Iii. Amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar 1-amaliy mashg’ulot. Ekologia va atrof muhit muhofaza fanini tadqiqot uslublari


-AMALIY MASHG’ULOT. EKOLOGIK OMILLAR



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə5/13
tarix19.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
AMALIY MASH

4-AMALIY MASHG’ULOT. EKOLOGIK OMILLAR.
YAshash muhiti deb tabiatning bir —biriga ta’sir qiluvchi tirik mavjudotlar bilan qoplangan qismiga aytiladi.
YAshash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yig‘indisidan iborat bo‘lib, bularsiz organizmlar yashay olmaydi. Muhit elementlarining turlar moslashish reaksiyasini chaqiruvchi faktorlari ekologik omillar deyiladi.
Organizmlar murakkab va o‘zgaruvchan dunyoda yashab, ular o‘z hayotini asta — sekin shunga moslashtirib boradi.
Evolyusion taraqqiyot davomida organizmlar to‘rtta asosiy hayot muhitini o‘zlashtirgan. Ulardan birinchisi — suv muhiti. Hayot suvda paydo bo‘lgan va tarqala boshlagan. Keyinchalik tirik organizmlar er-havo muhitini egallagan. Tuproq alohida hayot muhiti hisoblanadi. Hayotning o‘ziga xos to‘rtinchi muhiti bu tirik organizm tanasidir.
Organizmlarning muhitga moslashuvi adaptatsiya deyiladi (lotincha "adaptatsio" — moslashuv).
Moslashuv tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, mavjudotlarning yashab qolishi va ko‘payishini ta’minlaydi.
SHaroitga moslashuv hujayradan tortib har xil ekologik sistema faoliyatigacha bo‘lgan darajada vujudga keladi.
Ekologik omillarning quyidagi guruhlari ajratiladi:
Abiotik omillar.
a) iqlim omillari- yorug‘lik, harorat, namlik;
b) edafik omillar- tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xususiyatlari;
v) orografik omillar —relef sharoitlari
2. Biotik omillar-organizmlarning o‘zaro ta’sirlari
Har bir mavjudotga boshqa tirik organizmlarning ta’siri bor, o‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Biotik omillar quyidagilarga bo‘linadi: fitogen — jamoadagi o‘simliklarning bir—biriga ta’siri. Bunga o‘simliklarning bevosita mexanik, simbiozlik, parazitlik, epifitlik ta’siri kiradi. Bulardan tashqari, o‘simliklarning bilvosita ta’siri (yashash muhitini o‘zgartirish yo‘li bilan) ham amalga oshib turadi, masalan: daraxtlarning o‘tlarga soya tushirishi va boshqalar
Zoogen — hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa mexanik ta’sirlar, changlatish, meva va urug‘larning tarqatilishi, muhitga ta’sir etishi kabi ta’sirlar.
Mikrobogen va mikogen — mikroorganizmlar va zamburug‘larning ta’siri.
3. Antropogen omillar — inson faoliyati ta’siridir. Bunday omillar salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Tirik organizmlar yashash muhitining antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi, o‘z navbatida ekosistemalardagi bog‘lanishlarning inqirozga uchrashiga olib keladi. Bunga o‘rmonlarning ko‘plab kesilishi, cho‘llarning o‘zlashtirish, yaylovlarda nazoratsiz mol boqilishi va boshqalar misol bo‘ladi. Tuproq, suv va havoning, sanoat chiqindilari va zaharli moddalar bilan zaharlanishi, ba’zi hollarda antropogen omillar ta’sirida butun biotsenozlar yo‘qolib ketishi ham mumkin. Organizmga har bir omil ta’sir etishining quyi va yuqori chegaralari bo‘ladi. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb ataladi. Har qanday ekologik omil ta’sirining optimum, minimum va maksimum ko‘rsatkichlari bo‘ladi. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə