Ii asosiy qism



Yüklə 7,89 Mb.
səhifə2/20
tarix18.02.2022
ölçüsü7,89 Mb.
#83846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
23 Qoraqarag‘ay (Picea) turkumining dendrologik xarakteritikasi va ko‘kalamzorlashtirishdagi ahamiyati.


O
34-rasm. Oddiy, Sibir, Sharq, Tyan-Shan va ayan qoraqarag‘aylari:


1 – oddiy qoraqarag‘ayining changchi – boshoqli novdasi,

2 – urug‘chi qubbali novdasi, 3 – etilgan qubbasi, 4 – qubbalar qobig‘i, 5 – ninabargi, 6 – urug‘ qobiqli niholi, 7 – urug‘ qobiqsiz niholi, 8 – Sibir qoraqarag‘ayining changchisi, 9 – qubbasi, 10 – sharq qoraqarag‘ayining qubbasi, 11 – tyanshan

Qoraqarag‘ay bir jinsli, ikki uyli daraxt. May-iyun oyida gullaydi, «guli» shamol yordamida changlanadi. Etilgan paytda qubbalardagi tangachalar dag‘al bo‘lib, yog‘ochlashadi, bukilib, keng, cheti tishchali, teskari tuxumsimon shaklga kiradi. Bahorda urug‘ining tangachalari qurib, ajraladi, ochilib qoladi va urug‘lari erga to‘kiladi. Bu qoraqarag‘ay urug‘idan yaxshi ko‘payadi, ba’zan parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi.
U yosh vaqtida sovuqqa chidamsiz bo‘lib, kattalashgan sari chidamliligi orta boradi. Uning areali asosan, 56-66o shimoliy kenglikni egallagan. Arealining shimoliy chegarasi Murmansk-ning janubi bo‘lib, u Oq dengizgacha va Evropaning shimoli-sharqiy qismigacha kirib boradi. Bu turning tarqalishini janubiy chegarasi esa qora tuproqli zonaning shimoliy chega-ralariga to‘g‘ri keladi. Qoraqarag‘ay issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamsiz daraxt hisoblanadi. U har turli tuproqli erlarda o‘sa oladi.

Qumli, qumoq va bo‘z tuproqli hamda qora tuproqli erlarda juda yaxshi o‘sadi. Botqoq va zax tuproqlarda o‘smaydi. Qora va oqqarag‘ay, eman, qora qandag‘och, shum turlari daraxtlari bilan birga daryo qirg‘oqlarida aralash o‘rmonlar hosil qilib bir-galikda o‘sadi.Undan qurilish ishlarida, sellyuloza-qog‘oz sanoatida, taxta ishlab chiqarishda, mebel tayyorlashda, cholg‘u asboblari ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Kimyo sanoatida undan sun’iy ipak tolalari olinadi va plastmassa tayyorlanadi.

Po‘stlog‘idan oshlovchi moddalar, barglaridan efir moyi olinadi. Ulardan esa skipidar va kanifol ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ninabargida S vitamini bor, undan vitamin uni tayyorlanadi. Qora- qarag‘ay ihota o‘rmonlari sifatida temir yo‘llar bo‘ylab ekiladi. Havoning ifloslanishiga chidamsiz bo‘lganidan shaharlarda ekish tavsiya qilinmaydi.


Yüklə 7,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə