Ijtimoiy pedagogika kursining fanlararo aloqalari



Yüklə 81,64 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü81,64 Kb.
#160254
  1   2
9-mavzu Ijtimoiy pedagogika kursining fanlararo aloqalari. Topsh-fayllar.org



Ijtimoiy pedagogika kursining fanlararo aloqalari.
R e j a
1. Ijtimoiy pedagogikaning ob‘ekti va predmeti.
2. Ijtimoiy pedagogikaning funktsiyalari, mohiyati va masalasi.
3. Ijtimoiy pedagogika kursining fanlararo aloqalari.

Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalardagi tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning o’ziga xosharakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida bevosita namoyon bo‘ladi.
Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig‘i masalalarini o‘rtaga qo‘yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo‘limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarga suyanadi.
Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi hamda tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi.
Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji, faoliyat yuritishi, shakllanish qonuniyatlari haqidagi fan. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o‘rganish jarayonida ijtimoiy bitim sohalarining bir qator ma’lumotlari (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya halqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy harakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o‘rganuvchi
bilim sohasi. Ijtimoiy pedagogika o‘zining asosiy muammosi bo‘lgan ijtimoiylashuv jarayonini nazariy va amaliy jihatdan asoslashda etnografiya va etnopsixologiya fanlariga ham murojat qiladi va oziqlanadi. Jumladan, ijtimoiy pedagogikada umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan va o‘z navbatida etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu halq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish tavsiya etiladi.
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. “Ijtimoiy psixologiya” insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari xolatini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini o‘rgansa. “Yosh psixologiyasi” esa inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya
(jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rganishda va ijtimoiy tarbiyaning uslubiyotini tadqiq etishda ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.
Kelajakda O‘zbekistonni yuksak darajada taraqqiy etgan iktisodi bilangina emas, balki bilimdan, ma‘naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni koyil qilish lozim. Komil inson–etuk shaxsning shakllanishida Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va dasturi hal qiluvchi rol uynaydi.
Milliy model va dastur maqsad va vazifalarini amalga oshirish o‘z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya ғoyalariga sadokatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy–siyosiy hayotda ongli ravishda katnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta‘sir ko‘rsatadigan. O‘z mamlakati takdiri uchun ma‘sul bo‘lgan shaxsni tarbiyalash–Kadrlarni tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadlaridan biridir.
Miliy istiqlol ғoyasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, halkimizning asosiy maqsadlarini ifoda etadigan, uning utmishi bilan kelajagini boglaydigan, uning asriy orzu–umidlariga yetishishga xizmat qiladigan ғoyalar tizimidir.

Yüklə 81,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə