Ii. Asosiy qism


MAMLAKATLARNING XMT DA QATNASHISHLARIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR VA UNING RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI



Yüklə 243,53 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü243,53 Kb.
#133722
1   2   3   4   5   6
Elbek qurs ishi Xalqaro mehnat taqsimoti va uning zarurligi

MAMLAKATLARNING XMT DA QATNASHISHLARIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR VA UNING RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI
Mamlakatlarning XMT da qatnashishlariga nima turtki bo‘ladi?
XMT rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar:

    1. Mamlakat ichki bozorining hajmi. Rivojlangan bozorlarga ega yirik mamlakatlarda zaruriy ishlab chiqarish omillari va iste’mol tovarlarini topish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Demak, bu mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashuv va tovar ayirboshlashda qatnashish ehtiyoji kam bo‘ladi. Shu bilan birga rivojlangan bozor talabi importni kengaytirishni talab etadi. Bu – eksportga yo‘naltirilgan ixtisoslashuvni kengaytirish evaziga qoplanadi.

    2. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati qanchalik kam bo‘lsa, uning XMT da qatnashish zaruriyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

    3. Mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi. Mamlakatning yuqori darajada monoresurslar bilan ta’minlanganligi (masalan, neft), jumladan, foydali qazilma boyliklari bilan kam darajada ta’minlanganligi ham uning XMTda faol qatnashish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

    4. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibida yetakchi sanoat tarmoqlarining ulushi (energetika, qazib olish sanoati, metallurgiya va b.). Asosiy tarmoqlar ulushi qancha yuqori bo‘lsa, odatda, mamlakat XMT tizimiga shuncha kam jalb etilgan.

XMTning rivojlanish jarayonidagi asosiy xususiyat – ushbu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda, naf qidirishi va topishidir.
XMTning rivojlanish tendensiyalari iqtisodchilarning kelajakda bu jarayon yanada chuqurlashib boradi, deb xulosa chiqarishlari uchun asos bo‘ladi. Uning asosida tovarlar va xizmatlar ayirboshlashning miqyosi jadal sur’atlar bilan o‘sib boradi.
Har qanday davlat xalqaro ayirboshlov jarayonida XMTning ustunliklaridan foydalanar ekan: birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlari o‘rtasidagi farqdan yutishi; ikkinchidan, ichki xarajatlarni kamaytirish maqsadida arzonroq bo‘lgan importdan foydalanish evaziga milliy ishlab chiqarishdan voz kechishi mumkin.
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatda ishlab chiqarish tashqi iste’molchilarga, ichki talab esa importga yo‘naltirilgan bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki bozorning nisbatan tez, ammo ekstensiv tarzda kengayishi kutilmoqda.
XMT ichki tarkibga va rivojlanish usullariga ega. XMTning asosiy ajralmas xususiyatlari ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisob­lanadi.

Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixti­soslashuvi ikki yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi – ishlab chiqarish va hududiy.
O‘z navbatida, ishlab chiqarish yo‘nalishi:

  • tarmoqlararo ixtisoslashuv;

  • tarmoqlar ichra ixtisoslashuv;

  • alohida korxonalar ixtisoslashuviga bo‘linadi.

Ishlab chiqarishning xalqaro hududiy ixtisoslashuvi muayyan tovarlar va ularning qismlarining jahon bozori uchun ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini o‘z ichiga oladi:

  • alohida mamlakat;

  • mamlakatlar guruhi;

  • mintaqalar.

Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • predmetli (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuv;

  • detalli (mahsulot qismlari va komponentlarini ishlab chiqarish) ixtisoslashuv;

  • texnologik yoki bosqichli (ya’ni, alohida texnologik jarayonlarni amalga oshirish.




Yüklə 243,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə