Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 77,54 Kb.
səhifə2/19
tarix31.12.2021
ölçüsü77,54 Kb.
#82014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
PQ-4899 25.11.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 25-noyabr,

PQ-4899-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4899-son qaroriga
1-ILOVA

2020 — 2024-yillarda biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha

kompleks chora-tadbirlar dasturi


T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Bajarish

muddati

Moliyalashtirish

manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasida hujayra texnologiyalarini rivojlantirish, shu jumladan hujayralarning muomalasi va ulardan foydalanish, biobanklarni tashkil etish va yuritish tartibi hamda biomaterialni saqlash qoidalarini belgilash, o‘zak hujayralari sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil

1-may




Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)


2.

Biologik xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, biologik xavf-xatar darajasiga qarab biotibbiyot tadqiqotlarini o‘tkazish va chiqindilarni xavfsiz ravishda utilizatsiya qilish uchun laboratoriyalarni loyihalashtirish va qurish, ushbu sohadagi aniq tibbiy-biologik tadqiqotlarni o‘tkazishga qodir malakali xodimlarni tayyorlash va tanlashga qaratilgan tibbiy-biologik tadqiqotlar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil

1-avgust




Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



(Madjidov)

3.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan “Madaniy o‘simliklarning genetik resurslarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi model qonunini qabul qilish.

Qonun loyihasi

2021-yil

1-may




Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Maksudov),

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (Bakirov)


4.

Inson hujayralari va to‘qimalaridan foydalanish chog‘ida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, shu jumladan inson organlari va to‘qimalarini hamda donorlarni chetga olib ketishning oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni belgilash.

Normativ-xuquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-mart




Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)


5.

Biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqarishga xalqaro standartlarni, shu jumladan biote�nologiya mahsulotlari bo‘yicha ISO 20387:2018, ISO 20391-1:2018, ISO 20391-2:2019, ISO 20395:2019, ISO 20688-1:2020 xalqaro standartlarini joriy etish.

Amaliy

chora-tadbirlar



2021-yil

1-oktabr




Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar



6.

Biotexnologiya usullarini qo‘llagan holda olingan urug‘lik ekinlarining navlari va gibridlarini yaratish va ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil

15-may




Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Xodjayev),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (Bakirov),

O‘simliklar karantini

davlat inspeksiyasi

(Ergashev)


7.

Biotexnologiyalar, shu jumladan bioenergetika va biotibbiyot sohalarida professional malaka standartlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil

1-iyul




Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

8.

O‘rmon fondi yerlarida daraxtlar va butalar urug‘liklarini yetishtirish bosqichida biopreparatlardan foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shuningdek biopreparatlarni ishlab chiqarish bosqichidan ularning samaradorligini baholash bosqichigacha nazorat qilish tizimini shakllantirishni nazarda tutgan holda o‘rmonlarni himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish.

Kompleks

chora-tadbirlar



2021-yil

15-may




O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (Bakirov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

O‘simliklar karantini

davlat inspeksiyasi (Ergashev)


9.

Biologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat nazoratini takomillashtirish, shu jumladan:

biologik jihatdan xavfli obyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning samaradorligini oshirish;

biologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlari va javobgarligini chegaralash;

biotexnologiya mahsulotlari va biotexnologiya xavfsiziligini baholash, inson salomatligi hamda atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqish, muomalaga kiritish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishni ta’minlash borasida baholash tizimini ishlab chiqish;

biologik xavfsizlik talablariga rioya etmaslik, shu jumladan biologik jihatdan xavfli obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish, konservatsiyalash, faoliyat ixtisosligini o‘zgartirish va tugatish qoidalarini buzish, biologik agentlar va materiallar hamda genetik modifikatsiyalangan organizmlarning noqonuniy muomalasi, biologik materiallarni talon-toroj qilish yoki tovlamachilik qilish uchun javobgarlikni kuchaytirish;

inson organlari va to‘qimalarini hamda donorlarni chetga olib ketishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.



Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2021-yil

1-noyabr




Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Ekolo�iya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Maksudov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar



10.

Hayvonot qabristonlari,biotermik o‘ralardan foydalanish, biologik chiqindilarni yig‘ish, utilizatsiya qilish va yo‘q qilib tashlashda biologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil

1-mart




Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Maksudov),

O‘simliklar karantini

davlat inspeksiyasi (Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar



11.

Respublika, hududiy va mahalliy darajada hamda tashkilotlarda biologik xavflarni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil

1-aprel




Sog‘liqni saqlash vazirligi


Yüklə 77,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə