Ichki regulyatsiya



Yüklə 9,46 Kb.
tarix30.05.2023
ölçüsü9,46 Kb.
#114375
növüReferat
eksperimental psixologiya atrabotka1


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSTETINING
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
60310903-PSIXOLOGIYA: AMALIY PSIXOLOGIYA
UMUMIY PSIXOLOGIY
“ICHKI REGULYATSIYA” FANIDAN
REFERATI
MAVZU: “EMOTSIYA VA HISSIYOT HAQIDA TUSHUNCHA”

Bajardi:2-bosqich “A”guruhtalabasi: Boymirzayeva Nilufar


Tekshirdi: Raxmatullayev Farxod

Sezgi — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili. Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir.

Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga boʻlinadi.
Sensor deprivatsiya (lotincha: sensus-tuygʻu va lotincha: deprivatio-yoʻqotish, mahrum qilish ) — Markaziy asab tizimiga nerv

impulslari oqimining pasayishiga olib keladigan bir yoki bir nechta sezgi organlar. faoliyatini vaqtinchalik cheklash. Sensor deprivatsiya yaʼni hissiy mahrumlik yopiq joyda (suv osti kemasida, kosmik kemada va boshqalarda) izolyatsiya qilishda paydo boʻlishi mumkin; bundan tashqari, kosmik parvozda vaznsizlik ham misol boʻla oladi.


Eng oddiy deprivatsiya asboblari, masalan, koʻzni toʻsuvchi narsa yoki maxsus koʻzoynak, quloqchinlar va eshitishga taʼsirini kamaytiradi yoki yoʻq qiladi, murakkabroq qurilmalar esa hid, taktil(teri tuyish), taʼm, retseptorlari va vestibulyar apparatlarni „oʻchirishi“ mumkin. Sensor mahrumlik hozirgi tibbiyotda,

yoga, meditatsiya, psixologik eksperimentlarda (masalan, hissiy mahrumlik kamerasi bilan), shuningdek, BDSM oʻyinlarida, qiynoq va jazolashda qoʻllaniladi.



Shuningdek, gallyutsinatsiyalar, depressiya, diqqatni jamlay olmaslik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar, bu keyinchalik travmadan keyingi stressga olib kelishi mumkin. Sensor deprivatsiyaning shaxsga uning his-tuygʻulari orqali taʼsirining bu xususiyati majburiy tergov jarayonlarida keng qoʻllanilishini topdi.
Sensor deprivatsyaning koʻplab foydali tomonlari mavjud.turli sohalarda oʻtkaziladigan koʻplab mashqlarida shaxsiyatni tuzatish maqsadida sensor deprivatsiya qilish usuli qoʻllaniladi. yopiq koʻzlar, sokin atrof-muhit, yolgʻiz joy, harakatsiz holat, yolgʻizlik — bularning barchasi turli xil oʻz-oʻzini rivojlantirish amaliyotlari uchun ishlatiladigan sensor deprivatsiya turlari hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda uning salbiy tomonlari ham mavjud. Sensor deprivatisiya oʻtkaziladigan vaqt oshgani sayin, beqaror aqliy faoliyat bosqichida, hissiy labillik pasayish bosqichi namoyon boʻladi yaʼnikim letargiya, depressiya, apatiya, bu qisqa vaqt ichida eyforiya, asabiylashishga aylanadi.

Sensor deprivatsiya sharoitlari qanchalik ogʻir boʻlsa, fikrlash jarayonlari tez buziladi, bu esa diqqatni bir yerga jamlay olmaslik, muammolar haqida izchil fikr yuritishda namoyon boʻladi. Ular oddiy aqliy harakatlarni bajarishda pasayishlar kuzatilishi bilan namoyon boʻladi.
Yüklə 9,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə