Ijtimoiy fanlar fakulteti


II. Normativ – huquqiy hujjat



Yüklə 93,97 Kb.
səhifə5/14
tarix22.06.2022
ölçüsü93,97 Kb.
#89941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi

II. Normativ – huquqiy hujjat
2.1. Qonun normativ huquqiy hujjatlar tizimida
Mamlakatimizda huquqni ifodalashning asosiy shakli – normativ-huquqiy hujjatlardir. Normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan, majburiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydigan huquqiy hujjatlarning alohida turidir. Odatda, ular va- kolatli organlarning huquq ijodkorligi faoliyatining bevosita mahsuli hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjat deganda, davlat vakolatli organlarining ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorlik huj jati tushuniladi. Huquqning normativ hujjat shakli demokratik huquqiy jamiyat sharoitida mamlakat xo‘jalik, siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotiga davlat yo‘li bilan rahbarlik qilishning eng maqbul shaklidir. Normativ-huquqiy hujjatlar o‘zining quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi:

  1. normativ-huquqiy hujjatlar vakolatli davlat organlari tomoni- dan yaratilib, barcha uchun umumiy majburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi;

  2. ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari ifoda etiladi;

  3. normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo‘yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.

Yuridik ustqurma murakkab va serqirra bo‘lganligi sababli normativ- huquqiy hujjatlar turli mezonlar bo‘yicha turkumlanishi (tasnif qilinishi) mum- kin. Bunday mezonlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

    • huquqiy tartibga solish predmeti yoki tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarning turi;

    • huquq ijod etuvchi subyekt;

    • huquqiy hujjatning yuridik kuchi;

    • huquqiy hujjat amal qiladigan hudud;

    • huquqiy-normativ hujjatning yuridik nomlanishi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni turkumlash usullari, uslublari va yo‘llari ham turlichadir. Turkumlashning juda keng tarqalgan ilmiy usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: alifboli-predmetli ko‘rsatkichlar; iyerarxiyaga (pog‘onali mutanosiblikka) asoslangan turkumlash, u oddiy va o‘nliklar bo‘yicha bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar ularni chiqaradigan davlat organlarining mavqei, hujjatlarning yuridik kuchiga ko‘ra quyidagi turkumlarga bo‘linadi:

    • qonunlar (Konstitutsiya va joriy qonunlar);

    • Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari;

    • Hukumat qaror va farmoyishlari;

    • davlat boshqaruv organlarining qaror, buyruq va yo‘riqnomalari;

    • mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari va farmoyishlari. Ushbu turkumlashda keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarning har biriga alohida-alohida to‘xtalib, ularning xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari va farqlarini ko‘rsatib o‘tamiz.

Normativ-huquqiy hujjatlar tizimida qonunlar asosiy o‘rinni egallaydi. Qonun huquqning eng muhim shakli bo‘lib, unda huquqning hamma sifatlari mujassamlashadi. Al batta, “qonun” iborasi serqirra va ma’nodordir. Bu o‘rinda so‘z yuridik qonun- lar xususida bormoqda. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan aktidir. Konstitutsiya (Asosiy qonun) qonunlar orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Unda jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimi mustahkamlanadi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv mexanizmi, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari belgilab beriladi. Konstitutsiya jamiyatning huquqiy tizimini, butun qonunchilikning o‘zagi va yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy qonunlarning barchasi konsti- tutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yo‘lida chiqariladi.
Qonun oliy yuridik kuchga ega. Bu sifat quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim

o‘zgartira olmaydi;

  • bekor qila olmaydi yoki yangisini o‘rnata olmaydi, boshqa barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonunga qat’iy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi;

  • biron-bir qonunosti normativ-huquqiy hujjat qonunga zid bo‘lsa, u qo- nunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi;

  • qonun oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat bo‘lganligi sababli uni qabul qilgan organdan boshqa hech kim qo‘shimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan to‘xtatib qo‘yishi mumkin emas.

Qonun davlat nuqtayi nazaridan eng muhim deb hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasidir. Unda mazkur munosabatlardagi qonunlarning normativ majburiy xarakteri va siyosiy-huquqiy me’yori o‘z ifodasini topadi. Qonunlar faqat siyosatning ifodasi, siyosiy chora bo‘lib qolmay, beqiyos ijodiy va tarbiyaviy vazifani bajaruvchi katta ma’naviy boylik, ne’mat, ijtimoiy-huquqiy qadriyat hamdir.
O‘zbekistonda qonun huquqning asosiy shakli bo‘lib, u davlat oliy hokimiyat vakillik organi tomonidan maxsus belgilangan tartibda qabul qilinadi. U davlat muayyan holatlar (munosabatlar)ga tatbiq qilish uchun chiqaradigan, aynan o‘xshash turdagi holatlarga takror-takror qo‘llaniladigan, barcha fuqa- rolar, mansabdor shaxslar, davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan umumiy qoidalarni o‘z ichiga oluvchi normativ-huquqiy hujjatdir.
Respublika qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumimizning, huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanishimizning yo‘nalishlari va dasturiy vazifalari o‘z aksini topadi. Bunday muhim prinsiplar, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Masalan, davlat suvereniteti prinsipi, xalq hokimiyatchiligi prinsipi, inson huquqlari- ning ustuvorligi prinsipi, qonuniylik prinsipi, demokratizm prinsipi, davlat bi- lan shaxsning o‘zaro burchdorligi prinsipi, Konstitutsiya va qonunning oliyligi prinsipi, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi, ijtimoiy adolat prinsipi, qonun va sud oldida barchaning tengligi prinsipi, aybsizlik prezumpsiyasi, fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi va boshqalar.
Shunday qilib, qonun ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarining yuridik shakldagi tavsifini o‘zida aks ettirgan va eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, bevosita xalq irodasini ifodalovchi, belgilangan tartibda davlat ho- kimiyatining oliy vakillik organi tomonidan yoki referendum yo‘li bilan qabul qilinadigan va oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatdir.
Qonunning yuridik xususiyatlari ichida uning normativligi alohida ahamiyat kasb etadi. Normativlik qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ bo‘lishi mumkin, biroq ular qonunchalik qat’iy kuchga ega bo‘lmay, tezkor ijro etiluvchi yoki huquqni muhofaza etuvchi bo‘lishi mumkin. Qonunning normativ hujjat ekan ligi quyidagi ikki jihat bilan xarakterlanadi.
birinchidan, u qonun chiqaruvchi organning huquqiy qoida o‘rnatish xususidagi amr-farmoyishi, irodasi, qarorini mustahkamlaydi;
ikkinchidan, real hayotga qat’iy va muntazam huquqiy ta’sir etish shakli, vositasidir. Qonun normalarining mavjudligi normativ-huquqiy aktda namoyon bo‘ladi.
Qonunning normativligi deganda, uning barcha uchun umumiy-majburiy qoida, davlat talabining ifodasi ekanligini ham tushunish lozim. Boshqacha aytganda, qonunning normativligi undagi bir xil qoidaning barcha uchun norma, me’yor, mezon darajasiga ko‘tarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma o‘xshash hollarda bir xil talab sifatida takror-takror amal qilaveradi. Har qanday huquq amalda bir-biriga teng bo‘lmagan har xil odamlarga bir xildagi masshtabni tatbiq qilishdir. Bu yerda “norma” – lotincha “norma” so‘zidan olingan bo‘lib, me’yor, qoida, aniq ko‘rsatma, namuna, o‘lcham demakdir. Uning umumiy va mavhum tabiati ham ana shunda. Normativlik esa, muayyan harakat, faoliyat va munosabatning faqat norma talabi asosida amalga oshirilishidir. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qat’iyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Aynan shu irodaning imperativ (bo‘ysundiruvchi) mazmuni qonun vositasi bilan umumiy yurish- turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi.
Demak, qonunning normativligi: 1) uning davlat hokimiyat mazmunidagi oliy irodani ifoda etishida; 2) eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilganligi va bunday tartibga solishning qat’iy chegarasini belgi- lashida; 3) hamma uchun bir xil umummajburiy harakat qoidasini o‘rnatishida va lozim bo‘lganda, davlat majburlov kuchi bilan ta’minlanganligida; 4) max sus vakolatli davlat organi tomonidan alohida belgilangan tamoyil asosida yaratilishidadir.



Yüklə 93,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə