Iii. Amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar 1-amaliy mashg’ulot. Ekologia va atrof muhit muhofaza fanini tadqiqot uslublari


-AMALIY MASHG’ULOT. QISHLOQ XO’JALIGI EKOLOGIYASI



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə7/13
tarix19.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
AMALIY MASH

6-AMALIY MASHG’ULOT. QISHLOQ XO’JALIGI EKOLOGIYASI.
Dehqonchilik qilinadigan hududlarda ekologik muammolarni hal qilishda qishloq xo‘jaligini ekologizatsiyalash ham katta ahamiyatga egadir. Ilgari qishlok, xo‘jaligi ishlab chiqarishida ko‘pchilik ekologik priniiplar stixiyali (ongsiz) ravishda ishlatilgan. Keyinchalik esa uning ilmiy asoslari yaratilishiga qaramasdan, undan foydalanish priniiplari ongli ravishda buzib kelindi. Hozirgi vaqtda ham ekologik bilimlarning autoekologiya — yangi tur ekologiyasi sohasidagi bilimlarga amal qilinadi. SHu vaqtning o‘zida esa ekologiyaning quyi populyasiya ekologiyasiga va ekosistemalar prinsiplariga kam e’tibor beriladi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini to‘la ximiyalashtirish tufayli, erlarni surunkasiga haydash va dehqonchilikda monokulturaga amal qilish biotsenozlarni degradatsiya qilinishiga olib keldi. Buning natijasida ko‘pchilik foydali hasharotlar va boshqa jonli organizmlarning turlari yo‘qoldi, bularning hammasi madaniy o‘simliklar hosilining pasayishiga olib keldi (54- rasm).
O‘zbekistonda dehqonchilikni yuritishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar natijasida ko‘pchilik hududlar tabiatida ekologik fojialar sodir bo‘ldi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Bunday holatlar Amudaryoning quyi oqimidagi rayonlarda dehqonchilikdagi ilmiy asoslarning buzilishi tufayli sodir bo‘ldi. Ana shu zonaning tabiiy florasi va faunasi juda keskin o‘zgargan, ko‘pchilik turlari umuman yo‘qolib ketgan. Undan tashqari atrof muhit har xil zaharli moddalar bilan ifloslangan bo‘lib, u shu erdagi odamlar salomatligiga katta zarar etkazmoqda, ya’ni aholi o‘rtasida har xil kasalliklar (boshqa regionlarga nisbatan) ko‘p uchraydi. Bu erda bolalar o‘limi ham boshqa zonalardagiga nisbatan 2—3 marta ko‘pdir.
Bu hududlarda ekologik muvozanatlarni tiklash uchun birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ekologizatsiyalash zarurdir. kishloq xo‘jaligini ekologizatsiyalashning asosiy yo‘llari bu biotsenologik va ekosistema usullarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tatbiq qilishdan iboratdir. Almashlab ekishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish va uni joriy qilish uchun agrolandshaftlarning shunday komplekslarini ishlatish kerakki, bunda ular yo‘qotilgan biotsenozlarni qayta tiklash imkonini bersin va biotsenologik sistemaning to‘liqligini ta’minlasin. Dalalarda faqat produtsentlarni madaniy ekinlar hisobiga saqlab turish usullaridan to‘la voz kechib, Agrotsenozlardagi jarayonlarni tabiiy boshqarish usullariga o‘tkazish kerak. Agar dalalarda turlarning boyligi va har xilligi to‘la ta’minlansa, u vaqtda zararli hasharotlarning yoppasiga ko‘payib ketishining oldi olingan bo‘ladi. Bu faqat madaniy ekinlardan olinadigan hosilning miqdorini oshirib qolmasdan, qishloq xo‘jaligida har xil zararli ximikatlardan foydalanishni kamaytirdi, bu esa tabiatdagi ekologik muvozanatni destabilizatsiya qiluvchi omillarning kamayishiga olib keladi va atrof muhitni ifloslanishdan himoya qiladi. Qishloq xo‘jaligini ekologizatsiya qilishda keyingi davrda ekinlarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda uyg‘unlashtirilgan usuldan keng foydalanilmoqda.
Bu usul zararkunandalarga qarshi kurashda tabiiy kushandalardan to‘la foydalanish hisobiga kimyoviy moddalardan mumkin qadar kamrok, foydalanishga qaratilgandir. Qishlok xo‘jaligini ekologizatsiya qilishda, zararkunandalarga qarshi kurashda biologik usuldan foydalanish ham katta istiqbolga egadir.
Tabiatdagi ekologik muvozanatni tiklashda Agrotsenozlarning strukturasini qayta ko‘rib chiqish ham muhim rol o‘ynaydi. YA’ni hozirgi vaqtda dehqonchilik sistemasida hukmronlik qiladigan monokultura, ya’ni faqat bir ekinni bir necha yillar davomida takror ekmasdan, buning o‘rniga dalalarga bir necha tur ekinlarni ekish yo‘li bilan, dalalardan olinadigan biomassani ko‘paytirish mumkin. Bu o‘z navbatida tabiatdagi muvozanatni saqlashga imkoniyat yaratadi.
Bu muommaga Respublikamizda keyingi davrda katta e’tibor berilmoqda ya’ni agrofitotsenozlarni to‘g‘ri tashkil dilish, barcha jarayonlarni biosfera darajasida tashkil qilish imkonini yaratishga harakat qilinmoqda, birlamchi mahsulotlarning umumiy zaxirasini yaratish atmosferadagi kislorod va boshqa gazlar darajasini saqlash, biogen elementlarining oqib kelishini, suv almashish jarayonlarini normal holda saqlashni ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligida tashkil etilgan ozgina ish ham tuproq qatlamining unumdorligiga va sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
SHunday qilib, Amudaryoning quyi oqimidagi hududlarda antropogen omillar ta’sirida sodir etilgan fojialarni bartaraf etish uchun yuqorida qayd qilingan usullarga amal qilish kerak. SHuning uchun qishlok, xo‘jaligini intensifikatsiya qilishda uning ekologik oqibatlari to‘la va chuqur tekshirilishi kerak.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə