Ijtimoiy normalar tizimi


Tabiiy huquq va pozitiv huquq



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#145008
1   2   3   4   5
Ijtimoiy normalar tizimi

Tabiiy huquq va pozitiv huquq.
Qadimda vujudga kelgan tabiiy huquq g`oyasi golland huquqshunosi Gugo Grotsiyning "Urush va tinchlik huquqi haqida" nomli asarida (1625 y.) puxta ishlangan.
Tabiiy huquq - bu insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bо`lgan huquq va erkinliklari majmuidir. Tabiiy huquq nazariyasi namoyondalari - tabiiy huquqlar qatoriga: insonning erkinlik huquqi, insonlar bilan muloqatda bо`lish, nasl qoldirish, hayotga va oddiy turmush sharoitiga, xususiy mulkka ega bо`lish, hayotini va sog`lig`ini himoya qilish kiradi.
Shu asosda tabiiy huquqlardan kelib chiqadigan asosiy vazifalar - bu qonuniy - boshqa odamlarga, jamiyatga va davlatga zarar yetkazmaslik, boshqa insonlarning huquqlarini amalga oshishiga halal bermaslikdir. Shunday ekan, tabiiy huquq, huquq haqidagi eng yuksak, chuqur axloqiy va oliy darajada adolatli tushunchalarning majmuasini ifodalaydi.
Pozitiv (ijobiy) huquq - bu davlat tomonidan qabul qilingan qoidalar, ya`ni qonunchilik va uning boshqa manbalarida ifodalangan huquqdir. Ijobiy huquq qonunchiliksiz, huquq qoidalarisiz, pretsendentsiz, normativ shartnomasiz bо`lmaydi. Shuning uchun ham qonunchilik va huquq kо`pincha aynan bir narsa deb hisoblanadi.
Huquqning tabiiy va pozitiv turlarga bо`linishi huquqshunoslik fanining bir qator bahsli masalalarini hal qiladi.
Birinchidan, huquqni "keng" va "tor" ma`noda tushunish о`z mazmunini yо`qotadi. Chunki tabiiy va pozitiv huquq g`oyasi nazariy jihatdan aniq va ishonchli, amaliy jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, huquqning paydo bо`lishi davlat bilan bog`lanmagan, chunki tabiiy huquq davlatdan oldin paydo bо`lib, usiz mavjud bо`lishi mumkin. Pozitiv huquqni esa davlatsiz tasavvur qilish mumkin emas va u davlat huquqni yaratishining natijasida bо`ladi. Pozitiv huquq, Gegel ta`biri bilan aytganda, umuman davlatda amal qiladigan huquqdir va u oqilona kuchga ega bо`lgani uchun emas, chunki u mavjuddir"9[13].
Uchinchidan, huquq va qonunchilik о`rtasidagi о`zaro munosabat aniqlashadi.
Qonunchilik tabiiy huquqning ma`lum bir qismini ifodalab beradi. Huquqning qolgan qismi esa prinsip, huquqiy ong va boshqa huquqiy kо`rinishlarda mavjud bо`ladi. Qonunchilik tabiiy huquqni tо`g`ri tasvirlashi mumkin.
Jamiyatda uyushqoqlik va tartib ongda va undan tashqari mavjud bо`lgan aniq ijtimoiy yо`nalishlar asosida insonning yashash sharoitlari quvvatlanadi. Huquq bu yо`nalishlar ichida katta rol о`ynaydi. Ijtimoiy hodisa bо`lmish huquqqa umumiy va о`ziga xos alomatlar xosdir.
Huquq – muhim ijtimoiy qimmatga ega bо`lgan voqelikdir. U mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda katta rol о`ynaydi. Huquq uni boshqa sotsial normalardan ajratib turadigan bir qator о`ziga xos belgilarga ega. Bu belgilar qatoriga quyidagilar kiradi.
Birinchidan, huquq normativ xususiyatga ega. Normativlik faqat huquqqa xos belgi emas. U inson tabiatiga asoslangan bо`lib, har bir ijtimoiy mavjudotga xosdir. Normativlik insoniyat taraqqiyotining ma`lum bir bosqichida paydo bо`lib, har narsani о`z ichiga oladigan harakterga ega bо`ladi, odamlar faoliyatining universal vositasi bо`ladi. Normativlik ma`lum bir qoidalarga asoslanganda jamiyat hayotidagi muayyan tartibning mavjudligini bildiradi.
Fikrlash jarayoni va uning qonuniyligining о`zi normativdir, til va uning grammatikasi normativdir va, nihoyat, ijtimoiy voqelik va inson axloqi ham normativdir. Insoniyat, odatda bilimni va ma`lum qoidalar ichidagi harakatining kerakligini jamlab, erishilgan bilim va tajribalarni mustahkamlaydi, doimo rivojlantiradi, ijtimoiy hayotni meyorga soladi.
Ikkinchidan, huquq adolat va erkinlikni ifodalaydi. Adolat va erkinlik insoniyat doimo intilib kelgan abadiy idealdir. Ezgulikka xizmat qilish, boshqa odamlarning manfaatlarini kamsitmaslik, jamiyatga zarar keltirmaslik - adolatdan hisoblanadi. Agar insonning tashqi kо`rinishi, uning axloqini olsak, jamiyatdagi adolat mezoniga javob beradigan axloq adolatli bо`ladi. Bunday mezonlarning aniqlanishiga va ma`nosiga insoniyatning eng aqlli daholari murojaat qilganlar. Ular haqida Aflotun va Arastu, Forobiy va Alisher Navoiy gapirganlar, deyarli barcha mashhur faylasuflar fikr yuritganlar.
Adolat mezoni kо`p omillarga - iqtisodiy, sinfiy, milliy, demografik va boshqa omillarga bog`liq. Ular turli xalqlarda ma`lum tarixiy sharoit va sivilizatsiya taraqqiyoti darajasiga bog`langan holda о`zgarishi mumkin.
Ma`lum bо`lishicha, qadimda davlatlar va xalqlar bir-birlari bilan uzoq va shafqatsiz urushlar olib borganlar, bunday haddan ziyod vahshiylik (asir olinganlarni, ayollarni, bolalarni о`ldirish, qul qilib olish) adolatli ish deb e`tirof etilgan.
Adolat mezonlari negizida, adolat va erkinlik g`oyalarining mohiyatini ifodalaydigan umuminsoniy asos bо`lishi kerak. Bunday mezonlar tabiiy huquq nazariyasida ta`riflangan. Insonning tabiiy huquqlarga munosabati, ularning davlat tomonidan qо`riqlanishi jamiyatda adolatning ahvoli, hokimiyat va davlatning tabiatini kо`rsatadi.
Qonunchilikda mustahkamlangan umuminsoniy negiz faqat iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va boshqa qulay sharoitlarda amalga oshadi. Ijtimoiy adolat prinsiplari huquqning turli sohalarida har xil namoyon bо`ladi. Ijtimoiy adolat mehnat qilish huquqida mehnatning hajmi va sifati ish haqiga baravarligida, tadbirkorlik sohasida ijod va tashabbuskorlik qobiliyatiga yarasha mukofot olinishida, fuqarolik huquqida - yetkazilgan mulkiy zarar va qо`ldan ketgan foydani qoplashga mos kelishida, ma`muriy va jinoiy huquqda sodir etilgan qonunbuzarlikka tо`g`ri keluvchi jazoda namoyon bо`ladi.
Taniqli rim notig`i Sitseron "Qonunlar haqida" asarida huquqdagi xaqqoniylik tо`g`risida sо`z yuritib: "Jazo jinoyatga loyiq bо`lishi kerak, har kim qilgan gunohiga yarasha jazo olishi darkor: beboshlik - fuqarolik huquqidan mahrum qilish bilan jazolansin; ochkо`zlik - jarima bilan; obrо`, mansab ishtiyoqi - yomon nom chiqarish bilan", - deb yozgan edi.
Erkinlik - insonning ajralmas xususiyatidir. U faqat bor bо`lganda shaxsning tо`g`ri yashashi, uning ijodiy imkoniyatlari yechilishi mumkin. Tarixda ozodlikni cheklab qо`ygan qonunlar ham ma`lum bо`lgan. Masalan, qullikni ruxsat etgan qonun.
Adolat va ozodlik g`oyalariga mos kelmagan normativ yо`nalishlar huquq bо`la olmaydi. Bu qonunshunoslikda rasmiylashtirilgan xaqsizlik va zо`ravonlikdir.
Uchinchidan, huquq о`z predmetiga ega. Bu hokimiyat, davlat, jamiyatdagi tartibdir. Aynan shu jamiyat tartiblari adolat va erkinlik g`oyasini hayotiy mazmun bilan tо`ldiradi va aynan ular insonning ozod va adolatli hayot kechirishini ta`minlaydi.
Adolat va ozodlik g`oyalari ongning boshqa shakllarida va axloq namunalarida о`z aksini topadi. Ammo huquqda ular inson, davlat, jamiyatning ozodligi, huquqlari va burchlarida, ularning о`zaro javobgarligi о`lchamlari, turlari va shakllarida bо`ladi. Bunda huquqlar, ozodlik va burchlar yo qonunchilik hujjatlarida mustahkamlanadi, yo ong, g`oya va aniq munosabatlarda normativ yо`nalishlar shaklida bо`ladi. О`z predmetiga ega bо`lgan huquq о`zgacha ong shakli va ijtimoiy hayot muhitidan: din, axloq, iqtisodiyot, san`at va boshqalardan farq qiladi.
Tо`rtinchidan, huquq inson axloqini yо`naltiradi, uning fikri va idrokiga ta`sir qiladi. Ijtimoiy buzilmagan adolat va ozodlikka intiladi, boshqa odamlarning xulqini shunday bо`lishini istaydi, davlatni ozodlik va adolat garovi deb qaraydi. Huquqda bu g`oyalarning aksini kо`rib, inson normativ yо`nalishlarga bо`ysunishi zarur, deb hisoblaydi. Inson huquq talablariga о`z ixtiyori, ichki maslagi bilan bо`ysunadi, normativ huquqiy yо`nalishlar esa bu ma`noda uning ongiga va ruhiyatiga ta`sir qiladi. Huquqning tashqi majburiyligi insonga tashqi (jismonan yoki psixik) jihatdan majburlashni ifoda etadi va u faqat ichki majburiylikdagi ongga emas, faqat xulqqa tegishlidir.
Ichki va tashqi majburiylikka ega bо`lgan huquq, insonga faol ta`sir etadi va shu bilan jamiyatda kerakli tartibni о`rnata oladi.
Beshinchidan, huquq muayyan shakllarda о`z aksini topadi. Tabiiy huquq negizini ifoda etgan adolat va ozodlik g`oyalari turli shaklda - huquqiy ong, huquqiy munosabat, huquqiy tushunchalar va boshqa huquqiy hodisalarda bо`ladi. Bularning talay qismi qonun ijodkorlik shaklida bо`ladi va pozitiv (ijobiy) huquqqa aylanadi. Shunday qilib, qonun – huquqning talay qismining ifoda shaklidir. Boshqa qismi esa boshqa shakllarga ega. Aynan shuning uchun huquq qonunchilik bilan mos kelmaydi. U hajm jihatdan qonunchilikdan keng hamda mazmun va shakl jihatdan mutanosibdir.
Huquq – insoniyat taraqqiyotining mahsuli va sivilizatsiyaning yutug`idir. Huquq muayyan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar jumlasiga quyidagilar kiradi.
Birinchidan, huquq qonun darajasiga kо`tarilgan irodadir. Iroda insonning ongli psixofiziologik holatiga sabab bо`lgan va maqsadga muvofiq bо`lgan xulqning ifodasidir. Miya ishi sifatida iroda о`rab turgan dunyoni, ijtimoiy va boshqa talablarni, insoning manfaatini aks ettiradi. Aynan shular irodaning yо`nalishi va mazmunini belgilaydi. Iroda insonning butun faoliyatiga, hayotning turli sohalaridagi, shu jumladan huquqiy muhitdagi maqsadga muvofiq xulqiga singadi.
Qonun darajasiga kо`tarilgan iroda ma`lum darajada rasmiylashtirishdan iborat bо`lib, bunda qonun ijodkorlik idoralari umummajburiy normativ aktlar qabul qiladi. Huquq normalari davlat tomonidan chiqariladi. Bu holda huquq davlat tomonidan kelib chiqadi degan tushuncha paydo bо`lishi mumkin. Aslida davlat qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan davlatdan tashqari mavjud bо`lgan adolat va ozodlik, ya`ni tabiiy huquq g`oyalarini qonun darajasiga kо`taradi.
Agar iroda umumiy bо`lmaganda edi, - deb tо`g`ri yozgan edi Gegel, - hech qanday mavjud qonun bо`lmas edi. Har kim о`z xohishicha ish tutar edi va boshqalarning о`zboshimchaligiga e`tibor bermas edi.
I. Kant: "qonun hokimiyati faqat xalqning birlashgan irodasiga taalluqlidir",- degan edi.
О`zbekiston Respublikasida Ichki Ishlar Organlarining faoliyati О`zbekiston Respublikasi IIV tо`g`risidagi №18-sonli Nizom va О`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “О`zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tо`g`risida” gi qarori hamda О`zbekiston Respublikasi IIVning 1993 yil 30 iyunida №285 - buyrug`i bilan tartibga solinadi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan xujjatlar qonun osti xujjatlar xisoblanadi. Ular Konstitusiya va mavjud qonunlar asosida ishlab chiqilgan. Lekin, qonun maqomiga ega emas.
Afsuski, bugungi kungacha mamlakatimizda “Ichki ishlar organlari tо`g`risida” yoki “Militsiya tо`g`risida” va “Operativ qidiruv faoliyati tо`g`risida”gi qonunlar qabul qilinmadi.
О`zbekiston Respublikasi о`z mustaqilligini qо`lga kiritgandan sо`ng о`z oldiga demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni oliy maqsad qilib qо`yganligi barchamizga ma`lum. Haqiqiy demokratik davlatda barcha ijtimoiy munosabatlar qonun bilan tartibga solinishi lozim. Masalani tо`g`ri tushunishimiz kerakki, ushbu qonunni qabul qilish va uni amalga tadbiq etish uchun katta moddiy mablag` zarur bо`ladi. Davlatimiz mustaqillikni qо`lga kiritganiga kо`p bо`lgani yо`q. Albatta yangi dunyoga kelgan davlatning ilk hayotida muayyan qiyinchiliklar, yetishmovchiliklar bо`lishi tabiiy. Asta sekin bu kamchiliklar bartaraf etiladi.
“Militsiya tо`g`risida”gi qonun loyixasi (30 moddadan iborat) ishlab chiqilgan(Loyixa О`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professor-о`qituvchilari tomonidan yaratilgan) va uch marotaba Oliy Majlisga taqdimi etilgan. Lekin qonunni qabul qilish va amalga joriy etish katta mablag` zarur bо`lganligi uchun qonunni qabul qilish orqaga surilib kelmoqda.
Ikki palatali saylovlardan oldin bо`lib о`tgan saylov oldi targ`ibot-tashviqot ishlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga о`z nomzodini qо`ygan sobiq Oliy Majlis Raisi E.X.Xalilov о`zining saylov oldi dasturida aynan “Militsiya tо`g`risida”gi qonun xaqida aloxida tо`xtalar ekan: “Huquq himoyachisi birinchi navbatda о`zi muayyan huquqqa ega bо`lishi lozim, ya`ni militsiya xodimi о`z qonuniga ega bо`lishi kerak. Huquqbuzarga tanbex berish uchun huquqiy asosi bо`lishi lozim. Afsuski, mamlakatimizda ayrim sabablarga kо`ra bu qonunning qabul qilinishi orqaga surilmoqda. Albatta, buning asosiy sababi, davlatimizdagi isloxotlarning bosqichma bosqich amalga oshirilayotganlidir” – deya, ta`kidlagan edi.
Bundan tashqari sobiq deputat kelgusida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat bо`lish uchun xalqning ishonchini qozonsa, ya`ni xalq tomonidan unga ovoz berib, saylansa, о`z faoliyati davomida “Militsiya tо`g`risida”gi qonunga aloxida e`tibor berishini aytib о`tgan.
Saylov komissiyasi yakunlariga asosan E.X.Xalilov xalq tomonidan Qonunchilik palatasiga, sо`ngra palata deputatlari tomonidan Qonunchilik palatasi Spikerligiga saylandi. Umid qilamizki, Spiker о`z faoliyatida ushbu masalaga aloxida e`tibor bilan yondoshadi.
Bundan tashqari 2005 yilning 13 oktabrida О`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Mudofaa va xavfsizlik ishlari bо`yicha qо`mitasi” tashabbusi bilan Ichki ishlar, Prokuratura va Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa yurtimiz xavfsizligiga oid faoliyat bilan shug`ullanuvchi idoralarning mutasaddi xodimlari, nazariyotchilar, amaliyotchilar ishtirokida “Ichki Ishlar Idoralarining normativ xujjatlarini takomillashtirish” mavzusida davra suxbati tashkil etildi. Seminar davomida “Militsiya tо`g`risida”, “Operativ qidiruv faoliyati tо`g`risida”gi qonunlar loyixalari atroflicha muxokama qilindi va ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berildi.
Albatta, ichki ishlar faoliyatini huquqiy asosini yaratish nafaqat militsiya xodimlari manfaati ximoyalash, balki fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta`minlash borasidagi yana bir olg`a qadam bо`lar edi.


Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə