Ijtimoiy fanlar



Yüklə 286,3 Kb.
səhifə1/52
tarix23.01.2023
ölçüsü286,3 Kb.
#99063
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK- IQTISODIYOT INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI
FALSAFA” fanidan tayyorlagan USLUBIY-KO’RSATMA.
(Institutda ta’lim oladigan barcha bakalavr yo’nalishlari uchun )


Q arshi- 2021

Falsafafanidan ma`ruzalar matni bakalavriat bosqichining barcha yo‘nalishlari uchun tuzilgan.




Tuzuvchilar: ass. I.BO’RIEV
Taqrizchilar: QаrMI dоtsеnti P.Xoliqulov
QаrMII dоtsеnti N.Ochilova

Ushbu uslubiy ko’rsatma Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi yig’ilishi (Bayonnoma № “__” __________ 2021yil), hamda institut uslubiy kengashlarida muhokama qilingan(Bayonnoma № “__” ________2021 yil) va o’quv jarayonida qo’llanishga tavsiya etilib, nashr etishga ruxsat berilgan.

MAVZU: FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA MOHIYATI, JAMIYATDAGI ROLI. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI
1.Falsafaning predmeti va asosiy masalasi.
2.Dunyoqarash va uning mohiyati.Dunyoqarashning tarixiy shakllari
3.Qadimgi falsafiy ta’limotlarning shakllanishi.
4.Qadimgi yunon falsafasi.
1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa – insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ilm va madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Inson bor ekan, olam va odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va taraqqiy etadi, umrning mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qanday ma’no bor kabi masalalar barchani o‘ylantiradi. Falsafa ana shunday masalalar bilanshug‘ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Olam va odamlaro‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmuni,dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning asosiymavzulari hisoblanadi. Biz yashayotgan dunyo sunggi yillarda nihoyatda o‘zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanladi, rivojlanishning o‘zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi harakatlari dunyoqarashni tubdan o‘zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish lozimligini taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar rivoji o‘lkan ahamiyat kasb etadi. Фалсафа эса – барча фанлар ривожланишига асос бўладиган ва улардан озиқланадиган, айни пайтда уларнинг ривожланиш йўлларини белгилаб берадиган умуминсоний ва универсал фан. У қадим замонлардаёқ «барча илмларнинг отаси» деб таърифланган. Унинг ҳаётийлиги халқ табиатига, турмуш ва тафаккур тарзига нечоғлик мос экани, жамият манфаатлари ва эзгу интилишларини қай даражада акс эттира олишига боғлиқ. Дунёда ўз миллий фалсафа мактабини яратган халқлар бор. Чунончи, ҳинд ва хитой фалсафаси, немис фалсафаси, инглиз фалсафаси кабилар шулар жумласидандир. Миллий адабиёт, миллий маданият, санъат ва ҳоказолар бўлгани каби, миллий фалсафанинг ҳам бўлиши табиий. Аммо бу фалсафа миллий қобиққа ўралиб қолади, дегани эмас. У умуминсоний фан сифатида, бир томондан, умумбашарий муаммоларни қамраб олса, иккинчи томондан, шу масалалар билан шуғулланаётган аниқ шахс – файласуф мансуб миллатнинг муайян манфаатларини ҳам ифодалайди
Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1. Shuni ta’kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo‘lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko‘targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o‘zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so‘zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda falsafani o‘rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan. Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu haqiqatni quydagicha ifoda etgan: «O‘z-o‘zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa - faylasuflikdir». Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday yozgan: «Ular, avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o‘zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko‘tarilganlar.Biroq, insonningdunyo va o‘ziga bunday munosabat darhol yuzaga kelgani yo‘q. Insonning tabiatga qarshilik ko‘rsatish, mavjudlik vositalarini yaratish va ko‘paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o‘sgunga, buning natijasida etarli tajriba va bilimlar to‘plangunga, odamlar aqli ko‘p sonli savollarga javob izlash uchun etarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. SHu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo‘lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu erda biz hali kam o‘rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida echilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan, degan savolga aniq, umumiy e’tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. SHuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig‘ida mavjudligi ob’ektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o‘z javobini topganicha yo‘q.
Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtai nazaridan ayrim masalalar mavjud bo‘lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar ma’lum bir to‘xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy ma’lumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e’tiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyusion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydo bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Arxeologik va ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sapiens, ya’ni aqlli odamlar tipi atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydo bo‘lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, ya’ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo‘lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. SHunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin tom ma’noda aqliy ish olib bora boshladi. Falsafa-ijtimoiy ongning maxsus shakli hisoblanadi. Falsafa inson bilimining eng qadimiysi va eng kizikarlisidir. Falsafa eng qadimiy fan bo‘lib, uning vujudga kelishi qadimiy quldollik davriga borib takaladi. Manbalar shundan dalolat beradiki, falsafa fan sifatida dastlab Xindistonda, Xitoyda, Gretsiyada, Markaziy Osiyo mamlakatlarida shakillangan va rivojlangan. Falsafa, uning predmeti, o‘rganish obyekti, falsafaning muammolari olimlarni qadimdan kiziktirib kelgan masalalar bo‘lib xisoblanadi. Dastlab falsafa (filosofiya) keng ma’noda ko‘llangan va fanlar, nazariy fikirlarni ifodalagan. Turli davrlarda faylasuflar «falsafa nima xakda baxs yuritadi?» degan savolga javob topishga uringanlar.
Ilmiy baxs,kizgin va asosli munozara xakikatni anglashning tarix sinovidan utgan usulidir.Baxs – munozaraga keng yul ochilgan va fikrlar xilma-xilligi kadrlangan jamiyat va davlatdagina ilm-fan,texnika va texnologiya rivojlanishi,individual va ijtimoiy byu karaxtlikdan,lokaydlikdan,mutelikdan chikib,u faol tus olishi,ilmiy-ijodiy muxit vujudga kelishi mumkin.Bu esa ijtimoiy tarakkiyot uchun keng yul ochish bilan birga davlatning kudratli,jamiyatning barkaror bulishi uchun zarur shart-sharoitni vujudga keltiradi.SHuning uchun I.A.Karimov «Fakat baxs,munozara,taxlil mevasi bulgan xulosalargina bizga tugri yul kursatishi mumkin » deydilar.2

Yüklə 286,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə