Ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 93,97 Kb.
səhifə4/14
tarix22.06.2022
ölçüsü93,97 Kb.
#89941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi

1.2. Yuridik presedent
“Presedent” – lotincha “praecedens” so‘zidan olingan bo‘lib, ilgarida bo‘luvchi”, “oldin sodir bo‘lgan” degan ma’noni anglatadi.
Davlat organlari, jumladan, ma’muriy boshqaruv hamda sud organlari o‘zlarining ijtimoiy munosabatlarni boshqarish, tartibga solish jarayonida o‘ziga xos, ba’zan noyob (original) qarorlar qabul qiladilar. Ularning bir o‘rni kelganda qabul qilgan qarorlari tarixan keyingi davrlarda faoliyat yurituvchi davlat organlari uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi hollari uchrab turadi. Shunga ko‘ra, presedent – muayyan ishni ma’muriy organ yoki sud organlari tomonidan ko‘rib chiqishda boshqa organ va sudlar tomonidan aynan shunga o‘xshash ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan qarorning qo‘llanilishidir. Presedent huquqning manbayi sifatida ilgari qadimgi Rimda qo‘llanilgan. O‘tgan butun tarixiy davr nuqtayi nazaridan xulosa qilganda, yuridik presedent huquq shakli (manbayi) sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda dunyoning anglo-sakson huquqiy tizimiga asoslanuvchi davlatlarida yuridik presedentning huquq manbayi sifatida o‘rni beqiyosdir. Ammo, Yevropa qonunchiligi va roman-german huquqiy tizimiga mansub davlatlar sud amaliyotini huquq shakli sifatida tan olmaydilar.
Yuridik presedent deb, ma’muriy yoki sud organining muayyan ish bo‘yicha chiqarilgan yozma yoki og‘zaki qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqishda asos sifatida qo‘llanilishiga aytiladi. Yuridik presedent turlari shartli ravishda ma’muriy presedent va sud presedentiga bo‘linadi.
Ma’muriy presedent – ma’muriyatning jamiyatni boshqaruv sohasidagi ayrim ishlar yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga asos sifatida qo‘llashi uchun xizmat qilishi tushuniladi.
Sud presedenti – sud organining biror-bir ish yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga nisbatan namuna tarzida qo‘llashiga aytiladi.
Huquqiy presedent umumiy ma’noda talqin etilsa-da, uning tarkibidagi sud yoki ma’muriy presedentlar bir-biridan keskin farq qiladi. Albatta, huquqning presedent shakli sifatida sud yoki ma’muriy organlar yangi huquqiy normalar yaratish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda huquq o‘zining murakkabligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, bu yerda mansabdor shaxsning suviste’mollik qilishi ehtimoli saqlanib qoladi.
Sud qarorlari presedent sifatida quyidagicha bo‘lishi mumkin: birinchisi, qonun va odat normalari to‘g‘ri kelmay qolgan taqdirda yangidan huquq normalari yaratiladi, bu inglizlarda original precedent deb nomlanadi, ushbu presedent normalari ijtimoiy munosabatlardagi yangi holatlarni tartibga soluvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Bunda sudyalar qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida huquq normasini yaratadilar. Roman-german huquq tizimiga mansub davlatlarda esa, sudyalar huquq ijodkorligi vakolatiga ega bo‘lmay, faqatgina huquqni qo‘llash bilan shug‘ullanadilar; ikkinchisi, original (asl) normalarning ma’nosini tushuntirib beruvchi presedent ingliz tilida declaratoruo precedent deb nomlanib, u mavjud holatlarni tartibga soluvchi, asoslantiruvchi manba bo‘lib, muayyan ish bo‘yicha sudning oldin qabul qilingan hukmiga asoslangan holda boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun avvalgisini namuna, etalon sifatida qo‘llaydi. Ikkinchi holatda so‘z yangi norma haqida bormoqda. Nima uchun sud qarori presedent sifatida normaga aylanishi mumkin? Chunki, hayotda huquqdan tashqari presedent ham katta rol o‘ynaydi. Haqiqatdan ham, kishilar doimo hayotiy tajribaga asoslanadilar, undan namuna, andaza oladilar.
Sud qarorlari xususiy ishga taalluqli bo‘lib, ikki yoqlama ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin: birinchidan, sud faoliyati natijasida ma’lum bir hodisani hal qilish mumkin; ikkinchidan, bu sud qarori kelgusida bo‘ladigan hodisalarga ham xuddi shu qarorni namuna sifatida ishlatish imkonini beradi. Keyingi holda sud qarori huquq normasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki u oldingi qabul qilingan qarorga (presedentga) asoslanadi.
Demak, e’tirof qilinganidek, sud amaliyoti, ya’ni sud presedenti huquq shakli hisoblanadigan mamlakat Angliyadir, shu bois, yuridik presedent bir vaqtda ingliz odat huquqi deb ham nomlanadi. Angliyada to‘plamda yozil- gan sud presedentiga asoslanish xuddi qonun moddasiga asoslangandek yuridik ahamiyatga ega. Bunga o‘xshash holatlarni Yevropa qit’asida uch- ratmaymiz. Masalan, Fransiya huquqshunosligida, fransuz yuristlari sud amaliyotini huquq normasi sifatida hech qachon tan olmagan. Ularning fikricha, sudning obro‘si qanchalik baland, uning qarori qanchalik to‘liq bo‘lmasin, u hech qachon hamma fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan qoi- dalarni yarata olmaydi.
Ta’kidlash joizki, roman-german huquq nazariyotchilari huquqning presedent shaklini hech qachon tan olmaganlar, chunki ular sud va ma’muriy organlar huquqni ijod qilishlari emas, balki uni qo‘llash faoliyati bilan shug‘ullanishlari lozim, deb hisoblaydilar. Anglo-sakson huquqiy tizimiga kiruvchi davlatlarda sudyalar tomonidan shakllantirilgan va sud presedentlarida ifodalangan normalar huquqning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 93,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə