Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishning pedagogik vositalari



Yüklə 56,57 Kb.
səhifə5/6
tarix14.08.2023
ölçüsü56,57 Kb.
#120570
1   2   3   4   5   6
Maktabgacha ta\'lim yoshdagi bolalar shaxsini barkamol qilib tarbiyalashda miliy urf odatlardan foydalanish

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishning pedagogik vositalari.

Bugungi kunda barcha sohalar singari ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan bosh maqsad kelajak avlodni ulg‘ayayotgan farzandlarimizni insonparvarlik, vatanparvarlik ruhida komil inson qilib tarbiyalashdir. Shu asnoda o‘sib kelayotgan avlodni boy va betakror tariximiz milliy an’analarimiz o‘gitlari asosida tarbiyalash bugungi kun talabidir. Farzand ulg‘aya borar ekan ijtimoiy hayot ijtimoiy munosabatlar atrofdagi hodisalarga o‘z nuqtai nazari bilan moslasha boradi.


Bolada bu jarayonning kechishi shaxsni o‘rab turgan muhitning, jamoaning, oilasining qaydarajada milliy va dunyoviy munosabatlarga munosabati asosida vujudga keladi va shu osnoda jamiyatni borliqni, unda shakllangan ong dunyo qarash orqali idrok qiladi.
Bir qaraganda bu jarayon-ijtimoiy muhit ko‘rinishida sodda ko‘rinsada, xalkaro miqyosida, turli davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan etnik tarbiya vujudga kelayotganini ko‘rasiz. Shu o‘rinda bizning yurtimiz tarixiy madaniyati-ma’naviyati, milliy an’nalari va qadriyatlari bilan o‘zbek xalqining qalbiga tushirilgan ming asrlik tarixini namoyon etib kelmokda.
Xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, qadriyatlari, mif, afsona va dostonlarida, bizning milliyligimizni aks ettiruvchi, muqaddas xilqatlar ko‘rinishida asrdan asrga o‘tib xalqimiz hayotida o‘z qimmatini saqlab kelmokda. O‘zbek xalqining milliy g‘urur umuminsoniy qadriyatlar katta bir jarayoni tashkil etadi. Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbasharish, umuminsoniy qadriyatlar takomilligi ulkan hissa qo‘shgan turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘ri kenglik, dunyoviy bilimlarga intilish o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassamdir.
Xuddi shunday milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr oqibat, muruvvat, andisha, or nomus, sharmu hayo, ibo iffat, betakror fazilatlar va xalkimizni ko‘p jihatdan ajratib turadigan bag‘ri kenglik, mehmon do‘stlik oq ko‘ngillik xususiyatlari ham xalkimiz tomiriga singib ketgan bugungi kunda farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu masalalarni tarbiya mazmunining bosh g‘oyalaridan biri qilib quyish lozimdir.
Shu bilan birga diniy qadriyatlarimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biz xammamiz. “Alxamdullox, musirmon”, deb e’tiqodimizni e’tirof etamiz. Olloh barchamizning qalbimizda, yuragimizda, yaratganni doim yod etamiz, undan madad so‘raymiz, binobarin islom dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib ketgani. Bu - inkor etib bulmaydigan hakikat. Shunday ekan farzandlarimizni
muqaddas dinimizning mohiyati, uning insonparvarlik g‘oyalari, dinga sog‘lom munosabat masalalarini ular ongiga singdirishimiz zarur masalalardan biridir. Shu tariqa farzandlar tarbiyasidagi birinchi maqsadimiz bu xalqimizning qadimiy va boy tariximiz, yuksak madaniyatimiz va urf -odat, qadriyatlarimizga asosan mintolitetimiz asosida hayotga moslashishi, komil inson tarbiyasidagi buyuk maqsaddir. Bu insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Ushbu qadriyatlar milliy xususiyatlarni o‘zlashtirishi tavsiya etish mumkin: xalqimiz hayotida qadim qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi; jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el yurt tushunchalarning muqaddasligi; ota- ona, mahalla -kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat e’tibor; millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat; kattaga hurmat, go‘zallik va nafosat; sabr - bardosh va mexnatsevarlik; halollik, mehr oqibat.
Kabi masalalar ta’limning mazmuni bo‘lishi davr talabidir. Bugun biz ko‘pdan ko‘p masalalar ustida bosh qotirayapmiz. Jamiyatimiz rivoji uchun o‘z hissamizni boricha qo‘shishga harakat qilmokdamiz. Bularning hammasi kelajak avlod farzandlarimiz baxti saodati uchun. Albatta, shu o‘rinda ulg‘ayayotgan to‘la qonliga qabul qilishga tayyorlashimiz ham kerakdir.
O‘zbek xalqi o‘ziga xos milliy urf-odat, an’analari, jasur, qahramon farzandlari, ilm-fan va san’at, davlat va jamoa buyuk namoyondalari, ona-Vatani bilan fahrlanadi. Zero, o‘tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, fidoyilik, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur urf odatsining shakllanishi va barkaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu sababli ham milliy g‘urur ramzi bo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi, o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab, boyitib o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish lozim. Maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur urf odatsini shakllantirishga xizmat qiladigan boy ma’naviy merosga egamizki, bu meros yoshlarda milliy g‘urur urf odatsini shakllantirish uchun muhim didaktik vosita bo‘lib hizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida buyuk siymolar, ertaklar, dostonlar, afsonalar, hadislar, maxsus risolalar, bukletlar tarzida taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Tarixga nazar solar ekanmiz, xalk baxt-saodati, tinchligi, ozodligi yo‘lida o‘z hayotini bahshida etgan vatandoshlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, insonparvarlikni ko‘ramiz, u bilan faxrlanamiz. Masalan, Jaloliddin Manguberdi ona Vatan, xalk dahlsizligi uchun qayg‘urdi. Uning ana shunday ma’naviy barkamol, yorqin jasoratli qiyofasi asrlar osha avlodlar qalbida saqlanib qoldi. Jaloliddin Manguberdi - vatanparvarlikning jonli timsoli bo‘ldi. U o‘z yuragidagi Vatanga bo‘lgan otashin muhabbatdan kuch olib, dushmanga dahshat soladi. U o‘n yildan ortiq olov ichida ot suradi, Sind daryosining ajal ufurib turgan domidan tirik chiqib ketadi. Dushman 1231 yilda Jaloliddinni g‘aflatd a qoldirib, yelkasiga nayza sanchadi. Uning ko‘zi Jaloliddin belidagi sanochga tushadi. U Jaloliddinnning belidan tikmachoq xaltani oladi, bag‘riga bosib, bir dunyo boylikka ega bo‘ldim, deb sevinadi. Ammo bu boylik Jaloliddin asrab yurgani Xorazmning bir siqim tuprog‘i edi.
Shunday yetuk sarkardalardan biri Sohibqiron Amir Temur (1335-1405) bir umr haqiqat uchun kurashdi, uning shiori ham "Rusti-rosti" - "kuch adolatda" degan ma’noda edi. Shuning uchun ham uning adolat qilichi bir umr sinmay, doim zafar keltirdi. U ona Vatanni mo‘g‘ul bosqinchilaridan halos etdi.
Amir Temurning o‘z ona xalqi oldidagi birinchi eng buyuk, eng muqaddas va olamshumul xizmati mo‘g‘ul istilochilari zulmidan vatanni ozod etishi bo‘ldi. Ikkinchi ulug‘ xizmati - ulkan davlatni tuzishdir.
"Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir!", Amir Temurning xalqqa bo‘lgan muhabbatini ana shu otashin va ezgu so‘zlaridan ham bilish mumkin.
Sohibqiron har qachon qayerda va qanday vaziyatda bo‘lmasin xalkning dardlariga darmon bo‘lishni eng oliy maqsad deb biladi. U o‘z xalqini sevgan va
ona Vataniga sadoqatli odamlarni izzat- hurmatda tutgan, hatto bu mavzudagi vokea-hodisalarni faxr bilan so‘zlab, ko‘plarga ibratmatal tarzida o‘qtirgan, o‘zi esa bunga qatiy amal qilgan.
Sohibqiron davlatni boshqarishda o‘z atrofiga halol, diyonatli, ishning ko‘zini biladigan odamlarni tanlab, haq yo‘lini tayin etib qo‘yadiki, xatto o‘zi ham davlat ishlarida biror xato-kamchilikka yo‘l qo‘ysa, ogohlantirishlarini aytadi.
Amir Temur bobomiz buyuk imoratlar barpo etadi va ularni ulkan bog‘u rog‘lar bilan o‘raydi, shahar va qishloqlarni tiklaydi, suv inshootlari barpo etadi. Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi an’analar Amir Temur davrida gullab - yashnaydi va mangu umr topadi. Amir Temur mamlakat obodonchiligiga shu qadar alohida e’tibor beradiki, u Shahrisabzni ham obod qiladi. Oqsaroy, Dor ut - saodat, Dor ut-tilovat, Gumbazi Sayidon kabi mahobatli qasrlar va maqbaralar quriladi. Masjid, Madrasa, karvonsaroy va hammom kabi jamoat binolari barpo etiladi. Amir Temur nafaqat Movarounnahr va Turkiston, balki boshqa mamlakatlarda ham qal’alar (Afg‘oniston), qasrlar, shaharlar va nahrlar (Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston) qurdiradi. Amir Temur ihlos- e’tiqod bilan Turkistonda Ahmad Yassaviyga maqbara qurdiradi. Toshkent viloyatidagi Zangiota maqbara- xilxonasini ta’mirlab, go‘zal va fasoxatlix, olg‘a keltiradi. Amir Temur dildagi go‘zallik va yuksaklikka bo‘lgan muhabbat uning ona Vatani va xalqiga bo‘lgan buyuk sevgisi, sadoqati va adolatidan tug‘iladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik urf odatlari ularning ba’zi harakatlarida aks etib turadi.
Lekin ularda Vatan, milliy g‘urur haqidagi fikrlar cheklangan. Ular Vatan va Vatanni ulug‘lovchi she’r, xikoya va ertaklarni bilishad-yu, milliylikning mohiyatini yaxshi anglashmaydi. Bu urf odatlarni tarbiyalash yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi tadqiqot jarayonida aniqlandi.
Demak, Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun:
- milliy g‘urur, urf-odat va an’analarimizni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish; maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish; umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish zarur.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur urf odatsini o‘stirishga qaratilmagan.


Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish uchun bu jarayonning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik- psixologik omillarni aniqlab olish taqozo etiladi.
Kuzatishlarimiz natijasi shu pedagogik vositalarni quyidagicha aniqlashga yordam berdi:
ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliyligi;
ijtimoiy omillar: ta’lim-tarbiya jarayonini;
xududiy omillar: bola yashayotgan o‘lka, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari, boyligi, tarixiy o‘rni va ahamiyati.
Har bir davrda yuz beradigan voqiya-hodisalar tug‘risida tarbiyachinining bolalarga mohirona hikoya qilib berishi vatanparvarlikni tarbiyalashada muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi.
Ushbu omillarning pedagogik jihati ularning o‘zlariga xos xususiyatlari hisobga olingan taqdirda, milliy g‘urur urf odatlarini his etishda va uning tizimini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy urf odatlarni shakllantirish tizimini o‘rganishda, ishlab chiqishda har bir mashg‘ulot, tarbiyaviy tadbirlar, to‘garaklar ular ongida milliylikning chizgilari (manzarasi) haqidagi tasavvurini o‘zgartirish, shaxsiy hayot, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga erishish, milliylikning tarbiyaviy mohiyatini anglab yetish malakalarini shakllantirish turli faoliyatning natijalarini oldindan ko‘ra bilishga o‘rgatish, tabiat va jamiyat haqida ilmiy bilim bilan qurollantirish kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish maqsadi va vazifalarini ijobiy hal etishda ularning tarbiyasiga,
tavsifiga xos milliy muhit yaratish va yuqoridagi barcha omillarga tayanish lozim. Chunki tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatning samaradorligini oshiruvchi, ularning talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit zarurdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy muhitning o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lishi davr taqozosidir. Bu mazmun zamirida bolalarda milliy g‘ururni shakllantirish yotadi: umuminsoniy va milliy qadriyatlar; urf-odat va an’analar, xalq donishmandligi durdonalari negizini tashkil etgan sharqona tarbiyaning asosiy sifatlari; insonparvarlik, mehnat-sevarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat, ota-onaga hurmat, sahovat, iymon-e’tiqod va shu kabilar.
Hozirgi kunda matbuot va ommaviy axborot vositalari, kino, teatr repertuarlari milliy mazmunda tashkil etilmokda, boyib bormokda. Ularning butun faoliyati jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy o‘zgarishlarni insonlar ko‘z o‘ngida gavdalantirish, milliy xarakterni shakllantirish, ma’naviyatimiz sarchashmalaridan bahramand etish, g‘ururlanishimizga asos bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, tarixiy meros va asarlarimiz, tilimizni, qadriyatlarimizni qaytadan tiklashga, ularga nisbatan mehr-muhabbatni shakllantirishga erishishga qaratilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish asosida olib borilgan tadqiqot- tajriba ishlarida, suhbatlar, og‘zaki savol-javoblar orqali ma’lum bo‘ldiki, bolalar tadbirlar, ahloqiy, ma’naviy, tarixiy, milliy qadriyatlar, ertaklar, rivoyatlar doir materiallarni qiziqib tinglashar, tomosha qilishar ekan.
Tarbiyachilar bolalarga insonni o‘rab olgan olamning murakkabligini, ajoyibotlarini, sirliligini anglashlariga, tabiat inson turmush tarzi qulayliklarining garovi ekanligini tushunib yetishlariga shu sababdan tabiatni muhofaza kilishni idrok qilishlariga yordamlashadilar. Shuni unutmaslik lozimki, tabiatdagi hamma narsa, vokea-hodisalar bolalar uchun qiziqarli va sirli topishmoqday tuyuladi. Ular bu jumboqlar sirini bilishga, sabablarini anglashga harakat qiladilar. Bola dastlabki tizimli ta’limni maktabgacha ta’lim muassasasida oladi. Binobarin, uning sog‘lom, xar tomonlama barkamol bo‘lib shakllanishi bevosita tarbiyachi faoliyati bilan uzviy bog‘likdir.
Har bir maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari insonparvarlik va vatanparvarlik qoidalariga rioya qilgan holda, bu faoliyat insonni xar tomonlama himoya qilishga, uni ulug‘lashga, milliy g‘ururlanishga qaratilishi lozim. Asl vatanparvar unvonini olish uchun insonga juda katta mas’uliyatli ma’naviy-ahloqiy vazifalar yuklanadi. Nima va qanday hodisa bo‘lishidan qat’i nazar, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ini, shaharini, boshqacha aytganda, kindik qoni tomgan zamin-Vatanini tark etmaydi. Bunday insonlar asl vatanparvarlar deyiladi.
Zero, faxrlanish haqiqatdan ham yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo‘ladi. Zotan, Vatanni sevish, xalqni hurmat qilish faxrlanish yoxud ulardan g‘ururlanish belgisi bo‘lib, bu yaxshi xulk va yaxshi fazilatdir. Kimki millatning madaniyati tarixidan, ajdoddari qoldirgan barcha meroslardan, hamma sohadagi an’analaridan faxrlana bilsa, o‘tmishda vatani va xalqi boshiga tushgan dahshatli va ayanchli fojiaviy taqdirdan achinsa, u vatan va xalqi kelajagi uchun, nurli istiqlol yo‘lida fidoyi bo‘lish orzusida yashaydi, mehnat qiladi, o‘z kasbining ustasi bo‘lishga intiladi, tashabbuskorlikni qo‘lga kiritish armonlari bilan nafas oladi.
Bevosita ta’lim-tarbiya beruvchi muassasalar mafkuraviy ta’limning asosiy uchoqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etishi:
Vatan urf odatsini shakllantirish;

ona tilimizga, yurtimizga muhabbat o‘yg‘otish;


milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;
ezgulik timsoli bo‘lgan ayollarni ulug‘lash;
oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish;
umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini o‘qtirish lozim.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to‘la mos keladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanga muhabbat hissi o‘z uyiga, bog‘chasiga, tarbiyachiga muhabbatni tarbiyalashdan boshlanadi. Bolalar ota-onalari va tarbiyachilari ularga qanday g‘amhurlik qilayotganini kuradilar va his etadilar, natijada bolalarda ularga bo‘lgan muhabbat yanada ortadi, ularning g‘amxo‘rligi va himoyasiga ishonch hosil qiladilar. Ular ota-onalari va tarbiyachilardan o‘z shahri, qishlog‘i tug‘risidagi ko‘p narsani bilib oladilar.
Pedagog-tarbiyachi “Vatan”, “Bizning shahar”, “O‘zbekistonning poytaxti Toshkent“, ”Qishlog‘imizning eng yaxshi kishilari“, “Shahrimizning eng yaxshi kishilari“ va shunga o‘xshash mavzular bo‘yicha kitob va rasmlar tanlaydi, turli al’bomlar, papkalar tayyorlab, bolalar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda foydalanish lozim.
Bizning respublikamiz o‘z mohiyati bilan baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha tarbiya bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, baynalminalchilik, hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy ruhda, milliy g‘urur ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do‘stona his- urf odatlar o‘yg‘otish, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi.

Yüklə 56,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə