Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi



Yüklə 52,14 Kb.
tarix01.11.2017
ölçüsü52,14 Kb.
#7858

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI

TARIX FANIDAN MURAKKAB MAVZULAR BO’YICHA TAYYORLANGAN


Mavzu: Eng qadimgi sivilizatsiyaning boshlanoshi



Samarqand 2016
Darsning texnologik xaritasi.


Mavzu:

Qadimgi tarix-sivilizatsiyasining ibtidosi



Dars maqsadlari va vazifalari:



Ta’limiy maqsad:

O’quvchilarga qadimgi tarix-sivilizatsiyasining ibtidosi va unga tayangan ma’lumotlar: Yunon, Rim, Xitoy tarixchi va geograflarining asarlari va O’zbekiston tarixiga oid qadimgi manbalar, tosh davlari haqida bilim berish.



Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarga ushbu mavzuni yoritish orqali qadimgi ota-bobolarimizning yashash tarzi bilan hozirgi kundagi yashash solishtirib hozirgi kunga shukronalik ruhida tarbiyalab, qadim o’tmishdagi ajdodlarga hurmat ruhida

tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilar ongida jahon hamda O’zbekiston tarixini davrlashtirishni to’g’ri singdirish orqali ular orasidagi farqni aniqlay bilish va taqqoslash malakasini shakllantirish.



O`quv jarayonining mazmuni

Yozma manbalar topilishi bilan olimlarga qadim ming yilliklar tarixini tklash osonlashdi. Mil.avv 1-ming yillikda, Sharqda qadimgi yirik saltanatlar gullab yashnagan davrda ma’daniy aloqalar yanada kuchaydi.

Darsdan

kutiladigan natijalar

O`qituvchi:Mavzuni barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishga erishadi. O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Bu darsda barcha o`quvchilar baholanadi. O`quvchilar tomonidan mavzuni mustaqil o`rganish va uni tahlil qilish, og`zaki va yozma nutqini rivojlantiradi.

O`quvchi: Qadim tarix-sivilizatsiyasining ibtidosi mavzusi yuzasidan yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi, fikrlash doirasi rivojlanadi. Bilmagan va tushunmaganlarini o`qituvchidan so`rashni o`rganadi.



Darsning__materiallari__va_jihozlari'>Darsning

materiallari

va jihozlari


a. 6-sinf “Tarix” darsligi

b.Dunyoning siyosiy xaritasi

c. Texnik vositalar: vedioproektor kompyuter o’quv filmi

e. Plakatlar,sur’atlar, tarqatma materiallar

f. Doska,bo’r ,daftar.


Darsning asosiy tushuncha va atamalari:

A. Atamalar: arxeologlar, etnograflar, lingvistlar, antrapologlar, “Avesto”, Behistun qoya toshi, patriarxat, martriarxat, paleolit, mezolit, neolit, enolit.

B. Toponomlar: Baqtriya, Sug’diyona, Xorazm, O’rto Osiyo, Rim, Yunoniston, Xitoy, Hindikush, Pomir, Tyanshan, Hindiston, Eron, Mesopatamiya, Sirdaryo, Amudaryo, Olduvay,

C. Tarixiy sanalar: Mil.avv 5-asr, mil.avv 1-asr oxirlari, mil.avv 2-asr oxirlari 1-asr boshlari, milodiy 1-asr, milodiy 2-asr, mil.avv 1-ming yillik, mil.avv 3-2 million yil, mil.avv 1mln-100 ming yil, mil.avv 100-40 ming yil, mil.avv 40-12 ming yil,

D. Tarixiy shaxslar: Gerodot, Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf, Sim Syan.



Darsda qo’llaniladigan interfaol usullar:

“Kichik guruhlarda ishlash”, xalqa, bingo, baliq skeleti, beshinchisi ortiqcha, tushunchalar tahlili.

Shakllanadigan ko’nikmalar:


- tarixiy voqealarning sabablari va oqibatlarini tahlil qilishda xaritalardan foydalanish;

- tarixiy voqyealarning sodir bo’lish sabablari va oqibatlari haqida darslik matni yoki o’qituvchining hikoyasiga asoslangan holda kengaytirilgan reja tuzish;




Shakllanadigan malakalar:

- darslik va hujjatlar matni, ko’rgazmali qurollar, o’qituvchining tushuntirishi asosida tarixiy hodisalarga, atoqli arboblar faoliyati va shaxsiga, madaniy yodgorliklarga ta’rif berish;

- tarixiy voqyea va hodisalarni umumlashtirish, ularni hozirgi kun bilan bog’lay olish;

- darslik matni, hujjatlar, ko’rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish;

- tarixiy voqyealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish;

- munozara va bahslarda faol ishtirok yeta olish;




Darsning shiori: «Tarixiy xotirasiz -kelajak yo’q»

I. A. Karimov.

Darsning

oltin qoidasi:

T – tartib, tenglik

A – adolat, ahillik

R – raqobat, rostgo’ylik.

I – ilmiylik, ijodkorlik.

X – xotira, xotima.



Darsda qo’llaniladigan nazorat turlari: og’zaki, yozma.

Fanlararo bog’lanish: adabiyot, milliy g’oya, geografiya .

Darsning blok chizmasi



Darsning

bosqichlari



Vaqti

Usul

O`quvchi

O`qituvchi

1.

Tashkiliy

qisim


5 daqiqa

Darsning maqsadi

tushuntiriladi, guruhlar aniqlanadi, o`quvchilar qoidasi eslatiladi.



Tinglaydi fikr bildiradi

Bayon qiladi

2.

O`tilgan

mavzuni


so`rash

8

daqiqa


“Tushunchalar tahlili” va “Xalqa” usullarida ishlash.

Ishlaydi

Kuzatadi

3.

Yangi

mavzu


bayoni

15 daqiqa

“Savol-javob”,suratlar bilan ishlash, va maruza.

Tinglaydi, ishlaydi, fikr bildiradi

Tushun-tiradi

4.

Yangi

mavzuni


mustahkam-lash

10

daqiqa


Bingo”, “Baliq skeleti”,

”Beshinchisi ortiqcha”usullaridan foydalaniladi



Ishlaydi

Kuzatadi

5.

Baholash

4

daqiqa


Rag`bat kartochkalari

Eshitadi

Baholaydi

6.

Uyga

vazifa


berish

3

daqiqa


Uyga topshiriq berish

Eshitadi, fikr bildiradi

Yo`naltiradi



Darsning borishi:

I.Darsning tashkiliy qismi:

1) Salomlashish. O’qituvchi:

- Aziz o’quvchilar sog’ omonmisiz!

- Tarix darsimizga tayyormisiz?

2) Davomatni aniqlash.

3) Bugungi kun yangiliklari.

4) Ijodiy daqiqa. O’quvchilar tomonidan tayyorlanib kelingan ijodiy ishlar (rasmlar, yangi ma’lumotlar) taqdim etiladi va rag’batlantiriladi.

II. O’tgan mavzuni takrorlash: Kirish.

O’quvchilar guruhlarga bo’linadi: o’tgan mavzuni “Tushunchalar tahlili“,”Xalqa” usulida mustahkamlash.

H
Tushunchalar tahlili” usuli


ar bir guruh sardorlari o’zlari yozgan tushunchalarini doskaga iladilar. Guruh a’zolarining har biri tushunchalarni izohlaydi.


III.Yangi mavzu ustida ishlash (darslikdagi matn bilan modullli ta’lim usulida ishlash).

Mavzu: Eng qadimgi sivilizatsiyaning boshlanoshi

Reja:

1. Qadimgi tarixni o’rganish

2. Qadimgi tarix bo’yicha manbalar

3. O’zbekiston va jahon sivilizatsiyasi

4. Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish
1-§. Qadimgi tarix — sivilizatsiyaning boshlanishi

Qadimgi tarixni o’rganish

Siz endilikda insoniyat qadimgi tarixini taxdid etish ustida turli ixtisosdagi olimlar ishlayotgani ni yaxshi bilasiz. Arxeologlar qadim o'tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar. Qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib ko'rgan antropologlar ularning tashqi ko'rinishini qaytadan ya ratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro'y bergan o'zgarishlarni nazardan o'tkazishga harakat qiladilar. Etnograflar hozir ham barhayot qabilalar va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlanib qol- gan ko'pgina udumlari, xo'jalik va madaniyat an'analarini o'rganadilar. Lingvistlar, ya'ni tilshunoslar u yoki bu hozirgi zamon tili qay yo'sinda shakllanganini tushunib yetish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etadilar.



Qadimgi tarix bo’yicha manbalar

O'lkamizning eng qadimgi tarixini biz q ayerdan bilamiz? Axir,o'sha uzoq zamonlarda yozuvbo'lmagan-ku?! O'lkamiz eng qadimgi tarixining keng o'rganilgan manbalari qadimshunoslar tomonidan topilgan moddiy manbalardir. Mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo'li bilan yaratilgan hamma narsalar shular jumlasiga kiradi.

Yozma manbalar topilishi bilan olimlarga qadim mingyilliklar tarixini tiklash osonlashdi. O'rta Osiyo tarixi bo'yicha eng qadimgi manba zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari - Baqtriya, So'g'diyona, Xorazm aholisi madaniyati to'g'risida hikoya qilinadi.

Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma man- ba Behistun qoyalari yozuvlaridir. Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro I buyrug'iga ko'ra qoyaga o'yib yozilgan uch til — qadimgi fors, elam va bobil tillaridagi yozuvlarda u zabt tgan mamlakat va xalqlar, shu jumladan, Xorazm, So'g'diyona, Baqtriya davlatlari sanab o'tiladi.

Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib, to'qqiz kitobdan iborat "Tarix" asarini yozdi. Unda o'lkamizning qadimgi aholisi to'g'risida batafsil ma'lumot beriladi.

Miloddan avvalgi I asr oxirlarida qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon "Geografiya" nomli asarida ko'plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealar haqida ma'lumotlar keltiradi.

Miloddan avvalgi II asr oxiri — I asr boshlarida qadimgi Xitoy tarixchisi Sim Syan "Tarixiy yilnomalar" nomli asar yozgan. U yurtimizning qadimgi aholisi va davlatlari to'g'risida ham ma'lumot beradi.

Milodiy I asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf "Buyuk Aleksandr tarixi" nomli asar yozgan. Makedoniyalik Aleksandrning O'rta Osiyoga har- biy yurishlari haqidagi ma'lumotlarni milodiy II asrda yashagan yunon tarixchisi Arrian ham ancha to'ldiradi. U "Aleksandrning harbiy yurishlari" deb nomlangan asar yozgan.

Ushbu manbalar, shuningdek, keyinchalik yaratilgan ilmiy ishlar tufayli olimlar yurtimizning qadimiy tarixini tiklashga muvaffaq bo'ldilar.

O’zbekiston va jahon sivilizatsiyasi

O'zbekiston ancha katta hududni egallagan. Amudaryo va Sirdaryo oralig'i, Farg'ona, Zarafshon vodiylari va Surxondaryo vohasi, o'zining serhosilligi va issiq iqlimi tufayli insoniyatning eng qadimgi makonlaridan biriga aylangan. Qulay geografik mintaqada joylashganligidan Sharq va G'arb mamlakatlarini bog'lab turgan. Bunda O'zbekistonning barcha yirik shaharlari orqali o'tgan Buyuk Ipak yo'lining ahamiyati nihoyatda katta bo'lgan. O'zbekiston kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi maskanlaridan biridir. Bu yerda mahalliy aholi bir necha yuz mingyilliklar davomida yashagan. Milod- dan avvalgi VI—V asrlarda yunonlar yurtimizning aho­lisi, viloyatlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lganlar. O'rta Osiyoning ikki yirik daryosi — Amudaryo va Sir­daryo, Hindikush, Pomir va Tyan Shan tog'laridan boshlanuvchi tezoqar daryo suvlari bilan to'lib dengiz tomon quyilgan. Daryolar vohalari bo'ylab muhim savdo yo'llari o'tgan.

Bundan 5-4 ming yillar avval O'zbekistonning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o'rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Ko'hna qadam- jolarni qazish chog'ida arxeologlar Hindiston, Eron va Mesopotamiya hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan.

Miloddan avvalgi 1- ming yillikda, Sharqda qadim­gi yirik saltanatlar gullab-yashnagan davrda madaniy aloqalar yanada kuchaydi. Turli yozma va arxeologik manbalarda bu qadim xalqlarning hunarmandchiligi, me'morchiligi va qishloq xo'jaligi sohalarida namoyon bo'lganligi qayd etilgan.

Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish

Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini "tosh davri" deb atashadi. Tosh davri ancha uzoq davom etgan va shuning uchun ham uni quyi- dagi bosqichlarga ajratishadi, jumladan:

-qadimgi tosh davri — paleolit (yunoncha "pale- os" — "qadimgi" va "litos" — "tosh" so'zlaridan);

-o'rta tosh davri — mezolit ("mezos" — "o'rta");

-yangi tosh davri — neolit ("necs" — "yangi");

-mis-tosh davri — eneolit (lotincha "eneus" — "mis" va yunoncha "litos" — "tosh" so'zlaridan).



IV.Yangi darsni mustaxkamllash.

“beshinchisi ortiqcha” metodi.

-1.Strabon, Gerodot, Arrian, Sim Syan, Rixtgofen

2. Ibtidoiy to’da, urug’, matriarxat, patriarxat, feodalizm

3. arxeologlar, antrapologlar, etnograflar, lingvistlar,kapitalistlar

4.paleos, mezos, neos, eneos, gelios



Bingo

40-12










V-IV










II-I

V. Baholash. O’quvchilarning darsda tartib intizomu guruhlardagi faol ishtiroklariga, mavzuni o’zlashtirishiga qarab ballari e’lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa. O’qib kelish, mavzudagi atamalar ro’yxatini tuzib kelish

Mavzu buyicha krassvord tuzib kelish.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”Toshkent. 1992

I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent “ Manaviyat”2008

3.” Qadimgi dunyo tarixi” qo’shimcha qo’llanma “Sharq” Toshkent-2001

4. A.A. Asqarov. “O’zbekiston tarixi”,Toshkent, “O’qituvchi”, 1994.

5. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” 7-tom Toshkent “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti 2004.

6. F.P.Korovkin. “Qadimgi dunyo tarixi” Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.Toshkent. “O’qituvchi ” 1989.

7. F.Boynazarov. “Antik dunyo”.Toshkent, “Mehnat”, 1981

8. M.Q. Boboyeva, R.S. Qurbongaliyeva “Qadimgi dunyo tarixidan izohli lug’at”.

Toshkent, “O’qituvchi”, 1992.



9. Sh. Karimov, R.Shamsudinov. “Vatan tarixi ”. Birinchi kitob.Toshkent “O’qituvchi”, 1997

10. “Avesto” Toshkent,”Sharq”2001
Yüklə 52,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə