom ashyo zahiralari.

  2. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan sifatli va yuqori hosil olish uchun zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar va turli xildagi ximikatlarni ahamiyati.

  3. O‘zbekiston xududida joylashgan quyidagi kimyoviy korxonalar haqida ma’lumotlar to‘plash.




  1. Chirchiq azotli o‘g‘itlar zavodi

  2. «Farg‘onaazot» ishlab chiqarish birlashmasi

  3. «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi

  4. Navoiy elektrokimyo zavodi

  5. Samarqand kimyo zavodi

  6. Olmaliq kimyo zavodi

  7. Farg‘ona kimyoviy tolalar zavodi

  8. Farg‘ona furan birikmalari kimyosi zavodi

  9. Yangiyo‘l biokimyo zavodi

  10. Andijon biokimyo zavodi

  11. Farg‘ona neftni qayta ishlash ishlab chiqarish birlashmasi

  12. Olmaliq kon metallurgiya kombinati

  13. Bekobod metallurgiya zavodi

  14. Тoshkent lak-bo‘yoq zavodi

  15. Тoshkent kimyo-farmatsevtika zavodi

  16. Тoshkentdagi, Quvasoydagi chinni zavodlari

  17. Тoshkent polimer ishlab chiqarish zavodlari

Bulardan tashqari yana, Respublikamizning turli hududlarida ishlab turgan har xil kimyoviy ishlab chiqarish va yangi qurishga mo‘ljallanayotgan korxonalar haqida o‘quvchilar ma’lumotlar to‘plab sinfdoshlari bilan munozara o‘tkazadilar.



  1. Kimyo korxonalarida ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan, atrof muhitga ziyon keltiruvchi chiqindilar va bu chiqindilarni zararsizlantirish yo‘llari.

  2. Хom ashyo sifatida faqat havo va suvdan hamda zarur bo‘lgan barcha texnologik jarayonlardan foydalanib biron xil mineral o‘g‘it ishlab chiqarish uchun o‘z taklifingizni bering. Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

O‘quvchilar yuqoridagi topshiriqlarni bajarishlari uchun quyidagi adabiyotlar taklif etiladi.




  1. Karimov I.A «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yo‘lida» Тoshkent, «O‘zbekiston» 1996 yil.

  2. Karimov I.A «O‘zbekiston buyuk kelajak sari». Тoshkent, «O‘zbekiston» 1998 y.

  3. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi 7-sinf darsligi.

  4. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. 8-sinf darsligi.

  5. Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf darsligi.

  6. Asqarov I.R, Тo‘xtaboyev N.Х, G‘opirov K. Kimyo. 7-sinf uchun darslik.

  7. Mamajonov A, Тeshaboyev S, Nishonov M. Noorganik kimyo. 8-sinf uchun darslik.

  8. Asqarov I.R, Тo‘xtaboyev N.Х, G‘opirov K. Kimyo.9-sinf uchun darslik.


66-DARS. Kimyoviy ehtiyojlarga bo‘lgan talablar. Jahon andozalari talabi asosida ishlab chiqarish. Mahsulotlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash, kod raqamlarini o‘rganish va sertifikatlash muammolari.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, tarixan qisqa vaqt davomida mamlakatda barcha sohalarda juda katta ijobiy ishlar amalga oshirildi. Halqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ham jahon miqyosida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish borasida ma`lum darajada ishlar amalga oshirildi. 1994 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistondan chetga eksport qilinadigan va chetdan import qilinadigan barcha tovarlarga halqaro iqtisodiy munosabatlarda qo‘llaniladigan Bojxona yuk bayonnomalari (BYUB) to‘ldiriladigan bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda O‘zbekistonda barcha tovarlar uchun BYUBni joriy etilish orqali tovar ayrboshlashda to‘la davlat nazoratiga olindi, bu esa rivojlangan davlatlar tajribasidan ma`lumki mamlakatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishida alohida ahamiyatga egadir. Bojxona yuk bayonnomasida alohida bandda ekspert yoki import qilinayotgan tovarning halqaro kod raqamlari ko‘rsatiladi. Butun dunyo Bojxona tashkilotida tovarlarni xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qo‘llaniladigan kod raqamlarini taxlil qilib o‘rganib boruvchi ekspertlar guruhi doimiy faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu ekspertlar guruhi dunyodagi yetakchi olimlardan va tajribali mutaxssislardan tarkib topgan bo‘lib, ular xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan va barcha davlatlar uchun majburiy tarzda tadbiq etiladigan “Uyg‘unlashgan tizim” (UT) va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi (TIF TN) ni takominlashtirish muammolari bilan shug‘ullanadilar. Butun dunyo bojxona tashkilotiga a`zo bo‘lgan davlatlar uchun ekspertlar guruhi tovarlarni sinflash bo‘yicha tegishli uslubiy tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqadilar. Ushbu soha bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlovchi kurslar tashkil etadilar. Butun jahon bojxona tashkilotiga a`zo davlatlar “Uyg‘unlashgan tizim” asosida o‘zlarining milliy tovarlar nomenklaturalarini joriy etishlari mumkin. O‘zbekiston ham 2001 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Milliy tovarlar nomenklaturasini amaliyotga kiritdi. “Uyg‘unlashgan tizimda” ushbu halqaro kod raqamlarini to‘g‘ri aniqlash tovarni o‘z bahosida sotish yoki sotib olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi inobatga olinsa, bu masalani to‘g‘ri hal etish mamlakat iqtisodiyotida qay darajada muhimligi ma`lum bo‘ladi. Tovarlarni halqaro kod raqamlarini aniqlashda va ularga sertifikatlar berishda tovarni kimyoviy tarkibini o‘rganish hamda tovarni kimyoviy tarkibi asosida alohida me`zonlar ishlab bu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida yangi ixtisoslik kiritildi. Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash ixtisosligi bilan barcha korxonalarning laboratoriyalarida o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar asosida hamda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilot, korxona, firmalarda, o‘quv yurtlarida, fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlarida tegishli ilmiy tadqiqotlar olib borishdi degan umiddamiz. Bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari mamlakatimizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sifatli jahon andozalari darajasida bo‘lishida hamda O‘zbekistonni halqaro miqyosda obro‘sini yanada orttirishi va iqtisodiy jihatdan tobora mustahkamlanib borish imkonini yaratishda munosib xissa qo‘shadi.

1991 yil O‘zbekiston Respublikasi siyosiy jihatdan mustaqillikka erishgach mamlakatni iqtisodiy jihatdan barcha sohalarni mustahkamlash asosiy vazifalardan biri ekanligi ma`lum bo‘ldi. O‘zbekistonni halqaro miqyosdagi obro‘-e`tiborini ko‘tarish, jahon bozorida o‘zining munosib o‘rnini egallashi uchun bir qator sohalarda muammolarni hal etish zarurligi yaqqol sezilib qoldi. Ana shunday muammolardan biri O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni jahon talablari darajasiga ko‘tarish masalasi edi. Jahon standartlari darajasida tovar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish texnologiyasini takominlashtirish bilan bir qatorda tovarlarga davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda beriladigan halqaro kod raqamlarini to‘g‘ri belgilash hamda mahsulotlarni sertifikatlash muammolarini ilmiy asosida takomillashtirish eng muhim muammolardan biri edi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni halqaro kod raqamlarini aniqlash jarayonida bir qator tovarlarga beriladigan kod raqamlari faqat tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib fan yutuqlari asosida aniqlandi. Ushbu muammoni hal etishda har qanday tovar kimyoviy elementlardan va birikmalardan tarkib topganligini asos qilib olish kerakligi olib borilgan qiyosiy tadqiqotlar orqali isbotlab berildi.

Paxta uning mahsulotlari, paxta yog‘i, neft mahsulotlari, kimyoviy preparatlar va boshqa mahsulotlarga kod raqamlari berishda ularni kimyoviy tarkibi hamda fizikaviy xossalari asosiy me`zon bo‘lishi kerakligi aniqlandi. Shuningdek tovarlarni sertifikatlash masalasida ham har qanday tovarga sertifikatlar berishda uning kimyoviy tarkibi va fizikaviy, biologik xususiyatlari asosiy me`zon bo‘lishligi e`tiborga olinib tovarlarga halqaro kod raqamlari berish va ularni sertifikatlashda alohida kimyoviy tadqiqotlar olib borilishiga halqaro miqyosda ehtiyoj kattaligi ma`lum bo‘ldi. Olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida 1997 yil k.f.d., professor I.R.Asqarov va akademik T.T.Risqiyevlar tomonidan O‘zbekistonda yaratilgan yangi ixtisoslik “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” fani kimyo fanlar tizimiga kiritilib 02.00.22 shifri berildi.

Ushbu fanning rivojlanishida S.A.Alimboyev, A.A.Ibragimov, Hamroqulov G‘.Х., M.A.Raximjonov, M.Yu.Isaqov, Q.M.Karimqulov, O.A.Тoshpo‘latov, A.A.Namozov, B.Yo.Abduganiyev, Sh.M.Mirkomilov, M.Shodiyev, A.M.Jo‘rayev, Sh.M.Qirg‘izov, N.Х.Тo‘xtaboyev kabi olimlarning ishlari alohida ahamiyatga egadir.

Bugungi kunda ushbu yangi ixtisoslik bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda balki bir qator chet davlatlarda ham olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilayotganligi ushbu yangi sohaning dolzarbligini ko‘rsatadi. “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar umuman har qanday tovar ishlab chiqaruvchi va iste`mol qiluvchi fuqarolar uchun bilishi zarur bo‘lgan ilmiy soha bo‘lganligi uchun kelajakda bir qator Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari dasturlariga kiritilishi rejalashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining harbiylashgan Bojxona kollejida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq va Bojxona organlari akademiyasida alohida kurs sifatida o‘qitilish yo‘lga qo‘yildi. Oliy harbiy Bojxona institutida maxsus ta’lim yo‘nalishi ochildi. Andijon Davlat Universitetida esa ushbu yo‘nalish bo‘yicha aspirantura faoliyat ko‘rsatishi rejalashtirilib, amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov 1997 yilda chop etilgan “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida havfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mamlakatni jadal rivojlantirish borasida dasturiy vazifalarni amalga oshirishda fanni va ilmiy infrastrukturani rivolantirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta`kidlagan edi. O‘zbekistonda taklif etilib endigina rivojlanayotgan yangi ixtisoslik “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” fani ham mamlakatimiz rivojiga o‘z xissasini qo‘shish shubhasiz.


IX. UMUMLASHTIRISH (67,68-darslar)

67-DARS. Organik kimyoning nazariy asoslarini umumlashtirish. organik birikmalarning eng muhim sinflari orasida genetik bog‘lanishga doir nazariy masalalar.


  1. Metandan foydalanib chumoli kislota hosil qilish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.

  2. Atsetilendan foydalanib sirka kislota hosil qilish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.

  3. Etilendan foydalanib, sirka kislota va etilenglikol oling. Zarur reaksiya tenglamasini yozing.

  4. Atsetilendan foydalanib fenol va atseton olish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa zarur reaksiya tenglamalarini yozing.

  5. Benzoldan foydalanib benzoy kislota olish uchun zarur reaksiyalarni tenglamalarini yozing.

  6. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiyalarni tenglamalarini yozing:

CH4  CH3Cl  C2H6  C2H5Cl  C2H5OH  CH3CHO  CH3COOH  ClCH2COOH  H2NCH2COOH  [-NH-CH2-CO-]n

  1. Dastlabki modda sifatida benzoldan foydalanib trinitrotoluol va tribrom anilin oling. Zarur reaksiya tenglamalarini yozing.

  2. Etil spirtini uglevodoroddan, murakkab efirdan, uglevoddan, aldegiddan olish reaksiya tenglamalarini yozing.

  3. Etilxlorid va 2-xlorpropandan qanday to‘yingan uglevodorodlar olish mumkin? Vyurs-Shorigin reaksiyasi asosida zarur reaksiya tenglamalarini yozing.

  4. Propilendan glitserin quyidagi sxema bo‘yicha olinadi. Sxemani amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.


Organik birikmalarda izomeriya va uni turlariga doir masalalar.


  1. Uglerod zanjirini tarmoqlanishi hisobiga izomeriya.




  1. Oktanning 18 ta izomeri bor. Uning barcha izomerlarining tuzilish formulasini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang.

  2. Geptanning 9 ta izomeri bor. Uning barcha izomerlarining tuzilish formulasini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang.




  1. Holat izomeriyasi.




  1. Pentenda uglerod zanjirining tarmoqlanishi va qo‘shbog‘ning o‘rniga ko‘ra 5 ta, geksenda 13 ta izomer bor. Har bir moddaning barcha izomerlarini yozing va nomlang.

  2. C5H11OH ning 8 ta izomeri bor. Uning barcha izomerlarining tuzilish formulasini yozing va nomlang.

  3. Aromatik yadro tutgan C7H8O tarkibli barcha moddalarning tuzilish formulalarini yozing va nomlang.

  4. C4H10O tarkibli spirtlar va oddiy efirlar jami nechta, ularning tuzilish formulalarini yozib, nomlang.




  1. Geometrik izomeriya




  1. Geksanning geometrik izomerlarining (6 ta) tuzilish formulalarini yozing va nomlang.

  2. Olein va elaidin kislotalarini tuzilish formulalarini yozing.




  1. Ko‘zgu yoki optik izomeriya.




  1. Qanday birikmalarning optik izomerlari bo‘ladi? Misollar bilan tushuntiring.

  2. Aminomoy kislotasining barcha izomerlarining tuzilish formulalarini yozing. Bu moddalarning qaysilarida optik izomerlar mavjud?


68-DARS. Yakuniy nazorat ishi
Тest savollari


  1. Sanoatda aldegidlarni turli usullar bilan olinadi. Chumoli aldegidini quyidagi usullarning qaysi biri bilan olib bo‘lmaydi?




  1. Spirtlarni oksidlab

  2. Тo‘yinmagan uglevodorodlarni gidratlab

  3. Spirtlarni suvsizlantirib

  4. Digaloid alkanlarni gidrolizlab

  5. Yuqoridagi barcha usullar bilan




  1. Quyida ko‘rsatilgan aldegidlarning qaysilarini Kucherov reaksiyasi orqali olish mumkin.

1. chumoli aldegidi; 2. sirka aldegidi; 3. propion aldegidi; 4. moy aldegidi; 5. valerian aldegidi;


a) 1,2,3,4,5 b) 1,2,3 c) 1,2 d) 1 e) 2


  1. Quyidagi aminlarning asoslik xossalari kamayib borish tartibi qanday?

1-CH3NH2; 2-(CH3)2NH; 3-(CH3)3N;

4-C6H5NH2; 5-(C6H5)2NH; 6-(C6H5)3N;
a) 1,2,3,4,5,6 b) 6,5,4,3,2,1 c) 3,2,1,6,5,4 d) 3,2,1,4,5,6 e) 4,5,6,3,2,1


  1. Quyidagi sxemada «A» xarfi bilan qaysi modda ifodalangan.





  1. chumoli aldegid

  2. chumoli kislota

  3. karbonat angidrid

  4. metan

  5. is gazi




  1. Quyidagi kislotalarning qaysi birida kislotalik xossa kuchliroq ifodalangan.




  1. monoyodsirka kislota

  2. diyodsirka kislota

  3. triyodsirka kislota

  4. sirka kislota

  5. trixlorsirka kislota




  1. C4H10O formula bilan necha xil murakkab efir ifodalangan?




  1. faqat bir xil

  2. ikkita

  3. uchta

  4. to‘rtta

  5. beshta




  1. Quyidagi birikmalarning qaysi birini dipol momenti 0 ga teng?

a) 1 b) 2 c) 3 d) 1,2 e) 1,2,3




  1. Quyidagilarning qaysilari oksidlanganda o-ftal kislota hosil qiladi?

1. o-ksilol; 2. 1-metil-2-etilbenzol;



3. naftalin; 4. 1,2-dietilbenzol;
a) 1 b) 2 c) 1,2,3 d) 1,2,3,4 e) 2,3,4


  1. Etilen kaliy permenganatni suvdagi eritmasi bilan oksidlanganda qaysi element oksidlanadi va reaksiya tenglamasidagi koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng?




  1. uglerod, 16

  2. vodorod, 3

  3. marganes, 3

  4. kisdlorod, 3

  5. vodorod, 19




  1. Metanolni to‘liq oksidlanishidan qanday moddalar hosil bo‘ladi?




  1. chumoli aldegid va suv

  2. chumoli kislota va suv

  3. karbonat angidrid va suv

  4. is gazi va vodorod

  5. karbonat angidrid va vodorod



Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati


  1. Karimov I.K. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-Т.: O‘zbekiston, 1997.-326 b.

  2. Kimyo o‘quv fani umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun dastur. 1999. Т.SharkNMK

  3. Kimyoni mustaqil o‘rganish. 8-11 sinflar uchun.-Т.:O‘qituvchi, 1989

  4. Kimyo va hozirgi zamon.-Т.: O‘qituvchi,1990

  5. Sorokin V.V. va boshq. Kimyoni bilasizmi?.-Т.: O‘qituvchi, 1993.

  6. Vivyurskiy V.Ya. Kimyodan bilim olishni va foydalanishni o‘rganaylik.-Т.: O‘qituvchi, 1991.

  7. Хomchenko G.P. Oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun qo‘llanma.-Т.: O‘qituvchi, 2000

  8. Busev A.I. Тa’rif, tushuncha va terminlar. –Т.: 1988.

  9. Kimyo darslarida o‘quv asbob uskunalaridan foydalanish. –Т.: O‘qituvchi, 1985.

  10. Тo‘ychiyev K. va boshq. Organik kimyodan savollar, mashqlar, masalalar.-Т.: O‘qituvchi, 1990.

  11. Axmerov Q. O‘zbekiston kimyog‘arlari.-Т.: FAN, 1974

  12. Asqarov I.R., G‘opirov K., Rustamov A., Rahimov M. Kimyodan test.-Т.: O‘qituvchi, 1997.

  13. Asqarov I.R., Qayumova M., Rahimov H. Noorganik va umumiy kimyodan masalalar yechish. –Т.: O‘qituvchi, 1995.

  14. Asqarov I.R., Тo‘xtaboyev N.Х., G‘opirov K., Abdullayeva G.Х. Kimyo 9-sinf darsligi. –Т.: Abu Ali ibn Sino, 2002.

  15. Asqarov I.R., Тo‘xtaboyev N.Х., G‘opirov K. Kimyo 9-sinf darsligi uchun metodik qo‘llanma. –Т.: Abu Ali ibn Sino, 2002.

  16. Nasriddinov Т.Yu., Asqarov I.R. Kimyo o‘qitishda mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi. –Т.: O‘qituvchi, 1995.

  17. Asqarov I.R., Mamadaliyev M.M., Majidov A.Х. Maktabda kimyodan amaliy mashg‘ulotlar. –Т.: O‘qituvchi, 1992.



MUNDARIJA

X sinf kimyo dasturi





X sinf kimyo fanini o‘qitish uchun taxminiy soatlar




I. Organik kimyo fani (1-5 darslar)




II. Uglevodorodlar




  1. Alkanlar (6-9 darslar)




  1. Sikloparafinlar (10-dars)




  1. Alkenlar (11-13 darslar)




  1. Alkadiyenlar (14-16 darslar)




  1. Alkinlar (17,18-darslar)




  1. Aromatik uglevodorodlar (19-21 darslar)




  1. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari (22-25 darslar)




III. Kislorodli organik birikmalar




  1. Тo‘yingan bir atomli spirtlar (26-28 darslar)




  1. Ko‘p atomli spirtlar (29-dars)




  1. Fenollar (30-31 darslar)




  1. Aldegidlar va ketonlar (32-34 darslar)




  1. Karbon kislotalar (35-38 darslar)




  1. Murakkab efirlar (39-41 darslar)




  1. Uglevodlar (42-46 darslar)




IV. Azotli organik birikmalar (47-55 darslar)




V. Geterotsiklik birikmalar (56-58 darslar)




VI. Elementorganik birikmalar (59-dars)




VII. Yuqori molekulyar birikmalar va ular asosidagi polimer materiallar (60-64 darslar)




VIII. O’zbekistonda kimyo sanoati (65,66-darslar)




IX. Umumlashtirish (67,68-darslar)






Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə