Ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 93,97 Kb.
səhifə2/14
tarix22.06.2022
ölçüsü93,97 Kb.
#89941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi

Mavzuning maqsadi: Davlat va huquqni tavsiflashdagi asosiy mezon ularning jamiyat hayotida o‘ynaydigan rolidir. Davlat – jamiyatni uyushtirish, boshqarish vositasi bo‘lsa, huquq ijtimoiy munosabatlarni jamiyat va inson manfaatlaridan kelib chiqib tartibga solish vositasidir. Davlat va huquq o‘zaro uzviy hodisalar bo‘lganligi bois davlatning mohiyatida va faoliyatida qanday o‘zgarishlar ro‘y bersa, huquqning mohiyati va tabiatida ham shunday o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu jamiyat hayotining umumiy qonuniyatidir. Mavzuning vazifalari:

  1. Huquq shakli (manbayi) tushunchasini o’rganish;

  2. Normativ – huquqiy hujjatlarni tahlil qilish;

  3. Normativ shartnomalarni o’rganish;

Mavzuni o’rganilganlik darajasi: Mazkur kurs ishini yozishda nafaqat mustaqillik yillarida to‘plangan davlat- huquqiy tajriba, konstitutsiyaviy tamoyillar va nazariy bilimlarga, balki xorijiy tajriba, umuminsoniy, milliy-ma’naviy hamda huquqiy qadriyatlarga, hozirgi zamonda dunyodagi mavjud davlatchilik va huquqshunoslik konsepsiyalariga, shuningdek xalqimizning asrlar osha shakllanib kelayotgan boy huquqiy mero siga qat’iy tayanildi.
Kurs ishining tuzilishi: mazkur kurs ishi 3 ta bob, 10 ta paragrf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I. Huquq shakli (manbayi) tushunchasi
1.1. Huquqiy odat – huquqning tarixiy manbayi
Demokratiya sharoitida xalqning irodasi davlat amri darajasiga ko‘tarilishi, umummajburiy qoidaga aylanishi, belgilangan shaklda o‘rnatilishi va mustahkamlanishi lozim. Yuridik adabiyotda huquqiy normani o‘rnatish va ifoda etish shakli, odatda, huquqning manbayi eng umumiy ma’noda huquqning ifoda etilish shakli hisoblanadi. Biroq, “huquqning manbayi” va “huquqning shakli” degan iboralarga hamma olimlar ham aynan bir ma’noni beruvchi sinonim so‘zlar deb qaramaydilar.
Bir guruh olimlarning fikricha, huquqning manbayi deganda, huquqning ifodalanish shaklini emas, balki uning vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi moddiy manbani, iqtisodiy tuzumni, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usulini tushunish kerak1. Falsafiy ma’noda, gnoseologik nuqtayi nazardan bu fikr to‘g‘ri. Chunki ustqurma hodisalari, mafkuraviy va ma’naviy hayot voqeliklari pirovardida o‘z ibtidosini, manbayini iqtisodiyotda topadi. Bu xulosani huquqqa nisbatan ham berish mumkin. Biroq, huquqni vujudga keltiruvchi moddiy manba sifatida davlatni, davlat hokimiyatini; uning yuridik manbayi sifatida esa – huquq ijodkorlik faoliyatini, qonunchilik jarayonini tan oluvchi olimlar ham bor.2
Ikkinchi guruh olimlar “huquqning manbayi” va “huquqning shakli” iboralari o‘rtasida hech qanday farq ko‘rmaydilar, ularni aynan bir ma’noda, sinonim sifatida qo‘llayveradilar.3 Ayniqsa, huquqning muayyan tarmoqlari bo‘yicha mutaxassislar “huquqning manbayi” degan iborani, hech ikkilanmasdan, huquqiy qoidalarni bayon etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni anglatish uchun ishlatadilar.
Uchinchi guruh olimlar esa, “huquqning manbayi” iborasidan to‘la voz kechishni istamaganlari holda, uni ayrim izohlar bilan (masalan, “huquqning yuridik manbayi”, maxsus ma’noda tushuniladigan “huquq manbayi” va h.k.) qo‘llashni taklif etadilar.4
Bizga prof. S.L. Zivsning fikri ma’qul. Bunga ko‘ra, masalaning mohiyatini «huquqiy normaning manbayi»5 degan ibora aniq ifodalaydi. Agar «huquqning manbayi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning aksariyatini solishtirib ko‘rilsa, ularda asosan huquqning manbayi – bu huquqiy normalar (qoidalar)ni bayon etuvchi, ifodalovchi normativ-huquqiy hujjatlardir, degan ma’noni ko‘rish mumkin.
“Huquqning shakl” iborasiga kelsak, bunda shakl falsafiy talqin nuqtayi nazaridan muayyan mazmunning mavjudligini anglatadi va uni ifoda etadi. Huquqning shakli – bu huquqning tom mazmuni tuzilishi, uning mavjudlik usuli, namoyon bo‘lishi, batartibligi va harakatlanishi ifodasidir.
Huquqdagi mazmun va shakl masalasi, shu jumladan, huquq struk- turasi bilan qonunchilik strukturasi o‘rtasidagi munosabat masalasi yuridik adabiyotda ancha keng yoritilgan. Ko‘pchilik mualliflarning fikricha, huquqning mazmunini huquqiy normalar yig‘indisi tashkil etadi. Bu normalarda xalqning umumiy davlat irodasi o‘zining muayyan aniq ifodasini topadi.6 Huquqning mazmuni hamisha o‘zi uchun mos va maxsus shaklda obyektivlashtiriladi. Mazkur shakl ma’lum bir real mazmunning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, uning mavjudligi, ifoda etilishi va o‘zgarishi usulidir.7
Demak, shuni ta’kidlash joizki, huquq shakli – davlat bilan huquq o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Unda huquqning tashqi ifodalanishi tushuniladi. Huquq manbayi deyilganda, huquq normasining paydo bo‘lishi va amal qilishiga imkon beruvchi zamin (rezervuar) tushuniladi. Taniqli rus huquqshu- nosi G.F. Shershenovich huquq shakli – ma’lum ma’noda huquqni o‘zida aks ettiruvchi, uning oldingi vaqtda chiqarilgan manbayi, ya’ni asosi deb ta’riflagan. Huquq shaklini tahlil etish davlat irodasini, xalq irodasini qonun dara- jasiga qanday usullar bilan ko‘tarilganligini anglashga ko‘maklashadi. Huquq shakli, davlat irodasining hamma uchun majburiylik usuliga qarab belgilanadi.
Shunga ko‘ra, huquqning to‘rtta tarixiy shakli mavjud: huquqiy odat, yuridik presedent, normativ-huquqiy hujjat va normativ shartnoma.
Shunday qilib, huquqning tashqi ifodalanish shakli bilan manbalari tizimi (moddiy, g‘oyaviy, yuridik) o‘rtasidagi o‘zaro uzviy aloqadorlik muayyan mamlakat huquqiy tizimining xususiyatini ifoda etadi. Ya’ni, ba’zi davlatlarda normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy shakli bo‘lsa, boshqa davlatlarda boshqaruv organlarining berilgan vakolat asosidagi (delegirovannoye) huquq ijodkorligi keng tarqalgan; uchinchi bir mamlakatlarda presedentlar va sud qarorlari; to‘rtinchi toifa davlatlarda – diniy qoidalar (Qur’on, sunna, ijmo, masalan, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqalar) ustunlik qiladi.
Ilmiy manbalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, huquqiy odat davlatchilik shakl- lanishining ibtidosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalarning tarixan birinchi ko‘rinishi bo‘lgan. Odat normalari asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish alohida ahamiyat kasb etadi. Odat – doimiy takrorlanishi natijasida kishilar ongida shakllangan xulq-atvor qoidasi. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi man- balar tizimida odat va huquqiy odatni farqlash lozim. Kundalik turmushdagi barcha odatiy qoidalar ham huquqiy odat sifatida shakllanavermaydi.
Ma’lumki, ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda odat normalaridan keng foydalanilgan va davrlar o‘tishi bilan odat o‘z o‘rnini huquqqa bo‘shatib bera boshladi. Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin:

Yüklə 93,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə