Idishdagi monometrik va absolyut bosimni aniklash. Ishdan maqsad



Yüklə 379,1 Kb.
səhifə12/14
tarix27.09.2023
ölçüsü379,1 Kb.
#123942
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Gidravlika tajriba ishi

Nasos qurilmasining tuzilishi
Sinash stendi gidromashinalar laboratoriyasining nasos stansiyasida joylashgan. Stendning umumiy ko‘rinishi 6.2-rasmda ko‘rsatilgan.
Tajribani o‘tkazish tartibi
1. Suv tortish geometrik balandligini o‘lchash.
2. Nasos agregatini ishga tushirish quyidagi tartibda bajariladi:
a) Zadvijka (6) yopiladi.
b) Vakuum-nasosga suv yuboriladi
v) Ventil (14) ochiladi, ya’ni nasosning ish kamerasi va suv tortuvchi quvur vakuum-nasos bilan ulanadi
g) Vakuum-nasos ishga tushiriladi.
d) Vakuummetr (11) strelkasi holati kuzatiladi.
Nasosning ish kamerasidan havoni tortib olish bilan uning strelkasi osha boradi va 0,2 - 0,3 atm.ga yetganda vakuum-nasosning bosimli quvurdan havo o‘rniga suv chiqa boshlaydi. Asosiy nasosning elektrodvigateli elektr tarmog‘iga ulanadi. Manometr (12) maksimal qiymatni ko‘rsatsa nasos to‘g’ri ishlayapti. Ventil (14) berkitiladi. Vakuum-nasos o‘chiriladi. Zadvijka 6 qisman ochiladi.


6.2-rasm. Tajriba qurilmasi ko‘rinishi.
1–suv tortuvchi quvur; 2– rostlash zadvijkasi; 3–markazdan qochma nasos K 160/20; 4–nasos elektrodvigateli; 5–suv haydovchi, chiqaruvchi quvur; 6–boshqaruvchi zadvijka; 7–teskari klapan; 8– suv o‘lchash diafragmasi; 9–suv minorasi; 10–difmanometr; 11–vakuummetr; 12–manometr; 13–vakuum–nasos; 14–ventil; 15–suv yig‘uvchi sig‘im; 16– elektrodvigatelning o‘lchov asboblari.
e) uch holatli ventilni ochib, manometr hamda vakuummetrlarning quvurlaridagi havo chiqarib tashlanadi.
j) zadvijka (6) berkitiladi va nasos ish xarakteristikalarini tajribada olishga kirishiladi.
Nasos qurilmasi zadvijkasini uzoq vaqt yopiq holatda ishlatish tavsiya etilmaydi. Yirik nasos qurilmalarida uzoq ishlatish man etiladi.
Nasos agregatini tajribada sinash
Zadvijka (6) ni ochishdan oldin Q=0, hamma o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari yozib olinadi.
Jumladan: vakkummetr, manometr, difmanometr, vattmetr – bu salt rejimi hisoblanadi.
Zadvijka (6) qisman ochiladi va bir oz vaqt ishlagach, bir vaqtda hamma o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Tajribani o‘tkazishda nasos rejimini o‘zgartirish zadvijka ochilishini ko‘paytirib borish bilan olinadi.
Umuman nasosni sinashda o‘lchov nuqtalarining soni 10...12-tadan kam bo‘lmasligi kerak. O’quv tajribalarini o‘tkazishda olinadigan sinash nuqtalarining soni 6–8 rejimdan kam bo‘lmasligi kerak. Eng ko‘p nuqtalarning soni nasosning nominal ishlash oralig’iga to‘g‘ri kelgani ma’qul.
Sinalayotgan nasos K 160/20 nominal ishlash oralig’i 30 l/s dan to 60 l/s gacha o‘zgartiriladi.
Hamma o‘lchangan qiymatlar 6.1-jadvalga yoziladi.
6.1-jadval

T/r

O’lchashlar

Hisoblashlar




Yeslatma







I

U







kVt

A

V




Yüklə 379,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə