Ijtimoiy fanlar


Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə2/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy hayot muammolari va ijtimoiy taraqqiyot jarayonining turli omillarini kompleks tarzda o’rganuvchi fan hisoblanib, u falsafa, dinshunoslik, psixologiya, siyosatshunoslik, sosiologiya, matematika, statistika kabi fanlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.




Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’z metodologiyasi va nazariyasiga egadir. Iqtisodiyot nazariyasi fani insoniyat tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo’yicha iqtisodiyotning turli fazalaridan- ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi ishlab chiqarish jarayonidir. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo’lmaydi. Demak, fanning ishlab chiqarish jarayonida ham o’rni juda muhim.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi:

O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta'lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.


“Iqtisodiyot nazariyasi” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə