|
![](/i/favi32.png) Ijtimoiy fanlar
|
səhifə | 154/251 | tarix | 03.04.2023 | ölçüsü | 26,86 Mb. | | #104126 |
| Ijtimoiy fanlarYerning hosil berish imkoniyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin. Uzok yillar davomida kishilarning xech qanday aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan, (masalan, yerni organik va kimyoviy o’g`itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug`orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa ,shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
2. Renta munosabatlari
Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig`i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differentsial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi - yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo’jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjuddigi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|