Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]



Yüklə 77,54 Kb.
səhifə14/19
tarix31.12.2021
ölçüsü77,54 Kb.
#82014
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
PQ-4899 25.11.2020

3-bob. Kengash tarkibi

10. Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.

11. Kengash rais, uning o‘rinbosarlari, kotib va Kengash a’zolaridan iborat bo‘ladi. Kengash a’zolari uning ishida jamoatchilik asosida qatnashadi.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Kengashning raisi hisoblanadi.



4-bob. Kengash ishini tashkil etish

12. Kengash majlislarini tayyorlash va o‘tkazish Kengash kotibi tomonidan amalga oshiriladi.

13. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq o‘z a’zolari, shuningdek, jalb qilingan davlat boshqaruvi organlari vakillari, mutaxassislar va ekspertlar tarkibidan iborat ishchi guruhlar va boshqa ishchi organlar tuzishi mumkin.

14. Kengash majlislari zaruratga ko‘ra, lekin har yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

15. Kengash majlisini rais, u bo‘lmagan taqdirda, Kengash raisining o‘rinbosari olib boradi.

16. Kengash a’zolari majlislarda shaxsan ishtirok etadi. Kengash a’zosining majlisda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, u ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan yozma shakldagi fikrini oldindan taqdim etish huquqiga ega.

17. Kengash majlisi Kengash a’zolarining kamida yarmi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

18. Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibi va materiallari Kengash a’zolariga yig‘ilishdan kamida uch kalendar kun oldin bo‘lajak majlis to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birga yuboriladi.

19. Kengashning qarorlari ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha kelib tushgan yozma shakldagi fikrlarni hisobga olgan holda majlisda qatnashgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

20. Kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomani imzolash paytida Kengash a’zolari o‘zlarining alohida fikrini bildirishga haqlidirlar.

Kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari Vazirlar Mahkamasida saqlanadi.


Yüklə 77,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə