Iii. Amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar 1-amaliy mashg’ulot. Ekologia va atrof muhit muhofaza fanini tadqiqot uslublari


-AMALIY MASHG’ULOT. BIOSFERANING TUZILISHI



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə2/13
tarix19.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
AMALIY MASH

2-AMALIY MASHG’ULOT. BIOSFERANING TUZILISHI.
Mahlumki, sayyoramizning yuzasi gazsimon (atmosfera), suyuk, (gidrosfera) va qattiq (litosfera) qobiqlardan iboratdir. Barcha jonli organizmlar o`zini o`rab turgan muhit sharoitlari bilan doimiy ravishda munosabatda bo`ladi (48- rasm).Gidrosfera qatlami yer yuzining 70 foizini tashkil qilib, bunga turli suv havzalari: okeanlar, dengizlar, ko`llar, daryolar kiradi.
Atmosfera qatlami uchta qobiqqa bo`linadi, ‘astki qatlam — havoda meuallaq holda bo`ladigan suv bug`larini o`z ichiga oluvchi tro’osfera, ustki qatlam — 100 km yuqoriga ko`tariladigan stratosfera, undan ham yuqorida esa siyrak holdagi gaz qatlami — monosfera joylashgan bo`lib, u ionlashgan atomlar yig`indisidan iboratdir. Qattiq qobiq bo`lmish litosferaning qalinligi 10—40 km qatlamdan tashkil to’gan. Yuqorida qayd qilingan uchta qobikdan tashqari, Yer yana alohida qobiq — biosfera bilan ham o`ralgan bo`lib, u tirik organizmlar ishg`ol qilgan barcha maydonlarni o`z ichiga oladi. Biosfera haqidagi tushunchalar birinchi bor gollandiyalik olim B. Bareniue, frantsuz tabiatshunos olimi J. Byuffon (1707— 1788) asarlarida o`z ifodasini to’di.
Frantsuz kimyogari J. B. Dyuma (1800—1884), J. Busengo (1802—1887), nemis kimyogari Yu. Libix (1803—1873) va boshqa bir qancha olimlar Yer sharidagi gazlarning almashishida o`simliklarning ahamiyatini aniqladilar. Bundan tashqari o`simliklarning oziqlanishida tu’roq eritmalarining roli nihoyatda katta ekanligiga ehtibor berdilar. J. Busengo tomonidan Janubiy Amerikaning tro’ik o`rmonlarida o`tkazilgan kuzatishlar natijasida o`simliklarning hosil bo`lishida va umuman jonli organizmlarning ‘aydo bo`lishida havoning tarkibi va namlik muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. V. V. Dokuchaev o`z asarlarida tu’roqning hosil bo`lishiga faqat iqlim sharoitlari tahsir ko`rsatib qolmasdan, shu bilan birlikda o`simlik va hayvon jamoalari muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd qiladi. Lekiy biosfera hamda uning Yer yuzida boradigan jarayonlardagi roli haqidagi nazariya birinchi bor yirik rus olimi — tabiatshunos Vladimir Ivanovich Vernadekiy tomonidan asoslab berildi. U okean suvlarini va atmosferaning kimyoviy tarkibini o`rgandi, V. I. Vernadskiy mineralogiya, kristallografiya, geokimyo va biokimyo fanlarining asoslarini yaratdi. Jumladan biosferada kimyoviy elementlarning tarqalishida va almashishida organizmlarning qanday rolg’ o`ynashini to`la tushuntirishga muvaffaq bo`ldi. Biosfera haqidagi tahlimotning vujudga kelishida fizika, kimyo, geologiya va biologiya fanlari erishgan yutuqlar katta rolg’ o`ynadi.
Chunki atmosfera, gidrosfera va litosferadagi fiziq, hodisalarni o`rganish bilan fizika fani, Yerdagi organik va anorganik olam tarkibini o`rganish bilan kimyo fani shug`ullanadi. Agar geologik qonuniyatlar tekshirilmaganda sayyoramizning qachon vujudga kelganini va tog` jinslarining tarkibini ham bilmas edik. Shu o`rinda O`rta Osiyoning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniyni eslamasdan o`tib bo`lmaydi.
Beruniy mineralogiyaga bagishlangan asarida tabiatdagi geologik jarayonlarni tushuntirgan va shu bilan biosferadagi geologik qonuniyatlarni asoslashga imkon yaratgan. Jonli tabiat va organik hayot qonunlarini biologiya fani o`rganadi. Biologiya fani hujayradan tortib katta biotsenozlargacha, hamma jonli tabiat namoyandalari tarkibini tekshiradi. Jonli va jonsiz tabiat orasidagi bog`lanishlarni yanada chuqurroq o`rganish biosfera tushunchasining vujudga kelishiga sababchi bo`ldi. Hozirgi zamon tushunchasiga muvofiq, biosfera — bu Yerning o`ziga xos qobig`i bo`lib, butun jonli organizmlarni o`z ichiga oladi. Biosfera — 50° dan +50° gacha haroratli termodinamik qobiqdan iboratdir.
Biosfera Yerda tirik organizmlar vujudga kelishi bilan bir vaqtda ‘aydo bo`lgan va ularning evolyutsion rivojlanish jarayonida shakllana borgan. Biosfera butun quruqlik yuzasini — dengiz sathidan tog` tizmalarining cho`qqilarigacha ishrol qilib turadi. O`simlik va hayvonlarning ayrim turlarini Yer yuzasining eng baland cho`qqilarida ham ko`rish mumkin. Masalan, sakkiz kilometr balandlikdagi tog`da tog` qarg`asi uchratilgan.
Biosfera uchala mineral qobiq ichkarisiga ham kirib boradi, lekin bir xil darajada emas. Atmosferada hayotning eng yuqori chegarasi 25—27 kilometr balandlikdadir, bu zonalarda faqat zamburuglar va bakteriyalarning s’oralarni uchratish mumkin. Lekin undan yuqorida, stratosferada ozon qavatlari chegarasiga qadar ham tirik organizmlar bor bo`lishi mumkin. Bu qavatlar 20—50 kilometr balandlikda yerni qurshab turuvchi ozon ekranini hosil qiladi. Tirik organizmga halokatli tahsir etuvchi kosmik nurlanish hamda quyoshning ulg’trabinafsha nurlari ana shu ekranga urilib qaytadi. Havoga ko`tariluvchi organizmlarning eng ko`’ massasi Yer yuzidan taxminan 50—70 metrgacha balandlikda to`’lantan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə