Ibroximov Shoxrux: 611. 22guruh joriy nazorat savollari: 6-10 mavzu yuzasidan savollar



Yüklə 25,35 Kb.
tarix31.05.2023
ölçüsü25,35 Kb.
#114550
falsafa


Ibroximov Shoxrux: 611.22guruh
JORIY NAZORAT SAVOLLARI:
6-10 mavzu yuzasidan savollar


  1. Bilish nazariyasining predmeti

  2. Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati

  3. Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari

  4. Global muammolarning turlari

  5. Mantiq ilmining qonunlari.

Javoblar:



1.Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obʼyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U — amaliyotning , tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Mac, “odam” tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi.

2.Dastlabki madaniyat tishunchasi insonning tabiatiga maqsadiga muvofiq ta'siri (yerni ishlash va hakozolar) hamda insonninhg o'zini tarbiyalash va o'qitish ma]nolarini ifodalagan. keyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog'lik mazmun tushinila boshlandi.Madaniyat mohiyatiga ko'ra moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Kishilik tarixining uzoq davrlarida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka, alohidan umumiylikka ega, o'ziga hos uzluksiz jarayon hisoblanadi. takidlash joizki madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir - birini yo'ldirib borgan. Ibtidoiy davrda insoniyat tomonidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollari bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o'rtasida o'ziga xos bog'liqlik mavjud. Chunki birinchidan agar ibtidoyi tosh qurollari mavjud bo'lmaganda edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo'lardi. Ikkinchidan ibtidoyi qurollarning, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir hil. Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi. Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "M." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. "M." arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar
3.Inson muammosi doim falsafaning bosh mavzularidan biri bo‘lib kelgan. Inson tabiati, uning dunyodagi o‘rni va vazifasini anglab yetishga juda ko‘p mutafakkir va olimlar harakat qilganlar. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda insonning tabiiy-ijtimoiy borlig‘i mavjudligi tan olinadi. Biologizatorcha yondashuv ancha cheklangan, chunki u insoniy munosabatlar me’yorlarining evolyusion-biologik asoslariga e’tibor qaratadi. Sotsiologizatorcha yondashuv inson tabiatini ijtimoiy ahamiyatga molik sabablar bilan tushuntiradi va insonning ijtimoiy funksioner, «qandaydir genlar»ga e’tibor bermasdan foydalanish mumkin bo‘lgan davlat mashinasi unsuri sifatidagi obrazini yaratadi. «Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir», degan shior aynan ijtimoiylik inson hayoti substansiyasi, negizini tashkil etishini tushunish imkonini beradi.Rus faylasuflari – inson muammosi bo‘yicha mutaxassislar I.Frolov, B.Grigoryan, L.Bueva, R.Karpinskaya ijtimoiylashgan odam sxemasini rad etishga harakat qildilar. Ular insonga (J.Lokk kabi) jamiyat kerakli so‘zlarni yozuvchi toza taxta sifatida qarash to‘g‘ri emasligini, individning tabiiy-biologik negizlariga ham jiddiy e’tibor berish zarurligini ta’kidlaydilar.Hozir G‘arb adabiyotlarida «mind - bodi» (aql – tana), «nature - nurture» (tabiat – tarbiya) muammosi muhokama qilinmoqda. Ammo asosiy muammo ko‘rsatib o‘tilgan mohiyatlarni dixotomik mufassallashtirishda emas, balki insonning yagona obrazini yaratishdadir. Bu esa ijtimoiy-gumanitar va tabiiy- ilmiy sohalardagi bilim yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan kompleks yondashuvni taqozo etadi. Homo sapiens evolyusiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda oddiy biologik yoki ijtimoiy mezonlarga emas, balki biologik-ijtimoiy mezonlarga suyanish lozim.Insonning biologik va ijtimoiy tabiati haqidagi falsafiy asarlarda jins, jinsiy munosabatlar, erkak va ayol o‘rtasidagi farq, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar muammolari, o‘lim muammosi deyarli yoritilmagan.
3.Jahon iqtisodiyotini globallashtirish – bugun oddiy va bir xil izohga ega bo’lmagan murakkab, ko’p jihatli muammodir.
Xorijiy kompaniyalarning iqtisodiy siyosatlarining xalqaro evolyutsion yo’nalishlarini asoslash uchun global muammolar tahlilini o’tkazish zarur. hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishi global muammolarning rivojlanib boryotgan ta'siriga duch kеlmoqda. Jahon xo’jaligi rivojlanishining zamonaviy davri global muammolarning rivojlanishi, global va milliy manfaatlarning o’zaro bog’liqligini kuchaytirish bilan xaraktеrlanadi. Bu muammolar asosida xo’jalik hayotini baynalminallashtirishni chuqurlashtirish, tashqi iqtisodiy sohalarning iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini kuchaytirish tеndеntsiyasi yotadi. Global muammolar barcha mamlakatlar, xalqlar va ijtimoiy qatlamlar manfaatlar va taqdirlariga ta'sir qilgan holda butun insoniyatga tеgishlidir, ular katta iqtisodiy va ijtimoiy zararlarga olib kеlishi mumkin, kеskin vaziyatlarda esa inson sivilizatsiyasiga ham jiddiy tahdid solishi mumkin; ularni hal qilish uchun butun planеta miqyosida hamkorlik qilish, barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda faoliyat yuritishlari talab qilinadi. Asosiy global muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin: tinchlik va urush muammolari, ekologik, dеmografik, enеrgеtik, xom ashyo, oziq-ovqat, Jahon okеanlari rеsurslaridan foydalanish va kosmik makonni egallash muammolari va boshqalar. Global muammolarning zamonaviy tasnifi 1980 yillarda yuzaga kеlgan. Global muammolar bir-biri bilan o’zaro faoliyatda bo’ladi, xususan, enеrgеtika va xom ashyo muammolari ekologik muammolarga, ekologik esa dеmografik muammolarga, dеmografik esa oziq-ovqat muammolariga taalluqlidir.
4.Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi. Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib etishga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o‘z oldilariga ma’lum bir maqsadni qo‘yadilar. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo‘nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish – insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi.
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi: Birinchidan, hissiy bilish ob’ektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) sub’ektga (individga, to‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa predmet–signal ta’sir etadi.
Yüklə 25,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə