Ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 93,97 Kb.
səhifə8/14
tarix22.06.2022
ölçüsü93,97 Kb.
#89941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
kurs ishi

2.5. Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari.
Mahalliy vakillik va ijroiya organlari Konstitutsiya, qonunlar, farmonlar, hukumat qaror- lari, markaziy davlat boshqaruvi organlarining hujjatlariga muvofiq holda va ularni ijro etish uchun qaror va farmoyishlar qabul qiladilar. Mazkur huquqiy hujjatlar shu davlat organlari hokimiyati ta’sir etadigan hudud doirasida amal qiladi. Ular yuqorida sanalgan hujjatlarga zid bo‘lib chiqsa, tegishli tartibda bekor qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiyaga binoan xuddi respublika boshqaruv organlarining hujjatlari singari, hokimlarning qabul qilgan g‘ayriqonuniy hujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi (93-moddaning 16-bandi).
Yuridik adabiyotda huquqning manbayi sifatida huquqiy odat, sud tajri- basi (sud presedenti), xalqaro shartnomalar ham ko‘rsatiladi. Odatlar faqat davlatning ma’qullashi tufayligina huquqiy odat sifatiga ega bo‘lishi mumkin. Huquqiy odatlar qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlar amal qilmaydigan sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin. Sud amaliyoti va tajribasi mavjud qonunlarni takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Xalqaro shartnomalarga kelganda, ularning mamlakat ichki huquqiy qoidalaridan ustuvorligi tan olinadi. O‘zbekistonning deyarli barcha qonunlarida basharti xalqaro shartnoma va bitimlarda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgalangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma va bitim qoidalari qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan.
Shunday qilib, qonun respublika normativ-huquqiy hujjatlari o‘rtasida o‘z yuridik kuchi jihatidan eng ustuvor o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham qonun jamiyat huquqiy tizimining o‘zagi sifatida namoyon bo‘ladi.

III. Normativ shartnomalar
3.1. Musulmon huquqining manbalari
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari, jamiyatda ijtimoiy sheriklik rivojlanayotgan sharoitda serqirra manfaatlar ko‘lami nafaqat davlat amri bilan, balki tashkilotlar, fuqarolarning (ular uyushmalarining) normativ mazmundagi shartnomalari qoidalari bilan ham me’yorlanmoqda. Shu bois, ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni tartibga soluvchi manba sifatida normativ shartnomalar alohida mavqega ega.
Normativ shartnoma deb ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladigan, og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalangan bitimga aytiladi. Normativ shartnomalar huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa manbalardan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa muayyan bir sohalarda tuziladi. Normativ mazmundagi shartnomalar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
1) umumiy mazmundagi normani ifodalaydi;
2) shartnoma ixti- yoriy tuziladi;
3) manfaatlar umumiyligiga asoslanadi;
4) tomonlar teng bo‘ladilar;
5) tomonlar shartnomaning barcha jihatlari bo‘yicha umumiy kelishuvga erishadilar;
6) aynanlik (ekvivalentlik) va odatda, zarar to‘lov bilan qoplanadi;
7) majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun o‘zaro javobgarlik nazarda tutiladi;
8) huquqiy jihatdan ta’minlanadi.
Normativ shartnomalar turli xil mezonlar asosida tasniflanadi. Jumladan, ishtirokchilar soniga ko‘ra oddiy yoki murakkab turlardan iborat bo‘ladi. Oddiy shartnomada ishtirok etuvchi taraflar faqatgina ikki subyektning qatnashuvini talab etadi, xolos. Murakkab shartnomada esa, biror-bir masala yuzasidan ko‘pchilik ishtirokchilarning soni talab etiladi. Masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kabi tashkilotlarga uyushish murakkab shartnomalar asosida tuzilgan. Shuningdek, shartnomalar ifodalanish shakliga ko‘ra yozma va og‘zaki bo‘lishi mumkin. Og‘zaki shartnomalar asosan kundalik turmushimizdagi maishiy xizmat sohalarida tez- tez uchrab turadi. Masalan, yo‘lovchi va konduktor o‘rtasidagi o‘zaro munosabat yoki kichik hajmdagi oldi-sotdi munosabatlari yuzaga kelgan vaqtda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar og‘zaki shakldagi shartnoma asosida amalga oshadi. Jamiyatdagi muhim va rasmiy munosabatlar faqatgina yozma shakldagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlatlararo shart- nomalarning barchasi yozma shaklda tuziladi.
Shartnomalar tuzilish muddatining davomiyligiga ko‘ra qisqa muddatli va uzoq muddatli shartnomalarga ham bo‘linadi. Oila va nikoh munosabat- larida tuziladigan shartnomalar (nikoh shartnomasi) uzoq muddatli bo‘lib hi soblanadi. Qisqa muddatli shartnomalar esa muayyan ishni ma’lum bir vaqt ichida amalga oshirish bilan yakunlanadigan hollarda tuziladi.
Dunyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hech bir davlatning qonun yoki qonun osti hujjati bilan tartibga solinmaydi. Xalqaro munosabatlarda shartnoma huquq manbayi sifatida maydonga chiqadi. Xalqaro shartnoma – davlatlararo yoki boshqa shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘lib, xalqaro huquq asosida tuziladi va tartibga solinadi. Xalqaro shartnomlar tuzilgan vaqtda yoki tan olinganida (ratifikatsiya qilinganida), uning matnida ifodalangan majburiyatlarni taraflar bajarishi shart ekanligi belgilab qo‘yiladi. Ayrim hollarda davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar amal qilish muddati tugamas- dan ham bekor qilinishi mumkin. Buni xalqaro huquqda denonsatsiya qilish deb nomlanadi. Vena konvensiyasining 2-moddasida xalqaro shartnoma huquqi haqida shunday tushuncha berilgan: “Shartnoma – bu davlatlar o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, yozma ravishdagi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi”. Masalan, 1990-yilgi 12-sentabrda “GFR va GDRni yagona Germaniya davlatiga birlashtirish to‘g‘risida” tuzilgan xalqaro shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi huquq manbayi sifatida xizmat qilmoqda. GDR bilan GFR davlatlarini birlashtirgan xalqaro shartnoma ularning keyingi harakatlari uchun asosiy huquqiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro-huquqiy shartnoma: kelishuv, akt, konvensiya, deklaratsiyalar xalqaro huquqning manbayi hisoblanib, davlatlarning o‘zaro siyosiy (hamdo‘stlik, o‘zaro yordam, hujum qilmaslik, qurolsizlanish to‘g‘risidagi), iqtisodiy (savdo, iqtisodiy yordam ko‘rsatish, qarz berish, kredit berish haqidagi) va boshqa toifa hamkorligini tartibga solishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va maxsus masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar tuzgan va bu borada 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O‘zbekiston qonunlariga nisbatan ustunlikka ega.

Yüklə 93,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə